Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

TA'LIM MUASSASASIDA IJTIMOIY –TEXNOLOGIYALAR HAQIDA TUSHUNCHA.

Ma’lumki, jamiyat taraqqiyoti, ijtimoiy ma’naviy hayotning rivojlanishi murakkab jarayonlardan iborat. Albatta, bunday jarayon kishilarga turlicha ta’sir ko’rsatadi. Bilim saviyasi yetarliy bo‘lgan, e’tiqod iymoni but bilgan kishilar har qanday murakkabliklar boshqacha qilib aytganda, barcha qiyinchiliklarni bardosh bilan bartaraf etishga harakat qilsa, ba’zilar bunday xolatdan esankirab qoladilar. Natijada ijtimoiy hayotga loqaydlarcha munosabatda bo‘ladi, ba’zi birlar esa hayotning yengil tomonini tanlaydilar. Bunday kishilar o‘zlarining huzur halovatlarini o‘ylaydilar. Buni bozor iqtisodiyoti sharoitidagi qiyinchiliklar yoki turli mafkuraviy g‘oyalar oqimi harakatidagi jarayonidan yaqqol ko‘rishimiz mumkin.

Sevara Nasriddinova, Munisa Boymatova , Shahnoza Djamolova, Risolat Turdiyeva, Zaytuna Murodulloyeva, Shohsanam Sattorova

14-17

2022-11-07

HOZIRGI BOSQICHDA DUNYONING RIVOJLANGAN MAMLAKATLARIDA XALQ TA’LIMI VA PEDAGOGIKA FANI

Ushbu maqolada duynyoning rivojlangan davlatlari ta’lim tizimida olib borilyotgan islohotlarning O‘zbekiston ta’lim tizimida  qo‘llanilishi, shu bilan birga fanlararo integratsiyalashuv  haqida fikr yuritilgan.

Aziza Elmuratova , Nargiza Aldamuratova , Banu Kenesbaeyva , Elvira Karajanova

1548-1550

2022-12-30

PEDAGOGIKA VA IJTIMOIY PEDAGOGIKA KATEGORIYALARI

Ushbu maqolada pedagogika fani va ijtimoiy pedagogika yo‘nalishining asosiy kategoriyalari, ularning o‘zaro farqlari va umumiy jihatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, ijtimoiy pedagogikaning jamiyat va shaxs rivojlanishidagi o‘rni, uning hozirgi davrdagi dolzarbligi ham yoritiladi. Kategoriyalar mazmunini ochishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, ijtimoiy jarayonlar va amaliy faoliyat tajribalari tahlil qilinadi.

Madinabonu Tairova, Mushtariybonu Temirova , Malohat Mo’ydinova

108-111

2025-12-09

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI: DAVLAT SUVERENITETI VA FUQAROLIK JAMIYATINI BARPO ETISHNING HUQUQIY ASOSI

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, uning jamiyat va davlat hayotidagi o‘rni, asosiy tamoyillari hamda konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati yoritilgan. Konstitutsiyaning davlat suvereniteti, inson huquqlari va hokimiyatlar bo‘linishi tamoyillarini mustahkamlashdagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, Konstitutsiyaning yangi tahriri orqali jamiyat rivojiga ta’sir etuvchi asosiy yangiliklar ochib beriladi.

Sarvinoz Karimova, Rayhona Saʼdullayeva , Shahribonu Zaynobiddinova, Shoxsanam Usmonova

18-21

2025-12-19

SUV ARALASHMASİNİNG TEMPERATURASİNİ ANİQLASH

Ushbu maqolada suv aralashmasining temperaturasi qanday aniqlanishi, uning fizik-kimyoviy xususiyatlari va amaliy hisoblash usullari yoritilgan. Suvning turli haroratdagi turli miqdorlari aralashganda hosil bo‘ladigan umumiy haroratni aniqlash uchun matematik formulalar va eksperimental metodlar tahlil qilindi. Maqolada aralashmaning issiqlik muvozanati va issiqlik sig‘imi kabi tushunchalar asosida natijalar taqdim etilgan. Shu bilan birga, suv aralashmalarining temperaturasi kundalik hayot va sanoatda keng qo‘llanilishining ahamiyati ko‘rsatildi.   

Zamira Avulova, Inoyat Mirzayeva , Navbahor Mingboyeva , Asila Toshmurodova

19-21

2025-06-09

OʻSMIRLIK DAVRI PSIXIK XUSUSIYATLARI

Oʻsmirlik davri qizgʻin va dinamik rivojlanish bosqichi bo‘lib, ushbu davrda shaxsning psixik xususiyatlari qanday faoliyat olib borayotganini, o'z-o'zini anglash va ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish jarayonida qanday o‘zgarishlarga uchrayotganini o‘rganish muhimdir. Ushbu maqola orqali o‘smerlarning psixik xususiyatlarini tahlil qilish, ularning o'zligini anglash, ijtimoiy oqimlarda ishtirok etishi va stressga bardosh berish kabilarni ko'rib chiqamiz.

Oybek Ergashev , Rashid Rashidov, Dilfuza Tuxtayeva, Ulugbek Shomurotov

51-52

2025-03-13

INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILAR BILAN ISHLASH

Ushbu maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilar bilan innovatsion yondashuv asosida ishlash, boshlangʻich taʼlim tizimida innovatsion texnologiyalar va yoʻnalishlardan foydalanish, zamonaviy taʼlim texnologiyalarining boshlangʻich taʼlim jarayonida dolzarbligi, innovatsion texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishning oʻziga xosligi toʻgʻrisida toʻliq bayon etilgan.

Madina Pardaboyeva, Odina Begimqulova, Sevinch Komiljonova

91-94

2024-10-21

PEDAGOGIKA FANLARINI O'QITISHNING ZAMONAVIY METODLARI

Mazkur maqolada pedagogika fanlarini o‘qitishda zamonaviy metodlarning roli va ularning ta’lim jarayoniga ta’siri haqida so‘z boradi. Interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, aralash o‘qitish (blended learning), teskari sinf (flipped classroom), o‘yinlashtirish (gamification) kabi innovatsion usullarning taqdim etilishi, talabalarning bilim olish jarayonini yanada samarali qilishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, refleksiv va baholash metodlari orqali o‘z-o‘zini tahlil qilish, case-study orqali amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash kabi yondashuvlar ham kiritilgan. Ushbu metodlar pedagogika fanlarini o‘qitishda talabalarning qiziqishini oshirib, ularning faol va mustaqil bilim olishlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Farrux Qodirov, Dilnura Fayzullayeva

11-15

2024-11-06

TARBIYA PSIXOLOGIYASI ASOSLARI: OʻQUVCHILAR IJTIMOIY RIVOJLANISHIDAGI ROL

Maqolada tarbiya psixologiyasining asosiy tamoyillari, oʻquvchilar ijtimoiy va psixologik rivojlanishiga taʼsir qiluvchi omillar tahlil qilinadi. Tadqiqotda oʻquvchilar shaxsini shakllantirishda pedagogik yondashuvlar va psixologik usullarning samaradorligi koʻrib chiqilgan. Maqola ilmiy adabiyotlar, empirik tadqiqotlar va amaliy natijalar asosida tuzilgan. 

Umidbek Qoʻshoqov , Shamshodbek Jurayev , Ulugbek Shomurotov , Dilfuza Tuxtayeva

127-128

2025-03-17

ORGANIK YARIM OʻTKAZGICHLAR

Organik yarimo‘tkazgichlar zamonaviy elektronika va optoelektronika sohasida jadal rivojlanayotgan, ilm-fan va texnologiyaning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ular uglerod asosidagi molekulalar yoki polimerlardan tashkil topgan bo‘lib, elektr zaryadlarini tashish xususiyatiga ega organik birikmalardan iboratdir. An’anaviy noorganik yarimo‘tkazgichlarga (kremniy, germaniy) nisbatan organik yarimo‘tkazgichlar egiluvchanligi, yengilligi, past haroratda tayyorlanishi va nisbatan arzonligi bilan ajralib turadi.

Samandar Yodgorov , Samandar Yodgorov , Jasurbek Amirov , Ozodbek Nazarov , Shuhrat Alimardonov , Sardor Oromiddinov

37-40

2025-12-25

XALQ PEDAGOGIKASIDA MILLIY HARAKATLI O'YINLARNING ROLI VA ULARNING YOSH XUSUSIYATLARIGA MOSLIGI

Ushbu maqolada xalq pedagogikasida harakatli o‘yinlarning o‘rni va ularning yosh xususiyatlariga mosligi masalasi yoritilgan. Xalq o‘yinlari asrlar davomida bolalarni tarbiyalashda muhim vosita bo‘lib kelgan. Ular nafaqat bolalarning jismoniy rivojlanishiga, balki aqliy, axloqiy va estetik kamolotiga ham xizmat qiladi. Harakatli o‘yinlar bolalarning yoshiga qarab tanlab olinishi zarurligi ta’kidlanadi, chunki har bir yosh bosqichi bolaning jismoniy va psixologik imkoniyatlariga mos yondashuvni talab etadi. Ishda an’anaviy o‘yinlarning tarbiyaviy ahamiyati, ular orqali uzatiladigan milliy qadriyatlar, jamoada ishlash, diqqatni jamlash, chaqqonlik va boshqa ko‘nikmalarni shakllantirishdagi roli ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, harakatli o‘yinlarni zamonaviy ta’lim jarayoniga integratsiyalash zarurati asoslab berilgan. Mazkur mavzu xalq pedagogikasini chuqur o‘rganish va uni amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyatga ega.

Gulchexra Xakimova , Nodira Ustamova, Dilobar Normatova

163-165

2025-06-12

PEDAGOGIKA FANINING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQADORLIGI

Mazkur maqolada pedagogika fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi borasida so‘z boradi. Pedagogika fani jamiyatning tayanchi hisoblanar ekan, u juda ko‘p sohalar hamda fanlar bilan aloqadordir. Shuningdek, ushbu maqolada pedagogikaning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati borasida ham fikr yuritiladi. Mashhur pedagoglarning pedagogika to‘g‘risidagi fikr hamda qarashlari ham ushbu maqoladan o‘rin olgan.

Farangiz Qadamboyeva

74-76

2023-01-30

IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNING TA'LIMIY MARSHRUTINI TASHKIL ETISH BOSQICHLARI

Ushbu maqolada hozirgi kunda imkoniyati cheklangan bolalarning ta'lim-tarbiya olishlari uchun qilinayotgan ishlar, inklyuziv ta'lim va bu ta'lim to'g'risidagi qabul qilingan qonun va bu borada bugungi kundagi muammo va kamchiliklar, imkoniyati cheklangan bolalarning ta'limiy marshrutini tashkil etish bosqichlari haqida so'z yuritilgan.

Gulchehra Xakimova, Nodira Ustamova, Aziza Qodirova

27-30

2025-06-14

PEDAGOGIKADA GENDER TENGLIGINI TA’MINLASH MASALALARI

Mazkur maqolada pedagogik jarayonda gender tengligini ta’minlashning nazariy asoslari, ta’lim tizimiga ta’sir etuvchi gender stereotiplari, o‘quv jarayonida tenglikni buzuvchi omillar hamda genderga sezgir pedagogika tamoyillari tahlil qilingan. Shu bilan birga, o‘quvchilar faolligi, baholash jarayonidagi adolatlilik, darsliklardagi gender tasvirlari, o‘qituvchilarning gender kompetensiyasiga doir ilmiy manbalar asosida xulosalar berilgan. Tadqiqotda gender tengligini ta’minlashga oid xalqaro tavsiyalar, davlat siyosati va amaliy mexanizmlar o‘rganilib, zamonaviy ta’lim uchun zarur bo‘lgan yondashuvlar ishlab chiqilgan.

Dilnura Fayzullayeva , Marjona Abduvaliyeva

8-10

2025-11-30

XALQ OʻYINLARI ORQALI AXLOQIY TARBIYA BERISH QADIMIY TAJRIBALAR VA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

Mazkur maqolada xalq oʻyinlarining axloqiy tarbiya berishdagi oʻrni, tarixiy ildizlari hamda zamonaviy taʼlim tizimidagi amaliy ahamiyati yoritiladi. Oʻzbek xalqining boy madaniy merosi tarkibida alohida oʻrin tutuvchi anʼanaviy oʻyinlar yosh avlodda halollik, doʻstlik, mehnatsevarlik, kattalarga hurmat kabi ijobiy fazilatlarni shakllantirishda muhim vosita boʻlib xizmat qilgani asoslab beriladi. Maqolada qadimiy oʻyinlarning mazmuni tahlil qilinib, ularning tarbiyaviy jihatlari zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan solishtiriladi. Shu bilan birga, xalq oʻyinlaridan taʼlim-tarbiya jarayonida samarali foydalanish yo‘llari, ularni maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning rivojlanishiga moslashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar beriladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, xalq oʻyinlari nafaqat madaniy meros sifatida, balki maʼnaviy-maʼrifiy tarbiya vositasi sifatida ham dolzarbligini saqlab qolmoqda.O‘zbek xalqining ko‘p asrlik tarixi davomida shakllangan an’anaviy oʻyinlari yosh avlodni ma’naviy yetuk, ijtimoiy faol va sog‘lom shaxs sifatida tarbiyalashda muhim omil boʻlib xizmat qilgan. Maqolada qadimdan beri xalq orasida mashhur bo‘lgan “Ko‘z bog‘lash”, “Qiz-quvdi”, “Uloq-ko‘pkari”, “Besh tosh” kabi o‘yinlar misolida axloqiy fazilatlar – halollik, jamoada ishlash, katta-kichikka hurmat, mardlik, sabr-toqat kabi insoniy qadriyatlar qanday shakllanganligi tahlil qilinadi.

Gulchehra Xakimova , Nodira Ustamova , Dilfuza Nurmamatova

17-21

2025-06-13

CHET ELDA ALOHIDA YORDAMGA MUHTOJ BOLALARNING INKLYUZIV TA'LIMI

Ushbu maqolada xorijiy mamlakatlarda alohida yordamga muhtoj bolalarning inklyuziv ta’limini tashkil etish tajribalari, yondashuvlari va qo‘llanilayotgan modellar tahlil qilingan. AQSh, Buyuk Britaniya, Finlyandiya, Italiya va Kanada kabi davlatlarning ta’lim tizimida nogironligi bo‘lgan yoki boshqa turdagi ehtiyojlarga ega bolalarni umumiy ta’lim muhitiga muvaffaqiyatli qo‘shish bo‘yicha olib borilayotgan siyosat, metodika va infratuzilma bo‘yicha ishlari yoritilgan.

Dildor Eshmuratova, Ruhshona Omonova

89-90

2025-06-10

YURAK VA QON AYLANISH SISTEMASI ANATOMIYASI, FIZIOLOGIYASI

Mazkur mavzu "Yurak va qon aylanish sistemasi anatomiyasi, fiziologiyasi" yurak tuzilishi, uning qismlari, qon aylanish yo‘llari va qon aylanish tizimining ishlash mexanizmlarini o‘rganishga qaratilgan. Unda yurakning anatomik jihatdan bo‘linishi – bo‘lmachalar va qorinchalar, klapanlar tizimi, yurak mushaklarining xususiyatlari hamda yurakning elektr impulslarini uzatish tizimi yoritiladi. Qon aylanish sistemasi tarkibiga arterial va venoz qon tomirlari, kapillyarlar va limfa tizimi kirib, ularning organizmda kislorod, oziqa moddalari va moddalar almashinuvi mahsulotlarini tashishdagi roli tushuntiriladi.

Malika Egamnazarova , Dilinur Xoʻjaqulova, Aziza Turdiyeva

22-27

2025-05-30

BOSHLANGICH TA’LIMNI O‘QITISHDA INNOVATSION METODLARDAN FOYDALANISH

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish haqida so‘z boradi.

Madina Pardaboyeva , Shaxzoda Qarshiboyeva, Sevinch Komiljonova

95-99

2024-10-21

ABDULLA AVLONIY ASARLARIDA TARBIYAGA OID MA`NAVIY QARASHLAR

Abdulla Avloniyning ta’lim-tarbiya sohasidagi qarashlari o’zbek xalqining ruhiyati, turmush tarzi, milliy qadriyatlari bilan chambarchas bog’langanligi adibning boy pedagogik merosi ta’lim-tarbiya masalalarini rivojlantirish, uni o’quvchilar qalbida shakllantirishda axloqiy va ma’naviy barkamol tarbiyalashda milliy maktab va qimmatbaho manba bo’lib xizmat qilganini o’rganib chiqish davr talabiga aylanmoqda.

Durdona Nurullayeva, Baxtigul Qarshiboyeva , Husniddin Razzoqov , Feruza Ollomurodova

128-130

2023-09-14

DIRECTING THE CONTENT OF PEDAGOGIC SUBJECTS TO HUMANE COMMUNICATIVE DEVELOPMENT OF THE FUTURE TEACHER

The article presents ideas about the pedagogical foundations of developing communicative competence of future teachers. The content of pedagogic subjects is aimed at the development of humanistic foundations of communicative competence of students of higher educational institutions of pedagogy. Individual orientation of education, student-centeredness, teacher's interaction with students, spiritual-ethical aspect, process of exchange of humanitarian values were considered.

Primov Sh.K.

44-49

2024-05-27

XALQ PEDAGOGIKASIDA OILA OILAVIY TARBIYANINIG AKS ETISHI

Ushbu maqolada xalq pedagogikasida oila va oilaviy tarbiyaning tutgan o‘rni, uning tarixiy ildizlari, tarbiyaviy mazmuni hamda jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati yoritiladi. Xalq og‘zaki ijodi, urf-odatlar, an’analar, milliy qadriyatlar orqali oilaviy tarbiyaning shakllanish jarayoni tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimida oilaviy tarbiyaning davomiyligi va dolzarbligi asoslab beriladi.

Dilobar Xolmatova, Nilufar Imonqulova

97-99

2026-01-07

PEDAGOGIKANING UMUMIY ASOSLARI

Pedagogika - tarbiya, taʼlim hamda maʼlumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. Pedagogika institutlari va ayrim boshqa oʻquv yurtlarida mutaxassislik dasturi asosida oʻrganiladigan oʻquv predmeti ham pedagogika deb yuritiladi. Zamonaviy pedagogika bolalar bilan birgalikda kattalarning ham oʻquv-tarbiyaviy, madaniy hamda maʼnaviy-maʼrifiy tarbiyasi bilan shugullanishni koʻzda tutadi. Anglaganingizdek, ushbu maqolada pedagogikaning umumiy asoslari xususida so‘z yuritiladi.

Moxibonu Abdurazakova

168-172

2022-06-06

INNOVATSION VA AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHDA PSIXOLOGIK MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASHNING O’ZIGA XOSLIGI VA AHAMIYATI

Ushbu maqolada umumiy psixodiagnostika fanini o‘qitishda innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan..

Madina Pardaboyeva , Shaxzoda Qarshiboyeva, Sevinch Komiljonova

15-20

2024-10-21

O‘Z-O‘ZINI ANGLASH DARAJASI VA EMOTSIONAL INTELLEKT: PEDAGOGIKA YO‘NALISHIDAGI YONDASHUVLAR

Mazkur maqolada pedagogika yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun o‘z-o‘zini anglash darajasi va emotsional intellektning ahamiyati yoritilgan. Talabalar shaxsiy va kasbiy shakllanish jarayonida o‘z his-tuyg‘ularini anglash, boshqarish va baholash, shuningdek boshqalarning emotsiyalariga nisbatan to‘g‘ri munosabat bildirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari lozim. Ushbu maqolada o‘z-o‘zini anglash va emotsional intellektning o‘zaro bog‘liqligi, ularni rivojlantirishda qo‘llaniladigan metodik yondashuvlar hamda amaliy usullar tahlil qilingan.

Muhriddin O‘lmasov

52-55

2025-05-19

EKOLOGIK ONG VA AXLOQNING IJTIMOIY-EKOLOGIK MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHDAGI ROLI

Ushbu maqolada ekologik madaniyatning mohiyati, uning inson faoliyatidagi o‘rni va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan axloqiy tamoyillari yoritilgan. Ekologik madaniyat insonning atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatini, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish tamoyillarini va ekologik masalalarni hal etishda faol ishtirokini aks ettiruvchi muhim tushuncha sifatida tadqiq qilingan. Ekologik madaniyatning jamiyatning turli sohalariga, jumladan, iqtisodiyot, ta’lim va siyosatga ta’siri, shuningdek, kundalik hayotdagi amaliy ko‘rinishlari misollar orqali ochib berilgan. Pedagogik jarayonlardagi ekologik ong va axloqni shakllantirish masalalari, yosh avlodda tabiatga nisbatan hurmat va mas’uliyatni rivojlantirishning dolzarbligi alohida ta’kidlangan.

Muhayyo Artikova , Valijon Qodirov, Шаробидин Хасанов , Муқаддас Тожибоева, Ziyoda Azimova

71-77

2025-02-25

1 - 25 of 500 items 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy