Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

“RAQAMLI DAVLAT” STRATEGIYASINI AMALGA OSHIRISHDA MENEJMENT MUAMMOLARI

Ushbu maqola “raqamli davlat” strategiyasini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan menejment muammolarini tahlil qiladi. Tadqiqotda davlat boshqaruvida raqamli transformatsiyaning samaradorligini oshirishga to‘sqinlik qiluvchi omillar: kadrlar malakasi, texnologik infratuzilma, resurslarni taqsimlash va strategik rejalashtirishdagi cheklovlar o‘rganilgan. Shuningdek, muammolarni bartaraf etish uchun innovatsion menejment va strategik yondashuvlarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Dilbar Djalilova

79-82

2025-12-10

O’QUV JARAYONIDA MENEJMENT VA LIDERLIK ROLINI OSHIRISH

Bugungi kunda ta'lim tizimi yangi talab va o'zgarishlarga javob bera olish uchun menejment va liderlik qobiliyatlarini kuchaytirishga ehtiyoj sezmoqda. Asosiy e'tibor menejer va liderlar tomonidan samarali boshqaruv va yetakchilikning o'quv jarayoniga ta'siriga qaratilgan. Ta'lim jarayonida rahbarlik qilish, motivatsiya yaratish, maqsadlar belgilash va natijalarni kuzatishning muhim jihatlari o'rganiladi.Bugungi kunda ta’lim jarayoni yanada samarali va interfaol bo‘lishi uchun menejment va liderlik yondashuvlarini qo‘llash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ta'lim menejmenti o‘quv jarayonida tashkilotchilik va boshqaruvni o‘z ichiga oladi, liderlik esa o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi.

Zulfiqor Turdaliyev

34-36

2024-11-09

O‘QITUVCHI FAOLIYATIDA MENEJMENT TAMOYILLARINING AHAMIYATI

Mazkur tezisda o‘qituvchi faoliyatida menejment tamoyillarining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Ta’lim tizimida o‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki o‘quv jarayonini boshqaruvchi, tashkilotchi va motivator sifatida ham muhim rol o‘ynaydi. Shu boisdan, menejment tamoyillarini — rejalashtirish, tashkil etish, rag‘batlantirish, nazorat va tahlil qilish kabi jarayonlarni o‘qituvchilik faoliyatiga integratsiya qilish ta’lim sifatini oshirishga, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirishga va pedagogik jarayonning samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Sayyora Subhonova

124-126

2025-10-21

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA JARAYONIDA MENEJMENT STRATEGIYALARINING O‘ZGARISHI

Raqamli transformatsiya jarayoni zamonaviy biznes muhitida muhim ahamiyatga ega. Ushbu jarayon tashkilotlarning raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali o'z faoliyatini yangilash va samaradorligini oshirishga qaratilgan. Raqamli transformatsiya menejment strategiyalarini ham o'zgartiradi, chunki an'anaviy yondashuvlar zamon talablariga javob bera olmaydi. Ushbu maqolada raqamli transformatsiya jarayonida menejment strategiyalarining o'zgarishi, ularning asosiy komponentlari va amaliy misollar ko'rib chiqiladi. Raqamli transformatsiya orqali tashkilotlar o'z raqobatbardoshligini oshirish, mijozlar bilan aloqalarni yaxshilash va yangi bozor imkoniyatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Sirojiddin Yuldashev

143-145

2024-08-19

BOSHQARUV VA MENEJMENT.

Boshqaruv menejment usullari bu boshqaruv sub’ektining boshqaruv ob’ektiga maqsadli yo’naltirilgan ta’sir o’tkazishning usullari, ya’ni boshqaruvchining u boshqarayotgan ishlab chiqarish jamoasiga qo’yilgan maqsadlarga erishish jarayonida uning faoliyati muvofiqlashuvini ta’minlashdir.Ushbu maqolada boshqaruv va menejment haqida fikrlar brerilgan.

Dilorom Eshqulova

117-120

2022-11-09

O’ZBEKISTONDA MENEJMENT SOHASINING RIVOJLANISHIDA CHET EL TAJRIBASI: AMERIKA QO‘SHMA SHTATLARI

Ushbu maqola fan taraqqiyotida nisbatan yangi soha hisoblanmish menejment doirasidagi islohotlar va ularning amaliyotga tatbiqlarini ilmiy tahlil etishga qaratilgan. Shuningdek, maqola o’z ichiga menejment sohasining qisqacha tarixi, o’tgan davr mobaynida bu sohada amalga oshirilgan tajribalar va ularning natijalari hamda shu davrda paydo bo’lgan yangi terminlarni oladi.

Kamola Maraimova , Asilbek Sanoqulov

22-25

2022-10-06

MOTIVATSIYA MEXANIZMLARI: XODIMLAR SAMARADORLIGINI QANDAY OSHIRISHI MUMKIN?

Ushbu maqolada zamonaviy menejment amaliyotida xodimlarni motivatsiya qilishning samarali mexanizmlari va usullari yoritiladi. Maqolada motivatsiyaning nazariy asoslari, uning korxona samaradorligiga ta'siri, zamonaviy motivatsiya tizimlarining turlari va ularning amaliy qo'llanilishi tahlil qilinadi. Shuningdek, material va nomoddiy rag'batlantirish usullari, ularning xodimlar mehnat unumdorligiga ko'rsatadigan ta'siri hamda samarali motivatsiya tizimini joriy etishning amaliy jihatlari ko'rib chiqiladi. Maqola nazariy ma'lumotlar bilan birga, konkret misollar va O'zbekiston korxonalari amaliyotidan olingan tajribalarni ham o'z ichiga oladi.

Bahodir Mahmudov , Ozodbek Shukurov , Javohirmirzo G’ofurov

144-148

2026-01-21

XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA INTEGRATSIYALASHGAN MENEJMENT TIZIMLARI

Ushbu maqolada korxona va tashkilotlarda xalqaro standartlar asosida joriy etilgan turli xil memejment tizimlari, xususan sifat menejmenti tizimi, ekologik menejment tizimi, oziq-ovqat xavfsizligi menejment tizimi va boshqalarning integratsiyasi to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.

Abrorjon Erkaboyev

251-253

2022-10-10

AGILE MENEJMENT USULINING ZAMONAVIY KORXONALAR BOSHQARUVIDA QO‘LLANILISHI

Agile menejment usuli zamonaviy korxonalar boshqaruvida muhim o‘rin egallaydi. Ushbu usul, tezkor o‘zgarishlarga moslashish, mijozlar ehtiyojlarini qondirish va jamoaviy ishni rag‘batlantirishga qaratilgan. Agile metodologiyasi, an'anaviy boshqaruv usullaridan farqli o'laroq, iterativ va inkremental yondashuvni taqdim etadi, bu esa loyihalarni boshqarishda yuqori samaradorlikni ta'minlaydi. Ushbu maqolada Agile menejment usulining zamonaviy korxonalardagi qo‘llanilishi, uning afzalliklari va qiyinchiliklari tahlil qilinadi.

Sirojiddin Yuldashev

76-78

2024-08-19

DAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASALARI BOSHQARUV TIZIMI: NAZARIY YONDASHUVLAR VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Ushbu maqolada davlat oliy ta’lim muassasalarida (DOTM) boshqaruv jarayonining nazariy asoslari, uning tarixiy rivojlanishi hamda zamonaviy menejment yondashuvlari tahlil etiladi. Qadimgi davrlardan tortib, sanoat inqilobi, ilmiy boshqaruv maktabi, ma’muriy boshqaruv maktabi va byurokratik boshqaruv nazariyasi keltirgan g‘oyalarining oliy ta’lim muassasalari uchun tutgan o‘rni yoritiladi. Shuningdek, tizimli, miqdoriy, xulq-atvor yondashuvlari va zamonaviy innovatsion boshqaruv tamoyillarining DOTM faoliyatiga tatbiqi ko‘rib chiqiladi. Maqola yakunida DOTMda raqamli texnologiyalar, xalqaro standartlar va ilg‘or menejment usullaridan foydalanishning ahamiyati haqida xulosalar keltiriladi.

Aziza Umarova

135-138

2025-03-17

SYSTEMATIZATION OF ELEMENTS OF IMPLEMENTING AN INTEGRATED MANAGEMENT SYSTEM

Integrated Management System (IMS) is a strategy for managing multiple systems to meet the needs and expectations of different stakeholders. The main objective of this study is to systematize the principles of IMS and its development and support by identifying key elements. To achieve this goal, a systematic review of the literature was conducted. The results show that there are 28 elements for the development and implementation of IMS. By critically analyzing these elements, it is possible to systematize 6 principles of IMS: systematic management; standardization; strategic, tactical and operational integration; organizational learning; elimination of bureaucracy; continuous improvement. Each principle serves as a foundation for the development and support of IMS. The scientific contribution of this study is that it represents a starting point for defining the theory of IMS. Also, taking into account these results, it is possible to typify the basis of IMS, which will help to increase the comparability of research results. The results of this work can also help business managers better focus their efforts in managing IMT and serve as a guide for them in developing and maintaining the aforementioned foundations.

Obidjon Abdurahmanov, Dilmurod Xakimov

120-134

2025-01-30

TA’LIM TASHKILOTLARI MENEJMENT TIZIMLARINI JORIY ETISH MEXANIZIMLARINI ISHLAB CHIQISH

Ushbu maqolada O‘zMSt ISO 21001:2025 (ISO 21001:2018, IDT) standarti talablari asosida ta’lim tashkilotlari uchun menejment tizimlarini joriy etishning nazariy va amaliy jihatlari yoritiladi. Ta’lim sifati va boshqaruv samaradorligini oshirishda xalqaro standartlarning ahamiyati, jarayonlarga asoslangan boshqaruv, manfaatdor tomonlar ehtiyojlarini aniqlash, yetakchilik va siyosatning uyg‘unligi, KPIlar tizimini shakllantirish, ichki audit va PDCA tamoyillarini qo‘llash kabi yo‘nalishlar tahlil qilinadi. Xalqaro ta’lim standartining milliy sharoitga moslashtirilgan uyg‘unlashtirish modeli taklif qilinib, milliу standartni ishlab chiqish jarayoni bosqichma-bosqich bayon etilagan.

Abduvoxid Mamajonov, Dildoraxon Sultonova

115-118

2026-01-14

XALQARO STRATEGIK MENEJMENTNING MOHIYATI: YETAKCHI KOMPANIYALAR TAJRIBASI VA MILLIY BIZNES UCHUN XULOSALAR

Ushbu maqolada xalqaro strategik menejmentning mohiyati, yetakchi kompaniyalar tajribasi va milliy biznes uchun amaliy xulosalar tahlil qilinadi. Maqolada strategik menejmentning nazariy asoslari, global raqobat sharoitida kompaniyalar muvaffaqiyatini ta’minlovchi asosiy strategiyalar hamda ularni milliy biznesga tatbiq etish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari xalqaro va milliy tajribani solishtirishga, shuningdek, strategik menejment jarayonini samarali boshqarish bo‘yicha tavsiyalarga yo‘naltirilgan.

Muxammadali Olloyorov

71-75

2025-12-15

BANKLARDA MOLIYAVIY MENEJMENT FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Mazkur maqolada banklarda moliyaviy menejment faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirishning asosiy yo'nalishlari tahlil qilinadi. Moliyaviy menejmentning ahamiyati, uning samaradorligini oshirish uchun zarur bo'lgan strategiyalar va metodlar ko'rib chiqiladi. Maqola banklar uchun moliyaviy resurslarni samarali boshqarishning asosiy tamoyillari va innovatsiyalarni joriy etishning ahamiyatini yoritadi

Fotima Ilxomjonova

188-190

2025-04-30

O‘ZBEKISTON TA’LIM SEKTORIDA BREND MENEJMENT VA RAQAMLI IMIDJ YARATISH MEXANIZMLARI

Ushbu tezisda O‘zbekiston ta’lim sektorida brend menejment tizimini rivojlantirish hamda raqamli imidj yaratishning zamonaviy mexanizmlari o‘rganilgan. Tadqiqotda ta’lim tashkilotlarining raqamli muhitdagi brendlashuv darajasi, onlayn ishonch indeksi va reputatsiya boshqaruvi tahlil qilingan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, brend imidjining samarali boshqaruvi ta’lim muassasasining raqobatbardoshligini 30–35% gacha oshiradi. Raqamli kanallar (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar, CRM tizimlari) orqali tashkilot obro‘sini boshqarish brend sodiqligini mustahkamlashda muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston ta’lim muassasalari uchun raqamli imidjni shakllantirishda kompleks marketing strategiyalarini joriy etish zarurligini asoslaydi.

Faxriddin Raximov

109-114

2025-10-31

KICHIK VA O‘RTA BIZNESLARDA STRATEGIK MENEJMENTNING DOLZARBLIGI VA ISTIQBOLLARI

Kichik va o'rta bizneslar (KOB) iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi bo'lib, ularning strategik menejmenti dolzarb ahamiyatga ega. Ushbu maqolada KOBlarda strategik menejmentning ahamiyati, dolzarbligi va istiqbollari tahlil qilinadi. KOBlar o'z faoliyatini samarali boshqarish, raqobatbardoshligini oshirish va bozor talablariga moslashish uchun strategik rejalashtirish va menejment yondashuvlarini qo'llashlari zarur. Strategik menejment KOBlarga resurslarni optimal taqsimlash, risklarni boshqarish va innovatsiyalarni joriy etish imkonini beradi. Maqolada KOBlar uchun strategik menejmentning asosiy tamoyillari, muammolari va kelajakdagi istiqbollari ko'rib chiqiladi.

Sirojiddin Yuldashev

140-142

2024-08-19

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA TIJORAT BANKLARIDA MENEJMENT TIZIMINI MODERNIZATSIYA QILISH

Ushbu maqolada raqamli transformatsiya sharoitida tijorat banklari menejment tizimini modernizatsiya qilish masalalari yoritilgan. Banklarda raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, bulutli xizmatlar, CRM va KPI tizimlari asosida boshqaruv jarayonlarini optimallashtirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Raqamli transformatsiyaning menejment samaradorligiga ta’siri, bank xizmatlari sifatini oshirishdagi o‘rni va mijozlarga yo‘naltirilgan boshqaruv yondashuvlari alohida ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada ilg‘or xorijiy va mahalliy tajribalar asosida tijorat banklarida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan.

Tursunpulat Choriyev

91-93

2025-05-31

OROL DENGIZI INQIROZI VA EKOLOGIK TA’SIRI ThE CRISIS OF THE ARAL SEA AND ITS ECOLOGICAL IMPACT

Markaziy Osiyoda joylashgan Orol dengizi bir vaqtlar dunyodagi eng yirik ichki suv havzalaridan biri bo‘lgan.  Biroq, so'nggi bir necha o'n yilliklarda u gullab-yashnayotgan ekotizimdan kimsasiz landshaftga aylanib, jiddiy ekologik inqirozga duch keldi.  Ushbu maqola Orol dengizi muammolarini o'rganib, uning sabablari, oqibatlari va ushbu ekologik halokatni bartaraf etish bo'yicha olib borilayotgan sa'y-harakatlarni yoritadi.

Mashxura Toshpulatova , Shahrizoda Adirboyeva , Islombek Bakirov

41-45

2025-03-24

O‘ZBEKISTON TA’LIM SEKTORIDA BREND MENEJMENT VA RAQAMLI IMIDJ YARATISH MEXANIZMLARI

Ushbu tezisda O‘zbekiston ta’lim sektorida brend menejment tizimini rivojlantirish hamda raqamli imidj yaratishning zamonaviy mexanizmlari o‘rganilgan. Tadqiqotda ta’lim tashkilotlarining raqamli muhitdagi brendlashuv darajasi, onlayn ishonch indeksi va reputatsiya boshqaruvi tahlil qilingan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, brend imidjining samarali boshqaruvi ta’lim muassasasining raqobatbardoshligini 30–35% gacha oshiradi. Raqamli kanallar (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar, CRM tizimlari) orqali tashkilot obro‘sini boshqarish brend sodiqligini mustahkamlashda muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston ta’lim muassasalari uchun raqamli imidjni shakllantirishda kompleks marketing strategiyalarini joriy etish zarurligini asoslaydi.

Faxriddin Raximov

60-65

2025-10-30

INNOVATSION MENEJMENTNING KORXONA RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISHDAGI ROLI

Innovatsion menejment korxona raqobatbardoshligini oshirishda muhim rol o'ynaydi. Ushbu sohada amalga oshiriladigan innovatsiyalar, mahsulot va xizmatlarni takomillashtirish, jarayonlarni optimallashtirish va yangi texnologiyalarni joriy etish orqali korxonalar o'z raqobat ustunliklarini yaratadilar. Innovatsion menejment, shuningdek, xodimlarning ijodkorligini rag'batlantirish, bozor talablariga moslashish va mijozlar ehtiyojlarini qondirishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqotda innovatsion menejmentning asosiy tamoyillari, uning korxona raqobatbardoshligini oshirishdagi o'rni va amaliy misollar keltiriladi.

Sirojiddin Yuldashev

79-81

2024-08-19

UNIVERSITETLARDA O‘QUV JARAYONINI STRATEGIK MENEJMENT TAMOYILLARI ASOSIDA OPTIMALLASHTIRISH: NAZARIY VA AMALIY JIHATLAR

Ushbu teizs oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini strategik menejment tamoyillari asosida optimallashtirishning nazariy va amaliy jihatlarini tahlil qiladi. Teizsda strategik menejmentning oliy ta’lim tizimida o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishdagi roli, pedagogik yondashuvlar bilan uyg‘unligi, o‘quv jarayonining sifatini baholash metodologiyalari va institutlararo raqobatbardoshlikni ta’minlash mexanizmlari o‘rganiladi. Shuningdek, teizs zamonaviy strategik rejalashtirish vositalari, innovatsion pedagogik texnologiyalar va ma’lumotlarga asoslangan qaror qabul qilish jarayonlarining integratsiyasi orqali universitetlarda o‘quv jarayonini samarali boshqarish imkoniyatlarini ochib beradi. Tadqiqotning natijalari amaliy jihatdan universitetlarning strategik rivojlanish rejalarini ishlab chiqishda va ta’lim sifatini uzluksiz takomillashtirishda qo‘llanishi mumkin.

Muxtasarxon Raxmatova

95-100

2026-01-19

MAKTABGACHA TAʼLIM TIZIMIDA INNOVATSION MENEJMENT, UNING FUNKSIYALARI VA USULLARI

Mazkur maqolada maktabgacha taʼlim tizimida innovatsion menejment, uning funksiyalari va usullarining oʻziga xos xususiyatlari  yoritilgan.

Nodir Sayfitdinov

61-62

2024-05-14

EKOLOGIK MENEJMENTDA SUN’IY NEYRON TARMOQLARIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI

Ushbu maqolada “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish muammolarini hal etishda sun’iy neyron tarmoqlarga asoslangan qo‘llab-quvvatlash tizimlaridan foydalanish, xususan, korxonalarda ekologik boshqaruv samaradorligini oshirishda sun’iy neyron tarmoqlarining ahamiyati haqida mulohazalar bayon etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida qaror qabul qilish jarayonlarini avtomatlashtirish, ma’lumotlar asosida bashorat qilish, hamda noaniqlik sharoitida optimal boshqaruv modellarini yaratishda sun’iy neyron tarmoqlaridan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan.

Dilafruz Saidaxmedova , Marhaboxon Oblaqulova

43-46

2025-12-10

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTAB RAXBARLARINING INNOVATSION BOSHQARUV KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISH MEXANIZMLARI

Ushbu tezisda umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbarlarining innovatsion boshqaruv kompetentligini shakllantirish va rivojlantirish mexanizmlari tahlil qilinadi. Maktab boshqaruv tizimida innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish zaruriyati, rahbar shaxsining zamonaviy menejment va raqamli texnologiyalarni boshqaruv jarayoniga integratsiya qilishdagi roli yoritiladi. Tadqiqotda kompetentlik yondashuvi asosida boshqaruvchilarning kasbiy rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar, ularning innovatsion salohiyatini oshirish vositalari va metodlari aniqlanadi.

Umidjon Azizov

57-60

2025-04-17

TURKIY TILLI MAMLAKATLARNING INVESTITSION HOLATI VA SALOHIYATI HAMDA UNI OSHIRISHDA BOSHQARUVNING O‘RNI

Maqolada Turkiy tilli mamlakatlarning (Turkiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Turkmaniston) investitsion muhitining hozirgi holati, sarmoya salohiyati va uni rivojlantirishda menejment hamda boshqaruv tizimining o‘rni tahlil etilgan. Shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy integratsiya jarayonlarining investitsion jozibadorlikka ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotda jahon amaliyoti asosida samarali boshqaruv yondashuvlarini tatbiq etish orqali investitsion muhitni yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Javlonbek O‘razaliyev , Nilufar O‘razaliyev

157-160

2025-10-31

1 - 25 of 236 items 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy