Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY HIMOYA TIZIMINING HOLATI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: STATISTIK TAHLIL

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy himoya tizimining hozirgi holati va rivojlanish tendensiyalari 2020–2025 yillar statistik ma’lumotlari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining rasmiy ma’lumotlariga tayangan holda olib borilib, ijtimoiy himoyaga yo‘naltirilgan byudjet xarajatlari, pensiya va nafaqa oluvchilar soni, ijtimoiy yordam qamrovi hamda kambag‘allik darajasi ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Statistik tahlil natijalari ijtimoiy himoya tizimiga ajratilayotgan mablag‘lar hajmi barqaror oshib borayotganini, ijtimoiy yordam oluvchilar qamrovi kengayayotganini hamda kambag‘allik darajasining bosqichma-bosqich pasayayotganini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, hududlar o‘rtasida ijtimoiy xizmatlardan foydalanish darajasida tafovutlar mavjudligi aniqlandi. Maqolada ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish, yordamlarning manzilliligini kuchaytirish va ularni bandlik siyosati bilan integratsiya qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar berilgan.

Aniyazov Umidbek Farxod o’g’li

116-118

2025-12-19

“AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH IQTISODIY RIVOJLANISH OMILI SIFATIDA”

Ushbu tadqiqotda aholining ijtimoiy himoya tizimi va uning iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni chuqur tahlil qilingan. Aholini ijtimoiy himoya qilish — bu jamiyatdagi ijtimoiy tenglikni saqlash, kambag‘allikni kamaytirish, inson kapitalini rivojlantirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning muhim omillaridan biridir. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosat, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” tizimi, bandlik va kambag‘allikni qisqartirish dasturlarining natijalari tahlil etilib, ularning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri baholangan.

Almardonova Feruza Fazliddinovna

45-48

2025-10-22

MUSTAQILLIK YILLARIDA NAVBAHOR TUMANIDA AHOLINI HIMOYA QILISH TADBIRLARI (1991-2025)

Mazkur maqolada mustaqillik yillarida Navbahor tumanida aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida amalga oshirilgan davlat siyosati va amaliy chora-tadbirlar tahlil qilingan. Unda bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida aholining turmush darajasini oshirish, ijtimoiy tenglikni ta’minlash hamda ijtimoiy zaif qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratilgan. Tadqiqotda kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar va boquvchisini yo‘qotgan fuqarolarga ko‘rsatilgan moddiy yordam, nafaqa va ijtimoiy xizmatlar tizimi yoritilgan. Shuningdek, “mahalla” instituti orqali manzilli ijtimoiy himoya mexanizmlarining shakllanishi hamda ijtimoiy sohadagi islohotlarning aholi farovonligiga ta’siri ochib berilgan.

Baxridinova Mahbuba Maxmudjonovna

4-6

2026-02-04

YANGI TARAQQIYOT BOSQICHIDA IJTIMOIY HIMOYANING MOHIYATI VA O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Davlatimiz tabiati tobora ijtimoiy mazmun kasb etib, o’z faoliyat mazmuniga ko’ra, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat sari odimlab bormoqda. Maqolada ushbu fikrlarning dalili o’laroq faktlar keltiriladi. Shuningdek, ushbu maqolada  ijtimoiy himoyaning  mazmun-mohiyati ochib beriladi. Yangilanayotgan O’zbekiston sharoitida ijtimoiy sohada amalga oshirilib  kelinayotgan islohotlar, ayniqsa kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy muhofaza qilish  haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, jamiyat a’zolarini ijtimoiy muhofaza qilish, mamlakatda barqarorlikni ta’minlash,  inson qadrini  ulug’lash borasida olib borilayotgan say - harakatlarga doir fikr-mulohazalar berilgan.  Maqolada davlatimizning rahbari Shavkat Mirziyoyevning olib borayotgan   insonparvarlik va ijtimoiy adolat ustivorligiga intilishga doir  oqilona siyosatiga  eʼtibor berilgan.

Quramboyev Alisher Maxsudovich

37-42

2024-04-08

O'ZBEKISTONDA IJTIMOIY SOHADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN O'ZGARISHLAR MAZMUNI VA MOHIYATI

Mazkur maqola O'zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o'zgarishlar mazmuni va mohiyatiga bag'ishlangan. Mamlakat mustaqillikka erishganidan so'ng, ijtimoiy sohada olib borilgan islohotlar aholi farovonligini oshirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va jamiyatning har bir qatlamini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan. Maqolada, Prezident Shavkat Mirziyoyevning ijtimoiy sohadagi farmonlari va qarorlari, xususan, ta'lim, sog'liqni saqlash, gender tengligi, mehnat bozori va ijtimoiy himoya tizimidagi islohotlar yoritilgan. Shuningdek, ushbu islohotlarning mamlakatda jamiyat barqarorligini ta'minlashdagi o'rni, fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar yaratishdagi ahamiyati hamda kelajakdagi istiqbollari tahlil qilinadi. Maqola ijtimoiy sohadagi o'zgarishlarning umumiy ko'rinishini va ularning O'zbekistonning rivojlanishiga qo'shgan hissasini ifodalaydi.

Azimov Adhamjon, Hasanboyev Niyozbek

130-134

2025-04-29

AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH LOYIHALARINI DAVLAT TOMONIDAN MOLIYAVIY QO'LLAB-QUVVATLASH AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH

Xalqaro tajribalar va ularning O'zbekistondagi tatbiqi. Dunyoning turli mamlakatlarida ijtimoiy himoya tizimlarini moliyaviy qo'llab-quvvatlashda muvaffaqiyatli tajribalar mavjud. Masalan, Skandinaviya mamlakatlarida ijtimoiy himoya tizimlari yuqori darajada moliyalashtirilgan va ular samarali ishlamoqda. O'zbekistonda ham ijtimoiy himoya tizimlarini rivojlantirish uchun xalqaro tajribalardan o'rganish va ularni milliy sharoitga moslashtirish zarur. Xalqaro moliya institutlari va donorlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, O'zbekistonda ijtimoiy himoya tizimlarini yanada samarali qilish uchun zarurdir. Shu bilan birga, davlatning ijtimoiy himoya tizimlariga ajratiladigan mablag'larni oshirish va resurslarni aniq taqsimlash muhimdir.

Abduraymova Xamida G'ulom qizi

116-118

2025-06-30

IJTIMOIY ISHNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI

Maqolada ijtimoiy ishning keng yoyilib borishi, ijtimoiy ishning jamiyat hayotidan keng oʻrin olib borishi, ijtimoiy himoya, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy xizmatlar turlari haqida fikr yuritilgan.

Rahmatullayev Fayzullo Xayrullo oʻgʻli

52-55

2023-09-23

IJTIMOIY TARMOQLARDA SHAXSIY MA`LUMOTLARNI HIMOYA QILISHNING O‘ZBEKISTONDAGI HUQUQIY JIHATLARI

Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlarda shaxsga doir ma`lumotlarni himoya qilishning huquqiy jihatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqola ijtimoiy tarmoqlarda shaxsga doir ma`lumotlarning himoya qilinishiga oid maqsadlar, yo‘nalishlar, vazifalar, muammolar, tavsiya va takliflarni o‘zida mujassam qilib tahlil qilingan. Ushbu maqola davomida aholida ijtimoiy tarmoqlarda shaxsga oid ma`lumotlarni himoya qilishga doir huquqiy bilimlarni yetishmasligi, qonunchilikdagi hamda uning ijrosidagi kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Bugungi kunda asosiy huquqbuzarliklar ijtimoiy tarmoqlarda shaxsga oid ma`lumotlarning himoyasizligi natijasida sodir etilayotgani aniqlandi. Tadqiqot yakunida yuqoridagi jihatlar o‘rganib chiqilib ularni hal qilish uchun tavsiya hamda takliflar ishlab chiqildi.

Yuldasheva Munisa Raxmanovna

150-156

2025-07-24

AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH TIZIMINING IQTISODIY BARQARORLIKKA TA’SIRI

Mazkur tadqiqotda aholining ijtimoiy himoya qilish tizimi va uning mamlakat iqtisodiy barqarorligiga ko‘rsatadigan ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Ijtimoiy himoya tizimi — bu aholining daromadlari va hayot sifatini kafolatlovchi, iqtisodiy inqiroz davrida aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mexanizmlar majmuasidir. U iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi, chunki u ichki iste’mol talabini rag‘batlantiradi, kambag‘allikni kamaytiradi va mehnat bozori muvozanatini saqlaydi.

Almardonova Feruza Fazliddinovna

89-94

2025-10-31

INNOVATSION IQTISODIYOT VA IJTIMOIY SIYOSATNING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI

Mazkur maqolada innovatsion iqtisodiyot va ijtimoiy siyosat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilinadi. Innovatsion iqtisodiyotning ijtimoiy rivojlanishga ta’siri, davlatning ijtimoiy siyosatini shakllantirish va modernizatsiya qilishdagi roli ko‘rib chiqiladi. Mehnat bozori, ta’lim tizimi, ijtimoiy himoya va aholi farovonligini oshirish jarayonlarida innovatsion texnologiyalarning o‘rni aniqlanadi. Shuningdek, davlat tomonidan innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, raqamli transformatsiya va ijtimoiy muhofaza tizimini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratiladi. Maqola innovatsion iqtisodiyot va ijtimoiy siyosatni uyg‘un rivojlantirishning ahamiyatini yoritib, ilmiy-amaliy tavsiyalar beradi.

Kozimbek Kommunarov

141-145

2025-03-19

IJTIMOIY ISHCHINING O`Z OLDIDAGI BURCHI

Ushbu maqolada  Ijtimoiy ishchining o`z oldiga qo`ygan burchlari va majburiyatlari haqida ma`lumotlar berib o`tilgan har bir ijtimoiy hodim o`z oldiga maqsad qilgan holda ish olib borsagina har bir jamiyatda ijtimoiy ko`makka muhtojlar qatlami kamayib borishiga guvoh bo`lishimiz mumkin. Ijtimoiy ish tushunchasi juda qadimiy shakillari ham keltirib o`tilgan. Ijtimoiy ishda mutaxassisning o‘z mijozi bilan aloqasi haqida ham ma`lumotlar keltirib o`tilgan. O`zbekistonda ijtimoiy ishchilar haqida va boshqa davlatlar tajtibasi haqida ham ma`lumotlar berib o`tilgan. Yana bu ma`lumotlardan tashqari takliflar ham keltirib o`tilgan.

Xolmanova Oyro’zi

55-58

2024-12-13

IJTIMOIY HIMOYA ORQALI AHOLI TURMUSH SIFATINI OSHIRISHNING ISTIQBOLLARI

Maqola ijtimoiy himoyaning jamiyatning barqarorligi, farovonligi va inson huquqlarini himoya qilishdagi ahamiyatini ta’kidlaydi. Shuningdek, ijtimoiy himoya tizimlarini rivojlantirishning kelajakdagi istiqbollari, jumladan, raqamlashtirish, shaxsiylashtirilgan yordam dasturlari, xalqaro hamkorlik va ijtimoiy innovatsiyalar muhokama qilinadi..

Sherjon Sherjonov

39-42

2025-02-14

MUSTAQILLIK YILLARIDA KARMANA TUMANIDA AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH: 1991–2025 YILLAR

Ushbu tezisda O‘zbekiston mustaqillik erishganidan so‘ng 1991-2025 yillar mobaynida Karmana tumanida aholini ijtimoiy himoya qilish yo‘nalishida amalga oshirilgan chora tadbirlar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari mustaqillik yillarida tuman ijtimoiy himoya tizimining shakillanishi, aholining ehtitojlarini qamrab olish darajasi va mavjud muammolarni aniqlashga qaratilgan analitik xulosalarni beradi.

Baxridinova Mahbuba Maxmudjonovna

26-28

2025-11-27

BOLALAR IJTIMOIY HIMOYASINING ASOSIY TAMOYILLARI

Mazkur maqolada bolalarning ijtimoiy himoyasi, ularning jismoniy ehtiyojlarini qondirish, psixologik va ma’naviy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, bolalar uchun to‘g‘ri ijtimoiy himoya tizimini yaratish, jamiyatning barqaror rivojlanishining muhim omillari sifatida ijtimoiy himoya tizimi, oilalar, jamiyat va xalqaro tashkilotlarning bolalar ijtimoiy himoyasidagi ham hamkorligini talab qilishi kabi masalalalr muhokama qilinadi.

Marjona Adizova

46-48

2025-02-24

O‘ZBEKISTONDA AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH TIZIMINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH TARIXI (1991–2025)

Ushbu maqolada mustaqillik yillarida O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining shakllanish bosqichlari, davlat siyosatida ijtimoiy barqarorlik va inson manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi islohotlar tahlil qilinadi. 1991–2025-yillar davomida ijtimoiy sohada amalga oshirilgan dasturlar, qonunlar, ijtimoiy yordam mexanizmlari hamda pensiya, nafaqa va bandlik tizimining bosqichma-bosqich yangilanishi tarixiy asosda yoritilgan.

Abdurahmonov Abduqodir Abdug'ofurjonovich

88-90

2025-11-10

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IJTIMOIY O‘ZGARISHLAR

Ushbu tezisda O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy konsepsiyaning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari, nodavlat  notijorat  tashkilotlarining  ijtimoiy  himoya  va  manzilli  ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki o‘rganilib, uning rivojlanish tendensiyalari yoritilgan.

Sotvoldiyeva Zarnigor Sirojiddin qizi

4-7

2024-05-03

IJTIMOIY HIMOYA YAGONA REESTR – AHOLINING IJTIMOIY HIMOYASINI TA'MINLASHDA SAMARALI VOSITA SIFATIDA

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida joriy etilgan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” tizimining mazmun-mohiyati, asosiy funksiyalari va uning ijtimoiy adolatni ta’minlashdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, tizim orqali yordamga muhtoj aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, ularning ochiqligi va samaradorligi tahlil qilingan. Mazkur reyestr orqali ijtimoiy himoyaning yangi va raqamlashtirilgan bosqichga o‘tganligi asoslab berilgan.

Nuralimova Gulsinoy Baxtiyorovna

124-126

2025-06-10

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING BANDLIGI TA’MINLANMAGAN VOYAGA YETMAGANLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI BO‘YICHA NAZARIY TAHLIL

Bugungi kunda jamiyatda huquqni himoya qilish va huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Jamiyatda sodir bo‘layotganijtimoiyva huquqiy muammolarni bartaraf etishda ijtimoiy profilaktika tizimi o‘zining ahamiyatini kundan-kunga orttirib bormoqda. Mahallalar, shuningdek, huquqni ijro etuvchi organlar tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy profilaktika faoliyati, aholining ijtimoiy muammolarini hal qilish va huquqiy xabardorligini oshirishda muhim vosita hisoblanadi. Ijtimoiy profilaktika, asosan, jamiyatdagi ijtimoiy xavf-xatarlarni oldini olishvaijtimoiy muhitda barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan amaliyotdir. Bunda, huquqbuzarliklarning oldini olish, salbiy xulq-atvorlarni kamaytirish, aholining ijtimoiy moslashuvini yaxshilash va jamiyatdagi turli guruhlarni himoya qilish maqsadlari kuzlanadi. “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida amalga oshiriladigan bu jarayon, mahallaraislari, profilaktika inspektorlari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faoli va yoshlar etakchisi kabimas’ul shaxslarning o‘zaro hamkorligini talab etadi.

Xojibekov Ziyomiddin Nasriddinovich , Mirzaliyev Dilyorbek Alimardon o‘g‘li

68-71

2024-12-23

OILA VA IJTIMOIY HIMOYA TIZIMINING O‘ZBEKISTONDAGI RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

Ushbu tezisda O‘zbekistonda oila va ijtimoiy himoya tizimi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik tahlil qilingan. Mustaqillik yillaridan boshlab amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosat va islohotlar, jumladan, “Temir daftar”, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Mahalla bankirlari” instituti va “Ijtimoiy shartnoma” mexanizmlarining ahamiyati yoritilgan. Tezisda, shuningdek, oilani qo‘llab-quvvatlash va aholining kambag‘allikdan chiqarilishida zamonaviy yondashuvlarning roli ko‘rib chiqilgan. Oila va ijtimoiy himoya tizimi orqali jamiyat barqarorligi va iqtisodiy farovonlikka erishish masalasi asosiy e’tiborga olingan.

Quramboyev Alisher Maxsudovich

96-98

2025-04-13

O‘ZBEKISTON AHOLISINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH STRATEGIYASI

Mazkur maqola O’zbekistonda aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha amaldagi holat, bajarilayotgan chora-tadbirlarning mazmuni, ilmiy xulosalar va tavsiyalar keltirilgan.

Sh.Sherjanov

132-138

2022-12-19

MA’LUMOTLARNI HIMOYA QILISH VA KIBERXAVFSIZLIKDA ZARARLI XAVFLAR OLDINI OLISH USULLARI

ushbu maqola   kompyuter va ıjtımoıy tarmoq orqalı  buladıgan tahdıdlar va tarmoq, tarmoq ostı hujumları  kelıb chıqısh omılar  va unı oldını olısh kiberxavfsizlik masalalarini,echımı  jumladan, fishing hujumlari, zararli dasturlar, ddos hujumlari va ijtimoiy muhandislik texnikalarini vazifasi  yoritiladi. shuningdek, shaxsiy va korporativ ma'lumotlarni himoya qilish usullari, jumladan, kuchli parollardan foydalanish, ikki bosqichli autentifikatsiya, antivirus dasturlarni o‘rnatish va tizimlarni yangilash bo‘yicha tavsiyalar beriladi. maqola nafaqat texnologik, balki ijtimoiy masalalarga ham e’tibor qaratib, kiberxavfsizlik bo‘yicha xabardorlikni oshirishni ta’kidlaydi.

Bekzod Tursunov, Mexriniso Rahmanova , Durdona Ahmadaliyeva

14-18

2025-02-07

IJTIMOIY TARMOQ SAHIFALARINING SHAXSIY HAYOTGA ARALASHUVI VA HUQUQIY HIMOYA

Mazkur maqolada ijtimoiy tarmoq sahifalarining shaxsiy hayotga aralashuvi bilan bog‘liq fuqarolik-huquqiy muammolar tahlil qilingan. Shaxsiy ma’lumotlarning ijtimoiy tarmoqlarda egasining roziligisiz tarqatilishi, uning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazilishi holatlari muhokama etilgan. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga, xususan, Fuqarolik kodeksi, Jinoyat kodeksi va “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonuniga tayanilgan holda, bunday holatlarda fuqarolarning huquqiy himoya vositalari ko‘rsatib o‘tilgan. Muallif ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini huquqiy ong va mas’uliyat bilan harakat qilishga chaqiradi.

Egamberdiyeva Adiba Akmal qizi

25-27

2025-06-09

AHOLINI IJTIMOIY HIMOYALASHNI MOLIYALASHTIRISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu tezisda mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimini moliyalashtirishning dolzarbligi va ahamiyati, davlat budjetidan amalga oshirilgan xarajatlarning dinamiqasi va tarkibi tahlil etilgan. Shuningdek, ijtimoiy himoya tizimini moliyalashtirishda mavjud muammolarni bartaraf etish va moliyalashtirishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar berilgan.

Mirzaev Baxrom

162-165

2022-10-07

O'ZBEKISTONDA KEKSALARNI IJTIMOIY QO'LLAB-QUVVATLASH TIZIMI TARIXI

Mazkur maqolada O'zbekistonda keksalarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimining shakllanishi va rivojlanish  haqida soz yuritilgan. Shuningdek, hozirgi kunda keksalarni ijtimoiy himoya qilish tizimining samaradorligi, mavjud muammolar va ularni hal etish yo'llari haqida fikr yuritiladi.

Tursunova Risolat

20-22

2025-11-06

O‘ZBEKISTONDA AHOLINI IJTIMOIY HIMOYALASH YO‘NALISHLARI

Maqola O‘zbekistonda ijtimoiy himoya pensiya, ijtimoiy yordam, ishsizlik nafaqalari, tibbiy sug‘urta va nogironlikni qo‘llab-quvvatlash kabi qator dasturlarni o‘z ichiga oluvchi masalalarni qamrab olgan.. Hukumatning ijtimoiy tengsizliklarni bartaraf etish va aholining eng zaif qatlamlari uchun xavfsizlik tarmog'ini ta'minlash uchun ushbu tizimlarni kengaytirish va takomillashtirishga qaratilgan takliflar tayyorlangan.

Muhabbat Temirova

183-188

2024-12-28

1 - 25 из 52 результатов 1 2 3 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy