Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim boʼyicha koʼp soʼraladigan savollar va ularga javoblar

 

  1. Savol

      Mustaqil ilmiy izlanuvchilikka faqatgina pedagogik staj boʻlishi kerakmi?

          Javob

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 noyabrdagi 696-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qaroriga oʼzgartirish kiritildi.

Unga koʼra mazkur qarorning 2-ilovasi 38-bandidan “talabgorlardan kamida ikki yillik ilmiy-pedagogik ish staji yoki muayyan ilmiy yutuqlar (ixtiro uchun patentlar yoki mualliflik guvohnomalari) talab etiladi” jumlasi chiqarib tashlandi.

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtirishda ilmiy-pedagogik staj talab etilmaydi.

 

  1. Savol

Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim shakllariga topshirish uchun nechta maqola boʻlishi kerak?

Javob

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining
1-ilovasi 3 bob 9-bandi uchinchi xatboshiga koʻra falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlarda, tegishli ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy ishlar toʻplamlarida kamida ikkita tezisga ega boʻlish;

10-bandi uchinchi xatboshisida fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy ishlar toʻplamlarida kamida ikkita tezisga ega boʻlish lozim.

 

  1. Savol

Mustaqil izlanuvchilik uchun rektordan tavsiyanoma olish shartmi?

Javob

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining 2-ilovasi 4 bob 41-bandiga koʻra mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasiga Yagona elektron tizim orqali murojaat qiladi:

isqacha biografik ma’lumotnoma;

falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun) yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturi boʻyicha) toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

ilmiy ishlar roʻyxati va ularning nusxasi;

fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;

ish joyidan tavsifnoma.

 

 

  1. Savol

Mustaqil izlanuvchilikka 2 yillik pedstaj tashqi oʻrindoshlik shaklida amalga oshirilib, bu haqda mehnat shartnomasida tegishli yozuv yuritilmagan boʻlsa, qabul vaqtida e’tiroz boʻlmaydimi?

Javob

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 noyabrdagi 696-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qaroriga oʻzgartirish kiritilib, qarorning 2-ilovasi 34-bandida “ikki yillik ilmiy-pedagogik ish staji yoki muayyan ilmiy yutuqlar (ixtiro uchun patentlar yoki mualliflik guvohnomalari) talab etiladi” jumlasi chiqarib tashlandi.

 

  1. Savol

Talabgor muddatdan oldin himoya qilsa qolgan stipendiyani toʻlab beriladimi?

Javob

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 noyabrdagi 696-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qaroriga oʻzgartirish kiritilib, qarorning 2-ilovasi 34-bandida “ikki yillik ilmiy-pedagogik ish staji yoki muayyan ilmiy yutuqlar (ixtiro uchun patentlar yoki mualliflik guvohnomalari) talab etiladi” jumlasi chiqarib tashlandi. tamom boʻlishidan oldin himoya qilganlarga, shuningdek ularning ilmiy rahbarlari va konsultantlariga muassasa rahbarining buyrugʻi bilan oʻqish muddatining qolgan davri (muddati) uchun koʻzda tutilgan tegishincha stipendiyaning hamda doktorant bilan olib borilgan ish uchun toʻlovning jami miqdori hajmida tegishli diplom taqdim etilgan kundan boshlab koʻpi bilan 20 kun muddatda bir martalik beriladigan mukofot toʻlanadi.”

 

  1. Savol

Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktoranturada oʻqish vaqtida shaxsiy ish yuzasidan xorijiy davlatlarga borish mumkinmi?

Javob

Shaxsiy ish yuzasidan faqat ta’til davrida chiqishi mumkin. Oʻqish davrida faqat rasmiy stajirovkaga, konferensiyalarga, ilmiy ish bilan bogʻliq boʻlgan tadbirlarga borishi mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining
2-ilovasi 3 bob 32 bandida koʻrsatilgan.

 

  1. Savol

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Yangi nizomda xalqaro roʻyhatga kirgan jurnallarda maqola deyilgan u qanday maqolalar?

Javob

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar roʻyxatidagi jurnallarda chop etilgan maqolalar.

 

  1. Savol

http://daraja.ilmiy.uzStajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktoranturada oʻqish vaqtida shaxsiy ish yuzasidan xorijiy davlatlarga borish mumkinmi?

Javob

http://daraja.ilmiy.uz veb-sayti orqali OTM yoki ilmiy tashkilotga yuborilgandan soʻng boshqa oʻzgartirish kiritib boʻlmaydi. Agar hujjatlaringizda kamchilik boʻlsa, u holda hujjat yuborilgan OTM/ilmiy tashkilot vakili hujjatlarni qaytargandan soʻng, siz oʻzgartirishlarni kiritib qaytadan yuborishingiz mumkin boʻladi.

 

  1. Savol

Mustaqil izlanuvchilikka xujjatlar topshirish qachondan qachongacha davom etadi?

Javob

OTM va ilmiy tashkilotlar talabgorlarning mustaqil izlanuvchilikka hujjatlarini 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha, 15 yanvardan 15 fevralgacha,
15 apreldan 15 maygacha, 15 iyuldan 15 avgustgacha boʻlgan davrlarda qabul qilishi mumkin boʻladi.

 

  1. Savol

http://daraja.ilmiy.uz veb-saytidagi “Talabgorning ilmiy ishlari haqida ma’lumotlar” boʻlimiga qaysi ma’lumotlar kiritiladi?

Javob

Talabgor tomonidan chop etilgan tezis va maqolalari kiritiladi.

 

  1. Savol

Maqola dissertatsiya mavzusida boʻlishi shartmi?

Javob

Albatta.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining 1-ilovasi 3 bob 9 va 10 bandlarida berilgan.

 

  1. Savol

Tayanch doktoranturaga kirishga hujjat topshirishda maqolalar konferensiyalarda chiqqan boʻlsa ham boʻladimi?

Javob

Boʻladi. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining 1-ilovasi 3 bob 9-bandida berilgan.

 

  1. Savol

          Elektron tizimga faoliyat davomidagi barcha maqola tezislarni kiritish yoki faqat yoqlamoqchi boʻlgan ilmiy mavzu boʻyicha kiritish kerakmi?

Javob

Dissertatsiya mavzusi boʻyicha barcha maqola va tezislarni kiritish tavsiya qilinadi, ammo minimal talablar bajarilishi yetarli.

 

  1. Savol

          Tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka talabgorga qoʻyiladigan talablar nimalardan iborat?

          Javob

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining 1-ilovasi 3-bob 9-12 bandlarida talabgorlarga qoʻyiladigan talablar keltirilgan.

 

  1. Savol

Stajyor-tadqiqotchilikka kvota soʻrash uchun kimga murojaat qilish kerak?

Javob

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori 2-ilovasi 13-bandi 2-xatboshisiga muvofiq stajyor-tadqiqotchilik kvotalariga talabnomalar boʻyicha OTM va ilmiy tashkilotlar oʻzining yuqori turuvchi vazirlik va idoralar orqali Innovatsion rivojlanish vazirligiga murojaat etishi belgilangan.

 

  1. Savol

Ariza qaysi shaklda va kimga yoziladi?

Javob

Ariza hujjat topshirilayotgan OTM yoki ilmiy tashkilot rahbari nomiga yozilishi lozim.

 

  1. Savol

Mustaqil izlanuvchilikka yoki doktoranturaga hujjat topshirish uchun qaysi saytda roʻyxatdan oʻtish kerak va bu roʻyxatdan oʻtish nima uchun kerak?

Javob

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qaroriga muvofiq Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi http://daraja.ilmiy.uz. veb-sayti orqali roʻyxatdan oʻtiladi.

Mazkur elektron tizimni ishga tushirilishi oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga oʻqishga hujjat topshiruvchi talabgorlarning vaqtini tejash, ortiqcha ovoragarchilik va byurokratiyaning oldini olish, shaffoflikni ta’minlash, kvota shakllantirish jarayonini tezlashtirish hamda ortiqcha qogʻoz sarflanishiga chek qoʻyish imkonini beradi.

 

  1. Savol

Tayanch doktoranturada oʻqib 0,25 stavkada maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlasa boʻladimi?

Javob

0,5 stavkagacha qoʻshimcha mehnat faoliyati bilan shugʻullanish mumkin.

 

  1. Savol

Onlayn roʻyxatdan oʻtish vaqtida roʻyxatdan oʻtganlikni pochta orqali tasdiqlash kerakmi?

Javob

Onlayn roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotni pochta orqali tasdiqlash talab etilmaydi.

 

  1. Savol

Stajyor-tadqiqotchilikda stipendiya miqdori qancha?

Javob

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 noyabrdagi 696-son qarori 15-bandi 2-xatboshisiga muvofiq stajyor-tadqiqotchilik institutiga qabul qilinganlarga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan Vazirlar Mahkamasining «Ilmiy xodimlar mehnatini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2009 yil 18 avgustdagi 233-son qaroriga muvofiq stajyor-tadqiqotchi lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya toʻlanadi.

 

  1. Savol

Ilmiy unvonga ega boʻlgan PhD nechtagacha izlanuvchiga ilmiy raxbarlik qilishi mumkin?

Javob

Birinchi marta rahbarlik qilayotgan boʻlsa, 1 ta va faoliyatidagi samarali natijasiga qarab maksimum 2 ta PhD ilmiy darajasiga talabgor boʻlgan izlanuvchiga rahbarlik qilishi mumkin.

 

  1. Savol

Yaqinda PhDni yoqlagan kishi tayanch doktorantura uchun rahbarlik qila oladimi?

Javob

Yoʻq. Dotsent yoki professor unvonini olgan PhD yoki DSc boʻlsagina rahbar boʻla oladi.

 

  1. Savol

Mutaxassisligi ingliz tili boʻlganlar C1 sertifikati boʻlsa imtihonidan ozod boʻladimi?

Javob

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining 2-ilovasi 3 bob 22-bandiga asosan tayanch doktoranturada oʻqish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (ta’limning oldingi darajalarida oʻrganilgan xorijiy til) boʻyicha kirish imtihonlari topshiradilar. Talabgorlarda IELTS (oʻrtacha balli kamida 5,5), TOEFL (RVT) (567 balldan kam boʻlmagan), TOEFL (iBT) (87 balldan kam boʻlmagan), CEFR (V2 darajadan past boʻlmagan) boʻyicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud boʻlganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod etiladi.

 

  1. Savol

Doktoranturada ham akademik ta’til beriladimi?

Javob

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining 2-ilovasi 32-bandida tegishli hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturada oʻqish muddati uzoq vaqt kasal boʻlish, homiladorlik va tugʻish ta’tilida boʻlish davriga, shuningdek harbiy yigʻinlarga chaqirilish munosabati bilan uzaytirilishi mumkin.

 

  1. Savol

Stajyor-tadqiqotchilikka yilda necha marotaba topshirsa boʻladi?

Javob

1 marotaba.

 

  1. Savol

Stajyor-tadqiqotchilik nima?

Javob

Ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik boʻyicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli hisoblanadi.

 

  1. Savol

OTM Ilmiy boʻlimining 1 kursga qabul qilingan doktorantlardan oʻrindoshlik asosida ham ishlamaslik haqida kafolat xati talab qilinishi qay darajada qonuniy?

Javob

Noqonuniy. Oʻrindoshlik asosida 0,5 stavkagacha qoʻshimcha mehnat faoliyati bilan shugʻullanish mumkin.

 

  1. Savol

When do basic doctoral students start studying?

Javob

Yangi kalendar yilining birinchi ish kunidan.

 

  1. Savol

Doktorantni tayanch doktorantdan nima farqi bor?

Javob

 

«Doktorant» va «tayanch doktorant», degan atama yoʻq, hammasi doktorant deyiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining
1-ilovasi 3-bandida “doktorant — ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga tayanch doktorantura yoki doktoranturaga belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs” deb ta’rif berilgan.

 

 

  1. Savol

Agar talabgorning Chet tili imtihoni balli 52 ball boʻlsa, mutaxassislik 88 ball boʻlsa va roʻyxat boʻyicha grandga ilinib turgan boʻlsa, OTM chet tili natijasi past ekan deb oʻqishga qabul qilmasligi mumkinmi?

Javob

Talabgor tanlov asosida qabul qilinadi. U yerda talabgorning bali past ekanligining ahamiyati yoʻq. Eng yuqori ball olgan talabgor oʻqishga qabul qilinishi lozim.

 

  1. Savol

Tayanch doktorantlar 3 yil davomida nimalarni bajarishlari kerak, qayerda nechta maqola va tezis chiqarish kerak?

Javob

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarorining
2-ilovasi 6 bob 53-bandida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun izlanuvchilar faoliyati samaradorligining monitoringi mezonlari keltirilgan.

 

  1. Savol

PhD qilishga yosh chegarasi yuqmi. Ilmiy faoliyatga tegishli boʻlmagan tashkilot korxonada ishlagan holda ilmiy izlanish olib borsa boʻladimi?

Javob

Falsafa doktori (PhD)ga yosh chegarasi qoʻyilmagan. Shuningdek, ilmiy faoliyatga tegishli boʻlmagan tashkilot korxonada ishlagan holda mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirilib ilmiy izlanish olib borishi mumkin.

 

  1. Savol

Vaqtida himoya qilinmasa yoki umuman himoya qilinmasa stipendiyani qaytarib beriladimi?

Javob

Yoʻq, lekin ilmiy rahbarga nisbatan chora koʻriladi. Keyingi yillarda mazkur tashkilotga doktoranturaga kvota berish davomida salbiy qaror qabul qilishga asos boʻladi.

Savollar yuzasidan murojaat uchun: +998935692306 / t.me/inacademyuz