Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

DETEKTIV JANRIDAGI ASARLAR TARJIMASIDA PRAGMATIK MOSLASHTIRISH (AGATA KRISTI ASARLARI MISOLIDA)

Ushbu maqolada detektiv janr matnlarida pragmatik moslashtirish jarayoni tahlil qilinadi. Tadqiqot Agata Kristi asarlarining inglizcha asl matni, ruscha va o‘zbekcha tarjimalari asosida olib borildi. Pragmatik moslashtirishning leksik, stilistik va sintaktik darajadagi namoyon bo‘lishi, madaniy va emotsional ekvivalentlik muammolari, shuningdek tarjimonlar tomonidan qo‘llanilgan strategiyalar (ekvivalentlik, kompensatsiya, modulyatsiya, transpozitsiya va madaniy moslashtirish) real matn parchalari misolida ko‘rib chiqildi. Natijalar detektiv matnning emotsional ta’sirini saqlashda pragmatik moslashtirishning muhim rolini tasdiqlaydi.

Mashxura Shoxidova

17-20

2026-03-09

IJTIMOIY REABILITATSIYA QILISH VA IJTIMOIY TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada huquqbuzarliklar profilaktikasida ijtimoiy reabilitatsiya va ijtimoiy moslashtirish chora-tadbirlari mazmuni, ijtimoiy reabilitatsiya va ijtimoiy moslashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirilishining bugungi kundagi holati, shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasida ijtimoiy reabilitatsiya va ijtimoiy moslashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha xorijiy davlatlarning tajribasi va ularning milliy qonunchiligimizdan farqli va o‘xshash tomonlari tahlili yoritilgan.

Farrux G‘aniyev , Abror Boboraximov , Maxsetbay Kenesbaev

87-90

2024-11-29

ADAPTIV O'QUV TIZIMLARIDA SUN'IY INTELLEKTNING ROLI: PERSONALIZATSIYA VA NATIJALAR

Maqola sun'iy intellekt texnologiyalarining ta'lim jarayonini qanday samarali va individual ehtiyojlarga moslashtirish orqali yaxshilashi mumkinligini o'rganadi. Sun'iy intellekt asosidagi adaptiv o'quv tizimlari o'quvchilarning bilim olish jarayonini shaxsiylashtirish, motivatsiyasini oshirish va ta'lim samaradorligini oshirish imkoniyatlarini ko'rsatadi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, bu tizimlar individual qobiliyat va ehtiyojlarni hisobga olgan holda ta'lim dasturlarini moslashtiradi va natijalarni real
vaqt rejimida kuzatish imkonini beradi. Shuningdek, bu tizimlar o'quvchilarning kuchli va zaif tomonlarini aniqlab, ularga individual yordam ko'rsatadi. Natijada, o'quvchilarning bilim olish samaradorligi oshadi va ta'lim jarayoni qiziqarliroq bo'ladi. Maqolada, shuningdek, sun'iy intellektning ta'lim tizimiga texnologik integratsiyasi va innovatsiyalarni kiritishdagi roli ham tahlil qilinadi.

Zilola Muxtorova , Nigora Sodikova

44-48

2025-01-04

HUQUBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASIDA IJTIMOIY REABILITATSIYA VA IJTIMOIY MOSLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Mazkur tadqiqotda huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida ijtimoiy reabilitatsiya va ijtimoiy moslashtirish tarixi hamda.Ushbu sohani takomillashtirish masalalari yoritiladi. Ijtimoiy reabilitatsiya va moslashtirish huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyat sodir etgan shaxslarni jamiyatga qaytarish jarayonida muhim rol o'ynaydi. Ushbu choralar, asosan, jinoyatga yo'l qo'ygan shaxslarni ijtimoiy jihatdan qayta shakllantirish, ularning jamiyatga moslashishini ta'minlash va jinoyatni takrorlash ehtimolini kamaytirish maqsadida amalga oshiriladi.

Farrux G‘aniyev , Gulandon G‘aniyeva , Botirbek Rajabov

166-170

2024-11-29

LEKSIK TRANSFORMATSIYALAR TARJIMADA: IAN FLEMING ASARLARI MISOLIDA

Ushbu maqolada Ian Fleming asarlari tarjimasida leksik transformatsiyalarning qo‘llanishi tahlil qilinadi. Tadqiqotda ekvivalentlik, adaptatsiya va kontekstual moslashtirish kabi nazariy yondashuvlar [1,105], [2, 87] asosida sharhlanadi. Shuningdek, asarlardan keltirilgan misollar yordamida tarjimada so‘z tanlash, semantik o‘zgarish va uslubiy moslashtirish jarayonlari ochib beriladi. Olingan natijalar badiiy tarjima amaliyotida leksik transformatsiyalarning ahamiyatini aniqlash, shuningdek, tarjimonlik mahoratini baholashga xizmat qiladi.

SARDOR JUMANAZAROV

282-286

2025-10-07

PEDAGOGIK JARAYONDA FORMATIF BAHOLASHNING MILLIY TA’LIM TIZIMIGA MOSLASHTIRISH MUAMMOLARI

Tezisda pedagogik jarayon doirasida formatif baholashni milliy ta’lim tizimiga moslashtirish jarayonidagi ilmiy va amaliy muammolar tahlil qilinadi. Mazkur tadqiqotda formatif baholashning nazariy asoslari, xalqaro tajribalar va milliy ta’lim tizimining o‘ziga xosligi bilan uyg‘unlashuvi masalalari o‘rganiladi. Shuningdek, tezisda o‘qituvchilar va talabalar tajribasi orqali formatif baholash metodologiyasining samaradorligi, uning milliy ta’lim kontekstiga moslashuvi, pedagogik jarayonda yuzaga keladigan cheklovlar va ularni bartaraf etish strategiyalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari pedagogik amaliyot va ta’lim siyosatini rivojlantirishga amaliy tavsiyalar sifatida taqdim etiladi.

Sobitjon Xalimov

53-57

2025-10-28

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA INFORMATIKA TERMINLARINING SHAKLLANISHI

Mazkur tezis ingliz va o‘zbek tillarida informatika sohasi terminlarining shakllanishi, ularning lingvistik va semantik xususiyatlari, tarjima usullari hamda o‘zbek tilida qo‘llanilish holatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Asosan inglizcha IT terminlarining o‘zbek tiliga kirib kelish mexanizmlari: transliteratsiya, kalkalash, semantik moslashtirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilish kabi yo‘llar tahlil qilingan. O‘zbek tilining leksik tizimiga yangi informatika terminlarining integratsiyasi, ularning o‘zlashtirilish darajasi va lingvistik moslashuvi yoritilgan.

Dilafro‘z Xodjaeva , Shirinoy Ubaydillayeva

66-69

2025-07-11

METONYMY IN SCIENTIFIC TV SERIES AND THEIR TRANSLATION STRATEGIES

This article explores the complex process of translating metonymy in science television programs, highlighting the challenges and strategies used by translators. It examines how metonymic expressions, which often rely on cultural and contextual nuances, can affect listeners’ understanding of scientific concepts. Through a detailed analysis of various case studies, the article aims to highlight the importance of preserving the original intent and clarity of scientific communication and adapting it for different audiences. The results suggest that effective translation not only enhances audience engagement but also contributes to a deeper appreciation of scientific discourse in popular media.

Farangiza Norbekova

154-158

2025-04-30

XOTIN-QIZLARNING IJTIMOIY-SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISH

maqolada O‘zbekistonda so‘nggi  yillarda xotin-qizlar manfaatlariga doir xalqaro standartlar asosida huquqiy-me'yoriy hujjatlar qabul qilinganligi, biroq, amalga oshirilayotgan islohotlarga qaramasdan, oila va jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning turli xil shakllari mavjudligi ko‘rsatilgan, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzurida tashkil etilgan reabilitasiya qilish va moslashtirish markazi faoliyatini tahlil etish orqali oila va jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashishni kuchaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Manzura Xashimxodjayeva

230-233

2024-05-23

MILLIY DARSLIK VA XORIJIY OPEN EDUCATIONAL RESOURCES (OER) ASOSIDA QADIMGI TARIXNI O‘QITISH: KONTENT VA METODIKA QIYOSI

Tezisda qadimgi dunyo tarixini o‘qitishda milliy darsliklar va xorijiy ochiq ta’lim resurslari (Open Educational Resources — OER)dan foydalanishning kontent hamda metodik jihatlari qiyosiy tahlil qilinadi. OER tushunchasi UNESCO tavsifiga ko‘ra ochiq litsenziya asosida bepul foydalanish, qayta ishlash, moslashtirish va tarqatishga ruxsat beruvchi o‘quv materiallarini anglatadi; bu yondashuv mazmunni lokallashtirish, tarjima qilish va o‘quvchi ehtiyojiga moslashtirish imkonini kengaytiradi. Milliy darsliklar esa o‘quv dasturi va ta’lim standartlariga muvofiqligi, til va madaniy kontekstning mosligi, mavzularning uzviy ketma-ketligi bilan ajralib turadi. Qiyos natijalari shuni ko‘rsatadiki, darsliklar “tayanch narrativ va bazaviy bilim”ni barqaror ta’minlaydi, OER esa manbalar xilma-xilligi, multimedia va interaktiv vazifalar orqali tarixiy tafakkurni faollashtiradi, biroq sifatni tekshirish, moslik va infratuzilma masalalarini talab etadi. Tadqiqot yakunida “darslik — skelet, OER — boyituvchi qatlam” tamoyili asosida integratsiyalashgan model taklif etiladi.

Sedona Qo'chqorova

22-24

2026-01-19

XOTIN-QIZLAR TA’LIMINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA XORIJIY TAJRIBA VA UNI MILLIY SHAROITGA MOSLASHTIRISH

Ushbu maqolada dunyoning rivojlangan mamlakatlarida xotin-qizlarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, gender tengligini ta’minlash va ayollarning intellektual salohiyatidan foydalanish borasidagi tajribalari tahlil qilinadi. Skandinaviya davlatlari, Singapur va Janubiy Koreya kabi mamlakatlarning muvaffaqiyatli modellari o‘rganilib, ularning ilg‘or jihatlarini O‘zbekistonning milliy ta’lim tizimiga tadbiq etish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, xotin-qizlarni STEM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) yo‘nalishlariga jalb qilishning xalqaro mexanizmlari va ularni milliy qadriyatlarga moslashtirish masalalari bayon etilgan.

Tozagul Saipova

66-68

2026-01-26

MILLIY XUSUSIYATLARNI TARJIMA QILISHNING LINGVISTIK MUAMMOLARI

Ushbu maqolada milliy xususiyatlarni tarjima qilishdagi lingvistik va madaniy muammolar tahlil qilinadi. Muallif badiiy tarjimada realia, frazeologizmlar, stilistik va pragmatik tafovutlar, shuningdek lakunar birliklar orqali yuzaga keladigan tarjima muammolarini ko‘rsatadi. Tarjima strategiyalari sifatida izohli tarjima, ekvivalent almashtirish, moslashtirish va dinamik ekvivalentlik kabi yondashuvlar taklif qilinadi. Misollar sifatida “Pride and Prejudice”, “Dunyoning Ishlari” kabi asarlar tahlil qilinadi. Maqola madaniyatlararo kompetensiyaning tarjimadagi ahamiyatini yoritadi.

Mahliyo Karimova

4-10

2025-04-24

TURKIY TILLAR TAJRIBASI ASOSIDA QORAQALPOQ TILI UCHUN MORFOLOGIK KORPUS YARATISH

Ushbu maqola qoraqalpoq tili uchun morfologik korpus va teglangan modellarni yaratish muammosiga bag‘ishlangan. Tadqiqotda turkiy tillar (o‘zbek, qozoq, turk) uchun mavjud morfologik resurslar tahlil qilinib, ularni qoraqalpoq tiliga moslashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Transfer o‘rganish usuli orqali mavjud turkiy tillar modellarini moslashtirish konsepsiyasi taklif etiladi.

Abdimurat Esemuratov , Raushan Aymbetova

40-42

2026-03-10

“UZOQ MUDDAT DAVOLANISHGA MUHTOJ BO‘LGAN BOLALAR UCHUN TA’LIM MUHITINI YARATISHDA OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIK”

Ushbu maqola uzoq muddatli kasalliklarga duch kelgan bolalar uchun ta’lim muhitini yaratishda ota-onalar bilan hamkorlikning ahamiyatini muhokama qiladi. Maqolada ota-onalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi samarali aloqa, bolaning ehtiyojlarini aniqlash, o‘quv jarayonini moslashtirish va bolaning ruhiy va ijtimoiy farovonligini qo‘llab-quvvatlash kabi muhim jihatlar ko‘rib chiqiladi.

Nigora Alimova , Aziz Abdullayev

80-83

2025-02-26

NOANIQLIKLAR SHAROITIDA KO’P BOG’LIQLI OB’EKTLARNI ADAPTIV RAQAMLI BOSHQARISH TIZIMILARNI RIVOJLANISH TENDENTSIYASI

1960-yillarning va 1970-yillarning boshlarida taklif qilingan moslashuvli boshqaruv tizimlari sezilarli kamchiliklarga ega edi. Birinchidan, asosiy boshqaruv tsiklining sintezi boshqaruv ob'ektining matematik modelini taqdim etishning minimal shakliga asoslangan edi. Ikkinchidan, boshqaruv koeffitsientlarini moslashtirish uchun mahalliy parametrik optimallashtirishning gradient algoritmlari - yordamchi operator usuli, sezgirlik funktsiyalari usuli va boshqalar ishlatilgan, ammo boshqaruv tizimlarining ishlashi uchun mantiqiy evristik xususiyatga ega bo’lgan.

Hilola Nurova

76-77

2022-10-21

XALQARO MARKETINGNING ASOSIY TUSHUNCHALARI: GLOBAL KOMPANIYALAR TAJRIBASIDAN FOYDALANISH

Ushbu maqolada xalqaro marketingning mazmuni, uning milliy marketingdan farqlari hamda jahon bozorida faoliyat yurituvchi global kompaniyalarning strategik yondashuvlari yoritilgan. Xususan, xalqaro marketing strategiyalari — standartlashtirish va moslashtirish, global brending, bozor segmentatsiyasi, narx belgilash, xalqaro taqsimot kanallari va kommunikatsiya siyosatlari misollar orqali tahlil qilinadi. Shuningdek, Coca-Cola, Samsung, Toyota, Apple kabi yetakchi global korporatsiyalarning xalqaro amaliy tajribasi o‘rganilib, ularning muvaffaqiyat omillari va bozorlarga kirish strategiyalari tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari xalqaro bozorga chiqishni rejalashtirayotgan korxonalar uchun amaliy ko‘rsatmalar va samarali boshqaruv yondashuvlarini taklif etadi.

Feruza Yuldasheva

95-97

2025-12-17

“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JINOYAT PROTSESSINING RAQAMLASHTIRILISHI: RAQAMLI AKTIVLARDAN FOYDALANILGAN KIBERJINOYATLARGA QARSHI KURASHNING PROTSESSUAL MEXANIZMLARI”

Maqolada raqamlashtirishning O‘zbekiston Respublikasida jinoyat ishlarini yuritishga ta’siri o‘rganilgan bo‘lib, kriptovalyutalar va raqamli aktivlar bilan bog‘liq jinoyatlarga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada jinoyat-protsessual qonunchilikni raqamli davr talablariga moslashtirish zarurati, jumladan tergov organlariga raqamli aktivlar bilan bog‘liq operatsiyalarni to‘xtatib turish bo‘yicha yangi vakolatlar berish masalasi ko‘rib chiqilgan. Normativ-huquqiy tahlil, tizimli-tuzilmaviy yondashuv va huquqiy modellashtirish usullaridan foydalanilgan. Tadqiqot natijalari amaldagi qonunchilikda sezilarli bo‘shliq mavjudligini ko‘rsatib, bu kiberjinoyatlarga tezkor javob berishni qiyinlashtirmoqda. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish, jumladan, raqamli aktivlar muomalasini vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risidagi yangi moddani kiritish taklif etilgan. Shuningdek, raqamli odil sudlov sharoitida fuqarolar huquqlarini huquqiy tartibga solish va himoya qilishni takomillashtirish choralari tavsiya etilgan. Ushbu sohada sud amaliyotining izchilligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorini ishlab chiqish zarurligi to‘g‘risida xulosa chiqarilgan. Tadqiqot natijalaridan tergov organlari va moliya institutlarining o‘zaro hamkorligini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda, shuningdek, xalqaro standartlarga muvofiq milliy huquqiy bazani takomillashtirishda foydalanish mumkin.

Aybek Xalmuratov

40-49

2026-01-29

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING SURUNKALI ALKOGOLIZM GIYOHVANDLIK ZAHARVANDLIK VA RUHIY KASALLIKKA CHALINGAN SHAXSLARGA NISBATAN TIBBIY REABILITATSIYANI AMALGA OSHIRISH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHDAGI ASOSIY MUAMMO VA KAMCHILIKLAR HAMDA ILGʻOR XORIJIY TAJRI

Ushbu maqolada profilaktika inspektorining surunkali alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik va ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy reabilitatsiyani amalga oshirishdagi asosiy muammo va kamchiliklar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, samaradorlikni pasaytiruvchi omillar ko‘plab: huquqiy me’yorlarning yetarli emasligi, tibbiy va psixologik xizmatlar bilan integratsiyalashmagan ishlash, shaxsiy yondashuvning yetarli emasligi va mahalla institutlari bilan hamkorlikning pastligi. Shu bilan birga, maqolada ilg‘or xorijiy tajribalar tahlil qilinib, ularni mahalliy sharoitga moslashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Joʻrabek Zayniddinov

136-137

2025-11-19

XORIJIY DAVLATLARDA TA’LIM OLGANLIK TO‘G‘RISIDAGI HUJJATLARNI TAN OLISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISHNING DOLZARBLIGI

O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tanish tartibini takomillashtirish mamlakatimizning ta’lim tizimining globallashuvi va iqtisodiy rivojlanishi uchun jiddiy ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu maqola mazkur masalaning dolzarbligini ilmiy-amaliy nuqtayi nazardan o‘rganadi. Tadqiqotda xorijiy diplomlarni tanish tartibining hozirgi holati, jumladan, 2019 yilgi 620-sonli qaror asosidagi protseduralar, elektron ariza berish va test sinovlari tizimi batafsil tahlil qilinadi, shuningdek, byurokratik kechikishlar, korrupsiya xavfi va shaffoflikning pastligi kabi muammolar ko‘rib chiqiladi. Dunyoviy statistika va xorijiy tajriba (masalan, Yevropa Ittifoqidagi Lissabon konvensiyasi, Singapur va Estoniyadagi raqamli platformalar) asosida, 2024-yilda xorijiy ta’lim olinganlar soni 50 mingdan oshgani va tanish rad etish darajasi 20-30% ni tashkil etgani ko‘rsatiladi, bu esa mehnat bozorida malakali kadrlar yetishmasligiga olib keladi. Olimlarning fikrlariga ko‘ra, tartibni takomillashtirish orqali ta’lim sifatini oshirish, iqtisodiy o‘sishni 5-7% ga kuchaytirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mumkin, chunki Jahon banki hisobotlariga ko‘ra, xorijiy diplomlarni tanish samaradorligi past bo‘lgan mamlakatlarda mehnat bozori samaradorligi 20-30% ga pasayadi. Ishda raqamli texnologiyalarni (AI asosidagi avtomat tekshiruv), xorijiy universitetlar bilan hamkorlikni kuchaytirish va huquqiy bazani xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha amaliy takliflar beriladi. Tadqiqot mamlakatimizning ta’lim islohotlari doirasida xorijiy ta’limni integratsiya qilish orqali ilmiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashni maqsad qilgan.

Muhriddin Normurodov

10-13

2025-09-10

AKADEMIK LITSEY O‘QUVCHILARIDA KVANT FIZIKASI TUSHUNCHALARINI SHAKLLANTIRISH

Maqolada uzluksiz ta’limning mazmunini yangilash, ilmiylik darajasini oshirish, o‘qitish metodlarini uzluksiz takomillashtirish, o‘quvchilar bilimining sifatiga bo‘lgan talablarning oshib borishi - o‘qituvchidan o‘z bilimini uzluksiz ravishda to‘ldirib va yangilab borishni, malaka, ko‘nikma va metodik mahoratini yuksaltirishni talab qilmoqda. Ushbu maqolada  kvant fizikasi bo‘limiga kiritiladigan o‘quv materiallarining mazmun-mohiyatini zamonaviy talablarga moslashtirish asosida ehtimoliy - statistik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi bayon qilingan. Taklif qilinayotgan usullar tajriba va ilmiy-metodik tatqiqotlarga asoslangan bo‘lib, kvant fizikasini o‘qitishning sifatini yaxshilash borasida tegishli fikrlar bildirilgan.

 
K.R. Sattarkulov

156-161

2025-05-22

O'RTA MAXSUS PROFESSIONAL TA'LIMDA AXBOROT VOSITALARI MASHINALARI VA KOMPYUTER TARMOQLARI OPERATORI YO'NALISHI TALABALARIGA FIZIKA FANINI SOHADA QOLLASH VA DARS JARAYONIDA TUSHUNTIRISH

Hozirgi kunda axborot texnologiyalari sohasi jadal rivojlanayotganligi sababli, "Axborot vositalari mashinalari va kompyuter tarmoqlari operatori" yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun fizika fanining amaliy ahamiyati ortib bormoqda. Ushbu maqolada fizik qonuniyatlarni axborot texnologiyalari bilan integratsiyalash orqali talabalar kasbiy tayyorgarligini oshirish metodlari yoritiladi. Fizika fani texnik yo‘nalishdagi mutaxassislar uchun zaruriy fanlardan biri bo‘lib, uning asosiy tushunchalarini sohaga moslashtirish o‘quvchilarning nafaqat nazariy, balki amaliy bilimlarini ham kengaytirishga xizmat qiladi.

Ilhomjon Madaminov , Abdulxakim Omonboyev

71-75

2025-02-25

O‘QUV FAOLIYATIDA ERGONOMIK HOLATLARNI TAHLIL QILISH

Ergonomika asosiy maqsadlari bu xodimning ishlab chiqarishdagi tabiiy, ijtimoiy psixologik va texnik tashkiliy sharoitlarga moslashuvini osonlashtirishdan iborat. Ergonomika diqqat markazida ishlab chiqarishdagi aniq sharoitlarda inson faoliyati, ishlab chiqarish muhitini inson organizmi xususiyatlari va imkoniyatlariga moslashtirish yoʻllari va usullarini topish turadi. Ergonomika oʻz tadqiqotlari asosida mehnat sharoitlarini yaxshilash va mehnat jarayonini qayta tashkil etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi.

Shaxriddin Musayev , Hayotbek Zuhriddinov

11-16

2022-11-03

JISMONIY TARBIYA O'QITUVCHILARINI KASBIY KAMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASI

Mazkur tezisda jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish masalasi xorijiy davlatlar tajribasi asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda kasbiy kompetentlikning mazmun-mohiyati, uning tarkibiy komponentlari hamda uni rivojlantirishning zamonaviy pedagogik yondashuvlari yoritilgan. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlarda jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini tayyorlash va malakasini oshirish tizimi o‘rganilib, ularning samarali jihatlari aniqlangan. Xorijiy tajribalarni milliy ta’lim tizimiga moslashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Shoxruxbek Rustamjonov

140-144

2026-03-30

RAQAMLI TA’LIM MUHITI SHAROITIDA MATEMATIKA DARSLARINI INTERAKTIV METODLAR ASOSIDA TASHKIL ETISH

Ushbu maqolada raqamli ta’lim muhiti sharoitida matematika darslarini interaktiv metodlar asosida tashkil etish masalalari o‘rganilgan. Tadqiqotda xorijiy olimlar Alison Clark‑Wilson va Ana Donevska‑Todorova, shuningdek o‘zbek olimlari F.U. Qodirova, Sh.Z. Matupayeva va S. Alixonovning ilmiy ishlari tahlil qilingan. Maqolada raqamli vositalar va interaktiv metodlar o‘quvchilarning faol ishtirokini oshirish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish, matematik tushunchalarni chuqurroq anglash va baholash jarayonlarini samarali tashkil etishda qanday ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatib berilgan. Shu bilan birga, interaktiv metodlarni mahalliy sharoitga, inklyuziv va turli rivojlanish xususiyatiga ega o‘quvchilarga moslashtirish zarurligi ta’kidlangan. Maqola darslarni samarali tashkil etish uchun raqamli vositalardan faol foydalanish, o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligini oshirish, interaktiv topshiriqlar va guruh ishlarini joriy etish, shuningdek o‘quvchilarning faoliyatini doimiy kuzatish va baholash tavsiyalarini beradi. Tadqiqot natijalari raqamli va interaktiv metodlarni amaliy qo‘llash orqali matematika ta’limini yanada samarali, qiziqarli va innovatsion qilish imkonini ko‘rsatadi.

Sadoqat Normurodova , Gulshanoy Quchqorova

94-99

2026-01-12

MOBIL ILOVALAR ISHLAB CHIQISH TURLARI VA O‘QUV JARAYONIDA FOYDALANISHGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

Ushbu maqolada mobil ilovalar ishlab chiqishning asosiy turlari, ularning texnologik xususiyatlari hamda ta’lim jarayonida samarali qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Mobil dasturlarning platformaga bog‘liqligi, funksional imkoniyatlari va foydalanuvchi ehtiyojlariga moslashtirish darajasi o‘rganiladi. Shuningdek, o‘quv jarayonida mobil ilovalardan foydalanishga qo‘yiladigan didaktik, texnik va metodik talablar yoritilgan. Maqolada interfaol ta’lim muhiti yaratishda mobil texnologiyalarning ahamiyati, ularning talabalarning mustaqil ta’limini qo‘llab-quvvatlashdagi roli hamda o‘quv motivatsiyasini oshirishdagi imkoniyatlari tahlil etilgan. Tadqiqot natijalari ta’lim sohasida mobil ilovalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishda metodik yondashuvlarni takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi.

Malika Axadova

245-251

2025-09-30

1 - 25 of 200 items 1 2 3 4 5 6 7 8 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy