Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

EKSPLUATATSIYA JARAYONIDA POLIMER IZOLYASIYALI KABELLARNING MEXANIK BUZULISHNING PAYDO BO‘LISH JARAYONIGA TEXNOLOGIK FAKTORLARNING TA’SIRI

Bu maqolada polimer izolyatsiyali kabelni o‘z ichiga olgan xilma-xil polimer materiallarning mexanik buzilishining paydo bo‘lish jarayoniga texnologik faktorlarining ta’siri o‘rganilgan. Bir nechta muhim texnologik faktorlar – masalan, polimer materialning xossalarini, kabelni ishlab chiqarish usullarini va ularning bo‘yicha monitoring tizimlarini o‘z ichiga oladi. Natijalar texnik spektrda polimer izolyatsiyali kabelning ishlash xususiyatlarini yaxshilashda yordam beradi va kabel ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishda foydali bo‘ladi.

Uralov Jasurbek Toshpo’latovich

15-20

2024-03-26

POLIMER MATERIALLAR VA ULARNING HOSSALARI

Ushbu maqolada polimerlar, polimer maxsulotlar, polimerlarning olinishi, polimerlarning tabiatga va atrof muhitga tasiri, polimerlarning xossalari, kimyoviy tuzilishi, polimer xolatlar, polimer mahsulotlarning deformatsiyaga, temperaturaga bog`liqligi haqida so'z boradi.

Qosimov.A.S , Toshboyev Abdurazzoq Kamol O`g`li , Toshboyev Abdulakim Kamol O`g`li

95-98

2022-06-04

POLIMERLAR VA POLIMER KOMPOZITSION MATERIALLARNING KUNDALIK HAYOT VA SANOATDAGI AHAMIYATI

Ushbu maqolada polimerlar va polimer kompozitsion materiallarning kundalik hayot hamda sanoatdagi ahamiyati yoritilgan. Polimerlarning turlari, ularning fizik-kimyoviy xossalari, polimer matritsa va to‘ldiruvchi materiallarning vazifasi haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, polimer kompozitsion materiallarning afzalliklari, kamchiliklari va ularning aviatsiya, avtomobilsozlik, qurilish, tibbiyot va boshqa sohalardagi qo‘llanilishi tahlil qilingan. Maqola polimer sanoatining rivojlanishi va uning iqtisodiy hamda texnologik ahamiyatini ko‘rsatadi.

Anora Mengliyeva

270-273

2025-10-30

TARKIBIDA HAR XIL ELEKTR XUSUSIYATLI TO‘LDIRUVCHISI BO‘LGAN POLIMER KOMPOZITLARNING ISSIQLIK XUSUSIYATLARI

Mazkur maqolada elektr o‘tkazuvchanligi turlicha bo‘lgan to‘ldiruvchilar (uglerodli, metallik va keramika asosli zarralar) bilan mustahkamlangan polimer kompozit materiallarning issiqlik o‘tkazuvchanligi, issiqlik sig‘imi hamda termal barqarorligi o‘rganilgan. Kompozitlarda to‘ldiruvchi turi va hajmiy ulushi issiqlik xususiyatlariga qanday ta’sir etishi eksperimental va nazariy tahlillar asosida bayon qilingan. Bunday materiallar elektrotexnika, aviatsiya, qurilish hamda mikroelektronika sohalarida qo‘llanilish imkoniyatlari nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi.

Eraliyeva Dilnozaxon Mahmudjon qizi

60-63

2025-10-20

ELEKTR – TEXNIKA SANOATIDA POLIMER MATERIALLAR KIMYOSI

Mazkur maqolada polimer materiallarning elektr-texnika sanoatidagi ahamiyati, ularning kimyoviy tuzilishi, xossalari va qo‘llanilish yo‘nalishlari yoritilgan. Shu bilan birga elektr izolyatsiyasi, kabellar, mikroelektronika, dielektrik qurilmalar va kompozit materiallar ishlab chiqarishda polimerlarning tutgan o‘rni ilmiy jihatdan ko‘rib chiqiladi.

Adizova Nargiza Zamirovna, Sharifov Javohir

50-55

2025-12-15

POLIMER MATERIALLARI YUZASIDA NIKEL OKSIDI NANOZARRACHALARI SINTEZI

So‘nggi o‘n yil ichida nano zarrachalarining sinteziga katta e’tibor qaratilib kelinmoqda, bunga sabab, nanozarrachalarning turli sohalarda ishlatilishiga qarab muhim ahamiyatga egaligi shu bilan bir qatorda Nikel oksidi (NiO) nano zarrachalarining noyob fizik va kimyoviy xususiyatlari, jumladan katalitik faollik, elektr o‘tkazuvchanligi va issiqlik barqarorligi tufayli ko‘pchilik olimlarni e’tiborini tortdi. Ushbu nanozarrachalar polimer materiallari yuzasiga kiritilganda, ular polimerning funksional xossalarini oshiradi, bu esa kataliz, energiyani saqlash, sensorlar va mikroblarga qarshi kurashish kabi sohalarda ilg‘or ilovalarda qo‘llash imkonini beradi[1]. Bundan tashqari qishloq xo‘jaligida yetishtiriladigan mahsulotlar hosildorligini oshirish, turli xil organik birikmalardan (pestitsid, insektitsid, gerbitsid) ifloslanishini kamaytirish, kimyoviy moddalar va ekinlarni kimyoviy muammolardan saqlash uchun qo‘llanilib kelinmoqda[2]. Ushbu ish polimer materiallari yuzasida nikel oksidi nanozarrachalarini sintez qilish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarni tahlil qilishga qaratilgan.

A Xasanov, I Abdujalilov, S Egambergenova, D Eshtursunov, D Bekchanov

702-704

2025-01-14

ANTI-AKNE POLIMER PARDALARINING TARKIBI VA TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH

Akne vulgaris millionlab odamlarga ta'sir qiluvchi keng tarqalgan dermatologik holat bo'lib, ko'pincha yallig'lanish, chandiqlar va psixologik stressga olib keladi. An'anaviy davolash usullari, masalan, kremlar va og'iz orqali qabul qilinadigan dorilar, yomon o'tkazuvchanlik va tizimli yon ta'sirlar kabi cheklovlarga ega. Ushbu tadqiqot salitsil kislota va qushtoron (Polygonum aviculare) nastoykasi asosidagi innovatsion aknega qarshi polimer pardalarni taqdim etadi, ular gidrokolloid matritsada joylashgan. Maqolada qushtoron nastoykasini tayyorlash, faol moddalarni kiritish, solvent-casting orqali parda ishlab chiqarish va sifatni baholash (qalinlik, diametr, pH, eruvchanlik tahlillari) haqida ma'lumotlar keltirildi

Komiljonov Oybek Olimjonovich , Ramazonova Shahzoda Shoyim qizi , Zoirova Mushtariy Abdurahmon qizi

14-17

2025-09-10

YUPQA QATLAMLI MATERIALLARNING BIR TOMONLAMA DEFORMATSION CHО‘ZISHDAGI ANIZOTROPIYASI

Polimer materiallarni amaliy qо‘llanishida turli darajalarda qaytar va qaytmas deformatsion о‘zgarishlar, destruksion parchalanishlar kuzatiladi. Bu jarayonlar kо‘p jihatdan polimerlarning materiallarda izotrop (tartibsiz, amorf) va anizotrop (tartibli, kristallangan, lamellyar, fibrillyar) holatlarda bо‘lishiga, materiallarning shakli, yupqa va qalinligiga bog‘liq bо‘lib, ularni tadqiqot qilish va maqsadli boshqarish usullarini yaratish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.

Mustafayev Muhammad-Ali Nurali o’g’li

17-22

2024-10-14

POLIMERLARNING ISHLATILISH SOXASI

Mazkur maqola polimerlarning va ular asosida olingan polimer materiallarning tuzilishi, fizik va kimyoviy xossalariini, sanoatda va uy xoʻjaligida ishlatilishini oʻrganish.

Odiljonova Odina Nodirjon qizi, Ro’zioxunova Og`iloy Komiljon qizi, Raxmatullo Raximov

24-26

2023-03-16

POLIETILENTEREFTALAT CHIQINDILARINI UTILIZATSIYA QILISH ASOSIDA QIMMATBAHO KOMPONENTLAR OLISH TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH

Maqolada polietilentereftalat (PET) chiqindilarini utilizatsiya qilish asosida qimmatbaho komponent – plastifikator olish texnologiyasining ilmiy asoslari va amaliy jihatlari bayon etilgan. Tadqiqotda PET chiqindilarining fizik-kimyoviy xossalari tahlil qilinib, aminospirtlar aralashmasi yordamida aminolitik degradatsiya jarayoni olib borildi. Olingan oligomerlar va plastifikator mahsulotlari zamonaviy fizik-kimyoviy usullar yordamida tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ishlab chiqilgan texnologiya PET chiqindilarini qayta ishlash samaradorligini oshiradi, ekologik muammolarni kamaytiradi va polimer sanoatida amaliy qo‘llanilishi mumkin.

Salohiddinov Ilhom Ikrom o‘g‘li

32-34

2025-10-13

MAHALLIY ASHYO VA ENERGETIK RESURSLARDAN FOYDALANIB GIBRID STRUKTURALI GETEROKOMPOZIT POLIMER MATERIAL HAMDA QOPLAMALARNI MEXANIK XOSSALARINI TADQIQOTLASH

Maqolada mahalliy ashyo va energetik resurslaridan foydalanib, gibrid strukturali geterokompozit polimer materillar olishda neft maxsulotlarini ikkilamchi qayta ishlash natijasida olingan uglerodga boy neft qoldig‘idan texnik uglerodni ajratib olish va ularni mehanik xosslarini yahshilash uchun epoksid smola asosidagi materillarda to‘diruvchi sifatida qo‘llash boyicha so‘z boradi. Reaktoplast asosidagi gibrid materialllar tarkibiga qo‘shilgan texnik uglerodni qoplama materialning ekspluatatsion barqarorligi tadqiqotlandi.

Z.X.Jalolova, U.A.Ziyamuhamedova

979-981

2024-07-31

TEMİRBETON KONSTRUKSİYALARİNİ KUCHAYTİRİSHTİRİSHDA İSHLATİLADİGAN KOMPOZİT POLİMER MATERİAL

Maqolada temirbeton konstruksyalarini kuchaytirishda ishlatiladigan uglerod tolali kompozit polimer materiallar tahlil qilingan. Uglerod tolasidan foydalanish xususiyatlari. Texnik xususiyatlari va qurilishda qo’llanilishining afzalliklari berilgan.

Jahongir Komiljon o’g’li Qurbonov

6-10

2022-04-12

NANOTEXNOLOGIYANING ZAMONAVIY FARMATSEVTIKA FANIDAGI O‘RNI

Nanotexnologiya farmatsevtika fanida inqilobiy yondashuv sifatida shakllanib, dori vositalarining yo‘naltirilgan yetkazilishi, biokirishuvchanligini oshirish va terapevtik samaradorligini kuchaytirishda muhim vosita bo‘lib bormoqda. Nanomiqyosdagi moddalarning o‘ziga xos fizik-kimyoviy xususiyatlaridan foydalanish orqali an’anaviy dori shakllarida uchraydigan cheklovlar — past eruvchanlik, tez parchalanish yoki tizimli toksiklik kabi muammolarni bartaraf etish mumkin. Ushbu maqolada liposomalar, dendrimerlar, polimer nanopartikulyatlar va nanoemulsiyalarning qo‘llanish imkoniyatlari, shuningdek nanotexnologiyaning farmatsevtik tadqiqotlar va klinik amaliyotga tatbiq etilishida uchraydigan qiyinchiliklar tahlil qilinadi.

Doniyorova Zulayho

73-74

2025-09-29

YUQORI SAMARALI O’SIMLIK TOLASI KOMPOZITLARINI LOYIHALASH

Ushbu maqolada yuqori samarali o‘simlik tolasi asosida tayyorlanadigan kompozit materiallarni loyihalashga doir ilmiy-nazariy va amaliy jihatlar yoritilgan. Tadqiqotda ekologik toza, qayta tiklanadigan va iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lgan tabiiy o‘simlik tolalarining (masalan, zig‘ir, kenaf, kokos va boshqalar) polimer matritsali kompozitlardagi roli tahlil qilinadi. Loyihalash jarayonida tolalarning mexanik xossalari, ularning matritsa bilan o‘zaro ta’siri, aralashma tarkibi va strukturasi kabi omillar hisobga olinadi. Shuningdek, maqolada tabiiy tolali kompozitlarning afzalliklari, ularni sanoat sohalarida qo‘llash imkoniyatlari va ularning atrof-muhitga ta’siri haqida ma’lumotlar berilgan. Olingan natijalar asosida ekologik barqaror va yuqori samarali kompozit materiallarni yaratish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Olamgirova Gulshan Saidali qizi

105-108

2025-06-30

CHAQIQ TOSH MASTIKALI ASFALTBETON VA POLIMER CHAQIQ TOSH MASTIKALI ASFALTBETON TARKIBIDA FOYDALANILADIGAN MATERIALLAR TAVSIFI

Maqolada chaqiq tosh-mastikali asfaltbeton va polimer chaqiq tosh-mastikali asfaltbeton qorishmasi tarkibida qo’llaniladigan materiallar tavsifi yoritilgan. Qorishma tarkibida qo’llaniladigan chaqiq tosh, qum, mineral kukun, bitum, barqarorlashtiruvchi qo’shimcha va sirt faol moddalarning fizik-mexanik xossalari va texnik talablari keltirilgan.

Kurbonov S.Z., Isayev M.M.

110-117

2023-01-31

“FAR-PANC MCP” POLIMER REAGENTI XOSSALARI TAXLILI

Ushbu maqolada “FAR-PANC MCP” polimer reagent haqida umumiy malumotlar brilib, uning bazi hossalari o`rganilgan. Uning ba`zi erituvchilari haqida ma`lumotlar berilgan, ular orasidan optimallari ajratib olingan.

Xasanov Sirojiddin Salaydin o`g`li, Sherqo`ziyev Doniyor Shermatovich

48-49

2025-06-26

POLIMER KOMPOZISION MATERIALLAR VA ULARNING XALQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATI

Tabiiy va sun’iy kompozitsion materiallar bo‘lib, ularga to‘ldiruvchi  komponent qo‘shib kompozitsion materialning barqarorligini oshiriladi. Kukunsimon  kompozitsion materialdan porshen, shatun, klapanli prujina tarelkalari tayyorlashda keng qo‘llaniladi. Kukunsimon kompozitsion material (SAP) deformatsiya, kesish, payvandlash, korroziya va qizdirishga chidamliligi bilan ajralib turadi. Zamonaviy qurilmalarda metallardan tayyorlangan tolalardan jadallashtiruvchi komponent sifatida foydalanish ko‘zda tutilgan. Qo‘shilgan tola yoki ipchalar bilan konstruksion materialga ishlov berish matritsani har qanday bosimga bardosh berish qobiliyatini oshirish imkonini beradi.

Ismoilova Halavat Djabarovna

81-85

2024-03-11

KOMPOZITSION, LOKBO‘YOQ VA REZINA MATERIALLARI KIMYOSINING SANOATDAGI O‘RNI

Ushbu maqolada zamonaviy kompozitsion, lokbo‘yoq va rezina materiallarining kimyoviy tarkibi, ularning sanoatdagi ishlab chiqarish texnologiyasi, fizik-kimyoviy xususiyatlari va amaliy qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Maqolada ushbu materiallarning afzalliklari, ishlab chiqarish jarayonida energiya tejamkorlik va ekologik xavfsizlik tamoyillarini qo‘llash masalalari yoritilgan. Shuningdek, polimer kimyosi yutuqlarining sanoat texnologiyalarida tutgan o‘rni va istiqbollari ham ko‘rib chiqiladi.

Mardonova Zuxra Shuxrat qizi

126-128

2025-10-20

UNNI UZOQ MUDDAT SAQLASH UCHUN QOPLANGAN MATERIALLARNING AFZALLIKLARI

Maqolada 1-navli bug'doy unini 12 oy davomida laboratoriya sharoitida optimal harorat rejimida +10 ºS va havoning nisbiy namligi 50-60% bo'lgan qadoqlash va saqlash uchun polimer plyonkali materiallardan foydalanish imkoniyati ko'rib chiqiladi. Yog'ning kislotali soni va namlikning massa ulushi un sifatining asosiy ko'rsatkichlari sifatida tanlangan. Uzoq muddatli saqlash vaqtida unni tashqi ta'sirlardan himoya qilish uchun poliolefinlarga asoslangan plyonkalardan foydalanish imkoniyati ko'rsatilgan.

Saidov A

188-193

2023-04-27

YUQORI SAMARALI BETON YO'L PLITALARINI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA INNOVATSIYALAR

Ushbu maqolada yuqori samarali beton yo'l plitalarini ishlab chiqarish texnologiyasining zamonaviy yondashuvlari va innovatsion yechimlari tahlil qilingan. Natijalar shuni ko'rsatdiki, polipropilen tolalar va superplastifikatorlar qo'llash orqali beton yo'l plitalarining egilish mustahkamligi 25-35 foizga oshirilishi mumkin. Shuningdek, vibratsion presslash texnologiyasi an'anaviy usullarga nisbatan 40 foizgacha yuqori zichlik ko'rsatkichlarini ta'minlashi aniqlangan.

Salimboyev Jasurbek Nuriddin o’g’li

107-110

2025-12-22

POLITELIN MAHLULOTLARINING TABIAT VA INSON ORGANIZMIGA TA’SIRI

Hisobotlarga ko’ra, plastik paketlar nafaqat global ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda, balki energetika resurslari bexuda sarflanishiga ham sabab bo’lmoqda. Misol uchun, Xitoyda polietilen paketlar ishlab chiqarilishi va foydalanishi taʼqilangach 1,6 million tonna neft tejab qolingan. Butun dunyo plastik paketlarga qarshi kurash kampaniyasini ishga tushirdi. Ko’plab davlatlarda ham plastik muammosini hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

Ashiraliyeva Odina Xomidjon Qizi, Xudoyshukrov Xusan Saydullo O’g’li

121-124

2023-06-15

QURILISH SOHASIDA KO‘PCHITILGAN VERMIKULITNING XUSUSIYATLARI VA XOMASHYO BAZASINING TAVSIFLARI.

Ushbu maqolada hozirgi kunda qurilish materiallari ishlab chiqarishda energiya samarador issiqlik-izolyatsion materiallarning o‘rni, mineral  to‘ldiruvchilar  asosida  olingan  polimer  kompozitsion materiallarning    gibbs    energiyasi    va    natijalar    tahlili, ko’pchitilgan vermikulitning xususiyatlari , ko’pchitilgan vermikulitning xom ashyo bazasini o’rganish  haqida so’z yuritiladi.   

Rasulova Nargiza Botirqulovna

44-46

2025-03-13

POLIMER PLYONKA TARKIBIDAGI FLAVONOIDLAR MIQDORINI YUSSX USULIDA ANIQLASH

ogʼiz bоʼshligʼi kаsаlliklаridа dоri vоsitаlаrdаn gel vа plyоnkаlаr qоʼllаshning istiqbоli, bu ulаrning оgʼiz bоʼshligʼi shilliq qаvаti vа tish tоʼqimаsi bilаn hоsil qiluvchi pаrdаsimоn qаvаtning hоsil qilishidir. Plyоnkа tаrkibidаgi dоri mоddа tаshuvchilаri bezоvtа qiluvchi tаʼsirgа egа bоʼlmаsligi, ulаrning fizik-kimyоviy xususiyаtlаri оgʼiz shilliq qаvаtigа ziyоn yetkаzmаsligi vа dоri mоddаni tоʼgʼri yetkаzib berishi, shuningdek, bаkteriоstаtik tаʼsir kоʼrsаtishi kerаk. Buning uchun аsоs sifаtidа turli pоlimerlаr, kоllаgen, jelаtin, pоlisаxаridlаr, pektinlаr, аlginаtlаr, PVP ishlаtilаdi, ulаr turli xil kоmbinаtsiyаlаr vа kоntsentrаtsiyаlаrdа qоʼllаnilаdi. Аdаbiyоtlаrdаgi mаʼlumоtlаrgа kоʼrа, pаrоdоnt kаsаlligining rivоjlаnish sаbаblаridan biri, zаrаrli ekоlоgik tаʼsirlаr, immunitetning pаsаyishi, irsiy mоyillik, bir vаqtdа bоshqа kаsаlliklаr bilаn kаsаllаnish  xisoblanadi. Yuqоridаgi xоlаtlаr оrаsidа yetаkchi оmil bu оgʼiz bоʼshligʼidа pаtоgen mikrооrgаnizmlаrning tаʼsiri hisоblаnаdi. Pаrоdоnt kаsаlliklаrdа аsоsаn sintetik аntibаkteriаl prepаrаtlаr dаvоlаsh uchun ishlаtilаdi. Birоq sоʼnggi yillаrdа stоmаtоlоglаrning ulаrdаn fоydаlаnishgа bоʼlgаn qiziqishi keskin pаsаygаn, buning sababi bu immunitetning sezilаrli dаrаjаdа pаsаyishi, оvqаt hаzm qilish funktsiyаsi buzilishi hаm mаhаlliy, hаm umumiy, dizbаkteriоzning rivоjlаnishi, аllergik reаktsiyаlаr vа bоshqа kаsаlliklаr vujudga kelishidir.

N.A. Yunusxodjayeva, D.R. Gulyamova, D.E.Yunusxodjiyev

78-79

2024-05-13

POLIMER GELLAR VA TURLARNING SHAKLLANISHI

Polimerlarni eritmalarda cho‘kma, gel va kristall kabi assotsiatlar hosil qilib fazoviy tuzilishlarini shakllantirishi, avvalom bor, zanjirlarni molekulyar tuzilishi tabiatiga, konfiguratsion ma’lumoti, konformatsion almashishlari va zanjirlarning tartibli o‘zaro ta’sirlashish dinamikasiga bog‘liq bo‘ladi. Bu holat erituvchi sifati, konsentratsiya hamda tashqi maydon ta’sirini o‘zgartirish bilan boshqarilishi mumkin. Makromolekulalarning bunday shakllanish xususiyatlarini aniqlashda quyidagilarga e’tibor berish lozim: cho‘kma hosil bo‘lishini, ya’ni makromolekulalarni ixtiyoriy tarzda tutashib tartibsiz joylashgan va tashkillanmagan holatda fazoviy tuzilish hosil qilishini; gel hosil bo‘lishini, ya’ni zanjirlarni tartibsiz joylashib, ammo ularning alohida elementlari orqali molekulalararo bog‘larni tartibli tashkillanishi bilan fazoviy tuzilish hosil qilishini; kristallanish, ya’ni ma’lum elementlari bo‘lgan zanjirlarning muntazam qismlari ishtirokida tartibli joylashib, molekulalararo bog‘larni vujudga keltirib, fazoviy tuzilish hosil qilishini. Umuman gellar ikki xil, ya’ni kimyoviy va fizik turlarga bo’linadi. Kimyoviy gellarda tartibsiz tarzda makromolekulalar tutashgan joylarida kimyoviy tugunlar, ya’ni kovalent bog‘lar hosil bo‘lgan bo‘ladi. Fizik gellarda tugunlar kuchsiz bog‘lar asosida hosil bo‘lgan bo‘ladi. Bu bog‘lar kimyoviy bog‘lardan farqli tashqi kuchlar ta’sirida osongina parchalanadi.

Ochilova Zulayho Jahongir qizi

81-86

2024-05-07

MAXALLIY O‘SIMLIK XOM ASHYOLARI ASOSIDA SURTMA TARKIBINI TANLASH

Maqolada tuklibargli xandeliya suyuq ekstrakti, dorivor tirnoqgul nastoykasi, to’q qizil exinatseya quruq ekstrakti va turli polimerlar asosida surtma tarkibini tanlash va texnologiyasini ishlab chiqish to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida surtmaning fizik-kimyoviy ko’rsatkichlaridan bir xilligi, termo va kolloid turg’unligi o’rganildi.

Habibullayeva N.H., Ziyamuhamedova M.M., Nurmuratova S.M.

26-31

2024-03-11

1 - 25 из 45 результатов 1 2 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy