Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

STRESS VA UYQU BUZILISHLARINING MARKAZIY ASAB TIZIMIGA TA’SIRI. NEYROFIZIOLOGIK TAHLIL

Ushbu ilmiy tadqiqot zamonaviy tibbiyot, neyrobiologiya va neyrofiziologiyaning eng dolzarb muammolaridan biri — surunkali stress hamda uyqu buzilishlarining markaziy asab tizimi (MAT) faoliyatiga ko‘rsatadigan kompleks ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning maqsadi stress gormonlari, xususan, kortizolning bosh miya neyronal strukturalariga, gippokamp va prefrontal po‘stloq sohalariga neyrotoksik ta’sirini hamda uyqu deprivatsiyasining neyrodegenerativ jarayonlardagi patogenetik rolini aniqlashdan iborat. Maqolada O‘zbekiston aholisi orasida o‘tkazilgan klinik kuzatuvlar, yuqori texnologiyali elektroensefalografik (EEG) ko‘rsatkichlar va psixofiziologik testlar natijalari tizimli ravishda tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, surunkali stress uyqu arxitektonikasini (fazalar almashinuvini) parchalab, miya glimfatik tizimining faoliyatini keskin susaytiradi. Bu jarayon kognitiv disfunksiya, affektiv buzilishlar va psixosomatik kasalliklarning rivojlanishiga asosiy zamin bo‘lib xizmat qiladi. Maqola so‘ngida MAT funksional holatini himoya qilish va uyqu gigiyenasini yaxshilash bo‘yicha yangi ilmiy tavsiyalar ilgari surilgan.

Ziynatillo Qahhorov, Muazzam Ziyayeva

24-27

2026-01-26

DIQQATNING NERV - FIZIOLOGIK ASOSLARI

Ushbu tezisda diqqatning nerv - fiziologik asoslari, uning markaziy asab tizimi bilan bog‘liqligi, bosh miya po‘stlog‘i faoliyati, analizatorlar va reflektor mexanizmlarning diqqat jarayonidagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, diqqatning turlari, uning fiziologik mexanizmlari va diqqatga ta’sir etuvchi omillar haqida ilmiy ma’lumotlar bayon etilgan.

Maftuna Nurmatova , Olimjon Ozodqulov

176–178

2025-12-09

ORGANIZMNING YASHIRIN ENERGIYASI: T₃ GORMONI VA HAYOTIY JARAYONLARNING BOSHQARUVI”

Ushbu maqola inson organizmidagi triyodtironin (T₃) gormonining kimyoviy tabiati, sintezi, fiziologik funksiyalari va boshqarilish mexanizmlarini yoritadi. T₃ gormoni metabolizm tezligini oshirish, yurak-qon tomir tizimi faoliyatini tartibga solish, markaziy asab tizimi rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va hujayralarda oqsil sintezi hamda mitoz jarayonlarini kuchaytirish kabi asosiy hayotiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada gipotalamus–gipofiz–qalqonsimon bez tizimi orqali T₃ darajasi teskari aloqa tamoyili bilan nazorat qilinishi, uning ortiqcha yoki yetishmovchiligi natijasida yuzaga keladigan gipertireozi va gipotireoz holatlari, shuningdek diagnostika va davolash imkoniyatlari ham muhokama qilinadi. Shu bilan birga, T₃ gormonining organizmdagi energetik boshqaruvchi roliga alohida urg‘u berilgan.

Sitora Chinpo’lotova

141-143

2025-12-17

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA DORIXONALARDA NEYROLEPTIK VOSITALARNING TAHLILI

Zamonaviy tibbiyot tizimida ruhiy kasalliklarni davolash inson salomatligi va jamiyat barqarorligining muhim omillaridan biridir. So‘nggi yillarda aholining turmush tarzi, stress omillari va iqtisodiy bosimlar ruhiy holatga salbiy ta’sir etib, shizofreniya, maniya, depressiya, psixoz kabi holatlar sonining ortishiga sabab bo‘lmoqda. Shu boisdan, neyroleptik vositalarga — markaziy asab tizimi faoliyatiga ta’sir etuvchi psixotrop preparatlarga — bo‘lgan talab yil sayin oshib bormoqda.O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika sohasini modernizatsiya qilish, dori vositalarining sifatini nazorat qilish va mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish yo‘nalishida olib borilayotgan islohotlar natijasida psixotrop dorilar, jumladan, neyroleptik vositalar bozori jadal rivojlanmoqda. Ushbu mavzuning dolzarbligi shundaki, dorixonalar tarmog‘ida ushbu dori vositalarining tahlili, ularning narx dinamikasi, import va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ulushi hamda iste’molchilar orasidagi talabni o‘rganish farmatsevtika siyosatini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

F.U. Sabridinova, G.U. Qodirova , A. A. Raximov

15-17

2025-10-27

MENINGIT KASALLIGI: ETIOLOGIYA, DIAGNOSTIKA VA ZAMONAVIY DAVOLASH YONDASHUVLARI

Meningit kasalligi — markaziy asab tizimi (MAT)ning eng jiddiy infeksion kasalliklaridan biri bo‘lib, miya va orqa miya qoplamalarini yallig‘lanishi bilan kechadi. Ushbu kasallik tezkor rivojlanishi, yuqori o‘lim darajasi va jiddiy asoratlar bilan ajralib turadi, shuning uchun uning epidemiologiyasi, diagnostikasi va davolash yondashuvlari tibbiyotda katta ahamiyatga ega. Meningitning etiologiyasi bakterial, viral, zamburug‘li va ba’zi hollarda parasitik omillar bilan bog‘liq. Bakterial meningit eng xavfli hisoblanadi, chunki u qisqa vaqt ichida bemorning hayotiga tahdid solishi mumkin. Shu bilan birga, viral meningit ko‘pincha yengil kechadi, lekin ayrim hollarda asoratlar yuzaga kelishi mumkin.

Mashrabjon Esonaliyev

134-139

2026-01-31

PREGOBALIN DORI VOSITASINING TOKSIKOLOGIK AHAMIYATI

Bugungi ilm-fan shiddat bilan taraqqiy etib borayotgan zamonda barcha sohalar qatori farmasevtika sohasi ham rivojlanib bormoqda. Ayni vaqtda kasalliklar orasida turli xil asab tizimi bilan bog‘liq muammolar salmoqli o‘rin egallaydi. Mazkur patologik holatlarni yengillashtirish maqsadida bir qancha dori preparatlari yaratilgan Mazkur maqolada ayni preparatlardan biri pregobalin dori vositasining toksikologik ahamiyati mavjud manbalar asosida atroflicha yoritib berilgan.

З.А. Юлдашев, Н.Ў. Абдухалиқова

43-53

2024-05-07

BOLALARDA EPILEPSIYA KASALLIGINING SABABLARI VA KLINIK KECHISHI

Ushbu maqolada bolalarda uchraydigan epilepsiya kasalligini keltirib chiqaruvchi asosiy sabablari, uning rivojlanish mexanizmlari va klinik kechish xususiyatlari tahlil qilingan. Epilepsiya — markaziy asab tizimi faoliyatining buzilishi bilan kechuvchi surunkali kasallik bo‘lib, u asosan bolalik davrida boshlanadi. Tadqiqotda epilepsiyaning tug‘ma va orttirilgan shakllari, irsiy omillar, miya jarohatlari, infeksion kasalliklar hamda psixonevrologik omillar o‘rganilgan. Shuningdek, klinik belgilarning o‘ziga xos ko‘rinishlari, diagnostika va davolash usullari yoritilgan. Maqolada kasallikning bolalar ruhiy va ijtimoiy rivojlanishiga ta’siri, erta tashxis va kompleks terapiya ahamiyati alohida ta’kidlanadi.

Begoyim Axadova , Oydin G’oziyeva

27-31

2025-10-08

ARTERIAL GIPERTENZIYA (YUQORI QON BOSIMI) VA UNING FIZIOLOGIK MEXANIZMLARI

ushbu tezisda arterial gipertenziya — yuqori qon bosimining shakllanish sabablari, rivojlanish mexanizmlari va fiziologik asoslari tahlil qilinadi. Gipertenziya yurak-qon tomir tizimining eng keng tarqalgan patologiyalaridan biri bo‘lib, uning rivojlanishida markaziy asab tizimi, buyrak faoliyati, endokrin omillar hamda periferik qon tomirlarning tonusi muhim o‘rin tutadi. Patogenezda renin-angiotenzin-aldosteron tizimi, simpatik asab tizimining faollashuvi, suyuqlik va tuz balansining buzilishi asosiy rol o‘ynaydi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, gipertenziya erta tashxis qo‘yish va fiziologik mexanizmlarni chuqur o‘rganish orqali samarali nazorat qilish mumkin. Tezisda gipertenziyaning klinik ahamiyati, profilaktik choralar hamda davolashda fiziologik yondashuvlarning o‘rni yoritib berilgan.

Gulnoza Turdiyeva

120-123

2025-09-19

NAFAS OLISHNING FIZIOLOGIYASI VA UNING MUVOFIQLASHUVI

Nafas olish tizimi organizmning kislorod bilan ta’minlanishi va karbonat angidridni chiqarib yuborish jarayonlarini boshqaruvchi muhim fiziologik tizim hisoblanadi. Ushbu maqolada nafas olishning asosiy bosqichlari – tashqi va ichki nafas olish, alveolyar gaz almashinuvi, nafas olish harakatlari va ularni boshqaruvchi markazlar haqida ma’lumot beriladi. Shuningdek, nafas olish jarayonining markaziy asab tizimi tomonidan qanday muvofiqlashtirilishi, kimyoviy va mexanik retseptorlarning roli, reflektor javoblar va ularning funksional ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Turli holatlardagi (jismoniy yuklama, uyqu, stress) nafas olish o‘zgarishlari, patologik sharoitlarda (astma, gipoksiya) buzilish mexanizmlari ham tahlil qilinadi. Nafas olish fiziologiyasini chuqur tushunish nafaqat klinik amaliyotda, balki sport, reabilitatsiya va anesteziologiyada ham katta ahamiyatga ega.

Burhoniddin Shukurov

4-5

2025-07-28

BOLALARDA HASHIMOTO KASALLIGI GORMON YETISHMOVCHILIGINING O‘SISH VA RIVOJLANISHGA TA’SIRI

Ushbu ilmiy maqola bolalarda autoimmun tireoidit Hashimoto kasalligi natijasida yuzaga keladigan gormon yetishmovchiligining o‘sish va umumiy rivojlanish jarayonlariga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Hashimoto kasalligI bu organizm immun tizimi tomonidan qalqonsimon bez to‘qimalarining o‘zini begona sifatida tanib, ularga qarshi antitanachalar ishlab chiqilishi oqibatida yuzaga keladigan surunkali yallig‘lanishli endokrin kasallikdir. Ushbu jarayon natijasida tiroksin T4 va triiodtironin T3 kabi hayotiy muhim gormonlar ishlab chiqarilishi kamayadi, natijada bolalarda gipotiroidizm rivojlanadi. Qalqonsimon bez gormonlari inson organizmida barcha asosiy metabolik jarayonlarni, o‘sish sur’atini, markaziy asab tizimining shakllanishini, yurak-qon tomir tizimi faoliyatini, jinsiy yetilish jarayonlarini tartibga soladi. Shuning uchun ularning yetishmovchiligi bolalik davrida jiddiy fiziologik va neyropsixologik oqibatlarga olib keladi. Tadqiqotda Hashimoto kasalligi tashxisi qo‘yilgan 6–16 yoshdagi bolalar misolida gormon darajalari, antropometrik o‘lchovlar, suyak yoshi, o‘sish tezligi va kognitiv rivojlanish ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Tahlillar natijasida TSH Thyroid Stimulating Hormone, ya’ni qalqonsimon bezni stimullovchi gormon  darajasi oshgani, T4 va T3 ko‘rsatkichlari pasaygani, shuningdek, bo‘y o‘sishining sekinlashuvi, vazn ortishi, diqqat hamda xotira jarayonlarining susaygani aniqlandi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, qalqonsimon bez gormonlarining yetishmovchiligi o‘sish sur’atiga bevosita ta’sir ko‘rsatib, suyak to‘qimalarining differensiyalanishini sekinlashtiradi hamda miya faoliyatining shakllanishini izdan chiqaradi. Maqola yakunida Hashimoto kasalligini erta tashxislash va levotiroksin bilan o‘z vaqtida davolash o‘sish va intellektual rivojlanishning normal kechishini ta’minlay olishi ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari pediatrik amaliyotda qalqonsimon bez kasalliklarini erta aniqlash, skrining tizimini kengaytirish va bolalar salomatligini nazorat qilishda muhim ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi

Ibrohimjon Kozimov , Orifxo’ja Nazirjonov

4-7

2025-11-03

1 - 10 of 10 items

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy