Sharqning qomusiy olimlarimiz asarlarida ta’lim-tarbiya, shaxs kamoloti borasidagi fikrlari bilan birga bilim egallash, ilm olish yo’llari xususida qator ilmiy ma’lumotlar keltiriladi. Jumladan, Imom al-Buhoriy, Abu Nasr-Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Burhoniddin Zarnujiy, Mahmud Qoshqariy, Yusuf Hos Xojib, Umar Xayyom, Abu Hamid Fazzoliy, Alisher Navoiy, Muhammad Rizo Ogahiy, Abdulla Avloniy kabi olim va mutaffakirlarning asarlarida yuqoridagi muammo yuzasidan atroflicha ma’lumotlar keltiriladi.