Organik yarimo‘tkazgichlar zamonaviy elektronika va optoelektronika sohasida jadal rivojlanayotgan, ilm-fan va texnologiyaning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ular uglerod asosidagi molekulalar yoki polimerlardan tashkil topgan bo‘lib, elektr zaryadlarini tashish xususiyatiga ega organik birikmalardan iboratdir. An’anaviy noorganik yarimo‘tkazgichlarga (kremniy, germaniy) nisbatan organik yarimo‘tkazgichlar egiluvchanligi, yengilligi, past haroratda tayyorlanishi va nisbatan arzonligi bilan ajralib turadi.
2025-12-25