Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

Maktabgacha yosh – bu bolaning bilim jarayonlari rivojlanishining asosiy yoshi. Maktabgacha yoshdagi bolaning tafakkuri vizual – samarali  (go‘daklik davrida) vizual – obrazli rivojlanadi. Bu bolaga ob’ektlar va ularning xususiyatlari o‘rtasida aloqa o‘rnatishga imkon beradi. Bu yosh xotiraning rivojlanishi bilan tavsiflanadi, u idrokdan tobora ko‘proq ajralib turadi. Maktabgacha yosh – bu bolaning bilim jarayonlari rivojlanishining asosiy yoshi. Maktabgacha yoshdagi bolaning tafakkuri vizual – samarali  (go‘daklik davrida) vizual – obrazli rivojlanadi. Bu bolaga ob’ektlar va ularning xususiyatlari o‘rtasida aloqa o‘rnatishga imkon beradi. Bu yosh xotiraning rivojlanishi bilan tavsiflanadi, u idrokdan tobora ko‘proq ajralib turadi.

Farxod Egamberdiyev, Ruxshona Islomova

14-16

2025-06-12

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MATEMATIK TASAVVURLAR RIVOJLANISHINING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlar rivojlanishining psixologik-pedagogik xususiyatlari, hamda 3–7 yoshli bolalarning umumiy psixologik rivojlanish bosqichlari haqida fikr yuritilgan.

N.O. Saidova, N. Mashrapova

15-16

2025-11-30

MAKTABGACHA YOSHDA PSIXOFIZIOLOGIK RIVOJLANISH TAVSIFI

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning psixofiziologik rivojlanishi, uning xususiyatlari va asosiy omillari tahlil qilinadi. Maktabgacha yosh — inson rivojlanishida eng muhim davr bo‘lib, bu davrda bolaning jismoniy, aqliy, hissiy va ijtimoiy jihatdan shakllanishi boshlandi. Maqolada bolaning nevrologik va psixologik rivojlanishi, sezgi va idrok qobiliyatlari, til va nutq rivoji, ijtimoiy ko‘nikmalarining shakllanishi, shuningdek, maktabgacha ta’limning ushbu jarayondagi roli keng yoritiladi. Shu bilan birga, bolalarning psixofiziologik rivojlanishini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash metodlari ham tahlil qilinadi. Maqola maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglari, ota-onalar va psixologlar uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Oʻgʻiloy Amanullayeva, Bobur Sattorov

49-51

2025-11-24

MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA PSIXOFIZIOLOGIK TARAQQIYOTNING UMUMIY TAVSIFI. 7 YOSH INQIROZI, UNING SABABLARI VA ALOMATLARI

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning psixofiziologik rivojlanishi va 7 yosh inqirozining sabablari, belgilari hamda bu davrdagi tarbiya jarayonining ahamiyati haqida so‘z boradi. Bolaning mustaqillikka intilishi, o‘z-o‘zini anglay boshlashi va emotsional o‘zgarishlar asosiy e’tiborga olingan.

M. Latipova , M. Ovlakulova , K. Ismoilova

107-109

2025-05-26

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MADANIY IDENTIFIKATSIYA ORQALI IJTIMOIY KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH

Mazkur tezisda maktabgacha yoshdagi bolalarda madaniy identifikatsiyaning shakllanishi hamda uning ijtimoiylashuv va ijtimoiy ko‘nikmalar rivojidagi o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqotda identifikatsiyaning shaxsiy, ijtimoiy, madaniy hamda milliy-etnik komponentlari ochib berilib, ularning 5–7 yosh davrida namoyon bo‘lish xususiyatlari yoritilgan. Madaniy identifikatsiyaning ijtimoiylashuv jarayoni bilan uzviy bog‘liqligi, bolaning o‘zini muayyan madaniy va ijtimoiy guruh a’zosi sifatida anglashida tutgan o‘rni asoslab berilgan. Shuningdek, oila va maktabgacha ta’lim muassasalarining madaniy identifikatsiyani shakllantirishdagi ahamiyati hamda ushbu jarayon orqali bolalarda muloqot, hamkorlik, murosa, empatiya kabi ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tezisda madaniy identifikatsiyaga asoslangan tarbiyaviy faoliyat maktabgacha yoshdagi bolalarning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvi uchun muhim pedagogik-psixologik omil ekanligi xulosalanadi.

Sitora Yarashova

86-91

2025-12-16

O‘YIN - MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLANING YETAKCHI FAOLIYATI SIFATIDA, YOSH INQIROZI, UNING SABABLARI VA ALOMATLARI

Ushbu maqolada o‘yin faoliyatining maktabgacha yoshdagi bolalar hayotidagi o‘rni, uning shaxs shakllanishiga ta’siri hamda yosh inqirozlarining sabablari va belgilari yoritilgan. Shuningdek, bolaning psixik rivojlanishida o‘yinning ahamiyati va tarbiyaviy imkoniyatlari haqida so‘z yuritiladi.

Ruxshona Yaxyoqulova , Olimjon Ozodqulov

127-129

2025-11-30

MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTIDA TARBIYALANAYOTGAN TARBIYALANUVCHILARNI (5-6-YOSHLI BOLALAR) VA ULARDA MA’NAVIY-AXLOQIY SIFATLARNI SHAKLLANTIRISHNING ZARURIYATI

Ushbu maqola boʻlajak tarbiyachilar va yosh ota- onalarga farzandini, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni axloqiy sifatini oshirish, yosh xususiyatlari va yosh davrlari boʻyicha ta'lim- tarbiya berish uchun dasturi amal boʻladi. Tarbiyachilar uchun asosiy tayanch manbaga aylanadi deb umid qilamiz.

Gulzira To'ychiyeva

141-144

2023-01-13

MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA TIL VA NUTQ TUSHUNCHALARI

Insoniyat paydo bo‘libdiki, o‘z hatti-harakatlarini imo-ishoralar, belgilar orqali tushuntirgan. Rivojlanish bosqichlari natijasida, insoniyat gapirish, tushunish, yozish, o‘qish kabi layoqatlarga ega bo‘lgan. Aynan nutq, inson miyasi rivoji uchun o‘zining salmoqli hissasini qo‘shgan. So‘z boyligining ko‘pligi esa nutqning teranligini ta’minlovchi vositadir. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘z ona tili hamda xorijiy tillarni bilishi, uning aqliy rivoji uchun qay darajada ta’sir etishi mumkinligi hamda maktabgacha yosh davri bir necha tillar uchun eng qulay davr ekani haqida bayon etilgan.

Zilola Mirkasimova

16-17

2022-12-08

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING IJTIMOIY RIVOJLANISHIDA PSIXOLOGIK OMILLARNING AHAMIYATI

ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy rivojlanishida psixologik omillarning o‘rni va ahamiyati tahlil etiladi. Bolaning shaxs sifatida shakllanishida emotsional muhit, muloqot, o‘yin faoliyati, kattalar va tengdoshlar bilan o‘zaro munosabatlarning psixologik jihatlari yoritib beriladi. Tadqiqot davomida ijtimoiylashuv jarayoniga ta’sir etuvchi asosiy psixologik omillar ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan.

Zarnigor Kamolova

118-120

2026-01-16

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR PSIXOLOGIYASI VA UNI O‘RGANILGANLIK HOLATI

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasini o'rganilganlik holati va ularga keraklicha tavsiyalar borasida fikr yuritiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi va ularning o'rganilganlik sabablari o'rganilib tahlil qilingan va bartaraf etish yo'llari haqida ma'lumotlar berilgan.

Nishona Yuldashova , Sabina Ismoilova

44-47

2022-10-04

MAKTABGACHA YOSH DAVRI BOLALARINI MAKTABGA TAYYORLASHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI

Ushbu maqolada maktabgacha yosh davri bolalarini maktab ta’limiga tayyorlash jarayonining psixologik jihatlari ilmiy-nazariy asosda tahlil qilinadi. Maktabga psixologik tayyorlik tushunchasining mazmuni ochib berilib, bolaning intellektual rivojlanishi, hissiy-irodaviy barqarorligi hamda ijtimoiy moslashuv darajasi maktab ta’limidagi muvaffaqiyatning muhim omillari sifatida asoslab beriladi.

Dildora Quramboyeva

71-74

2026-01-19

MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA PSIXOFIZIOLOGIK TARAQQIYOTNING UMUMIY TAVSIFI

Ushbu maqolada maktabgacha yosh davri bolalarining psixofiziologik rivojlanish jarayonlari, ularning jismoniy, ruhiy, bilish va emotsional - ijtimoy ko‘nikmalarining shakllanishi haqida umumiy ilmiy tavsif beriladi. Tadqiqotda ushbu yoshda bolalarning sezgi va idrok, tafakkur, xotira, nutq, harakat hamda shaxslararo munosabatlar rivojlanishining asosiy xususiyatlari yoritiladi.

Behruz Xudayberdiyev, Olimjon Ozodqulov

125-126

2025-11-30

MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

Maktabgacha yosh davri bolaning psixik rivojlanishida muhim bosqich hisoblanadi. Ushbu davrda kognitiv, emotsional, ijtimoiy va nutqiy rivojlanish jarayonlari jadallashadi. Bolalar tafakkuri konkret-obrazli shaklda bo‘lib, xotira, diqqat va tasavvur kabi psixik jarayonlar shakllanadi hamda takomillashadi. Emotsional holatlar va ijtimoiy munosabatlar rivojlanib, bola kattalar va tengdoshlar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarini o‘zlashtiradi. Mazkur bosqichdagi psixik rivojlanish xususiyatlarini o‘rganish pedagog va psixologlar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, tarbiyaviy jarayonni samarali tashkil etishga yordam beradi.

Ulug‘bek Shomurotov , Nurbek Ishxujayev , Nodirbek Bekbo‘tayev

80-81

2025-03-17

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR IJTIMOIYLASHUVIGA BO‘LGAN YONDASHUVLAR

Mazkur tezisda maktabgacha yoshdagi bolalar ijtimoiylashuvi jarayonida oilaning va milliy qadriyatlarning o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda bolalarda ijtimoiy me’yorlar, axloqiy fazilatlar va muloqot ko‘nikmalarining shakllanishida oilaviy muhitning ahamiyati yoritilgan. Sharq mutafakkirlari merosida tarbiya va ijtimoiylashuv masalasiga berilgan yondashuvlar asosida o‘zbek oilasiga xos qadriyatlarning bolalar shaxsiy va ijtimoiy rivojiga ta’siri ochib berilgan. Tezisda maktabgacha yosh davri bolaning jamiyatga moslashuvi va shaxs sifatida shakllanishida muhim bosqich ekani asoslab beriladi.

Sitora Yarashova

142-144

2025-12-16

MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNING ESTETIK RIVOJLANTIRISH

Maqolada maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalarning estetik rivojlanishidagi o‘ziga xos xususiyatlar o‘rganilgan. Bilamizki, jamiyatimiz va davlatimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biri inson to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, yosh avlodni yetuk shaxs, zamonamiz talablariga javob beradigan, bilimdon, yuksak ma’naviyatli, e’tiqodi mustahkam, irodasi kuchli, xalq, Vatan uchun jon kuydiradigan komil inson qilib tarbiyalash va voyaga yetkazishdir.

Lazzat Ilesova

67-70

2023-04-26

MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNING YOSH DAVRLARI VA O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Maqolada Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning rivojlanish yoshi va o’ziga xos xususiyatlarinig ahamiyati yoritilgan. Bunda Maqolada Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning rivojlanish yoshi va o’ziga xos xususiyatlar haqida muhum tavsiyalar berilgan.

Shaxlo Kamardinova

289-293

2022-06-06

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING YOSH VA INDIVIDUAL XUSUSIYATLARINI HISOBGA OLGAN HOLDA KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh va individual psixologik xususiyatlari ochib beriladi. Shuningdek, bolalarning kommunikativ kompetentsiyasini rivojlantirishning nazariy asoslari bayon qilinadi.

Roziya O'ralova

21-24

2024-02-08

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA VATANPARVARLIK TUYG‘USINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI.

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimida vatanparvarlik tarbiyasining mazmuni, maqsadi va nazariy asoslari tahlil qilinadi. Bolalarda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur, tarixiy merosga hurmat va fuqarolik mas’uliyatini shakllantirishning pedagogik va psixologik yo‘llari yoritilgan. Tadqiqotda vatanparvarlik tarbiyasining zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni, o‘qituvchi va tarbiyachilarning roli hamda ta’lim jarayonida milliy qadriyatlarga asoslangan yondashuvlarning ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh va psixologik xususiyatlariga mos metodlar orqali ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan

Madina Husainova

17-21

2026-01-08

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA EKOLOGIK ETIKA(AXLOQ) TUYG’USINI SHAKLLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI

Ilmiy maqola maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiatga nisbatan axloqiy sifatlarni shakllantirish bilan bog'liq jihatlarni tahlil qilishga bag'ishlangan. Maqolada maktabgacha yosh davrida tabiatga nisbatan ongli xulq-atvorni rivojlantirishning asosiy jihatlar ko'rib chiqiladi. Tadqiqot zamonaviy adabiyotlar va empirik ma'lumotlarni ko'rib chiqish, shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida   pedagogik amaliyotni joriy etish tajribasiga asoslangan.

Matluba Suyunova

146-150

2025-04-21

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA TARBIYALANUVCHILARNI IJTIMOIYLASHTIRISH JARAYONIDA JAMIYATDAGI QADRIYATLAR, XULQ-ATVORLARNI SHAKLLANTIRISH YOʻLLARI

Mazkur tezisda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning ijtimoiylashuvi jarayonida jamiyatdagi milliy qadriyatlar va xulq-atvor normalarini shakllantirishning samarali yo‘llari haqida  yoritilgan. Bugungi globallashuv  zamonda yosh avlodni milliy va umuminsoniy  urf- odat va qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash dolzarb masala hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, ta’lim-tarbiya jarayonida   birinchi oʻrinda oilaning, maktabgacha ta’lim muassasasining hamda jamiyatning hamkorligi muhim o‘rin tutadi.

Matluba Xursanova

140-141

2025-10-20

MAKTABGACHA TA'LIM YOSHIDAGI BOLALARDA TABIATSHUNOSLIK TUSHUNCHALARINI HOSIL QILISHNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda tabiatshunoslik tushunchalarini hosil qilish, ularning intellektual, emosional va ijtimoiy rivojlanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omil hamda vositalar ochib beragan. Yosh avlodni tarbiyalashda tabiatshunoslik tushunchalari ularning atrof muhitdagi sodir bo‘ladigan hodisa va voqealar asosida shakllanishi muhim ahamiyat kasb etish haqida so‘z boradi.

G`ulom Sayfullayev, Sarvinoz Nabiyeva

78-82

2025-02-28

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA VA OILADA JISMONIY TARBIYALASH NAZARIYASINING MAQSAD VA VAZIFALARI

Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi bu –bola jismoniy
tarbiyasi shakllanishining umumiy qonuniyatlaridan saboq beruvchi fandir. Maktabgacha
yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi jismoniy tarbiyaning umumiy nazariyasi
bilan yagona mazmunga va o‘rganish predmetiga ega, ayni paytda u 7 yoshgacha bo‘lgan
bolalar jismoniy tarbiyasi qonuniyatlarini va shunga muvofiq bolaning ta’lim va tarbiya
jarayonidagi rivojlanishini boshqarishning umumiy qonuniyatlarini maxsus o‘rganadi. Bolalar
jismoniy tarbiyasi nazariyasi har bir yosh bosqichini o‘rganib, ilmiy ma’lumotlar va amaliy
tajribani umumlashtirib borib, jismoniy tarbiya vazifalarini belgilaydi, ularning mohiyatini,
butun jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etishning juda samarali vositalari va metodlarini,
maqsadga muvofiq shakllarini kompleks ravishda ochib beradi.

Lazzat Ilesova

4-6

2023-05-26

MAKTABGACHA TA'LIM JARAYONLARIDA VATANPARVARLIKNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK AHAMIYATI

mazkur maqolada maktabgacha ta’lim jarayonida bolalarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik ahamiyati ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Vatanparvarlikning mazmun-mohiyati, uning maktabgacha yosh davridagi psixologik xususiyatlar bilan bog‘liqligi, ta’lim-tarbiya jarayoniga integratsiyalash mexanizmlari yoritiladi. Shuningdek, vatanparvarlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar, metod va vositalar tizimi asoslab beriladi. Tadqiqot natijasida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida vatanparvarlikni shakllantirishning integrativ modeli taklif etiladi hamda uning samaradorligi ilmiy xulosalar asosida bayon qilinadi.

Gulhayo Qambarova

52-54

2026-02-12

MAKTABGACHA TA'LIMDA ZAMONAVIY YONDASHUVLARNI AMALGA OSHIRISHNING SHART-SHAROITLARI

oʻtgan davr mobaynida mamlakatimizda oʻsib borayotgan yosh avlodni sogʻlom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, taʼlim-tarbiya jarayoniga samarali taʼlim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha taʼlimning samarali tizimini tashkil etish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilib kelmoqda. Ushbu maqolada, maktabgacha ta’limda zamonaviy yondashuvlarni amalga oshirishning ahamiyati va shart-sharoitlari xaqida ma’lumotlar beriladi.

Sharofatxon Djurayeva

101-104

2025-04-28

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA IJTIMOIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH

Ertangi yurt ravnaqi bugungi kun yosh avlodning qay darajada kamol topishiga bog‘liq. Bu mas’uliyatli vazifani hal qilish esa, avvalo ta’lim sohasining dastlabki bosqichi maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanadi. Maktabgacha yosh davri inson shaxsi kamolotining eng muhim davri hisoblanadi.

Munavvarxon Abduraximova

53-54

2024-04-08

1 - 25 of 61 items 1 2 3 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy