Innovative Academy
  • Ro'yxatdan o'tish
  • Kirish
  • En
  • O'z
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Doktorantura yuzasidan savollar va ularga javoblar
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Qidirish

##search.advancedFilters##

##search.searchResults##

TIJORAT BANKALARIDA NAQD PULSIZ XISOB KITOBLAR XISOBI VA AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH

Tijorat banklarida naqd pulsiz hisob-kitoblar hisobi va auditini takomillashtirish zamonaviy moliyaviy tizimning barqarorligi va samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. So‘nggi yillarda iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayoni jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda, bu esa bank faoliyatidagi naqd pulsiz operatsiyalar ulushini keskin oshirishga olib keldi. Shu nuqtai nazardan, banklarda naqd pulsiz hisob-kitoblarni to‘g‘ri va aniq aks ettirish, hisob siyosatini doimiy ravishda takomillashtirish hamda audit jarayonlarini sifat jihatdan yaxshilash dolzarb vazifa hisoblanadi. Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi banklarning mijozlarga ko‘rsatadigan xizmatlarini tezkor, xavfsiz va shaffof qilish imkonini beradi, bu esa bank tizimining umumiy ishonchliligini oshiradi.

Asqat Haqberdiyev

134-136

2025-06-30

TIJORAT BANKLARIDA KASSA ISHINI TASHKIL ETISH, NAQD PUL VA BOSHQA QIMMATLIKLARNI INKASSASIYA QILISH HISOBI VA AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu ilmiy tezisda tijorat banklarining kassa amaliyotlarini samarali tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishning tashkiliy-huquqiy asoslari, buxgalteriya hisobi va ichki audit jarayonlari kompleks yondashuv asosida o‘rganilgan. Banklar faoliyatida naqd pul bilan ishlash va ularning aylanmasini nazorat qilish eng muhim moliyaviy jarayonlardan biri hisoblanib, bu yo‘nalishda yuzaga keladigan muammolar butun bank tizimining xavfsizligi, likvidligi hamda ishonchliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Oybek Rajabov

59-63

2025-07-11

NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLARNI RIVOJLANTIRISH ORQALI MILLIY TO‘LOV TIZIMI BARQARORLIGINI TA’MINLASH MEXANIZMLARI

Mazkur tadqiqot ishida  naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirish orqali milliy to‘lov tizimi barqarorligini ta’minlash masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda naqd pulsiz to‘lovlarning iqtisodiy ahamiyati, ularning to‘lov tizimi uzluksizligi va ishonchliligiga ta’siri ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Shuningdek, raqamli to‘lov vositalarining keng joriy etilishi natijasida tranzaksiya xarajatlarining kamayishi, hisob-kitob jarayonlarining tezlashuvi hamda iqtisodiy shaffoflikning oshishi kabi omillar yoritiladi. Tadqiqot natijalari milliy to‘lov tizimini barqaror rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Alisher Amonov

150-151

2026-01-27

O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI TO‘LOV INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH VA PUL MUOMALASI BARQARORLIGINI MUSTAHKAMLASH

Tezisda O‘zbekistonda raqamli to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish jarayonining pul muomalasi barqarorligiga ta’siri va uni yanada kuchaytirish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Pul muomalasi barqarorligi nafaqat naqd pul bilan ta’minlanganlik, balki naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblarning uzluksizligi, hisob-kitob intizomi, to‘lovlarning tezkorligi, tizim ishonchliligi hamda operatsion va firibgarlik xatarlarining boshqarilishi bilan belgilanadi.

O’ktamjon Xazratkulov

73-75

2026-02-10

INFLYATSIYAGA QARSHI SIYOSAT

Inflyatsiya - bu narxlarning doimiy umumiy o'sishi bo'lib, unda naqd pul shaklida yoki hisobvaraqlarda saqlanadigan barcha shaxsiy jamg'armalarning haqiqiy qiymati pasayadi. Narxlarning oshishi, albatta, ushbu jamg'armalar egalari sotib olishlari mumkin bo'lgan mahsulotlar massasini kamaytiradi. Birinchi navbatda, inflyatsiyaning boshlanishi bilan doimiy va nominal daromad oluvchilar, shu jumladan, byudjet sektori xodimlari va pensionerlarning real daromadlari kamaymoqda.

Kamola Usmonova

15-18

2022-10-04

KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASINING TAHLILI

Kambag‘allik – bu butun dunyo miqyosida dolzarb bo‘lgan muammolardan biri bo‘lib, har bir mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlariga mos keluvchi zudlik bilan hal etilishi lozim bo‘lgan yechimlarni talab etadi. Ushbu tezisda Braziliya, Keniya, Bangladesh, Xitoy va Kanada misolida kambag‘allikni yo‘q qilish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlar o‘rganiladi. Shartli va shartsiz yondashuvlar – xususan, naqd pul to‘lovlari, mikromoliyalashtirish, manzilli yoki jamoatchilik ishtirokiga asoslangan siyosatlar tahlil qilinadi hamda ularning kambag‘allikni kamaytirishdagi samaradorligi baholanadi. Maqola mazkur strategiyalarning ta’siri va oqibatlariga doir nazariy asoslarni statistik ma’lumotlar va amaliy dalillar bilan uyg‘unlashtirgan holda tahlil qilishni maqsad qiladi.

Alisher Xaydarov

79-82

2025-06-10

RAQAMLI TO‘LOV TIZIMLARINING IQTISODIY SAMARADORLIGI

Ushbu maqolada raqamli to‘lov tizimlarining iqtisodiyotdagi roli va ularning samaradorligini oshirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Raqamli to‘lov tizimlari yordamida moliyaviy operatsiyalarning tezkorligi, shaffofligi va xavfsizligi ta'minlanib, naqd pulga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi. Bu jarayon iqtisodiy rivojlanishga ijobiy ta'sir ko‘rsatib, pul aylanmasini tezlashtiradi va moliyaviy xizmatlarning ommabop bo‘lishiga yordam beradi. Shuningdek, maqolada raqamli to‘lov tizimlarining joriy etilishi bilan bog‘liq muammolar va ularni hal qilish yo‘llari ham ko‘rib chiqiladi.

Farrux Qodirov , Barno Sattorova

82-85

2024-12-16

BANK TIZIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO'LLASH SAMARADORLIGI

Mamlakat moliya tizimini rivojlantirishda bank xizmatlarini zamonaviylashtirish va ularni soddalashtirishning roli katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda axborot texnologiyalari, barcha sohalarda bo‘lgani kabi, bank tizimiga ham keng joriy etilmoqda. Bugungi kunda bank tizimining raqamlashtirilishi moliyaviy xizmatlarning tez, qulay va xavfsiz bo‘lishini ta’minlamoqda. Raqamli texnologiyalar bank faoliyatining deyarli barcha sohalariga — hisob-kitoblar, kreditlash, to‘lov tizimlari, mijozlar bilan ishlash va xavfsizlik tizimlariga chuqur kirib bormoqda. Bank tizimida raqamli texnologiyalarni qo'llash bugungi kunda bank instituti moliya oqimlarini boshqarish, naqd pulsiz to‘lovlarni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda asosiy o‘rin tutadi.

Surayyo Qosimjonova

19-21

2025-11-30

RAQAMLI TO'LOV TIZIMLARINING IQTISODI SAMARADORLI

Ushbu maqola raqamli to'lov tizimlarining iqtisodiy samaradorligi haqida batafsil tahlil qiladi. Raqamli to'lov tizimlari, texnologiyalarning rivojlanishi va internetning keng tarqalishi bilan jahon miqyosida iqtisodiy aloqalar va operatsiyalarni samarali amalga oshirishda muhim vosita bo'lib bormoqda. Maqolada raqamli to'lovlar orqali xarajatlarni kamaytirish, iqtisodiy faollikni oshirish, innovatsiyalarni rivojlantirish va iqtisodiy inkluzivlikni ta'minlash kabi ijobiy ta'sirlar ko'rib chiqiladi. Shuningdek, bu tizimlarning xavfsizlik va shaffoflikni ta'minlashdagi o'rni ham yoritilgan. Umuman olganda, maqola raqamli to'lov tizimlarining iqtisodiy barqarorlik va o'sish uchun qanday muhim ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi.             

Sevinch Nomozova

144-147

2024-12-16

INVESTITSION KREDIT MUNOSABATLARI VA ULARNING IQTISODIYOTNING RIVOJLANISHDAGI RO’LI

Investitsion kredit munosabatlari, iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular mamlakatning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, yangi loyihalarni amalga oshirish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishda asosiy rol o‘ynaydi. Ushbu munosabatlar banklar, moliya institutlari va tadbirkorlar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni tashkil etadi. Investitsion kreditlar, o‘z navbatida, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, infratuzilmani rivojlantirish va ishlab chiqarishni kengaytirishga yordam beradi. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish va modernizatsiya qilish jarayonlarida investitsion kreditlarning roli hamda ularning iqtisodiy rivojlanishdagi ahamiyati yanada ortib bormoqda. Ushbu maqolada investitsion kredit munosabatlarining nazariy asoslari, ularning iqtisodiyotga ta’siri va amaliy misollar orqali o‘rganiladi.

Aziza Musaxanova

105-108

2024-09-30

FUQAROLAR PLASTIK KARTALARI KIBERXAVFSIZLIGINI TA’MINLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH

Mazkur maqolada fuqarolarning plastik kartalari bilan bog‘liq kiberxavfsizlik muammolari chuqur tahlil qilinadi hamda raqamli iqtisodiyot sharoitida moliyaviy operatsiyalar xavfsizligini ta’minlash masalalari yoritiladi. So‘nggi yillarda naqd pulsiz hisob-kitob tizimining kengayishi, onlayn to‘lovlar hajmining ortishi va mobil bank xizmatlarining ommalashuvi plastik kartalar orqali amalga oshiriladigan operatsiyalar sonini keskin oshirdi. Bu esa o‘z navbatida soxta internet sahifalari orqali ma’lumotlarni qo‘lga kiritish, bankomat qurilmalari yordamida karta ma’lumotlarini yashirin nusxalash, zararli dasturlar orqali ma’lumot o‘g‘irlash hamda ijtimoiy muhandislik kabi kiberjinoyat turlarining ko‘payishiga olib kelmoqda. Maqolada plastik kartalar xavfsizligiga tahdid soluvchi asosiy omillar, ularning kelib chiqish sabablari va iqtisodiy oqibatlari ilmiy asosda o‘rganiladi. Shuningdek, bank tizimida qo‘llanilayotgan mavjud himoya mexanizmlari – bir martalik parollar, uch bosqichli xavfsizlik texnologiyasi, biometrik autentifikatsiya, tranzaksiyalar monitoringi tizimlari – samaradorligi tahlil qilinadi. Maqolada kiberxavfsizlikni ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar berilgan. Jumladan, ko‘p bosqichli autentifikatsiya tizimini keng joriy etish, sun’iy intellekt asosida shubhali operatsiyalarni aniqlash mexanizmlarini rivojlantirish, real vaqt rejimida xavflarni monitoring qilish, bank va davlat organlari o‘rtasida axborot almashinuvini kuchaytirish hamda fuqarolarning kiberxavfsizlik bo‘yicha moliyaviy savodxonligini oshirish zarurligi asoslab beriladi.

XO‘JAXONOVA SITORA BAXTIYOR QIZI

7-22

2026-03-09

TIJORAT BANKLARIDA CHAKANA BANK XIZMATLARI VA ULARNI RAQAMLASHTIRISH

Ushbu maqolada, tijorat banklari tomonidan chakana bank xizmatlarini ko‘rsatishning nazariy va me’yoriy huquqiy asoslari, ularni raqamlashtirishning istiqbollari  va ko'rsatmalari to'g'risida gap yuritiladi.

Nargis Xushvaqtova

122-123

2024-02-27

HISOB-KITOBLAR OPERATSIYALARIDA BANK HISOB VARAQLARI HARAKATINING TAHLILI VA HISOBLASH USULLARI

Ushbu tezisda korxonalarda hisob-kitoblar operatsiyalarida bank hisobvaraqlari orqali amalga oshiriladigan pul mablag‘lari harakatining tahlili va bu harakatlarni hisoblash usullari ko‘rib chiqilgan. Bank hisobvaraqlari orqali yuritiladigan operatsiyalar korxona moliyaviy intizomi, to‘lovga layoqatliligi va pul oqimlarining shaffofligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tezisda bank hisobvaraqlari harakatlarini hisobga olishning buxgalteriyadagi aks ettirilish tartibi, bu harakatlar asosida shakllantiriladigan moliyaviy ko‘rsatkichlar va ularning tahlil metodlari yoritilgan. Amaliy misollar orqali bank aylanmalari samaradorligini baholash usullari ham bayon etilgan.

Azizbek Muxammadov

15-16

2025-05-19

BANK TIZIMI VA TO’LOV USULLARI

Ushbu maqolada to’lov tizimi va uning tarkibi, respublikamizda milliy to’lov tizimining shakllanishi, shu tizim orqali naqd pulsiz hisob kitoblarning o’tishi, banklararo hisob-kitoblarning o’tish texnologiyalari, yagona vakillik hisobvaraqlari orqali to’lovlarning o’tishini tashkil etilishi tahliliga bag’ishlanadi.

Yulduz Nasimova

150-153

2023-04-30

PUL OQIMLARINI BAHOLASH ASOSIDA MOLIYAVIY QARORLARNI QABUL QILISH («BIZNESNI RIVOJLANTIRISH BANKI» ATB MISOLIDA)

Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda pul oqimlarini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. An’anaviy moliyaviy tahlil asosan foyda va zarar ko‘rsatkichlariga asoslanadi, biroq bu usul ba'zida tashkilotning real moliyaviy holatini to‘liq aks ettira olmaydi. Pul oqimlarini baholash esa bank faoliyatidagi naqd mablag‘lar harakatining haqiqiy manzarasini ochib beradi va moliyaviy qarorlar qabul qilishda yanada ishonchli asos bo‘lib xizmat qiladi. Pul oqimlari bank faoliyatining uchta asosiy yo‘nalishini — operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatni qamrab oladi.

Ma`ruf Isroilov

115-117

2025-05-14

MEHMONXONALARNI RIVOJLANTIRISHDA BOSHQARUV USULLARI

Covid-19 pandemiyasining mehmonxona sektoriga zararli ta'siri tufayli pandemiya inqirozini boshqarish Tadqiqotlar savdo-marketing sohasidagi tadqiqotlardan tortib, inson resurslarini boshqarishgacha bo'lgan katta ilmiy e'tiborga sazovor bo'ldi. Biroq, pandemiya inqirozini boshqarish kun tartibida moliyaviy menejment ko'p jihatdan e'tibordan chetda qoldi.

Madina Sobirova

285-287

2022-12-24

##navigation.items##

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Til tanlash

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

##plugins.block.developedBy.blockTitle##

Ochiq jurnal tizimlari

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy