Ushbu maqolada kiberxavfsizlikning Ichki ishlar organlari tizimidagi o’rnini va kiber jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan ma’lumotlar berilgan. Kiberxavfsizlik internetga ulangan tizimlarni, jumladan qurilma, dasturiy ta’minot va ma’lumotlarni kiberhujumlardan himoya qilishni nazarda tutadi. Bunda, asosan, tahdidlarni va zaifliklarni kamaytirish, xalqaro hamkorlik va kompyuter tarmog’i operatsiyalari, axborotni ta’minlash va huquqni muhofaza qilish kabi harakatlarni qamrab olish uchun hamkorlik qiladigan odamlar, jarayonlar va texnologiyalar haqidagi ma’lumotlar yoritilgan.