Mazkur maqola XX asr II yarmi oʻzbek adabiyotida yaratilgan ayrim gʻazallarning poetik aspektdagi tahliliga bagʻishlanadi. Sharq mumtoz poetikasining asosi boʻlgan ilmhoyi segona – ilmlar uchligi tarkibidagi ilmi badi’ning davr gʻazaliyoti taraqqiyotidagi ahamiyati ochib berilgan. Tashbih, talmih, tashxis, tazod (mutobaqa, tiboq, tatbiq, taqofu), husni ta’lil, irsoli masal, iyhom (tahyil, tavriya), tajnis, tanosub (muroat un-nazir, tavfiq, iytilof, talfiq), ishtiqoq kabi an’anaviy she’riy san’atlar bilan bir qatorda she’riyatda koʻp qoʻllangan, ammo kam ilmiy tahlil etilgan kalomi jomi’, izdivoj, ibhom, ittifoq, radd kabi badiiy san’atlar alohida tahlilga tortilgan. Gʻazallardagi ushbu san’atlarning qoʻllanilish darajasi belgilangan va bundan ba’zi gʻazallarning matla’dan maqta’ga qadar ma’lum she’riy san’at asosiga qurilgani aniqlandi. Yaratgan gʻazallari orqali shoirlarning salaflar an’anasiga qay darajada ergashgani va ularning novatorligi aniqlangan.