Mazkur maqolada xalq oʻyinlarining axloqiy tarbiya berishdagi oʻrni, tarixiy ildizlari hamda zamonaviy taʼlim tizimidagi amaliy ahamiyati yoritiladi. Oʻzbek xalqining boy madaniy merosi tarkibida alohida oʻrin tutuvchi anʼanaviy oʻyinlar yosh avlodda halollik, doʻstlik, mehnatsevarlik, kattalarga hurmat kabi ijobiy fazilatlarni shakllantirishda muhim vosita boʻlib xizmat qilgani asoslab beriladi. Maqolada qadimiy oʻyinlarning mazmuni tahlil qilinib, ularning tarbiyaviy jihatlari zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan solishtiriladi. Shu bilan birga, xalq oʻyinlaridan taʼlim-tarbiya jarayonida samarali foydalanish yo‘llari, ularni maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning rivojlanishiga moslashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar beriladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, xalq oʻyinlari nafaqat madaniy meros sifatida, balki maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya vositasi sifatida ham dolzarbligini saqlab qolmoqda.O‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixi davomida shakllangan an’anaviy oʻyinlari yosh avlodni ma’naviy yetuk, ijtimoiy faol va sog‘lom shaxs sifatida tarbiyalashda muhim omil boʻlib xizmat qilgan. Maqolada qadimdan beri xalq orasida mashhur bo‘lgan “Ko‘z bog‘lash”, “Qiz-quvdi”, “Uloq-ko‘pkari”, “Besh tosh” kabi o‘yinlar misolida axloqiy fazilatlar – halollik, jamoada ishlash, katta-kichikka hurmat, mardlik, sabr-toqat kabi insoniy qadriyatlar qanday shakllanganligi tahlil qilinadi.