Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

METHODS OF USING PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN CREATIVE THINKING (IN THE XAMPLE OF PRIVATE UNIVERSITIES)

Currently, creative thinking is becoming an increasingly important skill in education, as society faces rapid changes and new challenges that require innovative approaches. Private universities play an important role in developing creative thinking for students, offering them innovative techniques and pedagogical technologies. The purpose of this article is to consider ways of using pedagogical technologies for the development of creative thinking in the case of private universities. Various methods and approaches actively used in private universities to encourage creative activity of students are considered. It also reveals the advantages of using pedagogical technologies for the development of creative thinking and their impact on the educational process.

JOLDASOVA GOZZAL AYBEKOVNA

108-111

2024-04-15

MEDIA TA’LIM VOSITALARI ASOSIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARINI KREATIV FAOLIYATGA TAYYORLASH TIZIMI

Mazkur maqolada media ta’lim vositalari asosida bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini kreativ faoliyatga tayyorlash tizimining pedagogik va metodik asoslari yoritilgan. Tadqiqotda media ta’lim, kreativ kompetensiya va professional tayyorgarlik tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarda kreativ faoliyatni rivojlantirishga xizmat qiluvchi media ta’lim vositalari, ularning didaktik imkoniyatlari hamda ta’lim jarayoniga integratsiyalash mexanizmlari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, media ta’lim vositalaridan tizimli va maqsadli foydalanish bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining kreativ fikrlashini, mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatini va pedagogik innovatsion faoliyatga tayyorgarligini sezilarli darajada oshirishi aniqlandi.

Yulduz Erkayeva

95-97

2025-12-25

BOʻLAJAK OʻQITUVCHILARNI KREATIV YONDASHUV ASOSIDA INNAVATSION FAOLIYATGA TAYYORLASH

Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativ yondashuv asosida innovatsion faoliyatga tayyorlash masalalari tahlil qilinadi. Bugungi kunda ta’lim tizimida innovatsiyalarni joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda, shuningdek, o‘qituvchilarning kreativ fikrlashi va yangicha pedagogik texnologiyalarni qo‘llash qobiliyatlari ularning kasbiy mahoratini oshirishga xizmat qiladi. Maqolada kreativ yondashuvning mohiyati, innovatsion faoliyatning asosiy tamoyillari, shuningdek, o‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash jarayonida interfaol metodlar va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, zamonaviy ta’limda kreativ yondashuv asosida o‘qituvchi tayyorlashning samarali usullari va muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar beriladi.

Mehribon Odamboyeva

50-54

2025-01-31

PEDAGOGICAL FOUNDATIONS FOR DEVELOPING CREATIVE COMPETENCE THROUGH INTEGRATED METHODS

This article analyzes practice-oriented methodological mechanisms aimed at developing the creative competence of pre-service primary school teachers based on an integrative approach. Creativity is interpreted not merely as an individual ability or an abstract quality, but as a professional competence formed through the integration of interdisciplinary knowledge, methodological thinking, psychological sensitivity, and digital technologies. The article provides a detailed description of such methods as integrative methodological design, problem-integrative situations, interdisciplinary creative tasks, the methodological laboratory, project-based integrative teaching, reflexive-analytical integration, and the creative methodological portfolio. These methods prepare students to analyze pedagogical situations, redesign lessons, integrate interdisciplinary knowledge, create open-ended tasks, define assessment criteria, and improve pedagogical decisions through reflective analysis. The article demonstrates the effectiveness of the integrative approach in developing creative competence through practical examples.

Zilolaxon Askarova

76-83

2026-02-10

BOʻLAJAK TEXNOLOGIYA FANI OʻQITUVCHILARINING KREATIV KOMPETENTLIGI

Dunyo misli ko'rilmagan sur'atlarda rivojlanmoqda va mutaxassislar bugungi kunda texnologiya fanini o'n yil oldin qanday o'qitilgan bo'lsa, xuddi shunday o'qitish mumkin emasligini ta'kidlamoqda. Texnologiya darslari nafaqat muhandislik yangiliklari bilan talabalarni o'ziga jalb qilishi, balki o'quv materialini turli fanlardan amaliy ko'nikmalarga aylantirish nuqtasiga aylanishi mumkin. Mazkur maqolada bo'lajak o'qituvchilarni kreativ kompetentligini rivojlantirishga oid tajriba sinov-natijalari, shaxsga xos kreativlik sifatlari, kreativ kompetentlikni rivojlantirish omillari, yo'llari hamda kreativ o'qitishning metod va strategiyalari yoritib berilgan.

G'oyibnazar Avazov

85-87

2023-12-18

O‘QUVCHILARNING KREATIV FIKRLASH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY USULLARI

Ushbu maqolada o‘quvchilarning kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning zamonaviy usullari tahlil qilinadi. Kreativ fikrlash, o‘quvchilarni innovatsion va tasavvurga boy fikrlashga undash orqali ularning umumiy bilimlarini chuqurlashtiradi. Zamonaviy ta’limda kreativlikni rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda, chunki u nafaqat o‘quvchilarning kognitiv rivojlanishiga, balki ularning ijtimoiy va emotsional rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada kreativ fikrlashni rivojlantirishning pedagogik usullari, innovatsion texnologiyalarning o‘quv jarayoniga qo‘llanilishi, hamda kreativ ta’lim metodlarining samaradorligi haqida so‘z boradi.

Jasmina Toshpo‘lotova

114-117

2025-01-28

OLIY TA’LIM SHAROITIDA BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARIDA KREATIV KO’NIKMALARNI RIVOJLANTIRISH

Mazkur maqolada Oliy ta’lim sharoitida bo’lajak o’qituvchilarda kreativ ko’nikmalarni rivojlantirish masalalari tahlil qilinadi.Tadqiqotda kreativlik va kreativ ko’nikma tushunchalarining pedagogik mohiyati yoritilib, bo’lajak  pedagoglarning kasbiy tayyorgarligida kreativ ko’nikmalarni shakllantirish zarurati asoslab berilgan. Shuningdek ,kreativ ko’nikmalarni rivojlantirishga yo’naltirilgan pedagogik tizimning tarkibiy komponentlari ,uni amalga oshirish shart-sharoitlari hamda samaradorligini oshirish omillari ochib berilgan

Farrux Qodirov , Madinabonu Nazarova

32–36

2026-01-15

O‘QITUVCHILARNI TAYYORLASHDA KREATIV FIKRLASH KONIKMALARINI RIVOJLANTIRISH JARAYONINING AMALDAGI HOLATI VA TAKOMILLASHTIRISH USULLARI

Mazkur maqolada o‘qituvchilarni tayyorlash jarayonida kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishning amaldagi holati va bu yo‘nalishdagi mavjud muammolar tahlil etilgan. Kreativ fikrlash zamonaviy ta’lim tizimida pedagoglarning asosiy kompetensiyalaridan biri sifatida qaralmoqda. Tadqiqotda hozirgi o‘quv dasturlari va metodik yondashuvlar kreativ fikrlashni rivojlantirishga qanchalik xizmat qilayotgani o‘rganiladi. Shuningdek, innovatsion pedagogik texnologiyalar, loyihaviy faoliyat, muammoli vaziyatlar asosida ta‘lim, interaktiv metodlar orqali o‘qituvchilarda ijodiy fikrlashni shakllantirishning samarali usullari ko‘rsatib o‘tiladi. O‘rganilgan materiallar asosida ushbu jarayonni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqola, zamonaviy pedagogik yondashuvlar orqali o‘qituvchi shaxsida kreativlikni shakllantirish masalasiga ilmiy-nazariy yondashuv asosida yechim taklif qiladi.

Shodiyona Abdiyeva

99-103

2025-06-11

BOʻLAJAK OʻQITUVCHILARINING KREATIV KOMPETENTLIGI

Dunyo misli ko'rilmagan sur'atlarda rivojlanmoqda va mutaxassislar bugungi kunda texnologiya fanini o'n yil oldin qanday o'qitilgan bo'lsa, xuddi shunday o'qitish mumkin emasligini ta'kidlamoqda. Pedagogika darslari nafaqat pedagogik yangiliklari bilan talabalarni o'ziga jalb qilishi, balki o'quv materialini turli fanlardan amaliy ko'nikmalarga aylantirish nuqtasiga aylanishi mumkin. Mazkur maqolada bo'lajak o'qituvchilarni kreativ kompetentligini rivojlantirishga oid tajriba sinov-natijalari, shaxsga xos kreativlik sifatlari, kreativ kompetentlikni rivojlantirish omillari, yo'llari hamda kreativ o'qitishning metod va strategiyalari yoritib berilgan.

Otabek Abdurashitov

81-83

2024-11-20

KREATIV VA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH: BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING PEDAGOGIK TAYYORLIGI

This article explores the development of creative and critical thinking skills in future primary school teachers. It discusses the new requirements and methodologies for pedagogical preparation. Well-developed creative and critical thinking abilities equip teachers to apply innovative approaches and provide quality education to students. Teaching future educators critical thinking helps them organize the educational process effectively. Furthermore, creative thinking encourages teachers to develop new ideas and approaches. The article scientifically analyzes the role and significance of creative and critical thinking in the teaching process.

Muxlisa Jumayeva

40-43

2025-02-07

BOSHLANG'ICH TA’LIMDA FONETIKA ASOSIDA TIL KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDA KREATIV YONDASHUV VA AXLOQIY QADRIYATLAR INTEGRATSIYASI

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida fonetika materiallari asosida o‘quvchilarning til kompetentligini shakllantirishda kreativ yondashuv va axloqiy qadriyatlarni o‘zaro uyg‘unlashtirish masalasi yoritilgan. Tadqiqot doirasida fonetik kompetensiyani rivojlantirish jarayonida kreativ metodlar va didaktik topshiriqlardan foydalanish o‘quvchilarning nutqiy faolligi hamda mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirishga xizmat qilishi asoslab berilgan. Shuningdek, fonetika mashqlari mazmuniga axloqiy qadriyatlarni singdirish orqali o‘quvchilarda nutq madaniyati, ijtimoiy xulq-atvor va shaxsiy mas’uliyatni shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Maqolada kreativ yondashuv va axloqiy qadriyatlar integratsiyasining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida til kompetentligini samarali rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan yoritilib, amaliy tavsiyalar ilgari surilgan.

Soxiba Zokirova, Olimaxon Buzrukova

41-45

2025-12-25

SERVIS XIZMATI TA’LIMIDA KREATIV METODLAR ORQALI MEHNAT BOZORIGA MOS MUTAXASSIS TAYYORLASH

Mazkur maqolada servis xizmati ta’limida kreativ metodlardan foydalanish orqali mehnat bozorining zamonaviy talablariga mos, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash masalalari yoritiladi. Tadqiqotda servis xizmati yo‘nalishida ta’lim jarayonini innovatsion va ijodiy yondashuvlar asosida tashkil etishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Kreativ metodlar — muammoli ta’lim, loyihaviy faoliyat, interfaol mashg‘ulotlar va amaliy vaziyatlar orqali talabalarda kasbiy kompetensiyalar, mustaqil fikrlash, muammolarni hal etish hamda mijozlar bilan samarali muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘llari ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, maqolada ta’lim mazmunini mehnat bozori ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish, ish beruvchilar bilan hamkorlikda o‘quv jarayonini tashkil etish va amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limning samaradorligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari servis xizmati sohasida zamonaviy, kreativ va kasbiy jihatdan yetuk mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Nasiba Barataliyeva

20-22

2026-02-06

TURIZMDA INSON KAPITALI VA KREATIV KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH ORQALI INNOVATSION FAOLLIKNI KUCHAYTIRISH MEXANIZMLARI

Ushbu maqolada turizm sohasida inson kapitali va kreativ kompetensiyalarni rivojlantirish orqali innovatsion faollikni kuchaytirish mexanizmlari tahlil qilingan. Tadqiqotda inson kapitalining turizm innovatsion tizimidagi o‘rni, kreativ tafakkurning xizmat sifati va raqobatbardoshlikka ta’siri o‘rganilgan. Xalqaro tajribalar asosida inson resurslarini boshqarishning kreativ va raqamli kompetensiyalarga yo‘naltirilgan modeli taklif etilgan.

Oxunjon Xaitov

20-23

2025-10-06

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH USULLARI VA BU JARAYONNING TA’LIMDAGI AHAMIYATI

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish usullari va bu jarayonning ta’limdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. O‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarish – ularning mustaqil fikrlashi, muammolarni hal qilishda yangicha yondashuvlarni o‘rganishi, shaxsiy o‘sish va rivojlanishlari uchun muhim omil hisoblanadi. Shuningdek, maqolada kreativ qobiliyatlarni rivojlantirishda pedagogik yondashuvlar va innovatsion metodlarning roli, ayniqsa, rasm, ertak, kreativ topshiriqlar orqali o‘quvchilarni ijodkorlikka o‘rgatish usullari yoritiladi. Ushbu jarayonda o‘qituvchi va ota-onalarning hamkorligi va ijtimoiy muhitning o‘rni ham muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi.

Nilufar Ortiqova

63-65

2024-11-18

AKMEOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KREATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Mazkur ilmiy tezisda bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativ kompetentligini rivojlantirish masalasi akmeologik yondashuv asosida chuqur ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Akmeologik yondashuvning pedagogik mohiyati, uning bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy yetuklikka erishishidagi roli hamda kreativ kompetentlikni shakllantirishdagi imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, kreativ kompetentlikni rivojlantirish metodikasining mazmuni, bosqichlari va pedagogik shart-sharoitlari asoslab beriladi.

Zebo Xamdamova

33-34

2026-01-21

PEDAGOGIK TA’LIMDA KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK USULLARI

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida kreativ fikrlashni rivojlantirishning pedagogik - psixologik usullarini tahlil qilingan. Kreativ fikrlash - bu yangicha g’oyalar va qarorlar yaratish qobiliyati bo’lib, zamonaviy ta’limda muhim o’rin tutadi. Maqolada kreativ fikrlashni shakllantirishda qo’llaniladigan turli pedagogik metodlar, jumladan muammoli o’qitish, loyihalashtirish, interfaol metodlar va ijodiy topshiriqlar ko’rib chiqiladi. Shuningdek, psixologik usullar orqali o’quvchilarning qiziqishini uyg’otish, motivatsiya oshirish hamda o’ziga xos fikrlash strategiyalarini rivojlantirish yo’llari ta’riflanadi. Tadqiqod natijalari ta’lim jarayonida kreativlikni faollashtirish va yaxshilashga qaratilgan samarali pedagogik yondashuvlarning ahamiyatini ko’rsatadi.

Ozodbek Erkinov

101-103

2025-10-20

KREATIV TAFAKKUR TUSHUNCHASI VA UNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK MAZMUNI

Ushbu maqolada kreativ tafakkur tushunchasining zamonaviy talqini va uning psixologik-pedagogik mazmuni chuqur tahlil qilinadi. Muallif kreativ tafakkurni nafaqat yangi g‘oyalarni yaratish, balki o‘quvchilarda hayotni tahlil qilish, muammolarga yangicha yondashuv topish, hissiy barqarorlikni saqlash va intellektual jur’at ko‘rsatish qobiliyati sifatida ko‘rib chiqadi. Tadqiqotda kreativ tafakkur inson tafakkurining kompleks shakli sifatida qaralib, uni rivojlantirishda o‘qituvchining psixologik yondashuvi, raqamli ta’lim vositalari va ijtimoiy muhitning o‘zaro bog‘liqligi asosida yangi nazariy model taklif etiladi. Mazkur maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlovchi pedagoglar, psixologlar hamda ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlarni izlayotgan mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Zarina Hayitboyeva

27-30

2025-05-31

BOSHLANGʻICH SINFLARDA OʻQUVCHILARDAGI KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqolada boshlangʻich sinf o‘quvchilarida kreativ fikrlashni rivojlantirish masalasi ko‘rib chiqilgan. XXI asrda ijodiy tafakkur insonning muhim kompetensiyalaridan biri sifatida qaralmoqda. Shu nuqtai nazardan, ta’lim jarayonida, ayniqsa boshlangʻich bosqichda kreativ fikrlashni shakllantirish zarurati ortib bormoqda. Maqolada kreativ fikrlash tushunchasi, uning psixologik asoslari, rivojlantirish metodlari, o‘qituvchining roli va zamonaviy ta’lim vositalarining ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, amaliy misollar, interaktiv usullar va baholash mexanizmlari orqali kreativlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar berilgan. Maqola yakunida kreativ fikrlashni rivojlantirishning muhimligi ta’kidlangan va kelajak avlodni tayyorlashdagi o‘rni asoslab berilgan.

Sabohat Sayfullayeva

111-113

2025-06-13

MOBIL ILOVALAR ORQALI O‘QUVCHILARNING KREATIV KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqolada mobil o‘qitish (m-learning) ilovalaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning kreativ kompetensiyasini rivojlantirish masalasi nazariy jihatdan yoritiladi. Mobil texnologiyalar ta’lim jarayoniga chuqur kirib borishi o‘quvchilarda kreativ fikrlash, noodatiy yechimlar yaratish, yangi g‘oyalar ishlab chiqish va innovatsion faoliyatga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirmoqda. Interaktiv topshiriqlar, multimodal o‘quv muhiti, konstruktivistik tamoyillar va izlanishga asoslangan o‘qitish metodlaridan foydalangan holdagi mobil ilovalar o‘quvchilarning tafakkur jarayonini faollashtirib, ijodiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlaydi.

Shaxzod Boboqulov, Dilnoza Xamdamova

164-166

2025-11-24

TALABALARDA KREATIV KOMPETENTLIKNI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada talabalarda kreativ kompetentlikni shakllantirishning nazariy asoslari va amaliy yondashuvlari ko‘rib chiqiladi. Kreativ kompetentlik - bu shaxsning muammolarni hal qilish, yangi g‘oyalarni yaratish va innovatsion faoliyatni amalga oshirish qobiliyatidir. Maqolada kreativ kompetentlikning mohiyati, uni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar va ta’lim jarayonidagi ahamiyati tahlil qilinadi.

R.Sh. Berdiyeva

41-43

2025-08-07

SEMINAR-TRENINGLAR ORQALI O‘QITUVCHILARDA KREATIV FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI

Ushbu maqolada seminar-trening mashg‘ulotlari orqali o‘qituvchilarda kreativ fikrlashni shakllantirish metodikasi yoritilgan. Maqolada kreativ tafakkur tushunchasining mohiyati, uning zamonaviy ta’lim jarayonidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. O‘qituvchilarning kasbiy faoliyatida kreativ fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiluvchi interaktiv metodlar, guruhiy mashg‘ulotlar, muammoli vaziyatlar asosidagi trening mashqlari, hamda refleksiya usullarining pedagogik samaradorligi asoslab beriladi. Shuningdek, maqolada seminar-treninglarni tashkil etishning bosqichlari, o‘qituvchilarning ijodiy faoliyatini faollashtirish mexanizmlari va amaliy natijalari ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, maqsadli yo‘naltirilgan trening dasturlari o‘qituvchilarning mustaqil fikrlash, innovatsion yondashuv va pedagogik qaror qabul qilish kompetensiyalarini sezilarli darajada rivojlantiradi.

Husniddin Sattorov

122-125

2025-10-17

BASLAWÍSH KLASS OQÍWSHÍLARÍNÍŃ KREATIV QÁBILETLERIN RAWAJLANDÍRÍW USÍLLARÍ HÁM TÁLIMDEGI ÁHMIYETI

Bunda baslawısh klass oqıwshılarınıń kreativ qábiletlerin rawajlandırıw usılları jáne tálimdegi áhmiyeti kórip shıǵıladı. Oqıwshılardıń dóretiwshilik qábiletlerin júzege shıǵarıw - olardıń ǵárezsiz pikirlewi, mashqalalardı sheshiwde jańasha jantasıwlardı úyreniwi, jeke ósiw hám rawajlanıwları ushın zárúrli faktor esaplanadı. Sonıń menen birge, kreativ qábiletlerdi rawajlandırıwda pedagogikalıq jantasıwlar hám innovaciyalıq metodlardıń róli, ásirese, súwret, ertek, kreativ tapsırmalar arqalı oqıwshılardı dóretiwshilikke úyretiw usılları kórsetiledi. Bul proceste oqıtıwshı hám ata-analardıń sherikligi jáne social ortalıqtıń ornı da úlken áhmiyetke iye bolıwı aytıladı.

Dilfuza Nizamatdinova

198-200

2025-03-26

KEYSLAR ASOSIDA MANTIQIY VA KREATIV FIKR YURITISH IMKONIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING USLUBIY ASOSLARI

Maqolada kreativ yondashuv va yutuqlar dunyo boʻylab fan va texnologiyadan tortib,falsafa, sanʼat va ijtimoiy fanlar kabi turli sohalarda insoniyat tamaddunini  ilgari surilgan. Kreativ fikrlash shunchaki tasodifiy gʻoyalar berishdan kattaroq narsadir. U insonga baʼzan murakkab sharoitlarda, yanada yaxshiroq natijaga erishishga imkon beruvchi bilim va tajribaga asoslangan real koʻnikmadir. Butun dunyoda  jamiyatlar va tashkilotlar  muammolarni  hal  etishda  innovatsion  bilim  va  yaratuvchanlikka tobora ehtiyoj sezmoqda, bu esa, oʻz navbatida, innovatsiya va kreativ fikrlash  ahamiyatini  yanada  kuchayishini ko`ramiz.

Sehriyo Yodgorova

61-64

2023-06-16

AKMEOLOGIK ART-TERAPIYA: 5-SINF TEXNOLOGIYA FANIDA O‘QUVCHILARNING INTELLEKTUAL VA KREATIV QOBILIYATINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada bugungi kunda dolzarb mavzu bo’lgan, 5-sinf texnologiya fanida akmeologik art-terapiya asosida o‘quvchilarning intellektual va kreativ qobiliyatini takomillashtirish jarayonini tahlil qilingan. Maqola, turli ilmiy adabiyotlardan olingan tahlillar va tadqiqotlar asosida o‘quvchilarning kreativ va intellektual rivojlanishini oshirishning ahamiyatini ko‘rsatadi. Maqolaning boshlanishi, akmeologik art-terapiyaning o‘quvchilarning intellektual va kreativ rivojlanishiga qanday ta'sir qilishi mumkinligi haqida og‘zaki sabablar bilan amalga oshirilgan. Texnologiya fanining o‘zining maxsus xususiyatlarini ko‘rib chiqilishi va akmeologik art-terapiyaning 5-sinf texnologiya fanida qanday samarali bo‘lishi haqida tafsilotlar taqdim etilgan.

Muxarram G‘ulomova

113-116

2023-12-12

ART-PEDAGOGIK METODLAR ASOSIDA UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA KREATIV KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH

Mazkur maqolada art-pedagogika metodlarining zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni, ayniqsa, umumta’lim maktablarida kreativ kompetensiyalarni shakllantirishdagi roli yoritilgan. O‘quvchilarda mustaqil fikrlash, kreativ tafakkur, estetik idrok va emotsional ifoda kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishda san’at vositalarining samaradorligi asoslab berilgan. Maqolada art-pedagogik metodlarning turlari, amaliy yondashuvlari va ularni o‘quv jarayoniga integratsiyalash tajribalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, o‘qituvchining art-pedagogik salohiyati va bu yondashuv asosida kreativ kompetensiyalarni rivojlantirish yo‘llari tahlil qilinadi.

Ayjamal Najimova

31-33

2025-05-23

1 - 25 of 327 items 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy