Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Nashr qilingan: 2025-10-20
Articles
XORIJIY TILNI O‘RGATISHDA TARJIMA VA REFLEKTIV TAFAKKUR O‘ZARO BOG‘LIQLIGI
Ushbu maqolada xorijiy tilni o‘rgatishda tarjima faoliyati va reflektiv tafakkurning o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Tarjima jarayoni nafaqat til o‘rganishning lingvistik vositasi, balki o‘quvchi tafakkurini faollashtiruvchi kognitiv faoliyat sifatida talqin etiladi. Maqolada tarjima mashg‘ulotlari orqali o‘quvchilarda tilni chuqur anglash, tahliliy fikrlash, o‘z fikrini nazorat qilish va o‘z-o‘zini baholash kabi reflektiv ko‘nikmalar shakllanishi yoritiladi.
2025-10-20
ESKI TURKIY TILDA GAP BO‘LAKLARINING IFODALANISHI
Maqolada hozirgi o‘zbek tilining so‘z birikmalari va gap tuzilishi tarixiy taraqqiyot jarayonida qanday shakllanganligi yoritilgan. Qadimgi turkiy va eski davr tilining sintaktik qurilishi bilan hozirgi zamon o‘zbek tili sintaksisi qiyosiy tahlil qilingan. Ayniqsa, morfologiya va leksikadagi o‘zgarishlarning sintaksis taraqqiyotiga ta’siri, fors-tojik tilining o‘zbek tiliga ta’siri natijasida yangi so‘z birikmalari va ergash gaplarning paydo bo‘lishi ko‘rsatib berilgan. Maqolada ega va kesimning grammatik-semantik xususiyatlari, ularning qadimgi, eski va hozirgi o‘zbek tilidagi o‘rni, shakllanish imkoniyatlari va badiiy matnlardagi qo‘llanishi keng yoritilgan. Shuningdek, mumtoz adabiyot namunalaridan misollar orqali ega va kesimning turli ifoda shakllari tahlil qilingan.
2025-10-20
AGRAMMATIZMNING PSIXOLINGVISTIK TAHLILIDA GARRETT MODELI IMKONIYATLARI
Ushbu maqolada agrammatizm hodisasining psixolingvistik tabiatini o‘rganishda Garrett modelining nazariy va amaliy imkoniyatlari tahlil qilinadi. Model nutq ishlab chiqarish jarayonini bosqichma-bosqich tushuntirib, agrammatik buzilishlarning qaysi bosqichlarda yuzaga kelishini aniqlash imkonini beradi. Tahlil jarayonida Broka afaziyasi bilan og‘rigan bemorlarning nutqiy namunalari o‘rganilib, Garrett modelining lingvistik, neyropsixologik va logopedik tahlillarda qo‘llash samaradorligi ko‘rsatib berilgan.
2025-10-20
O‘ZBEKISTON TASHQI IQTISODIY ALOQALARI MAVZUSINI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN TA’LIM METODLARI.
Maqolada O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalari mamlakatning xalqaro maydondagi o‘rnini mustahkamlash va ichki iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Geografiya fanini o‘rganishda, ayniqsa, “O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalari” mavzusining o‘rganilishi, o‘quvchilarda mamlakatning iqtisodiy geografiyasiga doir kengroq tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Ushbu mavzu nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni ham o‘z ichiga olgan murakkab tizim sifatida ko‘riladi.
2025-10-20
DORIVOR O‘SIMLIK POLISAXARIDLARINING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA FARMATSEVTIK AHAMIYATI
Polisaxaridlar tabiatda keng tarqalgan murakkab uglevodlar bo‘lib, ularning dorivor o‘simliklardan ajratib olingan shakllari tibbiyotda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada polisaxaridlar saqlovchi dorivor o‘simliklarning kimyoviy tarkibi, biologik faoliyati, farmakologik qo‘llanilishi va amaliy ahamiyati o‘rganilgan. Tadqiqot davomida xalqaro ilmiy manbalar, klinik sinov natijalari va farmatsevtik qo‘llanilish sohalari tahlil qilindi. Natijalar polisaxaridlarning immun tizimini faollashtiruvchi, antioksidant, yallig‘lanishga qarshi va adaptogen xususiyatlarga ega ekanligini ko‘rsatdi. Dorivor o‘simlik polisaxaridlari farmatsevtika sanoatida yangi preparatlar yaratishda istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi.
2025-10-20
AI-GENERATIV GRAFIK VOSITALAR ASOSIDA “KREATIV KOMPETENSIYA” MODELI: TASVIRIY SAN’AT PEDAGOGIKASIDA KOMPONENTLAR VA INDIKATORLAR
Ushbu tezisda tasviriy san’at pedagogikasida talabalarda “kreativ kompetensiya”ni shakllantirish va baholash uchun AI-generativ grafik vositalar (Midjourney, DALL·E, Stable Diffusion va b.) asosida yaratilgan konseptual model taklif etiladi. Model tarkibi motivatsion-qadriyaviy, kognitiv-kontseptual, protsessual-ijodiy hamda refleksiv-baholovchi komponentlardan iborat bo‘lib, har bir komponent uchun kuzatiladigan indikatorlar tizimi aniqlanadi. Tadqiqotda dizayn-fikrlash, vizual savodxonlik, etik-avtorship me’yorlari va prompт-muhandislik kabi zamonaviy kategoriya va amaliyotlar integratsiya qilinadi. Aralash usullar asosida o‘tkazilgan pedagogik tajribalar, rubrikalar va portfel tahlili talabalarning g‘oya generatsiyasi sermahsulligi, kompozitsion yechimlarning originalligi, vizual hikoya qilish aniqligi hamda AI vositalaridan mas’uliyatli foydalanish ko‘nikmalari sezilarli darajada o‘sishini ko‘rsatdi. Natijalar AI vositalarini metodik dizayn, baholash mezonlari va refleksiv amaliyot bilan uyg‘un bog‘laganda kreativ kompetensiya sifat jihatdan barqaror rivojlanishini tasdiqlaydi.
2025-10-20
TEXNIK TIZIMLARDA VIZUALIZATSIYA ORQALI QAROR QABUL QILISH KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH
Tezis texnik tizimlarda qaror qabul qilish jarayonida vizualizatsiya vositalarining ahamiyatini ilmiy nuqtai nazardan tahlil qiladi. Tezisda vizual axborot texnologiyalari va interaktiv grafik vositalar yordamida murakkab texnik tizimlar bo‘yicha qaror qabul qilish kompetensiyalarini rivojlantirishning metodologik asoslari yoritilgan. Shuningdek, tezisda vizualizatsiya jarayonining o‘quvchi yoki mutaxassisning qaror qabul qilish qobiliyatini shakllantirish va optimallashtirishga ta’siri ilmiy asosda ko‘rsatiladi. Tadqiqot natijalari texnik tizimlarda ma’lumotlarni vizual tarzda taqdim etish orqali analitik fikrlash, strategik qaror qabul qilish va tizimli yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
2025-10-20
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA XORDIQ FAOLIYATI BILAN BOG‘LIQ LEKSIK-SEMANTIK GURUHLARNING QIYOSIY TAHLILI
Tadqiqot ingliz va o‘zbek tillarida xordiq faoliyatini ifodalovchi leksik-semantik guruhlarning qiyosiy tahliliga bag‘ishlangan. Ushbu jarayonda leksik-semantik maydon nazariyasi, komponent tahlil, freym semantikasi, kollokatsion tahlil hamda kontseptual metafora yondashuvlari uyg‘unlashtirildi. Ingliz tilida leisure maydoni sport, sayohat, ko‘ngilochar industriya va raqamli hordiq bilan chambarchas bog‘langan keng paradigmatik tarmoqqa ega ekani; o‘zbek tilida xordiq konsepti esa mehnat sikliga tutash restoratov mazmunga, oila va hamjihatlik qadriyatlariga yaqinlashishi ko‘rsatildi. “Leisure time/activities/centre” kabi barqaror kollokatsiyalar ingliz tilida institutsional va iste’mol diskurslari bilan interfeys hosil qilsa, o‘zbek tilida “dam olish maskani”, “hordiq chiqarish”, “istirohat bog‘i” kabi birikmalar ijtimoiy-amaliy kontekstda yuqori frekans namoyon etadi. Tarjimashunoslik nuqtai nazaridan “holiday/vacation—ta’til”, “recreation—rekreatsiya/dam olish”, “leisure centre—sport-sog‘lomlashtirish markazi/istirohat markazi” ekvivalentlarining registr, janr va madaniy presuppozitsiya bo‘yicha farqlari asoslab berildi. Natijalar o‘qitish, tarjima, leksikografiya va til siyosati uchun amaliy xulosalar taklif etadi.
2025-10-20
MAXSUS TA’LIM IXTIYOJLARINI ANIQLASHNING PSIXODIAGNOSTIK USULLARI
Ushbu tezisda maxsus ta’lim ixtiyojlarini aniqlashning psixodiagnostik usullarida, Psixologiya insonning ruhiyatini o’rganuvchi nazariy fan bo‘lib qolmay, balki hozirgi kunda turli xil sohalarda keng qo’llanilishi mumkin bo'lgan amaliy fan hamdir. Insonni har tomonlama o‘rganish, ya’ni odamlar o‘rtasidagi individual farqlarni aniqlash ta’lim-tarbiya va mehnat faoliyati samaradorligini belgilashdir.
2025-10-20
YOSHLAR TARAQQIYOT STRATEGIYASINING OʻZBEKISTON KELAJAGIDAGI OʻRNI
Ushbu maqolada O‘zbekiston yoshlar taraqqiyot strategiyasining asosiy yo‘nalishlari va ularning mamlakat kelajagidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida huquqiy-hujjatlar, statistik ma’lumotlar hamda xalqaro tajribalar o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar ijobiy natija bermoqda, biroq ta’lim va mehnat bozori o‘rtasidagi nomuvofiqlik, hududiy tafovutlar hamda monitoring tizimining sustligi kabi muammolar mavjud. Maqolada ushbu masalalarni hal etish uchun tavsiyalar ishlab chiqildi.
2025-10-20
EKOTURIZM RIVOJLANISHIDA XORIJIY TAJRIBASI TAHLILI
Maqolada ekoturizmni rivojlantirishning xorijiy tajribalari tahlil qilingan. Kosta-Rika, Norvegiya, Shveytsariya, Tailand, Nepal va Qozog‘iston tajribalari asosida ekoturizmning instituttsional, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy mexanizmlari o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, muvaffaqiyatli ekoturizm rivojlanishi uchun kuchli sertifikatlashtirish tizimi, mahalliy jamoalarni faol jalb qilish va ko‘p manbaali moliyalashtirish zarur. Har bir mamlakat o‘z tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlariga mos yondashuvlarni ishlab chiqqan.
2025-10-20
OʻZBEKISTON SSRDA MEHNAT MIGRATSIYASI VA ISHCHI KUCHI SIYOSATI HOLATI (1945–1985 YILLAR)
Mazkur maqolada 1945–1985 yillar oralig‘ida O‘zbekiston SSRda mehnat migratsiyasi va ishchi kuchi siyosatining shakllanish jarayoni, uning asosiy bosqichlari, mexanizmlari hamda ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari tahlil qilingan. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng SSSRda sanoatlashtirish va irrigatsiya siyosatining kuchayishi natijasida O‘zbekiston hududida ishchi kuchi taqsimoti yangi bosqichga ko‘tarilgan. Maqolada 1945–1950-yillarda ishchi kuchi taqsimoti va dastlabki migratsiya jarayonlari, 1950–1960-yillarda mehnat siyosatining kengayishi, 1960–1980-yillarda esa sanoat migratsiyasi va ijtimoiy dinamikalar yoritilgan. Shu bilan birga, migratsiya siyosatini boshqaruvchi mexanizmlar — propiska tizimi, kadrlarni yo‘naltirish, malaka oshirish va hududlararo taqsimot usullari tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, mehnat migratsiyasi siyosati O‘zbekiston SSRning iqtisodiy rivojlanishida muhim rol o‘ynagan bo‘lsa-da, mahalliy ishchi kuchining malakasini oshirish, ijtimoiy integratsiya va demografik muvozanatni ta’minlash borasida qator muammolarni keltirib chiqargan. Ushbu tarixiy tajriba bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida mehnat migratsiyasini boshqarish siyosatini shakllantirishda muhim tahliliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
2025-10-20
«QOBLAN» DÁSTANINDA QOLLANILǴAN TILDIŃ KÓRKEMLEW QURALLARI
Maqalada «Qoblan» dástanında qollanılǵan tildiń kórkemlew quralları; leksilaklıq hám stilistikalıq kórkemlew quralları, teńew, anafora, polisindeton, epifora úyrenilgen.
2025-10-20
УЙҚАС БАҒДАРЫНДАҒЫ КӨРКЕМ ИЗЛЕНИСЛЕР (МАҚТЫМҚУЛЫ ҲӘМ И.ЮСУПОВ ДӨРЕТИЎШИЛИГИ МЫСАЛЫНДА)
Қосықтың ең тийкарғы элементлериниң бири уйқас болып табылады. Уйқассыз қосық болмайды. Әлбетте, қосық қурылысы бойынша ырғақ, уйқас, өлшем ҳәм бәнт сыяқлы элементлерден ибарат. Поэтикалық сөздиң көркемлигин тәмийинлеўде ырғақ ҳәм өлшем сыяқлы уйқас да белгили дәрежеде функция ийе. Уйқас ырғақ пенен бирге қосықтың ядланыў мүмкиншилигине де айрықша хызмет атқарады. Уйқас поэзияға өзинше көркемлик бағышлап, оның оқыўшы яки тыңлаўшыға тийгизетуғын эмоционаллық тәсиршеңлигин де арттырады.
2025-10-20
QOSPA GÁPLERDI OQITIWDA “KARUSEL” HÁM “BUMERANG” INTERAKTIV USILLARINIŃ ÁMELIY NÁTIYJELERI
Bul tezis mektep sabaqlarında qaraqalpaq tilinde qospa (kompozit) gáplerdi oqıtıwda «Karusel» hám «Bumerang» interaktiv usıllarınıń ámeliy qollanılıwın talqılaydı. Maqset – bul usıllardıń oqıwshılardıń sintaksislik túsiniklerin, til boyınsha kommunikativlik qábiletin hám bilim alıw motivaciyasın qáliplestiriwge islegen nátiyjeliligin kúsheytiw.
2025-10-20
MAKTABDA JISMONIY FAOLLIKNI RAG’BATLANTIRISHNING PSIXOLOGIK USULLARI. ICHKI MOTIVASIYANI KUCHAYTIRISH
Maktabda jismoniy faollikni rag’batlantirishning psixologik usullari, ichki motivatsiyani kuchaytirish. Motivatsiya – o‘quvchilarning o‘quv faoliyatiga nisbatan bo‘lgan munosabatini belgilovchi asosiy omillardan biri sifatida talqin etiladi. Tadqiqot davomida nazariy manbalar tahlili, amaliy kuzatuvlar va suhbatlar asosida o‘quvchilarning ichki va tashqi rag‘batlarga munosabati o‘rganildi. Motivatsiya shaxsning faoliyatga bo‘lgan ichki ehtiyoji va uni amalga oshirishga undovchi kuch sifatida ta’riflanadi. O‘quvchi shaxsida ushbu kuchni to‘g‘ri yo‘naltirish, rag‘batlantirishning individual va guruhiy shakllarini qo‘llash o‘qituvchidan puxta pedagogik va psixologik tayyorgarlikni talab etadi.
2025-10-20
DINNING SIYOSAT BILAN ARALASHUVI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR
Ushbu maqolada din va siyosat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning tarixiy ildizlari hamda zamonaviy ko‘rinishlari keng tahlil qilingan. Ayniqsa, diniy qadriyatlarning siyosiy jarayonlarda vosita sifatida ishlatilishi, buning jamiyat barqarorligiga, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikka ta’siri yoritiladi. Dinning siyosat bilan aralashuvi natijasida yuzaga keladigan salbiy oqibatlar – ekstremizm, diniy radikalizm, ijtimoiy ziddiyatlar hamda din nomidan siyosiy manipulyatsiya kabi holatlar ilmiy manbalar asosida tahlil etiladi. Shu bilan birga, maqolada din va siyosat o‘rtasida sog‘lom muvozanatni saqlash, diniy tashkilotlarning siyosatdan mustaqilligini ta’minlash, shuningdek, diniy erkinlik va dunyoviylik tamoyillarini mustahkamlash zarurligi asoslab beriladi.
2025-10-20
BADIYIY ASARDA MUBOLAG‘A TARJIMASI (ABDULLA QODIRIY ASARI MISOLIDA)
Mazkur maqolada badiiy asarda mubolag‘aning o‘rni va uni tarjima qilish jarayonidagi semantik, stilistik hamda madaniy muammolar tahlil qilinadi. Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romanidagi mubolag‘ali ifodalar rus tiliga tarjimadagi shakl va ma’no jihatdan o‘zgarishlari bilan solishtiriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, mubolag‘ani tarjima qilishda faqat leksik tenglikni emas, balki uning estetik ta’sir kuchini saqlash ham muhimdir. Shuningdek, muallif mubolag‘a orqali yaratgan badiiy koloritni to‘liq ifoda etish uchun tarjimonning madaniy sezgirligi va stilistik mahorati zarurligi ta’kidlanadi.
2025-10-20
QO‘CHQOR NORQOBIL QISSALARIDA MILLIY MENTALITET VA XALQONA OBRAZLAR IFODASI
Mazkur tezisda Qo‘chqor Norqobil qissalarida milliy mentalitet va xalqona obrazlarning badiiy talqini tahlil etiladi. Yozuvchining asarlarida xalqona tafakkur, urf-odat, an’ana va milliy qadriyatlarning obrazlar xarakteri orqali ifodalanishi yoritiladi. Qahramonlarning hayot tarzi, dunyoqarashi va nutqi orqali o‘zbek xalqining ruhiy olami hamda ijtimoiy hayotidagi o‘ziga xosliklar ochib beriladi. Tadqiqotda yozuvchining badiiy mahorati, tildan foydalanish uslubi, ramziy ifoda va detallar tizimi orqali milliy ruhni yaratishdagi mahorati tahlil qilinadi.
2025-10-20
BUXORO AMIRLIGIDA ILM-FAN BILAN SHUG`ULLANGAN SHAHZODALAR
Mazkur maqolada XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Buxoro amirligi madaniy-intellektual hayotida Amir Muzaffar farzandlari faoliyatining o‘rni yoritiladi. Tadqiqotda ilm-fan va adabiyot bilan shug‘ullangan shahzodalar — Abdulahadxon, Sayid Mir Nuriddin to‘ra, Mir Muhammad Siddiq (Xishmat) va Sayid Muhammad Nosir to‘raning hayoti, ijodi va merosi tahlil qilingan. Shuningdek, ularning tarixnavislik an’analari, adabiy asarlari va ilmiy merosi Buxoro davrining madaniy jarayonlari bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqiladi
2025-10-20
РАЗРАБОТКА ЭКОЛОГИЧЕСКИ БЕЗОПАСНОЙ, РЕСУРСОСБЕРЕГАЮЩЕЙ БИОТЕХНОЛОГИИ ВЫРАЩИВАНИЯ ХЛОПЧАТНИКА НА ЗАСОЛЕННЫХ ПОЧВАХ БУХАРСКОЙ ОБЛАСТИ
В данной статье анализируются ресурсоcберегающие и экологически безопасные биотехнологические подходы к выращиванию хлопчатника на засолённых почвах Бухарской области. Рассматриваются факторы, влияющие на рост хлопчатника в условиях засоления, биотические и абиотические методы улучшения почвы, а также новые технологии, разработанные на основе биоудобрений, микроорганизмов и зелёных микроводорослей. В результате проведённых исследований определены возможности повышения урожайности хлопчатника, снижения расхода воды и минеральных удобрений, а также обеспечения экологической устойчивости.
2025-10-20
ДИФФЕРЕНЦИАЛЬНАЯ ДИАГНОСТИКА СОМАТОФОРМНОЙ ВЕГЕТАТИВНОЙ ДИСФУНКЦИИ И ОРГАНИЧЕСКИХ ЗАБОЛЕВАНИЙ НА ОСНОВЕ ПРОФИЛЯ НЕЙРОЭНДОКРИННЫХ БИОМАРКЕРОВ
Соматоформная вегетативная дисфункция (СВД) представляет собой сложное нейропсихиатрическое заболевание, характеризующееся полисистемными нарушениями, обусловленными надсегментарной дисфункцией автономной нервной системы. Дифференциальная диагностика СВД и органических заболеваний со схожей клинической картиной остается сложной задачей в клинической практике. Особую диагностическую проблему представляет разграничение СВД и синдрома раздраженного кишечника (СРК): у 15–48% пациентов с СРК наблюдаются признаки соматизированного расстройства, что затрудняет установление точного диагноза. Современные диагностические подходы основаны преимущественно на клинической оценке и методе исключения органической патологии, тогда как объективные биомаркеры для надежной дифференциальной диагностики отсутствуют.
2025-10-20
“STOMA-DENTA” ERITMASINING PARODONT TO‘QIMALARINING MIKROSIRKULYATSIYASI VA REGENERATSIYASIGA TA’SIRI
Parodont to‘qimalarining fiziologik holati, avvalo, mahalliy qon aylanish tizimining (mikrosirkulyatsiya) faoliyatiga bevosita bog‘liqdir. Gingival kapillyarlar va venulalarda qon oqimining sekinlashuvi, plazma oqib chiqishining ortishi va qon tomir endoteliyasining shikastlanishi yallig‘lanish jarayonlarining boshlanishiga sabab bo‘ladi. Bu esa hipoksiya, to‘qimalarda ozuqa moddalarning kamayishi, fibroblast va kollagen sintezining pasayishi kabi o‘zgarishlarga olib keladi.
2025-10-20
-VOLTERRA KVADRATIK STOXASTIK OPERATORNING DINAMIKASI
Ushbu ishda -Volterra kvadratik stoxastik operatorning qo ‘zg ‘almas nuqtalari topilgan va tiplarga ajratilgan.
2025-10-20
ADENOID TO‘QIMALARIDA ALLERGIK JARAYONLAR BILAN BOG‘LIQ MORFOLOGIK O‘ZGARISHLAR
Adenoid to‘qimalari nafas yo‘llari limfoid halqasining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, immun himoyaning birinchi pog‘onasini tashkil etadi. Ular orqali organizm nafas yo‘llari orqali kiruvchi mikroblar, chang, virus va allergenlarga qarshi himoya reaksiyasini amalga oshiradi. Ammo uzoq muddatli antigen va allergen ta’siri natijasida bu to‘qimalarda morfologik qayta tuzilishlar yuz beradi, ularning fiziologik faoliyati buziladi va patologik jarayon surunkalashadi. Shu sababli adenoid to‘qimalari yallig‘lanish va allergik reaksiyalar markaziga aylanadi.
2025-10-20
PEDAGOGIK TA’LIMDA KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK USULLARI
Ushbu maqolada ta’lim jarayonida kreativ fikrlashni rivojlantirishning pedagogik - psixologik usullarini tahlil qilingan. Kreativ fikrlash - bu yangicha g’oyalar va qarorlar yaratish qobiliyati bo’lib, zamonaviy ta’limda muhim o’rin tutadi. Maqolada kreativ fikrlashni shakllantirishda qo’llaniladigan turli pedagogik metodlar, jumladan muammoli o’qitish, loyihalashtirish, interfaol metodlar va ijodiy topshiriqlar ko’rib chiqiladi. Shuningdek, psixologik usullar orqali o’quvchilarning qiziqishini uyg’otish, motivatsiya oshirish hamda o’ziga xos fikrlash strategiyalarini rivojlantirish yo’llari ta’riflanadi. Tadqiqod natijalari ta’lim jarayonida kreativlikni faollashtirish va yaxshilashga qaratilgan samarali pedagogik yondashuvlarning ahamiyatini ko’rsatadi.
2025-10-20
ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ПОДХОДЫ К ФЕЙКОВЫМ НОВОСТЯМ: ВЗГЛЯДЫ ЗАРУБЕЖНЫХ И МЕСТНЫХ УЧЕНЫХ
В диссертации анализируются научно-теоретические основы понятия “фейковые новости”, их классификации зарубежными и отечественными учёными, а также социально-этические последствия для общества. Распространение фейковой информации в условиях современной глобализации представляет серьёзную угрозу информационной безопасности, подчеркивается необходимость её выявления, разработки системы фактчекинга и формирования критического мышления. Также рассматриваются виды фейковой информации, их классификации по целям и факторам создания, анализируется их влияние на общественное сознание.
2025-10-20
KISHKENE BALALARDİ EKOLOGIYALİQ TÁRBIYALAWDA ERTEKLERDEN, MULTFILMLERDEN PAYDALANİW HAQQİNDA
Ekologiyalıq bilimlerdi insan sanasına tolıq jetkeriw ásirese jas áwlatlarǵa ekologiyalıq túsiniklerdi ekologiyalıq mádeniyatlılıqtı sińdiriw búgingi kúnniń talabı bolıp qalmaqta. Tábiyat qushaǵında jasawshı hár bir adam onıń gózzalıǵınan nár aladı, onnan ruwxıy azıqlanıwı arqalı sanası rawajlanadı hám tábiyattan paydalanıw zárúrligin túsinedi.
2025-10-21
ЦИФРОВОЕ ПЛАНИРОВАНИЕ В ДЕНТАЛЬНОЙ ИМПЛАНТАЦИИ
В последние десятилетия дентальная имплантология стала неотъемлемой частью комплексного восстановления зубных рядов. Традиционные методы планирования имплантации основывались на двумерных рентгенографических исследованиях, клиническом осмотре и субъективном опыте врача. Однако такие подходы не всегда обеспечивают точность позиционирования имплантата, что может привести к функциональным и эстетическим осложнениям. Внедрение цифровых технологий — таких как конусно-лучевая компьютерная томография (КЛКТ), интраоральное сканирование, 3D-моделирование и навигационные шаблоны — позволило вывести процесс планирования на новый уровень. Цифровое планирование обеспечивает визуализацию анатомических структур, моделирование оптимального положения имплантата и прогнозирование конечного результата лечения ещё до начала хирургического вмешательства.
2025-10-21
AXBOROT XAVFSIZLIGI VA IJTIMOIY ONG: ILMIY-FALSAFIY PARADIGMALAR
Axborot xavfsizligi va ijtimoiy ong o‘rtasidagi dialektik bog‘liqlik zamonaviy ijtimoiy-falsafiy paradigmalarda inson hayoti, jamiyat barqarorligi va sivilizatsiya rivojlanishining tub omillaridan biri sifatida ko‘riladi. Chunki axborotning nafaqat texnik, balki ijtimoiy-ma’naviy mohiyati ham mavjud bo‘lib, uning xavfsizligi ongning shakllanish jarayonlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Axborot oqimlari to‘g‘ri yo‘naltirilganda ongda barqarorlik, tafakkurda mustahkamlik, ijtimoiy hayotda muvozanat yuzaga keladi; biroq manipulyativ, buzuvchi yoki chalg‘ituvchi axborotlar ustuvor bo‘lganda ijtimoiy ongning strukturasi izdan chiqadi va jamiyatning axloqiy-ruhiy immuniteti zaiflashadi. Shu jihatdan axborot xavfsizligi masalasi oddiy texnologik muammo emas, balki ijtimoiy ongni himoya qilish, uning me’yoriy tamoyillarini saqlash va rivojlantirish jarayonidir. Ijtimoiy ong axborot oqimlari orqali o‘zini doimiy ravishda qayta quradi. Demak, axborot xavfsizligi ushbu jarayonning sog‘lomligini ta’minlaydigan falsafiy paradigma sifatida maydonga chiqadi. Bu paradigma ongni jamiyatning umumiy ma’naviy qadriyatlari bilan uyg‘unlashtirish, insonning erkin qaror qabul qilish salohiyatini mustahkamlash hamda ijtimoiy institutlarning ishonchliligini oshirishga qaratilgan.
2025-10-21
ХУСУСИЙ МУЛК ОБЪЕКТЛАРИНИ ҚЎРИҚЛАШ ШАРТНОМАСИ
Ўзбекистон Республикаси Фуқаролик кодексининг 364-моддаси биринчи қисми мазмунидан хулоса қилиш мумкинки, шартнома нарсаси (предмети) – қонун билан бевосита “асосий (муҳим) шарт” сифатида белгиланган ягона шарт ҳисобланади. Айнан предмет шартноманинг ҳуқуқий табиати ва унинг фуқаролик-ҳуқуқий муносабатлар тизимидаги ўрнини белгилаб беради. Бизнинг фикримизга кўра, хусусий мулк объектларини муҳофаза қилишга оид шартнома хизмат кўрсатишнинг ҳақ эвазига амалга ошириладиган турига киради. Шу сабабли, предмет шартномада кўрсатилган қўриқлаш хизмати мазмунини очиб берувчи ҳуқуқий категория сифатида намоён бўлади. Предмет ва ижрочининг ҳаракатлари тизими яхлитлик ва хусусийлик нисбатида намоён бўлади.
2025-10-21
ЛАКТАЦИОННАЯ ФУНКЦИЯ У РОДИЛЬНИЦ: ВЛИЯНИЕ МАКРОСОМИИ НА ГРУДНОЕ ВСКРАМЛИВАНИЕ
Грудное молоко, обладая уникальным сочетанием витаминов, минералов и иммунных факторов, является идеальным питанием для младенцев[1,3,5]. Тем не менее, женщины, родившие детей с макросомией, сталкиваются с определенными трудностями, которые могут значительно осложнить процесс грудного вскармливания[2,8].
2025-10-21
ЭКСТРЕМИЗМ ВА ТЕРРОРИЗМГА ҚАРШИ КУРАШ ҲАМДА ИНСОН ҲУҚУҚЛРИНИ ТАЪМИНЛАШДА «АТРИБУТ» ТУШУНЧАСИНИ МИЛЛИЙ ҚОНУНЧИЛИККА КИРИТИШ ЗАРУРИЯТИ
Диний экстремизм ва терроризмга қарши курашишда атрибутлар – яъни экстремистик ёки террористик ташкилотларнинг байроқлари, шиорлари рамзлари, тарғибочи қўшиқлари, либослари ва бошқа кўринишдаги белгилар – кенг тарқолмоқда. Бундай рамз ва аломатлар орқали ушбу ташкилотлар ўз ғоявий таъсирини Интернет ижтимоий тармоқлар орқали оммавий тарзда кенг жамоатчиликка етказмоқда. Бу эса, ўз навбатида, хуқуқни муҳофаза қилувчи органлар учун янги таҳдид ва вазифаларни юзага келтирмоқда.
2025-10-21
NEGATION IN DISCOURSE AND COMMUNICATION: FUNCTIONAL, PRAGMATIC, AND CONTEXTUAL DIMENSIONS
This article examines the functional, pragmatic, and contextual aspects of negation in English and Uzbek discourse. Negation is not only a grammatical operation but also a discourse strategy used to express stance, politeness, disagreement, irony, and emotional tone. The study analyzes how negation contributes to communicative intent and meaning construction within real discourse, considering the influence of linguistic typology, context, and speaker intention. Data from spoken and written texts illustrate that while English relies heavily on syntactic markers such as not, no, and negative auxiliaries, Uzbek employs morphological affixes like -ma/-me and prosodic cues to shape communicative effect. The findings highlight that negation functions as a powerful pragmatic tool, serving not only to deny propositions but also to construct interpersonal relations and discourse coherence.
2025-10-21
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA OAV (OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI) KORXONALARINING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA’MINLASH MEXANIZMLARI
Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya davrida Ommaviy axborot vositalari (OAV) nafaqat axborot tarqatuvchi, balki iqtisodiy jihatdan faol biznes subyekti sifatida ham shakllanmoqda. Raqamli iqtisodiyotning tez sur’atlarda rivojlanishi OAV korxonalaridan yangi moliyaviy boshqaruv yondashuvlari, innovatsion biznes-modellar va barqaror daromad manbalarini joriy etishni talab qilmoqda.
2025-10-21
MILLIY TARIXSHUNOSLIKDA BUXORO AMIRLIGINING O‘RGANILISHI
Maqolada XXI asrning yigirma yili ortda qolayotgan bir davrda, O`rta Osiyo xonliklari tarixi, xususan, Buxoro xonligi tarixini o`rganishning zaruriy ahamiyati, yoshlar onggi va qalbida milliy tariximizning real manzarasi haqida tasavvur hosil qilishda tarixiyshunoslikning ahamiyati haqida fikr yuritiladi.
2025-10-21
ANDIJON – TARIXIY VA TOPONOMIK SHAHAR
Mazkur maqolada O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridan biri — Andijon shahrining toponimik kelib chiqishi va tarixiy manbalarda qayd etilishi masalalari yoritilgan. Shuningdek, bu nomning tarixiy manbalarda Andigon, Andikon, Andiyon kabi variantlarda uchrashi, ularning fonetik va morfologik o‘zgarishlari tahlil etilgan. Bobur davriga kelib “Andijon” shaklining mustahkamlanishi esa turkiy madaniyat va siyosiy markazlashuv bilan bog‘liq holda talqin etilgan. Maqolada shuningdek, Andijon shahrining Afrosiyob, O‘g‘uzxon kabi tarixiy shaxslar faoliyati bilan bog‘liq rivoyatlardagi o‘rni ham yoritiladi.
2025-10-21
MEDIA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARDAN TO‘G‘RI FOYDALANISH
Zamonaviy jamiyatda media va axborot texnologiyalari inson hayotining ajralmas qismiga aylangan. Ular ta’lim, fan, madaniyat va kundalik hayotda axborot almashinuvini tezlashtiradi, ammo noto‘g‘ri foydalanish insonning ruhiy, ijtimoiy va ma’naviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ushbu maqolada media va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishning psixologik, pedagogik va ijtimoiy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda yoshlarning media savodxonligi, virtual muhitdagi xavfsizlik, va axborot tanlash madaniyatining ahamiyati o‘rganilgan. Shuningdek, media vositalaridan foydalanish natijasida yuzaga keladigan diqqat buzilishi, asabiylashish va ijtimoiy chekinish kabi muammolar ham ko‘rsatib o‘tilgan.
2025-10-21
FOREIGN EXPERIENCE IN THE DEVELOPMENT OF ENTREPRENEURSHIP IN THE AGRICULTURAL SECTOR
In the context of globalization, agriculture remains a strategically important sector that ensures food security and sustainable regional development. The development of entrepreneurship in the agricultural sphere promotes innovation, increases competitiveness, and creates jobs in rural areas. This article explores international experiences in supporting and stimulating agricultural entrepreneurship, highlights key tools of public policy and private initiatives, and analyzes case studies from countries with successful practices in this field. Emphasis is placed on the applicability of these approaches in countries with transitional economies.
2025-10-21
BOLALARDA NAFAS OLISH VA QON AYLANISH TIZIMLARI O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK: GIPOKSIYA VA YURAK-O‘PKA SINDROMLARI TAHLILI
Mazkur ilmiy maqolada bolalarda nafas olish va qon aylanish tizimlarining o‘zaro fiziologik bog‘liqligi, gipoksiya patogenezi hamda yurak-o‘pka sindromlarining klinik tahlili keng yoritilgan. Bolalar organizmida o‘pka va yurak tizimlarining morfo-funksional yetilmaganligi tufayli gipoksik holatlar tez rivojlanadi, yurak va o‘pka o‘zaro bir-birining yetishmovchiligini kuchaytiruvchi omilga aylanadi. Maqolada yurak-o‘pka sindromlarining etiologiyasi, klinik shakllari, diagnostika mezonlari hamda profilaktik yondashuvlar batafsil tahlil qilinadi.
2025-10-22
