Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

INTERFAOL USULLAR, ULARNING TURLARI VA ULARNI DARS JARAYONIDA QO`LLASHNING SAMARADORLIGI

Ushbu tezisda ta’lim jarayonida interfaol usullardan foydalanishning nazariy asoslari, ularning turlari hamda amaliyotda qoʻllash imkoniyatlari yoritilgan. Interfaol usullar — oʻquvchilarni faol fikrlashga, mustaqil ishlashga va jamoaviy muloqotga jalb etuvchi zamonaviy pedagogik yondashuvlardan biridir. Ishda interfaol metodlarning turlari, jumladan “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Insert”, “Blits-soʻrov”, “Munozara”, “Rol oʻynash” kabi usullar haqida ma’lumot berilgan va ularning dars samaradorligiga ta’siri tahlil qilingan.

Aziza Jonibekova

66-68

2025-08-31

MATEMATIKA FANINI O’QITISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH VA ULARNING AHAMIYATI

Mazkur  maqolada matematika darslarida o‘qitishning interfaol usullaridan foydalanish jarayoni o‘rganiladi. Takidlash lozimki, matematika o`qituvchisi o`quv jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi. Interfaol usullar sizga murakkab elektron va murakkab vositalarning yo'qligi sababli mashg'ulotlarni tezroq, hissiy ko'tarilish bilan o'tkazishga imkon beradi. Interfaol ta’lim ham bilim sifatini oshirishga, ham o‘quvchilarning samaradorligini, fanga qiziqishini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Talabalar olingan bilimlarni yangi vaziyatlarda qo'llashni o'rganadilar, ulardan amalda foydalanishni va mustaqil ravishda chiqarib olishni o'rganadilar. Ular muloqot qilishni, do'stlashishni, mehr-oqibatli bo'lishni, bir-birlariga e'tiborli bo'lishni o'rganadilar - bu ham ta'lim sohasidagi hamkorlikning natijasidir.

Muxiddin Azimov

14-18

2023-06-08

GEOGRAFIYA FANINI O'QITISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH

Bu maqolada geografiya fanini o'qitishda interfaol usullarni ta'riflash va ularning talabalarga o'rgatishda qiziqarli va samaradorli qilish imkoni ko'rsatib o'tildi. Bu usullar orasida interaktiv darslar, virtual ekskursiyalar, ilmiy tadqiqotlarga qatnashish, geografiya o'yinlari va proyektlar kabi turli usullar keltirildi. Bu usullar talabalarning o'rganishni qiziqishlarini oshiradi, ularning qobiliyatlarini rivojlantiradi va geografiya bilimini amaliyotga o'tkazishga imkon beradi.

Salima Esbergenova

39-40

2023-09-16

INTERFAOL TA’LIM MOHIYATI

Ushbu maqolada hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari, o‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga xizmat qilishi, bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashda alohida o‘rin tutuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilishi haqida ma’lumot berib o‘tilgan. Interfaol metodlar deganda, ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar tushuniladi.  Interfaol usullar o‘quvchini o‘quv-tarbiya jarayonining chinakam subyektiga aylantirib, uni mustaqil fikrlashga o‘rgatadi. Bu usullar o‘quvchilarning fikrini uyg‘otadi, ular ta’lim kechimining obyekti sifatida o‘zlari o‘qibgina qolmay, bu jarayonning ijrochilari sifatida bir-birlarini o‘qitish va tarbiyalash bilan ham shug‘ullanishadi.

Ahmadjon Elmurodov

128-132

2023-04-12

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING O‘QISH FANLARIDA TINGLAB TUSHUNISH KO‘NIKMALARINI INTERFAOL USULLAR ORQALI RIVOJLANTIRISH

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish fanlarida tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish masalasi interfaol usullar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda tinglab tushunish kompetensiyasining mazmun-mohiyati, uning o‘quvchilarning nutqiy va kognitiv rivojlanishidagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan asoslanadi. Shuningdek, “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Insert”, “Rolli o‘yin”, “Savol-javob”, “Baliq skeleti” kabi interfaol metodlarning tinglab anglash jarayoniga ta’siri yoritiladi. Maqolada interfaol yondashuv asosida tashkil etilgan darslar o‘quvchilarning faolligini oshirishi, matn mazmunini chuqurroq anglashiga xizmat qilishi hamda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishiga doir ilmiy xulosalar beriladi. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’lim amaliyotida samarali metodik tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Gulsara Tursunmurodova

155-157

2026-02-19

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA DARSLARINI INTERFAOL USULLAR YORDAMIDA TASHKIL QILISH

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf oquvchilariga darslarini interfaol usullar yordamida tashkil qilish, bunda o‘qituvchilarga qo‘yiladigan talablar haqida so‘z yurtildi.

Utkirbek Babaniyazov

47-49

2024-08-29

KIMYO DARSLARIDA INTERFAOL METODDAN FOYDALANISH

Ushbu maqola kimyo darslarida interfaol metodlardan foydalanishning samarali usullari va ularning ta'lim jarayonidagi ahamiyatini yoritadi. Maqolada interfaol usullar orqali o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishi va faolligi oshishi, tanqidiy fikrlash va mustaqil o‘rganish ko‘nikmalari va laboratoriya ishlari, guruhda hamkorlik, virtual laboratoriyalar va boshqa innovatsion pedagogik texnologiyalar yordamida kimyo fanini chuqurroq va amaliy tarzda o‘rgatish imkoniyatlarini beradi .

Lobar Normurodova

7-11

2025-07-08

OLIY TA’LIM TALABALARINING MATEMATIK QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA INTERFAOL USULLAR

Mazkur maqolada oliy ta'lim muassasalarida talabalarning matematik qobiliyatini rivojlantirishda interfaol usullarning ahamiyati ko'rib chiqiladi. Matematika fani talabalarning mantiqiy fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirishda asosiy rol o'ynaydi, bu esa kelajakdagi kasbiy muvaffaqiyat uchun muhimdir. An'anaviy o'qitish usullaridan farqli o'laroq, interfaol usullar talabalarning dars jarayonida faol ishtirokini ta'minlaydi, ularni mustaqil fikrlashga, ijodiy yondashishga va jamoaviy ishga jalb qiladi. Maqolada interfaol usullarning mohiyati, afzalliklari va ularni qo'llashdagi qiyinchiliklar tahlil qilinadi.

Azizbek Uzoqbayev

99-101

2025-04-16

DASTURLASH TILLARIDA “LOYIHALASH” BO‘LIMINI INTERFAOL TA'LIM METODLARI YORDAMIDA O‘QITISHNI VIZUALLASHTISH

Ushbu maqolada dasturlash tillarida "Loyihalash" bo‘limini interfaol ta’lim metodlari yordamida vizuallashtirish o‘quvchilarning muhimligi tahlil qilinadi. An’anaviy ta’lim usullari ko‘pincha nazariyaga asoslangan bo‘lib, o‘quvchilarning amaliy tushunchalarini shakllantirishda yetarlicha samarali bo‘lmasligi mumkin. Shu sababli, interfaol ta’lim metodlarini qo‘llash orqali mavzuni chuqurroq tushunishiga va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga erishish mumkin.Maqolada vizuallashtirishning turli usullari – blok-sxemalar, algoritmlarni grafik tasvirlash, simulyatsiyalar, o‘yinlar, jamoaviy loyihalar va interaktiv platformalar haqida so‘z yuritiladi. Ushbu usullar o‘quvchilarga kod yozish jarayonini grafik ko‘rinishda tushunish, tizimli yondashuvni shakllantirish hamda dasturiy ta’minot yaratish jarayonida amaliyotga yaqinlashish imkonini beradi.Shuningdek, maqolada zamonaviy texnologiyalar, masalan, Python Tutor, Visualgo, Scratch, Blockly, hamda VR va AR kabi innovatsion yondashuvlar ta’lim jarayoniga qanday integratsiya qilinishi mumkinligi haqida tavsiyalar beriladi.Natijada, interfaol ta’lim metodlarini qo‘llash o‘quvchilarning qiziqishini oshirish, mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirish va dasturlash bo‘yicha amaliy tajriba orttirish imkoniyatini yaratadi.

Kumushbibi Ashurova , Malika Nurullayeva, Muxiba Yaxiyaxonova

151-156

2025-05-12

PSYCHOLOGICAL APPROACH TO THE USE OF INTERACTIVE METHODS IN FORMING FREE THINKING IN PRESCHOOL STUDENTS

This article explores the role of interactive methods and the importance of a psychological approach in developing free-thinking skills among preschool children. The study analyzes factors influencing the formation of independent thinking and examines the effectiveness of interactive methods based on scientific research. The findings indicate that interactive methods play a significant role in fostering creative thinking in children.

Nigora Botirova

86-88

2025-03-14

MAKTAB O`QUVCHILARI UCHUN TEXNOLOGIYA DARSLARINI TASHKIL ETISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH HAMDA DIDAKTIK TAMOYILLARI

Ushbu maqolada maktab o`quvchilari uchun texnologiya darslarini tashkil etishda interfaol metodlardan foydalanish hamda didaktik tamoyillari mavzusida so`z yuritiladi. Interfaol metodlar ta`lim berish darajonini sifatli tashkil qilishga yordam beruvchi usullardan biri hisoblanadi. Hozirgi davrda interfaol metodlardan foydalanmasdan dars o`tish dars jarayoniga salbiy tasir etish hususiyatiga ega. Didaktik tamoyillar o‘quvchilarni aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirishga xizmat qiluvchi usullar, u bilan hamkorlik qilish, uni o‘qish va o‘rganishga yo‘naltirish, o‘quvchi shaxsi faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish borasida so‘z yuritilgan.

Surayyo Saidqulova

103-105

2023-04-30

O‘RTA MAKTABLARDA INGLIZ TILINI O‘QITISHDA INTERFAOL USULLAR

Ushbu maqola o‘rta maktablarda ingliz tilini o‘qitishda interfaol metodlarning ahamiyati va samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada interfaol metodlar orqali o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini rivojlantirish, darslarda faollik va motivatsiyani oshirish, hamda kommunikativ kompetensiyani mustahkamlash masalalari tahlil qilinadi. Shu bilan birga, guruh ishlari, juftlik ishlari, o‘yinlar, rolli mashqlar, loyiha asosida o‘qitish va texnologiyalarni qo‘llashning samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari interfaol metodlarning o‘quv jarayonini qiziqarli, mazmunli va samarali qilishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Shoira Xaydarova , Nargiza O`rolova

102-106

2025-12-29

THE ESSENCE OF INTERACTIVE COMMUNICATION AND ITS SIGNIFICANCE IN EDUCATION

This article comprehensively analyzes the theoretical and methodological foundations of interactive communication, its role in the educational process and its impact on the student's personality. Based on the theories of Vygotsky, Bakhtin and Brunner, the dialogic, empathetic and intersubjective features of interactive communication are highlighted. On the example of interactive models specific to educational sciences, especially in primary education, the intellectual, educational and communicative functions of communication are revealed. At the same time, methods of organizing effective communication through digital platforms and its importance in forming communicative culture, empathy, leadership, social responsibility and the ability to express personal thoughts in students are substantiated.

Eshonkulova Muattar Tojiboevna

7-14

2025-09-05

ZAMONAVIY OʻQITISH SHAKLLARI VA USLUBLARI

Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan o‘qitish shakllari va uslublari chuqur tahlil qilinadi. Maqolada, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish va o‘quvchilarning ta’limdagi faolligini oshirish uchun qo‘llaniladigan metodlar, interfaol ta’lim yondashuvlari va innovatsion pedagogik texnologiyalar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda ta’limda texnologiyalarning joriy etilishi, yangi metodlarning samaradorligi va o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdagi roli tahlil etiladi. Shuningdek, maqolada zamonaviy o‘qitish shakllarining ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarni hayotiy ko‘nikmalarga ega qilish va o‘quv jarayonini yanada interfaol va motivatsion qilishdagi ahamiyati muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, zamonaviy pedagogik usullar va texnologiyalar o‘quvchilarning bilim darajasi va mustaqil ishlash qobiliyatini sezilarli darajada oshirishga yordam beradi.

Nodir Elmurodov, Muxiba Yaxiyaxonova

124-127

2025-05-12

KOMPYUTER GRAFIKASI BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI

Ushbu maqolada kompyuter grafikasi bo‘limini o‘qitish metodikasi hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlarning samaradorligi tahlil qilinadi. Kompyuter grafikasi nafaqat texnik mutaxassislar, balki dizaynerlar va boshqa soha vakillari uchun ham muhim fan hisoblanadi. Shuning uchun uni o‘qitishda interfaol metodlardan samarali foydalanish talabalar bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqolada guruhda ishlash, simulyatsiyalar, muammo asosida o‘qitish (PBL), aralash ta’lim (Blended Learning), aylanma dars (Flipped Classroom) kabi metodlarning o‘quv jarayoniga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, interfaol usullar o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirib, mavzuni chuqurroq o‘zlashtirishiga yordam beradi.

Gullola Bo‘riyeva , Malika Nurullayeva , Muxiba Yaxiyaxonova

30-35

2025-05-13

ZAMONAVIY KOMPYUTERLAR BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI

Ushbu maqolada zamonaviy kompyuterlar bo‘limini o‘qitish metodikasi tahlil qilinadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi ta’lim tizimida yangi pedagogik yondashuvlarni talab etmoqda. Maqolada kompyuter texnologiyalarini o‘qitish jarayonida zamonaviy metod va vositalardan foydalanish, interfaol usullar, amaliy mashg‘ulotlar hamda talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish usullari ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, zamonaviy dasturiy va texnik vositalar yordamida o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, innovatsion texnologiyalar va interfaol o‘qitish metodlari qo‘llanilishi ta’lim sifati va talabalarning bilim darajasini oshirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

Aziza Raximova, Madadjon O‘ktamov

31-34

2025-03-10

QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHDA INTERFAOL USULLARNING SAMARADORLIGI

Tashqi ijtimoiy muhit ta`sirlariga berilishi, ijtimoiy-axloqiy me`yor va qoidalarini o`zlashtirishga moyilliklari, o`zlashtirganlik darajalarini ifodalovchi jarayon, interfaol o`qitish “ta`lim jarayonining asosiy ishtirokchilari – o`qituvchi, o`quvchi va o`quvchilar guruhi o`rtasida yuzaga keladigan hamkorlik, shuningdek, o`qituvchi ta`lim jarayonida interfaol ta`lim yordamida o`quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik, o`z-o`zini nazorat, o`z-o`zini boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil hamda tanqidiy fikrlash, muqobil takliflarni ilgari surish, fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish, o`z nuqtai nazarlarini himoya qilish, muammoning yechimini topishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirish haqida so‘z boradi.

Dilnoza Kuchkarova , Abduqunduz Xalimjanov

51-53

2025-10-31

BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI

Ushbu maqolada matematika ta'limida interfaol usullardan foydalanish samaradorligini ko'rib, xususan, ushbu yondashuvlarni sinfga kiritishning afzalliklari va strategiyalariga hamda Interfaol usullar tushunchasini tushunishdan tortib, amalga oshirish uchun mavjud bo'lgan turli xil vositalar, platformalarni o'rganish, dinamik, samarali matematika o'rganish muhitini shakllantirishda interfaol o'qitish usullarini qo'llashning ahamiyati haqida fikr yuritilgan.

Ulzada Umirbaeva

4-6

2024-04-01

UMUMIY O‘RTA TA’LIMDA TARBIYA FANINI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH

Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tarbiya fanini o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish masalasi yoritilgan. Interfaol metodlar o‘quvchilarning dars jarayonida faolligini oshirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va ta’lim samaradorligini yuksaltirishga xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada interfaol metodlarning afzalliklari, qo‘llanilishi va ular orqali tarbiya fanini o‘qitish samaradorligini oshirish yo‘llari tahlil qilinadi. Misol tariqasida, bahs-munozaralar, rolli o‘yinlar va guruhlarda ishlash kabi usullar batafsil tahlil qilinadi.

Janat Uzaqbaeva

19-21

2025-03-11

O‘QUVCHILARDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING SAMARALI PEDAGOGIK USULLARI

Ushbu maqola zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirishning samarali pedagogik usullarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada ekologik madaniyat tushunchasi, uning tarkibiy komponentlari - bilim, qiziqish, amaliy ko‘nikmalar va xulq-atvor, ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida interfaol darslar, loyihaviy faoliyat, ekologik ekskursiyalar, ko‘rgazmali materiallardan foydalanish, amaliy ekologik ishlar, musobaqalar va zamonaviy texnologik metodlar kabi samarali pedagogik usullar aniqlangan. Ushbu usullar o‘quvchilarda ekologik ongni rivojlantirish, tabiatga hurmat va mas’uliyatni shakllantirishga yordam beradi. Maqola pedagoglar uchun maktab va boshqa ta’lim muassasalarida ekologik madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni ham taqdim etadi.

Jasurbek Arslonov

52-55

2026-01-19

BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA MIQDORLARNI O'QITISHDA AMALIYOTGA YO'NALTIRILGAN YONDASHUVLAR

Ushbu maqolada boshlang'ich sinf matematika darslarida miqdorlarni o‘qitishning zamonaviy metodlari, amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuvlarning o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Maqolada miqdorlarni o‘qitish jarayonida real hayotiy misollar, didaktik o‘yinlar va interfaol mashg‘ulotlardan foydalanish yo‘llari atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, o‘lchov birliklari, vaqt, pul va massa kabi miqdorlarni o‘rgatishda qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalar va pedagogik usullar keltirilgan.

Sevinch Ikromova

22-24

2025-08-11

BOSHLANG’İCH SİNFLARDA İNGLİZ TİLİNİ O'RGATİSHDA DİDAKTİK O'YİNLARNİNG AHAMİYATİ

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o'qivchilariga ingliz tilini foydali pedagogik metodlar, interfaol usullar va ularning yoshidan hamda salohiyatidan kelib chiqgan holda o'qituvchi tomonidan tayyorlanadigan interaktiv metodlarning o'quvchilariga ta'siri yoritiladi.

Gulizoda Ziyod qizi Mo’minova , Mo’minova Gulizoda Ziyod qizi

29-31

2022-03-01

WEB-DIZAYN ASOSLARI BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI

Ushbu maqolada "Web-dizayn asoslari" bo‘limini o‘qitish metodikasi yoritiladi. Zamonaviy ta’lim jarayonida web-dizayn bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bu soha axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq holda keng qo‘llanilmoqda. Maqolada web-dizayn asoslarini samarali o‘rgatish uchun innovatsion pedagogik texnologiyalar, interfaol usullar va zamonaviy dasturiy vositalardan foydalanish tavsiya etiladi. Web-dizaynni o‘qitishda vizual yondashuv, amaliy mashg‘ulotlar va loyiha asosida o‘qitish metodlari muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlanadi. Shuningdek, talabalarni mustaqil ijodiy ishlarga jalb qilish, ularning tanqidiy va mantiqiy fikrlashini rivojlantirish usullari ham ko‘rib chiqiladi. Maqolada ta’lim jarayonida HTML, CSS va JavaScript kabi asosiy texnologiyalarni o‘rgatish bosqichlari yoritilib, web-dizayn bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etishning optimal usullari tavsiflanadi. Xulosa qismida esa samarali o‘qitish uslublari va ularning o‘quvchilarning web-dizayn bo‘yicha bilim va ko‘nikmalariga ta’siri haqida fikrlar keltirilgan.

Jamshid Chorshanbiyev , Malika Nurullayeva , Muxiba Yaxiyaxonova

141-145

2025-05-12

ONA TILI DARSLARIDA KREATIV KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada ona tili darslarida o‘quvchilarning kreativ ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir muhim jihatlar tahlil qilinadi. Kreativ tafakkurni shakllantirishga xizmat qiluvchi innovatsion metodlar, interfaol usullar va ijodiy topshiriqlarning samaradorligi yoritiladi. Shuningdek, dars jarayonida muhit yaratish, o‘quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga undash hamda lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqiladi. Maqola boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi va zamonaviy pedagogik yondashuvlarning ahamiyatini ochib beradi.

O’rolboy Qulmo’minov

92-95

2025-02-10

KLINIK MAShG‘ULOTLARDA INNVATSION TEXNOLOGIYANING O‘RNI VA AHAMIYATI

innovatsion pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o‘quv jarayoniga kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining tez almashinuvi va takomillashuvi jarayonida har bir pedagog-o‘qituvchi o‘z kasbiy tayyorgarligini, pedagogik mahoratini rivojlantirib borishini talab etadi. Mavzuni o‘qitish jarayonida innovatsion texnologiya usullaridan: interfaol usullar va grafikli organayzerlar uslublarini qo‘llash va tadbiq etish, ular kasbiy bilimlarni berishga, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish samarasi va sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, ularning mustaqil fikrlashi, dalillarga asoslangan tibbiyot asosida ma’lumotlarni tahlil qilishi, o‘zini tanqidiy baholash qobiliyatlarini rivojlantirishi taklif etilgan.

Sh.A. Kodirova, G.B. Mustaeva, G.B. Mustaeva

73-76

2024-05-31

1 - 25 of 67 items 1 2 3 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy