Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

MAHALLIY ORGANIK OʻGʻITLARNING TUPROQ UNUMDORLIGI VA OʻSIMLIK HOSILDORLIGIGA TAʼSIRI

Ushbu maqolada hozirgi kunda tuproq unumdorligi va oʻsimlik hosildorligiga mahalliy organik oʻgʻitlarning ta’siri haqida ma’lumotlar yoritib berilgan.

Ergasheva Gulshan Safarovna, Shomurotova Sarvinoz Ilxom qizi, Karimova Mohichehra Abduraimovna, Boyto’rayeva Ziyoda Shuhrat qizi

839-842

2021-12-31

CHO‘L HUDUDLARI QUM DISPERSLARINI KO‘PFUNKSIONAL TARKIBLI STRUKTURANTLAR YORDAMIDA MUSTAHKAMLASH

Hozirgi kunda siljuvchan tuzli tuproq-qum dispersiyalarini kuchli shamol ta’sirida ko‘chishi va ko‘chish natijasida tuzli tuproq-qum dispers zarrachalarining uzoq masofalarga tarqalib yer unumdorligi, hayvonot olami va inson salomatligiga katta ta’sir ko‘rsatib, Markaziy Osiyo respublikalari ekologik vaziyatini nihoyatda yomonlashishiga olib kelayotgan jiddiy sabablardan biri bo‘lib hisoblanadi. Ushbu vaziyatni oldini olish yo‘li – yangi mustaxkamlovchi reagent qo‘shilmalar va ular kompoziyalari yordamida tuproq-qum dispersiyalarini kimyoviy mustaxkamlash orqali strukturlangan yuza qatlami hosil qilish asosida respublika ekologik muammolarni xal etishdan iboratdir.

Sh.A. Kuldasheva, G.M Karimova, M. Boboqulova, A.G‘. Usmonova, G.R. Nortojieva

161-163

2022-10-13

PEDAGOG KADRLARNING ISH UNUMDORLIGINI OSHIRISHDA MOTIVATSION YONDASHUVNING NAZARIY ASOSLARI

Ushbu maqolada pedagog kadrlarning ish unumdorligini oshirishda motivatsion yondashuvning nazariy asoslari keng yoritiladi. Ta’lim tizimida inson kapitaliga sarmoya kiritish, o‘qituvchi shaxsini rivojlantirish va kasbiy faoliyatni rag‘batlantirish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangani bois, mehnat samaradorligini oshirishning psixologik-pedagogik mexanizmlarini chuqur o‘rganish zarurati paydo bo‘lmoqda. Maqolada motivatsiya tushunchasining mazmuni, uning pedagogik faoliyat bilan bog‘liq xususiyatlari, O‘zbekiston ta’lim tizimi sharoitida ichki va tashqi motivlarning o‘zaro ta’siri tahlil qilinadi. A. Maslou, F. Gersberg, V. Vrum, J. Adams kabi motivatsiya nazariyalari g‘oyalari pedagogik boshqaruv kontekstida qayta talqin qilinib, rahbarlar uchun ta’lim muassasasida samarali motivatsion muhit yaratish bo‘yicha nazariy asoslangan xulosalar beriladi. Muallif motivatsion yondashuv faqat moddiy rag‘batlantirish bilan cheklanmasdan, o‘qituvchining kasbiy o‘sishga, ijodkorlikka va ijtimoiy e’tirofga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilganda ish unumdorligi barqaror ravishda oshishini ta’kidlaydi

Ilhomjon Asqarov

23-28

2025-10-31

OZIQ-OVQAT MUAMMOLARINI HAL ETISH MASALALARIDA LANDSHAFT OMILINING O‘RNI VA AHAMIYATINI O‘RGANISH

Ushbu tezisda oziq-ovqat muammolarini hal etishda landshaft omilining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Xususan, landshaftning iqlim, tuproq unumdorligi va suv resurslariga ta’siri hamda bu omillarni oziq-ovqat ishlab chiqarishda muvaffaqiyatli qo‘llash yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda qishloq xo‘jaligi faoliyatida landshaft tahlilining ahamiyati va ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi roli asosiy masalalardan biri sifatida ko‘rsatilgan. Shuningdek, landshaftni to‘g‘ri boshqarish orqali qishloq xo‘jaligi resurslarining samaradorligini oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash yo‘llari o‘rganiladi.

Javohir Umarov

54-56

2024-10-14

O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNING IQTISODIY SAMARADORLIKKA TA’SIRINI STATISTIK TAHLILI

Mazkur maqolada O‘zbekistonda raqamli texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri statistik tahlil asosida o‘rganiladi. Tadqiqotda sanoat, xizmat ko‘rsatish va moliya sektorlarida raqamli texnologiyalardan foydalanish darajasi bilan mehnat unumdorligi, ishlab chiqarish hajmi hamda rentabellik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilinadi. Ma’lumotlar bazasi sifatida rasmiy statistika materiallari va tarmoqlar kesimidagi dinamik qatorlar asosida iqtisodiy-statistik modellar quriladi. Shuningdek, raqamli transformatsiya jarayonining hududiy xususiyatlari hamda uning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri omillar kesimida baholanadi. Tadqiqot natijalari raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha davlat siyosatini takomillashtirish hamda iqtisodiy samaradorlikni oshirishga qaratilgan strategik qarorlarni ishlab chiqishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi

Farrux Meyliyev

95-98

2026-01-28

FAOLIYAT XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASHNING ERGONOMIK KOʻRSATKICHLARINI OʻRGANISH

Maqolada faoliyat xavfsizligini taʼminlashda ergonomik koʻrsatkichlarning ahamiyati va ularning ish unumdorligi, xodim salomatligi hamda ish jarayonining xavfsizligiga taʼsiri tahlil qilinadi. Ergonomika tushunchasi, antropometrik, fiziologik, psixologik va mikroiqlim koʻrsatkichlari bilan bogʻliq asosiy tamoyillar koʻrib chiqiladi. Ish joyi va jihozlarning ergonomik jihatdan mosligini baholash usullari, shuningdek, xavfsiz va qulay ish muhiti yaratish boʻyicha tavsiyalar taqdim etiladi. Ergonomik yondashuvning faoliyat samaradorligi va xodimning ruhiy-jismoniy farovonligini oshirishdagi oʻrni alohida urgʻulanadi.

Asadillo Murodilov

69-73

2025-12-12

SUN’IY INTELLEKTNING MEHNAT BOZORI TRANSFORMATSIYASIDAGI ROLI VA SAMARADORLIK TAHLILI

Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining mehnat bozori transformatsiyasiga ta’siri va iqtisodiy samaradorlikka ta’sir mexanizmlari tizimli ravishda o‘rganiladi. Tadqiqot jarayonida iqtisodiy-statistik tahlil, qiyosiy taqqoslash va regression modellashtirish usullaridan foydalanildi. Xalqaro ma’lumotlar bazalari, jumladan World Bank, International Labour Organization hamda OECD ma’lumotlari asosida sun’iy intellekt joriy etilgan tarmoqlarda mehnat unumdorligi va bandlik dinamikasi tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, sun’iy intellekt ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi, biroq past malakali ish o‘rinlari qisqarishiga olib keladi.

Erkin To’rayev, Dilnoza Rustamova, Nodira Jo'rayeva, Sevinch Sattarova, Sevinch Ibrohimova

9-13

2026-03-23

PEDAGOG KADRLARNING ISH UNUMDORLIGINI OSHIRISHDA MOTIVATSION YONDASHUVNING NAZARIY ASOSLARI

Ushbu maqolada pedagog kadrlarning ish unumdorligini oshirishda motivatsion yondashuvning nazariy asoslari keng yoritiladi. Ta’lim tizimida inson kapitaliga sarmoya kiritish, o‘qituvchi shaxsini rivojlantirish va kasbiy faoliyatni rag‘batlantirish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangani bois, mehnat samaradorligini oshirishning psixologik-pedagogik mexanizmlarini chuqur o‘rganish zarurati paydo bo‘lmoqda. Maqolada motivatsiya tushunchasining mazmuni, uning pedagogik faoliyat bilan bog‘liq xususiyatlari, O‘zbekiston ta’lim tizimi sharoitida ichki va tashqi motivlarning o‘zaro ta’siri tahlil qilinadi. A. Maslou, F. Gersberg, V. Vrum, J. Adams kabi motivatsiya nazariyalari g‘oyalari pedagogik boshqaruv kontekstida qayta talqin qilinib, rahbarlar uchun ta’lim muassasasida samarali motivatsion muhit yaratish bo‘yicha nazariy asoslangan xulosalar beriladi. Muallif motivatsion yondashuv faqat moddiy rag‘batlantirish bilan cheklanmasdan, o‘qituvchining kasbiy o‘sishga, ijodkorlikka va ijtimoiy e’tirofga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilganda ish unumdorligi barqaror ravishda oshishini ta’kidlaydi.

Ilhomjon Asqarov

80-85

2025-10-31

ASOSIY ISHLAB CHIQARISH MABLAG‘LARIDA SAMARALI FOYDALANISHNING ASOSIY KO‘RSATKICHLARI VA ANIQLASH USLUBIYATI

Ushbu maqolada ishlab chiqarish mablag‘larining samarali ishlatilishini baholashning asosiy ko‘rsatkichlari va ularni aniqlash usullari tahlil qilinadi. Moliyaviy va texnik indikatorlar: ishlab chiqarish xarajatlari, mehnat unumdorligi, aktivlardan foydalanish darajasi, resurslar tejamkorligi va rentabellik asosiy baholash mezonlari sifatida belgilangan. O‘zbekistonning yirik korxonalari (kimyo, oziq-ovqat va mashinasozlik sohalari) ma’lumotlari asosida 2020–2023 yillarda samaradorlik ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, ishlab chiqarish resurslaridan optimal foydalanish yo‘llari aniqlangan. Tadqiqot natijalari korxonalarda resurslarni oqilona taqsimlash, ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish va rentabellikni oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beradi.

Alijon Xayitov

62-65

2025-11-17

EKOLOGIK TOZA TUPROQLARNI SHAKLLANTIRISHDA BIOGUMUSNING AGROEKOLOGIK MEXANIZMLARI VA BARQAROR UNUMDORLIKKA TA’SIRI

Ushbu maqolada maxsus tayyorlangan biogumuslarning tuproq unumdorligi va hosildorligiga ta'siri o'rganiladi. O'simliklar va mikroorganizmlar kabi tabiiy manbalardan olingan biogumuslar tuproq tuzilishini yaxshilaydigan, namlikni ushlab turishni yaxshilaydigan va ozuqa moddalarining mavjudligini rag'batlantiradigan ekologik toza tuproq o'zgarishlari sifatida e'tiborni tortmoqda. Maqolada biogumuslarning barqaror qishloq xo'jaligidagi roliga e'tibor qaratib, ularning tuproq salomatligini yaxshilash va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ko'paytirish, oziq-ovqat xavfsizligi va ekologik barqarorlikka hissa qo'shish imkoniyatlari haqida tushunchalar berilgan.

Sarvarbek Bekberganov

4-8

2026-01-08

MEHNAT UNUMDORLIGINI OSHIRISHDA INTELLEKTUAL BOSHQARUV YONDASHUVLARI

Mehnat unumdorligi korxona faoliyati samaradorligini belgilashda asosiy mezon bo‘lib, ishlab chiqarish hajmi va sifatini oshirishga bevosita ta’sir qiluvchi asosiy ko‘rsatkichlardan hisoblanadi. Global iqtisodiyot sharoitida raqobatning kuchayib borishi va resurslarning cheklanganligi sharoitida samaradorlikni oshirish masalasi muhim strategik ahamiyatga ega. Shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, intellektual boshqaruv mexanizmlari va uslublari mehnat unumdorligini oshirish hamda uni optimal darajaga yetkazishda asosiy vosita sifatida qaraladi.

Madina Nazarova

33-35

2026-01-31

CHET EL INVESTITSIYALARI VA INFRATUZILMA LOYIHALARINING HUDUDIY IQTISODIY RIVOJLANISHDAGI O‘RNI: QASHQADARYO VILOYATI MISOLIDA

Ushbu tezis O‘zbekistonning Qashqadaryo viloyati misolida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar (TTXI) va infratuzilma rivojlanishining hududiy iqtisodiy o‘sishga ta’sirini o‘rganadi. Mamlakat iqtisodiy liberallashtirish siyosatini jadallashtirayotgan bir paytda, xorijiy kapitalni jalb etish va zamonaviy infratuzilmalarni barpo etish mintaqaviy raqobatbardoshlikni oshirish va iqtisodiy tengsizlikni kamaytirishning asosiy vositalariga aylangan. Statistik tahlil va sifatli (intervyu, kuzatuv) yondashuvlar orqali olib borilgan ushbu tezis TTXI oqimlarining tarmoqlar bo‘yicha taqsimoti, infratuzilma yutuqlari va ularning sanoat unumdorligi, bandlik va hududiy tenglikka ta’sirini baholaydi.

Oybek Valiyev , Jonibek Umrzoqov

119-123

2025-06-18

MILLIY IQTISODIYOTNING MUSTAQIL TARMOG`I SIFATIDA QURILISHNING SHAKLLANISHI VA TEXNIK-IQTISODIY XUSUSIYATLARI

Maqolada qurilishning milliy iqtisodiyotdagi mustaqil tarmoq sifatida shakllanishi, uning iqtisodiy ahamiyati hamda texnik-iqtisodiy xususiyatlari yoritiladi. Shuningdek, sohaning modernizatsiya jarayonlari va iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni tahlil qilinadi.

Sharifa Rasulova, Hilola Ahmatova

23-25

2025-12-12

Ilm-fan ta'limi, ta'lim tizimining muammolari va istiqbollar

Ushbu maqolada inson kapitalining milliy iqtisodiyotdagi o‘rni va uning raqobatbardoshlikni oshirishdagi ahamiyati yoritilgan. Inson kapitali tarkibi ta’lim, salomatlik, malaka va raqamli ko‘nikmalar kabi jihatlardan iborat bo‘lib, ularning rivoji iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydi. Ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, tibbiyot xizmatlarini yaxshilash va texnologik savodxonlikni oshirish inson kapitalini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari sifatida ko‘rsatilgan. Innovatsion iqtisodiy modelga o‘tish va ishchi kuchini global talablar asosida moslashtirish orqali iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy barqarorlikka erishish mumkinligi ta’kidlangan. Mazkur maqola inson kapitalini rivojlantirishning milliy iqtisodiyot uchun strategik ahamiyatini ko‘rsatadi.

Zebiniso Saidova

9-13

2025-01-02

BOSHQARUV XODIMLARI QOBILYATLARIDAN FOYDALANISHNI TASHKIL ETISH VA RAG’BATLANTIRISH

Mazkur ilmiy tezisda boshqaruv xodimlarining qobiliyatlaridan samarali foydalanishni tashkil etish hamda ularni rag‘batlantirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Tadqiqot davomida zamonaviy boshqaruv nazariyalari, inson resurslarini boshqarish konsepsiyalari va motivatsiya mexanizmlarining samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, boshqaruv xodimlari salohiyatidan foydalanishda tashkiliy yondashuvlar va rag‘batlantirish tizimlarining iqtisodiy natijalarga ta’siri faktik ma’lumotlar asosida asoslab beriladi.

Ayubxon Qutbiddinov

30-34

2026-03-23

BIOGAZ QURILMASINI ISHONCHLI ISHLASHIDA FIZIK HODISALAR

Biogaz texnologiyasi zamonaviy qayta tiklanadigan energiya manbalaridan biri sifatida keng qo'llanilmoqda. Biogaz qurilmalarining ishonchli va samarali ishlashi ko'plab fizik hodisalar va jarayonlarning o'zaro ta'siriga bog'liq. Ushbu maqolada biogaz ishlab chiqarish jarayonida sodir bo'ladigan asosiy fizik hodisalar - issiqlik almashinuvi, massa uzatilishi, gazlarning diffuziyasi, hidravlik jarayonlar va termodinamik o'zgarishlar tahlil etilgan. Tadqiqot natijalarida harorat rejimi, pH darajasi, substratning fizik-kimyoviy xossalari va aralashtirishning biogaz unumdorligi va qurilma ishonchliligi uchun muhim ahamiyat kasb etishi ko'rsatilgan. Biogaz qurilmalarida yuzaga keladigan fizik jarayonlarni to'g'ri tushunish va boshqarish ularning samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkoniyatini beradi.

Munis Karabayeva

37-39

2025-08-31

CHIGITNI SAMARALI LINTERLASH TEXNOLOGIYASI TAHLILI

Tolasi tо‘liq ajratilgan chigitlarni tozalash texnologik jarayondagi uskunalarning ish unumdorligi, mahsulot sifatini oshirish masalasi bо‘yicha tadqiqotchilar tomonidan tahlillar olib borilgan bо‘lsada, lekin bu masala tо‘laligicha о‘z yechimini topmagan. Ma’lumki linterlash jarayonidan keyin momiq tarkibida iflos aralashmalar miqdori kо‘p bо‘lib, undan olinadigan mahsulotlarning sifatini pasaytirishga olib keladi. Momiq tozalash jarayonini amalga oshirish murakkab va tozalash samaradorligi past ekanligini hisobga olib, linterlash jarayonidan oldin chigitni tozalash orqali ishlab chiqarilayotgan momiq tarkibidagi iflos aralashmalar miqdorini kamaytirish mumkin. Jinlash jarayonidan keyin chigitni tozalash bо‘yicha yetarlicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmagan yoki e’tiborga olinmagan jihatlar mavjud.

Islom Jo‘raboyev

165-166

2024-05-30

IMPROVING HR ACTIVITIES BASED ON CORPORATE PROJECT MANAGEMENT

This scientific article examines the issues of improving human resource management (HR) activities based on corporate project management approaches. In the course of the research, the modern transformation of HR activities, the strategic importance of corporate projects, and the integration of project management tools into the HR system were analyzed from both theoretical and practical perspectives. According to the research findings, it is substantiated that managing HR processes on a project-based basis enhances organizational efficiency, employee productivity, and strategic adaptability.

Bahodir Alimov , Gulmira Adiliva

6-13

2026-01-05

LOVIYA BIOLOGIYASI VA EKISH MEYYORI

Markaziy Osiyo aholisi loviyani juda qadimdan oziq-ovqat uchun ishlatib kelgan. Loviya suyuq, ovqatlarga mastava, go’ja, ugra oshlarga ishlatiladi. Loviya solinib butqa va shirin kulchalar tayyorlanadi. Loviya donidan un tayyorlab javdar yoki bugdoy uniga qo’shib non tayyorlash mumkin. Toza pishib yetilmagan dukkaklardan konserva sanoati foydalanadi. Loviya juda kaloriyali oziq-ovqat maxsuloti xisoblanadi, 1 kg loviya urug’ida 3300 kaloriya bor. Loviyadan faqatgina oziq-ovqat sanoatida emas, balki yem-xashak sanoatida xam foydalanish mumkin. Ko’p miqdorda pichan ko’k poya beradi. Loviyaning ko’k poyasi tarkibida oqsil miqdori ko’p. Loviyadan ko’kat o’git sifatida foydalanilganda tuproq unumdorligi ortadi, ayniqsa fizik xossalari o’zgaradi, og’ir tuproqlar yengil tuproqlarga aylansa, qumoq tuproqlar zichlashadi. Loviya o’simligining o’suv davri qisqa bo’lgani bilan serxosil o’simlik hisoblanadi.

K.M. Tadjiyev , Rayxona Salomova

40-41

2025-04-10

G’O’ZA HOSIL ELEMENTLARINING SHAKLLANISHI

Bentonitdan qishloq xo’jaligida foydalanishning ilmiy jihatlari maqolada batafsil bayon etilgan.Bentonitning kimyoviy tarkibi va paxta yetishtirishda qollanishining ijobiy tomonlari haqida ma’lumotlar berilgan.Go’za chigitlarini sho’rlangan tuproq sharoitida bentonid bilan ishlov berish hosildorlik va sifat ko’rsatkichlarini oshiradi.

Gulnoza Rahimova

212-216

2024-01-16

“O‘TLOQI BO‘Z TUPROQLARDA G‘O‘ZA VA SOYA INTERCROPPING TIZIMINING HOSILDORLIKKA TA’SIRI”

Ushubu maqolada Toshkent viloyatining o‘tloqi bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘za va soya ekinlarini hamkorlikda yetishtirish bo‘yicha olib borilgan dala tajribalari natijalari bayon etilgan. Tadqiqot davomida bir mavsumda bir maydonda ikki turdagi ekin – g‘o‘za va don-dukkakli soya – birgalikda yetishtirildi va ularning o‘sishi, fenologik rivojlanishi, hosildorligi, tuproqning agrofizik va suv-fizik xossalariga ta’siri o‘rganildi. Tajriba natijalariga ko‘ra, g‘o‘za va soya ekinlarini birgalikda yetishtirish orqali 1 gektar maydondan 20,9 s/ga paxta va 18,2 s/ga soya doni olishga erishildi. Bu usul yer resurslaridan samarali foydalanish, hosildorlikni oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda katta ahamiyatga ega ekani ko‘rsatildi. Shuningdek, xorijiy (ayniqsa Xitoy) tajribasi bilan solishtirma tahlillar keltirilib, hamkor ekish texnologiyalarining afzalliklari asoslab berildi.

O.T. Malikova, E.N. Malikov, Q.N. Sultonov

96-100

2025-06-16

SHOLINI QURITISHA ISSIQ HAVO OQILMLI QURITGICHDAN FOYDALANISH

Sholini qayta ishlashda o‘rim-yig‘im kombaynining unumdorligi sholning er usti suvining ko‘payishi tufayli pasayadi. Buni hal qilish uchun issiq havo oqimli tozalash apparati ishlab chiqildi va uning ishlash parametrlarining tozalash samaradorligiga ta’siri o‘rganildi.

Q.M. Saparbayev

32-38

2023-10-16

GERBITSIDLARNING TUPROQNING KIMYOVIY TARKIBIGA TASIRI

This article analyzes the impact of herbicides on soil fertility and ecosystem services. In recent years, the use of herbicides in agriculture has increased, raising concerns about their effects on soil biology. Research findings indicate that herbicides can alter soil pH levels, nutrient cycles, and microbiological activity. Specifically, herbicides such as glyphosate can lower soil pH, negatively affect nitrogen cycling, and modify soil microbial communities. Evaluating the long-term ecological effects of herbicides and developing alternative strategies to mitigate their negative consequences is crucial.

Ozod Boltayev

32-34

2025-02-07

CHIMBOY TUMANI SUG’ORILADIGAN TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY HOSSALARI

Maqolada Chimboy tumani hududi degradatsiyaga uchragan yerlarining agrokimyoviy holati tog’risida ma’lumotlar keltirilgan. Yaʻni tuproq tarkibidagi gumus, umumiy va harakatchang shakldagi azot, forfor va kaliy miqdori va shu bilan birga noaʼnaviy oʻgʻitlar qoʻllash orqali tuproq unumdorligi va ekinlar mahsuldorligini oshirish muhimligi ko’rsatilgan.

Gu’lzada Alewatdinova , Tolib Berdiyev

104-107

2025-08-28

MЕHNАT UNUMDОRLIGI - IQTISОDIYОT TАRMОQLАRIDА ISHLАB СHIQАRISH ОMILLАRI SАMАRАDОRLIGINI BАHОLАSHNING MUHIM KО‘RSАTKIСHI SIFАTIDА

Ushbu maqolada xotin-qizlarining mehnat bozorida o'z ahamiyatini namoyon etish, ularning mehnat unumdorligiga ta'sirini va ularga yaratiladigan imkoniyatlarni ta'kidlashga harakat qilindi. Maqola o'zida xotin-qizlarining mehnat bozoridagi roli, ularning mehnat samaradorligiga o'rin olishi, ularning o'z salohiyatini namoyon etishda duch keladigan muammolar va bu muammolarni bartaraf etish uchun ko'riladigan chora-tadbirlar haqida muhokama qiladi. Maqola turli sohalarda turli xildagi yondashuvlar mavjudligini ham ko'rsatadi. Uning mazmuni o'z mehnatlari va xizmatlari bilan iqtisodiyotning rivojlanishi, ijtimoiy taraqqiyotga va innovatsiyalarga hissa qo'shishiga taalluqli ma'lumotlar ham keltirilgan.

Fotima Kunakova , Elbek Fattoyev

391-403

2024-05-24

1 - 25 of 83 items 1 2 3 4 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy