Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

COMPARATIVE ANALYSIS OF THE MODERNIZATION OF PUBLIC POLICY AND MANAGEMENT TECHNOLOGIES IN THE PROGRESSIVE DYNAMICS OF PUBLIC ADMINISTRATION

This article presents a comparative analysis of the modernization of public policy and public administration technologies, two important components of public administration. In the context of this article, the author cites the processes of modernization of modern public policy and management technologies, using contextual, historical, institutional, and systemic methods of comparative analysis of the complex progressive dynamics of public administration. The article highlights the main signs of modernization in the public policy and governance of Singapore, Russia, China, and Germany. The article presents the scientific work of international research centers, representatives of the field, and scientists, specialists, and researchers who have made an invaluable contribution to the development of this process

Sardorbek Mardanov

103-118

2025-11-30

DAVLAT BOSHQARUVINING KONSEPTUAL ASOSLARI VA UNING DAVLAT SIYOSATIDA TUTGAN ROLI

Mazkur maqolada davlat boshqaruvining nazariy va konseptual asoslari hamda uning davlat siyosatidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Muallif tomonidan davlat boshqaruvidagi paradigmal asoslar borasida so‘nggi ilmiy tatqiqot ishlari keltirib o‘tiladi. Davlat boshqaruvi sohasining dinamik jarayon sifatidagi taraqqiyoti ushbu maqolada bir qator ilmiy ma’lumotlar bilan belgilanadi. Bu borada tatqiqotchilarning ilmiy ishlari izchilligi va dolzarbligini ta’minlash mazkur ilmiy ishning obyektini tashkil etadi. Mazkur maqolada davlat boshqaruvi texnologiyalari va usullarining davriy hamda kontekstual jarayonlari va hodisalar haqida ma’lumotlar tahlili amalga oshiriladi.

Sardorbek Mardanov

108-120

2025-11-30

DAVLAT MOLIYASI BARQARORLIGINI TA`MINLASHDA PUL-KREDIT SIYOSATINING AHAMIYATI

Bugungi kunda iqtisodiy o‘zgarishlar davri iqtisodiyotni rivojlantirishda moliyaviy va valyuta vositalarining roli, ahamiyati to‘g‘risidagi tasavvurni sezilarli darajada o‘zgartirganligi va tobora rivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solish tizimida ularning ustuvorlikka erishganligi isbotini topgan. Hozirgi paytda davlat iqtisodiy siyosati, davlat moliyasi jahon bozorlari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarini, shuningdek, jahon raqobati qoidalarini hisobga olishi kerak. Har qanday davlat iqtisodiy barqarorlikka erishish va moliyaviy tizimni mustahkamlash maqsadida turli xil iqtisodiy vositalardan foydalanadi. Ushbu vositalar orasida pul-kredit siyosati alohida o‘rin tutadi. Pul-kredit siyosati Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuasi bo‘lib, uning asosiy maqsadi iqtisodiyotda inflyatsiya darajasini boshqarish, bandlikni ta’minlash va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishdan iboratdir.

M.X. Abdullayeva

125-127

2025-05-31

XALQARO TIJORAT ARBITRAJIDA DAVLAT SIYOSATIDAN ISTISNO – YAGONA NAMUNAVIY QOIDALARNI ILGARI SURISH

Mazkur maqolada  xalqaro tijorat arbitrajida davlat siyosatidan tashqarida bo`lgan yagona namunaviy qoidalarni yaratish va qo`llash, buning foyda va zararli taraflari,hayotiy tajribalar, muammolar va yechimlari bo`yicha fikr yuritiladi.

Akmaljon Akramov , Nodiraxon Hamidova

223-232

2023-04-22

RAQAMLI IQTISODIYOTGA OID DAVLAT SIYOSATI VA UNI TARTIBGA SOLISH CHORA TADBIRLARI VA O‘ZBEKISTONDA SHVETSARIYA DASTURLARINING QANDAY QO’LLANILISHI

Mazkur tezis "Raqamli iqtisodiyotga oid davlat siyosati va tartibga solish dasturlari va O‘zbekistonda Shveytsariya dasturlarining qanday qo‘llanilishi” misolida yozilgan bo‘lib, tezisda Shveytsariyaning raqamli iqtisodiyot sohasidagi davlat siyosati va tartibga solish dasturlari tahlil qilinadi. Shveytsariya, raqamli infratuzilma, kiberxavfsizlik, shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish va elektron hukumat tizimlari bo‘yicha muvaffaqiyatli tajribaga ega mamlakat sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Shveytsariya dasturlarining O‘zbekistonda qanday qo‘llanishi mumkinligi keltirildi. Maqolada ayrim Shveytsariya rasmiy saytlaridan foydalanildi va to‘liq muallif uzi fikrlar bilan yoritdi.

Jamshidbek Karimbayev

93-96

2026-01-13

TURAR-JOY QURILISHIDA DAVLAT ISHTIROKINING NAZARIY ASOSLARI VA TARTIBGA SOLISH MEXANIZMI

Mazkur maqolada turar-joy qurilishida davlat ishtirokining nazariy asoslari hamda tartibga solish mexanizmlarining shakllanishi, iqtisodiy mohiyati va institutsional o‘rni tahlil qilinadi. Davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi faqat qurilish bozorini muvozanatga keltirish emas, balki aholining turar-joyga bo‘lgan ehtiyojini ijtimoiy adolat va iqtisodiy barqarorlik tamoyillari asosida qondirishdir. Shu nuqtai nazardan maqolada davlatning ishtiroki orqali resurslarni samarali taqsimlash, investitsiya oqimlarini boshqarish hamda raqobatbardosh uy-joy bozorini shakllantirish mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Nazariy model davlatning iqtisodiy siyosati, moliyaviy rag‘batlantirish vositalari, xususiy sektor bilan hamkorlik shakllari va urbanizatsiya jarayonlari o‘rtasidagi tizimli bog‘liqlik asosida ishlab chiqiladi. Tadqiqotda davlat aralashuvining chegaralari, institutsional islohotlarning samaradorligi hamda uy-joy siyosatining hududiy tafovutlarni kamaytirishdagi roli asoslab beriladi

Bekzod Xatamkulov

194-203

2025-10-30

O‘ZBEK TILINING DAVLAT TILI SIFATIDAGI MAQOMI VA AHAMIYATI

Mazkur maqolada o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomi va uning jamiyat hayotidagi o‘rni yoritilgan. O‘zbek tili millatning ma’naviy boyligi va madaniy merosini ifodalovchi asosiy vosita sifatida e’tirof etiladi. Davlat tili maqomi tilning ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, ma’naviy va madaniy sohalarda faol qo‘llanilishini ta’minlab, milliy o‘zlikni saqlash va mustahkamlashga xizmat qiladi. Maqolada, shuningdek, o‘zbek tilining huquqiy asoslari, til siyosati va uni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilinadi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi xalqning o‘z milliy qadriyatlarini e’zozlashga, madaniy va ilmiy taraqqiyot yo‘lida mustahkam asos yaratishga sabab bo‘layotgani ilmiy dalillar asosida asoslab berilgan.

Ravshanoy Abduganiyeva

37-39

2025-10-23

ZAMONAVIY IQTISODIY ISLOHOTLAR SHAROITIDA DAVLAT MOLIYAVIY SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI

Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan zamonaviy iqtisodiy islohotlar sharoitida davlat moliyaviy siyosatini takomillashtirishning dolzarb yo‘nalishlari ilmiy asosda tahlil qilingan. Jumladan, byudjet siyosatining strategik rejalashtirilishi, xarajatlar samaradorligini oshirish, soliq ma’muriyatchiligini raqamlashtirish, davlat qarzini boshqarish va mahalliy moliyaviy mustaqillikni kuchaytirish kabi ustuvor yo‘nalishlar chuqur o‘rganilgan. Tezisda xalqaro tajribalar asosida fiskal islohotlarni milliy sharoitga moslashtirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Tadqiqot natijalari davlat moliyaviy siyosatini isloh qilishda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda foydali bo‘lishi mumkin.

Begali Xamrayev

67-69

2025-05-31

AMIR TEMUR – BUYUK DAVLAT ARBOBI

Amir Temur  O'rta Osiyo va butun dunyo tarixida buyuk harbiy rahbar, davlat arbobi va madaniyat homiysi sifatida tanilgan. Ushbu maqola Amir Temurning davlat arbobi sifatidagi roli va uning tarixdagi o‘rni haqida so‘z yuritadi. Maqolada Temurning harbiy yurishlari, siyosiy islohotlari, iqtisodiy siyosati va madaniy merosi tahlil qilinadi. Amir Temur o‘zining harbiy muvaffaqiyatlari bilan katta hududlarni zabt etib, Temuriylar imperiyasini yaratdi. Shuningdek, u markazlashgan boshqaruv tizimini o‘rnatdi, davlatni iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustahkamladi. Uning Samarqandni ilm-fan va madaniyat markaziga aylantirishi, ilmiy va madaniy rivojlanishga qo‘shgan hissasi uning buyukligini yanada oshiradi. Temurning siyosiy va madaniy merosi, uning davlat boshqaruvi, qonunlar va madaniy yutuqlari bugungi kunda ham o‘rganilmoqda va dunyo tarixida o‘z izini qoldirgan. Bu maqola Amir Temurning buyuk davlat arbobi sifatidagi ahamiyatini keng yoritib beradi va uning tarixdagi o‘rni hamda merosini chuqur tahlil qiladi.

Adhamjon Azimov, Ibratillo Riskiyyev

18-23

2025-05-07

YANGI KONSTITUTSIYA – FAROVON HAYOT TAMOYILI

Yangi O'zbekiston o'z taraqqiyot yo'lini belgilab olar ekan, demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurishni o'z oldiga pirovard maqsad qilib qo'ydi. Bu oliy maqsad yo'lida shu kungacha ko'pdan-ko'p ishlar amalga oshirildi. Ma'lumki, demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini konstitutsiya va qonun ustunligiga erishmay, ularni ham normativ hujjatlarda, ham amalda ta'minlamay turib qurib bo'lmaydi. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi prinsipi shuni anglatadiki, bunda barcha joriy qonunlar va me'yoriy-huquqiy hujjatlar yangi konstitutsiya asosida va unga muvofiq bo'lishi talab etiladi.

Sarviniso Shodiyeva

8-10

2023-12-09

XORIJIY MAMLAKATLARDA DAVLAT BOSHQARUVI ORGANLARI TIZMIDAGI RAHBAR KADRLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI BAHOLASH METODLARI

Davlat xizmatini samarali tashkil etish maqsadidagi zamonaviy yondashuvlar xorijiy mamlakatlar huquqiy amaliyotida juda xilma-xil modellar mavjudligini koʻrsatadi.  Professional darajadagi kadrlar har qanday davlat organi va tashkiloti muvaffaqiyatining muhim va hal qiluvchi omili hisoblanadi. Bunga rahbar kadrlar faoliyati samaradorligini baholashning ilgʻor metodlarini qoʻllash orqali erishiladi. Zero davlat organi va tashkilotini boshqarishning zamonaviy nazariyasida undagi strategik ustunlikni taʼminlovchi eng asosiy resurs vazifasini oʻtashda shaxs birinchi navbatda namoyon boʻladi. Shu bois davlat xizmatchisi davlat fuqarolik xizmati tizimi uchun ajralmas tarkibiy qism hisoblanadi.

Alisher Eranov

69-71

2025-08-25

YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu ilmiy ishda O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni moliyalashtirish tizimi, uning tarkibiy tuzilishi, mavjud muammolari va takomillashtirish imkoniyatlari chuqur tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda yoshlar bandligi, tadbirkorligini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish, ijtimoiy himoya mexanizmlarini kengaytirish bo‘yicha ko‘plab davlat dasturlari joriy etildi. Biroq ularning moliyaviy barqarorligi, manbalar diversifikatsiyasi, resurslardan foydalanish samaradorligi va monitoring tizimining raqamlashtirilganligi yetarli darajada mukammal emas.

Akmalxo‘ja Islomov

109-112

2025-12-12

O’ZBEKISTONDA TARIXIY OBIDALARNI TA’MIRLASH VA SAQLASH BO’YICHA DAVLAT SIYOSATI TARIXI

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining tarixiy obidalarni ta’mirlash va saqlash bo‘yicha davlat siyosati keng yoritilgan. Maqolada 1990–2017-yillar oralig‘ida mamlakatda madaniy merosni muhofaza qilish, yodgorliklarni restavratsiya qilish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va bu sohada amalga oshirilgan islohotlar haqida batafsil so‘z yuritiladi. Shuningdek, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari, “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning amaliy ahamiyati va uning ijrosi tahlil qilinadi. Maqolada O‘zbekistonning madaniy merosini asrashda davlat va jamoatchilik hamkorligi, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning roli alohida yoritilgan.

Sojida Salihova

85-87

2025-11-10

DAVLAT MULKINI XUSUSIYLASHTIRISH JARAYONLARINI BOSHQARISH SOHASIDAGI KADRLAR SIYOSATI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida olib borilayotgan davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlari tahlil qilinib, ayni jarayondagi kadrlar siyosatining holati, asosiy muammolari va ularning yechimlari koʻrib chiqilgan. Davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlarini boshqarishda inson resurslariga investitsiya kiritishning ahamiyati hamda AQSh va boshqa rivojlangan mamlakatlar tajribasi yoritildi. Keltirilgan tahlillar amaliy misollar bilan boyitilgan. Xulosa qismida kadrlar siyosatini takomillashtirish boʻyicha takliflar ilgari suriladi.

Ruslan Bekchanov

68-73

2025-08-14

CREATING CONVENIENCE FOR TAXPAYERS THROUGH AUTOMATION OF PERSONAL INCOME TAX REPORTING

The article considers the issues of creating convenience for taxpayers through the automation of personal income tax reporting. The role of personal income tax in the state budget and the impact of tax reporting automation on tax collection and revenue are studied. The introduction of electronic reporting in the tax system in Uzbekistan and the development of video guides for taxpayers to use convenient services, benefits and discounts are analyzed, as well as the reforms being implemented. In addition, conclusions are drawn about the role of tax reporting automation in improving the tax culture of taxpayers and its contribution to increasing tax revenue to the state budget, and proposals are made for future implementation.

Abror Ibodullayev , Asrorbek Umaraliyev

190-194

2025-05-31

AMIR TEMUR BUYUK DAVLAT ARBOBI SIFATIDAGI O‘RGANISHLAR

Mazkur maqola Amir Temur faoliyatini buyuk davlat arbobi va strateg sifatida o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda uning davlat boshqaruvi tizimini shakllantirishdagi o‘ziga xos yondashuvlari, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlari, hamda adolatli siyosati tahlil qilinadi. Amir Temurning davlat arbobi sifatidagi muvaffaqiyati, uning kuchli tashkilotchilik qobiliyati, aniq maqsad sari intilishi va harbiy strategik fikrlash qobiliyatlari bilan bog‘liq ekanligi asoslanadi. Ushbu tadqiqot Amir Temurning dunyo tarixidagi o‘rnini chuqurroq anglashga, uning rahbarlik san’ati va boshqaruv tizimidan saboq olishga imkon beradi. Maqola tarixchilar, siyosatshunoslar, talaba va o‘quvchilar uchun ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.

Adhamjon Azimov, Husanboy Nosirov

139-142

2025-04-29

JIZZAX VILOYATIGA KIRITILGAN INVESTITSIYALARNING IQTISODIYOTDAGI O’RNI

Mazkur maqola soliqlar va ijtimoiy tenglik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tahlil qiladi. Unda soliq siyosati vositasida jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy tengsizlikni kamaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Xususan, progresiv soliqlash tizimining aholining turli qatlamlariga ta’siri, soliq imtiyozlari orqali kam ta'minlangan guruhlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va bu siyosatning iqtisodiy barqarorlikka bo‘lgan ijobiy ta’siri o‘rganiladi. Shu bilan birga, maqolada adolatli soliq tizimini shakllantirishda duch kelinayotgan muammolar va ularni hal qilish yo‘llari haqida fikr yuritiladi. Tadqiqot natijalari soliqlarning nafaqat davlat byudjetini shakllantirishda, balki ijtimoiy hamjihatlikni ta’minlashda ham muhim vosita ekanligini ko‘rsatadi.

Axmadjon Xasanov , Diyorbek Xudoyorov, Orzigul Shequlova

38-40

2024-12-19

AXBOROT-PSIXOLOGIK TAHDID SHAROITIDA OʻZBEKISTONNING AXBOROT XAVFSIZLIGIGA DOIR DAVLAT SIYOSATI

Ushbu ilmiy maqolada O‘zbekiston Respublikasida axborot-psixologik tahdidlarga qarshi kurashishning huquqiy, tashkiliy va strategik asoslari tahlil qilinadi. Davlat siyosatining shakllanish bosqichlari, milliy xavfsizlik tizimidagi axborot xavfsizligi o‘rni hamda xalqaro standartlarga mos ravishda amalga oshirilayotgan islohotlar keng yoritilgan.

Maxfuzaxon Yuldasheva

74-76

2025-12-08

YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI "YOSHLAR VA BIZNESNI QO‘LLAB-QUVVATLASH YILI" DA

Har qanday davlatning rivojlanishi, jahon hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, xalq farovonligi yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga qaratilgan e’tibor bilan chambarchas bog‘liq. Dunyo aholisining 2 milliarddan ziyodi, ya'ni 25 foizdan ortig‘ini, mamlakatimiz aholisining esa 60 foizdan  ziyodini yoshlar tashkil etadi. Balki shuning uchundir O‘zbekiston yoshlar mamlakati deya e’tirof etiladi. Yoshlar davlat va jamiyat rivojida hal qiluvchi kuchga ega bo‘lgan, shu sababdan ham ularning ta’lim-tarbiyasi, bilim olishi, hamda faol ijtimoiy hayotga kirishini ta’minlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan qatlam, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Shahribonu Abduvohidova

22-23

2024-05-28

YASHIL BUDJETLASHTIRISH - BARQAROR RIVOJLANISHNING YANGI VOSITASI SIFATIDA VA UNI O‘ZBEKISTONDA QO‘LLASH AMALIYOTI

Mazkur maqolada iqtisodiyotni barqarorligini ta’minlash, iqlim o‘zgarishini oldini olish, inklyuziv iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida yashil iqtisodiyotga o‘tish, ekologik maqsadlarga erishish uchun budjet va fiskal siyosati vositalaridan foydalanish va O‘zbekistonda yashil budjetlashtirish amaliyotiga o‘tish masalalari, yashil budjetlashtirishning afzalliklari, ushbu amaliyotga o‘tish davrida mavjud bo‘lgan masalalar yoritib berilgan..

Nasiba Ismailova

81-87

2024-06-11

OʻZBEKISTONDA AXBOROT XAVFSIZLIGI VA KIBERXURUJLARNING OLDINI OLISHGA DOIR DAVLAT SIYOSATI

Axborot xavfsizligi va kiberxurujlarning oldini olish masalalari global miqyosda dolzarb muammo boʻlib, Oʻzbekiston ham ushbu tahdidlarga qarshi kurashda faol siyosat yuritmoqda. Ushbu tezisda Oʻzbekiston Respublikasining axborot xavfsizligi sohasidagi davlat siyosati va normativ-huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Tezisda Oʻzbekiston hukumati tomonidan kiberxurujlarga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar, strategiyalar va texnologik yangiliklar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, xalqaro tajribalar asosida milliy axborot tizimlarini himoya qilishda samarali usullar taklif etiladi. Ushbu siyosatning maqsadi davlat va jamoat manfaatlarini himoya qilish, davlat boshqaruvi va fuqarolar axborot tizimlarining barqaror va xavfsiz ishlashini taʼminlashdir.

Ziyo Jabborov, Nargiza Jabborova

120-122

2024-10-14

STATE FINANCIAL POLICY IN THE SPHERE OF ENTREPRENEURIAL ACTIVITY

The article is devoted to the analysis of the state financial policy in the sphere of entrepreneurship in the Republic of Uzbekistan. It considers key areas of legal regulation of financial support to business, including tax incentives, subsidies, grants and public-private partnership mechanisms. Specific measures aimed at stimulating entrepreneurial activity, such as tax reductions for non-residents and exemption from taxation of dividends, are given. Current challenges, including bureaucratic barriers and insufficient digitalisation of support processes, are highlighted. The article also presents different scientific approaches to understanding the essence of financial policy. The conclusions are drawn about the need to improve the current instruments of financial incentives, to strengthen information work with entrepreneurs and to introduce digital solutions in the system of state support for business.

Зилола Самигжонова

24-29

2025-06-12

MIRZO ULUG’BEK - DAVLAT ARBOBI VA BUYUK OLIM

Mazkur maqola Mirzo Ulug‘bekning davlat arbobi va olim sifatidagi faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda Ulug‘bekning Samarqand hokimi va Movarounnahr hukmdori sifatida olib borgan adolatli siyosati, ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi yoritilgan. Ulug‘bek tomonidan barpo etilgan madrasalar va Samarqand rasadxonasining ilmiy ahamiyati, shuningdek, uning astronomiyaga oid "Ziji jadidi Ko‘ragoniy" asari tahlil qilinadi. Maqolada Ulug‘bekning ilm-fan rivojidagi uslubiy yondashuvi, ilmiy kuzatuvlari va dunyoviy ta’limni rivojlantirishdagi faoliyati alohida ta’kidlangan. Uning boshqaruv va ilm-fanni uyg‘unlashtirishdagi muvaffaqiyati davlat arbobi va olim sifatidagi faoliyatining o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatadi.

Abdulaziz Abduxalilov

47-50

2025-12-10

YANGI O’ZBEKISTON PREZIDENT SH. M. MIRZIYOYEV RAHBARLIGI VA TASHABBUSI OSTIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR

Ushbu maqolada Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligi va tashabbusi ostida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy islohotlarning mazmun-mohiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda “Inson qadri uchun” tamoyilining davlat siyosatidagi ustuvor o‘rni, davlat boshqaruvida ochiqlik va xalq bilan muloqot mexanizmlarining joriy etilishi, sud-huquq tizimi, ta’lim, iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohalarda olib borilayotgan tub yangilanishlar yoritilgan. Shuningdek, Yangi O‘zbekiston konsepsiyasining jamiyat taraqqiyoti va barqaror rivojlanishdagi ahamiyati ilmiy-ommabop yondashuv asosida asoslab berilgan. Maqola natijalari Yangi O‘zbekiston islohotlarining jamiyat hayotiga ijobiy ta’sirini ko‘rsatishga xizmat qiladi.

Sevinch Tоshpо‘latоva

23-26

2025-12-22

O‘ZBEKISTONDA ELEKTRON TIJORATNING DAVLAT TOMONIDAN HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHINI TAKOMILLASHTIRISH VA UNING DOLZARBLIGI

Bugungi kunda axborot kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari jamiyatimizning barcha jabhalariga shiddat bilan kirib kelmoqda. Axborot texnologiyalarini joriy qilish tufayli ish yuritish madaniyatining elektron ko‘rinishi shakllanmoqda. Jumladan, zamonaviy axborot texnologiyalari asosida yangi turdagi bank xizmatlarini ko‘rsatish, elektron tijorat, elektron shartnoma, elektron to‘lovlar tizimi va xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida o‘zaro hisob-kitoblar samaradorligini oshirish uchun keng shart-sharoitlar yaratilmoqda. Ushbu maqolada elektron tijoratning O‘zbekistondagi holati, uni davlat tomonidan huquqiy tartibga solinishini takomillashtirishning zarurati, elektron tijorat sohasining davlat siyosatidagi asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, mamlakatimizda elektron tijoratning to‘laqonli bozorini yaratishga to‘siq bo‘layotgan muammo va kamchiliklar va ularni bartaraf etish uchun bir qancha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Marjona Aliyeva

37-42

2023-11-27

1 - 25 of 43 items 1 2 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy