Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

KICHIK TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIDA YOLLANIB ISHLAYOTGAN SHAXSLAR MEHNATINI HUQUQIY JIHATDAN TARTIBGA SOLISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ushbu tezis kichik tadbirkorlik subyektlarida faoliyat yuritayotgan shaxslar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi.Tadbirkorlik faoliyati, jumladan kichik tadbirkorlik subyektlari uning huquqiy asoslari va o’ziga xos jihatylarini ilmiy jihatdan taxlil qilish, ushbu  masalalarning  zamonaviy  huquqiy  va  ijtimoiy amaliyotidagi  ahamiyatini  yoritishni maqsad  qilngan. Ish beruvchi va xodimlarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishda mehnat shartnomalariga oid o‘ziga xos xususiyatlar o’rganilgan.

Yo’ldoshev Dilshodbek Abror o’g’li

4-8

2024-09-18

LEKSIK CHEGARALANGAN SO‘ZLARNING LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQI OLIMLAR TADQIQOTLARI

Leksik jihatdan cheklangan so‘zlarni o‘rganish ularning madaniy o‘ziga xoslikni saqlash va yetkazishdagi o‘ziga xos o‘rni tufayli til va madaniy tadqiqotlarda muhim o‘rin egalladi. Ko'pincha muayyan mintaqalar, jamoalar yoki ijtimoiy guruhlar bilan chegaralangan bu so'zlar madaniy kontekstlarda chuqur ildiz otgan ma'nolarni qamrab oladi va ularning talqinini ular faoliyat yuritadigan madaniy doirani tushunish uchun zarur qiladi. Ushbu maqolada lug‘aviy jihatdan cheklangan so‘zlar sohasida olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar, ularning madaniy ahamiyati, semantik xususiyatlari va bu kabi so‘zlarni tillar bo‘ylab tarjima qilish yoki izohlashda duch keladigan qiyinchiliklar o‘rganilgan.

Gulmira Madrimova

114-116

2024-10-14

EKOLOGIYA SOXASIDA MAXSUS VAKOLATLI DAVLAT BOSHQARUV ORGANLARI FAOLIYATINI HUQUQIY JIHATDAN TARTIBGA SOLISHNING NAZARIY VA AMALIY MUOMMOLARI

Ushbu tezisda ekologiya sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organlari faoliyati tushunchasi, ekologiya soxasida maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solishning nazariy va amaliy muommolari yoritib berilgan. Ekologiya sohasini tartibga soluvchi davlat boshqaruvi organlari tizimini uch turga bo‘lishda mazkur davlat boshqaruvi organlarining kompetensiyasi muhim ahamiyat kasb etishi nazariy jihatdan asoslangan. Shu bilan birga, ekologiya sohasini tartibga soluvchi boshqaruv organi vakolatlarini aniqlashda muhim jihat funksiyalar va vakolatlar o‘rtasidagi zarur muvofiqlikka erishish hisoblanishi, mazkur holatda, avvalo, vakolatlarning mazmuni tegishli boshqaruv organi funksiyalarining mazmuniga to‘liq mos kelishi kerakligi hamda davlat boshqaruvi organining vakolat doirasi u tomonidan bajariladigan funksiyalar hajmiga mos kelishi  tahlili keltirilgan.

Alloberdiyeva Durdona O‘ktamjon qizi

7-8

2023-12-06

KRIPTOVALYUTALARNI HUQUQIY JIHATDAN TARTIBGA SOLISH

Kriptovalyutalar, kriptoaktivlar va bitcoinlar doim kishilarni qiziqtirib, o’ziga jalb etib kelganligi ma’lum. Kriptovalyutalar jahon hamjamiyatida jadal sur’atlar bilan ildamlayotgani, tez fursatlarda ommalashib, o’zining anonimlik xususiyati yanada oshirayotganligi bois ushbu munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishga ehtiyoj paydo bo’lmoqda. Ushbu maqolada kriptovalyutalarni huquqoy jihatdan tartibga solish bo’yicha samarali mexanizmlar, ilg’or va rivojlanagan davlatlarning kriptovalyutalarning huquqiy maqomini qanday belgilashi kabi dolzarb masalalar tahlil etiladi.

Jo’rabek Urunoyev

343-350

2025-10-31

EMPIRIK MA’LUMOTLAR TURLARI

Mazkur maqolada empirik ma’lumotlar tushunchasi, uning ilmiy tadqiqot jarayonidagi o‘rni hamda empirik ma’lumotlarning asosiy turlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Empirik ma’lumotlar ilmiy bilishning muhim bosqichini tashkil etib, tadqiqot obyektini bevosita kuzatish, tajriba o‘tkazish, o‘lchash, so‘rov o‘tkazish va statistik ma’lumotlarni yig‘ish orqali olinadigan faktik materiallar majmui sifatida talqin etiladi. Maqolada empirik ma’lumotlarning kuzatish natijalari, eksperimental ma’lumotlar, so‘rovnoma va intervyu orqali olingan ma’lumotlar, hujjatlar tahlili natijasida to‘plangan materiallar hamda statistik ko‘rsatkichlar kabi asosiy turlari tasnifiy jihatdan yoritiladi. Shuningdek, empirik ma’lumotlarning ilmiy tadqiqotlarda ishonchliligi, obyektivligi va tekshiriluvchanligini ta’minlash omillari ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot jarayonida empirik ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish va tahlil qilish bosqichlari ilmiy metodologiya nuqtai nazaridan izohlanadi. Maqolada empirik ma’lumotlarning nazariy xulosalar chiqarishdagi ahamiyati, ularning ilmiy gipotezalarni tekshirish va yangi ilmiy bilimlarni shakllantirishdagi roli asoslab beriladi. Natijada empirik ma’lumotlarning turli ko‘rinishlari ilmiy tadqiqotning metodologik asosini mustahkamlovchi muhim manba ekanligi ilmiy jihatdan asoslanadi.

Qushmurodova Sevinch Baxrom qizi

136-141

2026-03-23

EVFEMIZMLARNING LEKSIK-SEMANTIK MUNOSABATI

Ushbu maqolada evfemizmlarning leksik-semantik guruhlari atroflicha o’rganilib tadqiq etiladi. Evfemizmlarning leksik jihatdan ma’nodosh evfemizmlar, zid ma’noli shakldosh evfemizmlarga bo’linishi, semantik jihatdan esa monosemantik evfemeyalar ,polisemantik evfemeyalar shuningdek metonimik, sinekdoxik,metaforik evfemiyalarga bo’linishi ,struktur jihatdan esa, so’z shaklidagi, ibora shaklidagi evfemiya ,gap shaklidagi evfemiyalarga bo’linishi misollar yordamida  keltirib o’tilgan.

Xaydarova Shoira Toxir qizi

51-57

2023-12-13

KUSHON DAVLATI MANZILGOHLARINING AHAMIYATI

Ushbu maqolada Kushon davlatining manzilgohlari oʻrganilishi, ilmiy jihatdan tadqiq etilishi yuzasidan qrashlarlar mavjud boʻlib, Kushon davlari tarixidan soʻzlovchi - Dalvarzintepa, Xolchayon, Ayritom, Qoratepa va shunga oʻxshash hududlarning ilmiy jihatdan oʻrganilishi tarixiy haqiqatlarning yuzaga kelishiga asos boʻldi. Shuningdek, maqolada manzilgohlarning arxeologik hijatdan oʻrganilishi, tadqiq etilishida olimlarning fikr-mulohazalari, ilmiy qarashlark ham tadqiq etilgan. Manzilgohlardan topilgan meʼmoriy obidalar, tasvirlar, haykallar va qurollar, zargarlik buyumlari ham topilishi jihatdan qarashlar oʻz ifodasini topgan.

Uraimjonova Malika Qahramon qizi

111-113

2023-05-13

HINDIY TILIDAGI QISHLOQ XO‘JALIGIGA OID TERMINLARNING ETIMOLOGIK TAHLILI

Mazkur maqolamiz  “Hindiy tilidagi qishloq xoʻjaligiga oid leksemalarning etemologik tahlili” ga bag’ishlanadi. Ishimizning ob‘ekti hindiy tilidagi qishloq xoʻjaligiga oid so‘zlar bo'lib, tuzilish jihatidan , etimologik jihatdan o'rganib turlarga ajratib chiqib tahlil qilishdan iboratdir. Ya‘ni hindiy tilidagi qishloq xoʻjaligiga oid leksemalarning qo‘llanilishdagi o‘ziga xosliklarini, ularning qarindoshlik jihatdan qaysi tillarga mansubligi jihatdan tahlil qilish maqsad qilingan.

Qurbonova O.A.

75-77

2024-02-26

ALISHER NAVOIY ASARLARINI O‘QITISHDA INTERAKTIV METODLARNING SAMARADORLIGI

Ushbu tezisda Alisher Navoiy asarlarini o‘qitishda interaktiv metodlardan foydalanishning pedagogik samaradorligi nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot konseptual jihatdan konstruktivizm, sotsiokultural o‘rganish, reflektiv amaliyot va dialogik ta’lim yondashuvlariga tayanadi; amaliy jihatdan esa sinfdagi muhitda uch bosqichli o‘quv vazifalari, qisqa ma’ruza–munozara sikllari, konseptual xaritalash, raqamli vositalar orqali ko‘p modal talqin hamda bahs va ijodiy qayta ishlash bilan boyitilgan “kritik o‘qish” protokollari qo‘llanilgan. Natijalar interaktiv metodlar matnni chuqur anglash, badiiy-axloqiy g‘oyalarni kontekstual talqin qilish, estetik baholash mezonlarini og‘zaki va yozma asoslash, hamkorlikda mantiqiy dalillash hamda ijodiy transformatsiya ko‘nikmalarini sezilarli darajada mustahkamlashini ko‘rsatadi. Portfel-baholash, analitik rubrikalar va reflektiv esse shaklidagi yakuniy ko‘rsatkichlar o‘quvchilarning konseptual ravonlik, mulohaza chuqurligi va dalil-sitata muvozanatida o‘sish borligini namoyon etadi. Tadqiqot natijalari adabiyot darslarini kompetensiyaviy modelga muvofiq qayta loyihalashga, Navoiy matnlarining tarixiy-badiiy qatlamlarini zamonaviy o‘quvchi idroki bilan bog‘lashga hamda o‘qituvchi–o‘quvchi–matn o‘zaro ta’sirini faol, mazmuniy va reflektiv mexanizmlarga aylantirishga xizmat qiladi.

Mardonova Sevinchxon Zoyirjon qizi

96-98

2025-10-20

“KARYERLARDA EKSKAVATOR VA AVTOSAMASVAL TIZIMI SAMARADORLIGINI (MMD FULLY MOBILE SURGE LOADER) TO‘LIQ HARAKATCHAN ORALIQ YUK TO‘PLOVCHI BUNKER TEXNOLOGIYASI ORQALI KO’TARISH”

Zamonaviy ochiq konchilik sanoatida (karyerlarda) ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish xarajatlarni kamaytirish va xavfsizlik darajasini yuqori bosqichga olib chiqish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada an’anaviy Ekskavator va Karyer avtoag’dargichi  asosidagi qazib olish tizimining uzoq yillar davomida deyarli o‘zgarmaganligi, uning texnologik va ishlab chiqarishda cheklovlarini tahlil qilinadi. Xususan, notekis yuklash, ekskavatorning avtosamasvalni kutish vaqtlari, avtoag’dargich siklining buzilishi hamda xavfsizlik bilan bog‘liq muammolarni,  asosiy kamchiliklar sifatida ko‘rsatib beriladi.Mazkur muammolarga yechim sifatida Australiyaning konchilik mashinalari va jihozlari ishlab chiqaruvchi MMD kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan (to‘liq harakatchan oraliq yuk to‘plovchi”)  BUNKER texnologiyasi  texnik jihatdan ko‘rib chiqiladi. Ushbu texnologiya ekskavator va yuk mashinalari o‘rtasidagi kechikish, ortiqcha yuklash yoki avtosamasvalni  to’liq to’ldirmaslik muammolarini bartaraf etib, oraliqdagi qiya konvoyor texnologiyasi orqali material oqimini barqarorlashtirishga asoslangan. Tadqiqotda BUNKERning ishlash prinsipi, 3D kamera va RFID texnologiyalari asosidagi avtomatlashtirilgan joylashtirish tizimi, material darajasini nazorat qilish va aniq yuklash mexanizmlari tahlil qilinadi.Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ushbu texnologiyani joriy etish orqali ishlab chiqarish hajmini 40% gacha oshirish, ekskavatorning foydalanish darajasini 95% gacha yetkazish, yuk mashinalari sonini kamaytirish hamda yuklash vaqti va xavflarini sezilarli darajada qisqartirish mumkin. Shuningdek, BUNKER(to’liq harakatchan oraliq yuk to’plovchi qurilma)tizimi yarim va to‘liq avtonom konchilik uchun texnologik asos yaratadi.Ushbu tadqiqot natijalari ochiq konchilikda an’anaviy ekskavator va avtosamasval tizimini modernizatsiya qilish va yuqori samaradorlikka erishish uchun ilmiy va amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega.MMD kompaniyasi bu muammoni hal qildi va konchilik kompaniyalari bundan qanday foyda ko‘rmoqda.

Muhammadsodiq Iydiyev , Azamat Umirzoqov

230-238

2025-12-25

NOQONUNIY MIGRATSIYAGA QARSHI KURASHISHNING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Mazkur maqolada noqonuniy migratsiyasiga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish ilmiy asoslantirilgan holda tahlil qilingan. Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishning ahamiyati va dolzarbligi, shu bilan bir qatorda, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish, migratsiyani huquqiy jihatdan tartibga solishni takomillashtirish yuzasidan xorijiy mamlakatlar tajribasi bildirilgan fikr-mulohazalar hamda mavjud muommolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar bayon etilgan.

Maxsitaliyev Sherzodjon Mirzoxidjon o‘g‘li

132-139

2024-05-20

PSIXOFIZIKA FANI PAYDO BO‘LISHI HAMDA SHAKLLANISHIDA E. VEBER VA T. FEXNER TADQIQOTLARINING O‘RNI

Ushbu maqolada psixofizika fanining paydo bo‘lishi va ilmiy yo‘nalish sifatida shakllanishida nemis olimlari E. Veber va T. Fexner tadqiqotlarining o‘rni tahlil qilinadi. Psixofizika inson sezgi jarayonlari bilan tashqi muhitdagi fizik ta’sirlar o‘rtasidagi munosabatni o‘rganadigan ilmiy yo‘nalish sifatida XIX asrda shakllana boshlagan. Mazkur jarayonda E. Veber tomonidan olib borilgan eksperimental tadqiqotlar sezgi sezuvchanligining miqdoriy jihatdan o‘lchanishi mumkinligini ko‘rsatib berdi. Uning tajribalari natijasida sezgi farqlanishining nisbiy chegaralari aniqlanib, keyinchalik Veber qonuni sifatida ilmiy adabiyotlarda mustahkam o‘rin egalladi. T. Fexner esa Veberning eksperimental natijalarini nazariy jihatdan umumlashtirib, psixik sezgilar bilan fizik stimullar o‘rtasidagi miqdoriy bog‘lanishni ifodalovchi matematik modelni ishlab chiqdi. Fexner tomonidan taklif etilgan psixofizik qonuniyatlar psixologiyada eksperimental metodlarning keng qo‘llanilishiga asos yaratdi hamda psixologiyani mustaqil ilmiy fan sifatida shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Maqolada ushbu olimlarning ilmiy qarashlari, tajribalari hamda psixofizika rivojiga qo‘shgan nazariy va amaliy hissasi ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Shuningdek, psixofizik tadqiqotlarning zamonaviy psixologiya va neyropsixologiya rivojidagi ahamiyati ham tahlil qilinadi.

Kamolova Jasmina Rustam qizi

161-166

2026-03-17

INVESTITSION SALOHIYATNI OSHIRISH ASOSIDA MINTAQALAR O’RTASIDAGI IJTIMOIY-IQTISODIY NOMUTANOSIBLIKLARNI KAMAYTIRISH METODOLOGIYASI

Mazkur tadqiqot investitsion salohiyatni oshirish asosida mintaqalar o’rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy nomutanosibliklarni kamaytirish metodologiyasini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilishga bag’ishlangan. Tadqiqot doirasida investitsion salohiyat tushunchasining mazmun-mohiyati, uning hududiy rivojlanish jarayonlariga ta’siri hamda mintaqalararo tafovutlarni shakllantiruvchi asosiy iqtisodiy va ijtimoiy omillar tizimli ravishda o’rganiladi. Shuningdek, investitsiya resurslarini hududlar kesimida samarali taqsimlash, infratuzilma rivojini jadallashtirish va institutsional muhitni takomillashtirish orqali nomutanosibliklarni kamaytirish mexanizmlari baholanadi. Tadqiqot natijalari investitsion salohiyatni oshirish mintaqalararo ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlarni qisqartirishda muhim metodologik asos bo’lib xizmat qilishini ilmiy jihatdan asoslaydi. Olingan xulosalar hududiy rivojlanish siyosatini takomillashtirish va barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlashda amaliy ahamiyat kasb etadi.

Qobilov Anvar Eshpo’latovich

9-16

2026-02-13

QIZILQUM CHO‘LI QOLDIQ TOG‘LARI TABIATI VA LANDSHAFTLARINI MUHOFAZA QILISH CHORALARI (QULJUQTOV TOG‘ TIZMASI MISOLIDA)

Qizilqum cho’lining Quljuqtov hududi tabiati, iqlimi va landshaftlari ilmiy jihatdan kam o’ragnilgan hudud bo’lib, bu hudud insoniyatning bevosta ta’sir doirasida qolayotgani hamda tabiati va hudud landshaftlarini asrab avaylash, hududning tabbiy imkoniyatlaridan maksimal darajada samarali foydalanish lozim ekani atroflicha yoritib beriladi. Geoekologik jihatdan o’ta nozik tabiiy muhit sohibi bo’lgan Quljuqtov tog’ tizmasini ilmiy tomonlama zarur.

R.T. Erkinov

41-45

2023-10-09

HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI

Mazkur maqolada huquqiy ong va huquqiy madaniyat tushunchalarining mazmun-mohiyati, ularning tarkibiy tuzilmasi hamda o‘zaro bog‘liqligi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, jamiyat taraqqiyotida huquqiy ong va huquqiy madaniyatning tutgan o‘rni, ularni shakllantirish omillari va ta’lim jarayonidagi ahamiyati yoritib beriladi. Mazkur maqolaning maqsadi - huquqiy ong va huquqiy madaniyatning o‘zaro bog‘liqligini nazariy jihatdan asoslash hamda ularning jamiyat hayotidagi ahamiyatini ochib berishdan iborat

Gulshat Uzakbergenova , Murat Xallibekov , Aybek Srajatdinov , Raziya Qarlıbayeva, Izumrud Seytmamutov

99-102

2026-02-24

German tilida so‘zlashuvchi hududlarda islomshunoslik fanining shakllanishi va uning siyosiy manfaatlar bilan aloqasi

Arabiston yarim orolida Islom dini paydo bo‘lishi arablar uchun o‘ziga xos va muhim ahamiyatga ega hodisa sifatida baholanadi. Qabilaviy hayoti va joylashuvi arablarni siyosiy jihatdan zaiflashtirgan, ularni sivilizatsiyalashgan hududlar ustidan hukmronlik qilish imkoniyatidan mahrum etgandi. Ammo islom dini paydo bo‘lishi arablarni yagona e’tiqod asosida birlashib, mustahkam jamiyatga aylana boshlashiga sabab bo‘ldi. Islom dini arablar hayotida tub burilish yasab, ularni siyosiy va ijtimoiy jihatdan yangi darajaga olib chiqdi. Qur’on nozil qilinganidan keyin arab dunyosi birlashib, yangi imperiya shakllantira oldi. Islom madaniyati paydo bo‘lishi bilan birinchi bor yozma arab madaniyati shakllandi. Islomiy tamaddun arab tilida o‘z aksini topdi va bu til ilm-fan va madaniyat tili sifatida keng tarqaldi. Biroq, Islom dini tarqalgan hududlardagi madaniy taraqqiyotga ta’sir ko‘rsatishi bilan birga, ba’zi hududlarda iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarni ham keltirib chiqardi. Islom dini nafaqat diniy hayotga, balki siyosiy va iqtisodiy tizimlarga ham sezilarli darajada ta’sir o‘tkazdi. Arablar islom dini vositasida keng hududlarga tarqalib, o‘z madaniyatlarini boshqa xalqlarga singdira oldilar.

Akmaljon Xoldarov

45-47

2025-06-18

TURLI ISHLOV BERISH USULLARI BO`YICHA ABATMENT VA MILK O`RTASIDAGI BOG`LANISHNING QIYOSIY TAQQOSLASH

Zamonaviy dental implantologiya sohasida abatment va milk o‘rtasidagi bog‘lanish sifatini yaxshilash katta ahamiyatga ega. Abatment-milk sathining to‘g‘ri ishlov berilishi milk bilan mustahkam va biologik jihatdan mos bog‘lanish yaratishga yordam beradi, bu esa implantning uzoq muddatli muvaffaqiyatini ta'minlaydi va atrofdagi yumshoq to‘qimalarning yallig‘lanishidan saqlaydi. Abatment vamilk o‘rtasidagi interfeysning mukammal shakllanishitish implantatsiyasida nafaqat mexanik barqarorlik, balki yumshoq to‘qimalarning estetik va funktsional holatini ham ta'minlaydi. Shu sababli, turli ishlov berish usullarining abatment-milk bog‘lanishiga ta'sirini batafsil o‘rganish zarur. Bugungi kundamexanik, kimyoviy va plazma bilan ishlov berishusullari keng qo‘llanilmoqda, ammo ularning samaradorligini to‘liq baholash uchun qiyosiy tadqiqotlar yetarli emas. Mazkur tadqiqot implantologiya va ortopedikstomatologiya sohasida amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, abatment va milk o‘rtasidagi bog‘lanish sifatini oshirish orqali implantlarning uzoq muddatli xizmatqilishini ta'minlashga qaratilgan. Qiyosiy baholashnatijalari stomatologlarga abatmentga ishlov berishusullarini tanlashda yordam beradi, bu esa milk vaatrofdagi yumshoq to‘qimalarning yaxlitligini saqlabqolish, infeksion asoratlarni kamaytirish va estetik jihatdan mukammal natijalarga erishish imkonini beradi.

J.A. Zokirqulov , B.N. Xabilov , F.A. Shomuhammedova , N.R. Shosaidova

140-147

2025-05-26

YOSHLARGA TARBIYAVIY JIHATDAN ZARAR KELTIRAYOTGAN AXBOROT XURUJLARI

yoshlarga tarbiyaviy jihatdan zarar keltirayotgan axborot xurujlari. Hozirgi kunda, axborot texnologiyalarining rivojlanishi va internetning keng tarqalishi natijasida, yosh avlodga turli xil axborotlar, jumladan, salbiy, zararli va manipulyatsiyalangan ma'lumotlar ham yetkazilmoqda.

Sadikova Feruza Taibovna

78-79

2024-10-15

SHAVKAT RAHMONNING MUHABBAT MAVZUSIDAGI AYRIM SHE’RLARINING ASSOTSIATIV TAHLILI

Ushbu maqolada  assotsiatsiya, assotsiativ maydon haqida qisqacha ma’lumotlar keltirilgan hamda Shavkat Rahmonning muhabbat mavzusiga oid ayrim she’rlari assotsiativ jihatdan  lingvistik va ekstralingvistik jihatdan tahlil qilingan.

Robiya Vaxobjonova, Akbarjon Xasanov

38-41

2023-06-03

INVESTITSION SALOHIYAT VA IJTIMOIY INFRATUZILMA RIVOJI O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIKNI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH

Mazkur tadqiqot investitsion salohiyat va ijtimoiy infratuzilma rivoji o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ekonometrik modellashtirish asosida ilmiy-nazariy va empirik jihatdan tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot doirasida investitsion salohiyat tushunchasining mazmun-mohiyati, uning hududiy rivojlanishdagi o‘rni hamda ijtimoiy infratuzilmaning asosiy tarkibiy yo‘nalishlari tizimli ravishda o‘rganiladi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, transport va kommunal infratuzilma ko‘rsatkichlarining mintaqalarning investitsion faolligiga ta’siri panel ma’lumotlar asosida baholanadi. Ekonometrik modellar yordamida ijtimoiy infratuzilma rivoji investitsion salohiyatni oshirishda muhim omil ekanligi ilmiy jihatdan asoslanadi. Olingan natijalar mintaqaviy investitsiya siyosatini takomillashtirish, infratuzilmaga investitsiyalarni ustuvor yo‘naltirish va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan ilmiy xulosalar hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.

Qobilov Anvar Eshpo’latovich

4-9

2026-02-13

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA PEDAGOGLARNING IJODKORLIGINI YUKSALTIRISH

Tarbiya mazmunining eng muhim xususiyatlaridan biri – bu insonning hayotiy jihatdan o’z-o’zini anglashi, uning shaxsiy hayoti va faoliyati o`zi yashab turgan muhitning sub‟ekti sifatida e’tirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson kamolotida fuqarolik, kasbiy va axloqiy jihatdan o’z-o’zini anglash muhim ahamiyatga ega. O’qituvchi o’quvchilarni, o’z-o’zini tarbiyalashga, ya’ni o’z ustida ongli, batartib ishlashga o`rgatsagina tarbiya jarayoni samarali natijalar beradi.

Azimjonova Gulshanoy Botirjon qizi

78-80

2023-07-12

1920–1950-YILLARDA BUXORO VOHASINING ARXEOLOGIK O‘RGANILISHI

Mazkur maqolada 1920–1950-yillarda Buxoro vohasida olib borilgan arxeologik tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlari, ilmiy natijalari va tarixshunoslikdagi аҳамияти tahlil qilinadi. Tadqiqotda sovet davrining dastlabki bosqichida faoliyat yuritgan arxeologik ekspeditsiyalar, jumladan, A.Yu. Yakubovskiy, V.A. Shishkin hamda boshqa olimlarning Buxoro vohasi hududida amalga oshirgan izlanishlari ilmiy jihatdan umumlashtiriladi. Xususan, Kampirdevor mudofaa tizimi, Varaxsha, Poykent, Vardonze singari yodgorliklarning o‘rganilish jarayoni, ularning tarixiy-topografik xususiyatlari hamda voha tarixini yoritishdagi o‘rni ochib beriladi. Shuningdek, maqolada mazkur davr tadqiqotlarining metodik xususiyatlari, dala kuzatuvlari va dastlabki qazishma natijalarining ilmiy ahamiyati baholanadi. Tadqiqot natijalari 1920–1950-yillarda Buxoro vohasining arxeologik jihatdan o‘rganilishi keyingi bosqichdagi ilmiy izlanishlar uchun muhim nazariy va manbaviy asos bo‘lib xizmat qilganini ko‘rsatadi.

Ochilova Marjona, Elova Dilnoza Davlatovna

4-9

2026-03-23

SHAVKAT RAHMON SHE’RIYATIDA TABIAT UNSURLARINING O‘ZIGA XOS KO‘RINISHLARI

Maqolada XX asr o‘zbek she’riyatining yirik vakili — Shavkat Rahmon ijodida tabiat unsurlarining poetik talqini va ularning o‘ziga xos badiiy xususiyatlari ilmiy-nazariy hamda tahliliy jihatdan tadqiq etildi. Tadqiqot jarayonida shoir she’riyatida tabiat tasviri an’anaviy peyzaj doirasidan chiqib, ichki ruhiy holat, falsafiy mushohada va g‘oyaviy izlanishlarni ifodalovchi ramziy tizimga aylangani asoslab berildi. Shavkat Rahmon she’rlarida tog‘, shamol, osmon, tun, yorug‘lik va sukunat kabi tabiat unsurlarining poetik funksiyalari tahlil qilinib, ularning lirik qahramon kechinmalari va muallif pozitsiyasi bilan uzviy bog‘liqligi ochib berildi. Shoir tabiat obrazlari orqali inson va borliq munosabatlarini, vaqt va mavjudlik masalalarini falsafiy-estetik jihatdan umumlashtiradi. Natijada tabiat unsurlari shoir poetikasida mustaqil badiiy belgi sifatida shakllanib, g‘oyaviy mazmunni chuqurlashtiruvchi muhim vositaga aylanadi. Tadqiqot natijalari Shavkat Rahmon she’riyatida tabiat unsurlarining individual poetik talqini, ularning ramziy-semantik imkoniyatlari va o‘zbek she’riy tafakkuri taraqqiyotidagi o‘rnini aniqlashga xizmat qiladi. Mazkur maqola shoir ijodining poetik xususiyatlarini chuqurroq anglash hamda zamonaviy o‘zbek she’riyatida tabiat obrazlari poetikasini o‘rganishda muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.

Jumanova Shaxnozaxon Ikromjonovna

95-100

2026-01-26

BREND KAPITALI VA RAQAMLI MARKETING O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK: NAZARIY MODEL

Brend kapitali — marketologiya sohasidagi koʻp oʻlchovli tushuncha boʻlib, iste’molchi xulq‑atvorini belgilovchi muhim omildir. Raqamli brend mazmunini ulashish — algoritmik tarzda tarqatishga asoslangan yangi turdagi jalb etishga yo‘naltirilgan o‘zaro ta’sir bo‘lib, raqamli marketing ekotizimlarining muhim ustunlaridan biridir. Ushbu maqolada biz onlayn iste’molchilar qaror qabul qilish xulq‑atvorini hisobga olgan holda brend kapitali translyatsiya resurslarining nazariy modelini taklif qilamiz. Buning uchun, brend kapitalining oʻlchovlari bilan raqamli marketing metriklari, iste’molchi ishtiroki va platformaga xos imkoniyatlar oʻrtasidagi aloqani tavsiflash uchun AHP‑regressiya gibrid modeli qo‘llaniladi (bir xil turdagi raqamli kampaniya sharoitida). Tahlil marketing analitikasi doirasiga joylashtirilgan holda — ham brendni dinamik nomoddiy aktiv sifatida, ham foydalanuvchining idrok etishi nuqtai nazaridan — tadqiqot ijtimoiy platformalarda algoritmik muhit ichida brend qiymat yaratish jarayonining konvergensiyasini empirik jihatdan sinovdan oʻtkazadi. Eksperimental bosqichda, bir xil maqsadli auditoriya uchun ikkita turdagi brend kampaniyalari amalga oshirildi; so‘ngra коммуникация kanallari oʻtkazilgach regressiyaga asoslangan solishtirma tahlil qilindi va ikkita mahsulot kategoriyasi uchun, bir xil brend identifikatsiyasi sharoitida, ikki bosqichli ierarxik baholash oʻtkazildi. Bizning natijalarimiz ma’lum jalb etish chegaralarida brend kapitalining qabul qilingan qiymati ham brendni eslab qolishda, ham sadoqat metrikalarida sezilarli rol o‘ynashini koʻrsatadi. Bundan tashqari, natijalarimiz shuni taklif qiladi‑ki, mazmun yetkazib berishning uzluksizligi va intensivligi vaqt oʻtishi bilan brend kapitali o‘sishi bilan ijobiy bogʻliq. Xususan, model empirik tarzda quyidagilar jihatdan tasdiqlandi: ma’lumotga asoslangan shaxsiylashtirishni amalga oshirish zarurati, raqamli ekotizim va uning subkanallarida brend performansini oʻlchash uchun yuqori standartlar. Mazkur tadqiqot shuni koʻrsatdiki, yigʻma statistiklardan brend qiymati diffuziya naqshlarini platformalararo muhitda va raqamli kampaniyalarning algoritmik shakllangan idrok etilishi bilan bogʻliq foydalanuvchi traektoriyalari bilan taqqoslash uchun foydalanish mumkin.

Zufarov Akmal Gulamiddinovich

49-60

2025-10-22

RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING AKMEOLOGIK POZITSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Ushbu tezisda raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining akmeologik pozitsiyasini rivojlantirish jarayonining pedagogik va psixologik xususiyatlari tahlil etilgan. Akmeologik pozitsiya pedagogning kasbiy o‘sish, ijodiy salohiyat va shaxsiy yetuklik sari intilishdagi faol hayotiy pozitsiyasi sifatida izohlangan. Psixologik jihatdan bu jarayon motivatsiyani kuchaytirish, metakognitiv tafakkurni rivojlantirish, o‘z-o‘zini baholash va mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Pedagogik jihatdan esa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, innovatsion ta’lim metodlarini tatbiq etish va hamkorlikda o‘qitish amaliyotini kengaytirish muhim omil sifatida ko‘rsatib o‘tilgan.

Aralova Dilafruz Dushaboy qizi

50-52

2025-08-21

1 - 25 из 500 результатов 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy