Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING FUQAROLIK JAMIYATI INSITUTLARI BILANO‘ZARO HAMKORLIGI FAOLIYATININI TAKOMILLASHTIRISH VA XORIJIY DAVLATLARNING TAJRIBALARI

Mazkur ishda profilaktika inspektorining fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini takomillashtirish masalalari va xorijiy davlatlarning tajribalari tahlil etiladi. Profilaktika inspektorlari huquqbuzarliklarni oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Ularning faoliyati faqat davlat organlari bilan cheklanib qolmay, balki fuqarolik jamiyati institutlari bilan ham o‘zaro aloqalar o‘rnatish va mustahkamlashni talab etadi. Ishda fuqarolik jamiyatining huquqiy va ijtimoiy tashkilotlari, yoshlar tashkilotlari, ta’lim muassasalari, jamoat xavfsizligini ta’minlashda va huquqbuzarliklarning oldini olishda qanday samarali ishlashlari ko‘rib chiqiladi.Xorijiy tajribalar, xususan, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Finlyandiya va Kanada kabi mamlakatlarning tajribalarini tahlil qilish orqali, ularning profilaktika tizimidagi fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilishda erishgan muvaffaqiyatlari va yondoshuvlarini o‘rganish, o‘zbekiston sharoitida samarali tizimni shakllantirish imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, mazkur ishda fuqarolik jamiyati bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalar va strategiyalar ishlab chiqiladi.

Ishning asosiy maqsadi profilaktika inspektorlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro aloqalarini kuchaytirish orqali huquqbuzarliklarni kamaytirish va jamoat xavfsizligini ta’minlash yo‘llarini taklif qilishdir.

 

 

Bu esa, o‘z navbatida, jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirishga, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga va xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi

Dostonjon Xudoyqulov , Farrux G‘aniyev

64-69

2025-01-06

JAMİYAT BOSHQARUVIDA FUQAROLARNING FAOLLIGINI OSHIRISHDA FUQAROLIK INSTITUTLARINING ROLI

Mazkur maqolada jamiyat boshqaruvini amalga oshirishda fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy ro`lini oshirish, hamda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etishga e`tibor qaratilgan. Bunda fuqarolik jamiyati institutlarining globallashuvi sharoitida davlat va jamiyat boshqaruvida shaffoflik, ochiqlik hamda samaradorlikni ta’minlashda fuqarolar ishtiroki naqadar muhim ekanligi asoslab yoritilgan. Fuqarolik jamiyati institutlari ularning turlari, vazifalari va funksiyalari, jumladan, vakillik, tarbiyaviy, tashabbuskorlik hamda jamoatchilik nazorati funksiyalari boarsida to`xtalib o`tilgan. Chunonchi, fuqarolarning faolligi jamiyatda demokratik qadriyatlarni mustahkamlash va davlat boshqaruvi qarorlarining sifatini oshirishdagi muhim omil sifatida baholangan.

Sardorbek Roximberganov

57-62

2025-12-29

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA FUQAROLIK JAMIYATI ASOSLARI

Maqolada fuqarolik jamiyati, O’zbekiston Respublikasida fuqarolik huquqi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, ularning konstitutsiyaviy asoslari aks etgan.

Zebiniso Mirzarayimova

44-48

2023-05-05

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASIDA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI BILAN OʻZARO HAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasida fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida hamkorlikning samaradorligi, mavjud mexanizmlar va uning ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni o‘rganilgan. Shuningdek, profilaktika inspektorlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida ma’lumot almashuv, qo‘shma profilaktika tadbirlari va ijtimoiy monitoring tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

H.M. Qilichov, Abdunazar Pulatov

45-47

2025-11-21

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASIDA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI BILAN OʻZARO HAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

Ushbu maqolada profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasida fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorligini takomillashtirish istiqbollari tahlil qilinadi. Tadqiqotda mavjud hamkorlik mexanizmlari, ularning samaradorligi va zamonaviy talablar asosida istiqbolli rivojlanish yo‘nalishlari aniqlanadi. Shu bilan birga, fuqarolik jamiyati institutlari bilan integratsiyalashgan profilaktika strategiyalarini ishlab chiqish, elektron monitoring va qo‘shma profilaktika tadbirlarini tashkil etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi.

H.M. Qilichov, Abdunazar Pulatov

16-18

2025-11-19

NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARI VA FUQAROLIK JAMIYATINING BOSHQA INSTITUTLARI TOMONIDAN JAMOATCHILIK EKSPERTIZASINI O‘TKAZISHNING AYRIM MASALALARI

Maqolada nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan jamoatchilik ekspertizasini o‘tkazishning ayrim masalalari yoritib berilgan. Ishda normativ-huquqiy hujjatlarning jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazuvchi subyektlar sifatida davlat va nodavlat tashkilotlari ishtirok eta olishlari, bunda asosan norma ijodkorligi sohasida fuqarolik jamiyati institutlari faol ishtirok etishini ta’minlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ekspertizasi ilmiy-nazariy tahlil qilishga oid masalalar huquqiy jihatdan asoslantirilgan. Shuningdek, ilmiy ishlanmaning xulosa qismida normativ-huquqiy hujjat loyihasini kelishib olish va jamoatchilik muhokamasi bosqichlarida muammoni, uni hal etish usullarini aniq belgilab qo‘yish amaliyotini yo‘lga qo‘yish zarurligi taklif sifatida ilgari suriladi.

Shiyrin Burxanova

367-371

2022-11-12

O’ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYAT INSTUTLARINING IJTIMOIY HAYOTDAGI ROLI

O’zbekiston Respublikasida  Fuqarolik jamiyat instutlari jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida o’ziga xos o’rin egallashini ta’minlash.  Yangi O’bekiston sharoitida demokratik islohotlarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari hamda  fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyatini oshirish,  inson huquqlarini ta’minlashdagi rolini oshirish bo’yicha sezilarli chora-tadbirlar ko’rish.

Doniyor Jumaboyev, Sevinch Tolibova

107-110

2024-02-28

YANGI O‘ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI SHAKLLANISHINING SIYOSIY-HUQUQIY ASOSLARI

Mazkur maqolada bugungi kunda O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etishning ahamiyati, ustuvor yo‘nalishlari haqida so‘z etilgan. Yangi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari shakllanishining siyosiy-huquqiy asoslari yoritib berilgan.

Abatbay Xojageldiev

152-156

2023-12-20

FUQAROLIK JAMIYATI VA MILLIY MAFKURA: USTUVOR YO‘NALISHLAR, QONUNIYATLAR VA INTEGRATSIYA MEXANIZMLARI

Maqolada milliy mafkura va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, ularning huquqiy-institutsional va ma’naviy-aksiologik qatlamlarda integratsiyasi tahlil qilinadi. Konstitutsiyaviy normalar (xususan, 69-modda), ijtimoiy davlat tamoyillari va jadidchilik merosi negizida fuqarolik jamiyatining mafkuraviy poydevorini mustahkamlash mexanizmlari asoslanadi. Tadqiqotda tarixiy-mantiqiy, qiyosiy va normativ-huquqiy tahlil usullari qo‘llanib, “mafkuraviy immunitet”ning uch bosqichli konturi hamda milliy mafkuraning funksional yo‘nalishlari (mustaqillik, hududiy yaxlitlik, qonun ustuvorligi, demokratiya, qadriyatlar uyg‘unligi, xalqaro moslik, ijtimoiy plyuralizm, ijtimoiy himoya) operatsion indikatorlar sifatida taklif etiladi.

Zahira Abdullayeva

22-24

2025-09-08

YANGI O‘ZBEKISTONDA FUQAROLIK JAMIYATINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI

The article discusses the issue of improving civil society during the socio-political reforms implemented in Uzbekistan. Mechanisms for developing dialogue between civil society institutions, the state, and society, as well as recommendations for enhancing public activity, are presented. The research concludes that the sustainable development of civil society is one of the key factors contributing to the country's progress.

Jalol Samadov

36-39

2024-12-09

ICHKI ISHLAR ORGANLARI HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASIDA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI BILAN HAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISHDA USTUVOR YO’NALISHI

Huquqbuzarliklar profilaktikasida fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini tashkil etish bo‘yicha ilg‘or xorijiy  tajriba  Hamkorlik masalalari to‘g‘risida olib borgan tadqiqotlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan MDH davlatlari va boshqa horijiy davlatlarning Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari muntazam ravishda yo‘lga qo‘yilganligini o‘rganib chiqilmoqda. Masalan  Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari faoliyat yuritib kelmoqda. Mazkur o‘quv ta’lim muassasalarida yetuk va malakali kadrlar tayyorlab kelinmoqda.

Abdulaziz Ochilov , B. Tillaxodjayev

20-22

2024-04-30

IJTIMOIY MOBILLIK VA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI

Zamonaviy jamiyat rivojlanishini tahlil etishda ijtimoiy mobillik va fuqarolik jamiyati institutlari tushunchalari o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Ijtimoiy mobillik – shaxs yoki ijtimoiy guruhning jamiyat ierarxiyasida yuqoriga ko‘tarilishi, pastga tushishi yoki boshqa qatlamga o‘tishi jarayonini anglatadi. Fuqarolik jamiyati institutlari esa davlatdan mustaqil faoliyat yurituvchi va jamiyatning turli qatlamlari manfaatlarini ifoda etuvchi ijtimoiy tashkilotlar, uyushmalar va birlashmalardir. Ushbu ikki omilning uyg‘unligi jamiyatda adolat, tenglik va barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Lola Karimova

109-110

2025-08-18

FUQAROLIK JAMIYATI TIZIMIDA SIYOSIY PARTIYALARNING O‘RNI

Ushbu maqolada fuqarolik jamiyatining muhim institutlaridan biri sifatida siyosiy partiyalarning jamiyat hayotidagi o‘rni, ularning demokratik islohotlardagi roli hamda davlat va fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlashdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekistonda siyosiy partiyalar tizimini takomillashtirish va ularning ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar yoritilgan.

Farhodjon Sultonov

127-131

2025-10-22

FUQAROLIK JAMIYATININI YARATISH – DAVR ZARURATI

Maqolada Fuqarolik jamiyati tushinchasining kelib chiqishi, uni qanday mezonlar asosida qurish mumkinligi haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, maqolada fuqarolik jamiyatini barpo etishda milliy qadriyatlarning o’rniga alohida to’xtalib o’tilgan.

v Ulug’bek Vaxobov, Shohrux Qurbonov

17-18

2023-03-14

MAHALLA INSTITUTI VA FUQAROLIK JAMIYATINING IJTIMOIY ADOLATNI TA’MINLASHDAGI O‘RNI

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ijtimoiy adolatni ta’minlashdagi roli tahlil qilinib, unda mahalla instituti va nodavlat notijorat tashkilotlari jamiyatdagi ijtimoiy birdamlik, nizolarni murosa asosida hal qilish, aholi ehtiyojlarini aniqlash va davlat organlari faoliyatini nazorat qilish orqali adolatni amaliy tarzda ta’minlash imkoniyati o‘rganilgan. Shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarining mustaqilligi, davlat bilan ijtimoiy sheriklik mexanizmlari va barqaror moliyalashtirishning ahamiyati ta’kidlangan. Bundan tashqari, NNTlar va mahalla orqali huquqiy madaniyatni oshirish, aholi o‘rtasida yordam va mas’uliyat muhitini yaratish kabi ijtimoiy adolatni mustahkamlovchi mexanizmlar ko‘rib chiqilgan.

Izzatillo Maxmudov

98-100

2025-11-17

FUQAROLIK JAMIYATI QURISHDA QONUN USTUVORLIGI

Ushbu maqolada fuqarolik jamiyatiga o`tish borasidagi ma`lumotlar va uning o`ziga xos xususiyatlari o`rin olgan. Maqolada fuqarolar huquq va erkinliklarining kafolatlari sifatida bosh qomusimiz va qonunchiligimizning tutgan o`rni haqida turli mulohazalar berilgan. Shuningdek maqolada shaxs va uning faoliyati, erkinligi, sha`ni, qadr-qimmatini himoya qilishda davlat va jamiyat tashkilotlarining o`rnini ochib berish ko`zda tutilgan.

Vazirabonu Rahmatova

131-133

2023-06-13

YANGI KONSTITUTSIYA – FAROVON HAYOT TAMOYILI

Yangi O'zbekiston o'z taraqqiyot yo'lini belgilab olar ekan, demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurishni o'z oldiga pirovard maqsad qilib qo'ydi. Bu oliy maqsad yo'lida shu kungacha ko'pdan-ko'p ishlar amalga oshirildi. Ma'lumki, demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini konstitutsiya va qonun ustunligiga erishmay, ularni ham normativ hujjatlarda, ham amalda ta'minlamay turib qurib bo'lmaydi. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi prinsipi shuni anglatadiki, bunda barcha joriy qonunlar va me'yoriy-huquqiy hujjatlar yangi konstitutsiya asosida va unga muvofiq bo'lishi talab etiladi.

Sarviniso Shodiyeva

8-10

2023-12-09

FUQAROLIK JAMIYATINI SHAKLLANTIRISHDA HUQUQ TIZIMINING O’RNI VA AHAMIYATI

Hozirgi kunda O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va huquqiy davlat qurishning garovi sifatida olib borilayotgan sud-huquq islohotlarida, ayniqsa, sud hokimiyatining amaldagi mustaqilligi hamda ustuvor hokimiyat sifatidagi obro’-e’tiborini mustahkamlashda sudyalarning malakasi, ularning shaxsiy va malakaviy xususiyatlari muhim ahamiyatga egadir. Davlat fuqarolik jamiyatiga nisbatan vazifasi ijtimoiy zid¬diyatlarning keskinlashuviga, kuchlarning bo’linishiga, tartib¬sizlikka qarshi harakat qilishdan iborat bo’lgan boshqaruvchi kichik tizim sifatida amal qiladi.

Dilnoza Abduraximova , Po'lat Abduqodirov

159-162

2023-03-06

INNOVATSION PEDAGOGIK YONDASHUV ASOSIDA MAKTAB, OILA VA MAHALLA HAMKORLIGI MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH

Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lini tanlagan mamlakatimizda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi, undagi shaxs tarbiyasida katta ta’sir ko‘rsatuvchi milliy qadriyatlar qadr topib, tobora yuksalmoqda. har yili obro'ga ega.

Nasiba Mirzabayeva

110-113

2024-06-25

HUQUQIY TARG'IBOT SHAKLLARINING O'ZBEKISTON VA FRANSIYA MISOLIDA QIYOSIY HUQUQIY TAHLILI

Ushbu tezis huquqiy targ'ibot shakllarining O'zbekiston va Fransiya misolida qiyosiy huquqiy tahlilini taqdim etadi. Tadqiqot ikki mamlakatdagi huquqiy targ'ibotning qonuniy asoslari, institutsional tuzilmalari va amaliy shakllarini o'rganadi. Tahlil natijalariga ko'ra, Fransiyada huquqiy targ'ibot tizimi nodavlat sektori va mahalliy boshqaruv organlari tomonidan keng qo'llab-quvvatlanishi, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishi va fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtiroki bilan ajralib turishi aniqlandi. O'zbekiston tajribasida esa huquqiy targ'ibot ko'proq markazlashtirilgan davlat organlari tomonidan amalga oshirilishi va zamonaviy yondashuvlarni joriy etish jarayoni davom etayotgani ko'rsatilgan. Tadqiqot asosida O'zbekistonda huquqiy targ'ibot tizimini takomillashtirish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Zаmirа Аbdumаjidоvа

52-57

2025-05-31

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING HUQUQBÚZARLIKLARDAN JABIRLANGAN SHAXSLAR BILAN ISHLASHDA NODAVLAT-NOTIJORAT TASHKILOTLAR BILAN OʻZARO HAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH

Maqolada profilaktika inspektorining huquqbuzarliklardan jabirlangan shaxslar bilan ishlashdagi faoliyati, uning ijtimoiy reabilitatsiya, psixologik yordam va huquqiy himoya jarayonlaridagi o‘rni tahlil etilgan. Nodavlat-notijorat tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikning huquqiy asoslari, amaliy mexanizmlari hamda ushbu hamkorlikni takomillashtirish yo‘nalishlari ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy hamkorlikdagi o‘rni va jabrlangan shaxslar bilan ishlashdagi yangi yondashuvlar ham tahlil qilingan.

Abbosxon Abduraximov

7-9

2025-10-13

INNOVATSION PEDAGOGIK YONDASHUV ASOSIDA MAKTAB, OILA VA MAHALLA HAMKORLIGI MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH

Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lini tanlagan mamlakatimizda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi, undagi shaxs tarbiyasida katta ta’sir ko‘rsatuvchi milliy qadriyatlar qadr topib, tobora yuksalmoqda. har yili obro'ga ega.

Nasiba Mirzabayeva, Muzaffar Shirinov

52-55

2024-06-12

“GLOBALLASHUV DAVRIDA DAVLATLARNING IQTISODIY RIVOJLANISHIDAGI TAFOVUTLARNI BELGILOVCHI INSTITUTSIONAL VA SIYOSIY OMILLAR TAHLILI”

Maqolada davlatning taraqqiyoti yoki tanazzulini belgilovchi omillar tahlil qilinadi. Siyosiy barqarorlik, iqtisodiy islohotlar samaradorligi, ta’lim va ilm-fanning rivojlanishi hamda fuqarolik jamiyati faolligi taraqqiyotning asosiy manbalari sifatida ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, korrupsiya, resurslardan samarasiz foydalanish va siyosiy beqarorlik tanazzulga olib keluvchi omillar sifatida baholanadi. Tadqiqotda D. Acemoglu va J. Robinsonlarning nazariyasiga tayangan holda ekstraktiv va inklyuziv institutlarning davlat kelajagiga ta’siri ham yoritiladi. Xususan, inklyuziv institutlar barqaror rivojlanishni ta’minlasa, ekstraktiv institutlar davlatni inqiroz yoqasiga olib kelishi mumkinligi ilmiy jihatdan asoslab beriladi.

Jasur Karshiev , Maftuna Shoydulova

76-83

2025-10-31

FUQAROLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARI KAFOLATLARI

Ushbu maqolada fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlashning nazariy-huquqiy asoslari, ularning konstitutsiyaviy mustahkamlanishi va amaliyotda ta’minlanish mexanizmlari keng ilmiy tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlarini kafolatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, sud-huquq tizimi modernizatsiyasi, fuqarolik jamiyati institutlarining faollashuvi hamda xalqaro standartlarga uyg‘unlashtirish jarayonlari yoritilgan.

Madrahim Toshniyozov

119-121

2025-11-30

HUQUQIY TARG'IBOT SHAKLLARINING O'ZBEKISTON VA FRANSIYA MISOLIDA QIYOSIY HUQUQIY TAHLILI

Ushbu tezis huquqiy targ'ibot shakllarining O'zbekiston va Fransiya misolida qiyosiy huquqiy tahlilini taqdim etadi. Tadqiqot ikki mamlakatdagi huquqiy targ'ibotning qonuniy asoslari, institutsional tuzilmalari va amaliy shakllarini o'rganadi. Tahlil natijalariga ko'ra, Fransiyada huquqiy targ'ibot tizimi nodavlat sektori va mahalliy boshqaruv organlari tomonidan keng qo'llab-quvvatlanishi, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishi va fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtiroki bilan ajralib turishi aniqlandi. O'zbekiston tajribasida esa huquqiy targ'ibot ko'proq markazlashtirilgan davlat organlari tomonidan amalga oshirilishi va zamonaviy yondashuvlarni joriy etish jarayoni davom etayotgani ko'rsatilgan. Tadqiqot asosida O'zbekistonda huquqiy targ'ibot tizimini takomillashtirish bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Zаmirа Аbdumаjidоvа

118-122

2025-04-30

1 - 25 of 101 items 1 2 3 4 5 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy