Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning psixofiziologik rivojlanishi, uning xususiyatlari va asosiy omillari tahlil qilinadi. Maktabgacha yosh — inson rivojlanishida eng muhim davr bo‘lib, bu davrda bolaning jismoniy, aqliy, hissiy va ijtimoiy jihatdan shakllanishi boshlandi. Maqolada bolaning nevrologik va psixologik rivojlanishi, sezgi va idrok qobiliyatlari, til va nutq rivoji, ijtimoiy ko‘nikmalarining shakllanishi, shuningdek, maktabgacha ta’limning ushbu jarayondagi roli keng yoritiladi. Shu bilan birga, bolalarning psixofiziologik rivojlanishini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash metodlari ham tahlil qilinadi. Maqola maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglari, ota-onalar va psixologlar uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.