Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

SIYOSIY MADANIYAT TUSHUNCHASINING KELIB CHIQISHI VA JAMIYAT HAYOTIDA NAMOYON BO’LISHI

Maqolada siyosiy madaniyat fenomeni jamiyatning siyosiy hayotining eng muhim qismi sifatida ko'rib chiqiladi. Kontseptsiyaning mohiyati, shakllanish tarixi, ushbu tadqiqotning shakllanishi va rivojlanishi madaniyat sohalari, shuningdek, fuqarolarning siyosiy madaniyati darajasining ahamiyati jamiyatning progressiv rivojlanishi. O’zbekistonda siyosiy madaniyatni rivojlantirishning o'ziga
xos xususiyatlari, muammolari va istiqbollari muhim o'rin tutadi.

Moxinur Ravshanbek qizi Olimova , Nargiza Ulug’bek qizi Jamalova

59-63

2022-05-17

SIYOSIY NUTQLARNING LINGVOMADANIY TADQIQI

Ushbu maqolada siyosiy nutqlarni lingvistik va madaniy jihatdan tadqiq qilish yoritilgan bo‘lib, unda siyosiy nutqlarning milliy madaniyat, qadriyatlar va madaniy kodlar bilan bog‘liqligi o‘rganilgan. Siyosiy nutqlar milliy va xalqaro darajadagi g‘oya va maqsadlarni ommaga yetkazishda kuchli vosita sanaladi. Shuningdek, ular milliy identifikatsiya va ijtimoiy birdamlikni shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega. Maqola davomida madaniy kodlarning siyosiy kommunikatsiyadagi o‘rni, turli madaniy qatlamlarning ahamiyati hamda ular orqali siyosiy maqsadlarga erishish yo‘llari chuqur tahlil qilingan.

Bexzod To’ramirzayev

113-116

2024-11-08

AMIR TEMUR – BUYUK DAVLAT ARBOBI

Amir Temur  O'rta Osiyo va butun dunyo tarixida buyuk harbiy rahbar, davlat arbobi va madaniyat homiysi sifatida tanilgan. Ushbu maqola Amir Temurning davlat arbobi sifatidagi roli va uning tarixdagi o‘rni haqida so‘z yuritadi. Maqolada Temurning harbiy yurishlari, siyosiy islohotlari, iqtisodiy siyosati va madaniy merosi tahlil qilinadi. Amir Temur o‘zining harbiy muvaffaqiyatlari bilan katta hududlarni zabt etib, Temuriylar imperiyasini yaratdi. Shuningdek, u markazlashgan boshqaruv tizimini o‘rnatdi, davlatni iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustahkamladi. Uning Samarqandni ilm-fan va madaniyat markaziga aylantirishi, ilmiy va madaniy rivojlanishga qo‘shgan hissasi uning buyukligini yanada oshiradi. Temurning siyosiy va madaniy merosi, uning davlat boshqaruvi, qonunlar va madaniy yutuqlari bugungi kunda ham o‘rganilmoqda va dunyo tarixida o‘z izini qoldirgan. Bu maqola Amir Temurning buyuk davlat arbobi sifatidagi ahamiyatini keng yoritib beradi va uning tarixdagi o‘rni hamda merosini chuqur tahlil qiladi.

Adhamjon Azimov, Ibratillo Riskiyyev

18-23

2025-05-07

THE ROLE OF ENVIRONMENTAL ETHICS IN HARMONIZING RELATIONS BETWEEN NATURE, SOCIETY AND HUMAN

The article examines the importance of environmental ethics and culture in harmonizing relations between nature, society and humans. The author analyzes the essence of environmental ethics and culture, its connection with political culture, and the integration of forms of social consciousness in achieving environmental sustainability. The article also reveals issues of environmental education and ecologization of worldview, directions for the formation of ecological spirituality in society, and the role of ecological ethical values in achieving sustainable development. As a result of the research, the role of environmental ethics in «nature-society-human» relations was determined, and practical recommendations for its improvement were developed.

Maxsud Nazarov

99-106

2025-04-21

AMIR TEMUR BUYUK DAVLAT ARBOBI

Mazkur maqola Amir Temurning buyuk davlat arbobi sifatidagi faoliyatiga bag‘ishlangan. Temurning 14-asrdagi davlat qurishdagi ta’siri va uning siyosiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishga qo‘shgan hissasi chuqur tahlil qilingan. Maќolada, Amir Temurning harbiy, siyosiy va davlatchilik falsafasi, uning boshqaruvi va qonunlari, xalqlar o‘rtasida tinchlikni ta’minlashdagi rolі, shuningdek, Samarqandni madaniy markazga aylantirishga bo‘lgan sa’y-harakatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu maqolada Amir Temurning davlat boshqaruvi va siyosatini o‘zbekiston Respublikasining zamonaviy islohotlari bilan o‘xshatish va Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat boshqaruvi sohasidagi amalga oshirgan islohotlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilinadi. Maqola Temurning tarixiy shaxsiyati va uning o‘z vaqtidagi davlatchiligiga oid yangicha qarashlar bilan bog‘liq muhim natijalarni keltirishga intiladi.

Adhamjon Azimov, Otabek Toshpo’latov

56-60

2025-04-30

QIBLA OROLBO‘YI VA AMUDARYONING O‘NG SOHILIDAGI ANTIK SHAHAR QURILISH MADANIYATINING IQLIMIY VA SIYOSIY ASOSLARI

Ushbu maqolada Qibla Orolbo‘yi va Amudaryoning o‘ng sohili hududidagi qadimgi shaharlar qurilish madaniyati tabiiy-iqlimiy, siyosiy va demografik omillar nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Qal’a va shahristonlarning joylashuvi, ularning savdo yo‘llari, resurs manbalariga yaqinligi, va hukmron siyosiy kuchlarning me’moriy yondashuvlari tarixiy-arxeologik dalillar asosida yoritiladi. Bu tadqiqot, shaharlar taraqqiyotining voha landshafti, chegara nazorati va harbiy arxitektura bilan bog‘liq jihatlarini ochib beradi

Nursultan Bekmuratov

21-22

2025-07-10

MAHMUDXO‘JA BEHBUDIYNING MEROSI VA BUGUNGI KUNDA UNING O‘RNI

Ushbu maqola Mahmudxo‘ja Behbudiyning merosini va uning bugungi kunda o‘rni haqida so‘z yuritadi. Behbudiyning ta'lim, madaniyat va siyosat sohasidagi islohotlari, uning Turkistonning jadidchilik harakati va umumiy rivojlanishidagi ahamiyati yoritiladi. Maqola, Behbudiyning o‘z zamonida amalga oshirgan islohotlari va bugungi kunda uning g‘oyalari va ishlari qanday qadrlanayotganini tahlil qiladi. Shuningdek, maqolada Behbudiyning o‘zbek ta'lim tizimi, madaniyat va ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi hamda uning merosi asosida hozirgi kunda olib borilayotgan islohotlar haqida fikrlar bildirilib, Behbudiyning tarixi va zamonasi bilan bog‘liq qimmatli saboqlar taqdim etiladi.

Zebiniso Rasulova

83-85

2025-03-14

DASTLABKI SIVILIZATSIYALAR VA ULARNING JAMIYATGA TA’SIRI

Ushbu maqola insoniyat tarixidagi dastlabki sivilizatsiyalar va ularning jamiyat rivojiga ta’sirini batafsil tahlil qiladi. Qadimgi Mesopotamiya, Misr, Hindiston va Xitoy sivilizatsiyalarining siyosiy, ijtimoiy va madaniy yutuqlari, shuningdek iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Maqolada shuningdek, ushbu sivilizatsiyalarning bugungi jamiyatlarga meros sifatida qolgan ta’sirlari, insoniyat madaniyati va bilim tarixi rivojida tutgan roli yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, dastlabki sivilizatsiyalar inson hayotining turli jabhalarini shakllantirishda, jumladan siyosiy tizim, ijtimoiy tuzilma, iqtisodiy munosabatlar va madaniyatning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Maqola, shuningdek, qadimgi sivilizatsiyalarning bugungi zamon ilmiy, madaniy va ijtimoiy tadqiqotlar uchun qanchalik muhimligini ko‘rsatadi.

Ilxomiddin Rustamov , Xurshidbek Yoqubjonov, Shoyadbek Bozorboyev

79-82

2025-12-08

O’ZBEKISTONDA IJTIMOIY SOHANING MUHIM YO’NALISHLARI

Ushbu ish ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan ijtimoiy masalalar aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sog’lig’ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo’l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo’yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish kabi ustuvor masalalarni qisman bo’lsada yoritishga bag’ishlanadi.

Aziza Rashidova

145-148

2024-10-07

TEMURIYLAR SULOLASI DAVRIDA ILM-FAN, ADABIYOT VA ME’MORCHILIKNING GULLAB-YASHNASHI

Ushbu maqolada Temuriylar sulolasi davrida O‘rta Osiyo hududida ilm-fan, adabiyot va me’morchilikning yuksak darajada rivojlanish jarayoni keng tahlil qilinadi. Maqolada Amir Temur va uning avlodlari tomonidan barpo etilgan markazlashgan davlatning siyosiy barqarorligi, ilm va madaniyat sohalariga ko‘rsatilgan e’tiborning ijobiy natijalari ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek, Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod singari allomalar ijodi orqali bu davrda fan, adabiyot va san’atning qanday yuksalganligi yoritiladi. Maqolada shuningdek, me’morchilik sohasidagi yuksak yutuqlar — Bibixonim masjidi, Go‘ri Amir maqbarasi, Shohi Zinda majmuasi, Ulug‘bek rasadxonasi kabi inshootlarning badiiy va ilmiy ahamiyati tahlil qilinadi. Temuriylar davrining madaniy yuksalish sabablari, uning O‘zbekiston tarixidagi o‘rni va bugungi avlod uchun qoldirgan ma’naviy merosi ilmiy manbalar asosida asoslab beriladi

Axmed Aymurzaev

108-110

2025-10-31

YOSHLAR AXLOQIY TARBIYASINI YUKSALTIRISHDA OMMAVIY-MADANIY TADBIRLARNING FALSAFIY TAHLILI

Maqolada yoshlar axloqiy tarbiyasini yuksaltirishda ommaviy-madaniy tadbirlarning o‘rni va roli shuningdek, o‘tkaziladigan tadbirlarning mazmun-mohiyati va ularning jamiyatdagi vazifasi hamda tarbiyaviy ahamiyati falsafiy tahlil qilinadi. Shu bilan birga ommaviy-madaniy tadbirlarning yoshlar ma'naviy dunyoqarashigi ta'siri masalasi ham ko‘rib chiqiladi.

Mavluda Najmetdinova

17-24

2023-06-03

XX ASR BOSHLARIDA QO‘QON JADIDLARINING ISLOHOT YO‘LIDAGI URINISHLARI

Yurtimiz tarixida XIX asr oxiri va XX asr boshlari alohida ahamiyatga ega bir davr hisoblanadi. Chunki bu davrda millatimizni ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy jihatdan uyg‘otishga qaratilgan jadidchilik nomi ostida katta kuch harakatga keldi. Jadid bobolarimizning eng muhim g‘oyasi va vazifasi ilmsizlikka  mahkum bo‘lgan xalqni chin ma’noda yorug’likka olib chiqish, savodsizlik zulmatida qolgan avlodga ilm-ma’rifat ziyosini yetkazish edi. Buni Qo‘qondagi jadidchilik harakatining yirik namoyandasi, Ashurali Zohiriyning “Bilsangiz bu kungi kunda ilm maorif yo‘liga qo‘lingizdan kelgan yordamingizni ayamang, darig‘ tutmang. O‘qiydirg‘on o‘g‘lingiz  bo‘lsin, bo‘lmasin ilm maorifga yordamni unutmang!” degan so‘zlari ham tasdiqlaydi.

Shahnoza Mirzamidinova

79-82

2025-01-20

AYOLLAR – ILM-FAN FIDOIYLARI

Ushbu maqolada xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash, ularning jamiyatdagi va oiladagi nufuzlarini ko‘tarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ayniqsa, ilm-fan rivojida ayollarning o’rni haqida fikr yuritiladi.

Ra’no Lutfetdinova

494-498

2024-05-27

GLOBALLASHUV JARAYONIDA YOSHLAR TARBIYASI VA VIRTUAL HAYOT TA’SIRI

Globallashuv jarayonida internet manbalari va ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy hayotdagi o‘rni tobora mustahkamlanib, shaxsning siyosiy savodxonligini shakllantiruvchi asosiy omil bo’lmoqda. Ushbu maqolada globallashuv bosqichida insonlarning yashash tarzi, turmush jarayoni va ularning noto’g’ri ong ta’siriga tushib qolmasliklari haqida fikr mulohazalar qisqacha yoritilgan.

Bobur Soliyev

999-1000

2022-05-10

YANGI O’ZBEKISTON JAMIYATIDA HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYAT RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

Ushbu maqola yangi O’zbekiston jamiyatida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirishdagi muammolarga bag'ishlangan. Maqolada jamiyatdagi huquqiy ongning bugungi holati o‘rganilib, qayd etilgan muammoni hal etish yo‘llari taklif etilgan. Shuningdek mamlakatimizada olib borilayotgan har bir islohotning jamiyatda samarali olib borilishiga qaratilgan faoliyatni
to’ri tashkil etish bo’yicha fikr-mulohaza yuritilgan. Bu yo‘nalishning dolzarbligi XXI asr boshlarida mamlakat hayotining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va boshqa jabhalarida yuz bergan o‘zgarishlar, davlat va huquqning mohiyatiga oid yangicha qarashlarning paydo bo‘lishi bilan belgilanadi.

Dostonbek Rustamovich Naimov

45-49

2022-05-02

QADIMGI XORAZM

Mazkur maqolada Markaziy Osiyoning eng qadimgi sivilizatsiya markazlaridan biri bo‘lgan Qadimgi Xorazm tarixining asosiy jihatlari yoritilgan. Xorazm hududi qadimdan sug‘orma dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlangan o‘lka sifatida mashhur bo‘lgan. Maqolada Qadimgi Xorazmning paydo bo‘lishi, siyosiy tuzumi, xo‘jalik hayoti, madaniyati va diniy qarashlari ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, arxeologik tadqiqotlar natijalari va yozma manbalarda Xorazm haqidagi ma’lumotlarga alohida e’tibor qaratilgan. Qadimgi Xorazm davlatchiligi Markaziy Osiyo tarixida muhim o‘rin tutib, keyingi tarixiy jarayonlarga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Ushbu maqola tarix yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

Tursunoy Turg‘unova , Buxajal Yunusova

106-108

2026-01-30

YOSHLARDA QO’RQUV TUSHUNCHALARINING KELIB CHIQISHI VA UNING TURLARI

Ushbu maqolada ksenofobiya va uning har xil turlari haqida so`z yuritiladi. Ksenofobiya Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh assambleyasi (BMT), tenglik sharoitida tan olinishni bekor qilish yoki kamaytirish maqsadiga yoki natijasiga ega bo'lgan irq, rang, nasab yoki milliy yoki etnik kelib chiqish sabablariga ko'ra har qanday farqlash, chiqarib tashlash, cheklash yoki imtiyozni taxmin qiladi, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohalarda yoki jamiyat hayotining boshqa har qanday sohalarida inson huquqlari va asosiy erkinliklari.

Nilufar Rasulova

1669-1671

2022-12-29

ANDIJON – TARIXIY VA TOPONOMIK SHAHAR

Mazkur maqolada O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridan biri — Andijon shahrining toponimik kelib chiqishi va tarixiy manbalarda qayd etilishi masalalari yoritilgan. Shuningdek, bu nomning tarixiy manbalarda Andigon, Andikon, Andiyon kabi variantlarda uchrashi, ularning fonetik va morfologik o‘zgarishlari tahlil etilgan. Bobur davriga kelib “Andijon” shaklining mustahkamlanishi esa turkiy madaniyat va siyosiy markazlashuv bilan bog‘liq holda talqin etilgan. Maqolada shuningdek, Andijon shahrining Afrosiyob, O‘g‘uzxon kabi tarixiy shaxslar faoliyati bilan bog‘liq rivoyatlardagi o‘rni ham yoritiladi.

Hojiakbar Ohunov, Shukurillo Xoldarov

142-143

2025-10-21

1 - 18 of 18 items

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy