Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALAR UCHUN SAMARALI TA’LIM TIZIMINI YARATISH

Ushbu maqola alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun samarali ta’lim tizimini yaratish masalalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda maxsus ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun ta’lim tizimining mohiyati, uning asosiy muammolari va samarali ta’lim tizimi yaratish uchun zarur bo‘lgan metodlar ko‘rib chiqiladi. Maqolada shuningdek, maxsus ehtiyojlarga ega bolalar uchun ta’lim jarayonini takomillashtirishda ilg‘or pedagogik yondashuvlar va innovatsion metodlarning roli yoritiladi. Tadqiqot, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun o‘quv dasturlarini yaratish, ta’lim muassasalari boshqaruvi va pedagoglarning o‘quv jarayonidagi roli kabi masalalarga to‘xtaladi. Samarali ta’lim tizimi yaratishning xalqaro tajribalari va ular asosida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan innovatsion chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Maqola, maxsus ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy asoslangan tavsiyalarni taqdim etadi.

Alisher Sheraliyev

133-140

2025-01-30

TA’LIM TASHKIL ETISH SHAKLLARI VA TURLARI

Ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlashda ta’limni tashkil etish shakllari va turlarining ilmiy asosda belgilanishi muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada an’anaviy, innovatsion va masofaviy ta’lim shakllarining pedagogik xususiyatlari hamda ma’lumot beruvchi, faol, interaktiv va ijodiy ta’lim turlarining psixologik-didaktik asoslari tahlil etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston ta’lim tizimidagi normativ-huquqiy islohotlar bilan bog‘liq jihatlar yoritilgan.

Muxlisa Ortiqboyeva, Guldona Poyonova

28-30

2025-11-24

TA‘LIM OLISH SHAKLLARI VA TURLARI

Ushbu maqolada ta’lim jarayonini samarali tashkil etishning turli turlari va shakllari tahlil qilinadi. Ta’lim tizimining rivojlanishi, uning zamonaviy talablar asosida shakllanishi va innovatsion yondashuvlar maqolaning asosiy yo‘nalishlarini tashkil etadi. Shuningdek, an’anaviy va noan’anaviy ta’lim shakllarining o‘ziga xos jihatlari, ularning afzalliklari va kamchiliklari haqida fikr yuritiladi.Maqolada ta’limni tashkil etishning zamonaviy modellari va ularning amaliyotdagi qo‘llanilishi ham yoritilgan bo‘lib, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar beriladi.

Mukarram Xushvaqtova

4-8

2025-06-19

KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA BOʻLAJAK TARBIYACHILARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASH TEXNALOGIYASI

Mazkur ilmiy tezis kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyasini pedagogik muammo sifatida chuqur tahlil qiladi va zamonaviy ta’lim tizimida ushbu yondashuvning ahamiyatini yoritadi. Tezisda ta’lim jarayonining an’anaviy modellardan natijaga yo‘naltirilgan kompetentsiyalarni shakllantirishga o‘tish jarayoni, bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy tayyorgarligini ta’minlashda qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalar (masalan, jigsaw faoliyatlari, fikr almashish usullari, IMPACT dasturi va entrustable professional activities – EPAs) batafsil ko‘rib chiqiladi. Empirik tadqiqotlar asosida, xususan, 156 pedagogika talabasi ishtirokidagi kvazi-eksperimental tadqiqot va 35 ishtirokchiga asoslangan IMPACT dasturi natijalari tahlil qilinib, rahbarlikdagi kommunikativ kompetentsiya (LCC) va global kompetentsiya (GC) ni rivojlantirish samaradorligi isbotlanadi. O‘zbekiston ta’lim tizimida ushbu yondashuvning qo‘llanilishi, milliy siyosat doirasidagi integratsiya (masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’limni modernizatsiya qilish haqidagi qarorlari) va muammolarni hal qilish yo‘llari muhokama etiladi. Tadqiqot natijalari ta’lim siyosatini isloh qilish, kasbiy tayyorgarlikni oshirish va inklyuziv ta’lim muhitini yaxshilash bo‘yicha amaliy tavsiyalarni taklif etadi. Tezis pedagogika fanining nazariy va amaliy jihatlarini birlashtirib, bo‘lajak tarbiyachilarning raqamli va madaniyatlararo kontekstlarda samarali faoliyat yuritish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu ish pedagogika mutaxassislariga, ta’lim muassasalari rahbarlariga, tadqiqotchilarga va ta’lim siyosatchilariga mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbekiston va xalqaro ta’lim tizimlarida kompetensiyaviy yondashuvni kengaytirishga hissa qo‘shadi.

Surayyo Yusupjonova

29-33

2025-10-16

MASOFAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING BOSHLANG’ICH TA’LIMDAGI QULAYLIKLARI VA KAMCHILIKLARI

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlari, afzalliklari va mavjud muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqotda masofaviy ta’limning o’quvchilarning bilim ko’nikma va malakalarda shakllanishda o’rni, ularning mustaqil fikrlashini  rivojlantirish imkoniyatlari hamda ta’lim jarayonining samaradorligiga ta’siri o’rganildi. Shuningdek masofaviy ta’limni tashkil etishda qo’llaniladigan raqamli platformalar, ineraktiv vositalar va multimedia resurslarining boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun mosligi tahlil qilindi. Tadqiqot davomida ilmiy-pedagogik adabiyotlar tahlili, kuzatish, suxbat va taqqoslash metodlardan foydalanildi. Olingan natijalar masofaviy ta’limning moslashuvchanlik , individual yondashuv va o’quv jarayoning ochiqligini ta’minlash kabi afzalliklarga ega ekanligini ko’rsatadi. Shu bilan birga, texnik ta’minotning yetarli emasligi, yosh o’quvchilarda mustaqil ta’lim ko’nikmalarining yetarli darajada shakllanmaganligi kabi muammolar mavjudligi aniqlandi. Maqolada aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida boshlang’ich ta’limda  masofaviy ta’limni samarali tashkil etish bo’yicha amaliy tavsiyalar  ishlab chiqildi. Xususan, o’qituvchilarning raqamli kompotensiyalarini oshirish, ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda an’anaviy va masofaviy ta’limni uyg’unlashtirgan aralash (gibrid) ta’lim  modelini joriy etish zarurligi asoslab berildi. Mazkur maqola boshlang’ich sinf o’quvchilari, pedagogika yo’nalishi talabalari va ta’lim sohasidagi mutaxasislar uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.     Tadqiqot natijalari asosida masofaviy ta’lim samaradorligini oshirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqildi

Shaxnoza Toshkanova, Farrux Qodirov

11-15

2026-01-16

MEDIA TA’LIM VOSITALARI ASOSIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARINI KREATIV FAOLIYATGA TAYYORLASH TIZIMI

Mazkur maqolada media ta’lim vositalari asosida bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini kreativ faoliyatga tayyorlash tizimining pedagogik va metodik asoslari yoritilgan. Tadqiqotda media ta’lim, kreativ kompetensiya va professional tayyorgarlik tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarda kreativ faoliyatni rivojlantirishga xizmat qiluvchi media ta’lim vositalari, ularning didaktik imkoniyatlari hamda ta’lim jarayoniga integratsiyalash mexanizmlari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, media ta’lim vositalaridan tizimli va maqsadli foydalanish bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining kreativ fikrlashini, mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatini va pedagogik innovatsion faoliyatga tayyorgarligini sezilarli darajada oshirishi aniqlandi.

Yulduz Erkayeva

95-97

2025-12-25

TA’LIM TURLARI VA TA’LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI

Ushbu maqolada ta’limning asosiy turlari — formal, norformal, informal, masofaviy va inklyuziv ta’limning mazmuni, xususiyatlari hamda afzalliklari yoritilgan. Shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil etishning turli shakllari: dars, amaliy mashg‘ulot, seminar, ma’ruza, mustaqil ta’lim, guruhli ish va onlayn darslar batafsil tahlil qilingan. Maqola zamonaviy pedagogik jarayonning samaradorligini oshirishda turli ta’lim shakllaridan oqilona foydalanishning ahamiyatini ochib beradi.

Sadoqatoy Boltaboyeva, Malika Jo’rayeva , Shohida Turdiyrva

39-40

2025-12-15

O‘RTA VA O‘RTA MAXSUS MAKTAB O'QUVCHILARIGA PEDAGOGIK DASTURIY VOSITALAR ORQALI TA’LIM BERISHNI QANDAY RIVOJLANTIRISH MUMKIN?

Ushbu maqolada o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim maktablarida o‘quvchilariga pedagogik dasturiy vositalar orqali ta’lim berishni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy texnologiyalarning ta’lim jarayoniga integratsiyalashuvi, pedagogik dasturiy vositalarning o‘quvchilar bilimini mustahkamlash va dars samaradorligini oshirishga qo‘shayotgan hissasi tahlil qilinadi. Maqolada elektron ta’lim portallari, mobil ilovalar, interaktiv dars vositalari va masofaviy ta’lim texnologiyalarining o‘quv jarayonidagi o‘rni va ularni kengaytirish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama etiladi. Ushbu vositalarning ta’limdagi afzalliklari, xususan, individual ta’lim, o‘quvchilarning mustaqil o‘rganish imkoniyatlari va interaktivlik orqali ta’lim jarayoniga qo‘shadigan ijobiy ta’siri yoritiladi.

Akbar Kodirov , Mashxura Sa’dullayeva

15-18

2025-10-31

ELEKTRON TA’LIM PLATFORMALARIDA KROS-PLATFORMA TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASHNING PEDAGOGIK VA TEXNIK AFZALLIKLARI

Ushbu maqolada elektron ta’lim platformalarida kros-platforma texnologiyalarini qo‘llashning pedagogik va texnik afzalliklari tahlil qilinadi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, yagona kod bazasi asosida turli operatsion tizim va qurilmalarda ishlaydigan platformalarni yaratish ta’lim jarayonining uzluksizligini va foydalanuvchilar uchun qulay muhitni ta’minlaydi. Pedagogik jihatdan, kros-platforma platformalar o‘quvchilarning faolligini oshirish, individual ta’lim trayektoriyalarini shakllantirish va interaktiv ta’lim elementlarini joriy etish imkonini beradi. Texnik nuqtayi nazardan esa ularni ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va texnik qo‘llab-quvvatlash jarayonlari soddalashtiriladi hamda moliyaviy resurslar tejalanadi. Shuningdek, kros-platforma texnologiyalari masofaviy va aralash ta’lim shakllarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Sadoqat Normurodova , Fayzulla Abdurazzoqov

102-105

2025-12-29

ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALARNING TA’LIM MUASSASALARIDA BOSHQARUV JARAYONLARI

Ushbu maqola alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’lim muassasalarida boshqaruv jarayonlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada ta’lim tizimida inklyuziv ta’limning o‘rni, boshqaruv jarayonlarining samaradorligi va ta’lim muassasalarida alohida ehtiyojga ega bolalar uchun ta’limni tashkil etish tamoyillari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda inklyuziv yondashuvni amalga oshirishda mavjud muammolar va ular bilan bog‘liq boshqaruv metodlari tahlil qilingan. Maqolada shuningdek, raqamli texnologiyalar va innovatsion pedagogik yondashuvlar orqali ta’limni yaxshilash yo‘llari hamda kelajakdagi rivojlanish istiqbollari haqida mulohazalar keltirilgan. Tadqiqot metodologiyasi sifat va miqdoriy yondashuvlarni o‘z ichiga oladi va empirik ma’lumotlarga asoslanadi. Maqola alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ta’lim tizimini boshqarish jarayonlarini yaxshilashga qaratilgan takliflar va tavsiyalarni taqdim etadi.

Alisher Sheraliyev

40-48

2025-01-30

TA’LIM VA BILIMLARNI O’ZLASHTIRISHNI BOSHQARISH MUAMMOLARI HAMDA IMKONIYATLARI

Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish  dasturi o‘z kelajagini ta’lim va pedagogika sohalari bilan bog‘lamoqchi bo‘lgan insonlarga mo‘ljallangan. Mazkur dasturning maqsadi keng doiradagi ta’lim tashkilotlarida kasbiy faoliyatni olib boradigan yuqori malakali mutaxassilarni tayyorlash uchun ta’lim menejmenti sohasi bo‘yicha nazariy bilimlarni o‘zlashtirish va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish hamda pedagogik kompetentsiyalarni rivojlantirishdan iborat. «Ta’lim va ta’lim jarayonlarini boshqarish» sohasidagi bakalavriat dasturining o‘quv, uslubiy va ilmiy mazmuni ta’lim tashkilotining samarali faoliyatini ta’minlash uchun ta’lim va o‘quv jarayonlari analitikasi va ekspertizasi, rejalashtirish va boshqarish sohasidagi bilimlar va ko‘nikmalarni o‘stirishga yo‘naltirilgan turli modullarni o‘z ichiga oladi.

Go’zal Xudoyberdiyeva , Navro’za Ashurmatova , Olimjon Ozodqulov

140-142

2025-05-31

DUAL TA’LIMNING JAMIYAT VA INSONGA FOYDALI TOMONLARI

Maqola zamonaviy ta’lim tizimida ta’limni tashkil etishning eng yangi shakllaridan biri sifatida qaralayotgan texnikum va kasb-hunar maktablarida dual ta’lim texnologiyasidan foydalanish masalalariga bag’ishlangan. Ushbu maqolada dual ta’lim texnologiyasining oliy ta’lim tizimi uchun muhandis malakali yutuk kadrlarni tayyorlashda universitetlar oldiga qo’yilgan muammolarni hal qilish yo’llari ko’rsatilgan. Dual ta’lim tizimi zamonaviy bozor sharoitida turli faoliyat sohalarida korxonalar tomonidan talab qilinadigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash imkonini beruvchi samarali va moslashuvchan mexanizmdir.

Eldor Ergashev , Zilola Ergasheva , Charosxon Erkinova, Mo’tabar Narziqulova

46-49

2025-12-31

OLIY TA’LIM JARAYONIDA “FUTURELEARN” PLATFORMASIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

Mazkur maqolada oliy ta’lim jarayonida “FutureLearn” platformasidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari tahlil etilgan. Zamonaviy raqamli ta’lim texnologiyalarining rivojlanishi, masofaviy va onlayn ta’limning kengayishi jarayonida “FutureLearn” kabi ochiq ta’lim platformalarining o‘rni va samaradorligi o‘rganiladi. Shuningdek, mazkur platformaning ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyati, talabalarning mustaqil ta’lim olish qobiliyatini rivojlantirishga ta’siri hamda pedagogik innovatsiyalar bilan uyg‘unligi yoritiladi.

Tohirjon Ismailov, Madina Isakova

46-51

2025-02-10

O‘QITISHNING DASTURIY TA’MINOTIGA OID MATERIALLAR BILAN TANISHISH

Ushbu maqolada o‘qitish jarayonida foydalaniladigan dasturiy ta’minot va ularning ta’lim tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’limda raqamli texnologiyalar va maxsus dasturiy ta’minotlardan foydalanish samaradorlikni oshirish, interfaollikni kuchaytirish va o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Moodle, Google Classroom, Kahoot, Quizizz kabi platformalar dars jarayonini yanada qulay va qiziqarli qilishga yordam beradi. Maqolada dasturiy ta’minot turlari, ularning afzalliklari va qo‘llash usullari yoritilgan. Shuningdek, o‘qituvchilar duch keladigan muammolar va ularni hal etish yo‘llari ham muhokama qilingan. Ta’lim jarayonida dasturiy ta’minotdan samarali foydalanish uchun o‘qituvchilarni malaka oshirish kurslariga jalb qilish, texnik infratuzilmani yaxshilash va o‘quv jarayoniga innovatsion metodlarni joriy etish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Mazkur maqola pedagoglar, ta’lim muassasalari rahbarlari va ta’lim texnologiyalari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun foydali manba bo‘lib xizmat qiladi.

Zebiniso Xoliqova , Malika Nurullayeva , Muxiba Yaxiyaxonova

122-128

2025-05-12

TALABALARDA MUSTAQIL TA’LIM KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIMNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

Mazkur maqolada oliy ta’lim talabalarida mustaqil ta’lim kompetensiyasini rivojlantirishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning pedagogik imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning mazmuni, tamoyillari va oliy ta’lim jarayonidagi ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, mustaqil ta’lim kompetensiyasining tarkibiy qismlari, uni shakllantirish omillari hamda davlat ta’lim siyosatida mazkur masalaning o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari asosida yoritib beriladi. Tadqiqot natijalari talabalarning shaxsiy faolligi, o‘z-o‘zini rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyoji va ta’lim samaradorligini oshirishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim muhim pedagogik imkoniyatlarga ega ekanini ko‘rsatadi.

Nodira Islomova

30-32

2026-01-23

RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TA’LIMDAGI O'RNI VA ROLI

Maqolada raqamli texnologiyalarning ta’lim sohasiga kirib borishi va uning imkoniyatlari hamda muammolari haqida so‘z yuritiladi. Raqamli texnologiyalar universitetlar va ta’lim muassasalariga yangi vositalarni taqdim etib, bilim almashish imkoniyatlarini kengaytiradi. Elektron ta’lim tizimi yangi imkoniyatlar yaratadi, lekin shu bilan birga o‘quv mahsulotlari sifatini nazorat qilishning zaifligi, past interaktivlik va sotsializatsiya kabi muammolarni keltirib chiqaradi. Elektron ta’lim rivojlanishi bilan ta’lim xizmatlari bozori tobora globallashib boradi. Maqolada raqamli texnologiyalarning afzalliklari, tahdidlari va ta’lim tizimiga tatbiq etish zarurligini tahlil qilinadi.

Vohid Jurayev , Shahloxon Komilova

99-102

2024-06-07

O‘ZBEKISTONDA INKLYUZIV TA’LIM: NAZARIY ASOSLAR VA AMALGA OSHIRISH TAJRIBALARI

Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim tushunchasi, uning asoschisi L.S. Vigotskiy nazariyasi bilan bog‘liqligi, O‘zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar, huquqiy-me’yoriy hujjatlar asosida yaratilgan imkoniyatlar yoritilgan. Shuningdek, inklyuziv ta’limning afzalliklari bilan bir qatorda mavjud muammolari, ularni bartaraf etish yo‘llari, ta’lim tizimidagi yangiliklar va sifatli ta’limga erishish masalalari tahlil etilgan. Oliy ta’limdagi islohotlar, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar va bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida fikr yuritilgan. Maqolada ta’limning inson salohiyati va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni alohida e’tirof etiladi.

Ozoda Safarova , Nigina Abdulazizova

99-102

2025-10-15

ZAMONAVIY RAQAMLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARINING TA’LIM JARAYONIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI

Mazkur maqolada zamonaviy raqamli ta’lim texnologiyalarining ta’lim jarayonidagi o‘rni va ahamiyati ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilinadi. Raqamli ta’lim texnologiyalarining turlari, ularning didaktik imkoniyatlari hamda ta’lim samaradorligini oshirishdagi roli yoritib beriladi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar asosida tashkil etilgan ta’lim jarayonining shaxsga yo‘naltirilgan va kompetensiyaviy yondashuvni ta’minlashdagi ahamiyati asoslab beriladi

Aqida Normurodova

104-105

2025-12-23

FORMATION OF MANAGEMENT COMPETENCE DEVELOPMENT MODELS BASED ON AN INTEGRATIVE APPROACH

This article discusses the formation of effective models for the development of management competencies based on an integrative approach. The development of competencies for educational institution leaders is a key factor for the successful functioning of the modern educational system. The integrative approach in this process allows for the combination of various methodologies and approaches, contributing to the development of multiple aspects of management competencies. The article outlines the necessary knowledge, skills, and experience for shaping management competencies, as well as analyzes the interconnection of pedagogical, psychological, and management approaches. This approach helps develop crucial competencies such as adaptability, innovative thinking, effective teamwork, and decision-making. In conclusion, the article highlights the significance and benefits of applying the integrative approach in developing the management competencies of educational institution leaders.

Azizbek Abdumannobov

53-58

2025-04-15

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM MUASSASALARI TIZIMIDA TA’LIM SIFATINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI

Mamlakatimizda hozirgi kunda oliy ta’lim muassasalarining soni 199 tani tashkil qilib, ulardan 114 tasi davlat, 85 tasi xorijiy va nodavlat ta’lim dargohlaridir[1]. Bundan ko‘rinib turibdiki, OTMlar miqyosida ham bugungi kunga kelib raqobat maydoni yuzaga kelgan. Ushbu vaziyatda faqatgina sifatli ta’lim berish yo‘li orqali universitetlar orasida o‘z o‘rnini mustahkam egallash mumkinligi kun sayin ravshanlashib bormoqda.  Quyidagi maqolada ham yurtimizda rivojlanib borayotgan ta’lim sohasida oliy ta’lim muassasalarining talabalarga ta’lim berish sifatini oshirishga qaratilgan ayrim taklif va tavsiyalar o‘rin olgan.

Ozodjon Xaydarov

10-13

2023-02-15

YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASI ASOSIDA TA’LIM TIZIMIDA RAQAMLASHTIRISH VA INNOVATSIYALAR

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida ta’lim tizimini raqamlashtirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish jarayonlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan raqamli transformatsiyaning mazmuni, uning ta’lim sifati va samaradorligiga ta’siri ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, elektron ta’lim platformalari, masofaviy ta’lim tizimlari va innovatsion pedagogik yondashuvlarning ta’lim jarayonidagi o‘rni va ahamiyati baholangan. Tadqiqot natijalari raqamli ta’limni rivojlantirish orqali raqobatbardosh va zamonaviy fikrlovchi kadrlarni tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

I.X. Mavlonov, Madinaxon Buvanazarova

138-142

2026-01-14

ZAMONAVIY TA’LIMDAGI PEDAGOGIK PARADIGMALAR VA ULARNING O‘ZGARISH YO‘NALISHLARI

Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar, xususan, raqamli texnologiyalarning jadal joriy etilishi, masofaviy ta’lim shaklining ommalashuvi va “hayot davomida ta’lim” konsepsiyasining rivoji fonida pedagogik paradigmalar mazmunining o‘zgarishi tahlil etilgan. An’anaviy-konservativ, ratsionalistik, gumanistik, ezoterik, ilmiy-texnik, noindistitutsional kabi asosiy paradigmalar ko‘rib chiqilib, ularning asosiy tamoyillari, ustuvorliklari va ta’lim jarayoniga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy ta’limda insonparvarlik, individuallashtirish, axborotlashtirish, kompyuterlashtirish, uzluksizlik kabi yo‘nalishlarning ustuvor ahamiyat kasb etayotgani asoslab berilgan. Maqola pedagogik paradigma o‘zgarishlarini chuqur anglash, yangi ta’lim texnologiyalarini tatbiq etish zaruratini asoslab beradi.

Ozoda Safarova , Nigina Abdulazizova

66-69

2025-10-15

OLIY TA’LIMDA TA’LIM SIFATINI OSHIRISH VA STANDARTLARNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI

Ushbu tezis oliy ta’lim sohasida ta’lim sifatini oshirish va standartlarni mukammallashtirishning zamonaviy yo‘llarini tahlil qiladi. Tadqiqot milliy va xalqaro huquqiy hujjatlar, raqamli transformatsiya, ta’lim monitoringi, o‘qituvchilarning malakasini oshirish, baholash va attestatsiya tizimi, shuningdek, talabalarni qo‘llab-quvvatlash tizimi asosida olib borilgan. Maqsad – ta’lim sifatini oshirish, samarali standartlarni tatbiq etish va oliy ta’lim muassasalarining xalqaro tan olinishini ta’minlash.

Zarrina Ergasheva

13-15

2026-02-03

RAQAMLI TA’LIM TIZIMIDA ZAMONAVIY O‘QITISH SHAKLLARI VA USLUBLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada raqamli ta’lim tizimida zamonaviy o‘qitish shakllari va uslublarini takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish, interaktiv metodlardan foydalanish, sun’iy intellekt asosida individual yondashuvlarni shakllantirish va masofaviy o‘qitishning afzalliklari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, innovatsion pedagogik yondashuvlar, virtual va kengaytirilgan reallik texnologiyalari hamda gamifikatsiya usullari asosida ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari muhokama qilinadi. Maqolada xorijiy va mahalliy tadqiqotlar tahlili asosida raqamli ta’lim tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha xulosa va takliflar berilgan.

Dilorom Faritova , Muxiba Yaxiyaxonova , Sevinch Negmatova

39-44

2025-07-28

RAQAMLI TA’LIM TIZIMIDA INFORMATIKA FANINI O‘QITISHNING MEYORIY HUJJATLARI BILAN TANISHISH

Raqamli ta’lim tizimi, global ta’limning zamonaviy talablari asosida, informatika fanini o‘qitishni yangicha yondashuvlar bilan rivojlantirishga qaratilgan. Maqolada informatika fanini o‘qitishda mavjud bo‘lgan me’yoriy hujjatlar, shu jumladan, davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, metodik qo‘llanmalar va xalqaro tajribalarga asoslanib, ularning ta’lim jarayonidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari informatika fanining samarali o‘qitilishining asosini tashkil etadi, bu esa o‘quvchilarning raqamli savodxonligini oshirish, ularni informatika faniga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va ularda zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishga yordam beradi. Xalqaro tajribalar, masalan, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Singapur va Finlyandiya kabi davlatlarning ta’lim tizimlaridagi informatika o‘qitishning me’yoriy hujjatlari, O‘zbekistonda informatika fanini o‘qitish jarayonini yanada rivojlantirish uchun muhim yo‘nalishlar hisoblanadi. Maqolada shuningdek, raqamli ta’lim platformalari va masofaviy o‘qitishning ahamiyati, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdagi roli ham yoritiladi. Raqamli ta’lim tizimida informatika fanini o‘qitishning me’yoriy hujjatlari ta’lim tizimining sifatini oshirish va o‘quvchilarga zamonaviy texnologiyalarni o‘rgatishda muhim vosita hisoblanadi.

Shahrizoda Nafasova , Muxiba Yaxiyaxonova

132-136

2025-05-12

1 - 25 of 500 items 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy