Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

CHARACTERISTICS OF ASSOCIATIVE MEANING OF THE WORD

This article revealed the associative meaning of the Uzbek lexeme. The dictionary and associative meanings of this word were described based on an associative experiment conducted on Uzbek speakers. On the basis of associative experience, it was proved that the meanings of words occur in the associations of language owners.

D. Lutfullayeva

94-99

2024-11-13

LISONIY ASSOTSIATSIYALARDA INSONGA XOS IJTIMOIY SIFATLARNING AKS ETISHI

Mazkur maqolada lisoniy assotsiatsiyalarda insonning ijtimoiy xususiyatlari, xususan yosh omilining til birliklari bilan bog‘liq holda namoyon bo‘lishi tadqiq etiladi. Tadqiqot assotsiativ jarayonlarning yoshga qarab farqlanishi, bolalar, maktab o‘quvchilari va talabalar nutqiy tafakkurida yuzaga keladigan assotsiativ reaksiyalarning o‘ziga xos jihatlarini aniqlashga qaratilgan. Ilmiy manbalar va assotsiativ tajribalar tahlili asosida bolalarda sintagmatik assotsiatsiyalarning, ulg‘ayish jarayonida esa paradigmatik va mavzuviy assotsiatsiyalarning ustunligi asoslab beriladi. Maqolada “Bolalar assotsiativ lug‘ati” materiallari asosida bolalarga xos obrazli, onomatopeya xarakteridagi javob reaksiyalari tahlil qilinib, ularning bolaning ongiy va nutqiy rivojlanish darajasi bilan uzviy bog‘liqligi ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, maktab o‘quvchilari va talabalarning “uy” (дом) turtki so‘ziga bergan assotsiatsiyalari qiyosiy-statistik usulda o‘rganilib, yosh guruhlariga xos tafakkur farqlari aniqlanadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, maktab o‘quvchilarida aniq predmet va makon bilan bog‘liq assotsiatsiyalar ustun bo‘lsa, talabalarda hissiy-baholovchi va ma’naviy mazmundagi assotsiatsiyalar ko‘proq uchraydi. Ushbu holat insonning ijtimoiy tajribasi, hayotiy qarashlari va bilish darajasi assotsiativ jarayonlarga bevosita ta’sir ko‘rsatishini ilmiy jihatdan tasdiqlaydi.

Dilfuza Rasulova

60-63

2025-12-22

ASSOTSIATIV TILSHUNOSLIK NAZARIYALARI SHARHI

Ushbu maqolada assotsiativ tilshunoslik nazariyalarining asosiy tushunchalari, rivojlanish tarixi va metodologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Nazariyaning til birliklari va ularning psixologik assotsiativ jarayonlar orqali shakllanishi tushuntiriladi. Shuningdek, assotsiativ tilshunoslikning kamchiliklari va zamonaviy tilshunoslikdagi o‘rni muhokama qilinadi. Maqola tilshunoslik tarixida assotsiativ yondashuvlarning ilmiy ahamiyatini yoritadi va ularning hozirgi zamon tadqiqotlaridagi integratsiyasi haqida fikrlar beradi.

Mirjalol Mirzaahmedov

32-34

2025-06-09

ASSOTSIATIV PORTRETNING MILLIY-MADANIY XOSLANISHI

This study explores the national-cultural specificity of associative portraits in linguistics, focusing on how linguistic associations reflect collective consciousness and cultural identity. Language, as both a means of communication and a repository of cultural heritage, preserves national traditions, values, and social practices. The research examines the associative responses of different linguistic communities to the stimulus word “monument,” using data from the Slavic Associative Dictionary. Comparative analysis reveals both universal and culturally specific associations across Russian, Belarusian, Bulgarian, and Ukrainian speakers, where notions of memory, national heroes, and symbolic artifacts dominate

Hafiza Murodova

74-80

2025-09-17

SOCIALITY AND ASSOCIATION OF LANGUAGE, THEIR RELATIONSHIP

This study explains the fact that associativity is a typologically universal phenomenon, but significant differences in the content and frequency of associations formed in different language communities towards the same object are observed with socio-cognitive factors. The theoretical basis is taken from the approaches of sociocognitive linguistics and cultural linguistics; on the empirical basis, the associative space of the concept *happiness* in the perception of Russian, Belarusian, Bulgarian and Ukrainian speakers is analyzed in a comparative manner based on the materials of the "Slavic Associative Dictionary". The data show how the concept is valued in the national consciousness and collective memory through the highest frequency responses of the *sovchi-reaksiya* pairs (e.g., есть, каханне, радост, викилек): while in the Russian spiritual space *happiness* is affirmed by the attribute of “existence”, in Belarusians it is semantically associated with “love”, in Bulgarians with “joy/happiness”, and in Ukrainians with the paradigm of “great value”. The results confirm that the socialization of language is reflected in linguistic associations, that is, the associative field is calibrated with the values, worldview, religious-cultural experience and configuration of social consciousness in society. The study is of methodological importance for linguistic conceptology, psycholinguistics and comparative cultural studies, and allows for its use in the practice of building associative dictionaries, lexical-semantic modeling and intercultural communication.

Dilfuza Rasulova

89-95

2025-08-31

SHAVKAT RAHMONNING MUHABBAT MAVZUSIDAGI AYRIM SHE’RLARINING ASSOTSIATIV TAHLILI

Ushbu maqolada  assotsiatsiya, assotsiativ maydon haqida qisqacha ma’lumotlar keltirilgan hamda Shavkat Rahmonning muhabbat mavzusiga oid ayrim she’rlari assotsiativ jihatdan  lingvistik va ekstralingvistik jihatdan tahlil qilingan.

Robiya Vaxobjonova, Akbarjon Xasanov

38-41

2023-06-03

AVTOASSOTSIATIV XOTIRA TARMOQLARINING ISHLASH PRINSIPLARI VA QO‘LLANILISH SOHALARI

Zamonaviy axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi inson miyasining xotira mexanizmlarini modellashtirishga oid tadqiqotlarning kengayishiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu yo‘nalishlardan biri — assotsiativ xotira tarmoqlari bo‘lib, ular turli naqshlar (patternlar) o‘rtasidagi bog‘lanishlarni o‘rnatish va eslab qolish imkonini beruvchi tizimlardir. Assotsiativ xotira sun’iy neyron tarmoqlarning muhim tarkibiy qismi sifatida geteroassotsiativ va avtoassotsiativ turlarga bo‘linadi. Ayniqsa, avtoassotsiativ xotira kirish va chiqish signallari bir xil bo‘lgan, o‘z-o‘zini tiklovchi tizim bo‘lib, xatoliklarni tuzatish, tasvirni qayta tiklash hamda naqshlarni to‘ldirish kabi vazifalarda keng qo‘llaniladi. Ushbu turdagi tizimlar inson miyasining eslab qolish jarayonlarini modellashtirishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.

Israil Tojimamatov, Mohigul Tojialiyeva

127-130

2025-11-25

ZAMONAVIY YOSHLAR HIKOYACHILIGIDA BADIIY OBRAZ TAKOMILI

Ushbu maqolada o‘zbek hikoyachiligida assotsiativ obrazlar vositasida ijodiy niyatni ifodalash masalasi yoritiladi. Tadqiqotda assotsiativ obrazlarning milliy adabiyotimizda adabiy an’ana sifatida shakllanib, bosqichma-bosqich rivoj topgani tahlil etiladi. Xususan, Abdulla Qahhor hikoyalarida maymun, ho‘kiz va anor kabi obrazlarning badiiy talqini va ularning ramziy-majoziy mazmuni ochib beriladi. Shuningdek, zamonaviy yosh ijodkorlar hikoyalarida ushbu obrazlarning yangicha, aktual ma’nolar bilan boyitilib qo‘llanilishi ilmiy asosda tahlil qilinadi.

Matluba Ulkanboyeva

91-95

2025-06-10

O‘QUVCHILARDA INGLIZCHA FRAZEOLOGIZMLARNI O‘ZLASHTIRISH MEXANIZMLARI

Mazkur tezisda o‘quvchilarda ingliz tilidagi frazeologizmlarni o‘zlashtirish jarayonining metodik va kommunikativ, psixolingvistik mexanizmlari ilmiy nuqtai nazardan yoritiladi. Til birliklarining barqaror tuzilishi, ko‘chma va ko‘p ma’nolilik xususiyati hamda madaniy konnotatsiyalari o‘quvchilar uchun murakkablik tug‘dirishi sababli, frazeologizmlarni samarali o‘rgatishning kognitiv asoslari, vizual-mnemonik metodlar, assotsiativ fikrlashni shakllantirish yo‘llari, kontekstual ta’lim texnologiyalari hamda kompetensiyaga yo‘naltirilgan yondashuv asosida o‘rganish mexanizmlari tahlil etiladi. Shuningdek, frazeologik birliklarni o‘zlashtirishda o‘quvchi lug‘at boyligi, madaniyatlararo kompetensiya, tilni sezish (language awareness) va kommunikativ faoliyatning integrativ roli asoslab beriladi.

Dilbar Ibragimova

83-85

2025-11-30

XOTIRANING NERV-FIZIOLOGIK ASOSLARI VA NAZARIYALARI

Ushbu maqolada xotiraning nerv-fiziologik asoslari va nazariyalari ilmiy jihatdan yoritilgan. Inson xotirasi murakkab nerv tizimi faoliyati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, miya po‘stlog‘ida yuz beradigan fiziologik jarayonlar orqali namoyon bo‘ladi. Maqolada xotiraning biologik mexanizmlari — nerv hujayralari o‘rtasidagi sinaptik aloqalar, ularning mustahkamlanish jarayoni hamda shartli reflekslar nazariyasi asosida tahlil qilingan. Shuningdek, xotiraning asosiy nazariyalari – assotsiativ, iz (izli), neyrofiziologik va axborotni qayta ishlash nazariyalari tahlil etilib, ular o‘rtasidagi farqlar va o‘zaro bog‘liqliklar ko‘rsatib berilgan. Tadqiqotda zamonaviy neyropsixologiya yondashuvlari asosida xotiraning miyada saqlanish, tiklanish va mustahkamlanish mexanizmlari yoritilgan. Ushbu maqola xotiraning fiziologik asoslarini anglash orqali inson psixikasining chuqur mexanizmlarini o‘rganishga ilmiy asos yaratadi.

Sevinchoy Quranbayeva , Bobur Sattarov

60-62

2025-11-24

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KOGNITIV FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISHDA MULTIMODAL TA’LIMNING O‘RNI

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kognitiv faolligini rivojlantirish jarayonida multimodal ta’limning didaktik va psixologik ahamiyati ilmiy tahlil etiladi. Tadqiqot multimodal yondashuvning idrok, diqqat, xotira, assotsiativ fikrlash kabi bilish jarayonlariga ta’sirini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, chet tilini o‘qitishda vizual, audial, kinestetik va raqamli modalitetlarning o‘zaro integratsiyalashuvi orqali o‘quvchi faolligini oshirish mexanizmlarini ochib beradi. Natijalar multimodal ta’lim boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining motivatsiyasi, tilni idrok etish tezligi, nutqiy faoliyat va mantiqiy fikrlashini sezilarli darajada faollashtirishini ko‘rsatadi. O‘rganilgan ma’lumotlar zamonaviy lingvodidaktik yondashuvlar, kognitiv psixologiya tamoyillari hamda chet tili o‘qitishning amaliy metodlari bilan uzviy bog‘liqdir.

Iroda Meliyeva , Farida Egamberdiyeva

51-58

2025-11-17

PSIXOLOGIYADA IDROKNING NERV-FIZIOLOGIK ASOSLARI

Ushbu maqolada idrok jarayonining nerv-fiziologik asoslari, uning hissiy axborotni qabul qilish, qayta ishlash va ma’noli obrazlarga aylantirishdagi neyrobiologik mexanizmlari tahlil qilinadi. Idrokning shakllanishida bosh miya po‘stlog‘ining oliy nerv faoliyati, sezgi organlari reseptorlaridan kelayotgan impulslarning neyron tarmoqlarda qayta ishlanishi, shuningdek, analizatorlar tizimi - ko‘ruv, eshituv, taktil, hid va ta’m analizatorlarining o‘zaro integratsiyasi ilmiy asosda yoritiladi.

Eldorjon Po‘latov , Jaxongirmirzo Abdurasulov

82-84

2025-12-08

O‘YIN NOMLARIDA METAFORIK KO‘CHIM XUSUSIYATLARI

This article is devoted to the features of metaphorical nomenclature in children's game names, highlighting the formation of names by transferring the name of one object, sign, or action to another object, sign, or action.

Muhayyo Matmusayeva

92-94

2025-03-17

“RO‘YO YOXUD G‘ULISTONGA SAFAR” ROMANIDA ONG OQIMI POETIKASI

Adabiyot inson ruhiyatining eng nozik qatlamlarini ochib beruvchi kuchli badiiy vositadir. Ayniqsa, ong oqimi uslubida yozilgan asarlar orqali inson ichki kechinmalari, tafakkuridagi ziddiyatlar, ongi va xotiralari tasviriy qatlamga ko‘chiriladi. Ahmad A’zamning “Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar” romanida aynan shunday psixologik murakkabliklar, tush va haqiqat oralig‘idagi noaniqliklar, ijtimoiy va siyosiy tanqidiy qatlamlar bir butun ong oqimi tarzida ifodalanadi. Asar bosh qahramonining ongida ro‘y beradigan ikki qismli ziddiyatlar, ichki monologlar orqali inson o‘zligini izlaydi, mavjud tartibotga shubha bilan qaraydi, voqelikni o‘z ruhiy tajribasi orqali idrok etadi. Zanjir timsoli, ajina obrazi, qo‘rquvning psixologik tahlili, assotsiativ tafakkur jarayonlari asarda inson va jamiyat munosabatining falsafiy, ramziy va tanqidiy talqiniga zamin yaratadi. Ushbu tahlil mazkur roman misolida ong oqimi uslubining imkoniyatlarini, uning vositasida ochilgan ijtimoiy, ruhiy va ramziy qatlamlarni yoritishni maqsad qiladi.

Dilnoza Xamroyeva

125-127

2025-07-31

ZULFIYA QUROLBOY QIZI IJODIDA AYOL MAVZUSI

Ushbu maqolada bugungi oʻzbek hikoyanavisligiga oʻzining hikoyalari bilan katta hissa qoʻshib kelayotgan Zulfiya Qurolboy qizining “Ayol” hikoyasi tadqiqot obyekti sifatida tanlab olingan. Maqolada yozuvchining  oʻziga xos ijodiy yoʻnalishi asosida yuzaga kelgan ayol psixologiyasi va ruhiy olamini tasvirlash  badiiy detallar asosida monologik nutq vositasida yozilganligi talqinga tortilgan.

Orazbaeva Asal

10-12

2024-07-08

“RO‘YO YOXUD G‘ULISTONGA SAFAR” ROMANIDA ONG OQIMI POETIKASI

Adabiyot inson ruhiyatining eng nozik qatlamlarini ochib beruvchi kuchli badiiy vositadir. Ayniqsa, ong oqimi uslubida yozilgan asarlar orqali inson ichki kechinmalari, tafakkuridagi ziddiyatlar, ongi va xotiralari tasviriy qatlamga ko‘chiriladi. Ahmad A’zamning “Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar” romanida aynan shunday psixologik murakkabliklar, tush va haqiqat oralig‘idagi noaniqliklar, ijtimoiy va siyosiy tanqidiy qatlamlar bir butun ong oqimi tarzida ifodalanadi. Asar bosh qahramonining ongida ro‘y beradigan ikki qismli ziddiyatlar, ichki monologlar orqali inson o‘zligini izlaydi, mavjud tartibotga shubha bilan qaraydi, voqelikni o‘z ruhiy tajribasi orqali idrok etadi. Zanjir timsoli, ajina obrazi, qo‘rquvning psixologik tahlili, assotsiativ tafakkur jarayonlari asarda inson va jamiyat munosabatining falsafiy, ramziy va tanqidiy talqiniga zamin yaratadi. Ushbu tahlil mazkur roman misolida ong oqimi uslubining imkoniyatlarini, uning vositasida ochilgan ijtimoiy, ruhiy va ramziy qatlamlarni yoritishni maqsad qiladi.

Dilnoza Xamroyeva

48-50

2025-07-29

LİNGVOKULTUROLOGİK BİRLİKLARNİNG NUTQDAGİ O'RNİ

Ushbu maqolada lingvokulturologik nazariyaning shakllanishi uchun xizmat qilgan omillar, undagi asosiy tushunchalar, ularning talqinidagi har xilliklar haqida juda asosli mulohazalar aytilgan

Nargiza Mahmudjanovna Mamadjanova

78-79

2022-03-07

ASSOTSIATIV MODELGA KO‘RA O‘QUV IZOHLI LUG‘ATLARNING LINGVISTIK DARAJALANISHI: TIPOLOGIK VA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR (INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI MISOLIDA)

Ushbu maqolada o‘quv izohli lug‘atlarda lingvistik darajalanish kontseptsiyasining tipologik va pedagogik yondashuvlari tahlil qilindi. Tadqiqot ingliz va oʻzbek tillarining lug‘atshunoslik amaliyotidagi lingvistik darajalanishning nazariy asoslari hamda amaliy ko‘rinishlarini oʻrganadi. Maqolada lingvistik darajalanish — til birliklarini morfologik, semantik, sintaktik va pragmatik murakkablik darajasiga qarab bosqichma-bosqich tizimlashtirish jarayoni sifatida ko‘rib chiqildi. Ingliz va oʻzbek tillarining tipologik xususiyatlari, xususan ingliz tilining analitik, oʻzbek tilining esa agglutinativ til ekanligi, lug‘atlardagi lingvistik darajalanish mexanizmlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

Dilbar Tosheva

100-105

2025-07-17

IJODKORLIK NAZARIYALARINING PSIXOLOGIK TAVSIFI

Tadqiqotchilar muammoni o‘z metodologiyasi nuqtayi nazaridan, aniq belgilangan o‘z shaxsiy xulosalari asosida qo‘yadi va rivojlantiradi hamda qoida tariqasida, asosan uning bir yoki bir necha jihatlariga e’tibor qaratadi”

Mushtariy Rahmatullayeva

107-110

2025-12-24

ESKI TURKIY (CHAG‘ATOY) ADABIY TILIDA OT KONSEPTINING BADIIY-ESTETIK QIRRALARI VA MAZMUNIY KENGAYISHI

Maqolada Eski turkiy (Chag‘atoy) adabiy tili materiallari asosida “ot” konseptining badiiy-estetik qirralari va mazmuniy kengayishi kognitiv-poetik yondashuvda tadqiq etildi. “Ot” lexemasi va uning sinonimik-variant qatlami (tulpor, yilqi, duldul va b.) Chag‘atoy matnlarida nafaqat nomlovchi birlik sifatida, balki kuch-qudrat, davlat, shon-shuhrat, sadoqat, safar, jangovar jasorat, taqdiriy yo‘l kabi qadriyat maydonlarini faollashtiruvchi timsol darajasida namoyon bo‘lishi ko‘rsatildi. Navoiy, Lutfiy, Sakkokiy, Bobur singari ijodkorlar poetikasida “ot” obrazining metafora, metonimiya, tamsil, kinoya kabi trop va badiiy vositalar orqali semantik “ko‘payishi” (polysemantik va assotsiativ kengayish) izchil tahlil qilindi.

Shahzodbek Xolliyev

117-121

2025-10-17

HOZIRGI OʻZBEK ADABIY TILIDA GAP BOLAKLARINING AHAMIYATI

Ushbu maqolada hozirgi oʻzbek adabiy tilining sintaksis boʻlimida gap boʻlaklarining ifodalanish shakllari, qoʻshimchalar tasnifi hamda  bap boʻlaklari bilan aloqaga kirishadigan boʻlaklar va qolaversa kesimning ifodalanish shakllari haqida ifodaviy fikrlar yuritilgan boʻlib,  masalaga ilmiy qarash yoritib berilgan.

Ruxsora Luqmonova

171-172

2023-02-25

1 - 21 of 21 items

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy