Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

ADAPTIV O'QUV TIZIMLARIDA SUN'IY INTELLEKTNING ROLI: PERSONALIZATSIYA VA NATIJALAR

Maqola sun'iy intellekt texnologiyalarining ta'lim jarayonini qanday samarali va individual ehtiyojlarga moslashtirish orqali yaxshilashi mumkinligini o'rganadi. Sun'iy intellekt asosidagi adaptiv o'quv tizimlari o'quvchilarning bilim olish jarayonini shaxsiylashtirish, motivatsiyasini oshirish va ta'lim samaradorligini oshirish imkoniyatlarini ko'rsatadi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, bu tizimlar individual qobiliyat va ehtiyojlarni hisobga olgan holda ta'lim dasturlarini moslashtiradi va natijalarni real
vaqt rejimida kuzatish imkonini beradi. Shuningdek, bu tizimlar o'quvchilarning kuchli va zaif tomonlarini aniqlab, ularga individual yordam ko'rsatadi. Natijada, o'quvchilarning bilim olish samaradorligi oshadi va ta'lim jarayoni qiziqarliroq bo'ladi. Maqolada, shuningdek, sun'iy intellektning ta'lim tizimiga texnologik integratsiyasi va innovatsiyalarni kiritishdagi roli ham tahlil qilinadi.

Zilola Muxtorova , Nigora Sodikova

44-48

2025-01-04

TA'LIMDAGI YANGILIKLAR. YANGI O‘ZBEKISTONDA SIFATLI TA'LIM.

Bu maqolada, O'zbekistonda ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan innovatsion yangiliklar va sifatli ta'limning o'rni ko'rsatiladi. Maqolada, O'zbekiston ta'lim tizimining yanada rivojlanishini ta'minlash maqsadida, milliy ta'lim platformasi tashkil etilgan va bu platformada bir qancha interaktiv va multimedia ta'lim materiallari taqdim etilmoqda. Bu platforma orqali o'quvchilar o'zlarining jarayonlarini monitoring qilishlari mumkin. Maqolada ham, "O'quvchilar uchun tashkillashtirilgan ijobiy psixologik muhit" dasturi kabi ta'lim jarayonlarini yanada sodda va qiziqarli qilish uchun boshqa innovatsion texnologiyalar keltirilgan. Maqolada ayniqsa, O'zbekistonda sifatli ta'limning o'rni va uning o'quvchilar uchun foydali texnologiyalar bilan birgalikda qanday rivojlanayotganligi ko'rsatiladi. Bu maqolada keltirilayotgan yangiliklar O'zbekiston ta'lim tizimida yangi, innovatsion va sifatli ta'limni amalga oshirishga ko'mak beradi.

Guldaste Kurbanbayeva

46-51

2023-07-10

INKLYUZIV VA BIRGALIKDA O'QITISH: ULARNING ASOSIY FARQLARINI ASOSLASH

Ushbu tezisda inklyuziv ta'lim va birgalikda o'qitish (co-teaching) tushunchalari va ularning ta'lim tizimlaridagi o'rni tahlil qilinadi. Inklyuziv ta'lim va birgalikda o'qitish, o'zaro bog'liq bo'lsa-da, turli pedagogik yondashuvlarga asoslanadi. Inklyuziv ta'lim — bu alohida yordamga muhtoj bo'lgan bolalarni umumiy ta'lim tizimiga integratsiyalashga qaratilgan tizim bo'lib, barcha o'quvchilarga teng imkoniyatlar yaratish uchun o'qitish metodlari va resurslarini moslashtirishni talab qiladi. Birgalikda o'qitish esa ikki yoki undan ortiq o'qituvchining birgalikda ta'lim berish usulini bildiradi va maxsus ehtiyojlarga ega bo'lgan bolalarga ko'proq individual yondashuvni ta'minlashni maqsad qiladi. Tezishda inklyuziv ta'lim va birgalikda o'qitishning farqlari, samaradorligi, joriy etilishidagi qiyinchiliklar va ta'lim jarayonida ular qanday ishlatilishi haqida chuqur tahlil qilingan.

Avazova Marg’iyona

51-53

2025-04-09

CHET ELDA ALOHIDA YORDAMGA MUHTOJ BOLALARNING INKLYUZIV TA'LIMI

Mazkur maqolada chet elda alohida yordamga muhtoj bolalarning inklyuziv ta'lim tizimi tahlil qilinadi. Inklyuziv ta'lim, ya'ni maxsus ehtiyojlarga ega bo‘lgan bolalar uchun ta'lim tizimida barcha bolalar uchun teng imkoniyatlar yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ta'lim islohotlarini o‘z ichiga oladi. Maqolada inklyuziv ta'limning rivojlanish yo‘llari, uning amaliyotdagi muvaffaqiyatlari va xususiyatlari, shuningdek, xalqaro tajribalar va ularning O‘zbekiston ta'lim tizimiga tatbiq etilishi masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, maqolada inklyuziv ta'lim tizimini samarali tashkil etishda muhim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar, metodik yondashuvlar va pedagogik strategiyalar haqida so‘z boradi.

Nuriddinova Nozima, Norboboyeva Dinora

160-165

2025-03-31

ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARI

Ushbu akademik maqola zamonaviy ta'lim texnologiyalarining ta'lim jarayoniga ta'sirini har tomonlama o'rganadi. Maqolada sun'iy intellekt, virtual/to'ldirilgan reallik, onlayn/aralash ta'lim va geymifikatsiya strategiyalari tahlil qilingan bo'lib, ular orqali shaxsiy o'quv yo'nalishlari yaratish va immersiv tajribalar taqdim etish imkoniyatlari ko'rsatilgan. Shuningdek, o'quv tahlili orqali ma'lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilish mexanizmlari ham ko'rib chiqiladi. Maqola ta'lim texnologiyalarini joriy etishdagi qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish bo'yicha yechimlarni muhokama qiladi. Yakuniy qilib aytganda, u zamonaviy texnologiyalarning ta'lim samaradorligini oshirish va kelajakdagi ta'lim tizimlarini shakllantirishdagi hal qiluvchi rolini ta'kidlaydi.

Farhodova Farangiz Jamshidovna

106-109

2025-12-15

INKLYUZIV TA'LIMNI O'QITISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI

Ushbu maqola inklyuziv ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalar qo'llanishining didaktik imkoniyatlarini tahlil qiladi. Maqolada raqamli texnologiyalar yordamida alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan o'quvchilarni umumta'lim muhitiga samarali integratsiyalash yo'llari ko'rib chiqiladi. Tadqiqot raqamli vositalarning inklyuziv ta'lim muhitida shaxsga yo'naltirilgan ta'limni qo'llab-quvvatlash, o'quv materiallarini moslashtirishni soddalashtirish va o'qituvchi-o'quvchi o'rtasidagi kommunikatsiyani yaxshilash imkoniyatlarini ochib beradi. Maqolada raqamli texnologiyalar bilan bog'liq adaptiv o'qitish tizimlari, assistiv texnologiyalar va virtual hamda kengaytirilgan reallik vositalarining inklyuziv ta'lim jarayonidagi samaradorligi tahlil qilinadi. Bundan tashqari, maqolada O'zbekistonda inklyuziv ta'lim sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etishdagi joriy vaziyat va kelajak istiqbollari ham ko'rib chiqiladi. Tadqiqot natijalarida ko'rsatilishicha, raqamli texnologiyalar inklyuziv ta'lim sifatini oshirishda katta potensialga ega bo'lib, o'qitish jarayonini alohida ta'lim ehtiyojlariga moslashtirish va barcha o'quvchilar uchun teng imkoniyatlar yaratishga hissa qo'shadi.

Аtаbаyevа Nаrgisа Nаbijоnоvnа

142-147

2025-05-20

MASOFAVIY TALIMDA TALABALAR PSIXOLOGIK FAROVONLIGINI MONITORING QILISH USULLARI VA TAVSIYALAR

Masofaviy ta'limni afzal ko'rgan talabalar, u yuzma-yuz ta'limni to'liq o'rnini bosishi mumkinligiga ishongan holda, ularning ushbu ta'lim shakligamunosabatiga ta'sir qiluvchi bir qator psixologik xususiyatlarga ega va masofaviyta'lim yuzma-yuz ta'limni to'liq almashtira olmaydi, deb hisoblaydigan talabalardan farq qiladi. yuz o'rganish. Bugungi kunda zamonaviy dunyoda ta'limning turlishakllari mavjud: kunduzgi, kunduzgi masofaviy ta'lim, kunduzgi va sirtqi, sirtqi,sirtqi ta'lim va masofaviy ta'lim. Masofaviy ta'limning turli modellari mavjud bo'lib,ular nafaqat o'qituvchi va talaba o'rtasidagi o'zaro ta'sir shaklida, balki o'quvjarayonini tashkil etishning turli xil yondashuvlarida ham farqlanadi.

Mirzakarimova Muqaddas Muqimjon qizi, Xalimjanov Abduqunduz Rahimjon o‘g‘li

104-106

2025-11-10

MUAMMOLI TA'LIM METODLARI VA ULARNING MAKTAB TA'LIMINI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI

Maqolada muammoli ta'lim metodlarini ta'lim tizimiga joriy etishning afzalliklari, qiyinchiliklari va samaradorligini baholash masalalari muhokama qilinadi. Mualliflar metodlarni o'qituvchilarning metodologik tayyorgarligi, ta'lim muassasalarining infratuzilmasi va o'quvchilarning tayyorligi bilan bog'liq bo'lgan muammolarni ko'rsatgan. Shuningdek, muammoli ta'limning o'quvchilarda mustaqil fikrlash, tanqidiy qarash, ijodiy fikrlash va kommunikativ ko'nikmalarni rivojlantirishdagi o'rni ta'kidlangan. Samarali joriy etish va baholash orqali muammoli ta'lim metodlarini yanada takomillashtirish mumkinligi va ta'lim tizimini yaxshilashga xizmat qilishi haqida xulosa chiqarilgan. Maqolada ta'lim tizimining sifatini oshirish va o'quvchilarning real hayotga tayyorligini kuchaytirish uchun muammoli ta'lim metodlarining ahamiyati batafsil ochib berilgan.

Bekmuratova Umit Kenesbay qizi

163-166

2025-01-28

TA’LIM JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK TAMOYILLARI

Maqola ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanishning pedagogik tamoyillari va ularning ta'sirini tahlil qiladi. Hozirgi kunda raqamli texnologiyalar, jumladan, axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), umumiy o‘rta va maktabgacha ta'lim tizimlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu texnologiyalar ta'lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonlarini tashkil etish va metodik ta’minotni rivojlantirishda katta rol o‘ynamoqda. Maqola shuningdek, raqamli texnologiyalarning psixologik va pedagogik jihatlarini, shuningdek, bolalarning intellektual rivojlanishiga ta'sirini ham ko‘rib chiqadi. Ta'lim tizimini raqamlashtirishning afzalliklari, xususan, pedagoglar va talabalarning o‘zaro hamkorligi uchun interaktiv muhit yaratish, bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ta'lim jarayoniga sun'iy intellektni joriy etish masalalari muhokama qilinadi.

Jurayev Vohid Tojimamatovich, Komilova Shahloxon

37-42

2024-06-07

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INKLYUZIV TA'LIMNING ME'YORIY-HUQUQIY BAZASI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida inklyuziv ta'limning rivojlanishiga xizmat qiluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlil qilinadi. Inklyuziv ta'limning ahamiyati va uning qonuniy asoslari, shuningdek, bu tizimni amalga oshirishda davlatning roli va xalqaro majburiyatlari ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Ta'lim to‘g‘risidagi qonun, Maxsus ta'lim to‘g‘risidagi qonun, va boshqa muhim me’yoriy hujjatlar inklyuziv ta'limni rivojlantirishning huquqiy asoslarini tashkil etadi. Maqolada shuningdek, inklyuziv ta'limga oid amaliy islohotlar va bu tizimni amalga oshirishdagi mavjud muammolar va ularning yechimlari haqida ham so‘z boradi. Yozma ishda inklyuziv ta'limni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan huquqiy normativ hujjatlar, xalqaro me'yorlar va O‘zbekistonning ta'lim sohasidagi yutuqlari haqida batafsil ma'lumotlar taqdim etiladi.

Nuriddinova Nozima, Norboboyeva Dinora

146-151

2025-03-31

BOLA TARBIYASIDA MAKTABGACHA TA'LIM, OILA VA JAMIYATNING O'RNI

Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim muasasasining maqsadi: bolalarni o'qitish, tarbiyalash, qarab turish va parvarish qilish jarayonida paydo bo'ladigan tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini sezilari amalga oshiruvchi ta'lim - tarbiya jarayonini olib borishdir. Maktabgacha ta'lim tuassasasi maktabgacha ta'lim ustaviga muvofiq bo'lgan zarur shart-sharoitlarni ta'minlaydi. Bola tarbiyasida maktabgacha ta'lim, oila va jamiyatning o'rni hususida so‘z yuritildi. Ushbu maqola orqali, bola tarbiyasiga maktabgacha ta'lim, oila va jamiyatning o'rni qay darajada ekanligi haqida ma'lumot olasiz.  

Baymatova Nodira Akramovna

95-97

2023-08-18

BO’LAJAK BIOLOGIYA O’QITUVCHILARIDA 4 K KO’NIKMALARINI TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI

Mazkur maqola, biologiyani o'qitishda uzluksiz ta'lim tizimini takomillashtirishga oid pedagogik yondashuvlarni tahlil qiladi. O'qitish jarayonida biologiya fanining ta'lim metodikasini rivojlantirish, yangi texnologiyalarni qo'llash, o'quvchilarning ilmiy fikrlash qobiliyatlarini oshirishga qaratilgan samarali usullar va innovatsiyalarni o'z ichiga oladi. Maqolada biologiya fanini o'qitishdagi zamonaviy metodlarning samaradorligi, o'qituvchilarning malakasini oshirish va uzluksiz ta'lim tizimining o'qish jarayoniga ta'siri haqida fikrlar keltirilgan. Ushbu yondashuvlar biologiya o'qituvchilariga ta'lim sifatini oshirishda yordam beradi va o'quvchilarda bilimga bo'lgan qiziqishni kuchaytiradi.

Komilova Baxmal Odilovna, Murodova Iqbol Komilovna

18-22

2025-04-14

HAYVONAT OLAMI BILAN TANISHISH ORQALI BOLALARDA AXLOQIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING AXAMIYATI

Mustaqillik yillarida Rеspublikada ta'lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari darajasiga qo‘tarildi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish mazkur ta'lim sohasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini amalga oshirishda asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Sh.Mirziyoyеvning  2017 yil 30 sеntyabrdagi PF-5198-sonli farmonida ko‘rsatilganidеk,  maktabgacha ta'lim sohasi uzluksiz ta'lim tizimining birlamchi bo‘g‘imi hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda   g‘oyat    muhim  ahamiyat   kasb   etadi.

O‘zbеkiston Rеspublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsеpsiyasi (kеyingi o‘rinlarda - Konsеpsiya) O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2018 yil 30 sеntyabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-3955-son Qarorni ijro etish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, 2030 yilgacha maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha komplеks chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. O‘zbеkiston Rеspublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish   konsеpsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi Prеzidеnt qarori qabul qilindi.

Zuparova Munira Xamidovna

72-77

2024-02-08

YURTIMIZDA TA'LIM TIZIMINING BUGUNGI HOLATI. OLIY TA'LIMDAN SIFATLI TA'LIMGA QADAM VA OTM LARDA NOMUTAXASISLIK FANLARINING O’RNI

Mamlakatimizda talim tizimini bugungi holati. Oliy ta'lim muassasalaridagi talim sifati nechog'lik Jahon ta'lim standartlariga tug'ri keladi.Ta'lim tizimini qanday yul bilan isloh etish  lozim va bu borada yurtimizda olib borilayotgan chora tadbirlar.Prizidentimizning ta'lim tizimini yanada rivojlantirish yulida qilayotgan say-harakatlari.Ta'lim sifati shu darajada ketaversa yaqin kelajakda kadrlarning ilmiy saviyasi.Zamonaviy ta'limda Axborot texnologiyalari, tarix va matematikani urni.

Sagatov I.R., Ne'matullayev J.R.

228-231

2024-11-25

OLIY TA’LIMDA FAKULTATIV DARSLARNI JORIY ETISH VA ULARNING TA'LIM SIFATIGA TA'SIRI

Ushbu maqolada oliy ta’lim tizimida fakultativ darslarni joriy etish va ularning ta'lim sifatiga ta'siri o‘rganiladi. Fakultativ darslar talabalarga o‘z qiziqishlari va ehtiyojlariga ko‘ra qo‘shimcha bilim olish imkonini beradi. Maqola, fakultativ darslarning ta'lim sifatini oshirishga qanday yordam berishini, talabalarni faollashtirish va o‘qituvchilarni yangi pedagogik usullarni qo‘llashga undashini ko‘rsatadi. Fakultativ kurslar nafaqat ta'lim sifatini yaxshilashga, balki talabalar orasida motivatsiyani oshirishga ham xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada fakultativ darslarning o‘qituvchilarga pedagogik metodlarni sinovdan o‘tkazish va yangilash imkoniyatini qanday yaratishi tahlil qilinadi.

Mullayeva Shahzodaxon Xayrullo qizi

31-32

2025-04-30

MUAMMOLI TA'LIM METODLARI VA ULARNING MAKTAB TA'LIMINI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI

Ushbu tezisda muammoli ta'lim metodlarini ta'lim tizimiga joriy etishning afzalliklari, qiyinchiliklari va samaradorligini baholash masalalari muhokama qilinadi. Shu tariqa, metodlarni o'qituvchilarning metodologik tayyorgarligi, ta'lim muassasalarining infratuzilmasi va o'quvchilarning tayyorligi bilan bog'liq bo'lgan muammolarni ko'rsatilib o'tilgan. Shuningdek, muammoli ta'limning o'quvchilarda mustaqil fikrlash, tanqidiy qarash, ijodiy fikrlash va kommunikativ ko'nikmalarni rivojlantirishdagi o'rni ta'kidlangan.

Bekmuratova Umit Kenesbay qizi

70-72

2025-01-31

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA O’QUV MASHG’ULOTLARINI ZAMONAVIY TASHKIL ETISHDA SUN’IY INTELLEKT TIZIMLARIDAN FOYDALANISH

Maqolaning mavzusi oliy ta'lim sohasida sun'iy intellektni boshqarish bo'lib, bu raqamlashtirish sharoitida bilim sifatini oshirish va ta'lim xavfini kamaytirishni ta'minlaydi. Maqolaning maqsadi oliy taʼlim muassasalarida sunʼiy intellektni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni aniqlash va ularni hal qilish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot metodologiyasi sun'iy intellektni o'rganishda ta'lim sifatiga, ta'lim jarayoni ishtirokchilarining psixologiyasiga va uni boshqarish mexanizmlariga ta'sirini hisobga olish imkonini beruvchi zamonaviy usullar, uslublar va vositalardan foydalanishga asoslangan. uning rivojlanishi.

Djurayev Botir Abdusalyamovich

157-160

2024-01-31

RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI TA'LIM TIZIMINI ISLOH QILISHDAGI O'RNI HAMDA YANGI TEXNOGIYALARNI TA'LIM JARAYONLARI BILAN INTEGRATSIYALASHUVI

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarni ta'lim tizimiga integratsiyalashuvining ahamiyati va samaradorligi o‘rganiladi. Maqolada yangi texnologiyalarning ta'lim jarayonlarida qo‘llanilishi, pedagogik metodlarni yangilash, ta'lim sifatini oshirishdagi o‘rni va muammolar tahlil qilinadi. Ta'limni raqamlashtirishning global va mahalliy miqyosdagi tendensiyalari, raqamli texnologiyalarning integratsiyasi orqali ta'limni yangilash istiqbollari ko‘rib chiqiladi.

Hakimova Gulchehra Sayrixonovna, Raxmatova Gulandom Baxrom qizi

102-105

2025-05-28

IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI SAMARALI INKLYUZIV TAʼLIM OLISHNING ASOSIY SHARTLARI

Ushbu tezisda imkoniyati cheklangan bolalar uchun samarali inklyuziv ta'limni tashkil etishning asosiy shartlari tahlil qilinadi. Inklyuziv ta'lim – bu barcha bolalarga, jumladan, maxsus ehtiyojlarga ega bo‘lgan bolalarga ham, umumiy ta'lim tizimida teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan ta'lim yondashuvidir. Samarali inklyuziv ta'limni ta'minlash uchun bir qator pedagogik, ijtimoiy va tashkiliy shartlar mavjud. Tezisda bu shartlar o'qituvchining malakasi, ta'lim resurslari, o'quvchilarning individual ehtiyojlariga moslashuvchan yondashuvlar va inklyuziv maktab muhiti yaratishni o'z ichiga oladi. Shuningdek, inklyuziv ta'limni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun davlat siyosati, jamiyatdagi ijtimoiy me'yorlar va ota-onalarning faol ishtiroki haqida ham muhokama qilinadi.

Avazova Marg’iyona

97-99

2025-04-09

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR TA‘LIM SOHASIDA

Raqamli texnologiyalar ta'lim sohasida tub o'zgarishlarga sabab bo'lmoqda. Ularning samarali qo'llanilishi o'qitish va o'qish jarayonlarini sezilarli darajada yaxshilashga yordam beradi. Ushbu maqola raqamli texnologiyalarning ta'lim tizimiga ta'sirini, ularning pedagogik usullarni rivojlantirishdagi o'rnini va ta'limda yangi imkoniyatlarni yaratishini ko'rib chiqadi. Zamonaviy raqamli platformalar, interaktiv ta'lim resurslari, virtual va qo'shimcha haqiqat texnologiyalari, shuningdek, sun'iy intellekt va o'quvchilarni moslashtirilgan ta'lim usullari kabi innovatsion vositalar ta'lim jarayonlarini engillashtirishga va o'quvchilarning individual ehtiyojlariga moslashishga yordam beradi. Raqamli texnologiyalarni samarali qo'llash nafaqat o'quvchilarning bilim darajasini oshirish, balki o'qituvchilar uchun ham yangi pedagogik imkoniyatlar yaratadi. Biroq, texnologiyalarning ta'lim sohasiga to'liq kirib kelishi uchun, uning xavfsizligi, shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish va tengsizlikni kamaytirish kabi muammolarni hal qilish zarur.

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li, Sharipov Bekzod Abdujalil o‘g‘li

101-106

2025-03-31

YANGI OʻZBEKISTONDA IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR BILAN OLIB BORILAYOTGAN IJTIMOIY-PEDAGOGIK JARAYONLARNING MAZMUN VA MOHIYATI

yurtimiz ta'lim tizimidagi islohotlar va ularning ahamiyati, inklyuziv ta'limni rivojlantirish masalalari, xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasining ijtimoiy-pedagogik mohiyati tahlil qilingan.

Jumayeva Zohida Muhammadjonovna, Choriyeva Diyora Muhiddinovna , Berdimurodova Maftuna Mengnarovna

78-81

2024-12-16

KLASTERLASH USULINING UZLUKSIZ TA'LIM JARAYONIGA TA'SIRI VA UNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO'LLARI

Mazkur maqolada klasterlash usulining uzluksiz ta'lim jarayoniga ta'siri va uning samaradorligini oshirish yo’llari o’rganilgan. Klaster texnologiyalari ta'lim jarayonida samaradorlikni oshirish, muvofiqlashtirilgan hamkorlikni tashkil etish va ta'lim sifatini yuksaltirishga qaratilgan yondashuv sifatida baholangan. Maqolada klasterlash usulining nazariy asoslari, uning ta'lim jarayonida qo’llanilishi, shuningdek, samaradorlikka erishish uchun innovatsion usullar va strategiyalar tahlil qilinadi.

Achilova Durdona

37-39

2024-11-30

ICHKI ISHLAR XODIMLARINING ZAMONAVIY KASBIY TA'LIM FALSAFASINING ASOSIY YO'NALISHLARI

Maqolada ichki ishlar xodimlarining kasbiy ta'limini tashkil etishning zamonaviy falsafiy yondashuvlari tahlil qilingan. Tadqiqotda kompetensiyaviy, shaxsga yo'naltirilgan, amaliyotga asoslangan va innovatsion ta'lim paradigmalari o'rganilgan. Ichki ishlar sohasidagi ta'lim jarayonining o'ziga xos xususiyatlari va zamonaviy ta'lim texnologiyalarining qo'llanilish imkoniyatlari ko'rib chiqilgan.

Nabiyev Sherzodjon

124-125

2025-08-14

INKLUZIV TA’LIMDA INDIVIDUAL YONDASHUVNING METODOLOGIK ASOSLARI

Ushbu maqolada inkluziv ta'limda individual yondashuvning metodologik asoslari ko‘rib chiqiladi. Maqola o‘quvchilarning turli ehtiyojlarini inobatga olgan holda, ta'lim jarayonini shaxsga moslashtirishning muhimligini ta'kidlaydi. Individual yondashuvning asosiy prinsiplari sifatida o‘quvchilarning individual xususiyatlarini tahlil qilish, differensatsiya qilingan ta'lim va o‘quvchi markazli ta'lim strategiyalarini ko‘rib chiqish bilan birga, baholashning ko‘p jihatli tizimi ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu metodologik yondashuv ta'limda adolatli va teng imkoniyatlarni yaratishga, o‘quvchilarning har biri uchun muvaffaqiyatli o‘qish sharoitlarini ta'minlashga yordam beradi.

Toshpo‘lotova Jasmina Nuriddin qizi

26-29

2025-01-28

TA'LIM MUASSASALARI O'RTASIDAGI KLASTER HAMKORLIK: PEDAGOGIK METODIKALAR VA PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR

Mazkur maqolada ta'lim muassasalari o’rtasida klaster asosida tashkil etilgan hamkorlikning ahamiyati, samaradorligi va uning pedagogik hamda psixologik jihatlari yoritilgan. Klaster hamkorlikning nazariy asoslari, ta'lim jarayonidagi o’rni va uni amalga oshirishda qo’llaniladigan metodikalar va yondashuvlar tahlil qilinadi. Ushbu maqolada klaster hamkorlikning innovatsion pedagogik metodikalari va psixologik asoslari ta'lim tizimining rivojlanishidagi o’rnini mustahkamlashga xizmat qilishi ko’rsatilgan.

Achilova Durdona

144-146

2024-11-30

1 - 25 из 500 результатов 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy