Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

ZAMONAVIY MADANIYAT MARKAZLARIDA ART-MENEJMENTNING O‘RNI VA AHAMIYATI

Ushbu maqolada madaniyat muassasalari boshqaruvida art-menejmentning tutgan o‘rni va uning zamonaviy usullari tahlil qilinadi. An’anaviy boshqaruv tizimidan ijodiy menejmentga o‘tishning zarurati, art-menejerning strategik vazifalari va madaniyat markazlarining iqtisodiy barqarorligini ta’minlashdagi roli ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, madaniyat sohasi va ijodiy jamoalarga innovatsion loyihalarni jalb qilishning metodik asoslari ishlab chiqilgan.

Mariya Eshqulova

28-30

2026-02-10

YANGI O‘ZBEKISTONNING MADANIYAT VA SAN’AT SOHASIDAGI DAVLAT BOSHQARUVINING ZAMONAVIY KONSEPTSIYALARI

Mazkur maqolada mamlakatimizdagi madaniyat va san’at ta’limida xorij tajribasining o‘rni va ahamiyati, mamlakatimizda ushbu sohaga berilayotgan e’tibor, madaniyat va san’at ta’limining shakllanishi va rivojlanishi hamda ushbu sohada xorij tajribasidan foydalanib olib borilishi lozim bo‘lgan islohotlar tahliliy bayon etilgan. Shuningdek san’at va madaniyat boshqaruvini O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish, boshqaruvga yangi kreativlik asosida Respublikamizdagi barcha san’at muassasalari faoliyatini o’rganish va unga yordam beruvchi tavsiyalarni haqida ma’lumot beradi. Undan tashqari Yangilanayotgan O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasiga qaratilayotgan e’tibor, sohaga doir amalga oshirilayotgan va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar xususida so‘z yuritilgan.

Munisa Arslanbayeva, Jumagul Nishonova

107-109

2024-01-26

JAMIYAT TARAQQIYOTIDA MADANIYATNING O‘RNI

Ushbu maqola Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida madaniyat va san’atning o‘rni va ahamiyatini tahlil qiladi. Mazkur tadqiqotda milliy madaniyat va san’atni rivojlantirish, xalqchillik tamoyillarini kuchaytirish va ularni xalqimizning ruhiy olami, qalbi va ehtiyojlarini ifoda etadigan muhim ijtimoiy institutga aylantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, madaniyatning jamiyat taraqqiyotidagi roli, uning axloqiy-ijtimoiy, ta’limiy, estetik va iqtisodiy funksiyalari, globallashuv sharoitida milliy qadriyatlarni asrash va rivojlantirish zarurati tahlil qilinadi. Maqolada madaniyat va san’at sohasida davlat, xususiy sektor va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi samarali hamkorlik, innovatsion loyihalar va madaniy xizmatlarni rivojlantirish muhimligi ta’kidlangan. Shu bilan birga, madaniyat va ta’lim tizimining o‘zaro chambarchas bog‘liqligi, jamiyat barqarorligi va demokratik qadriyatlarni mustahkamlashdagi ahamiyati ham yoritilgan.

Sardor Xaydarov

99-101

2025-12-22

TIL VA MADANIYAT

Insoniyat taraqqiyoti davomida til va madaniyat bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib kelgan. Til – bu nafaqat aloqa vositasi, balki xalqning tafakkuri, dunyoqarashi, qadriyatlari va tarixini aks ettiruvchi ijtimoiy hodisadir. Madaniyat esa jamiyat a'zolarining hayoti, turmushi, urf-odatlari, san'ati, axloqiy mezonlari va boshqalar orqali namoyon bo ‘ladi. Ushbu maqolada til va madaniyat o ‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda o‘zaro ta'siri haqida fikr yuritiladi.

Dilfuza Latipova , Sarvinoz Nuraliyeva

53-55

2025-04-30

OMMAVIY MADANIYAT XURUJI VA MILLIY QADRIYATLAR: TAʼLIM TIZIMIDAGI ROLI

Maqolada ommaviy madaniyat xuruji va uning milliy qadriyatlarga taʼsiri tahlil qilinadi. Taʼlim tizimi milliy qadriyatlarni yosh avlodga singdirishda muhim vosita hisoblanadi. Maktab va universitetlarda milliy tarix, madaniyat va qadriyatlar boʻyicha maxsus fanlar va darslar joriy etilishi, tarbiyaviy soatlar va tadbirlar orqali yoshlarda milliy qadriyatlarga hurmat uygʻotilishi muhokama qilinadi. Shuningdek, milliy qadriyatlarni targʻib etuvchi kitoblar va oʻquv qoʻllanmalari yaratish, oʻqituvchilarning malakasini oshirish va maxsus tayyorlash ishlarining ahamiyati ham koʻrsatiladi.

Abbosxon Xayridinov

157-159

2024-07-29

TODAY’S EFFICIENCY IN THE FIELD OF CULTURA AND ART

This article analyzes the essence and practical effectiveness of the fundamental reforms being implemented in the field of culture and art within the framework of the New Uzbekistan Development Strategy. In particular, it covers innovative mechanisms for managing the sector, digitization of cultural institutions, strengthening the material and technical base, and changes in the personnel training system. Also, the economic and spiritual results achieved through the international promotion of national cultural heritage and the introduction of elements of the creative economy are scientifically revealed. Today, the reforms being implemented in the field of culture and art in our country, their effectiveness, innovative approaches, impact on the spiritual and aesthetic education of young people, and scientific analyses of the development of international cooperation are highlighted. Analytical, comparative and systematic approaches were used throughout the research.

Nasiba Madreymova

102-105

2025-12-15

JAMIYAT TARAQQIYOTI MADANIYAT VA SAN’ATNING O‘RNI VA AHAMIYATI

Ushbu maqolada madaniyat va san’at sohasining jamiyatdagi o‘rni, sohada amalga oshirilayotgan islohot va yangiliklar hamda qaror va loyihalar xususida so‘z boradi.

Kumush Gulmuodova, Jumagul Nishonova

131-132

2024-01-27

YOSHLAR MA’NAVIYATINI SHAKLLANTIRISHDA MADANIYAT VA SAN’ATNING AHAMIYATI

Mazkur maqolada yoshlar ma’naviy barkamollogini shakllantirish jarayonida madaniyat va san’atning tutgan o‘rni ijtimoiy, psixologik hamda pedagogik nuqtai nazardan keng tahlil qilinadi. Madaniyatning milliy o‘zlikni anglashga ta’siri bilan bir qatorda san’atning estetik tarbiya va ruhiy rivojlanishdagi ahamiyati ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Shuningdek, O‘zbekiston va jahon tajribasi misolida hozirgi zamonaviy globallashuv sharoitida yoshlarning ma’naviy immunitetini kuchaytirishning zarurati, atrofdagi ijodiy muhitning esa yoshlar kamolotiga ta’siri o‘rganiladi. Maqola madaniyat va san’atning strategik ahamiyatini ilmiy-nazariy tahlil asosida asoslab beradi.

Sardor Xaydarov

134-136

2025-12-22

TARIX FALSAFASI: SIVILIZATSIYA VA MADANIYAT

Ushbu maqolada tarix falsafasining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan sivilizatsiya va madaniyat tushunchalari falsafiy jihatdan tahlil qilinadi. Insoniyat tarixining mazmuni, rivojlanish qonuniyatlari va tarixiy jarayonlarning ma’nosi tarix falsafasining asosiy masalalari hisoblanadi. Maqolada sivilizatsiya va madaniyat tushunchalarining kelib chiqishi, ularning o‘zaro aloqasi, farqli va mushtarak jihatlari yoritiladi. Shuningdek, Sharq va G‘arb mutafakkirlarining ushbu masalalarga oid qarashlari qiyosiy tahlil qilinadi. Zamonaviy globallashuv sharoitida madaniyat va sivilizatsiyaning o‘zaro ta’siri, milliy o‘zlikni saqlash muammolari ham muhokama etiladi. Maqola tarix falsafasi, ijtimoiy-falsafiy fanlar va madaniyatshunoslik bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan.

Sabrina Latipova

39-41

2026-01-12

HISTORICAL AND SCIENTIFIC SCHOOLS OF MANAGEMENT OF THE FIELD OF CULTURE AND ART IN THE EAST

There is a nation that will have a number of factors that determine its future the next day, and reflect its history like a window. It is his culture and art that are considered the basis of these factors. In recent years, systematic efforts have been made to fundamentally reform and improve the field of culture and art, and to create an effective system of government support for cultural and artistic institutions.

Boltaboyeva Zuhra Rustam qizi

45-52

2024-05-15

VOLEYBOL O‘YINI BO‘YICHA MUSOBAQALAR O‘TKAZISH VA HAKAMLIK QILISHNING PEDAGOGIK-TAHLILIY ASOSLARI

Mazkur maqolada voleybol sport turi bo‘yicha musobaqalarni tashkil etishning asosiy bosqichlari, hakamlik jarayonining o‘ziga xos jihatlari, pedagogik va tashkiliy tamoyillar yoritilgan. Sport musobaqalarining o‘quvchilarning jismoniy va ijtimoiy rivojlanishiga ta’siri hamda hakamlikda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan asosiy me’yorlar ilmiy asosda tahlil qilinadi.

Aziza Qayumova , Diyora Olimova , Umida Asatova , Madina Xaytboyeva

109-112

2025-04-24

OʻQUVCHILARNING FUTBОL BOʻYICHA TЕХNIK-TАKTIK TАYYORGАRLIK TОMОNLАRINI OʻRGАNISH MUАMMОLАRI

Ushbu maqolada oʻquvchilarning futbоl boʻyicha tехnik-tаktik tаyyorgаrlik tоmоnlаrini oʻrgаnish muаmmоlаri haqida qisqacha mazmuni berilgan.

B. Anorboyev, O. Xojiyeva

128-130

2022-12-15

SIYOSIY MADANIYAT TUSHUNCHASINING KELIB CHIQISHI VA JAMIYAT HAYOTIDA NAMOYON BO’LISHI

Maqolada siyosiy madaniyat fenomeni jamiyatning siyosiy hayotining eng muhim qismi sifatida ko'rib chiqiladi. Kontseptsiyaning mohiyati, shakllanish tarixi, ushbu tadqiqotning shakllanishi va rivojlanishi madaniyat sohalari, shuningdek, fuqarolarning siyosiy madaniyati darajasining ahamiyati jamiyatning progressiv rivojlanishi. O’zbekistonda siyosiy madaniyatni rivojlantirishning o'ziga
xos xususiyatlari, muammolari va istiqbollari muhim o'rin tutadi.

Moxinur Ravshanbek qizi Olimova , Nargiza Ulug’bek qizi Jamalova

59-63

2022-05-17

YOSHLARNING ESTETIK TAFAKKURINI YUKSALTIRISHDA MUSIQIY MADANIYATNING FUNKSIONAL AHAMIYATI

Ushbu maqolada yoshlar estetik tafakkurini yuksaltirishda musiqiy madaniyatning ksional ahamiyati haqida so’z yuritiladi. Musiqiy madaniyat estetik, psixologik, ijtimoiy, kommunikativ va boshqa sohalar o'zaro bog'liq bo'lgan juda murakkab ta’limlardan biridir. Bu murakkab ta’limning asosi esa - musiqa bilan bog’liqdir. Musiqaning qadr-qimmati odob-axloq bilan tanilgan bo’lib, komil va go‘zallikka ko‘tariladi.

Lyudmila Maksimova, Nigora Djalalova

85-92

2024-05-20

AMIR TEMUR – BUYUK DAVLAT ARBOBI

Amir Temur  O'rta Osiyo va butun dunyo tarixida buyuk harbiy rahbar, davlat arbobi va madaniyat homiysi sifatida tanilgan. Ushbu maqola Amir Temurning davlat arbobi sifatidagi roli va uning tarixdagi o‘rni haqida so‘z yuritadi. Maqolada Temurning harbiy yurishlari, siyosiy islohotlari, iqtisodiy siyosati va madaniy merosi tahlil qilinadi. Amir Temur o‘zining harbiy muvaffaqiyatlari bilan katta hududlarni zabt etib, Temuriylar imperiyasini yaratdi. Shuningdek, u markazlashgan boshqaruv tizimini o‘rnatdi, davlatni iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustahkamladi. Uning Samarqandni ilm-fan va madaniyat markaziga aylantirishi, ilmiy va madaniy rivojlanishga qo‘shgan hissasi uning buyukligini yanada oshiradi. Temurning siyosiy va madaniy merosi, uning davlat boshqaruvi, qonunlar va madaniy yutuqlari bugungi kunda ham o‘rganilmoqda va dunyo tarixida o‘z izini qoldirgan. Bu maqola Amir Temurning buyuk davlat arbobi sifatidagi ahamiyatini keng yoritib beradi va uning tarixdagi o‘rni hamda merosini chuqur tahlil qiladi.

Adhamjon Azimov, Ibratillo Riskiyyev

18-23

2025-05-07

MADANIY TA’SIR VA AN’ANAVIY TARJIMALAR: TILI VA ODAMLAR

Ushbu maqola madaniy ta’sir va an’anaviy tarjimalar o’rtasidagi bog’lanishni tahlil etadi. Madaniyat va til o’rtasidagi aloqalarni o’rganib, an’anaviy ifodalar va qadriyatlarning tarjimasi, jamiyatdagi til va madaniyat o’zgarishlariga qanday ta’sir ko’rsatishi ko’rib chiqiladi. Maqolada madaniy elementlar va tilning ahamiyati, ularning xalq hayotidagi o’rni, va xalqaro kommunikatsiyada madaniyatlarning qanday aks etishi tahlil qilinadi. Shuningdek, tarjimalar va madaniy o’zlikni saqlashning o’ziga xos jihatlari va globalizatsiya jarayonidagi yangi qiyinchiliklar ham yoritiladi. Maqola madaniy va lingvistik tadqiqotlarga qiziqqan olimlar, talaba va ilmiy jamoatchilik uchun muhim manba hisoblanadi.

Dilrabo Asatullayeva

83-87

2025-02-14

DISTRIBUTION OF ELEMENTS OF MATERIAL AND INTANGIBLE CULTURE THROUGH TRADE EXCHANGE OF MERCHANT CARAVANS IN THE LOWER AMUDARYA REGION”

In this article, the issue of the formation and spread of elements of material and non-material culture as a result of the activities of ancient and medieval trade caravans passing through the territory of the Lower Amu Darya region is scientifically analyzed based on historical, archaeological, and cultural approaches. The study examines the geopolitical and geoeconomic significance of the region, the processes of cultural integration arising through trade routes, religious and ritual values, craft traditions, elements of lifestyle, as well as the mechanisms of oral folk art and linguocultural interaction. Caravan routes are assessed as a complex civilizational bridge, providing not only an economic trade channel, but also intercultural mediation and the exchange of ideas. The conclusions of the article scientifically substantiate the role of the Lower Amu Darya region in the formation of transregional cultural dynamics.

A.B. Djoldasov

25-30

2026-01-31

JISMONIY MADANIYATNING IJTIMOIY HAYOTDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI

Jismoniy madaniyat inson salomatligini mustahkamlash, jismoniy va ruhiy salohiyatni rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. U yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashda, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Jismoniy madaniyat jamiyatda sog‘lom muhit va ijtimoiy faollikni kuchaytiradi. Bu madaniyat ijtimoiy hayotda inson salohiyatining to‘liq namoyon bo‘lishiga xizmat qiladi.

Avazbek Raxmatov

102-105

2025-05-26

TALABALARDA MUSIQIY-ESTETIK MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI

Zamonaviy dunyoda musiqiy va estetik madaniyat shaxsni shakllantirishda va talabalarning ko'nikma va malakalarini rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi. Bu eshitish idrokini, ijodiy fikrlashni, hissiy intellektuallikni va san'atni etarli darajada idrok etish va tushunish qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Ushbu maqolaning maqsadi talabalarda musiqiy va estetik madaniyatni rivojlantirishga yordam beradigan pedagogik sharoitlarni ko'rib chiqishdir. Ushbu tadqiqot doirasida musiqiy va estetik madaniyat tushunchasi, uning zamonaviy ta'limdagi ahamiyati, shuningdek, talabalarda ushbu madaniyatni rivojlantirishning asosiy pedagogik tamoyillari ko'rib chiqiladi.

Karamatdin Zaretdinov

85-88

2024-07-16

O’ZBEKISTON MILLIY MADANIYATI VA SAN’ATINING, XALQARO MUNOSABATLARDAGI O’RNI

Mazkur maqolada boy ma'naviy tarixga ega o'zbek xalqining musiqiy merosi va ma'daniyati haqida bayon qilinadi. Madaniyat xalqlar birodarligini mustahkamlashda katta o’rin tutadi, zero madaniyat insonlarda yuksak ma’naviy sifatlarni shakllantirib o’zida milliylikni kashf etadi. Ma’naviy merosi va milliy madaniyatning tiklanishi zamonamiz uchun bir uyg’onish deb qabul qilinadi.

Hasan Nurullayev , Baxtiyor Azimov

86-87

2023-10-31

IJTIMOIY GUMANITAR FANLAR, SAN’AT VA MADANIYAT: MUAMMOLAR VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Mazkur maqola ijtimoiy gumanitar fanlar sohasidagi dolzarb muammolarni tahlil qilishga qaratilgan bo‘lib, san’at va madaniyatning o‘rni va ahamiyatini o‘rganadi. Ijtimoiy gumanitar fanlarning jamiyatdagi roli, madaniyat va san’at bilan o‘zaro bog‘liqligi, ularning rivojlanish istiqbollari va jamiyatda yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Maqolada, shuningdek, ijtimoiy gumanitar fanlar, san’at va madaniyatni rivojlantirish uchun zarur chora-tadbirlar taqdim etiladi.

Jumagul Nishonova

562-566

2024-11-29

TERMIZ VA WINCHESTER SHAHARLARI MIKROTOPONIMLARINING TAHLILI

Ushbu maqola Termiz va Winchester shaharlari mikrotoponimlarining tahliliga bag'ishlangan. Mikrotoponimlar – bu kichik hududlarda, masalan, shaharlar, qishloqlar, ko‘chalar va maydonlarning nomlari bo‘lib, ularning shakllanishi va qo‘llanilishiga tarixiy, madaniy va tabiiy omillar ta’sir qiladi. Maqolada Termiz va Winchester shaharlari mikrotoponimlari o‘rtasidagi o‘xshashliklar va farqlar tahlil qilinadi. Termiz shahri mikrotoponimlari turkiy til va madaniyat izlarini, Winchester shahri mikrotoponimlari esa anglosakson madaniyatini aks ettiradi. Maqola mikrotoponimlarni o‘rganishning lingvistik va madaniy ahamiyatini ko‘rsatadi va bu tahlil shaharlarning tarixiy rivojlanishini chuqurroq tushunishga yordam beradi.

Komila Shoyimova

156-157

2025-01-20

TIL VA MADANIYAT O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK: QANDAY QILIB TIL MADANIYATNI SHAKLLANTIRADI?

Til va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ko‘plab ilmiy tadqiqotlarda va jamiyatdagi amaliy faoliyatda markaziy o‘rinni egallaydi. Har bir til nafaqat muloqot vositasi, balki o‘sha tilni gapirgan xalqning tarixiy tajribasi, madaniy qadriyatlari va dunyoqarashi haqida chuqur ma'lumot beradi. Shuning uchun, tilni o‘rganish faqat grammatika va leksika masalalarini o‘z ichiga olmaydi, balki madaniyatni tushunishni ham anglatadi. Til va madaniyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish, tildagi so‘zlar, iboralar, ularning ma'nosi va ishlatilishi orqali xalqning hayoti, urf-odatlari, me'yorlari va qadriyatlari haqida chuqurroq tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradi.Odamlar orasidagi muloqotda tilning roli juda katta. Til orqali biz nafaqat axborot almashinuvini amalga oshiramiz, balki madaniy o‘ziga xosliklarni, milliy identifikatsiya va ijtimoiy munosabatlarni ham ifodalaymiz. Misol uchun, har bir xalqning salomlashish odati, rahmat aytish shakli yoki biror muammo yuzasidan fikr bildirish usuli o‘sha jamiyatning ijtimoiy va madaniy qadriyatlarini aks ettiradi. Ba'zi madaniyatlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri gapirish ijobiy sifat sifatida qaralishi mumkin, boshqa bir madaniyatda esa bu no‘noq deb hisoblanishi mumkin.

Latofat Jumayeva , Zuhra Abduvoitova , Madina Kuvatillayeva , Bibihojara Toʻxtayeva

13-15

2024-11-26

QADIMGI TURKIY MAQOLLARNING LINGVOMADANIY TAHLILI: “DEVONU LUGʻOT AT-TURK” MATERIALLARI ASOSIDA

Ushbu maqolada xalq og’zaki ijodi namunalaridan biri hisoblangan maqollarning milliy mentalitet, madaniyat va til o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni o‘rganishda muhim vositaligi yoritilgan. Shuningdek, maqollar badiiy ijod namunalarida ham keng qo’llanilib, xalqning hayot tarzi, dunyoqarashi va madaniyatini ifoda etuvchi qisqa va mazmunli hikmatli iboralardir. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘ot at-turk” asarida keltirilgan maqollar ham lingvomadaniy jihatdan tahlil qilinganda, ular o‘zbek va umum turkiy xalqlarning qadimiy dunyoqarashi va ijtimoiy tajribasini mujassamlashtirgan madaniyat yodgorligi ekani namoyon bo‘ladi.

Muhlisa Tojiboyeva

100-103

2026-01-07

HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYAT: XALQARO TAJRIBA VA MILLIY YONDASHUVLAR

Ushbu maqolada huquqiy ong va huquqiy madaniyat tushunchalarining nazariy asoslari, ularning jamiyatdagi ahamiyati hamda xalqaro tajriba asosida shakllanish jarayonlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi — xalqaro miqyosda huquqiy madaniyatni rivojlantirish amaliyotlarini o‘rganish hamda O‘zbekiston sharoitida ushbu tajribalarni tatbiq etish imkoniyatlarini aniqlashdir.

Mohidilxon Bozorova

113-118

2025-10-20

1 - 25 of 500 items 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy