Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

SURROGAT ONALIK SHARTNOMASI: ZAMONAVIY MUAMMOLAR VA O'ZBEKISTONDA TARTIBGA SOLISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Maqolada surrogat onalik shartnomasining huquqiy tabiati, zamonaviy amaliyotdagi muammolar va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida tartibga solishning mavjud holati tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida surrogat onalik institutining xorijiy mamlakatlardagi tajribasi, shartnoma shartlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari, nizoli vaziyatlarni hal qilish mexanizmlari o'rganilgan. Muallif O'zbekistonda surrogat onalik shartnomasini tartibga soluvchi qonunchilik bazasining yetishmaskigi, amaliyotda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni aniqlagan. Maqolada surrogat onalik shartnomasining fuqarolik-huquqiy tomonlari, oila huquqi bilan bog'liqligi, shuningdek, axloqiy-etik masalalar muhokama qilingan. Tadqiqot natijalari asosida milliy qonunchilikni takomillashtirish bo'yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan

D.I.Babajanova

103-106

2026-01-28

SURROGAT ONALIK MUNOSABATLARINI TARTIBGA SOLISHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI.

Mazkur maqolada surrogat onalik munosabatlarini tartibga solishni takomillashtirish masalalariga oid yondashuvlar bayon qilingan. Shuningdek, surrogat onalik to’g’risidagi shartnoma bo’yicha taraflarni huquq va majburiyatlarining xususiyatlari bilan bog’liq jihatlari, shuningdek, surrogat onalik dasturining huquqiy tartibga solish masalalari qamrab olinadi

Jamshid Abdullayev

189-194

2022-08-29

SURROGAT ONALIK SHARTNOMASINING HUQUQIY TABIATI (TEZIS)

Jamiyat hayotining eng muhim masalasi bu – oila farovonligi hisoblanadi. Oila va fuqarolik huquqidagi eng aktual va murakkabligi bilan birga, muammoli masalalardan biri sifatida qayd qilinadigan jihat surrogat onalik shartnomalarining qonuniyligi masalasini hal qilishdir.  Surrogat onalik shartnomasi amaliyoti AQSh, Rossiya, Markaziy Osiyo va dunyoning turli mamlakatlarida ham nazariy, ham amaliy jihatdan asta-sekin maqbul bo’lib bormoqda[1]. Ayni paytda yuqoridagi manbadan ko’rinib turibdiki, surrogat onalik shartnomasi masalasini nazariy hamda amaliy jihatlarini kishilik jamiyatida huquqiy yechimlarini berish dolzarblik kasb etmoqda. Negaki, kundalik hayotda tartibga solinmagan surrogat onalik bilan bog’liq muammoli ijtimoiy-huquqiy munosabatlar yetarlicha uchraydi.

Jamshid Abdullayev

12-16

2022-08-26

SURROGAT ONALIK SHARTNOMASIDA SURROGAT ONANING JAVOBGARLIGI MASALALARI

Maqolada surrogate onalikda sturining huquqiy asoslari ilmiy-nazariy tahlil qilingan va shartnoma doirasida surragat onaning javobgarligi masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Choriyev Murodjon Shokirjonovich , Abdullayev Jamshid Djamilovich

68-72

2023-11-21

QONUNCHILIGIMIZDA SURROGAT ONALIK SHARTNOMASINI TARTIBGA SOLISHNING DOLZARB MASALALARI (TEZIS)

Ma’lumki, surrogat onalik shartnomasi qonunchiligimizda nomlanmagan notipik xususiyatga ega shartnoma turi sifatida e’tirof etiladi. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 5-moddasiga ko’ra fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan munosabatlar qonunchilik yoki taraflarning kelishuvi bilan to’g’ridan to’g’ri tartibga solinmagan hollarda fuqarolik qonunchiligining o’xshash munosabatlarni tartibga soluvchi normasi qo’llanilishi(qonun o’xshashligi) belgilangan. Agarda, ko’rsatib o’tilgan hollarda qonun o’xshashligidan foydalanish mumkin bo’lmasa, taraflarning huquq va burchlari fuqarolik qonunchiligining umumiy negizlari va mazmuniga (huquq o’xshashligiga) hamda halollik, oqillik va adolat talablariga amal qilgan holda belgilanadi . Mazkur masalada bir qator tadqiqotchilarning bu masalani asoslantiruvchi fikrlari mavjud.

Jamshid Abdullayev

40-42

2022-08-30

ONALIK VA BOLALIKNI MUHOFAZA QILISH BORASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR

Ushbu maqolada, onalik va bolalik haqida, uning davlat tomonidan qanday muhofazaliklarga ega ekanligi, yosh onalarga va ularning farzandlariga yaratilgan keng sharoitlar, ba’zi toifadagi ayollarning manfaatlari, huquqlari, ular uchun qo’yilgan mas’ulyatlar va boshqa asosiy ma’lumotlar ham keltirib o’tilgan.

Dustova Gulzoda Komiljanova, Karimov Abduhalim Abdurazzoqovich

743-746

2022-11-23

"OQSOCH HIKOYASI" ROMANIDA ONALIK VA OILA QADRIYATLARI TALQINI

Mazkur maqolada Margaret Etvudning “Oqsoch hikoyasi” romanida Gilead jamiyatidagi onalik va oila qadriyatlarining buzilishi, ayollarning shaxsiyati va hissiy olamining inkor qilinishi, onalikning mafkuraviy qurolga aylanishi holatlari tahlil qilinadi. Tahlil davomida roman parchalari va ilmiy manbalar asosida Etvudning feministik pozitsiyasi ochib beriladi.

Kadirova Durdona Dilshadovna

4-5

2025-05-28

ЗДОРОВЬЕ ЖЕНЩИН В БУХАРЕ: ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ (1991–2000 гг.)

В данной статье анализируются меры, предпринятые в Бухарской области в конце XX века для укрепления здоровья женщин, а также по защите материнства и детства. Освещается деятельность, направленная на улучшение здоровья женщин и детей, реализованная по инициативе Фонда «Здоровое поколение», Общества Красного Полумесяца и других организаций. В статье рассматриваются практические действия по расширению объёма медицинской помощи, повышению медицинской грамотности через информационно-пропагандистские средства, а также другие мероприятия, проведённые на научной основе. На основе статистических данных в статье отражены положительные изменения в медико-социальной сфере.

M.D. Kazakova

58-62

2025-04-09

SURROGАT ONАLIKNI HUQUQIY TАRTIBGА SOLISH: MILLIY VА XORIJIY TАJRIBА

Bugungi kunda oilani saqlab qolish maqsadida bepushtlikka yechim sifatida surrogat onalik dunyoning ko'plab davlatlarida samarali qo'llanilmoqda. Muallif ushbu masalada rivojlangan davlatlar, xususan Yevropa mamlakatlari tajribasini qiyosiy tahlil qilgan holda, O'zbekistonda ham surrogat onalikni to'g'ridan-to'g'ri tartibga soluvchi qonunchilikni shakllantirish zarurligini ta'kidlaydi.

Babajanova Dinara Islamovna

47-49

2023-11-21

INGLIZ VA O‘ZBEK ERTAKLARIDA ONA OBRAZINING AKSIOLOGIK TADQIQI

Ushbu ilmiy ish ingliz va o‘zbek xalq ertaklarida ona obrazining aksiologik talqinini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda onalik qadriyatining milliy va umuminsoniy xususiyatlari, ularning lingvokulturologik va ma’naviy aspektlari tahlil qilinadi. O‘zbek va ingliz ertaklari misolida ona obrazining axloqiy, ijtimoiy va estetik qiymati aniqlanadi. Ishning dolzarbligi globalizatsiya jarayonida milliy qadriyatlarning saqlanishi va onalik timsolining ma’naviy ahamiyatini chuqur o‘rganish zarurati bilan belgilanadi.

Jumayeva Umida Abdurahim qizi

141-142

2025-10-30

O‘ZBEKISTONNING JANUBIY VILOYATLARIDA XOTIN-QIZLAR SOG‘LIG‘INI SAQLASH MUAMMOLARI

Mazkur maqolada O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida xotin-qizlar sog‘lig‘ini saqlashda uchrayotgan asosiy muammolar tahlil etiladi. Hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy sharoit, tibbiy xizmatlarning sifati, ayollarning sog‘lom turmush tarzi borasidagi bilim va ko‘nikmalari, erta nikohlar, reproduktiv salomatlik, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasidagi amaliy holatlar yoritiladi. Tibbiy infratuzilma yetishmovchiligi, gender tenglik darajasi, ekologik muhit ta’siri, xotin-qizlarning huquqiy va ijtimoiy faolligi kabi omillar sog‘liqni saqlash tizimining samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu muammolarni bartaraf etishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ham bayon etiladi.

Aliyeva Fotima Shuxrat qizi

140-144

2025-04-22

“DEKSERICH” SUYUQ EKSTRAKTI TARKIBIDAGI FLAVONOIDLAR MIQDORINI YuSSX USULIDA ANIQLASH

bugungi kunda o’simliklardan olingan tabiiy dori vositalariga talab ortib bormoqda. Dalachoy yer ustki qismi, bo’znoch guli, na’matak mevasi va onalik makkajo’xori Dalachoy yer ustki qismi, bo’znoch guli, na’matak mevasi va onalik makkajo’xori gulining ustunchasi bilan og’izchasidan tarkib topgan yig’madan suyuq ekstrakt olindi va Dekserich deb nomlandi. Dekserich LOR-organlari, yuqori nafas yo'llari va terining yallig'lanish patologiyalarini davolashda qo'llaniladi.

Iminova I.M., Ахматохунова М.К., Mamajalilova M.M.

68-69

2024-05-13

HOMILADORLIK VA TUG‘RUQDAN KEYINGI DEPRESSIYA: SABABLARI VA DAVOLASH USULLARI

Homiladorlik va onalik ayol hayotidagi eng muhim davrlardan biri bo‘lishiga qaramay, u turli xil psixologik muammolarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Tug‘ruqdan keyingi depressiya ko‘plab ayollarda uchraydigan holat bo‘lib, uning rivojlanishiga gormonal o‘zgarishlar, stress, uyqu yetishmovchiligi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning yetarli emasligi sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu maqolada tug‘ruqdan keyingi depressiyaning asosiy belgilari, rivojlanish mexanizmlari va diagnostikasi yoritiladi. Shuningdek, bu holatning ayolning umumiy ruhiy va jismoniy salomatligiga ta’siri tahlil qilinadi. Depressiyaning oldini olish va davolash usullari – psixoterapiya, farmakologik vositalar va turmush tarzini o‘zgartirish kabi yo‘nalishlarda ko‘rib chiqiladi. Psixoterapevtik yondashuvlar, jumladan, kognitiv-behavioral terapiya va oilaviy qo‘llab-quvvatlash usullari muhim ahamiyatga ega. Maqolada, shuningdek, turli davlatlarda tug‘ruqdan keyingi depressiyani kamaytirish bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar va ularning natijalari haqida ham ma’lumot beriladi..

Mirzayeva Umida Bosit qizi, Risbekova Iroda Avazbek qizi

148-156

2025-04-14

ZULFIYA SHE’RLARIDA AYOL OBRAZLARINING TASNIFI

Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan Zulfiya ijodidagi ayol obrazlari tahlil qilinadi. Shoiraning she’riy asarlarida ayol siymosi turli badiiy tiplarda – ona, yor, fidoyi mehnatkash, vatanparvar, sabr-matonat timsoli sifatida gavdalantirilgani ochib beriladi.

Muxammadjonova Dilnoza Ismoil qizi

51-53

2025-04-30

PLATSENTAR YETISHMOVCHILIK PATOGENEZI VA ERTA ANIQLASH UCHUN BIOMARKERLAR

Platsentar yetishmovchilik - homiladorlik davrida ona va homila o‘rtasidagi moddalar almashinuvi, gazlar transporti hamda gormonal muvozanatning buzilishi natijasida rivojlanadigan murakkab patofiziologik holat hisoblanadi. Ushbu sindrom homilaning o‘sishdan orqada qolishi, intrauterin gipoksiya va perinatal asoratlarning asosiy sababi sifatida qaraladi. Platsentar yetishmovchilikning patogenezi ko‘p omilli bo‘lib, unda oksidlovchi stress, immun yallig‘lanish reaktsiyalari, endotelial disfunktsiya hamda angiogenez jarayonining buzilishi muhim rol o‘ynaydi. So‘nggi yillarda ushbu kasallikni erta aniqlashga yo‘naltirilgan biomarkerlarni o‘rganish tibbiy tadqiqotlarning dolzarb yo‘nalishiga aylandi. Ayniqsa PlGF, sFlt-1, VEGF va Hcg kabi ko‘rsatkichlar platsentar funksional holatini baholashda yuqori diagnostik ahamiyatga ega ekanligi aniqlanmoqda. Ushbu maqolada platsentar yetishmovchilikning patogenezi, molekulyar mexanizmlari, hamda uni erta bosqichda aniqlash imkonini beruvchi asosiy biomarkerlarning diagnostik va prognostik qiymati tahlil qilinadi. Maqolada zamonaviy adabiyotlar tahlili asosida platsentar yetishmovchilikka olib keluvchi patobiokimyoviy mexanizmlar, oksidativ stressning roli va angiogen omillarning o‘zaro ta’siri yoritilgan. Shuningdek, erta tashxis va profilaktika choralari bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham keltiriladi. Ushbu tadqiqot natijalari perinatal o‘limni kamaytirish, onalik va bolalik salomatligini mustahkamlashda muhim klinik ahamiyatga egadir.

Gavharoy Sodiqova , Odiljon Sotvoldiyev

104-108

2025-10-20

EGIZ HOMILALIKDA MUDDATDAN OLDINGI TUG‘RUQ: ETIOLOGIYA, RISK OMILLARI VA PROFILAKTIKA YONDASHUVLARI

Mazkur ilmiy maqolada egiz homilalikda muddatdan oldingi tug'ruqning etiologiyasi, risk omillari va profilaktika yondashuvlari bemorlar ustida olib borilgan klinik kuzatuvlar asosida ko'rib chiqilgan. Tadqiqot Samarqand davlat tibbiyot universiteti akusherlik va ginekologiya kafedrasining klinik bazasida 2024 yil va 2025 yillarda amalga oshirilgan. Unda 18 yoshdan 40 yoshgacha bo'lgan 50 nafar homilador ayol ishtirok etgan. Bemorlar orasida egiz homilalik holatlari aniqlangan. Ularning obstetrik tarixi, gormonal profili, plasentar rivojlanishi va bachadon bo'yni uzunligi doimiy monitoring qilingan. Kuzatuv natijalari shuni ko'rsatdiki, egiz homilalikda muddatdan oldingi tug'ruq xavfi yagona homilaga nisbatan ancha yuqori. Asosiy sabablar orasida bachadon bo'yni yetarlicha tayyor emasligi, plasentar yetishmovchiligi, preeklampsiya, ortiqcha bachadon distenziyasi va oldingi tug'ruqlar tarixi bor. Bemorlar ustida profilaktik choralar qo'llanilgan. Bu choralar bachadon bo'yni uzunligi va kuchlanishini monitoring qilish, progesteron terapiyasi, fizioterapevtik muolajalar va multidisiplinar kuzatuvni o'z ichiga olgan. Ular muddatdan oldingi tug'ruq chastotasini sezilarli darajada kamaytirgan. Tadqiqot egiz homilalikda individual profilaktika strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish onalik va neonatal natijalarni yaxshilashda qanchalik muhim ekanligini ta'kidlagan. Ushbu natijalar klinik amaliyotda egiz homilalik bilan bog'liq risklarni baholash, xavfni oldini olish va muddatdan oldingi tug'ruqni profilaktika qilish uchun ilmiy asos beradi.

Akhtamova Nilufar Akbarjonovna, Farmonova Ruxshona Farruxovna

128-132

2026-02-18

MEHRIBONLIK UYI TARBIYALANUVCHILARINING SHAXSLARARO MUNOSABATLARI PSIXOLOGIK TAHLILI

Mamlakatimizda sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash, ularni ma’naviy-ruhiy jihatdan yetuk, zehni o’tkir, zukko va bilimdon qilib tabiyalash eng dolzarb vazifalaridan biridir. Mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bola oilada kamol topayotgan boladan kam bo’lmasdan, aksincha,  har tomonlama rivojlangan, zehni o’tkir bo’lishi lozim. Shu sababli,  mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining psixologik rivojlanishi, jumladan, ularning shaxslararo munosabatning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish bugungi kun psixologiyasining dolzarb muammolaridan biri  hisoblanadi. Ammo shaxs shakllanishida muhim o’rin egallagan shaxslararo munosabatlar mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari misolida izchil ravishda o’rganilmagan. Ana shu nuqtai nazardan yondashadigan bo’lsak, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarida shaxslararo munosabatning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish ham bu mavzuning dolzarbligidan dalolatdir.

Xudayberdiyeva Nilufar Xasan qizi

188-197

2025-04-28

O‘ZBEK ADABIYOTIDA ONA OBRAZINI IFODALASHDA MILLIY AN’ANALAR

Maqolada o‘zbek adabiyotida ona obrazini ifodalashda milliy an’analar haqida so‘z boradi. Unda ona obrazining badiiy adabiyotdagi o‘zbek milliy qadriyatlari, madaniyati va an’analariga asoslanganligi ko‘rsatilgan

Zilola Ayitboyeva Babajon qizi

45-47

2025-10-09

HOMILADORLIK DAVRIDA DORILARNI TO‘G‘RI TANLASH VA XAVFSIZ QO‘LLASH QOIDALARI

Homilaning rivojlanish bosqichlariga qarab dorilarning turlicha ta’sir ko‘rsatishi, ba’zi dorilarning teratogen ta’siri mavjudligi va ularning oqibatlari haqida ilmiy tadqiqotlar asosida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, homiladorlikda dorilarni noto‘g‘ri qabul qilish oqibatlari, tabiiy va sintetik dorilarni qo‘llashga oid xatolar, xalqaro va mahalliy farmatsevtika tadqiqotlari natijalari tahlil qilingan. O‘zbekiston farmatsevtika sanoatidagi homiladorlar uchun tavsiya etilgan dorilar va ularning xavfsizlik darajasi ham ko‘rib chiqilgan. Maqolada homiladorlik davrida dorilarni qabul qilish bo‘yicha muhim tavsiyalar berilgan bo‘lib, bu onalar va shifokorlar uchun foydali qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.

Abdushukurova Malohat Nodirbek qizi

102-105

2025-03-14

JIZZAX VILOYATIDA AHOLIGA TIBBIY YORDAM KO‘RSATUVCHI MUASSASALAR FAOLIYATI

O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng aholi salomatligini muhofaza qilish sohasini qaytadan isloh qilish boshlandi. Jumladan, Jizzax viloyatida ham Sog‘liqni saqlash tizimining asosiy tamoyili – profilaktik yo‘nalishi tiklandi; uning zamonaviy va samarali usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etildi; onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish tadbirlarini kuchaytirildi; tibbiy ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlash sohasini takomillashtirildi

Jurayev A.

158-160

2025-04-24

MOTHERHOOD, LEGAL ETHICS AND ETHICAL COMPLEXITY IN “HANDLE WITH CARE” BY JODI PICOULT

This article identifies the ethical dilemmas related to motherhood and legal responsibility in Jodi Picoult’s novel Handle with Care. The story centers on the O’Keefe family and their daughter Willow, who suffers from osteogenesis imperfecta. The novel raises serious moral questions about parental responsibility, truth in the courtroom, and the cost of love.

Komilova Liliya Maratovna

47-49

2025-06-09

BODRING KO‘CHATLARIGA O‘STIRUVCHI MODDALARNI QO‘LLASHNING SAMARADORLIGI

Ilmiy maqolada asosiy ekin sifatida bodring yetishtirishda bodring urug‘larni dala unuvchanligiga barcha sinalgan ishlovlarning ta’siri asoslanmadi. Urug‘larni to‘liq unib chiqishi barcha variantlarda bir vaqtni o‘zida, ya’ni ekilgandan 10 kun o‘tgach sodir bo‘ldi. Faqat faollashtirilgan suvda ivitilgan urug‘ 1 kun erta unib chiqdi. Vaxolanki, hosilni birinchi terimi tajribaning barcha variantlarida bir vaqtni o‘zida o‘tkazildi, fenologik kuzatuvlarda ayrim otalik va onalik gullarni gullash fazalarini 2,3,4 variantlarda   o‘stiruvchi modda qo‘llanganda tezlashganligi ma’lum bo‘ldi.

Isaqova Kamila Isamiddinovna

148-150

2025-01-20

O’ZBEKISTONDA SOG‘LIQNI SAQLASH SOHASIGA OID DAVLAT SIYOSATINING YO‘NALISHLARI (Jizzax viloyati misolida)

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarda onalar va bolalar salomatligi masalasi markaziy o‘rinlardan birini egallab kelmoqda. O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida tug‘ilish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan mamlakatlar sarasiga kirib, aholining  katta  qismini bolalar tashkil etdi. Bu esa ayollar salomatligini saqlash orqali sog’lom avlod tug’ilishini muhofaza qilish ishiga alohida e’tibor talab qiladi. Shu bilan bir qatorda bu sohadagi moddiy-texnik bazani mustahkamlash ham eng muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Jurayev A.

37-40

2025-04-24

МИНЕРАЛЬНЫE ЭЛЕМЕНТЫ НОВОГО РАСТИТЕЛЬНОГО СБОРА

Методом ICP-MS определен элементный состав растительного сбора с гепатопротекторной активностью, включающий сырье отечественных лекарственных растений: траву клевера лугового, плоды расторопши пятнистой, цветки бессмертника песчаного и кукурузные столбики с рыльцами. В результате проведенного анализа установлено наличие 61 минеральных элементов. Отмечено также содержание таких важнейших элементов, как калий, кальций, фосфор, магний, натрий и др., оказывающих положительное влияние на жизнедеятельность организма. Установлено, что анализируемое лекарственный растительный сбор является экологически безопасным, т.к. содержание в нем токсичных элементов не превышает допустимых значений.

Зафарова Мухтабар Зохиджон кизи, Халилова Шахноза Равшановна

19-25

2025-05-31

“STIGMACHOLE – ZEA” YIG‘MASIDAN SAFRO HAYDOVCHI TA’SIRGA EGA QURUQ EKSTRAKT OLISH TEXNOLOGIYASI

Safro haydovchi “STIGMACHOLE-ZEA” yig‘masidan olingan 40% ekstraktni gidrofob va gidrofil tabiatli yot moddalardan tozalash uchun quyultirilgan ekstraktni 1:1 nisbatda suv bilan suyultirilgach, suyuq-suyuq tizimidagi ekstraksiya usulida avval besh marta xloroform bilan ishlov berib, so‘ng flavonoidlar 4 marta n-butanol bilan ekstraksiya qilish lozimligi belgilandi. Olingan n-butanolli ekstraktni quyultirib quruq moddalari 15 % bo‘lgan suvli eritma tayyorlab, uni purkab quritish jihozida, eritmani uzatish tezligi 5 l/soat, quritish vositasining kirishdagi harorati 190 °C, chiqishdagisi 75 0C, eritmaning purkash bosimi 0,1-0,15 MPa sharoitda quritish lozimligi belgilandi. Ilmiy tadqiqotlar natijasida “STIGMACHOLE – ZEA” yig‘masidan safro haydovchi ta’sirga ega quruq ekstrakt olish texnologiyasi ishlab chiqildi.

Z.U Mamatqulov, J.G’Baxtiyorov, K.S.Rizayev

151-163

2024-09-30

1 - 25 из 31 результатов 1 2 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy