Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

HUQUQIY NIGILIZMNING NAZARIY - ASOSIY TUSHUNCHALARI

Bugungi kunda jamiyat taraqqiyoti va davlat boshqaruvi samaradorligi, avvalo, fuqarolarning huquqiy ong va huquqiy madaniyat darajasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Huquqiy davlat barpo etish jarayonida fuqarolarning qonunlarga nisbatan hurmati, ularga bo‘lgan ishonchi va rioya etish madaniyatini shakllantirish muhim omil hisoblanadi. Shu bilan birga, ayrim hollarda jamiyatda huquqiy me’yorlarning ahamiyatini inkor etish, qonunlarga bepisandlik bilan munosabatda bo‘lish holatlari kuzatiladi. Bunday salbiy holat huquqiy nigilizm deb ataladi. Huquqiy nigilizm — bu shaxsning yoki ijtimoiy guruhning huquqqa, qonunlarga va davlat institutlariga nisbatan ishonchsizlik, e’tiborsizlik yoki rad etish holatidir. U nafaqat huquqiy tizimning barqarorligiga, balki jamiyatda adolat va tartibni ta’minlashga ham jiddiy xavf tug‘diradi. Shu bois, huquqiy nigilizmni o‘rganish va uni bartaraf etish masalalari nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham dolzarb ahamiyatga ega.

Abdulaxadxon G’ulomov

68-73

2025-11-13

EKOLOGIYA SOXASIDA VAKOLATLI BOSHQARUV ORGANLARI FAOLIYATINI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH: XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI MISOLIDA

Mazkur maqolada Ekologiya soxasida maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari faoliyatini huquqiy tartibga solish borasidagi xorijiy mamlakatlar tajribasining qiyosiy-huquqiy tahlili, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshirish zarurati borasida mahalliy va xorijlik huquqshunos olimlarning fikrlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organlari tizimini optimallashtirish masalasi xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida yoritib berilgan. Shu bilan birga, davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqilgan. Xususan, Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasida amalda bo‘lgan qonunchilik asosida mamlakatimizda ham davlat ekologik nazoratini amalga oshirish vakolatini yagona davlat boshqaruv organiga berish masalasi tahlil qilingan.

Durdona Alloberdiyeva

7-11

2023-12-06

YANGI O‘ZBEKISTONDA DAVLAT VA HUQUQ SOHASIDAGI ISLOHOTLAR VA ISTIQBOLLAR

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida davlat va huquq sohasidagi islohotlar ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilanmoqda. Mustaqillikdan so‘ng mamlakatda huquqiy demokratik davlat barpo etish, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, adolatli va samarali davlat boshqaruvini shakllantirish bo‘yicha ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, 2017-yildan boshlab yangi bosqichdagi islohotlar natijasida davlat boshqaruvi tizimi soddalashtirildi, fuqarolik jamiyati institutlari rivojlantirildi, sud hokimiyati mustaqilligi ta’minlandi. Yangi Konstitutsiyaviy islohotlar orqali xalq vakilligining kuchaytirilishi, fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiqlik siyosatini rivojlantirish masalalari yangi bosqichga ko‘tarildi. Ushbu tezisda davlat va huquq sohasidagi islohotlarning asosiy yo‘nalishlari, erishilgan yutuqlar va istiqboldagi ustuvor vazifalar ilmiy tahlil qilinadi. Islohotlarning huquqiy asoslari, ularning amaliy natijalari hamda xalqaro tajriba bilan uyg‘unlashuvi haqida fikr yuritiladi. Tezis natijalari davlat xizmatchilari, huquqshunoslar va siyosatshunoslar uchun foydali manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Аxbor Аsqarov

38-40

2025-04-29

DAVLAT VA JAMIYAT HAYOTINING BARCHA SOHALARINI LIBERALLASHTIRISH, ISLOH QILISH HAMDA MODERNIZATSIYALASH JARAYONIDA DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI FANINING RO’LI

Mazkur maqolada davlat va huquq nazariyasi fanining jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini liberallashtirish, isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlaridagi o‘rni keng yoritilgan. Bugungi globallashuv davrida siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tizimlarning yangilanishi, inson huquq va erkinliklarini kafolatlash, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlari aynan davlat va huquq nazariyasi tamoyillari asosida amalga oshirilayotgani ta’kidlangan.

Sabina Yusupova

154-160

2025-11-24

MANFAATLAR TO‘QNASHUVI TUSHUNCHASI VA UNING HUQUQIY TABIATI

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasidagi davlat boshqaruvida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaning oldini olish masalalari tahlil qilinadi. Maqolada manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi, uning huquqiy tabiati, xalqaro tajribalar va O‘zbekistonning amaldagi huquqiy tizimi o‘rganiladi. Bunda, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi jamiyatda tengsizlik, o‘zaro nizolarni keltirib chiqarishi, davlat boshqaruvidagi ishonchsizlikni kuchaytirishi mumkinligi ta’kidlanadi. Shu sababli, davlat boshqaruvini shaffoflashtirish, korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, davlat xizmatchilarining huquqiy savodxonligini oshirish, normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish zarurligi qayd etilgan. Maqolada xalqaro tajriba va amaliyotda olingan o‘rganishlar, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga qarshi kurashishda yuzaga kelgan muammolar va ularni bartaraf etish uchun takliflar keltirilgan.

Jamola Najimova , Jahongir Bokiyev

41-47

2025-03-10

DAVLAT BOSHQARUVIDA KORRUPSIYAVIY XAVFLARNI ANIQLASH, BAHOLASH VA BOSHQARISHNING HUQUQIY ASOSLARI

Tezisda O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvida korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, baholash va boshqarishning mavjud huquqiy asoslari chuqur tahlil qilinadi. Qonunlar, Prezident farmonlari va yillik dasturlar asosida korrupsiyaga qarshi kurashishning institutsional va huquqiy mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, davlat boshqaruvida korrupsiyaviy xavflarni tizimli boshqarish imkonini yaratishi tahlil etiladi.

Shoxruxbek Zokirov

93-99

2025-06-11

YANGI KONSTITUTSIYA – FAROVON HAYOT TAMOYILI

Yangi O'zbekiston o'z taraqqiyot yo'lini belgilab olar ekan, demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurishni o'z oldiga pirovard maqsad qilib qo'ydi. Bu oliy maqsad yo'lida shu kungacha ko'pdan-ko'p ishlar amalga oshirildi. Ma'lumki, demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini konstitutsiya va qonun ustunligiga erishmay, ularni ham normativ hujjatlarda, ham amalda ta'minlamay turib qurib bo'lmaydi. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi prinsipi shuni anglatadiki, bunda barcha joriy qonunlar va me'yoriy-huquqiy hujjatlar yangi konstitutsiya asosida va unga muvofiq bo'lishi talab etiladi.

Sarviniso Shodiyeva

8-10

2023-12-09

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ELEKTRON HUKUMAT TIZIMINI TASHKILLASHTIRISHNING HUQUQIY ASOSLARI

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida elektron hukumat tizimini yaratishning huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Asosiy eʼtibor qonun hujjatlari, jumladan, davlat xizmatlarini raqamlashtirish va davlat boshqaruvida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish masalalarini tartibga soluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va boshqa huquqiy hujjatlarini tahlil qilishga qaratilmoqda. Shuningdek, tadqiqotda O‘zbekistonda elektron hukumatni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va davlat apparatida elektron tizimlardan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari yoritilgan.

Polat Sherniyazov , Gulnaz Berdimuratova

94-95

2024-05-15

O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASINING DEMOKRATIK JAMIYAT QURILISHIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI

Ushbu maqolada O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining jamiyat va davlat hayotidagi ahamiyati, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish borasidagi roli hamda farovon hayot shakllanishiga ta`siri tahlil qilinadi. Konstitutsiyaning davlat boshqaruvidagi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotdagi funksiyalari o`rganilib, erkin va xavfsiz jamiyatni ta`minlashdagi asosiy vosita sifatidagi ahamiyati yoritiladi.  Maqola O`zbekiston konstitusiyasi bilan bir qatorda jahondagi bir qator konstitutsiyalar solishtiriladi. Shuningdek, xalqaro huquqiy hujjatlar bilan bog`liqligi haqidagi ma`lumotlarni ham o`z ichiga oladi. Tadqiqot natijalari konstitutsiyaning huquqiy me`yor sifatida jamiyatda erkinlik va barqarorlikni ta`minlashdagi muhim rolini tasdiqlaydi.

Ibrohimjon Murodaliyev

14-19

2025-11-30

DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI VA TARIXI. HUQUQIY TAʼLIMOTLAR TARIXI

"Davlat va huquq nazariyasi va tarixi" fani davlat va huquqning paydo boʻlishi, rivojlanishi hamda turli davrlar va xalqlarda shakllangan huquqiy fikrlar, nazariyalar va taʼlimotlar haqida oʻrganadi. Bu fanlar huquqiy dunyoqarashni shakllantirish, jamiyatdagi huquqiy jarayonlarni tushunish va huquqiy davlatning mohiyatini anglash uchun muhimdir. Mazkur tezisda davlat va huquq nazariyasi fanining mohiyati va yuridik fanlardagi oʻrni haqida soʻz boradi

Bobur Salayev

108-110

2025-09-26

“KОNSTITUTSIYA – ERKIN VA FARОVОN HAYОT GARОVI”

Ushbu maqоlada О‘zbekistоn Respublikasi Kоnstitutsiyasining jamiyat taraqqiyоtidagi о‘rni, fuqarоlarning erkinliklari va farоvоnligini ta’minlashdagi huquqiy mexanizmlari hamda asоsiy qоnunning zamоnaviy ijtimоiy-siyоsiy hayоtdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Kоnstitutsiyada belgilangan demоkratik tamоyillar – insоn huquqlarining ustuvоrligi, adоlat, xalq hоkimiyatchiligi va ijtimоiy davlat kоnsepsiyasi – mamlakatning barqarоr rivоjlanishiga asоs bо‘luvchi оmillar sifatida kо‘rib chiqiladi. Tadqiqоtda kоnstitutsiyaviy islоhоtlarning mazmun-mоhiyati, ularning ta’lim, iqtisоdiyоt, sud-huquq tizimi va fuqarоlik jamiyati institutlari faоliyatiga kо‘rsatgan ta’siri ilmiy yоndashuv asоsida о‘rganiladi. Shuningdek, yangi tahrirdagi Kоnstitutsiyaning yоshlar uchun yaratayоtgan imkоniyatlari, ta’lim оluvchilarning huquqiy madaniyatini оshirishdagi rоli va erkin hamda farоvоn hayоt uchun mustahkam huquqiy kafоlat ekanligi asоslab beriladi. Maqоla yakunida kоnstitutsiyaviy qadriyatlarni keng targ‘ib etish va ularni amaliyоtga jоriy etishni takоmillashtirish bо‘yicha xulоsalar berilgan.

Sevinch Tоshpо‘latоva

45-49

2025-12-15

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING ASOSIY PRINSIPLARI

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplarini chuqur ilmiy tahlil qilish, ularning huquqiy va siyosiy mohiyati, davlat boshqaruvi hamda jamiyat rivojlanishidagi o‘rni yoritiladi. Konstitutsiyadagi suverenitet, demokratiya, inson huquqlari, huquqiy davlat, hokimiyatlarning bo‘linishi, ijtimoiy davlat tamoyillari qiyosiy-huquqiy va nazariy asosda o‘rganildi. Prinsiplarning amaliy hayotdagi aks sadosi, islohotlar jarayonidagi ahamiyati ham ko‘rsatildi.

Ozoda Ochilova

61-63

2025-11-25

AVTOMOBIL YOʻLLARI SOHASIDA MAʼMURIY-HUQUQIY BOSHQARUVNING XORIJ TAJRIBASI: HUQUQIY MEXANIZMLAR VA USULLAR

Maqolada avtomobil yoʻllari sohasida maʼmuriy¬huquqiy boshqaruvning xorij tajribasi huquqiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Rossiya Federatsiyasi, Yevropa Ittifoqi va boshqa mamlakatlar tajribasidan yoʻl infratuzilmasini tenderlar, konsessiya shartnomalari va davlat nazorat mexanizmlari orqali boshqarish modellari oʻrganilgan. Maqolada yoʻl infratuzilmasida davlat nazorati bilan xususiy operatorlarning vazifalarini ajratish, tenderni ochiqlik bilan tashkil qilish va shartnomada huquqiy kafolatlar kiritish muhimligi taʼkidlangan. Xorij tajribasining Oʻzbekiston sharoitiga tatbiq etilishi uchun maʼmuriy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar ilgari surilgan. Ushbu tahlil davlat va xususiy sheriklik madaniyatini rivojlantirish, yoʻl infrastrukturasi loyihalarida huquqiy muammolarni bartaraf etish maqsadida amaliy qiymatga ega.

Madorbek Mashrapov

89-92

2025-10-16

DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARINING HUQUQIY VA IJTIMOIY JIHATDAN HIMOYA QILINISHI

Zamonaviy davlat boshqaruvi samaradorligini belgilovchi asosiy omillardan biri bu — davlat fuqarolik xizmati tizimining rivojlanishi hisoblanadi. Davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinishi haqida ma’lumotlar keltirigan.

S. Xamdamova

123-125

2025-10-20

INVESTITSIYA FAOLIYATININING DAVLAT TOMONIDAN HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHI

Ushbu tezisda O`zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish har tomonlama tahlil qilingan va misol sifatida keltirib o`tilgan mamlakatlarning me’yoriy-huquqiy bazalari bilan taqqoslanadi. Tadqiqot investitsiyalarni rag`batlantirish tashabbuslari, investorlarni himoya qilish choralari va xorijiy investitsiyalar qoidalarini o`rganadi. O`zbekiston va boshqa mamlakatlar tomonidan qo‘llanilayotgan yondashuvlarni o‘rganish orqali ushbu maqola normativ-huquqiy bazaning asosiy jihatlarini aniqlash va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning ilg‘or tajribalarini yoritishga qaratilgan. Investitsiyalarni davlat tomonidan tartibga solishning milliy iqtisodiyotga ta'siri ko'rib chiqiladi. Investitsiyalarning huquqiy asoslariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlatning investitsiyalarga aralashuvi vositalari, shuningdek, ichki va tashqi xarajatlarni talab qiluvchi yondashuvlar aniqlangan.

Sherzod Inatov

26-30

2023-11-28

FUQAROLARNING HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA QONUNIY MANFAATLARINI HIMOYA QILISHDA DAVLAT XIZMATLARI KO’RSATISHNING MILLIY TIZIMINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI.

Mazkur maqolada Davlat xizmatlarini ko‘rsatish va intellektual mulkning huquqiy himoyasi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda tizim imkoniyatlaridan oqilona foydalanish, ushbu sohalarda muvofiqlashgan faoliyatni ta’minlash hamda mavjud ma’muriy tuzilmalarning yaxlit vertikal boshqaruvini shakllantirish zarurati haqida so’z yuritiladi. Shuningdek, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda idoralararo elektron hamkorlikni kengaytirish va mavjud ma’lumotlar bazasini raqamlashtirish bo‘yicha taklif va mulohazalar keltirib o’tilgan.

Muxayyo Matkarimova

48-53

2023-06-19

HUQUQIY DAVLAT VA FUQAROLIK JAMIYATINI BARPO ETISHDA TO’SIQ BO’LIB TURGAN ENG ASOSIY MUAMMOLARDAN BIRI SIFATIDA FUQAROLARNING OMMAVIY SIYOSIY SAVODXONLIK SIFATINING PASTLIGI, O’ZNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARINI YETARLI DARAJADA ANGLAY OLMASLIGI

O`z oldiga rivojlangan davlat qurishni maqsad qilib qo`ygan har bir xalq, avvalo, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatni barpo qilishga intiladi. Chunki aynan fuqarolik jamiyatida har bir insonning huquq va erkinliklarini ustuvor hisoblanadi, umuminsoniy qadriyatlar e’zozlanadi, aholining huquqiy an’ana va qonunlarga hurmat qilish muhiti shakllantiriladi va fuqarolar davlat organlari uchun emas, balki davlat organlari fuqarolar uchun xizmat qiladi.

Alibek Adizov

5-7

2023-10-05

HUQUQIY DEMOKRATIK DAVLAT QURISHDA INSON OMILINING O'RNI

Qayt etish joizki, dunyodagi 200 dan ortiq davaltlarning barchasi huquqiy demokratik davlat qurush uchun  harakat qilib davlatchilik tuzilmalarini rang- barng uslubda islohat qilishmoqda. Huquqiy davlat qurish uchun o’sha davlatga ko’proq huquqshunoslar kerak faqat huquqshunos bo’lsa bas degani emas yurtini, vatanini sevadigan, jon kuydiradigan, o’z manfaatlaridan davlat xalq manfaatlarini ustun qo’yadigan kadrlar kerak.

Axmet Ismetov

103-104

2023-06-22

MA’MURIY SUDLARNING FUQAROLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARINI HIMOYA QILISHDAGI O‘RNI

Ma’muriy sudlar fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilishda muhim huquqiy institut sifatida namoyon bo‘ladi. Ular davlat organlari, mansabdor shaxslarning noqonuniy qaror va harakatlari ustidan shikoyatlarni ko‘rib chiqish orqali adolatni ta’minlashga xizmat qiladi. O‘zbekistonda ma’muriy sud tizimi joriy etilgandan so‘ng fuqarolarning davlat organlari faoliyati ustidan nazorat imkoniyatlari kengaydi. Shu bilan birga, ma’muriy sudlar orqali fuqarolarning huquqiy madaniyati yuksalib, ularning o‘z huquqlarini himoya qilishga bo‘lgan ishonchi ortmoqda. Ma’muriy sudlar nafaqat huquqiy nizolarni hal etadi, balki jamiyatda qonun ustuvorligi va odil sudlov tamoyillarini mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning samarali faoliyati huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida muhim omil hisoblanadi.

Ozodbek Abdulxayev

28-32

2025-09-30

HUQUQIY DAVLAT QURISHDA HUQUQ USTUVORLIGINING ROLI

Mazkur ishda huquqiy davlatni shakllantirish jarayonida huquq ustuvorligining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda huquq ustuvorligi tushunchasining nazariy asoslari, uning huquqiy davlat tamoyillari bilan o‘zaro bog‘liqligi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ushbu tamoyilni amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar yoritilgan.

To‘lqin Ramazonov

85-87

2025-11-10

THEORETICAL AND LEGAL INTERPRETATION OF NEW PUBLIC MANAGEMENT AND ASPECTS OF IMPROVING MANAGEMENT IN NEW UZBEKISTAN

This article provides a scientific analysis of the process of theoretical formation of the new concept of public administration, its legal content, and priority areas for improving the management system in the context of New Uzbekistan. Based on the experience of foreign countries, the essence of improving the quality of public services, developing a citizen-oriented management system, the effectiveness of digital management, and the reforms being carried out in this area in the Republic of Uzbekistan are revealed.

Farrux Xudaynazarov

144-147

2025-10-30

AYOLLARGA QARSHI ZO‘RAVONLIK: HUQUQIY HIMOYA VA DAVLAT QO‘LLAB-QUVVATLASHI

Ushbu maqolada Oʻzbekistonda ayollarga qarshi zo‘ravonlikning turli shakllari tahlil qilinadi, ularni huquqiy himoya qilishda amalda qoʻllanilayotgan normativ-huquqiy bazalar, shuningdek davlat tomonidan berilayotgan ko‘mak mexanizmlari yoritiladi. Yangi qabul qilingan qonunchilikdagi modda o‘zgarishlari — jumladan ma’muriy va jinoiy javobgarlik, “himoya orderi” va stalkinga qarshi choralar — ham muhokama qilinadi.

Zahro Raxmatova

58-60

2025-11-26

HUQUQIY JAMIYAT TARAQQIYOT POYDEVORI

Bosh qomusimiz nafaqat qonun qoidalar yig`indisi hisoblanadi balki, ma`lum mamlakatning mustaqilligi, daxlsizligini ta`minlab beruvchi vosita ham hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fuqarolar manfaatlari asosida tashkil topgan bo`lib Konstitutsiyada jamiyat, shaxs tushunchasi katta ahamiyat kasb etadi va chuqur e`tibor berilgan. Ushbu maqolada Konstitutsiyada jamiyat, davlat va huquq masalalari haqida keng ma`noda bayon etiladi. Shuningdek maqolada mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyilini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish masalasi ham keng yoritilgan.

Vazirabonu Rahmatova

128-130

2023-06-13

INTELLEKTUAL MULK OBYEKTLARI VA ULARNING HUQUQIY MUHOFAZASI ASOSLARI

Mazkur maqolada fuqarolik qonunchiligida belgilangan intellektual mulk obyektlari turlari hamda ularni huquqiy muhofaza qilish asoslari, shuningdek, intellektual mulk obyektlariga vakolatli davlat organi tomonidan huquqiy muhofaza yorlig‘i berilishining tartibi haqida ma’lumotlar bayon etilgan. Mavzuga oid amaliyot va nazariy yondashuvlar tahlil qilingan.

Nuriddin Ashurov , Zinat Xudoyberdiyeva , Iroda Totliboyeva

85-87

2025-05-31

O‘ZBEKISTONDA ELEKTRON TIJORATNING DAVLAT TOMONIDAN HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHINI TAKOMILLASHTIRISH VA UNING DOLZARBLIGI

Bugungi kunda axborot kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari jamiyatimizning barcha jabhalariga shiddat bilan kirib kelmoqda. Axborot texnologiyalarini joriy qilish tufayli ish yuritish madaniyatining elektron ko‘rinishi shakllanmoqda. Jumladan, zamonaviy axborot texnologiyalari asosida yangi turdagi bank xizmatlarini ko‘rsatish, elektron tijorat, elektron shartnoma, elektron to‘lovlar tizimi va xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida o‘zaro hisob-kitoblar samaradorligini oshirish uchun keng shart-sharoitlar yaratilmoqda. Ushbu maqolada elektron tijoratning O‘zbekistondagi holati, uni davlat tomonidan huquqiy tartibga solinishini takomillashtirishning zarurati, elektron tijorat sohasining davlat siyosatidagi asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, mamlakatimizda elektron tijoratning to‘laqonli bozorini yaratishga to‘siq bo‘layotgan muammo va kamchiliklar va ularni bartaraf etish uchun bir qancha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Marjona Aliyeva

37-42

2023-11-27

1 - 25 of 31 items 1 2 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy