Atrofik rinit – burun bushlig'ining surunkali yallig'lanish jarayoni bo'lib, burun shilliq qavatining atrofiyasi bilan tavsiflanadi, shuningdek yallig’lanish jarayoni bezlar va burun chig’anoqlariga ham ta'sir qiladi. Surunkali atrofik rinitning etiologiyasi hali ham noaniq bo'lib qolmoqda, tashxis bemorning shikoyatlari va obyektiv tekshiruv ma'lumotlariga (shu jumladan burun bo'shlig'ining endoskopiyasi) asoslanadi. Surunkali atrofik rinitni davolash asosan simptomatik bo'lib, turli xil burun spreylarini, shuningdek, burun bo’shlig’ini tozalashni va qo'llashni o'z ichiga oladi.
2023-11-15