Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

REFLEKSIVLIK VA SHAXS INTELLEKTUAL FAOLIYATI O‘RTASIDAGI ALOQADORLIGI MASALASI

Maqolada shaxs intellektual taraqqiyotini refleksivlik xususiyati bilan bog‘liqligi masalasi ochib berilgan. Ayniqsa, shaxsda intellektual taraqqiyoti uning o‘zini o‘zi anglashi, o‘zini o‘zi baholash, o‘zini o‘zi nazorat qilish, o‘zini o‘zi boshqarish kabi refleksiv jarayonlarning rivojlanishiga o‘zining ta’sirini ko‘rsatadi. Shu nuqtai nazardan olganda, shaxs intellektual sohasiga doir bilimlarga ega bo‘lish ularning kelajak faoliyatlarini oqilona rejalashtirishlariga xizmat qiladi.

N.I. Xalilova

145-148

2025-02-24

TA’LIMDA MA’LUMOTLARNING INTELLEKTUAL TAHLILI

Mazkur maqolada ta’limda ma’lumotlarning intellektual tahlili masalalariga oid ko’plab savollarga javob topish mumkin: intellektual tahlil qanday amalga oshiriladi? intellektual tahlildan nima uchun va qanday foydalanishimiz mumkin? namunaga qanday ko'rsatkichlarni kiritish kerak va qanday qilib bashorat qilish kerak? Shubhasizki, ta’lim jarayonlariga intellektual tahlil usullarini tadbiq etish kelgusidagi dolzarb masalalardan bo’lib qolmoqda. Tadqiqot ishida ushbu masalalar tahlil qilingan hamda o’quv analitikasining pedagogik diagnostikadan tubdan farq qilishi va ma’lumotlarni yig’ishning boshqa usullari ko’rib chiqilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadlardan biri shaxsga yo’naltirilgan ta’lim modelini qurish bo’lib, o’quv analitikasi masalalari keng yoritilgan. Tadqiqot ishining amaliy ahamiyati shundaki, keltirilgan masalalarning barchasi ta'limda ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish borasida olib borilayotgan ishlarning natijasidir.

Barno Saydakhmedova

15-19

2023-02-07

O’QUVCHILAR INTELLEKTUAL SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHDA PSIXO-EMOTSIONAL MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

Mazkur tezisda o‘quvchilar intellektual salohiyatini rivojlantirish jarayonida yuzaga keladigan psixo-emotsional muammolar pedagogik muammo sifatida tahlil qilinadi. Ilmiy adabiyotlar hamda pedagogik kuzatuvlar asosida o‘quvchilarda uchraydigan asosiy psixo-emotsional omillar, jumladan, o‘qishga bo‘lgan ichki motivatsiyaning pasayishi, ta’lim yuklamalarining ortishi, yosh davriga xos emotsional beqarorlik va mas’uliyat bosimi intellektual rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi asoslab beriladi. Tezisda kichik, o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilarida psixo-emotsional muammolarning namoyon bo‘lish xususiyatlari ochib berilib, ularning intellektual faoliyatga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari intellektual salohiyatni rivojlantirishda psixo-emotsional omillarni hisobga olgan holda ta’lim jarayonini tashkil etish zarurligini ko‘rsatadi.

Malika Toxirova

76-77

2026-01-19

INTELLEKTUAL MULK SOHASIDAGI NIZOLARNI MUQOBIL HAL ETISHNI USULLARINING INSTITUTLASHUV: O'ZBEKISTON VA XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASI

Zamonaviy dunyoda intellektual mulk nizolarni muqobil hal etish usullari muhim ahamiyatga ega hisoblanib intellektual mulk huquqi innovatsion rivojlanish va iqtisodiy o'sish muhim omil sifatida tan olanadi. Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish va ular bilan bog'liq nizolarni samarali hal etish mexanizmlari har qanday davlat innovatsion boshqaruvini belgilov omil hisoblanadi. Ushbu mavzuni tahlil qilish davomida institutsiyalashuvi tushunchasiga tarafib berish o’rinili hisoblandi. intellektual mulk sohasidagi nizolarni muqobil hal etishning institutsiyalashuvi deganda, tegishli intellektual mulk obyekti ustida tuzilgan shartnoma predmetidan kelib chiqib, nizolarni muqobil hal etishning vositachilik, muzokara, mediatsiya yoki arbitraj usullaridan birini tomonlarning ixtiyoriy tanlovi asosida hal etish tushuniladi. Ya`ni, nizolarni muqobil hal etishning institutsiyalashuvi bu – nizo predmetini qaysi institutda (mediatsiya instituti, arbitraj instituti, muzokara instituti) hal qilishga aytiladi. Shu kunlarda ADR tizimi mahalliy va xalqaro nizolarda ommaviy va xususiy ravishda qo’llanilmoqda.

Sardorbek Toshmatov

61-68

2025-10-28

INTELLEKTUAL MULK SOHASIDAGI NIZOLARNI MUQOBIL HAL ETISHNI USULLARINING INSTITUTLASHUV: O'ZBEKISTON VA XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASI

Zamonaviy dunyoda intellektual mulk nizolarni muqobil hal etish usullari muhim ahamiyatga ega hisoblanib intellektual mulk huquqi innovatsion rivojlanish va iqtisodiy o'sish muhim omil sifatida tan olanadi. Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish va ular bilan bog'liq nizolarni samarali hal etish mexanizmlari har qanday davlat innovatsion boshqaruvini belgilov omil hisoblanadi. Ushbu mavzuni tahlil qilish davomida institutsiyalashuvi tushunchasiga tarafib berish o’rinili hisoblandi. intellektual mulk sohasidagi nizolarni muqobil hal etishning institutsiyalashuvi deganda, tegishli intellektual mulk obyekti ustida tuzilgan shartnoma predmetidan kelib chiqib, nizolarni muqobil hal etishning vositachilik, muzokara, mediatsiya yoki arbitraj usullaridan birini tomonlarning ixtiyoriy tanlovi asosida hal etish tushuniladi. Ya`ni, nizolarni muqobil hal etishning institutsiyalashuvi bu – nizo predmetini qaysi institutda (mediatsiya instituti, arbitraj instituti, muzokara instituti) hal qilishga aytiladi. Shu kunlarda ADR tizimi mahalliy va xalqaro nizolarda ommaviy va xususiy ravishda qo’llanilmoqda.

Sardorbek Toshmatov

7-14

2025-10-27

INTELLEKTUAL MULK OBYEKTLARIDAN OLINADIGAN DAROMADLARNI SOLIQQA TORTISH MASALALARI

Intellektual faoliyat natijalari texnologiyalarning o‘zaro almashinuviga ta’siri tufayli va boshqa ijobiy tashqi ta’sirlarning yaratishi sababli, iqtisodiyotning o‘sish sur’atlarini tezlashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Intellektual mulkning iqtisodiy rivojlanishdagi roli soliqqa tortish bilan bog‘liq bir qator omillarga, xususan daromadlarga soliq solish bilan asoslanadi. Intellektual mulk bilan bog‘liq tijorat operatsiyalari hajmining ortib borayotganligi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda daromadlarni soliqqa tortish borasidagi bir-biriga zid bo‘lgan qarashlarni ilgari surilishiga sabab bo‘lmoqda.

Jahongir Qudratov

57-69

2023-12-20

INNOVATSION IQTISODIYOTDA INTELLEKTUAL MULK

“Innovatsion iqtisodiyotda intellektual mulk” maqolasiga qisqacha ma`lumot.
Ushbu ilmiy maqolada intellektual mulkning innovatsion iqtisodiyotdagi tutgan o`rni
ko`rsatilgan, shuningdek intellektual mulkni kelib chiqishi va ta`riflari haqida so`z boradi.
Ushbu maqolada intellektual mulkni turlari va himoyalash usullari berilgan.

Maftuna Ruziyeva

104-106

2023-05-14

INTELLAKTUAL KAPITALNI MAMLAKAT IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIRI VA AHAMIYATI

Maqolada “intellektual kapital” tushunchasi va mamlakatimizda intellektual kapitalning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Xususan, u innovatsion tizimlar uchun intellektual kapitaldan foydalanish zarurligini ta'kidlaydi. O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning intellektual huquqlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar ham alohida ta’kidlandi.

Jahonbek Zokirov , Diyorbek To'libekov

56-61

2024-06-19

THE ROLE OF INTELLECTUAL YOUTH IN THE DEVELOPMENT OF SOCIAL PROCESSES IN THE MODERN WORLD.

This article examines the decisive role of intellectual youth in the formation and management of social processes in the modern world. As agents of change and innovation, young intellectuals play an important role in solving social problems, promoting social justice, promoting cultural diversity and bringing about progressive changes in various sectors of society. By harnessing intellectual curiosity, creativity, and a passion for positive change, intellectual youth have the potential to accelerate social change, influence policy decisions, and inspire collective action toward a more just and sustainable future. This article highlights the importance of intellectual youth in the modern world and the important role they play in social progress and development.

Muxlisa Mavlonova , Sevinch Negmatova

63-66

2024-04-23

INTELLEKTUAL MULK SOHASIDA SUNIY INTELLEKTING O’RNI

Mazkur maqolada intellektual mulk huquqi sohasida sun’iy intellektning o‘rni, dolzarbligi va huquqiy muammolari tahlil qilingan. Muallif sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi natijasida yuzaga kelayotgan mualliflik huquqi, patentlar, savdo belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlariga oid masalalarni ko‘rib chiqqan. Shuningdek, xorijiy tajriba asosida O‘zbekiston qonunchiligi uchun takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi – sun’iy intellekt mahsulotlarini intellektual mulk sifatida huquqiy tartibga solish zaruratini asoslab berishdan iborat.

Marjona Ochilova

5-7

2025-04-07

INTELLEKTUAL KAPITAL KO'RSATKICHLARINI O'LCHASH VA BAHOLASH METODLARI

Ushbu maqola intellektual kapital ko'rsatkichlarini o'lchash va baholash metodlarini tahlil qiladi. Tadqiqotda zamonaviy iqtisodiyotda intellektual aktivlarning ahamiyati va ularni baholashning turli yondashuvlari o'rganiladi. Adabiyotlar tahlili orqali moliyaviy va nomoliyaviy o'lchov metodlari, shuningdek kompleks baholash tizimlarining afzalliklari va kamchiliklari aniqlanadi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, intellektual kapitalni to'liq baholash uchun bir nechta metodlarni birlashtiradigan kompleks yondashuv zarur bo'lib, bu tashkilotlarning raqobatbardoshligini oshirishda muhim rol o'ynaydi.

Feruza Solieva

9-11

2025-06-07

GEOGRAFIK KO'RSATKICHLARNING INTELLEKTUAL MULK OB'EKTLARI TIZIMIDA TUTGAN O'RNI

Geografik ko'rsatkichlar intellektual mulk tizimida muhim rol o'ynaydi, chunki ular mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarning kelib chiqishini aniqlashning asosiy elementlari bo'lishi mumkin. Geografik ma'lumotlardan brendlar, savdo belgilari, ixtirolar va boshqa intellektual mulk ob'ektlarini noqonuniy foydalanish yoki qalbakilashtirishdan himoya qilish uchun foydalanish mumkin. Ushbu maqolada intellektual mulk tizimidagi geografik ko'rsatkichlarning roli, ularning innovatsiyalar, tovarlar va xizmatlarni himoya qilishdagi ahamiyati, shuningdek, geografik belgilar egalari duch keladigan muammolar va muammolar ko'rib chiqiladi. Shuningdek, turli mamlakatlardagi geografik ma'lumotlar to'g'risidagi Qonunchilik va geografik ko'rsatkichlarni himoya qilishga qaratilgan xalqaro shartnomalar tavsiflanadi. Tadqiqot intellektual mulk ob'ektlari tizimida geografik ma'lumotlarni hisobga olishning muhimligini, shuningdek geografik ko'rsatkichlarni samarali himoya qilish uchun xalqaro miqyosda Qonunchilik va hamkorlikni takomillashtirish zarurligini tushunishga imkon beradi.

Rasul Jumambetov

258-262

2024-05-22

"INTELLEKTUAL MULKNI LITSENZIYALASH: AFZALLIKLAR, XAVF-XATARLAR VA HUQUQIY ASOSLAR"

Ushbu maqolada intellektual mulk obyektlarini litsenziyalash orqali tijoratlashtirish masalalari tahlil qilinadi. Litsenziyalashning asosiy turlari, ularning iqtisodiy va huquqiy afzalliklari hamda mavjud kamchiliklari koʻrib chiqiladi. Ayniqsa, O'zbekiston Respublikasidagi amaldagi qonunchilik va xalqaro tajriba asosida Intellektual mulk obyektlaridan samarali foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Muallif Intellektual mulk obyektlarini huquqiy jihatdan to'g'ri litsenziyalash orqali innovatsion faoliyatni rivojlantirish, iqtisodiy samaradorlikka erishish va texnologiyalarni keng tarqatishning dolzarb yo'llarini tahlil qiladi. Maqola so'nggida ushbu mexanizmni yanada takomillashtirish bo’yicha amaliy takliflar berilgan.

Muxlisa Mahmudova

5-7

2025-04-07

AKMEOLOGIK ART-TERAPIYA: 5-SINF TEXNOLOGIYA FANIDA O‘QUVCHILARNING INTELLEKTUAL VA KREATIV QOBILIYATINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada bugungi kunda dolzarb mavzu bo’lgan, 5-sinf texnologiya fanida akmeologik art-terapiya asosida o‘quvchilarning intellektual va kreativ qobiliyatini takomillashtirish jarayonini tahlil qilingan. Maqola, turli ilmiy adabiyotlardan olingan tahlillar va tadqiqotlar asosida o‘quvchilarning kreativ va intellektual rivojlanishini oshirishning ahamiyatini ko‘rsatadi. Maqolaning boshlanishi, akmeologik art-terapiyaning o‘quvchilarning intellektual va kreativ rivojlanishiga qanday ta'sir qilishi mumkinligi haqida og‘zaki sabablar bilan amalga oshirilgan. Texnologiya fanining o‘zining maxsus xususiyatlarini ko‘rib chiqilishi va akmeologik art-terapiyaning 5-sinf texnologiya fanida qanday samarali bo‘lishi haqida tafsilotlar taqdim etilgan.

Muxarram G‘ulomova

113-116

2023-12-12

THE ROLE OF GEOGRAPHIC INDICATORS IN THE SYSTEM OF INTELLECTUAL PROPERTY OBJECTS

Geographical indicators play an important role in the intellectual property system, as they can be key elements in determining the origin of products, goods and services. Geographical information can be used to protect brands, trademarks, inventions and other intellectual property from illegal use or counterfeiting. This article examines the role of geographical indications in the intellectual property system, their importance in protecting innovation, goods and services, as well as the challenges and issues faced by owners of geographical indications. It also describes the Geographical Information Legislation in different countries and international agreements aimed at protecting geographical indications. The study allows to understand the importance of taking into account geographical information in the system of intellectual property objects, as well as the need to improve legislation and cooperation at the international level for the effective protection of geographical indications.

Jumambatov Rasul Jengisbayevich

235-239

2024-04-30

TA’LIM JARAYONIDA SHAXSNING INTELLEKTUAL FAOLLIGINIOSHIRISHDA TANQIDIY TAHLILNING O‘RNI

Mazkur tezisda ta’lim jarayonida shaxsning intellektual faolligini rivojlantirishda tanqidiy tahlilning o‘rni ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Tanqidiy fikrlash va tahliliy yondashuvning o‘quvchilarning mustaqil tafakkuri, muammoli vaziyatlarni hal etish qobiliyati hamda metakognitiv ko‘nikmalarini shakllantirishdagi ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqotda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, xususan, konstruktivizm, Bloom taksonomiyasi va faol o‘qitish metodlarining samaradorligi tahlil qilindi. Natijalar tanqidiy tahlil elementlarini tizimli qo‘llash intellektual faollik ko‘rsatkichlarini sezilarli oshirishini ko‘rsatadi.

Madinabonu Adizova

20-24

2026-02-19

PEDAGOGIKA KOLLEJLARI O'QUVCHILARIDA INTELLEKTUAL MADANIYATNI INNOVATSION USULLARDA TARBIYALASHNING RIVOJLANTIRISH MEXANIZMI

Intellektual madaniyatni rivojlantirish pedagogika kollejlari talabalari uchun
juda muhimdir, chunki u ularni doimiy rivojlanayotgan dunyoda harakat qilish uchun zarur
ko'nikma va fikrlash bilan ta'minlaydi. Ushbu maqolada pedagogika kollejlari talabalari
o'rtasida intellektual madaniyatni innovatsion usullarda rivojlantirish uchun foydalanish
mumkin bo'lgan mexanizmlar ko'rib chiqilgan. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, ijodkorlikni
targ'ib qilish, hamkorlikdagi ta'limdan foydalanish, texnologiyani integratsiya qilish, tadqiqot
va so'rovlarni rag'batlantirish, ustozlik qilish, jamiyat bilan muloqot qilish va uzluksiz kasbiy
rivojlanishga ko'maklashish orqali talabalarga umrbod o'quvchilar va jamiyatga intellektual
hissa qo'shish huquqi berilishi mumkin

Sherzodbek Sultanov

64-66

2023-05-30

LOTIN TILI ALIFBOSI VA UNING FUNKSIYALARI: O'RGANISH UCHUN INTELLEKTUAL YONDASHUVLAR

Ushbu maqolada asosan lotin tilining kelib chiqishi, tibbiyotga oid terminlar  va ularning hozirgi kunda tibbiyotning barcha sohalarida ishlatilishi hamda lotin tili alifbosining tuzilishi va funksiyalari, o'rganish jarayonida intellektual yondashuvlarni qo'llashni ko'rib chiqiladi. Maqolada, Lotin tilining tarixiy yodgorliklari, o'zgaruvchanliklari va o'rganishda qulayliklari o'rganiladi. Undan tashqari, intellektual yondashuvlar va ilmiy metoddan foydalanishning Lotin tili o'rganishni tezlashtirishda o'zgaruvchan roli muhokama qilinadi. O'rganish jarayonida intellektual yondashuvlarni qo'llash, Lotin tilini o'rganuvchilar uchun samarador bo'lishini ta'minlaydi. Bu maqola, til o'rganish sohasida tadqiqotlar olib borayotgan yangi yo'nalishlarga yo'l ochish uchun asosiy axborot manbalaridan foydalanadi.

Laziza Ilxomova , Zarnigor Djalilova

35-40

2023-10-19

INTELLYEKTUAL MULK OBYEKTLARINI BAHOLASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLAR

Ushbu tezis intellektual mulk obyektlarini baholash masalalariga bag‘ishlangan. Muallif tomonidan intellektual mulk obyektlarining xo‘jalik yurituvchi subyektga kelib tushish manbalaridan kelib chiqqan holda ularni baholashning har xil variantlari o‘rganilgan. Intellektual mulk obyektlarining dastlabki qiymatini shakllantiruvchi xarajatlar ro‘yxati tadqiq qilingan..  

Ikram Davletov , Oybek Fayziyev , Rustambek Shakirov

152-156

2023-05-13

INTELLEKTUAL STRATEGIYALARI MULKNI TIJORATLASHTIRISH VA LITSENZIYALASH

Ushbu tezisda intellektual mulkni tijoratlashtirish va litsenziyalash jarayonlarining zamonaviy innovatsion iqtisodiyotdagi strategik ahamiyati keng yoritiladi. Intellektual mulk (IM) — bugungi kunda korxonalar raqobatbardoshligini belgilovchi asosiy resurslardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, texnologiyalar tez yangilanayotgan davrda IMni samarali boshqarish, uni iqtisodiy qiymatga aylantirish, bozorga chiqarish va undan daromad olish mexanizmlarini chuqur o‘rganish zaruriyati ortib bormoqda. Mazkur tadqiqot IMni tijoratlashtirish shakllari, litsenziyalash turlari, ularning huquqiy asoslari hamda korxonalar uchun afzalliklari va xavflari bo‘yicha batafsil tahlilni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, kompaniyalar IM strategiyasini ishlab chiqishda duch keladigan muammolar, ularni hal etish yo‘llari, global tajriba va istiqboldagi tendensiyalar ko‘rib chiqiladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, IMni to‘g‘ri tijoratlashtirish korxonalarga qo‘shimcha daromad, investitsiya jalb qilish, raqobatbardoshlikni oshirish va texnologik ustunlikni shakllantirish imkonini beradi.

Muhibulloh Lutfullayev

15-17

2025-11-27

BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA INTELLEKTUAL KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Mazkur maqolada bo‘lajak pedagoglarning intellektual kompetentligini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalarning ahamiyati yoritilgan. Intellektual kompetentlik tushunchasi, innovatsion yondashuvlar orqali uni rivojlantirish usullari va zamonaviy ta’lim texnologiyalarining o‘rni keng tahlil qilingan. Ushbu yondashuvlar pedagogik jarayonni takomillashtirish va samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Gulasal Saydullayeva

139-141

2025-01-29

MAʼLUMOTLARNI INTELLEKTUAL TAHLILLASHNING KLASSIK MODELLARINI TAHLIL QILISH

Mazkur maqolada maʼlumotlarni intellektual tahlillashning klassik modellarini tahlil qilish qarab chiqilgan. Ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish masalasining umumiy qo‘yiilishi keltirib o‘tilgan va yechish uchun mavjud bo‘lgan usullar tahlil qilingan. Shu bilan bir qatorda xozirda eng ko‘p foydalaniladigan intellektual tahlillash algoritmlari keltirib o‘tilgan.

N.A. Egamberdiyev, M.R. Berdiyev , S.U. Akbarov

13-16

2023-06-17

MA’LUMOTLARNING INTELLEKTUAL TAHLILI TEXNOLOGIYALARINING ZAMONAVIY RIVOJI VA ULARNING AMALIY QO‘LLANILISHI

Mazkur maqolada ma’lumotlarning intellektual tahlili texnologiyalarining hozirgi kundagi rivojlanish holati, ularning asosiy usullari hamda turli sohalarda katta hajmdagi ma’lumotlardan foydali bilimlarni ajratib olishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, muallif tomonidan ma’lumotlarning intellektual tahlilini ta’lim va amaliy sohalarga samarali joriy etish bo‘yicha innovatsion takliflar ilgari suriladi. Ushbu yondashuv raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Akmaljon Uktamov

64-65

2025-12-15

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA INTELLEKTUAL MULK HUQUQLARINI HIMOYA QILISHNING HUQUQIY MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

Mazkur maqolada O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi sharoitida intellektual mulk huquqlarini (IMH) himoya qilishning dolzarb huquqiy muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Milliy qonunchilik bazasi (Fuqarolik kodeksi, maxsus qonunlar) ko‘rib chiqilib, raqamli muhitda yuzaga kelayotgan asosiy qiyinchiliklar, jumladan, internet-piratlik, dasturiy ta’minot va ma’lumotlar bazalarini himoya qilishning o‘ziga xosliklari, elektron tijoratdagi huquqbuzarliklar yoritiladi. Mavjud huquqiy yechimlar, qonunchilikni takomillashtirish istiqbollari hamda xalqaro standartlarga, xususan, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) shartnomalariga moslashish zarurati muhokama qilinadi. Maqola xulosasida raqamli davr talablariga javob beradigan samarali IMH himoyasi tizimini yaratish uchun qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini doimiy ravishda takomillashtirib borish lozimligi ta’kidlanadi.

Ellada Sarsenbaeva

57-60

2025-04-18

INTELLEKTUAL MULK OBYEKTLARI VA ULARNING HUQUQIY MUHOFAZASI ASOSLARI

Mazkur maqolada fuqarolik qonunchiligida belgilangan intellektual mulk obyektlari turlari hamda ularni huquqiy muhofaza qilish asoslari, shuningdek, intellektual mulk obyektlariga vakolatli davlat organi tomonidan huquqiy muhofaza yorlig‘i berilishining tartibi haqida ma’lumotlar bayon etilgan. Mavzuga oid amaliyot va nazariy yondashuvlar tahlil qilingan.

Nuriddin Ashurov , Zinat Xudoyberdiyeva , Iroda Totliboyeva

85-87

2025-05-31

1 - 25 of 432 items 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy