Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

JINSIY ERKINLIKKA QARSHI JINOYATLARNI TERGOV QILISH METODIKASI VA USHBU TURDAGI JINOYАTLARNING O’ZIGA XOSLIGI

Jinsiy erkinliklarga qarshi jinoyatlar, ya'ni zo‘rlash, jinsiy ekspluatatsiya, jinsiy zo‘ravonlik va boshqa shunga o‘xshash jinoyatlar nafaqat jinoiy huquqni buzish, balki insonning psixologik va ijtimoiy xavfsizligiga tahdid soladi. Ushbu jinoyatlar ko‘pincha juda murakkab holatlar bo‘lib, tergovchilarga ko‘p hollarda maxsus metodlar, psixologik yondoshuvlar va yuridik strategiyalarni talab qiladi. Jinsiy erkinliklarga qarshi jinoyatlarni tergov qilishda yuqori darajadagi ehtiyotkorlik, guvohlik olishning maxsus metodlari va guvohlarni psixologik nuqtai nazardan qo‘llab-quvvatlash zarurati bor. Jinsiy zo‘ravonlikka uchragan shaxslar odatda psixologik travmalarni boshdan kechiradilar, bu esa tergovchilardan qo‘shimcha ehtiyotkorlikni talab qiladi. Guvohlarning ko‘rsatmalarini olishda metodologik yondoshuvlar muhim o‘rin tutadi, chunki jinsiy zo‘ravonlikka uchragan shaxslar ko‘pincha o‘z huquqlarini himoya qilishda qiynalishadi. Shuning uchun, tergovchilar guvohlarni so‘roq qilishda ular uchun noqulay holatlar yaratmaslik, to‘g‘ri psixologik muhit yaratish, o‘zaro ishonchni ta'minlash va jinoiy faoliyatga aloqador har bir tafsilotni aniqlashda ehtiyotkorlik bilan yondashishlari kerak. Jinsiy erkinliklarga qarshi jinoyatlarni tergov qilishda, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash zaruriydir. Bu texnologiyalar video va audio yozuvlarni o‘z ichiga oladi, chunki ular guvohlarning so‘zlarini aniq va ishonchli tarzda qayd etishda yordam beradi. Bunday texnologiyalar, guvohlarning so‘zlarini manipulyatsiya qilishning oldini oladi va tergovchilarga har bir holatni rasmiylashtirishda shaffoflikni ta'minlaydi.

Shukrullo Agoyev, Azizbek Sattarov

23-28

2025-06-23

O‘ZGALAR PARVARISHIGA MUHTOJ YOLG‘IZ YASHOVCHI HAMDA YOLG‘IZ KEKSALAR VA NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNI HIMOYA QILISHDA PSIXOLOGIK XIZMATNING AHAMIYATI

Bugungi kunda ijtimoiy himoya tizimi aholining barcha qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayotini yaxshilashda muhim o‘rin tutadi. Bu tizimning ajralmas qismi sifatida psixologik xizmatlar nogironligi bo‘lgan fuqarolarning ruhiy barqarorligi, shaxsiy rivojlanishi va jamiyatda to‘liq ishtirok etishida katta ahamiyat kasb etadi.

Nasiba Bobomurodova

110-113

2025-06-10

O'SMIRLARNI MANIPULYATSION TA'SIRLARDAN PSIXOLOGIK HIMOYA QILISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Maqolada o’smirlarni psixologik himoya qilish jarayoni, manipulyatsion ta'sirlar va umumiy tarzda psixologik himoyaning mexanizmlari haqida fikr va mulohazalar, kichik tadqiqot natijalari keltirilgan bo’lib hozirgi kunda ushbu masalaning ilmiy va amaliyotdagi holati o’rganilgan.

Akmal Mardonovich Nazarov , Mohinur Sa’dullo qizi Fayzulloyeva

35-38

2022-03-17

YOSHLARDA RATSIONALIZATSIYA HIMOYA MEXANIZMLARINING PSIXOLOGIK JIHATLARI

Mazkur ishda yoshlarning ruhiy himoya mexanizmlaridan biri bo‘lgan ratsionalizatsiya jarayonining psixologik xususiyatlari tahlil qilingan. O‘rganish natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘smirlar va ilk yosh davridagi shaxslar o‘z xatti-harakatlarini, xatolarini yoki muvaffaqiyatsizliklarini oqlashga moyildirlar. Bu esa ularning ruhiy himoyasi, ijtimoiy moslashuvi va o‘zini anglash jarayonida muhim rol o‘ynaydi.

Oybek Mirzarahimov

119-120

2025-10-20

TURLI INFORMASION-PSIXOLOGIK VAZIYATLARDA SHAXSNING IJTIMOIY XULQI

Ushbu maqolada ochiq axborot kommunikatsiyasi jarayonida yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan yot g‘oyalarga qarshi psixologik himoya vositalarini ishlab chiqish masalasi yoritilgan. Avvalo, yoshlarning ijtimoiy xulq-atvori va psixologik himoya mexanizmlarining xususiyatlari tahlil qilingan. Milliy g‘urur, mustaqil fikrlash va ijtimoiy immunitetni shakllantirishning ahamiyati asosiy e’tiborga olingan. Shuningdek, pedagog va tarbiyachilarning strategiyalari, ochiq axborot xurujlariga qarshi psixologik kurash usullari batafsil bayon etilgan.

Sarbinaz Sabirova

79-80

2024-12-24

O‘SMIRLIK DAVRIDA STRESS HOLATLARI VA PSIXOLOGIK BARQARORLIKNI SHAKLLANTIRISH OMILLARI

Ushbu maqolada o‘smirlik davrida yuzaga keladigan stress holatlari va ularga qarshi psixologik barqarorlikni shakllantirish jarayoni tahlil etilgan. Ayniqsa, o‘smirlarning ruhiy himoya mexanizmlarini mustahkamlashda ijtimoiy-psixologik omillarning (ota-onalar munosabati, sinfdoshlar bilan aloqalar, maktab muhitining ta’siri, shaxsiy o‘zini anglash darajasi) tutgan o‘rni yoritilgan. Maqolada o‘smirlarning stressga nisbatan individual reaksiya shakllari, ularning emotsional muvozanatini saqlashdagi muhim jihatlar, hamda pedagog va psixologlar tomonidan qo‘llanilishi lozim bo‘lgan samarali yondashuvlar bayon etiladi. Tadqiqot natijalari o‘quvchilar ruhiy salomatligini ta’minlash va ijtimoiy-psixologik muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi.

Shohsanam Yusupova

50-53

2025-05-10

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI SALBIY AXBOROTLAR TA'SIRIDAN HIMOYALASHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI

Maqola maktabgacha yoshdagi bolalarni salbiy axborotlar ta’siridan himoya qilishning pedagogik mexanizmlarini tadqiq etishga qaratilgan. Zamonaviy axborot texnologiyalari va ijtimoiy media ta’siri natijasida bolalar psixologik rivojlanishida salbiy omillar kuchaymoqda. Maqolada pedagogik mexanizmlar, ota-ona va tarbiyachilar roli, psixologik barqarorlikni shakllantirish metodlari tahlil qilingan. Natijalar bolalarni ijtimoiy va emotsional jihatdan himoya qilish uchun samarali strategiyalarni belgilash imkonini beradi.

Madina Quvatova

7-10

2025-12-08

EKSTREMAL VAZIYATLARDA SHAXS PSIXOLOGIK HIMOYA MEXANIZMLARINI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MODELINING PSIXOLOGIK AHAMIYATI

Maqolada ekstremal vaziyatlarda shaxs psixologik himoya mexanizmini shakllantirishning ijtimoiy-psixologik modeli ishlab chiqilganligi va uning tarkibiy qismlarini faoliyat darajalariga mos ravishda tavsiflanishi hamda ahamiyati borasida alohida to’xtalib o’tilgan.

Ibrohim Shomurodov

41-47

2025-04-23

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING KIBERJINOYATLARDAN JABIRLANGAN SHAXSLAR BILAN ISHLASHDA HUQUQBUZARLIKLARNING VIKTOMOLOGIK PROFILAKTIKASINI AMALGA OSHIRISH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada profilaktika inspektorlarining kiberjinoyatlardan jabirlangan shaxslar bilan ishlashda huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasini amalga oshirishdagi roli va samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida kiberjinoyatlarning turlari, jabrlanuvchilarning psixologik va ijtimoiy xususiyatlari, xavf guruhlarini aniqlash va ularni himoya qilish mexanizmlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, profilaktika inspektorlarining huquqiy, psixologik va axborot-kommunikatsiya vositalarini qo‘llash orqali kiberjinoyatlar oqibatlarini kamaytirish yo‘llari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari, zamonaviy yondashuv va integratsiyalashgan hamkorlik mexanizmlari jabrlanuvchilarning himoya tizimini sezilarli darajada mustahkamlashga imkon berishini ko‘rsatadi.

Nasibbek Bozorov

143-144

2025-11-24

HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASIDA SHAXSNI HAYOTI VA SOG‘LIG‘IGA QARSHI JINOYATLARNING VIKTIMOLOGIK PROFILAKTIKASINING SHAKLLANISHI

Mazkur ishda huquqbuzarliklar profilaktikasida shaxsning hayoti va sog‘lig‘iga qarshi jinoyatlarning viktimologik profilaktikasining shakllanishi masalasi o‘rganiladi. Viktimologiya, ya'ni jinoyatlarning qurbonlarini o‘rganish sohasidagi ilmiy izlanishlar, shaxsning jinoyatga nisbatan qanday ta'sirlanishi, uning oldini olish va jinoyatlar profilaktikasini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Ishda, jinoyatlarning qurbonlariga nisbatan vujudga keladigan xavflar, shaxsning yuridik va psixologik himoyasi, shuningdek, uning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilinadi.Viktimologik profilaktika, jinoyatlarning avvaldan oldini olishga va jinoyatlarning qurbonlariga yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan kompleks yondashuvni anglatadi. Ushbu tadqiqotda, shaxslarning xavfsizligini ta'minlash, huquqiy ta'lim va psixologik yordam orqali jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan yangi usullar va vositalar tavsiya etiladi.

Shaxsiy xavfsizlikni ta'minlashda huquqiy, ijtimoiy va psixologik omillarni hisobga olish, jinoyatlarning qurboniga aylanish ehtimolini kamaytirish, shu orqali jamiyatda tartibni mustahkamlashga xizmat qiladi. Viktimologik profilaktikaning samarali tizimi jinoyatga qarshi kurashishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi va shaxsning hayoti hamda sog‘lig‘ini himoya qilishda muhim rol o‘ynaydi.

 

Doniyorbek Bekbaev , Farrux G‘aniyev

70-74

2025-01-07

“KEKSALARGA TIBBIY-IJTIMOIY YORDAM KO‘RSATISHNI TASHKILLASHTIRISH”

Ushbu maqolada keksalarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishning tashkiliy jihatlari, uning zamonaviy mexanizmlari va samaradorligini oshirishga qaratilgan yondashuvlar tahlil qilinadi. Aholining qarib borishi bilan bog‘liq demografik jarayonlar tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish hamda profilaktik choralarning ahamiyatini oshiradi. Maqolada keksalar uchun birlamchi tibbiy xizmat, reabilitatsiya, uy sharoitida ko‘mak, psixologik yordam hamda ijtimoiy xizmatlarning integratsiyalashgan modeli o‘rganiladi.

Madina Gʻaybullayeva

93-96

2025-12-17

HUQUQBUZARLIKLARDAN JABIRLANGANLARGA YORDAM KOʻRSATUVCHI IXTISOSLASHTIRILGAN MUASSASALAR FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada huquqbuzarliklardan jabrlangan shaxslarni ijtimoiy, huquqiy va psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimi, ixtisoslashtirilgan muassasalarning funksional faoliyati, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etishning samarali yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Dunyo tajribasi asosida O‘zbekistonda jabrlanuvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni modernizatsiya qilish, raqamlashtirish, mutaxassislar tayyorlash hamda viktimologik madaniyatni oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari jabrlanuvchilarni kompleks reabilitatsiya qilish tizimini mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish va adolat tamoyillarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Xusanboy Shuxratbekov

132-134

2025-10-31

OILADA XOTIN-QIZLARGA NISBATAN ZO‘RAVONLIKNING OLDINI OLISHDA TIBBIYOT MUTAXASSISLARING ROLI

Ushbu maqolada xotin- qizlarni xotin-qizlarni xuquqlarini himoya qilish va jamiyatda gender tengligini amalga oshirish sohasidagi yutuqlarga qamay, zamonaviy jamiyatda oilaviy zo‘ravonlik oilaviy munosabatlarda keng tarqalganligicha qolayotganligi, bu jiddiy ijtimoiy psixologik muammo ekanligini hamda jabrlanuvchining psixologik holatiga uzoq muddatli salbiy ta’siri xaqida so‘z boradi. Shuningdek, oilaviy zo‘ravonlik holatlarini oldini olishda shifokorlarning roli e’tirof etiladi.

Rano Ismaylova , Asal Davlatova , Abdulaziz Muxiddinov

38-41

2025-12-08

UYQUSIZLIK EPIDEMIYASI: ZAMONAVIY INSON MIYASI XAVF OSTIDA

Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatda uyqusizlik keng tarqalgan muammo sifatida ko‘rib chiqiladi va uning inson miyasi hamda ruhiy salomatligiga ta’siri psixologik, kognitiv va biologik jihatdan tahlil qilinadi. Texnologiya, ish-o‘qish bosimi, noto‘g‘ri hayot tarzi va stress kabi omillar uyquning muvozanatini buzadi. Bu esa diqqatni jamlay olmaslik, xotira zaiflashuvi, emotsional o‘zgarishlar va mumkin bo‘lgan ruhiy buzilishlarga olib kelishi mumkin. Tadqiqot natijalari asosida maqolada uyqusizlikni oldini olish, sog‘lom uyqu odatlarini shakllantirish va psixologik qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Xulosa sifatida, uyqusizlik epidemiyasiga qarshi ongli yondashuv va kompleks chora‑tadbirlar insonning miyasi va ruhiy salomatligini himoya qilishda muhim ekanligi ta’kidlanadi.

Yulduz Narmetova , Marjona Boltayeva

42-44

2025-11-25

RAQAMLI AXBOROT MANZILIDA YOSHLARNI AXBOROT XURUJIGA NISBATAN PSIXOLOGIK TAYYORLASH

Bugungi kunda butun dunyoda falsafiy siyosiy madaniyat va mafkuraga oid olib borilayotgan tadqiqotlarning aksariyati raqamli axborot va media sohasini o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, ular orasida dolzarb masalalar qatoridan o‘rin olgan va keng jamoatchilikning diqqat e’tiboridagi muammolardan biri – bu yoshlarning raqamli axborot manzillarida joylashtirilayotgan axborotlarni qabul qilishga va ulardan psixologik o‘z o‘zini himoya qilishga qay darajada tayyor ekanligini o‘rganishdan iboratdir.

Nurjaxon Ismoilova

159-161

2025-04-23

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA VOYAGA YETMAGANLAR VIKTIMIZATSIYASI BILAN BOG’LIQ MASALALAR. XALQARO TAJRIBA VA NAZARIYALAR

Maqola Oʻzbekiston Respublikasida voyaga yetmagan shaxslar (18 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlar) ning zoʻravonlikning turli shakllarida – jismoniy, psixologik, jinsiy, iqtisodiy, eʼtiborsizlik va kiberzoʻravonlikda qurbon boʻlish jarayonini – viktimizatsiyani keng koʻlamda oʻrganadi. Ilmiy nazariy asoslar (David Finkelhorning rivojlanish viktimologiyasi va poly-victimization konsepsiyasi, Urie Bronfenbrennerning ekologik tizim modeli, Lawrence Cohen va Marcus Felsonning routine activity nazariyasi)[1] asosida tahlil qilinib, Oʻzbekistondagi statistik maʼlumotlar, qonuniy mexanizmlar (Jinoyat kodeksining tegishli moddalari)[2], 2025 yil dekabr oyida Prezident tomonidan tasdiqlangan PF-256-son farmon bilan qabul qilingan 2026–2030 yillarga moʻljallangan Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to’g’risidagi farmonining mazmuni va amaliy ahamiyati koʻrib chiqiladi[3]. Maqola viktimizatsiyani oldini olish choralari, jabrlangan bolalarga psixologik, ijtimoiy va huquqiy yordam berish mexanizmlari, jamiyatdagi madaniy oʻzgarishlar va institutsional takomillashtirish yoʻllarini taklif etadi. Natijalar shuni koʻrsatadiki, poly-victimization va ekologik omillar Oʻzbekistonda bolalar xavfini oshiruvchi asosiy faktorlar boʻlib, yangi strategiya bu muammoni hal etishda muhim qadamdir. Maqola huquqshunoslar, psixologlar, pedagoglar va ijtimoiy xizmat xodimlari uchun foydali boʻlishi mumkin.

Shohrux Saloxiddinov

16-19

2026-01-26

1 - 16 of 16 items

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy