Этот журнал занимается публикацией и распространением результатов исследований по общественным наукам и историческим вопросам. Основная цель исследовательского журнала - исследовать, проводить и знакомить с ключевыми моментами широкой публики и фундаментальными исследованиями в области социальных наук и истории. Таким образом, Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры также планировал анонсировать научные достижения молодых ученых по актуальным проблемам общества, проводя аналитические и теоретические исследования исторических точек региона в доисторические эпохи. Авторы несут ответственность за достоверность фактов, цитат, статистической и социологической информации, географических терминов и другой информации, представленной в статье. Представленные статьи должны быть уникальными и содержать последние новости науки и образования. Кроме того, текст статьи должен быть оригинальным и ранее не публиковался в других журналах. Статьи принимаются на узбекском, английском и русском языках, журнал выходит один раз в месяц.

Nashr qilingan: 2025-05-06

O‘QITUVCHILARDA FASILITATORLIK XUSUSIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK YO‘LLARI

Ushbu maqolada o‘qituvchilarda fasilitatorlikning psixologik sifatlarini rivojlantirish usullari ko‘rib chiqiladi. Fasilitatorlik — bu o‘qituvchining o‘quv jarayonida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi, qo‘llab-quvvatlovchi va o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rag‘batlantiruvchi rolidir. Maqolada fasilitatorlik uchun zarur bo‘lgan empatiya, faol tinglash, moslashuvchanlik, o‘z-o‘zini anglash kabi psixologik sifatlarni rivojlantirish strategiyalari tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu sifatlarni shakllantirishda treninglar, refleksiya va mentorlikning ahamiyati muhokama qilinadi.

Mamanova Dinora Olimjonovna

7-16

2025-05-06

O‘SMIRLARDA AGRESSIV XULQNING SHAKILLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI PSIXOLOGIK OMILLAR

Ushbu maqola o‘smirlarda agressiv xulqning shakillanishiga ta’sir etuvchi asosiy psixologik omillarni o‘rganadi. Maqolada o‘smirlarning shaxsiy xususiyatlari (temperament, xarakter aktsentuatsiyalari, empatiya darajasi), kognitiv jarayonlari (frustratsiyaga tolerantlik, impulsivlik, muammolarni hal qilish ko‘nikmalari), hissiy holatlari (g‘azab, tajovuzkorlikka moyillik) va o‘zini-o‘zi baholash darajasi kabi omillar tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘smirlar agressiyasining oldini olish va korreksiyalash bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltiriladi.

Nishanbayeva Odina Xikmatillayevna

17-25

2025-05-06

TALABALARDA PERFEKSIONIZMNING PSIXOLOGIK OMILLARI

Ushbu maqola talabalarda perfektsionizmning shakllanishiga ta'sir etuvchi asosiy psixologik omillarni o'rganadi. Maqolada talabalarning shaxsiy xususiyatlari (o'ziga yuqori talab qo'yish, tanqidga sezuvchanlik, muvaffaqiyatsizlikdan qo'rqish), kognitiv jarayonlari (mukammallikka intilish, qora va oq fikrlash, haddan tashqari umumlashtirish), hissiy holatlari (xavotirlik, stress, aybdorlik hissi) va ijtimoiy omillar (ota-onalarning talablari, o'qituvchilarning baholashi, tengdoshlarning ta'siri) tahlil qilinadi. Shuningdek, perfektsionizmning talabalarning psixologik farovonligi va o'quv faoliyatiga ta'siri ko'rib chiqiladi.

Kurbanova Muxlisa Botirjon qizi

26-31

2025-05-06

МЕТОДИКА ПРИМЕНЕНИЯ ЭВРИСТИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ НА УРОКАХ МАТЕМАТИКИ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ ПРИ ИЗУЧЕНИИ ГЕОМЕТРИЧЕСКОГО МАТЕРИАЛА

Статья посвящена теоретическим и практическим аспектам применения эвристических технологий на уроках геометрии в начальной школе Республики Узбекистан. Анализируя работы М.Ж. Мадаминова, У.Х. Ташматова, Ш.Ю. Нурматова и положения ГОС НОО РУз (2022), авторы обосновывают роль эвристических методов в развитии креативного мышления, логико-аналитических способностей и исследовательской активности младших школьников.  Статья предлагает оригинальную методику, базирующуюся на интеграции традиционных узбекских орнаментов в геометрические задачи для стимулирования креативного мышления. В качестве примера приводится задание из учебника И.

Нозима Режаббаева, Нилюфар Хамедова

32-39

2025-05-10

EDUCATIONAL AND EDUCATIONAL SIGNIFICANCE OF THE APPLICATION OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MUSIC LESSONS IN COMPREHENSIVE SCHOOLS

Today, the use of modern methods and technologies in education is gaining importance. Especially in music lessons, the use of advanced pedagogical technologies can increase the interest of students, make them more active and creative. Music develops students' aesthetic taste, imagination, hearing and creative abilities. Therefore, special attention should be paid to increasing the activity of students in these lessons. In this sense, this article broadly covers the theoretical and practical foundations of the use of pedagogical technologies in music lessons in secondary schools.

Shohida Omankulova

40-43

2025-05-10

INSONNING HAYOTDAGI OʻZ OʻRNINI TOPISHI: PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR VA AMALIY ASOSLAR

Ushbu maqolada insonning hayotdagi oʻz oʻrnini topishi masalasi psixologik yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Maslowning ehtiyojlar iyerarxiyasi, Eriksonning psixososial rivojlanish nazariyasi, Franklning ma’no izlash kontseptsiyasi, Rogersning insonparvar psixologiyasi hamda Jungning individuatsiya g‘oyalari asosida mavzu yoritiladi.

Kakisheva Gulnur Annadurdiyevna

44-46

2025-05-12

TURKISTONDA XX ASRNING BOSHI DA BANK TIZIMINING HOLATI TAHLILI

Mazkur maqolada Turkiston o‘lkasida XX asrning boshlarida shakllangan bank tizimining holati, kredit siyosati, banklar faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda milliy banklarning tashkil topishi, mahalliy aholining moliyaviy ehtiyojlarini qondirishdagi qiyinchiliklar, sovet iqtisodiy siyosati ta’sirida bank tizimidagi muhim o‘zgarishlar o‘rganilgan. Xulosa qismida mavjud muammolar va ularning tarixiy sabablari aniqlanadi.

Qoʻchqarov Shohruhbek Xursanboy oʻgʻli

47-50

2025-05-12

CORPORATE GOVERNANCE IN NEW-AGE HIGH-GROWTH COMPANIES: A FRESH PERSPECTIVE

The business environment today is undergoing significant changes. Technology is rapidly evolving, disrupting industries and creating boundaryless opportunities. The set of stakeholders has expanded to include communities, the environment, and employees. These changes necessitate a fresh approach to corporate governance. Start-ups, especially those that are technology-driven and growing quickly, require a different type of governance compared to stable, slowly growing behemoths. These companies often pivot their business models multiple times a year. There is significant employee turnover, and sometimes even the founders themselves. Investors tend to be aggressive and ambitious, often unwilling to take a back seat in matters of corporate governance.

S. Ramakrishna

51-60

2025-05-13

PRACTICAL AND METHODOLOGICAL ASPECTS OF WORKING ON THE TEXT OF CLASSICAL PROSE WORKS

The article presents the difficulties encountered in working on the text of classical prose works in today's secondary schools, several recommendations for overcoming them, and a methodological system for working with classical texts.

Nurzod Norqulov

61-65

2025-05-15

THE SOCIOPRAGMATIC AND LINGUOCULTURAL ASPECTS OF ANTONYMS: A COMPARATIVE ANALYSIS OF ENGLISH AND UZBEK FILM SCRIPT TEXTS

This study explores the sociopragmatic and linguocultural features of antonyms in English and Uzbek film scripts. By analyzing selected dialogues from The Last Leaf and Mendirman Jaloliddin, the research reveals how antonym pairs function beyond lexical opposition to express moral, emotional, and cultural meanings. The study draws on structuralist, cognitive, and linguocultural theories to highlight the role of antonymy in shaping discourse and national identity. This study explores the sociopragmatic and linguocultural functions of antonyms in English and Uzbek film scripts. By analyzing dialogues from The Last Leaf and Mendirman Jaloliddin, the article demonstrates how oppositional meanings reflect social norms, cultural values, and pragmatic discourse strategies. Drawing from structuralist, cognitive, and corpus-informed models, the analysis illustrates how canonical and culturally embedded antonyms—such as hope–despair and halol–haram—shape narrative meaning and reflect distinct linguistic identities.

Feruzakhon Rakhimova

66-70

2025-05-15

ISHLAB CHIQARISH VA XIZMAT KO‘RSATISH KORXONALARIDA TOVAR-MODDIY ZAXIRALARI KIRIMI TARTIBINI BAHOLASH

Maqolada ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida tovar-moddiy zaxiralarning (TMZ) kirimi tartibini baholash jarayonlari yoritilgan. Asosiy e’tibor BHXS 2 – “Tovar-moddiy zahiralar” standartiga muvofiq zaxiralarni hisobga olish, ularning tan narxini aniqlash va kirim jarayonini hujjatlashtirishga qaratilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, amaldagi yondashuvlar takomillashtirishga muhtoj.

Ahmatova Muxlisa Ahmat qizi

71-74

2025-05-19

OʻZBEKISTON MOZAIKALARINING BADIIY XUSUSIYATLARI

Mazkur maqolada Oʻzbekiston mozaikasining badiiy xususiyatlari, tasviriy sanʼatdagi oʻrni, monumental sanʼatdagi ahamiyati va kompozitsion yechimlari tahlil etiladi. Shuningdek, maqolada muallif tomonidan rassomlar asarlari orqali estetik qarashlar ifoda etiladi.

Kuchkarova Negina Ixtiyor qizi

75-79

2025-05-19

IMPROVING THE UZBEK SPEAKING SKILLS OF NON-NATIVE STUDENTS THROUGH DIGITAL TECHNOLOGIES

In modern education, the development of digital technologies has created new opportunities for students learning processes. This article discusses the role of digital tools in developing speech competencies in learners studying Uzbek as a foreign language. It examines methods and techniques such as interactive video and audio lessons, mobile apps, and online platforms that assist in learning Uzbek grammar, vocabulary, and pronunciation. Additionally, digital technologies help students use the language in everyday communication, improving their motivation and speech skills.

Odina Abdunazarova

80-87

2025-05-19

USMON NOSIR SHE'RIYATIDA OKKAZIONAL BIRLIKLAR

Usmon Nosir o’zbek adabiyotining yorgin namoyandalaridan biri bo’lib, uning she’rlari chuqur ma’no, badiiy tasvir va o’ziga xos okkazional birliklarga boy.

Abdurahmonova Sofiya

88-90

2025-05-20

A TYPOLOGICAL ANALYSIS OF PERSUASIVE STRATEGIES IN CONTEMPORARY ENGLISH-LANGUAGE NEWS MEDIA

This article presents a typological analysis of persuasive strategies in contemporary English-language news media. It explores how lexical, rhetorical, structural, and pragmatic tools are employed to influence public perception while maintaining the appearance of objectivity. The study emphasizes the role of evaluative language, framing, modality, and visual rhetoric in shaping news narratives. Additionally, it highlights how digital media has introduced new persuasive mechanisms such as clickbait headlines and algorithmic personalization. Through detailed examples and case studies, the article underscores the importance of media literacy and ethical journalism in today’s information-rich environment.

Luiza Muzafarova , Dilijon Sanakulov

91-95

2025-05-20

STRESSLI VAZIYATLARDA KOPPING STRATEGIYALAR

Ushbu maqolada insonning stressga bo‘lgan munosabati, stress holatida qanday jarayonlar kechishi va stressdan chiqish uchun kopping steategiyalar(kurashish strategiyalari) haqida ma’lumot berilgan.

Begjonova Gulnoza Alisher qizi

96-101

2025-05-20

THEMATIC SCOPE AND ARTISTICITY OF STORIES

As a result of this small study, we examined the themes and artistry of the stories of one of the great representatives of Uzbek children's literature, Nosir Fozilov.

Shakhlo Musayeva

102-105

2025-05-22

MAQSUD SHAYXZODA DRAMATIK ASARLARIDAGI EMOTSIONAL-EKSPRESSIVLIKNING O‘RNI

Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Maqsud Shayxzodaning dramatik asarlaridagi emotsional-ekspressivlik vositalarining badiiy va g‘oyaviy o‘rni tahlil qilinadi. Xususan, “Mirzo Ulug‘bek” va “Jaloliddin Manguberdi” dramalari asosida obrazlarning hissiy kechinmalari, dramatik kuch, ruhiy fojia va milliy g‘oyalarni ifodalashdagi til vositalarining roli ochib beriladi. Asarda ekspressiv ifodalar, metaforalar, ritorik savollar va dramatik nutq uslublari orqali tarixiy haqiqat va ma’naviy qadriyatlar yoritilgan.

Olimova Ruxshona Ravshan qizi

106-109

2025-05-26

YANGI O‘ZBEKISTONDA NIKOH SHARTNOMASIGA BIR NAZAR

Ushbu maqola Yangi O‘zbekistonda nikoh shartnomasining huquqiy asoslari va uning oilaviy munosabatlardagi ahamiyatini tahlil qiladi. Nikohni rasmiylashtirish, shartnoma tuzish va bekor qilish jarayonlari, shuningdek, o‘zbek qonunchiligidagi o‘zgarishlar va xalqaro tajribalar ko‘rib chiqiladi. Maqola nikoh shartnomasining jamiyatda oilaviy barqarorlikni ta’minlashdagi rolini va huquqiy ahamiyatini ta’kidlaydi.

Xujamatova Xayotxon Mansurovna

110-116

2025-05-26

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING RIVOJLANISHIDA PSIXOLOGIK JARAYONINING AHAMIYATI

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik rivojlanish bosqichlari va bu davrda yuz beradigan o‘zgarishlarning shaxs shakllanishidagi ahamiyati yoritilgan. Muallif pedagog va psixolog olimlarning fikrlariga tayanib, maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq, tafakkur, ijtimoiy munosabatlar, qiziqishlar va odatlarning shakllanishi jarayonini tahlil qiladi. Shuningdek, maqolada pedagogik muhitning bolaning psixik rivojiga ta’siri, tarbiyaviy usullarning dolzarbligi va ijtimoiylashtirish jarayonining o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bu davrdagi psixologik o‘zgarishlar bolani kelajakdagi ijtimoiy hayotga tayyorlashda hal qiluvchi omil hisoblanadi.

Baltabaeva Nilufar Batirbay qizi

117-119

2025-05-26

YOSH DARVOZABONLARNING TEXNIK-TAKTIK HARAKATLARINI TESTLAR ORQALI O‘RGANISH

Ushbu maqolada yosh darvozabonlarning oʻquv-mashgʻulot jarayonida texnik-taktik harakatlari samaradorligini oshirishda foydalaniladigan usullarni aniqlash va ularni shugʻullanish jarayoniga joriy etish keltirilgan. Bundan tashqari texnik-taktik harakatlarni oshirishdagi foydalaniladigan testlarni samaradorligini aniqlashdan iborat. Aniqlangan natijalarni oʻyin jarayoniga taʼsirini samaradorligini bilish maqsadida pedagogik testlar natijasi keltirilgan.

Abdullaev Islam

120-125

2025-05-27

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING O‘QUV FAOLOYATIDA MUAMMOLI TA’LIM YONDASHUVINING PEDAGOGIK AHAMIYATI

Ushbu maqolada xozirgi ta’lim tizimining eng samarali o‘qitish texnologiyalaridan biri bo‘lib kelayotgan muammoli ta’limning maqsadi va vazifalari, pedagogning roli va ahamiyati va shu bilan birga o‘quvchining mustaqil, tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko‘nikma va malakalarni ijodiy o‘zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirish haqida so‘z yuritiladi.

Berdiqobilova Kamola O‘ktamovna, Bovanova Umida Abduvahobovna

126-130

2025-05-28

ХОРАЗМНИНГ ЎРТА АСРЛАРДАГИ ҲАРБИЙ ТЕХНИК ҚУРИЛМАЛАРИ

Мақолада Хоразмнинг ўрта асрларга оид манжаниқ, аррода, тири чарх ва бошқада ҳарбий техник қурилмалари ўрганилган. Манбаларда илк ўрта аср Хоразм қалъаларида манжанақлар ишлатилганлиги келтирилган. Айниқса, Ануштагин ҳукмронлиги даврида Хоразм қўшинида ҳарбий техник қурилмалар кенг кўламда ишлатилган. Бу даврда қўшин таркибида ҳарбий юришлар даврида ҳарбий техник қурилмалаларни ясовчи қуролсоз ҳунармандлар гуруҳлари ҳам иштирок этишган. Хоразмнинг Кот ва Урганч қалъаларида XIV-XV асрларда ҳам мудофа мақсадида ҳарбий техник қурилмаларни ишлатиш давом этган. Манбалар таҳлили, Хоразм қалъалари ва қўшинида ривожланган ўрта асрларда ҳарбий техник қурилмалардан кенг кўламда фойдаланганликларини кўрсатади.

Бахыт Турганов, Нодирa Сатимовa

131-138

2025-05-29

TARIX DARSLARIDA TANQIDIY FIKRLASH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH USULLARI

Ushbu maqolada tarix darslarida tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish usullari tahlil qilinadi. Tanqidiy fikrlash – o‘quvchilarning bilimlarni chuqur anglash, tahlil qilish, baholash va mustaqil qarorlar qabul qilish qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan muhim ko‘nikmadir. Maqolada savol-javob metodikasi, tarixiy manbalar bilan ishlash, debatlar, roli o‘yinlari, konseptual xaritalar va loyihaviy faoliyat kabi samarali usullar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, o‘qituvchining roli va zamonaviy texnologiyalar yordamida ta’lim jarayonining sifatini oshirish imkoniyatlari ham muhokama qilinadi. Mazkur usullar o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, tahliliy yondashuv va ijtimoiy faollikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Reymov Kuandiq Jumanazarovich

139-142

2025-05-29

1965-1985 ЖЫЛЛАРДА ҚАРАҚАЛПАҚСТАН КОМСОМОЛ ШӨЛКЕМЛЕРИ ИСКЕРЛИГИНДЕГИ МАШҚАЛАЛАР ҲӘМ ШЕШИМЛЕР

Совет ҳәкимияты жыллары жаслар менен ислесиў мәселесинде шешиўши ис-илажларды әмелге асырыўда тийкарғы жәмийетлик хәрекетлер ишинде комсомол шөлкеминиӊ роли кўшли болған. Мақалада усы жаслар уйымыныӊ искерлигиндеги жетискенликлер ҳәм машқалалар шешими хаққында сөз етиледи.

Өтебай Кеӊесбаев

143-147

2025-05-30

PERIPHERY OF THE COGNITIVE FIELD OF ADDRESS FORMS

This article provides information on the cognitive field of address forms, which are an integral part of each speech situation, and the boundaries that constitute the field. The cognitive analysis of address forms is scientifically substantiated based on prototype theory.  Additionally, the semantic structure of address forms is revealed through component analysis, and their archiseme and related differential semes are discussed.

Zakhro Abrueva

148-151

2025-05-31

BIRINCHI TILNI O‘ZLASHTIRISHGA DOIR TURLI YONDASHUVLAR: NOAM XOMSKIY, JIN PIAGET VA LEV VIGOTSKIY TADQIQOTLARI

Ushbu maqolada birinchi tilni o‘zlashtirishga doir zamonaviy yondashuvlar – Noam Xomskiyning generativ grammatikasi, Jin Piagetning kognitiv rivojlanish nazariyasi hamda Lev Vigotskiyning ijtimoiy-madaniy yondashuvi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etilib, har bir nazariyaning til o‘zlashtirish jarayonidagi o‘rni, o‘ziga xos metodologik asoslari va ta’limiy ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bu yondashuvlar asosida olib borilgan tadqiqotlar sharhlanadi va ular o‘rtasidagi umumiylik hamda tafovutlar aniqlanadi.

Axmadjonova Nigina Jamshid qizi

152-163

2025-05-31

ALISHER NAVOIY TAVALLUDINING 500 YILLIGI ARAFASIDAGI KONFERENSIYA HAQIDA

Alisher Navoiy hayoti va ijodining tadqiq etilishi jarayoni nafaqat bizning yurtimizda, balki xorijda ham faol olib boriladi. Bu borada rus adabiyotshunos olimlari faoliyatini alohida ta’kidlash lozim. Maqolada O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan konferensiya borasida so‘z boradi. Unda rus olimlari ishtirok etishgan hamda Navoiy yashagan davrning turli tomonlarini aks ettirgan holda ma’ruzalar o‘qishgan, o‘z tadqiqotlari hamda fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashganlar.

Ishonxanova Iroda Abduvaxitovna

164-169

2025-05-31

XORAZM VILOYATIDAGI O‘ZBEK SHEVALARIDA IJOBIY ISTAK MAZMUNINI IFODALOVCHI BIRLIKLARNI TOPLASH VA O‘RGANISH MASALASI

Mazkur maqolada ijobiy istak mazmunini ifodalovchi birliklarning lingvistik mohiyati, ularning leksik-semantik va pragmatik xususiyatlari, tilshunoslikda qanday o‘rganilgani hamda bu tadqiqotlarning amaliy va nazariy ahamiyati yoritilgan. Maqolada istak ifodalarini o‘rganishning lingvokulturologik, pragmatik, kommunikativ va dialektologik yo‘nalishlardagi foydali jihatlari ilmiy asosda tahlil qilinadi.

Jumaboyeva Aziza Baxtiyor qizi

170-173

2025-05-31

ADABIY MATNDA ANTROPONIMLARNING KOMMUNIKATIV FUNKSIYALARI

Mazkur maqolada antroponimlarning lingvopragmatik xususiyatlari yangi o‘zbek adabiyoti materiallari asosida tahlil qilinadi. Yangi davr o‘zbek nasri va poeziyasida qo‘llanilgan antroponimlar turli ijtimoiy-ma’naviy konnotatsiyalarga ega bo‘lib, ularning kommunikativ vazifalari, nutqdagi pozitsiyasi va kontekstual ma’nolari aniqlanadi. Misollar sifatida Erkin A’zam asarlaridan foydalaniladi.

Sohiba Otaxonova

174-177

2025-05-31

BOBUR ASARLARIDA SINONIMLAR

Ushbu maqolada Bobur asarlarida qo‘llangan sinonimlar yuzasidan lingvistik tahlillar olib boriladi. Qayd etish lozimki, ijodkor asarlarida, xususan, g‘azal, ruboiy va, ayniqsa, “Boburnoma” asarida sinonimlarning o‘ziga xos shakllari o‘rin olgan. Bu esa Bobur ijod qilgan o‘zbek tilidagi mavjud ma’nodosh so‘zlarni qo‘llash imkoniyati bilan baholanadi. Bobur tomonidan qo‘llangan sinonimik shakllari bevosita aynan turkiy leksemalardan tashkil topganligi yoki boshqa tillar – arab, fors kabi – bilan sinonimik qator hosil qilganligi ijodkor tomonidan so‘z tanlashdagi o‘ziga xos mahoratdan dalolatdir.

Nabiyeva Parvina

178-184

2025-05-31

MIRKARIM OSIM BOLALARNING TARIXNAVIS ADIBI

Mazkur maqola oʻzining butun ijodiy faoliyatini tarixiy asarlar yozishga bagʻishlagan, asarlari bilan xalq tarixining olis qaʼridagi xalq qahramonlari taqdirini badiiy jihatdan tadqiq qilib, millat tamadduniga beqiyos hissa qoʻshgan adib Mirkarim Osim ijodining bolalar maʼnaviy hayotida tutgan oʻrniga bagʻishlanadi. Maqolada adibning ikki hikoyasi va oʻnga yaqin qissasi tahlilga tortildi. Bu qissalarda qalamga olingan voqeliklar, tarixiy obrazlarning   bolalar va oʻsmirlar adabiyoti ravnaqiga qoʻshilgan hissasi tahlil va talqinlar asosida koʻrsatib berildi. Tarixiy mavzularni zamonga xizmat qildirgan Mirkarim Osimning ijodida oʻtmish mavzusini yoritish, tarix qatidagi xalq qahramonlari, ilm-fan fidoyilarinining jasoratli hayotini tasvirlash orqali moziydan saboq berish ijodining oʻzak masalasiga aylangani taʼkidlandi.  U romandagidek romanik tafakkur va voqeani keng koʻlamda aks ettirishni emas,  qissa doirasida bir qahramon taqdiri orqali oʻtmishni jonlantirishni muhim deb bilgan ijodkor. Bu maqsadni amalga oshirishda qissa janri tarixiy faktlarni buzmasdan ifodalash imkoniyatini berar edi. Ayni vaqtda adib ijodi bilan qissa janrining cheksiz imkoniyatlari ochildi, uning xilma-xil koʻrinishlari paydo boʻldi

Xamrakulova Xurshida Kuvvatovna

193-209

2025-05-31

XX ASR II YARMI OʻZBEK GʻAZALIYOTI TAKOMILIDA BADIIY SAN’ATLARNING OʻRNI

Mazkur maqola XX asr II yarmi oʻzbek adabiyotida yaratilgan ayrim gʻazallarning poetik aspektdagi tahliliga bagʻishlanadi. Sharq mumtoz poetikasining asosi boʻlgan ilmhoyi segona – ilmlar uchligi tarkibidagi ilmi badi’ning davr gʻazaliyoti taraqqiyotidagi ahamiyati ochib berilgan. Tashbih, talmih, tashxis, tazod (mutobaqa, tiboq, tatbiq, taqofu), husni ta’lil, irsoli masal, iyhom (tahyil, tavriya), tajnis, tanosub (muroat un-nazir, tavfiq, iytilof, talfiq), ishtiqoq kabi an’anaviy she’riy san’atlar bilan bir qatorda she’riyatda koʻp qoʻllangan, ammo kam ilmiy tahlil etilgan kalomi jomi’, izdivoj, ibhom, ittifoq, radd kabi badiiy san’atlar alohida tahlilga tortilgan. Gʻazallardagi ushbu san’atlarning qoʻllanilish darajasi belgilangan va bundan ba’zi gʻazallarning matla’dan maqta’ga qadar ma’lum she’riy san’at asosiga qurilgani aniqlandi. Yaratgan gʻazallari orqali shoirlarning salaflar an’anasiga qay darajada ergashgani va ularning novatorligi aniqlangan.

Joʻrayeva Mahliyo Dusmurod qizi

210-219

2025-05-31

LINGUOCOGNITIVE FACTORS OF THE BASIS OF SIMILES

This article discusses similes, which form the basis of our speech, and their role in human cognitive activity. Additionally, the linguocognitive factors of the basis of similes are explored and illustrated with examples. It should be noted that similes have a direct impact on human cognitive activity. They help generate new ideas, organize existing knowledge, and simplify complex concepts.

Dilobar Odilova

220-223

2025-05-31

SINESTEZIK EPITETLARDA KOʻCHMA MA‘NONING OʻZIGA XOS IFODALANISHI

Jilovlanmagan nutqiy faoliyatda har bir soʻzlovchi avvaldan mavjud tayyor qoliplardan farqli, nutq momenti, shart-sharoitiga mos qoliplarni “yasaydi”.  Epitet badiiy tasvirning muhim tarkibiy unsuri sifatida aksariyat hollarda badiiy koʻchimlar orqali ifodalanadi. Har qanday aniqlovchi sifatlovchi epitet boʻla olmaydi. Epitet holatida  voqelanishi uchun aniqlovchi va aniqlanmish oʻrtasida muayyan darajada kuchli emotsional munosabatlar boʻlishi kerak. Mazkur maqolada farqli sezgilar orqali idrok etiladigan leksemlarning koʻchma ma’noda sinestezik epitetlar hosil qilishdagi roli ochib beriladi

Oripova Mavludaxon Baxriddinovna

224-228

2025-05-31

IQON SHEVASIDA KELISHIK SHAKLLARI

Ushbu maqolada Janubiy Qozog‘istonning shimoliy o‘zbek shevalari guruhiga kiruvchi Iqon shevasida kelishik shakllari va ularning fonetik variantlari bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlar yoritilgan.

Xidraliyeva Zoxira Riskulovna

185-192

2025-05-31