Zanjabil zanjabildoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘t o‘simlik Zanjabil ildizi tarkibida ko‘plab S, B1 , B2 guruhli vitaminlar, mineral moddalar: alyuminiy, kaliy, kalsiy, temir, marganets, fosfor, kapril, nikotin va linol kislotalari mavjud. Bu moddalar antioksidant, yallig‘lanishga qarshi, o‘smalarga qarshi, antimutagen va boshqa xususiyatlarga ega. Eksperimental izlanishlar zanjabil ildizining spirtli ekstpakti pnevmoniya va boshqa yuqori nafas a’zolarining yallig‘lanish kasalliklarida foyda berishini ko‘rsatgan. Zanjabil mahsuloti insonning ishtahasini ochibgina qolmasdan, u dorivorligi bilan ham ajralib turadi. Tuyib elangan talqoni tabobatda jigar, yurak, me’da xastaligini davolashda ishlatiladi (asal bilan qo‘shib damlab ishlatiladi). Asosan, tropik va subtropik mamlakatlarda tarqalgan.