Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

YENGIL AVTOMOBILLAR TEXNIK EKSPLUATATSIYASINI O‘RGANISH VA TAHLIL QILISH

Ushbu tezisda yengil avtomobillarni ekspluatatsiya qilish jarayonlari, bu jarayondagi muhim omillar, ularning samaradorligiga ta’sir etuvchi texnik va tashkiliy jihatlar yoritilgan. Avtomobillarni muntazam texnik xizmat ko‘rsatish, diagnostika, profilaktika va ta’mirlash orqali ularning xizmat muddati, yoqilg‘i tejamkorligi, ekologik xavfsizligi hamda harakatlanish xavfsizligi oshiriladi.

Isroiljon Qo‘chqorov , Sanjar Oqboyev, Faxriyor Qaynarov

113-114

2025-04-29

TEXNIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHDA ONLAYN VA MASOFAVIY O‘QITISH

Ushbu tezisda texnik tafakkurni rivojlantirish jarayonida onlayn va masofaviy o‘qitish texnologiyalarining o‘rni va samaradorligi tahlil qilingan. Tezisda raqamli platformalar, virtual laboratoriyalar, masofaviy treninglar va interaktiv texnologiyalar orqali texnik ko‘nikmalarni shakllantirish va mustahkamlashning innovatsion yondashuvlari o‘rganilgan. Shuningdek, texnik tafakkurni rivojlantirishda o‘quvchilar faoliyatini faollashtirish, motivatsiyasini oshirish va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun onlayn ta’limning metodik jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari texnologiyalar yordamida o‘qitish samaradorligini baholash va texnik ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Naima Rahimova

63-66

2024-12-17

TEXNIK OLIY TА’LIM TАLАBАLАRI UCHUN KOMPYUTER GRАFIKАSINING O‘RNI VА АHАMIYАTI

Kompyuter grаfikаsi texnik oliy tа'limdа, xususаn, muhаndislik, аrxitekturа, informаtikа vа multimediа fаnlаridа o'quv dаsturining muhim tаrkibiy qismigа аylаndi. Ushbu mаqolаdа kompyuter grаfikаsining texnik tа'limdаgi o'rni vа аhаmiyаti o'rgаnilаdi. Bu kompyuter grаfikаsi ijodkorlikni qаndаy rivojlаntirishi, fаzoviy tushunishni yаxshilаshi vа muаmmolаrni hаl qilish ko'nikmаlаrini oshirishi tа'kidlаngаn. Mаqolаdа, shuningdek, texnik tаlаbаlаr uchun murаkkаb mа'lumotlаrni vizuаlizаtsiyа qilish, innovаtsion echimlаrni loyihаlаsh vа dаsturiy tа'minot vа rаqаmli kontentni ishlаb chiqishdа kompyuter grаfikаsi bo'yichа mаlаkа qаnchаlik muhimligi muhokаmа qilinаdi. Bundаn tаshqаri, kompyuter grаfikаsining texnik tа'limgа integrаtsiyаlаshuvi tаlаbаlаrni yuqori dаrаjаdаgi grаfik ko'nikmаlаrni, jumlаdаn, o'yin, virtuаl hаqiqаt, аvtomobil dizаyni vа аerokosmik muhаndislikni tаlаb qilаdigаn sohаlаrdа mаrtаbа uchun tаyyorlаydi. Xulosа texnik tа'limning dolzаrbligi vа sifаtini sаqlаb qolish uchun kompyuter grаfikаsi texnologiyаsining so'nggi yutuqlаrini o'z ichigа olgаn o'quv dаsturlаrini doimiy rаvishdа yаngilаsh muhimligini tа'kidlаydi.

Shаxnozа Nаzаrovа

71-72

2024-08-31

TEXNIK IJODKORLIK FAOLIYATIGA TAYYORLASHNING AMALDAGI HOLATI VA TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI

Maqolada talabalarni texnik ijodkorlik faoliyatiga tayyorlashning amaldagi holati hamda uni takomillashtirish yo‘llari tahlil qilingan. Hozirgi ta’lim tizimida texnik ijodkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muayyan ishlar olib borilayotgan bo‘lsa-da, mavjud sharoit va metodik ta’minot talab darajasida emasligi kuzatiladi. O‘quv jarayonida texnik ijodkorlik faoliyati ko‘pincha nazariy bilimlar bilan cheklanib, amaliy mashg‘ulotlarda to‘liq qo‘llanilmayapti. Shu bois, texnik ijodkorlikka tayyorlashni takomillashtirish uchun o‘quv dasturlariga innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, amaliy tajribaga asoslangan topshiriqlarni ko‘paytirish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish va talabalar motivatsiyasini kuchaytirish zarurligi asoslab berilgan.

Mirjon Sharopov

76-77

2025-09-23

TEXNIK IJODKORLIK VA KONSTRUKSIYALASH FANINING TEXNOLOGIK TA’LIM YO‘NALISHIDA O‘QITILISHINING HOZIRGI HOLATI

Mazkur maqolada texnologik ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun "Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash" fanining o‘qitilishidagi zamonaviy holat, uning asosiy maqsad va vazifalari, amaliyot bilan bog‘liqligi, o‘quv jarayonining texnik va pedagogik ta’minoti, shuningdek mavjud muammolar va istiqbolli takliflar yoritiladi. Maqolada dizayn, ergonomika, patent axboroti, texnik modellashtirish va maktabdan tashqari texnik faoliyatlarni tashkil etish kabi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilgan.

Mahbuba Shoyimova

8-14

2025-06-19

TALABALARNI TEXNIK IJODKORLIK FAOLIYATIGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada talabalarni texnik ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash jarayonining pedagogik va psixologik xususiyatlari yoritilgan. Texnik ijodkorlik talabalar dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash, yangilik yaratish hamda amaliy masalalarni hal etish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, bu jarayon talabalardan yuqori darajadagi intellektual faollik, motivatsiya va ijodiy yondashuvni talab qiladi. Pedagogik nuqtayi nazardan, ta’lim jarayonini texnik ijodkorlik faoliyatiga yo‘naltirishda innovatsion metodlar, o‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi samarali hamkorlik, muammoli vaziyatlar yaratish muhim sanaladi. Psixologik jihatdan esa, talabalarni texnik ijodkorlikka tayyorlashda motivatsiyani shakllantirish, ijodiy fikrlashni qo‘llab-quvvatlash va stress holatlarini boshqarish alohida ahamiyat kasb etadi.

Mirjon Sharopov

139-141

2025-09-23

TALABALARNI AXBOROT TA’LIM MUHITIDA TEXNIK IJODKORLIK FAOLIYATIGA TAYYORLASH – PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA

Mazkur maqolada talabalarni axborot ta’lim muhitida texnik ijodkorlik faoliyatiga tayyorlashning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim jarayoniga keng kirib kelishi texnik ijodkorlikni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni yuzaga keltirmoqda. Shu bilan birga, texnik ijodkorlik faoliyati o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, yangilik yaratish, muammolarni hal etish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Biroq talabalarni texnik ijodkorlikka tayyorlashda pedagogik yondashuvlarning yetarlicha takomillashmaganligi, metodik ta’minot va motivatsiyaning sustligi kabi muammolar mavjud. Maqolada ushbu jarayonni samarali tashkil etish yo‘llari, o‘qituvchining roli va ta’limning innovatsion texnologiyalari ahamiyati yoritib berilgan.

Mirjon Sharopov

126-128

2025-09-23

ELEKTRON TA’LIM PLATFORMALARIDA KROS-PLATFORMA TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASHNING PEDAGOGIK VA TEXNIK AFZALLIKLARI

Ushbu maqolada elektron ta’lim platformalarida kros-platforma texnologiyalarini qo‘llashning pedagogik va texnik afzalliklari tahlil qilinadi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, yagona kod bazasi asosida turli operatsion tizim va qurilmalarda ishlaydigan platformalarni yaratish ta’lim jarayonining uzluksizligini va foydalanuvchilar uchun qulay muhitni ta’minlaydi. Pedagogik jihatdan, kros-platforma platformalar o‘quvchilarning faolligini oshirish, individual ta’lim trayektoriyalarini shakllantirish va interaktiv ta’lim elementlarini joriy etish imkonini beradi. Texnik nuqtayi nazardan esa ularni ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va texnik qo‘llab-quvvatlash jarayonlari soddalashtiriladi hamda moliyaviy resurslar tejalanadi. Shuningdek, kros-platforma texnologiyalari masofaviy va aralash ta’lim shakllarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Sadoqat Normurodova , Fayzulla Abdurazzoqov

102-105

2025-12-29

SINXRON TARJIMA TEXNIK , PSIXOLOGIK VA VAQT MUAMMOLARI: ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA YECHIMLAR

Sinxron tarjima jarayonida texnik, psixologik va vaqt bilan bog'liq muammolar tarjimonlarning samaradorligini pasaytiradi. Texnik cheklovlar, jumladan, tizim xatoliklari va audio-visual uzilishlar, tarjimonlarning ishini murakkablashtiradi. Shuningdek, tarjimonlar stress va muloqotda yuzaga keladigan tezlikni boshqarishdagi qiyinchiliklarni ham sezadilar. Zamonaviy texnologiyalar, masalan, sun'iy intellekt va real vaqt rejimida tarjima tizimlari, bu muammolarni kamaytirishga yordam beradi. Ushbu texnologiyalar tarjimonlarning yukini yengillashtiradi va ular uchun samarali vaqtni boshqarish imkonini yaratadi. Tadqiqotda sinxron tarjimada texnik va psixologik qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun zamonaviy yechimlar tahlil qilinadi.

Umida Rajabova

130-135

2025-05-19

THE ROLE OF CREATIVITY IN DEVELOPING THE TECHNICAL THINKING OF STUDENTS

The article is dedicated to the analysis of the results of creativity based on the development of technical thinking. The research focuses on the products and products that students encounter when observing the appearance of creative thinking in students of technical sciences and schoolchildren. The authors of the article consider the ability to standardize curricula, focus on improving creative development in education, and address the lack of effective ways to increase creativity. In the article, the development of possible strategies and ideas for the establishment of creativity-encouraging subjects in the construction of production and teaching of technical tools. It provides a perspective on teaching analysis thinking and providing personalized learning practices to enhance student creativity in technology.

Baxtiyor Imanov, Baxtiniso Jo’rayeva

121-126

2024-11-18

SINXRON TARJIMA TEXNIK , PSIXOLOGIK VA VAQT MUAMMOLARI: ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA YECHIMLAR

Sinxron tarjima jarayonida texnik, psixologik va vaqt bilan bog'liq muammolar tarjimonlarning samaradorligini pasaytiradi. Texnik cheklovlar, jumladan, tizim xatoliklari va audio-visual uzilishlar, tarjimonlarning ishini murakkablashtiradi. Shuningdek, tarjimonlar stress va muloqotda yuzaga keladigan tezlikni boshqarishdagi qiyinchiliklarni ham sezadilar. Zamonaviy texnologiyalar, masalan, sun'iy intellekt va real vaqt rejimida tarjima tizimlari, bu muammolarni kamaytirishga yordam beradi. Ushbu texnologiyalar tarjimonlarning yukini yengillashtiradi va ular uchun samarali vaqtni boshqarish imkonini yaratadi. Tadqiqotda sinxron tarjimada texnik va psixologik qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun zamonaviy yechimlar tahlil qilinadi.

Laziz Ochilov , Otabek Qurbonaliyev

122-127

2025-05-27

FORTEPIANO IJROCHILARI TEXNIKASINI OSHIRISHDA FREDERIK SHOPEN ASARLARINING AHAMIYATI

Frederik Shopenning asarlari fortepiano ijrochiligi texnikasini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Shopenning ijodi nafislik, ifodaviylik va texnik murakkablik bilan ajralib turadi. Uning etyud, noktyurnlar, mazurkalar, polonezlar, balladalar, skertsolar va prelyudlari ijrochilardan yuqori darajadagi barmoq chaqqonligini, musiqiy sezgirlikni va texnik nazoratni talab qiladi. Bu asarlar ijrochilarning texnik mahoratini oshiradi va ularga musiqiy ifodani chuqurroq ochib berishga yordam beradi. Shopenning asarlari nafaqat texnik jihatdan murakkab, balki ifodaviy jihatdan ham boy bo‘lib, fortepiano ijrochiligi uchun bebaho manba hisoblanadi. Maqolada, Frederik Shopen asarlarining fortepiano ijrochilari texnikasini oshirishda ahamiyati haqida so’z yuritdik.

Abdullaxon Xafizxonov

15-17

2024-06-24

TALABALARNING TEXNIK IJODKORLIGI KASBIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqolada talabalarni auditoriyadan tashqari mustaqil ta’lim jarayonida ularda texnik ijodkorlikni rivojlantirishi yoritib berilgan. Texnik ijodkorlik rivojlantirish ahamiyati, bo’lajak bitiruvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat.

Nafisa Murodova

39-41

2023-09-30

MUTAXASSISLIK FANLARINI O`QITISHDA TALABALARNING TEXNIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI

Mazkur maqolada talabalarga mutaxassisliklar fanlarini o'qitish jarayonida talabalarda texnik tafakkurni shakllantirishningilmiy-nazariy asoslari haqida fikr-mulohazalar yuritiladi. Shuningdek, texnik tafakkur xususiyatlarini shakllantirish, o'quv darsining tuzilishi tahlil qilinadi. Talabalarning aqliy faoliyatini faollashtirish, vazifa ustida mustaqil ishlash jarayonida va talabalar tomonidan uni hal qilish usullari ko'rsatilgan. Uslubiy metodlardan foydalangan holda texnik tafakkurni shakllantirish asoslari keltirilgan. Talabalarning aqliy faoliyatini faollashtirishga olib keladigan pedagogik metodlarni tahlil qilinadi.

Naima Rahimova

138-141

2024-06-24

TEXNIK MEXANIKA FANINI O‘QITISHNING METODIK TIZIMINI QURISH METODIKASI

Ushbu maqolada texnik mexanika fanini o‘qitishda metodik tizimni qurish jarayonida integrativ yondashuvlarning ilmiy-metodologik asoslari tahlil qilinadi. Integratsiya tamoyillarining mazmuni ochib berilib, o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Metodik tizimning didaktik asoslari va texnik fanlarni o‘qitish jarayonidagi o‘zaro bog‘liqlik masalalari batafsil tahlil qilinib, bo‘lajak muhandislarni kasbiy tayyorgarlikka yo‘naltirishda integrativ yondashuvlarning o‘rni va ahamiyati asoslanadi.

Abbos Xujamov

102-104

2025-07-30

QURILISH SOHASIDA ME’YORIY HUJJATLAR: GAZ TA’MINOTI TIZIMLARIDA XAVFSIZLIKNI OSHIRISH SHNQ (SHAHARSOZLIK NORMALARI VA QOIDALARI) VA TEXNIK REGLAMENTLARNI TAQQOSLASH

Gaz ta’minoti tizimlari va qurilish jarayonida xavfsizlik va sifatni ta’minlashning asosiy vositasi – me’yoriy hujjatlardir. Ilgari O‘zbekiston Respublikasi qurilish va gaz ta’minotida SHNQ (Standartlar, Normativlar va Qo‘llanmalar) tizimi ishlatilgan bo‘lsa, so‘nggi yillarda ushbu tizim texnik reglamentlar bilan bosqichma-bosqich almashtirilmoqda.[1] Texnik reglamentlar SHNQlarga nisbatan xavfsizlik, standartlashuv va xalqaro moslashuvni oshiradi. Shu tezisda SHNQlar va texnik reglamentlar o‘rtasidagi farqlar, o‘tish sabablari, qurilish va gaz ta’minotiga ta’siri batafsil yoritiladi[5].

Ravshanbek Abdumalikov

79-82

2026-01-06

TEXNIK TIZIMLARDA VIZUALIZATSIYA ORQALI QAROR QABUL QILISH KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH

Tezis texnik tizimlarda qaror qabul qilish jarayonida vizualizatsiya vositalarining ahamiyatini ilmiy nuqtai nazardan tahlil qiladi. Tezisda vizual axborot texnologiyalari va interaktiv grafik vositalar yordamida murakkab texnik tizimlar bo‘yicha qaror qabul qilish kompetensiyalarini rivojlantirishning metodologik asoslari yoritilgan. Shuningdek, tezisda vizualizatsiya jarayonining o‘quvchi yoki mutaxassisning qaror qabul qilish qobiliyatini shakllantirish va optimallashtirishga ta’siri ilmiy asosda ko‘rsatiladi. Tadqiqot natijalari texnik tizimlarda ma’lumotlarni vizual tarzda taqdim etish orqali analitik fikrlash, strategik qaror qabul qilish va tizimli yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Shahnoza Nazarova

34-39

2025-10-20

IMPROVING METHODS FOR ASSESSING THE TECHNICAL CONDITION OF BUILDINGS AND STRUCTURES

The assessment of the technical condition of buildings and structures plays a crucial role in ensuring their structural safety, reliability, and long-term operation. This study examines key aspects that should be considered in the evaluation process of construction facilities, with particular emphasis on the regularity of technical inspections, the application of modern diagnostic methods, and compliance with regulatory and normative requirements. The research analyzes visual inspection, instrumental diagnostics, and documentation-based assessment methods, highlighting their advantages and limitations. Existing challenges in the current assessment practice are identified, and practical recommendations aimed at improving the accuracy and effectiveness of technical condition evaluations are proposed. The implementation of advanced assessment approaches contributes to enhancing operational safety and extending the service life of buildings and structures

Umid Rajabov

27-30

2026-02-04

GENTRA AVTOMOBILLARI UCHUN SHASSI QISMLARINING TEXNIK TALABLARINI ISHLAB CHIQISH

Mazkur maqolada Gentra avtomobilining shassi qismlariga qo‘yiladigan texnik talablarni ishlab chiqish bo‘yicha kompleks yondashuv bayon etilgan. Mualliflar tomonidan shassi tizimining asosiy tarkibiy qismlari o‘rganilib, ularning mexanik yuklamalarga, ekspluatatsion sharoitlarga va ishlab chiqarish texnologiyalariga bog‘liq holda texnik talablar shakllantirilgan. Talablar materiallar tanlovi, mexanik mustahkamlik, chidamlilik, xavfsizlik va servisga yaroqlilik mezonlariga asoslanadi.

Elyorbek Qurbonaliyev, M. Botirov

20-21

2025-06-13

TALABALARNI AXBOROT TA’LIM MUHITIDA TEXNIK IJODKORLIK FAOLIYATIGA TAYYORLASH MAZMUNI

Ushbu maqolada talabalarni axborot ta’lim muhitida texnik ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash mazmuni yoritilgan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida shakllanayotgan ta’lim muhiti talabalar bilimini chuqurlashtirish, texnik tafakkurni rivojlantirish va ijodiy yondashuvni shakllantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Texnik ijodkorlik faoliyati mazmuni, avvalo, nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, muammoli vaziyatlar orqali mustaqil yechim topishga o‘rgatish, innovatsion loyihalar va dasturiy mahsulotlarni yaratishga yo‘naltirishdan iboratdir. Shuningdek, talabalarda intellektual salohiyatni oshirish, kreativ fikrlashni rivojlantirish va axborot resurslaridan samarali foydalanish mazkur jarayonning tarkibiy qismlari sifatida ko‘rib chiqiladi.

Mirjon Sharopov

85-87

2025-09-23

MUTАXАSSISLIK FАNLАRI О‘QTISHDА TАLАBАLАRNING TEXNIK TАFАKKURINI RIVОJLАNTIRISH, METОDIK О‘QUV QО‘LLАNMАSINI YАRАTISHNING MОHIYАTI

Ushbu mаqоlаdа mutаxаssislik fаnlаrini о‘qitishdа tаlаbаlаrning texnik tаfаkkurini rivоjlаntirish zаrurаti vа bu yо‘nаlishdа metоdik о‘quv qо‘llаnmа yаrаtishning nаzаriy vа аmаliy аsоslаri yоritilgаn. Texnik tаfаkkurning mоhiyаti, uning tаrkibiy qismlаri vа tа’lim jаrаyоnidаgi о‘rni chuqur tаhlil qilinаdi. Shuningdek, metоdik qо‘llаnmаning tаrkibi, undаgi tоpshiriq vа mаshg‘ulоtlаr turlаri, о‘qitish metоdlаri, kutilyоtgаn nаtijаlаr hаqidа bаtаfsil mа’lumоt berilаdi. Mаqоlа texnik tа’lim sifаtini оshirishgа qаrаtilgаn sаmаrаli uslubiy yechimlаrni tаklif etаdi.

Nаimа Rаhimоvа

78-81

2025-06-10

KSILOFON CHOLG‘U IJROCHILIGIDA TEXNIK MAHORATNI RIVOJLANTIRISH USULLARI

Ushbu maqolada ksilofon cholg‘u ijrochiligida texnik mahoratni shakllantirish va rivojlantirishga doir muhim jihatlar yoritilgan. Xususan, ksilofon ijrosida qo‘l harakatlari muvozanatini ta’minlash, baraban tayoqchalarini to‘g‘ri ushlab, turli tezlik va dinamikadagi mashqlarni bajarish orqali texnik ko‘nikmalarni mustahkamlash usullari tahlil etilgan. Shuningdek, ijro texnikasini rivojlantirishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion metodlar va individuallashtirilgan mashg‘ulotlarning ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari musiqiy maktab va kollejlaridagi zarbli cholg‘ular bo‘yicha ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Temur Samatov

87-90

2025-05-26

ANGREN KO‘MIR KONIDA LENTALI KONVEYERLARNING KONSTRUKTIV TUZILISHI VA TEXNIK SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI

Ushbu maqolada Angren ko‘mir konida qo‘llaniladigan lentali konveyerlarning konstruktiv tuzilishi, ularning texnik xizmat ko‘rsatish tizimi, diagnostika usullari hamda energiya samaradorligini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Konveyerlarning asosiy elementlari — lenta, roliklar, yuritma, taranglagich va tozalash moslamalarining ishlash prinsipi tahlil qilinadi. Shuningdek, texnik holatni nazorat qilishda zamonaviy diagnostika vositalarining afzalliklari va kon sharoitlariga moslashtirish yo‘llari yoritilgan. Hisob-kitoblar asosida konveyerning unumdorligi, yuklama ta’siri, quvvat sarfi hamda ishonchlilik ko‘rsatkichlari aniqlangan.

Nusrotullo Ziyadov , Feruza Ahmadova

88-89

2025-10-27

TEXNIKA OLIY O‘QUV YURTLARIDA TA'LIMNING SIFATI VA TARBIYAVIY AHAMIYATINI OSHIRISHGA YOʻNALTIRILGAN IMITATSION-VARIATIVLIK ASOSIDAGI TA'LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Jahonda ta’lim investitsiyasiga e’tibor kuchayib, texnika oliy o‘quv yurtlarida sifatli oliy texnik ta’limni takomillashtirish yuzasidan qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Xorij tajribasiga nazar solsak, ta’lim sohasidagi islohotlar aynan texnika oliy o‘quv yurtlarining texnologik-pedagogik zamonaviy o‘quv materiallarini imitatsion-variativlik asosida amalga oshirish orqali sifatli ta’lim amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan interventsion texnik ta’lim tadqiqotini taqdim etadi. Imitatsion-variativlik pedagogikasi asosan texnika oliy ta’lim sohasidagi bo‘lajak kadrlarni tayyorlash va ishlab chiqarishini rivojlantirish uchun matnlarning ichki tuzilishini tahlil qilishni o‘qitishdan iboratdir. Asosiy e’tibor texnik matnlarni pedagogik texnologiyalar yordamida tushunish hamda sinergetik, germenevtik va  praksiologik yondashuv orqali o‘quv materiallarini imitatsion-variativlik va vizual-amaliy yo‘nalganlik imkoniyatlarini kengaytirish vositasida talabalarning texnik oqilonalik orqali texnika tilini bilish, o‘quv materiallarini imitatsion-variativlik asosida o‘qitishni takomillashtirish texnologiyalarini mazmun mohiyati va texnika ta’limidagi ahamiyatini talabalar ongida shakllantirishga qaratilgan.

Jamshidbek Obidov

114-119

2025-06-10

MUHANDISLIK VA TEXNIKA YO‘NALISHI BO‘YICHA INGLIZ TILIDA TERMINOLOGIK KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISH METODLARI.

Zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarining globallashuvi, texnik hujjatlar, standartlar va xorijiy texnologiyalarning keng joriy etilishi texnik mutaxassislarning ingliz tilidagi termin va kasbiy leksikani chuqur bilishini talab etadi. Maqolada muhandislik terminologiyasini o‘rgatishda CLIL, leksik yondashuv, problemaga yo‘naltirilgan ta’lim, loyiha asosida o‘qitish, multimodal resurslardan foydalanish hamda semantik xaritalar texnologiyalarining o‘quvchilar kompetensiyasiga ta’siri nazariy va amaliy misollar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, texnikum sharoitida terminologik lug‘at boyligini oshirish uchun moslashtirilgan topshiriq turlari, modulli o‘qitish elementlari va real ishlab chiqarish muhitiga yaqinlashtirilgan o‘quv materiallari taklif etilgan. Tadqiqot natijalari mazkur metodlarning talabalarda kasbiy ingliz tilini samarali o‘zlashtirish, texnik matnlarni tahlil qilish va kasbiy muloqot olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam berishini ko‘rsatadi.

Dilfuzaxon Rejapova

137-140

2025-11-30

1 - 25 of 500 items 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy