Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

OTA-ONALAR VA PSIXOLOG HAMKORLIGI HAMDA O‘QUVCHILARNING RUHIY BARQARORLIGIGA TA’SIRI

Ushbu maqolada ota-onalar va maktab psixologi o‘rtasidagi hamkorlikning o‘quvchilarning ruhiy barqarorligiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil etiladi. Muallif o‘quvchilarning ruhiy holatini barqarorlashtirishda oila va maktab psixologi o‘rtasidagi uzviy aloqaning ahamiyatini yoritadi. Shuningdek, o‘zaro muloqot shakllari, maslahat uslublari va natijalar tahlil qilingan.

Kulmatova Maxarramxon Muminjonovna

60-62

2025-06-27

KICHIK MAKTAB DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning psixologik xususiyatlarining rivojlanishi haqida ma'lumot beriladi. Jumladan, maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning maktabga berish jarayonida sodir bòladigan psixologik òzgarishlar haqida ma'lumotlar yoritilgan.

Orzikulova Nafisa Axtamovna, Rajabova Bahora Ismatulkayevna

20-24

2025-05-20

BOLA PSIXOLOGIYASIDA OTA-ONALAR BILAN SAMARALI HAMKORLIK METODLARI

Ushbu maqolada bola psixologiyasida ota-onalar bilan samarali hamkorlik qilishning ahamiyati, asosiy yondashuvlari hamda muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari yoritilgan. Shuningdek, maktab psixologi faoliyatida ota-onalar bilan ishonchli muloqotni yo‘lga qo‘yish, individual va guruhiy ish shakllari, psixologik treninglar va maslahatlar orqali samarali hamkorlik qilishning amaliy metodlari taqdim etilgan. Maqola psixologik-pedagogik ish tajribasiga tayanadi hamda maktab psixologlari va tarbiyachilar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Gadoyeva Dilrux Murod qizi

139-141

2025-06-14

O’ZLASHTIRISHDA ORQADA QOLGAN O’QUVCHILAR PSIXOLOGIYASI VA ULAR BILAN KORREKSION ISHLAR

O’zlashtirishda orqada qolgan o’quvchilar bilan ishlashda muvaffaqiyatga erishish uchun, eng avvalo, ularning oilasi, do’stlari to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishimiz lozim. Barcha mamlakatlarda bo’lgani kabi yoshlarimiz orasida ham ta’lim olishda qiyinchilikga uchraydigan ammo qaysidir tamonlama iqtidorli farzandlar mavjud bo’lib, ularning ta’limiga alohida e’tibor qaratish lozim bo’ladi. “O’zlashtirishda orqada qolgan” bolalar bilan ishlash azaldan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada shu masalaga to’xtalib o’tamiz.

Xudoyberdiyeva Komila Xayrullayevna , Berdaliyeva Gulhayo Yuldash qizi , Shukurova Matluba Yuldash qizi

57-61

2025-03-31

OILAVIY MUHITNING MAKTAB O‘QUVCHISI PSIXOLOGIK HOLATIGA TA’SIRI

Maktab o‘quvchilari shaxsiy rivojlanishida psixologik holat muhim omil hisoblanadi. Bu holatga bevosita ta’sir etuvchi eng asosiy omillardan biri oilaviy muhitdir. Oila — bola hayotidagi birinchi ijtimoiy muhit bo‘lib, undagi munosabatlar, emotsional qo‘llab-quvvatlash, tarbiyaviy yondashuvlar o‘quvchining ruhiy holatiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada oilaviy muhitning maktab o‘quvchisi psixologik holatiga ko‘rsatadigan ta’sir mexanizmlari, ya’ni ota-onalar bilan muloqot sifati, nazorat darajasi, oilaviy iqlim, tarbiya uslublari va oiladagi emotsional barqarorlik darajasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda psixologik barqarorlik, stress, xavotir, o‘z-o‘zini baholash darajasi kabi omillar o‘quvchi shaxsiyatining rivojlanishidagi ahamiyati nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Shuningdek, oilaviy nizolar, ota-onalarning e’tiborsizligi, haddan ziyod talabchanlik yoki emotsional befarqlik maktab o‘quvchilarida psixologik muammolarni yuzaga keltirishi mumkinligi amaliy misollar bilan ko‘rsatiladi.

Soliyeva Aynura Isayevna

89-90

2025-05-31

O'Z-O'ZINI ANGLASHNI RIVOJLANTIRISH BOSQICHLARI, SHARTLARI VA MEXANIZMLARI

O'z-o'zini anglashni shakllantirish bosqichlari bolaning aqliy rivojlanish bosqichlariga to'g'ri keladi - uning tug'ilishdan o'smirlik davrigacha bo'lgan intellektual va shaxsiy sohalarini shakllantirish borasida kirlar bayon etilgan.

Ermatova Gulchexra Jumaboyevna , Isroilova Zamiraxon Alimamatovna, Miraxmedova Nigora Nematovna

135-139

2023-06-30

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILAR PSIXOLOGIYASI VA ULARNING XOTIRASINI RIVOJLANTIRISH

Maqolada kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning psixologiyasi, o’quvchilarni diqqatini oshirib, xotirasini rivojlantirish orqali  bu yosh davrining  asosiy faoliyati bo’lgan  o‘quv faoliyatini yaxshilash yoritib berilgan.

Bozorova Nilufar Najmiddinovna, Tajibayeva Gulnora Charshanbayevna

48-50

2024-12-26

MAKTAB PSIXOLOGINING USTOZLAR BILAN INDIVIDUAL MASLAHATLARI: METODLAR VA NATIJALARI

mazkur maqolada maktab psixologining pedagog kadrlar bilan olib boradigan individual maslahatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda individual maslahatlar shakllari, psixologik yondashuv metodlari va ularning samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, real amaliyotdan olingan kuzatuv natijalari asosida individual maslahatlarning ustozlar psixologik holatiga ijobiy ta’siri yoritiladi.

Ergashova Nodira Abduraximovna

65-67

2025-05-31

MAKTAB O‘QUVCHILARINING PSIXOLOGIK FAROVONLIGINI TA’MINLASH: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA SAMARALI METODLAR

Mazkur maqolada maktab o‘quvchilarining psixologik farovonligini ta’minlash bo‘yicha psixologning roli, zamonaviy yondashuvlar, shuningdek, o‘quvchilarda uchraydigan keng tarqalgan psixologik muammolar va ularni hal etish usullari ko‘rib chiqiladi. Psixologik yordam jarayonida individual yondashuv, ijtimoiy-emotsional o‘rganish, guruh terapiyasi kabi samarali metodlarning ahamiyati yoritilgan. Maqola maktab psixologlari, pedagoglar va ota-onalar uchun foydali amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Mashxura Jumayeva

87-88

2025-06-22

O'QUVCHILARDA STRESSNI BOSHQARISHDA MAKTAB PSIXOLOGINING ROLI VA AHAMIYATI

Mazkur maqolada o'quvchilarda stressni boshqarishda maktab psixologining o'rni va ahamiyati o'rganiladi. Maktab psixologi, o'quvchilarning ruhiy salomatligini ta'minlash, stressni boshqarish va uning salbiy oqibatlarini oldini olish borasida muhim rol o'ynaydi. Ta'lim jarayonida o'quvchilarning psixologik holatini aniqlash, stressni kamaytirish bo'yicha metodik yondoshuvlarni qo'llash va individual yondoshuvni amalga oshirish orqali psixolog o'quvchilarni nafaqat akademik, balki emotsional jihatdan ham qo'llab-quvvatlaydi. Ushbu maqolada maktab psixologining stressni boshqarishdagi metodlari va pedagogik roli tahlil qilinadi.

Dilnoza Umarova

95-97

2025-12-11

MAKTABLARDA PSIXOMATIK KASALLIKLARINI OLDINI OLISH. PSIXOPROFILAKTIKA CHORALARI

Paixomatik kasalliklari – bu psixologik omillar ta’siri ostida yuzaga keladigan jismoniy kasalliklardir. Maktab davrida  o’quvchilarda o’quv jarayonidagi zo’riqish, stress, oilaviy muammolar sinfdoshlar bilan o’zaro nizolar natijasida yuzaga kelishi mumkin. Ushbu tezisda maktab sharoitida bunday kasalliklarni oldini olish uchun psixoprofilaktika choralari, psixologik xizmatning o’rni va samaralari metodlar yoritib beriladi. Shu bilan birgalikda ushbu tezisda  talim jarayonida sog’lom psixologik muhit yaratish ota onalar bilan hamkorlik va maktab psixologik xizmatning o’rni xaqida so’z yuritiladi.

Qodirova Nilufar Farhodjon qizi , Xalimjonov Abuqunduz Rahimjon o’g’li

23-24

2025-09-30

MAKTAB MUHITIDA PSIXOLOGIK ZO'RAVONLIK VA O'QUVCHILARNING STRESGA CHIDAMLILIGI

mazkur maqolada maktab muhitida uchraydigan psixologik zo‘ravonlik holatlari va ularning o‘quvchilarga ta’siri, xususan, stresga chidamlilik darajasi o‘rganiladi. Psixologik zo‘ravonlik turlari, omillari va uning salbiy oqibatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘quvchilarning stressga nisbatan bardoshliligi, unga ta’sir etuvchi ijtimoiy va psixologik omillar yoritiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, stressga chidamli o‘quvchilarda ijtimoiy moslashuv yuqori bo‘lib, zo‘ravonlikdan kelib chiqadigan salbiy ta’sirlar nisbatan kamroq kuzatiladi.

Bo'ronova Dilrabo Nomonjonovna

137-139

2025-05-12

O‘QUVCHILARDA MOTIVATSIYANI SHAKLLANTIRISHDA O‘QITUVCHI VA PSIXOLOG HAMKORLIGI

Maktab ta’limi tizimida o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini shakllantirish va uni doimiy tarzda qo‘llab-quvvatlash ta’lim sifatini oshirishning muhim shartlaridan biridir. Motivatsiya — bu o‘quvchini bilim olishga, o‘z ustida ishlashga, o‘zini rivojlantirishga undovchi ichki kuchdir. Mazkur maqolada o‘quvchilarda motivatsiyani shakllantirish jarayonida o‘qituvchi va psixolog hamkorligining ahamiyati, ularning vazifalari, o‘zaro aloqasi va faoliyatning samarali yo‘llari tahlil qilinadi. Ayniqsa, o‘quvchilar bilan individual ishlash, sinf muhitini psixologik jihatdan sog‘lom saqlash, o‘zini anglash va baholash ko‘nikmalarini rivojlantirishda psixolog va pedagoglarning uzviy hamkorligi dolzarb hisoblanadi. O‘quvchilarning motivatsiya darajasiga ta’sir qiluvchi omillar, xususan, oilaviy muhit, tengdoshlar guruhi, maktab muhiti, o‘qituvchi-psixolog munosabati asosida motivatsion yondashuvlar tavsiflanadi. Shuningdek, maqolada ushbu hamkorlikni tashkil etishning innovatsion usullari, amaliy tavsiyalari va real maktab amaliyotidan misollar asosida ilmiy xulosa va takliflar berilgan.

Soliyeva Aynura Isayevna

135-137

2025-05-31

MAKTAB O‘QUVCHILARIDA KASB TANLASH MOTIVATSIYASI VA UNGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

ushbu maqolada maktab o‘quvchilarida kasb tanlash jarayonining psixologik, ijtimoiy va madaniy omillar bilan bog‘liqligi tahlil qilingan. Kasb tanlashga ta’sir etuvchi asosiy omillar — oilaviy muhit, ijtimoiy stereotiplar, maktab muhitidagi yo‘naltiruvchi faoliyatlar, shaxsiy qiziqishlar va motivatsion omillar tadqiq etilgan. Maqolada tanlovda ishtirok etuvchi individual va ijtimoiy psixologik omillarning o‘zaro ta’siri va ularni boshqarish mexanizmlari yoritilgan.

Ganiyeva Zulayho Sayfiddinovna

39-41

2025-05-31

OTA-ONASI XORIJIY DAVLATLARGA KETGAN BOLALARNING PSIXOLOGIK HOLATI

ushbu maqolada ota-onasi xorijiy davlatlarga ishlash uchun ketgan bolalarning psixologik holati tahlil qilinadi. Bolaning shaxsiy rivojlanishida ota-onaning o‘rni, ularning uzoqda bo‘lishi natijasida yuzaga keladigan ruhiy muammolar, bu muammolarning sabablari va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, maktab va jamiyat tomonidan ko‘rsatiladigan psixologik yordamning ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Maqola yosh avlodning sog‘lom psixikaga ega bo‘lib ulg‘ayishi uchun zarur bo‘lgan yondashuv va choralarni o‘z ichiga oladi.

Sodiqova Zumradxon Abdunabiyevna

155-157

2025-04-24

ILK O‘SPIRINLIK YOSHIDA O‘Z-O‘ZINI ANGLASHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA TARBIYADAGI ROLI

Maqolada ilk o‘spirinlik davrida shaxsning psixologik rivojlanishi, xususan, o‘zini anglash, «Men» obrazi va o‘z-o‘zini baholash jarayonlari tahlil qilinadi. Ilmiy tahlillar asosida ushbu bosqichda shaxsiy identifikatsiya va ijtimoiy rollarni o‘zlashtirishda oila, maktab va muhitning ta’siri ochib berilgan. Shuningdek, tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda pedagogik yondashuvlar ahamiyati ko‘rsatilgan.

Tauyekelova Goʻzzal Yerkinovna

93-95

2025-05-12

MAKTAB O’QUVCHILARI PSIXOLOGIYASINING SHAKLLANISH JARAYONI VA OMILLARI

O’quv jarayonini o’quvchi shaxsining yosh, psixologik va indididual xolatlarini inobatga olgan holda tashkil etish, ’quvchining psixologik xolatini yaxshilash va darsga nisbatan munosabatini muvofiqlashtirish kabi ko’nikmalarni tashkil etishda psixologiyaning ahamiyati yuqori baholanadi. Usbu maqolada maktab o’quvchilarining individual-psixologik xususiyatlari haqida bayon etiladi.

Qo'chqorova Raxshona Mamaraximovna

80-83

2023-06-08

MAKTAB O‘QUVCHILARIDA SHAXSLARARO MUNOSABATLARNI RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqolada maktab o‘quvchilari o‘rtasida shaxslararo munosabatlar rivojlantirish haqida so‘z boradi.

Ma’rifat Tashpulatova

183-187

2023-01-28

BOLANI KASB-HUNARLI QILIB TARBIYALASHDA OTA-ONA VA OILANING O’RNI

Ushbu maqolada oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirishda ota-ona maktab va mahalla hamkorligi haqida ma'lumot berilgan.

Toʻrayeva Feruza Poʻlatovna

117-119

2024-04-15

KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH: BARQAROR TARАQQIYOTNING RIVOJLANISH KALITI.KASBGA YO‘NALTIRISHDA MAKTAB PEDAGOGINING ROLI

Ushbu maqola orqali bugungi kun zamonaviy pedagoglarining o‘sib kelayotgan yosh avlodga kasb-hunar tanlashga ko‘mak berishi va kasb-hunarga yo‘naltirishdagi asosiy vazifalari, kasb tanlashda maktab pedagogining o‘rini haqida  fikr yuritiladi

A.A Ro‘ziboyeva

4-6

2025-06-07

O‘SMIRLIK DAVRIDA STRESS HOLATLARI VA PSIXOLOGIK BARQARORLIKNI SHAKLLANTIRISH OMILLARI

Ushbu maqolada o‘smirlik davrida yuzaga keladigan stress holatlari va ularga qarshi psixologik barqarorlikni shakllantirish jarayoni tahlil etilgan. Ayniqsa, o‘smirlarning ruhiy himoya mexanizmlarini mustahkamlashda ijtimoiy-psixologik omillarning (ota-onalar munosabati, sinfdoshlar bilan aloqalar, maktab muhitining ta’siri, shaxsiy o‘zini anglash darajasi) tutgan o‘rni yoritilgan. Maqolada o‘smirlarning stressga nisbatan individual reaksiya shakllari, ularning emotsional muvozanatini saqlashdagi muhim jihatlar, hamda pedagog va psixologlar tomonidan qo‘llanilishi lozim bo‘lgan samarali yondashuvlar bayon etiladi. Tadqiqot natijalari o‘quvchilar ruhiy salomatligini ta’minlash va ijtimoiy-psixologik muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi.

Yusupova Shohsanam Sohibjon qizi

50-53

2025-05-10

BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA PSIXOLOGIK JIHATDAN TAYYORLASH MUAMMOSI

Maqolada bolalarni maktabga psixologikm jihatdan tayyorlash masalalari o’z aksini topgan. Maktabga borish bilan bog’liq asosiy faoliyat turini o’zgarishi ya’ni,  o’qish faoliyatiga moslashish jarayoninig psixologik tavsifi yoritib berilgan.

Normatova Xayrinissa Obidovna

54-56

2023-05-22

MAKTABDA SOG'LOM MUHITNI SHAKILLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI

Bu maqolada "Maktabda sog'lom muhitni shakillantirishning dolzarb masalalari" mavzusiga oid ko'rsatmalar va tavsiyalar beriladi. Maqola o'quvchilarga, o'qituvchilarga va maktab rahbariyatiga muhim bo'lgan muhim masalalarni qamrab oladi.

Qobilova Ziyoda Mahammad qizi

33-36

2024-07-08

MAKTAB O‘QUVCHILARINI DARSLARGA QIZIQTIRISHDA PEDAGOGLARNING MAHORATI VA O‘QUVCHI PSIXOLOGIYASINI BILISH KO‘NIKMASINING O‘RNI

Pedagogik mahorat - yuksak pedagogik tafakkur, ta’lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yondashuv, metodik bilimlarni samarali qo'llay olish qobiliyati bo'lib, u doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, o‘tmish qadriyatlari, O‘rta Osiyo mutafakkirlari ijodiy merosida yoritilgan murabbiylarni tayyorlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda zamonaviy axborot texnologiyalari, portal yangiliklaridan xabardor bo'­ lish, ilg‘or xorijiy davlatlarning o‘qituvchilar tayyorlash texnologiyalarini nazariy jihatdan o'rganish jarayonida tarkib topadi.  

Yulchiyeva Hidoyatxon To‘lqinjonovna

42-44

2023-12-13

MAKTAB O’QUVCHILARI O’RTASIDA ADAPTATSIYA JARAYONI

ushbu maqolada maktab o’quvchilarining maktabga moslashishi jarayonlari, uning psixologik tomonlari va xususiyatlari  haqida batafsil yoritilgan.

Mengarova Zilola Toshpulatovna

148-153

2023-06-09

1 - 25 из 46 результатов 1 2 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy