Mazkur maqolada XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab jadal sanoatlashuv, urbanizatsiya, tabiiy resurslardan haddan tashqari foydalanish va ekologik muvozanatning buzilishi oqibatida yuzaga kelgan ekologik-iqtisodiy muammolar tahlil qilinadi. Ushbu jarayonlar natijasida shakllangan yashil iqtisodiyot konsepsiyasining tarixiy, siyosiy, ilmiy va ekologik asoslari ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Maqolada yashil iqtisodiyot g‘oyasining evolyutsiyasi, ekologik iqtisodiyot nazariyasining rivojlanishi, barqaror rivojlanish konsepsiyasining shakllanishi hamda global ekologik siyosiy jarayonlar bilan bog‘liq bosqichlar ketma-ket tahlil etilgan. Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalarining rivoji, ekologik ong va axloqning barqaror rivojlanishdagi o‘rni, ekologik tarbiyaning yosh avlod ongini shakllantirishdagi ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Yashil iqtisodiyotning zamonaviy bosqichda global iqtisodiy strategiya sifatida ahamiyati, ekologik transformatsiya va texnologik yangiliklarning iqtisodiy barqarorlikka ta’siri asoslantirilgan..