Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

TINCHLANTIRUVCHI BALZAMNING TARKIBI UCHUN DORIVOR O’SIMLIK XOM ASHYOLARINI TANLASH

Dolzarbligi. Bizning bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan davrimizda, kundalik stressni boshdan kechirgan aksariyat fuqarolarimiz tinchlantiruvchi dori vositalarini qabul qilishadi. Biroq bu borada tabiiy dorivor o’simlik xomashyolaridan olingan dori vositalaridan foydalanish imkoniyatlari ham bor ekanligini barchaga ham ma’lum emas. Masalan, turli xil tinchlantiruvchi fitopreparatlar ham stressni yengishda yordam beradi. Shunday ekan, bu turdagi dori vositalar assortimentini ko’paytirish sohaning dolzarb masalaridan biridir. 

A.H. Yaxshimurodov, J.X. Xolov , V.R. Xaydarov

95-96

2022-10-15

QALAMPIR YALPIZ (MENTHA PIPERITA) NING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada qalampir yalpiz — Mentha piperita — o‘simligining botanik tavsifi, anatomik tuzilishi, kimyoviy tarkibi hamda farmakologik xususiyatlari ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Qalampir yalpiz labguldoshlar (Lamiaceae) oilasiga mansub ko‘p yillik dorivor o‘simlik bo‘lib, efir moylariga boyligi bilan ajralib turadi. O‘simlik tarkibida mentol, menton, izomenton, flavonoidlar, fenol kislotalari va boshqa biologik faol birikmalar mavjud bo‘lib, ular spazmolitik, antiseptik, yallig‘lanishga qarshi hamda analgetik ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada qalampir yalpiz asosida tayyorlanadigan fitopreparatlar, jumladan, Validol va Corvalol kabi vositalarning farmakodinamik xususiyatlari ham tahlil qilingan. Shuningdek, damlama va nastoyka shakllarining qo‘llanilish sohasi ham ilmiy jihatdan asoslab berilgan.

M.T Toshtemirova, Zarnigor Abdug‘aniyeva

112-113

2026-02-19

ANOR PO’STLOG’I TARKIBIDAGI BIOLOGIK FAOL MODDALARNI AJRATIB OLISHDA AJRATUVCHILARNI TANLASH

farmatsevtlar oldiga qo’yilgan vazifalardan biri o’simlik va chala buta xomashyolari asosida zamonaviy dori vositalarini yaratish bugungi kunning dolzarb masalalarining biridir. Oxirgi yillarda  o’simlik va chala buta xomashyolari saqlagan o’simliklardan dori vositalarini ishlab chiqish maxalliy korxonalarda keng tarqalmoqda. Fitopreparatlar asosida ekstrakt,  olinish mahalliy ishlab chiqarish korxonalarida qiziqish uyg’otmoqda. Diareya kasallikni davolashda oldini olishda  bartaraf qilishda,  anor po’stlog’idan xalq tabobatida keng qo’llanilib kelmoqda.

O.N. Sidiqjanov , A.M. Ernazarov

105-106

2024-06-27

OG‘IZ BO‘SHLIGI KASALLIKLARIDA ISHLATILADIGAN YIG‘MADAN QURUQEKSTRAKT TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH

Respublikamizda parodontoz kasalligi keng tarqalgan bo‘lib, ushbu kasallikni kompleks davolashda fitopreparatlar keng qo‘llaniladi. Keltirilganlarni hisobga olib, dorivor o‘simlilklardan milklarni yallig‘lanishini maxalliy davolash uchun qruq ekstrakt texnologiyasini ishlab chiqish dolzarb masaladir.

G.U. Asatullaeva, N.S. Fayzullaeva

19

2024-06-24

“STRESS-KONTROL” PREPARATINING TINCHLANTIRUVCHI TA`SIRINI O‘RGANISH

O‘zbekiston hududida o‘sadigan 4500 dan ortiq o‘simliklar ichida 500 ta o‘simlik turlari qadimdan xalq tabobatida turli kasalliklarni davolash va ularni oldini olish maqsadida qo‘llanilib kelinmoqda. Hozirgi vaqtda ularning 100 tasigina zamonaviy tibbiyotda ham keng foydalanilmoqda. O‘simliklar turli xil inson organizmidagi kasalliklarga  qarshi, kamyob mahsulotlarni sintez qilib, ko‘plab biologik faol moddalarni yuzaga keltiradi. “Stress-kontrol” balzamining stressga qarshi ta’siri mavjudligini hamda tinchlantiruvchi ta’sirini taxminiy mexanizmi qanday ekanligini bilish va to‘liq amaliy natijalarga erishish uchun immobilizatsiya stressi paytida biokimyoviy qon parametrlarining o‘zgarishi bo`yicha va preparatning kalamushlarning umumiy motor faolligiga va muvozanatiga ta’sirini baholash orqali  farmakologik  taqiqotlar o‘tkazildi.

A.T. Yashuzakov, F.A. Saydaliyeva, V.B. Rasulova

146-153

2024-06-24

COMPOSITION AND USES OF PLANTS BELONGING TO THE GENUS RHEUM

Natural medicinal products are characterized by their multicomponent composition, which enables them to exert complex and multi-directional pharmacological effects on the human body. The richness of phytopreparations in biologically active compounds contributes to enhanced therapeutic efficacy while potentially reducing the risk of adverse effects. Therefore, in recent years, in-depth investigation and practical implementation of plant-based medicinal products have become one of the priority directions of modern pharmaceutical and biomedical research. Rheum tataricum L., which grows naturally in the territory of our country, is distinguished by its high content of biologically active compounds and has long been used in traditional medicine for the treatment of various diseases. Scientific evaluation of the composition of its dry extract and the study of its pharmacological properties may provide a basis for the development of new effective and safe phytopreparations. In this regard, an analysis of available scientific sources was conducted, and a literature review on the pharmacological properties of the dry extract of Rheum tataricum L. was performed

Z.A. Xakimova , Z. T. Fayzieva

129-135

2026-02-27

"DENGIZKOʻL" (BUXORO) TABIIY MINERAL TUZLARNING TERI KASALLIKLARIDA ISHLATILISHI

Rivojlanishning hozirgi bosqichida rasmiy tibbiyot an'anaviy tibbiyot tizimlarining ko'p asrlik tajribasiga tobora ko'proq murojaat qilmoqda va shuning uchun davolashning balneologik usuli tobora ommalashib bormoqda. Dorivor o'simlik materiallaridan suvli ekstraktlardan an'anaviy foydalanish bilan bir qatorda, vannalar tayyorlash uchun biologik faol moddalarning ikkala alohida guruhini (vannalar uchun efir moylari) o'z ichiga olgan fitopreparatlar, mineral tuzlar qo'llaniladi va ularning komplekslari (suvda eriydigan ekstraktlar, konsentratlar va boshqalar). Sanoat ishlab chiqarishining balneologik mahsulotlaridan foydalanish balneologik muolajalar sifatini sezilarli darajada yaxshilash va ularning farmakologik ta'sirining yuqori samaradorligini ta'minlash imkonini beradi. Bugungi kunda teri kasalliklari sezilarli darajada xalqaro muammolarga aylanib bormoqda, shuni inobatbatga olgan holda vatanimiz hududidagi shifobaxsh tuzlar o’rganishga qaror qilindi.

Erkinoy Raximova , Erkinoy Egamberdiyevna

351-352

2024-02-19

FARMASEVTIKA TEXNOLOGIYASIDA-EKSTRAKTLAR TURLARI

Zamonaviy farmasevtik texnologiyada tabiiy dorivor o‘simliklardan olingan ekstraktlar muhim o‘rin tutadi. Ekstraktlar — o‘simlik to‘qimalaridan organik eritkich yordamida ajratilgan, tarkibida ko‘p bioaktiv modda saqlovchi konsentrat shaklidagi moddalardir. Ularning farmatsevtik mahsulotlarda qo‘llanilishi — dori vositalarning samaradorligini oshirish, yon ta’sirlarni kamaytirish va yangi dorivor formulalarni yaratishda muhim manbadir. Ekstraktlar ishlatilishining bir qancha afzalliklari bor: ular tabiiy komponentlardan iborat bo‘lishi, ko‘p bioaktiv guruhlarni o‘z ichiga olishi (fitokimyoviy modda sinergetik ta’siri), shuningdek, formulalarda qo‘shimcha yordamchi vositalar sifatida ishlatilishi mumkin. Shu bilan birga, ekstraktlar bilan ishlashda stabilik, fenolik oksidlanish, mikrobiologik tozaligi va sifat nazorati kabi muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Ushbu maqolada ekstraktlarning turlari, ekstraksiya usullari, farmatsevtika mahsulotlarida qo‘llanilishi, qiyinchiliklari va sifat nazorati masalalari tahlil qilinadi. Maqola farmatsevtik texnologiya fani doirasida yozilgan bo‘lib, farmatsevtika fakulteti talabalari va sohadagi mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi maqsad qilingan.

Umida Kocherova

70-72

2025-09-26

QOVOQ URUG‘I QURUQ EKSTRAKTI TEXNOLOGIYASINI O‘RGANISH

O‘simliklar dorivor xomashyosidan suyuq, quyuq va quruq ekstraktlarni ajratib olish dorivor preparatlarni ishlab chiqarishda eng keng tarqalgan jarayonlardan biri bo‘lib, hozirgi vaqtda  quruq ekstraktlar ishlab chiqarish fitopreparatlar yaratish sohasida istiqbolli yo‘nalishlardan biri bo’lib kelmoqda. Ushbu tadqiqot ishida qovoq urug‘idan quruq ekstrakt olish texnologiyasi va uning sifat tahlili keltirilgan.

Shaxlo Yuldasheva

437-438

2024-02-22

OLMA BARGLARI VA STEVIYADAN TARKIB TOPGAN IMMUN CHOYNING ANTIMIKROB TA'SIRINI ANIQLASH.

Oʻzbekiston aholisi orasida dorivor oʻsimliklar yig’masi va choylardan anʼanaviy tarzda ko’p foydalaniladi. Dorivor o'simliklar xomashyolaridan samarali fitopreparatlarni yaratish muammosi hozirgi vaqtda juda dolzarbdir. Buning sababi shundaki, fitopreparatlar minimal asoratlarga ega bo'lgan keng terapevtik ta'sirga ega. Ular oson foydalanish imkoniyati bilan  farqlanibgina qolmay, kompleks va reabilitatsion terapiyasi,  ko'plab kasalliklarni  oldini  olish  uchun  ishlatiladi.

N.D. Qayumova , D.N. Shakirova

306-307

2024-06-30

1 - 10 of 10 items

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy