Atoqli o'zbek yozuvchisi. O'zining haqparvar, siyosatga, badiiylikka boy asarlari bilan ko'plab muxlislarini yaratgan adib Odil Yoqubovning deyarli barcha asarlarida oddiy xalq va yuqori lavozim egalari, adolat va adolatsizlik, sadqat va xiyonat kabi bir biriga zid keluvchi tomonlarning oxir-oqibat haqiqat yo'liga kelib bog'lanishi asosiy mavzu bo'lib kuylanaveradi. Istedodli yozuvchi asarni yozish davomida, kitobxonga yanada aniqroq, yanada tasavvurlariga jonlilik baxsh etish, voqealar rivojini kuchli his-hayajon bilan, sabrsizlik bilan o'qib kuzatib borishi uchun ajoyib usullardan foydalanadi. Jumladan uning "Oq qushlar oppoq qushlar" asari ham yuqorida aytib o'tilgan sifatlarga boyligi va ayniqsa unda keng foydalanilgan badiiy bo'yoqlar, omonim, sinonimlar va badiiy asarlarga xos jilolanuvchi so'zlar, ijodiy rang-tasvir, ma'no ko'chishining ajoyib turlari, metafora, metanomiya, snekdoxa, vazifadoshlik, maqol va matallar keng o'rin olgan. Bu esa asar mazmuniga o'zgacha ijobiy ta'sir o'tkazib, fikr- mulohazalarni, aynan ochib berilmoqchi bo'lgan maqsadni yanada oydinlashtiradi, kitobxon xulosasini teranlashtiradi.