Innovative Academy
  • Ro'yxatdan o'tish
  • Kirish
  • En
  • O'z
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Doktorantura yuzasidan savollar va ularga javoblar
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Qidirish

##search.advancedFilters##

##search.searchResults##

ZAMONAVIY DARS VA DARS TAHLILINI O‘TKAZISHGA NISBATAN YONDASHUVLAR

Zamonaviy dars va dars tahlilini o‘tkazishga nisbatan yondashuvlar ta'lim tizimining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada, zamonaviy pedagogik uslublar va texnologiyalar yordamida dars jarayonini qanday qilib yanada interaktiv va samarali qilish mumkinligi ko‘rib chiqiladi. Dars tahlili o‘qituvchilarga o‘z pedagogik faoliyatini baholash, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini aniqlash va ta'lim jarayonini takomillashtirish imkonini beradi. Ushbu maqolada, darsning maqsadi, strukturasini va metodologiyasini yoritish bilan birga, dars tahlilining muhim jihatlari, masalan, o‘quvchilarning fikr-mulohazalari, dars davomida yuzaga kelgan muammolar va ularni hal etish usullari ham ko‘rsatiladi. Shuningdek, zamonaviy ta'limda qo‘llaniladigan innovatsion yondashuvlar, masalan, flipped classroom, Rol o‘ynash va Interaktiv taqdimotlar kabi metodlar haqida ham ma'lumot beriladi. Ushbu maqola o‘qituvchilar, ta'lim mutaxassislari va talabalar uchun zamonaviy dars va dars tahlilini o‘tkazishga nisbatan yangi yondashuvlarni o‘rganish va amaliyotda qo‘llash imkonini yaratadi.

Muxlisa Mavlonova , Farrux Qodirov , Sevinch Negmatova

20-26

2025-07-28

ZAMONAVIY DARS VA DARS TAHLILINI O‘TKAZISHGA NISBATAN YONDASHUVLAR

Mazkur maqolada zamonaviy dars va dars tahlilini o‘tkazishga nisbatan yondashuvlar tahlil qilinadi. Bugungi kunda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar va interfaol metodlardan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy dars usullari o‘quvchilarning faolligi va mustaqil fikrlash qobiliyatini yetarli darajada rivojlantirmaydi. Shu sababli, "Jigsaw", "Aqliy hujum", "Klaster" kabi interfaol usullarning tatbiqi dars jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Maqolada, shuningdek, dars tahlilini samarali tashkil etishning ahamiyati va zamonaviy baholash tizimlari, jumladan, refleksiya, kuzatuv hamda raqamli texnologiyalar asosida tahlil qilish usullari yoritiladi. Ushbu maqola pedagoglar, ta’lim muassasalari rahbarlari va innovatsion ta’lim metodlariga qiziquvchi mutaxassislar uchun foydali bo‘lib, zamonaviy dars tamoyillari, samarali ta’lim strategiyalari va dars tahlilining ahamiyatini chuqurroq tushunishga yordam beradi.

Farangiz Nazarova , Muxiba Yaxiyaxonova

154-159

2025-05-12

QO‘SHMA DARS (CO-TEACHING) MODELI: MAXSUS PEDAGOG–MATEMATIKA O‘QITUVCHISI TANDEMI SAMARASI

Maqolada aqli zaif o‘quvchilar (intellektual rivojlanishi cheklangan — ID) uchun matematika ta’limida ko‘shma dars (co-teaching) modelining didaktik, psixologik va tashkiliy afzalliklari tahlil qilinadi. Tadqiqotning metodologik asosi hamkorlikda o‘qitish nazariyasi, ijtimoiy-madaniy rivojlanish konsepsiyasi, kognitiv yuklamani boshqarish tamoyillari hamda universal dizayn (UDL) yondashuviga tayangan. Empirik qismida maktab-internat sharoitida 10 haftalik kuzatuv, dars videografiyasi, formatif baholash jadvallari va o‘quvchi mahsulotlari tahlili amalga oshirildi; sinflar maxsus pedagog–matematika o‘qituvchisi tandemi bilan dars bergan eksperimental guruh va odatiy dars bo‘lgan taqqoslovchi guruhga ajratildi. Natijalar o‘quvchilarning amaliy hisob malakalari, dars davomida diqqat barqarorligi, matematik tilni qo‘llash chastotasi hamda xulqiy ko‘rsatkichlarida sezilarli ijobiy siljishlarni ko‘rsatdi; ayniqsa parallel va stansiyalar bo‘yicha ko‘shma dars shakllari funksional matematika komponentlarini o‘zlashtirishga qulay muhit yaratgani aniqlandi. Muhokama bo‘limida hamkor-o‘qituvchilar rollari, birgalikda rejalashtirish va diferensial baholash protokollarining ahamiyati ochib berilib, ID sinflarida ko‘shma dars barqarorligini ta’minlovchi omillar hamda cheklovlar baholandi. Xulosa tarzida qo‘shma dars modeli o‘quvchi idrokini qo‘llab-quvvatlash, topshiriqni segmentlash, til va ko‘rgazmalilikni uyg‘unlashtirish orqali matematik kompetensiyalarni kuchaytirishi, shu bilan birga maktab miqyosida vaqt va resursni boshqarish, formal hamkorlikdan haqiqiy pedagogik sinergiyaga o‘tish mexanizmlarini talab etishi qayd etiladi.

Sidikova Saodat

73-76

2025-08-26

ZAMONAVIY DARS VA DARS TAHLILINI OʻTKAZISHGA NISBATAN YONDASHUVLAR

Maqolada zamonaviy dars va uning tahliliga nisbatan innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish uchun interfaol metodlar, raqamli texnologiyalar va o‘quvchi markazli yondashuvlarning ahamiyati yoritiladi. Dars tahlili nafaqat o‘qituvchining faoliyatini baholash, balki ta’lim sifatini oshirish vositasi sifatida ko‘rib chiqiladi. Refleksiv va diagnostik tahlil usullarining o‘rni, shuningdek, zamonaviy ta’lim standartlariga muvofiq dars jarayonini takomillashtirish imkoniyatlari muhokama etiladi. Maqola zamonaviy ta’lim tizimida samarali dars tashkil etish va uni tahlil qilishga oid amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Foziljon Norboyev , Muxiba Yaxiyaxonova , Sevinch Negmatova

80-86

2025-07-28

DARS BERISH JARAYONIDA HAR XIL METODLARDAN FOYDALANISH

Ushbu maqolada dars berish jarayonida turli pedagogik metodlardan foydalanishning ahamiyati, samaradorligi va ta’lim sifatiga ta’siri tahlil qilinadi. Zamonaviy pedagogik jarayonlarda faqat bir metodga tayangan holda dars o‘tish o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va qiziqishlarini to‘liq rivojlantira olmaydi. Shu sababli, o‘qituvchilar turli metodlarni uyg‘unlashtirib qo‘llashlari lozim. Maqolada an’anaviy va innovatsion metodlar, interfaol dars metodlari, hamda texnologik vositalar yordamida o‘quv faoliyatini boyitish usullari tahlil qilinadi.

Feruza Sharapova

81-82

2025-10-22

MATEMATIKA DARSINING TURLARI

Ushbu maqolada matematika darslarining asosiy turlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari va dars jarayonidagi ahamiyati yoritilgan. Dars turlari – yangi bilim berish, bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash, nazorat darslari, aralash darslar, amaliy mashg‘ulotlar, takrorlash va umumlashtirish hamda noan’anaviy darslar shaklida ko‘rib chiqiladi. Har bir tur bo‘yicha qisqacha tavsif va misollar keltirilib, ularning ta’lim sifatini oshirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Maqola matematika o‘qituvchilari, metodistlar va pedagogika sohasida tahsil olayotgan talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Farangiz Ziyodullayeva , Maxfuza Raxmatova

48-52

2025-10-07

DARS JARAYONIINI TASHKIL ETISHGA QO‘YILADIGAN METODIK VA DIDAKTIK TALABLAR

Mazkur maqolada nazairy va amaliy dars jarayonlarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar, dars jarayonida mazvuning maqsadi, mazmuni, o‘quv usullari samaradorligi va ularni tanlash, zamonaviy o‘quv mashg‘ulotiga qo‘yiladigan talablar, ta’lim metodlarini tanlashga qo‘yiladigan talablar kabi masalalarda fikr yuritilgan. 

Nigina Rayimova

56-60

2024-10-07

DARS JARAYONIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI

Mazkur maqolada zamonaviy ta'lim tizimida interfaol metodlardan foydalanishning samaradorligi tahlil etilgan. O‘qituvchining faollashtiruvchi roli, o‘quvchilarning dars jarayonidagi ishtirokchilik darajasi va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda interfaol metodlarning o‘rni asoslab berilgan. Metodlarning nazariy asoslari, amaliy jihatlari hamda ularning dars jarayoniga ta’siri misollar bilan yoritilgan. Maqolada shuningdek, interfaol metodlarning turli shakllari – guruhlarda ishlash, muammoli ta’lim, rolli o‘yinlar va “brainstorming” kabi texnologiyalarning o‘quvchilar bilimini mustahkamlashdagi roli ilmiy-nazariy asosda bayon etilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, interfaol metodlardan tizimli va maqsadga muvofiq foydalanish o‘quvchilarda yuqori motivatsiya va mustahkam bilim asoslarini shakllantiradi.

Bekbo‘sinova Laylo Xayrulla qizi

158-161

2025-06-16

MATEMATIKA DARSIDA KUPHATLARNI KUPAYTUVCHIGA AJRATISH

Ushbu tezisda matematika darslarida kuphatlarni kupaytuvchiga ajratishning nazariy va amaliy jihatlari o‘rganiladi. Kuphatlarni tahlil qilish va ularni faktorlarga ajratish jarayoni, darslarda qo‘llaniladigan metodik yondashuvlar, misollar va mashqlar orqali tushuntiriladi. Tezisda dars samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning analitik fikrlash qobiliyatini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Farangis Boborahmatova , Madina Musurmonova

53-58

2025-10-07

ANALITIK YONDASHUV ASOSIDA BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA BLUM TAKSONOMIYASINI SAMARALI QO‘LLASH USULLARI VA AFZALLIKLARI

Ushbu maqola boshlang’ich ta’lim jarayonida Blum taksonomiyasining ahamiyati va uni darslarda samarali qo‘llash usullarini o‘rganadi. Maqolada taksonomiyaning kognitiv, affektiv va psixomotor domenlarning nazariy asoslari tahlil qilinadi hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda har bir domen bo‘yicha dars maqsadlari va topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi. Shuningdek, maqolada Blum taksonomiyasidan foydalanish orqali o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Maqola davomida turli fanlar bo‘yicha dars ishlanmalari misollar keltiriladi va o‘qituvchilarning pedagogik amaliyotida Blum taksonomiyasini integratsiya qilishning afzalliklari muhokama qilinadi.

Abdug‘aniyeva Shodmonoy Baxodirjon qizi

147-151

2025-04-25

MAKTABLARDA TASHKIL TOPGAN DARS SOATLARIDA INFORMATIKA FANIDAN DARS O'TISH TARTIBINING NAZARIY SHAKLLARI

Ushbu maqolada maktablarda tashkil etilgan dars soatlarining informatika faniga aloqadorligi, qolaversa informatika fani yuzasidan amalga oshirilayotgan o'zgarishlarning muqobili sifatida baholangan metod va usullarning Oliy Ta'lim vazirligi bilan hamkorlikda dars soatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish xususida so'z yuritilgan.

Nodira Abdullaeva

1186-1187

2022-06-30

DARS O’TISHDA FOYDALANILADIGAN AYRIM METODLARNI QO’LLASHDAGI ASOSIY QOIDALAR

Ushbu maqolada dars o’tishda foydalaniladigan ayrim metodlarni qo’llashdagi asosiy qoidalari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Ya’ni, dars o’tish davomida metodlardan qanday maqsadlarda foydalanish mumkinligi va ularning afzalliklari haqida yozilgan.

Dilorom Xusanova , Arofatoy Komilova

100-104

2024-11-22

INKLYUZIV SINFLARDA DARSLARNI REJALASHTIRISHDA DIFFERENSIAL YONDASHUV

Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim tizimida darslarni rejalashtirishda differensial yondashuvning o‘rni va ahamiyati chuqur tahlil etilgan. Muallif har xil o‘quv ehtiyojlari va individual imkoniyatlarga ega bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlashda o‘qituvchining metodik yondashuvi qanday shakllanishi kerakligini ko‘rsatadi. Dars rejalashtirishda o‘quvchilarning psixologik, kognitiv va ijtimoiy xususiyatlari inobatga olingan holda, samarali ta’limni tashkil etish yo‘llari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar tajribasidan misollar keltirilib, differensial yondashuvning pedagogik jarayondagi afzalliklari ochib beriladi. Maqolada o‘qituvchining roli, zamonaviy ta’lim texnologiyalari, monitoring tizimi va baholash metodlari asosida dars mazmunining moslashtirilishi bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham berilgan.

Laylo Bekbo‘sinova

47-49

2025-06-16

ASTRONOMIYA FANIDAN SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISH

Astronomiya fanidan dars mashg’ulotlari jarayonini tashkil etishning asosiy shakli ham u yoki bu turdagi dars mashg’ulotidir, shubhasiz. Tashkil etilgan dars jarayonining har biri umumiy yakunlangan, shuning bilan birga aniq bir maqsadga (o’quvchilarga yangi bilimlar berish, yangi astronomik tushunchalarni kengroq shakllantirish, olingan bilimlairni amaliyotda qo’llash malakasiga ega bo’lishni o’rgatish, mavjud bilimlarni yanada chuqurlashtirish va ularni mustahkamlash, takrorlash hamda nazorat qilish kabilar) yo’naltirilgan bo’ladi.

Sarvinoz Hamidova, Oysha O’rinova, D.I. Kamalova

63-66

2023-01-10

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda ona tili fanini o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Axborot texnologiyalarining dars jarayonini interaktiv, samarali va qiziqarli tashkil etishdagi o‘rni, o‘quvchilarning savodxonligini oshirish va nutq faoliyatini rivojlantirishdagi imkoniyatlari tahlil etilgan. Shuningdek, elektron darsliklar, multimedia vositalari, onlayn platformalar orqali dars samaradorligini oshirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan.

Shahzoda Yashinova

46-48

2025-06-11

MAKTAB O‘QUVCHILARINING MUSTAQIL O‘RGANISHI UCHUN ELEKTRON DARS MATERIALLARINI LOYIHALASH

Ushbu maqolada maktab o‘quvchilari uchun mustaqil ta’lim jarayonini samarali tashkil etishda elektron dars materiallarini loyihalashning roli va ahamiyati yoritiladi. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar, raqamli vositalar va o‘quvchi markazli dizayn asosida yaratilgan materiallarning ta’lim sifatiga ta’siri tahlil qilinadi.                                                                              

Dinora Sobirova

25-27

2025-05-05

QOZOQ ADABIYOTI VA FALSAFA: DARS JARAYONIDA UYG‘UNLIK YARATISH USULLARI

Ushbu maqolada qozoq adabiyoti va falsafaning dars jarayonida uyg‘un o‘qitilishining ahamiyati yoritiladi. Adabiyot va falsafa integratsiyasi o‘quvchilarning tanqidiy tafakkurini rivojlantirish, badiiy asarlarni chuqur tahlil qilish va ma’naviy qadriyatlarni anglashiga yordam beradi. Shuningdek, maqolada dars jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan samarali usullar, jumladan, falsafiy tahlil, munozaralar, tarixiy kontekstda yondashish va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Mazkur yondashuv o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini kengaytirishga va adabiyot hamda falsafani yanada samarali o‘zlashtirishga xizmat qiladi.

Jazira Nurullayeva

110-112

2025-03-10

DARS MASHG‘ULOTINI MASOFAVIY TA’LIM ORQALI TASHKIL ETISH MEXANIZMLARI

Maqolada ta’lim muassasalarining dars mashg‘ulotlarida masofaviy ta’limni joriy etishning pedagogik imkoniyatlari, masofaviy ta’limda auditoriyani boshqarish, ana’naviy ta’limga nisbatan farqlari tahlil qilingan.

Anvar Nurmuratov

21-23

2023-08-24

MATEMATIKA DARSLARIDA OG’IZAKI HISOBLASHNI O’STIRISH MASHG’ULOTLARINI TASHKIL QILISH VA OG’IZAKI VA YOZMA HISOBLASH USULLARINING AHAMIYATI

Ushbu maqolada matematika darslarida oʻquvchilarning ogʻizaki hisoblash malakasini shakllantirish va rivojlantirish jarayonining nazariy hamda amaliy jihatlari yoritiladi. Bugungi ta’lim jarayonida ogʻizaki va yozma hisoblash usullarini uygʻun qoʻllash nafaqat oʻquvchilarning matematik tafakkurini boyitadi, balki ularning mantiqiy fikrlashi, diqqatni jamlash, tezkor qaror qabul qilish kabi ko‘nikmalarini mustahkamlaydi. Maqolada ogʻizaki hisoblash mashgʻulotlarini samarali tashkil qilish shakllari, mashqlar tizimini tuzish tamoyillari hamda dars jarayonida qoʻllash mumkin bo‘lgan interfaol yondashuvlar tahlil etilgan. Shuningdek, ogʻizaki va yozma hisoblash usullarining oʻzaro farqlari, ularning o‘quvchi rivojiga ta’siri va zamonaviy ta’limda tutgan oʻrni misollar asosida ochib beriladi. Tadqiqot davomida boshlangʻich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlari, matematik bilimlarni bosqichma-bosqich egallashi hamda mashgʻulotlarni tashkil etishda metodik yondashuvlarning ahamiyati alohida e’tiborga olingan. Maqola natijalari ogʻizaki hisoblashni rivojlantirish dars samaradorligini oshirishi, o‘quvchilar faolligini kuchaytirishi va matematikaga qiziqishni yanada orttirishini ko‘rsatadi.

Zarnigor Ne’matjonova

87-88

2025-11-27

DARS JARAYONIDA TALABALAR PSIXOLOGIK HOLATINING O‘QUV MOTIVATSIYASI BILAN O‘ZARO BOG‘LIQLIGI

Ushbu tezisda oliy ta’lim muassasalari talabalari dars jarayonida yuzaga keladigan psixologik holatlar va ularning o‘quv motivatsiyasi bilan o‘zaro bog‘liqligi ilmiy asosda tahlil qilingan. Talabalar psixologik holatining o‘quv jarayonidagi barqarorligi, hissiy-emotsional ahvoli va kognitiv faolligi motivatsiya darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlangan.

Nodira Davletova

4-6

2025-06-18

9-SINFLARDA “HUJAYRALAR EVOLUTSIYASI” MAVZUSINI O’QITISHDA INTERFAOL METODLAR VA TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

Bugungi zamonaviy ta’limni noan’anaviy ya’ni interfaol metodlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Dars jarayonida ushbu metodlardan foydalanish o’quvchilarga dars mazmunini yana ham tushunarli va oson yetkazib berishga yordam beradi. Ushbu maqolada 9-sinflarda “Hujayralar evolutsiyasi” mavzusini o’qitishda interfaol metodlar va ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda darsni tashkil etish, o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, ularning biologiya faniga bo’lgan qiziqishlarini orttirish va darsning samaradorligini oshirish yo’llari haqida ma’lumot berilgan.

Muxlisa Olimova , Odina Odashboyeva

68-70

2024-11-25

INKLYUZIV SINFLARDA EKSPERIMENTAL DARS LOYIHASI

Mazkur maqolada inklyuziv ta’lim sharoitida eksperimental dars loyihasini ishlab chiqishning ilmiy-nazariy asoslari, uni amaliyotda qo‘llash bosqichlari hamda samarali metod va vositalari yoritilgan. Inklyuziv sinflarda o‘quvchilarning individual imkoniyatlari va ehtiyojlariga moslashgan eksperimental dars loyihalari ta’lim sifatini oshirish, psixologik qulay muhit yaratish va o‘quvchilar motivatsiyasini rag‘batlantirishga yordam berishi asoslab berilgan. Shuningdek, maqolada eksperimental darsning amaliy namunasi, olingan natijalar va takliflar keltirilgan. Ushbu tadqiqot natijalari inklyuziv ta’lim sifatini oshirishda innovatsion yondashuvlarni qo‘llashning samarali yo‘llaridan biridir.

Bekbo‘sinova Laylo Xayrulla qizi

27-29

2025-06-17

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING MUSIQAGA OID QARASHLARI MAVZUSINI MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA O’QITISH

Ushbu maqolada o’rta maxsus ta’lim maktablarida musiqa madaniyati darslarining olib borish jarayoni, darsni qiziqarli olib borishda musiqa o’qituvchisi tomonidan qo’llaniladigan metodlar, dars jarayoni haqida batafsil ma’lumot berilgan.

Elmurod Tajiboyev

47-54

2022-11-25

INTERFAOL USULLAR, ULARNING TURLARI VA ULARNI DARS JARAYONIDA QO`LLASHNING SAMARADORLIGI

Ushbu tezisda ta’lim jarayonida interfaol usullardan foydalanishning nazariy asoslari, ularning turlari hamda amaliyotda qoʻllash imkoniyatlari yoritilgan. Interfaol usullar — oʻquvchilarni faol fikrlashga, mustaqil ishlashga va jamoaviy muloqotga jalb etuvchi zamonaviy pedagogik yondashuvlardan biridir. Ishda interfaol metodlarning turlari, jumladan “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Insert”, “Blits-soʻrov”, “Munozara”, “Rol oʻynash” kabi usullar haqida ma’lumot berilgan va ularning dars samaradorligiga ta’siri tahlil qilingan.

Aziza Jonibekova

66-68

2025-08-31

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ КОМПЕТЕНЦИЙ БУДУЩИХ ПРЕПОДАВАТЕЛЕЙ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА В ИСПОЛЬЗОВАНИИ ИНСТРУМЕНТОВ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА ДЛЯ СОЗДАНИЯ УЧЕБНЫХ МАТЕРИАЛОВ

В условиях технологического развития искусственный интеллект (ИИ) открывает инновационные возможности в сфере образования. В данной статье рассматривается вопрос формирования компетенции учителей английского языка в использовании инструментов искусственного интеллекта при подготовке учебных материалов. Освещаются основные концепции, преимущества применения современных технологий и стратегии внедрения этих инструментов в практику. На примере платформы Diffit.me анализируются возможности инструментов искусственного интеллекта, их значимость в повышении педагогического мастерства учителей, а также их влияние на учебный процесс. В исследовании подчеркивается практическая значимость технологий искусственного интеллекта и эффективность предлагаемых решений.

Bahodir Shokirov

27-34

2025-01-22

##navigation.items## 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Til tanlash

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

##plugins.block.developedBy.blockTitle##

Ochiq jurnal tizimlari

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy