Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

YEVROPA KENGASHI DOIRASIDA YETIM BOLALAR VA OTA-ONA QARAMOG‘IDAN MAHRUM BO‘LGAN BOLALAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI

Ushbu maqolada Yevropa Kengashi doirasida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni himoya qilishning huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Ushbu tadqiqot jarayonida, Yevropa Kengashida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar huquqlarini ta’minlashga doir konvensiya, direktiva, Yevropa Sudi qarorlari va boshqa huquqiy asoslarini o‘rganiladi. O‘rganish natijasida, Yevropa kengashi doirasida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar huquqlarini himoya qilishga doir taklif va xulosalar beriladi.

Ahror Turdibekov

136-142

2024-06-30

GENRE AND ARTISTIC FEATURES OF UZBEK AND CHINESE CHILDREN’S SONGS

This article comparatively examines the genre and artistic features of Uzbek and Chinese children's folk songs. It highlights the poetic characteristics of children's songs in both cultures, such as their thematic range, structure, and stylistic devices. By analyzing examples of children's verses in Uzbek and Chinese (with translations), the study identifies similarities and differences in imagery, rhyme, and form. The findings shed light on how these folklore songs encapsulate cultural values and creative expression, providing insight into the poetics of childhood in Uzbek and Chinese traditions.

Mushtariy Yashnarbekova

52-56

2025-12-09

OʻZBEK BOLALAR ADABIYOTI VA KITOBINING SHAKLLANISHI.

Maqolada bolalar adabiyotining turli davrlarda tutgan oʻrni, xususan bolalar folklorining oʻzbek xalq ogʻzaki ijodiga taʼsiri, mumtoz adabiyotda didaktik tamoyilning ustuvorligi, jadid adabiyotining bolalar adabiyotining fan sifatida shakllanishiga qoʻshgan hissasi, hozirgi oʻzbek bolalar adabiyoti va bolalar adabiyoti.uz multimediali elektron platformasining bolalar adabiyotini rivojlantirishdagi ahamiyati xususida bahs yuritiladi.

Jo’raboyev Jo’raboyev

233-235

2024-05-04

YEVROPA KENGASHI DORASIDA YETIM BOLALAR VA OTA-ONA QARAMOG‘IDAN MAHRUM BO‘LGAN BOLALAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISHNING INSTITUTSIONAL ASOSLARI

Ushbu maqolada Yevropa Kengashi doirasida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar huquqlarini himoya qilishning institutsional asoslari muhokama qilinadi. Yevropa Kengashida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar huquqlarini himoya qiladigan hukumatlararo va nohukumat tashkilotlar va ularning vazifalari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida Yevropa Kengashi doirasida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni himoya qiluvchi tashkilotlat tizimlashtiriladi.

Ahror Turdibekov

210-217

2024-06-30

OTA ONA QARAMOGʻISIZ QOLGAN BOLALAR BILAN IJTIMOIY QOʻLLAB-QUVVATLASH TIZIMINI ISLOH QILINISH

Maʼlumki erta yoshda yetim qolgan bolalar soni , ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalar soni ortib bormoqda. Ularning aksariyati vasiylik (homiylik) va farzandlikka olingan, 30 foizga yaqini bolalar uylari, mehribonlik uylari, maktab-internatlar va boshqa taʼlim muassasalariga joylashtirilgan. Oilalarga joylashtirilgan bolalar soni ortib borayotganiga qaramay, turar joy muassasalariga joylashtirilgan bolalar soni kamaymayapti ushbu mavzu dolzarbligini oʻrgangan holda tadqiqotda ota ona qarmogʻisiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni tizmi hozirgi holati jahon tajribasi tahlil qilinib ota ona qarmogʻisiz qolgan bolalar bilan ishlashda qarindosh oilalar tizmini yoʻlga qoʻyish masalasi ilgari surilgan.

Maftuna Nurmatova , Parvina Temirova , Dilnoza Xudoyberdiyeva , Shodiya Jabborova

119-124

2023-11-20

BEG'UBOR BOLALIK OLAMINING KUYCHISI - XUDOYBERDI TO'XTABOYEV

Ushbu maqolada adabiyotimizning yorqin vakili Xudoyberdi To'xtaboyevning bolalar adabiyotida o'ziga xos o'ringa ega bo'lgan asarlari va bolalar adabiyotida shaffof bolalar obrazlarini yaratish masalasiga doir ilmiy - nazariy qarashlar ifodalangan. Jumladan, Xudoyberdi To'xtaboyevning bolalar uchun yaratilgan asarlarida mazmun va shakl, mavzu va g'oya, asar kompozitsiyasi, badiiy til va so'z qo'llash, portret va peyzaj tasviri, harakter va obraz yaratish mahorati tadqiqi bo'yicha fikrlar keltirilgan. Shuningdek, Xudoyberdi To'xtaboyev   asarlarida bolalar obrazlarini yaratilishidagi umumiylik, xususiylik, ulardagi  o'ziga xoslik yoritib o'tilgan. Yozuvchining  beg'ubor bolalik olamini tasvirlashdagi qirralari xususida to'xtalgan. Ijodkor mahoratini belgilovchi adabiy - estetik omillar bo'yicha mulohazalar bayon etilgan.

Sevinchoy Nurimmatova , Sarvinoz Axmedova

154-157

2023-04-06

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA BOLALAR ADABIYOTI FANI ASOSIDA MUSTAQIL TA’LIM VA O‘QUV TOPSHIRIQLARINI ISHLAB CHIQISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH MEXANIZMI

Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida  bolalar adabiyoti fani asosida o‘quv topshiriqlarini ishlab chiqish metodikasini takomillashtirish mexanizmi. Anvar Obidjon she’riyatidagi bolalar obrazi, ularning o‘ziga xos xarakter, xususiyatlari tahlil qilingan.  Bolalarning rang-barang ruhiy olami hamda ramziy detallarning ma’nolari yoritib berilgan va undan metodik, didaktik, pedagogik usullarni yaratishda foydalanish imkoniyati ko‘rsatilgan.

M Axmedova, G Raximova

1323-1329

2025-01-14

BOLALAR ADABIYOTIDA TARJIMANING O’RNI

Bolalar adabiyoti — bolalar va oʻsmirlar uchun yaratilgan badiiy, ilmiy, ilmiy ommabop va publitsistik asarlar majmui. Bularning asosiy qismini badiiy asarlar tashkil etadi. Jahon xalqlari, shu jumladan, oʻzbek xalqi bolalar adabiyoti tez aytish, topishmoq, oʻyin qoʻshiqlari, rivoyat, afsona, ertak, maqol, masal va doston singari aksariyat qismi bolalarga moʻljallab yaratilgan ogʻzaki ijod namunalaridan boshlanadi. Ushbu maqolada hozirgi zamon bolalar adabiyotidagi  tarjimaning o`rni qandayligi yoritilgan.

Zarnigor Abdurazzaqova

55-57

2023-11-30

BOLALAR KIYIMINING DIZAYNINI LOYIHALASH METODIKASI.

Mazkur tadqiqotda kichik maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bolalar kiyimining sanoat seriyalarini modulli loyihalash metodikasini ishlab chiqish bosqichlari bayon etilgan. Ushbu yosh guruhining tanlanishi bejiz emas: 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda tana proporsiyalarining sezilarli o‘zgarishi kuzatiladi. Xususan, bu davrda bolalar yiliga o‘rtacha 5–7 sm ga o‘sadi, oyoq-qo‘llar uzayadi, bo‘y balandlashadi, qorin qavariqligi kamayadi. Shu sababli kiyimni tez-tez yangilab turish zarurati katta xarajatlarga olib keladi. Modulli kiyim tizimi esa transformatsiya xususiyatiga ega bo‘lib, bolalarning tana o‘zgarishlariga moslashgan holda foydalanish muddatini uzaytirishga xizmat qiladi. Tadqiqot modulli loyihalash metodikasi orqali bolalar kiyimi dizaynida iqtisodiy va funksional samaradorlikka erishish imkonini ochib beradi.

Maxliyo Fayzullayeva

10-16

2025-05-27

ZAMONAVIY AXBOROT TA'LIM MUHITIDA BOLALAR ADABIYOTINI O'QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHNING SHAKL VA METODLARI

Ushbu tezis zamonaviy axborot ta'lim muhitida bolalar adabiyotini o'qitish metodikasini takomillashtirishning shakl va metodlarini o'rganishga bag'ishlangan. Adabiyot, ayniqsa, bolalar uchun o'quv jarayonining muhim qismi bo'lib, u nafaqat axborot berish, balki tafakkur, tasavvur va axloqiy qadriyatlarni shakllantirish vositasi sifatida xizmat qiladi. Ma'lumki, axborot texnologiyalarining rivojlanishi o'qitish metodologiyasini ham yangi bosqichga olib keldi. Bu o'rganishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, masalan, multimedia vositalari, interaktiv o'qitish usullari, elektron resurslar va virtual ta'lim platformalaridan qanday foydalanilishi masalasi yoritilgan. Tezisda bolalar adabiyotini o'qitish jarayonida axborot texnologiyalarining integratsiyasining ahamiyati, o'quvchilarni adabiyot bilan tanishtirishda zamonaviy metodlar va shakllar, shuningdek, o'qitishning yangi yondashuvlari ko'rib chiqiladi. Yozuvchi va o'qituvchi uchun bolalar adabiyotini o'qitishning samarali usullarini ishlab chiqish va joriy etish bo'yicha aniq tavsiyalar beriladi.

Iroda Xujamqulova

76-79

2025-04-30

QORAQALPOQ BOLALAR TEATRINING O’ZIGA XOS JIHATLARI VA IJTIMOIY ROLI

Ushbu maqolada Qoraqalpoq bolalar teatrining o‘ziga xos badiiy-estetik jihatlari, tarbiyaviy va ijtimoiy funksiyalari tahlil qilinadi. Muallif bolalar teatrining yosh avlod dunyoqarashi, axloqiy fazilatlari, milliy qadriyatlarga  munosabatini shakllantirishdagi o‘rnini yoritib beradi. Teatrning repertuari, sahna uslubi, texnik imkoniyatlari va zamonaviy dolzarb mavzularni yoritishdagi yondashuvlari tahlil qilinadi. Shuningdek, teatrning yosh tomoshabinlar bilan bevosita muloqoti, ularni estetik tarbiyalashdagi roli ham ko‘rsatib o‘tilgan. Maqola Qoraqalpoq bolalar teatrining nafaqat san’at muassasasi, balki ijtimoiy-tarbiyaviy institut sifatida tutgan o‘rni va ahamiyatini ochib beradi.

Mexriban Dosniyazova

126-128

2025-10-27

OILAVIY DISKURSDA BOLALAR NUTQINING MILLIY-MADANIY BELGILARI

Mazkur maqola bolalar nutqining oila muloqotida namoyon bo‘ladigan milliy-madaniy xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada oilaviy muhit va milliy qadriyatlarning bolalar nutqiga ta'siri tahlil qilinadi. O‘zbek oilalarida bola nutqining rivojlanishiga ijtimoiy va madaniy omillar qanday ta’sir etishi haqida mulohazalar keltirilgan. Mualliflar bolalar nutqidagi milliy-madaniy belgilarning ahamiyatini ochib beradi va bu belgilarning jamiyatdagi kommunikativ jarayonlarga qo‘shgan hissasini yoritadi. Tadqiqot natijalari bolalar nutqini shakllantirishda oila muloqotining rolini ko‘rsatadi va kelajakda oilaviy tarbiyada e'tibor berilishi kerak bo‘lgan jihatlarni belgilaydi.

I. A. Egamberdiyeva

114-117

2024-08-26

ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALAR UCHUN SAMARALI TA’LIM TIZIMINI YARATISH

Ushbu maqola alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun samarali ta’lim tizimini yaratish masalalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda maxsus ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun ta’lim tizimining mohiyati, uning asosiy muammolari va samarali ta’lim tizimi yaratish uchun zarur bo‘lgan metodlar ko‘rib chiqiladi. Maqolada shuningdek, maxsus ehtiyojlarga ega bolalar uchun ta’lim jarayonini takomillashtirishda ilg‘or pedagogik yondashuvlar va innovatsion metodlarning roli yoritiladi. Tadqiqot, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun o‘quv dasturlarini yaratish, ta’lim muassasalari boshqaruvi va pedagoglarning o‘quv jarayonidagi roli kabi masalalarga to‘xtaladi. Samarali ta’lim tizimi yaratishning xalqaro tajribalari va ular asosida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan innovatsion chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Maqola, maxsus ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy asoslangan tavsiyalarni taqdim etadi.

Alisher Sheraliyev

133-140

2025-01-30

KO’ZI OJIZ BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN LOGOPEDIK ISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ko’zi ojiz bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishning o’ziga xos xususiyatlari Ko’rish analozatorining faoliyati buzilganligi sababli ko’r va zaif ko’ruvchi bolalarning nutqiy rivojlanishi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, bu nutqda o’z aksini topadi (exolaliya, “formalizm”, so’z turkumining buzilishi va boshqalar). Ushbu maqolada  ko’zi ojir bolalar bilan ishlash, ularga ta’lim berishning usullari, ularning nutq rivojlanishidagi muammolarini hal qilishdagi pedagoglarning o’rni kabi ma’lummotlar bayon qilingan.

Halima Rajabova

44-50

2023-02-04

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA PARAZITAR KASALLIKLARNING OLDINI OLISH BO‘YICHA O‘ZBEKISTON TAJRIBASI

Parazit kasalliklar O'zbekistonda, ayniqsa qishloq va kam ta'minlangan shahar hududlarida yashovchi maktabgacha yoshdagi bolalar orasida doimiy sog'liqni saqlash muammosi bo'lib qolmoqda. Ushbu sharhda 0-6 yoshdagi bolalarda parazit infeksiyalarining oldini olish bo'yicha 2015-yildan 2025-yilgacha bo'lgan milliy tajriba va so'nggi tashabbuslar tahlil qilinadi, milliy sog'liqni saqlash hisobotlari, mintaqaviy tadqiqotlar va Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) ko'rsatmalaridan olingan ma'lumotlar integratsiyalashgan. O'zbekistonning profilaktika yondashuvi ommaviy degelmintizatsiya kampaniyalarini, sanitariyani yaxshilash loyihalarini va ota-onalar, vasiylar va maktabgacha ta'lim muassasalariga qaratilgan sog'liqni saqlash ta'lim dasturlarini birlashtiradi. Antigelmint dorilarni - asosan albendazol va mebendazolni - muntazam ravishda tarqatish maktabgacha yoshdagi bolalarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish, bolalarni emlash kunlari va jamoat salomatligi tadbirlari orqali amalga oshirildi. JSST va UNICEF bilan hamkorlikda mamlakat tuproq orqali yuqadigan gelmintlar (STH) va protozoal infeksiyalarni nazorat qilishni kuchaytirdi, shu bilan birga bolalar bog'chalari va oilaviy klinikalar orqali gigiena ta'limini targ'ib qildi. Toshkent, Samarqand va Farg'onadagi mintaqaviy dasturlar gelmint infeksiyasi darajasining sezilarli darajada pasayishini ko'rsatdi, ayniqsa degelmintizatsiya suv sifati va sanitariya infratuzilmasini yaxshilash bilan birlashtirilgan joylarda. Biroq, qishloq maktabgacha yoshdagi bolalarni to'liq qamrab olishni ta'minlash, davolanishdan keyingi gigiena qoidalariga rioya qilish va atrof-muhitning ifloslanishi tufayli qayta infeksiyani oldini olishda muammolar saqlanib qolmoqda. Sog'liqni saqlash, ta'lim va suv resurslari vazirliklari o'rtasidagi tarmoqlararo hamkorlikni mustahkamlash barqarorlik uchun juda muhim ekanligini isbotladi. O'zbekiston tajribasi shuni ko'rsatadiki, farmakologik, ta'lim va infratuzilma choralarini birlashtirgan integratsiyalashgan model maktabgacha yoshdagi bolalar orasida parazit kasalliklari yukini kamaytirishning eng samarali yo'lini taklif qiladi. Vasiylarning ishtiroki, maktabgacha gigiena standartlari va mahalliy kuzatuv tizimlariga doimiy e'tibor qaratish uzoq muddatli nazoratga erishish va bolalar salomatligi va farovonligining milliy maqsadlarini qo'llab-quvvatlash uchun juda muhimdir.

Shaxrambay Karimbayev

89-91

2025-11-11

AXBOROT DAVRIDA BOLALAR RIVOJIGA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TA’SIRI

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bolalar hayotiga chuqur ta’sir ko‘rsatadi. Ular bolalarning psixologik salomatligi, ijtimoiy moslashuvi, ta’lim olishi va axborot iste’molida ijobiy hamda salbiy oqibatlarga olib keladi. Bu maqolada raqamli qurilmalar bolalar tafakkuri, ijodkorligi va raqamli savodxonligini oshirishi hamda ortiqcha foydalanishdan keladigan uyqu buzilishi, xavotir, depressiya kabi muammolar haqida ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, bolalar uchun ekran vaqtini nazorat qilish, xavfsiz kontentni ta’minlash va raqamli madaniyatni oshirish bo‘yicha tavsiyalar keltiriladi. Maqolada O‘zbekiston va xorijiy manbalar, shu jumladan UNICEF va jahon miqyosidagi tadqiqotlar natijalari keltirilgan.

Ariwxan Nuratdinova

6-8

2026-01-16

BOLALAR O‘RTASIDA YUQUMLI KASALLIKLARNING OLDINI OLISH: MUAMMO VA YECHIMLAR TAHLILI

Ushbu maqolada bolalar o‘rtasida yuqumli kasalliklarning oldini olish masalasi, mavjud muammolar va ularning yechimlari tahlil qilingan. Bolalar sog‘lig‘i jamiyatning kelajagini belgilovchi eng muhim omil bo‘lib, ularni turli yuqumli kasalliklardan himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Maqolada bolalar orasida keng tarqalgan kasalliklar — respirator infeksiyalar, ichak kasalliklari, virusli va parazitar infeksiyalar misolida ularning kelib chiqish sabablari, gigiyenik omillar, emlashning ahamiyati va sanitariya sharoitlari yoritilgan.

NILUFAR FAYZILLOYEVA

156-159

2025-10-10

BOLALAR PSIXOLOGIYASINING BOLA HAYOTIDAGI O‘RNI

Bolalar psixologiyasi inson shaxsining shakllanishida muhim rol o‘ynaydi, chunki inson shaxsining kelgusidagi shakllanishi va hayotdagi o‘z o‘rnini topishi bevosita bolalik davrida qanday tarbiya olganiga bog‘liq. Aynan bolalar psixologiyasi zamonaviy jamiyatning asosiy poydevori hisoblanadi. Ushbu maqolada bolalar psixologiyasi tushunchasi, uning asosiy vazifalari va zamonaviy jamiyatdagi o‘rni ko‘rib chiqiladi, bu orqali mavzuning naqadar dolzarb ekani yaqqol namoyon bo‘ladi.

Go`zal Mirsaitova

14-15

2025-08-11

YETIM BOLALAR VA OTA-ONA QARAMOG‘IDAN MAHRUM BO‘LGAN BOLALAR IJTIMOIY HIMOYASI INSTITUTI

Ushbu maqola yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ijtimoiy himoyasi institutini muhokama qiladi.  Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ijtimoiy himoya qilishning qanday shakllari mavjud degan savolga javob beradi.  Ishda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ijtimoiy himoyasi institutini batafsil, tizimli ravishda yoritib berilgan.

Ahror Turdibekov

125-132

2024-05-31

BOLALAR JAMOALARİ FAOLİYATİ VA ULAR UCHUN YOZİLGAN ASARLAR.

Maqolada bolalar musiqasi hamda o’qituvchilarning bolalar bilan ishlash pisixologiyasi haqida qisqacha ma’lumot keltirilib o’tilgan. Bolalar uchun musiqa darsliklar keltirilib o’tilgan.

Madinaxon Ikromiddinova

21-23

2023-01-18

MATEMATIKA VA MANTIQ FANLARIDA INKLYUZIYA: KO‘RISH VA ESHITISH QOBILIYATI CHEKLANGAN BOLALAR UCHUN MAXSUS METODLAR

Mazkur maqolada ko‘rish va eshitish qobiliyati cheklangan bolalar uchun matematika va mantiq fanlarini o‘qitishda qo‘llaniladigan maxsus metodlar tahlil qilinadi. Inklyuziv ta’lim tamoyillariga asoslangan holda ushbu fanlarni o‘zlashtirishni osonlashtirish uchun taktil, audiovizual va texnologik yondashuvlar muhokama qilinadi. Bundan tashqari, ko‘zi ojiz va kar bolalar uchun moslashtirilgan dars uslublari, o‘quv vositalari va zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan pedagogik strategiyalar yoritiladi. Maqolada ilmiy tadqiqotlar va tajribaviy yondashuvlarga asoslangan tavsiyalar keltirilgan.

Guljan Klishbaeva

93-95

2025-04-08

BOLALARDA BUYRAK ANATOMIYASINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA SIYDIK TIZIMI KASALLIKLARI BILAN BOG’LIQLIGI

Ushbu maqolada bolalardagi buyrak anatomiyasining rivojlanish bosqichlarini va ularning siydik tizimi kasalliklari bilan qanday bog‘liqligini o‘rganishga qaratilgan. Buyrak tizimi organizmning muhim a’zosi bo‘lib, uning to‘g‘ri rivojlanishi va faoliyati organizmdagi suyuqlik balansini, moddalar almashinuvi va toksinlardan tozalash jarayonlarini ta'minlaydi. Bolalar organizmida buyraklarning rivojlanishi va o‘zgarishi, ayniqsa yangi tug‘ilgan chaqaloq va bolalar yoshidagi davrda, katta ahamiyatga egadir. Bu jarayonni o‘rganish siydik tizimi kasalliklari va ularning bolalar organizmiga ta’sirini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Maqolada bolalarda buyrak anatomiyasining rivojlanish bosqichlari, ularning gistologik va funksional xususiyatlari tahlil qilinadi. Buyrakning tuzilishidagi farqlar, shuningdek, uning rivojlanishidagi muhim omillar va tashqi muhit ta’siri siydik tizimi kasalliklari, xususan, infeksiyalar, siydik yo‘llari yallig‘lanishi, pyelonefrit va boshqa siydik tizimi kasalliklariga ta’sirini ko‘rsatadi. Buyrak anatomiyasidagi har qanday o‘zgarishlar yoki nuqsonlar bolalarda siydik tizimi kasalliklari rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin, bu esa ularning umumiy salomatligiga, rivojlanishiga va hayot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada shuningdek, bolalarda siydik tizimi kasalliklarining oldini olish, erta tashxisi va davolash bo‘yicha ilmiy yondashuvlar, zamonaviy diagnostika usullari va terapiya metodlari ham yoritiladi. Buyrak kasalliklarining bolalar organizmiga bo‘lgan ta’siri, ularning rivojlanish va o‘sish jarayonlaridagi ahamiyati haqida yangi ilmiy bilimlar taqdim etildi. Ushbu maqola pediatrlar, nefrologlar,  tibbiyot talabalari uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga egadir.

Muxlisa Mashrabjonova , Yorqinoy Nasriddinova

28-32

2025-11-10

BOLALAR O‘RTASIDA YUQUMLI KASALLIKLARNING OLDINI OLISH: MUAMMO VA YECHIMLAR TAHLILI

Ushbu maqolada bolalar o‘rtasida yuqumli kasalliklarning oldini olish masalasi, mavjud muammolar va ularning yechimlari tahlil qilingan. Bolalar sog‘lig‘i jamiyatning kelajagini belgilovchi eng muhim omil bo‘lib, ularni turli yuqumli kasalliklardan himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Maqolada bolalar orasida keng tarqalgan kasalliklar — respirator infeksiyalar, ichak kasalliklari, virusli va parazitar infeksiyalar misolida ularning kelib chiqish sabablari, gigiyenik omillar, emlashning ahamiyati va sanitariya sharoitlari yoritilgan.

NILUFAR FAYZILLOYEVA

24-27

2025-10-07

DIAREYAGA QARSHI DORI VOSITALARINING ASSORTIMENT TAHLILI

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti bergan ma’lumotlariga ko’ra bugungi kunda diareya bolalar o'limining uchinchi sababi ekanligini takidlagan. Yillik hisoda diareyadan bolalar o‘limi 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida 443832 nafarni va 5 yoshdan 9 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida 50851 nafarni tashkil etadi. Xavfsiz ichimlik suvi va yaxshi sanitariya va gigiena qoidalarini ta'minlash orqali diareya holatlarining katta qismini oldini olish mumkin. Har yili dunyo bo'ylab bolalar o'rtasida 1,7 milliardga yaqin diareya holatlari ro'y beradi.

A.U. Maxammatov , R.R. Masharipova

64-65

2024-06-25

HISTORY AND DEVELOPMENT OF ENGLISH CHILDREN'S LITERATURE

This article discusses the emergence of children's literature, as well as the emergence of children's literature in England, along with the historical development and the new stage after World War II, as well as the contribution to the development of world children's literature with specific examples.

Mamarasulova Shoirakhon Makhammad kizi

53-60

2024-04-25

1 - 25 of 500 items 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy