Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

IJOBIY PSIXOLOGIYA TAMOYILLARI

Ijobiy psixologiya insonning ichki salohiyatini rivojlantirish, hayot sifatini yaxshilash va shaxsiy baxtga erishish imkoniyatlarini o‘rganishga qaratilgan ilmiy yondashuvdir. Ushbu tadqiqotda ijobiy psixologiya tamoyillarining ahamiyati, ular inson hayotidagi muvaffaqiyat va motivatsiyani oshirishdagi o‘rni tahlil qilindi. Metod sifatida ilmiy adabiyotlarni taqqoslash, kuzatish va psixologik tahlil usullari qo‘llanildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ijobiy psixologiya tamoyillaridan foydalanish shaxsiy rivojlanish, stressni kamaytirish va sog‘lom ijtimoiy munosabatlarni shakllantirishda muhim omil hisoblanadi.

Ibrohimova Muslima Erkinboy qizi, Xalimjonov Abduqunduz Rahimjon o’g’li

20-22

2025-09-30

O’SPIRIN SHAXSI SHAKLLANISHIDA ONLAYN O’YINLARNING IJOBIY VA SALBIY TOMONLARI

Maqolada o’spirinlarda onlayn o’yinlar o'ynashning ijobiy va salbiy tomonlari ko'rib chiqiladi. Onlayn o’yinlarning an'anaviy sog'liq uchun zararli ekanligidan farqli o'laroq, hozirgi davrda bayon qilinayotgan, o’yinlarning ijobiy ta’siri kabi yangi qarashlar batafsil tavsiflanadi. Bugungi kunda olimlar va psixologlar onlayn o'yinlar mutloq zararli degan dalilga qarshi chiqishlari aslida, ular o'yinlarning ijobiy ta'sirini isbotlash uchun bir qator g’oyalarni olg’a surishlariga alohida e'tibor qaratiladi.

Еgаmbеrdiyеv Jаmоl Bеrdimurоdоviсh

60-62

2025-07-18

O‘QUVCHILARDA MATEMATIKA FANIGA IJOBIY MUNOSABATNI SHAKLLANTIRISH

Ushbu maqolada o‘quvchilarda matematika faniga ijobiy munosabatni shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Matematika o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, tahlil qilish va muammolarni hal etish qobiliyatini rivojlantiruvchi fan sifatida muhim o‘rin tutadi. Maqolada o‘qituvchining pedagogik yondashuvi, motivatsiya usullari, darsda qo‘llaniladigan zamonaviy texnologiyalar hamda ta’lim muhitining psixologik omillari o‘quvchilarda matematika faniga ijobiy munosabatni shakllantirishda hal qiluvchi omillar sifatida ko‘rib chiqilgan.

Dauletmuratova Sarbinaz Zaripbaevna

17-18

2025-10-27

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA XAVOTIRNI KAMAYTIRISHDA IJOBIY MULOQOT STRATEGIYALARINING O‘RNI

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida xavotirni kamaytirishning samarali yo‘llaridan biri sifatida ijobiy muloqot strategiyalarining ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot jarayonida empatik eshitish, deskriptiv maqtov, nizosiz muloqot (NVC), “growth mindset”ga asoslangan fikr-mulohaza va sinf muhitini qo‘llab-quvvatlash kabi strategiyalarni tizimli qo‘llash orqali o‘quvchilarda xavotir darajasining pasayishi kuzatildi. Tadqiqot xorijiy manbalarda sinovdan o‘tgan dasturlar (FRIENDS for Life, TAPES, growth mindset intervensiyalari) va mahalliy pedagogik tajribalar tahliliga asoslandi. Natijalar boshlang‘ich ta’limda o‘qituvchilarning ijobiy muloqot strategiyalaridan foydalanishi xavotirni kamaytirish va sinf muhitini yaxshilashga samarali ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi.

Xoshimova Gulsara Nigmatovna

9-13

2025-08-05

TALABA QIZLARDA OILAVIY QADRIYATLARGA NISBATAN IJOBIY USTANOVKALARNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK MODELI

Ushbu maqolada talaba qizlarda oilaviy qadriyatlarga nisbatan ijobiy ustanovkalarni shakllantirish ularning shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishida muhim omil ekanligi haqida fikr yuritilgan. Maqolada talaba qizlarda oilaviy qadriyatlarga nisbatan ijobiy ustanovkalarni shakllantirishning, insonning butun umri davomida shakllanib boruvchi murakkab tizim ekanligi haqida ma’lumot berilgan.

Axmedov Aminjon Amrullayevich

96-100

2025-09-23

TALABA QIZLARDA OILAVIY QADRIYATLARGA NISBATAN IJOBIY USTANOVKALARNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Ushbu maqolada talaba qizlarning shaxsiy rivojlanishi va ijtimoiy hayotga tayyorlanishi jarayonida oilaviy qadriyatlarga nisbatan ijobiy ustanovkalarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida fikr mulohazalar yuritilgan . Oila jamiyatning asosiy ijtimoiy instituti bo‘lib, uning qadriyatlari shaxsning axloqiy, ijtimoiy va ma’naviy rivojlanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bu qadriyatlarning yosh avlodga singdirilishi oilaning barqarorligi va jamiyatda sog‘lom munosabatlarning shakllanishiga xizmat qiladi.  

Axmedov Aminjon Amrullayevich

43-46

2025-10-16

O’ZBEK TILIDA IJOBIY BAHO MUNOSABATINING LEKSIK SATXDA IFODALANISHI

Ushbu maqolada zamonaviy oʻzbek tillida ijobiy baho  semantikasining leksik sathda voqelanishi va unda ijobiy, salbiy hamda neytral  baho munosabatlarning yuzaga chiqishi xususida fikr yuritiladi. 

А’zamjon Ixtiyorov

142-145

2023-12-19

OʼSMIRLIK DAVRIDAGI BOLALARNING O'ZIGA BO'LGAN ISHONCHNI SHAKLLANTIRISHDA PSIXOLOGIK TA’SIR USULLARI

Ushbu maqola o'smir bolalarda o'ziga ishonchni rivojlantirishda qo'llaniladigan turli xil psixologik ta'sir usullarini o'rganadi. O'ziga bo'lgan ishonch o'smir rivojlanishining muhim jihati bo'lib, ijtimoiy o'zaro munosabatlarga, akademik natijalarga va umumiy farovonlikka sezilarli ta'sir qiladi. Samarali psixologik ta'sir strategiyalarini tushunish va amalga oshirish orqali ota-onalar, o'qituvchilar va maslahatchilar o'smirlarning o'ziga bo'lgan ishonchiga ijobiy hissa qo'shishlari mumkin. Ushbu maqolada muhokama qilingan asosiy usullar, jumladan, ijobiy mustahkamlash, kognitiv-xulq-atvor usullari, rol modellashtirish va qo'llab-quvvatlovchi aloqalar haqida umumiy ma'lumot beradi. Bundan tashqari, u ushbu usullarni qo'llashda individual farqlar va rivojlanish bosqichlarini hisobga olish muhimligini ta'kidlaydi. Psixologik ta'sir qilish usullarini har tomonlama tushunish orqali manfaatdor tomonlar o'smirlarga mustahkam o'ziga ishonchni rivojlantirish, ularning kelajakdagi muvaffaqiyati va chidamliligi uchun poydevor qo'yish imkoniyatini berishi mumkin.

Xayrullayev Qodir Zarfulla oʻgʻli

136-138

2024-05-10

O‘QUVCHILARDA O‘QUV FAOLIYATIGA IJOBIY MUNOSABATNI SHAKLLANTIRISHDA O‘QITUVCHINING SHAXSIY TA’SIRI.

Ushbu maqolada o‘qituvchining shaxsiy ta’siri orqali o‘quvchilarda o‘quv faoliyatiga ijobiy munosabat shakllantirish muammosi ko‘rib chiqiladi. Pedagogik muloqot va psixologik qo‘llab-quvvatlash usullari, ularning ta’siri mexanizmlari hamda amaliy tavsiyalar tahlil qilinadi. Maqola nazariy va empirik tadqiqotlardan olingan natijalarga asoslanib yozildi.

Djangabayeva Dilinur Rustemovna

26-30

2025-10-17

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING ATROF- MUHITGA EKOLOGIK IJOBIY MUNOSABATINI OSHIRISHDA TA’LIM TEXNOLOGILARINING AHAMIYATI

Mazkur maqolda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining atrof- muhitga ekologik ijobiy munosabatini shakillantirishda pedagogik usullarning ahamiyati shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining atrof-muhitga ijobiy munosabatni oshirishda o‘qitish texnologiyasiga bo‘lgan tavsiyalar ko‘rsatilgan.

Umida Bovanova

560-564

2025-01-13

XORAZM VILOYATIDAGI O‘ZBEK SHEVALARIDA IJOBIY ISTAK MAZMUNINI IFODALOVCHI BIRLIKLARNI TOPLASH VA O‘RGANISH MASALASI

Mazkur maqolada ijobiy istak mazmunini ifodalovchi birliklarning lingvistik mohiyati, ularning leksik-semantik va pragmatik xususiyatlari, tilshunoslikda qanday o‘rganilgani hamda bu tadqiqotlarning amaliy va nazariy ahamiyati yoritilgan. Maqolada istak ifodalarini o‘rganishning lingvokulturologik, pragmatik, kommunikativ va dialektologik yo‘nalishlardagi foydali jihatlari ilmiy asosda tahlil qilinadi.

Aziza Jumaboyeva

170-173

2025-05-31

YOSHNI BAHOLOVCHI FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR: IJOBIY VA SALBIY KONNOTATSIYALAR TAHLILI

Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillarida inson yoshini ifodalovchi frazeologik birliklar semantik jihatdan ijobiy va salbiy konnotatsiyalar asosida tahlil qilinadi. Iboralarning semantik yuklamasi, ularning jamiyatdagi ijtimoiy-psixologik aks-sadosi ko‘rib chiqiladi. Maqolada yoshga doir iboralarning baholovchi funktsiyasi, stereotipik yondashuvlar va lingvistik vositalar orqali yuzaga chiqadigan madaniy anglashuvlar tahlil qilinadi.

Xamrakulova Sabina Feyruzxanovna

134-136

2025-08-15

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA IJOBIY TA’LIM MOTIVATSIYASINI SHAKLLANTIRISHGA YORDAM BERADIGAN ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR

Bugungi kunda ta'lim sohasida samaradorlikni oshirish, o'quvchilarni dars jarayonlariga faol jalb qilish, ularda ijobiy o'qish motivatsiyasini shakllantirish uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalarning qo'llanilishi dolzarb masala hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 2020-yil 6-noyabrdagi "O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish  chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4884-son qarori ushbu yo'nalishda muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda. Ushbu maqola ingliz tili materiallari misolida o'quvchilarda ijobiy ta'lim motivatsiyasini shakllantirish usullari va pedagogik texnologiyalarni o'rganishga bag'ishlanadi.

Ibraimova Gulmira Askarovna

51-56

2024-12-09

O’QUVCHILARDA SO‘G‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI: IJOBIY SPORT ODATLARI

Ushbu tezisda o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish jarayonida psixologik omillarning o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Ayniqsa, ijobiy sport odatlarining shaxsning jismoniy va ruhiy rivojlanishiga ta’siri tahlil qilingan. Motivatsiya, emotsional barqarorlik va irodaviy sifatlarning sport faoliyatidagi ahamiyati ko‘rib chiqilib, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning samarali usullari ko‘rsatib berilgan

Ergashova Dilrabo Shodmonaliyevna, Xalimjanov Abduqunduz Rahimjon o’g’li

115-116

2025-09-30

SHAXSLARDAGI IJOBIY PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARNING PSIXOLOGIK FAROVONLIKKA TA’SIR ETUVCHI OMIL SIFATIDAGI AHAMIYATI

Ushbu maqolada shaxslardagi axloqiy me'yorlar,ularning paydo bo’lishi va baxtlilik darajasiga ta’siri o’rganilgan.Bundan tashqari irodaviy kuch orqali salbiy xususiyatlarni ijobiylariga o’tkazish borasidagi horij olimlarining qarashlari keltirilgan.Salbiy psixologik xususiyatlar va ijobiy psixologik xususiyatlarning shaxs hayotidagi,baxtni his qilishdagi roli borasida atroflicha mulohazalar olib borilgan.

Xudoyorova Madina Xolmo’min qizi

55-59

2022-12-17

IJOBIY YUZGA PUTUR YETKAZUVCHI OMILLAR

Goffman tomonidan taklif etilgan ijobiy va salbiy yuz tushunchalari ijobiy yoxud salbiy obro‘, imidj ma’nosida tushunilmaydi. 

Nurmatova Munisxon Mashrabovna

11-13

2023-11-30

BOSHLANGʻICH SINFLARDA RAQAMLI AHLOQIY OʻYINLAR YORDAMIDA IJOBIY XULQ ATVORNI RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqola boshlang‘ich sinflarda raqamli axloqiy o‘yinlar yordamida o‘quvchilarda ijobiy xulq-atvorni shakllantirishning metodik va pedagogik imkoniyatlarini tadqiq etishga bag‘ishlangan. Raqamli texnologiyalar va interaktiv o‘yinlar bugungi ta’lim jarayonida o‘quvchilarning diqqatini jalb qilish, motivatsiyasini oshirish va axloqiy qadriyatlarni o‘zlashtirishda samarali vosita sifatida e’tirof etilmoqda. Maqolada xorijiy va O‘zbekistonlik olimlarning tadqiqotlari tahlil qilinib, raqamli axloqiy o‘yinlarning pedagogik ahamiyati, interaktiv xususiyati va o‘quvchilarning ijtimoiy-axloqiy rivojlanishiga ta’siri ko‘rib chiqilgan.

Ne’matov Oybek Erkin o‘g‘li, Xudoynazarova Mohinur Jamshid qizi

33-38

2025-12-18

ELEKTRON LUG‘ATLARNING SALBIY VA IJOBIY JIHATLARI VA ULARNING LINGVISTIK BA’ZALARINI YARATISH TEXNIKALARI

Ushbu tezisda elektron lug‘atlarning salbiy va ijobiy jihatlari, foydalari va zararlari hamda ularning lingvistik ba’zalariga oid ma’lumotlar keltirilgan. Ularning har tomonlama jihatlari o‘rganilib, solishtirilib chiqilgan.

Sotvoldiyeva Nilufar

115-116

2024-10-14

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA O‘QISHGA MOTIVATSIYANI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qishga nisbatan ijobiy motivatsiyani shakllantirishga ta’sir etuvchi psixologik omillar tahlil qilinadi. O‘quv faoliyatining ichki va tashqi rag‘batlantiruvchi omillari, o‘qituvchining shaxsiy pozitsiyasi, ijobiy o‘quv muhiti hamda ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchining motivatsion holati uning hissiy barqarorligi, o‘z-o‘zini baholashi va muvaffaqiyatga ishonchi bilan bevosita bog‘liqdir.

Amirova Nodira Shamshiyevna

76-78

2025-10-10

AGROTSENOZ QUSHLARNING YASHASH ARENASI SIFATIDA

Maqolada Buxoro viloyatining turli ekologik biotoplarda joylashgan agrotsenozlaridagi qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligiga qushlarning ijobiy va salbiy ta’siri ko‘p yillik kuzatuv natijalari asosida tahlil etiladi. Qushlarning agrotsenozdagi o‘rnini tahlil qilish orqali, qushlarning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligiga ta’sir ko‘rsatish darajasini va ushbu ta’srlarning sutkalik yoki mavsumiy faollik dinamiasini statsionar kuzatuvlar asosida tahlil etilib, qushlarning agrotsenozdagi ijobiy yoki salbiy ta’sirlarini ilmiy tahlil qilishga harakat qildik.

M.M.To‘raev, N.T.Axmedova, Z.J.Fozilova, B.X.Yo‘ldoshov

106-118

2023-06-16

BOSHLANG'ICH SINFLARDA BADIIY ASAR QAHRAMONLARINING IJOBIY FAZILATLARINI BOLA ONGIGA SINGDIRISHDA O'QITUVCHINING ROLI

Ushbu tezisda boshlang`ich sinf o`quvchilariga badiiy asar qahramonlarini
tanishtirish hamda ularning ijobiy fazilatlarini uqtirishda o`qituvchining roli tahlil etilgan.

Xolyigitova Baxor Kimsanboyevna

46-48

2023-04-14

AYOLLAR TADBIRKORLIGINING IJTIMOIY-FALSAFIY JIHATLARI

O'zbekistonda ayollar tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish, bandlik, bandlik, kambag'allikni kamaytirish bugungi kunda muhim ahamiyatga ega. Bundan kelib chiqadiki, ayol tadbirkorlarda ijtimoiy imtiyozlarning oshishi turmush tarzi sifatiga bevosita ijobiy ta'sir qiladi. Ayol tadbirkorlarning kasbiy bilim va ko'nikmalarini yangilashda umume'tirof etilgan kompetentsiyalardan foydalanish amaliyotda ijobiy samara bermoqda. Bilim olish, tajriba, qadriyatlar, moyilliklarga asoslangan umumiy qobiliyat sifatida kompetentsiya bilim yoki ko'nikmalar bilan cheklanmaydi.

Ғаниева Маликахон Содиқжановна

26-32

2023-11-27

HOTPOTOTEST DASTURINING SALBIY VA IJOBIY TARAFLARI

Ushbu maqolada Hotpototest (Hot Potatoes) dasturining ta’lim jarayonidagi o‘rni, uning ijobiy va salbiy jihatlari tahlil qilingan. Dastur orqali savol-javob, krossvord, juftliklarni topish, bo‘sh o‘rinlarni to‘ldirish kabi interaktiv topshiriqlar yaratish imkoniyati o‘qituvchilarga darsni qiziqarli, samarali va o‘quvchilar uchun esda qolarli shaklda tashkil etishga yordam beradi. Shuningdek, dasturdan foydalanish osonligi, avtomatik baholash tizimi, internet orqali mustaqil bajarish imkoniyati uning asosiy afzalliklaridan biri sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘yin orqali o‘rganish motivatsiyasini oshirishi ham dasturning muhim pedagogik ustunligidir.

Joʻrayev Jonibek Toir o'g'li, Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li

32-36

2026-01-13

MEDIA VOSITALARI ORQALI KOREYS TILIDA TINGLASH QOBILIYATINI ROVOJLANTIRISH

Ta'lim vositasi sifatida media vositalariga o'quvchilarning munosabati fanlar bo'ylab ijobiy bo'lib, ayniqsa til o'rgatishda kuchli ta’sir doirasiga ega. Bu jarayon o'quvchilar moyil bo'lgan muhitga ijobiy munosabati bilan aloqador. Media til o’rganuvchining eshitish qobiliyatidagi bo'shliqlarni to'ldirib, bir vaqtning o'zida ijodiy zo’riqishni kamaytiradi va til o'rganuvchiga kuch beradi.

Saribayeva Dilfuza Asan qizi

75-76

2024-10-14

TASHQI INVESTITSIYALAR HAJMI BASHORATI UCHUN STATISTIK TAHLIL ASOSIDA MODELLAR

Maqolada  bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda har bir mamlakatning iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy rivojlanishi uchun mamlakatga tashqaridan kirib kelayotgan investitsiyalar juda muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatga kirib kelayotgan Tashqi investitsiyalar hajmini oshirish uchun unga qanaqa omillar ijobiy ta’sir qilishini va qaysi omillar salbiy ta’sir qilishini aniqlash hamda Tashqi investitsiyalar bilan kuchli, ijobiy bog’liq bo’lgan omillar hajmini oshirish kerak. Buning uchun ishonchli va sifatli bashorat modelini qurish kerak. Sifatli model qurish uchun matematik statistika elementlaridan foydalanilib model qurish bosqichlari ketma-ket amalga oshiriladi va sifati, ishonchliligi uchun bir nechta statistik gipotezalar tekshiriladi. Tadqiqot ishining obyekti mamlakat hududiga kirib keluvchi Tashqi investitsiyalar va tadqiqot ishining predmeti Tashqi investitsiyalar hajmi uchun statistik va ekonometrik tahllillar asosida bashorat modellari tashkil etadi. Tadqiqotning ishining maqsadi mamlakatga kirib kelayotgan Tashqi investitsiyalar hajmini oshirish uchun hisoblash dasturlari yordamida bashorat model qurish va qurilgan model asosida natijalar olishdan iborat. Ushbu maqolada rivojlanayotgan mamlakatlarga kirib kelayotgan to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyalar hajmi uchun regression tahlil asosida bashorat modeli qurildi. Hamda bashorat modelining asosliligi isbotlangan.

Hakimova Dildora Abdig’affor qizi, Ochilova Nozima Komilovna, Sadullayeva Mavjuda Ziyadullayevna

196-201

2023-05-27

1 - 25 из 500 результатов 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy