Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

PSIXOLOGIYANING TADQIQOT YO‘NALISHLARI. EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYA

Ushbu tezisda psixologiyaning asosiy tadqiqot yo‘nalishlari - eksperimental psixologiya, kognitiv psixologiya, shaxs psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya va rivojlanish psixologiyasi ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Har bir yo‘nalishning maqsadi, tadqiqot predmeti, ahamiyati va zamonaviy psixologiyadagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, psixologiya fanining neyropsixologiya, pedagogik psixologiya, klinik psixologiya kabi amaliy tarmoqlari haqida qisqacha ilmiy izohlar berilgan.

Maxliyo Baxtiyorova , Olimjon Ozodqulov

58–59

2025-12-09

PSIXOLOGIYA FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI. ZAMONAVIY JAMIYATDAGI AHAMIYATI

Ushbu mustaqil ishda psixologiya fanining asosiy maqsadi va vazifalari, uning nazariy va amaliy yo‘nalishlari hamda zamonaviy jamiyatdagi ahamiyati yoritilgan. Maqolada psixik jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlari, shaxsning individual xususiyatlarini o‘rganish, diagnostika, korreksiya va prognozlash kabi psixologiyaning muhim funksiyalari tahlil qilinadi. Shuningdek, ta’lim, tibbiyot, ishlab chiqarish, sport va oilaviy munosabatlar sohalarida psixologiya fanining o‘rni ko‘rsatib beriladi. Ish talabalarga psixologiya fanining mazmuni va amaliy ahamiyatini tushunishda yordam berish maqsadida tayyorlangan.

Abror Abdujalilov , Olimjon Ozodqulov

73-75

2025-11-30

PSIXOLOGIYA MAKTABLARINING NAZARIY TAHLILI

Mazkur maqolada psixologiya fanida shakllangan asosiy maktablarning nazariy asoslari, metodologik yondashuvlari hamda ularning inson psixikasini talqin etishdagi konseptual farqlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Xususan, bixeviorizm, psixoanaliz, gestalt psixologiyasi, gumanistik psixologiya va kognitiv yondashuv kabi yetakchi nazariy oqimlarning paydo bo‘lish shart-sharoitlari, rivojlanish bosqichlari va fan taraqqiyotidagi o‘rni izchil yoritiladi. Maqolada har bir maktabning inson xulqi va ongini tushuntirishdagi asosiy tushunchalari, ilmiy metodlari hamda amaliy psixologiyaga qo‘shgan hissasi solishtirma tahlil asosida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, psixologiya maktablari o‘rtasidagi nazariy ziddiyatlar va ularning zamonaviy integrativ yondashuvlar bilan uyg‘unlashuvi masalasiga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqot natijalari psixologiya fanining nazariy asoslarini chuqurroq anglash, turli ilmiy qarashlarni tizimli ravishda baholash va zamonaviy psixologik tadqiqotlar uchun metodologik poydevor yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqola psixologiya sohasida tahsil olayotgan talaba va tadqiqotchilar, shuningdek, ilmiy-nazariy izlanishlar bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.

Sevinch Qushmurodova

7-11

2026-01-22

PSIXOLOGIYA FANINING TARIXIY TARAQQIYOT BOSQICHLARI

Ushbu maqolada psixologiya fanining tarixiy rivojlanish bosqichlari va uning shakllanish jarayoni tahlil qilinadi. Psixologiya qadimdan inson ongini, xulq-atvorini va his-tuyg‘ularini o‘rganishga qiziqish bilan bog‘liq bo‘lib, u falsafa, biologiya va ijtimoiy fanlar bilan chambarchas bog‘liq holda rivojlandi. Maqolada psixologiya fanining qadimgi davr, o‘rta asr, zamonaviy va XXI asr bosqichlari, shuningdek, har bir davrda yuzaga kelgan asosiy nazariyalar, yondashuvlar va metodologik asoslar yoritiladi. Tadqiqot natijalari psixologiya fanining o‘sishi va rivojlanishi, uning ilmiy metodlari va amaliy ahamiyatini tushunishga yordam beradi.

Moxira Akaboyeva, Bobur Sattorov

61-62

2025-11-30

YURIDIK PSIXOLOGIYA

Bizning davrimiz psixologiya fanining sezilarli darajada rivojlanishi, uning inson faoliyatining barcha sohalariga kirib borishi, ijtimoiy-madaniy rivojlanish muammolarini hal qilishda psixologik tadqiqotlar natijalaridan foydalanish, shuningdek, huquqni muhofaza qilish va huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish bilan tavsiflanadi. mansabdor shaxslar. Masalan, advokatlik kasbining professiogrammalarini yaratish, psixologik ta’sir ko‘rsatish texnikasi va usullarini ishlab chiqish va hokazo.Bunday masalalarni chuqur o‘rganish shaxs va huquqiy faoliyatni psixologik tahlil qilish, jamiyatdagi psixik hodisalarning xususiyatlarini hisobga olishni talab qiladi. huquqni qo'llash shartlari (ehtiyojlar, motivlar, maqsadlar, temperament, munosabat, ijtimoiy yo'nalish va shaxsning boshqa xususiyatlari).

Tolibnazar Xujamshukurov

152-155

2023-02-17

PSIXOLOGIYA FANINING NAZARIY VA AMALIY YO‘NALISHLARI

Ushbu maqolada psixologiya fanining zamonaviy talqindagi asosiy vazifalari, uning nazariy va amaliy yo‘nalishlari, shuningdek psixologik tadqiqotlarning metodologik asoslari ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Psixologiya inson psixikasining rivojlanishi, faoliyati va mexanizmlarini o‘rganuvchi fan sifatida turli ilmiy maktablar, konsepsiyalar va ilmiy yo‘nalishlar bilan uzviy bog‘liqdir. Maqolada psixologiyaning asosiy tadqiqot vazifalari - tasvirlash, tushuntirish, prognozlash, nazorat qilish va amaliyotga tatbiq qilish kabi ilmiy yondashuvlar keng yoritiladi. Shuningdek, psixologiya fanining fundamental va amaliy tadqiqot yo‘nalishlari tizimli tasnif etiladi.

Sarvinoz Esonaliyeva , Olimjon Ozodqulov

58-60

2025-11-30

KLASSIK PSIXOLOGIYA MAKTABLARIDA ONG MUAMMOSI

Ushbu tezisda klassik psixologiya maktablarida ong muammosining talqini o‘zbek tilidagi psixologiya darsliklari asosida yoritiladi. Klassik yo‘nalishlarda ongning psixik faoliyatdagi o‘rni, uni tushunishdagi asosiy yondashuvlar va qarama-qarshi fikrlar tahlil qilinadi. Ong muammosining psixologiya fanining shakllanishidagi ahamiyati ochib beriladi.

Guliraʼno Ergasheva

45-46

2026-01-23

PSIXOLOGIYA FANININGTARAQQIYOT BOSQICHLARI

Ushbu ishda psixologiya fanining qadimgi davrlardan to hozirgi kungacha bo‘lgan tarixiy rivojlanish bosqichlari tahlil qilingan. Psixologik bilimlarning falsafiy qarashlar asosida shakllanishi, o‘rta asr diniy - falsafiy talqinlari, Uyg‘onish davrida ilmiy metodlarning paydo bo‘lishi hamda XIX asrda psixologiyaning mustaqil fan sifatida ajralib chiqishi izchil yoritilgan. Shuningdek, XX asrda yuzaga kelgan asosiy psixologik maktablar – bixeviorizm, psixoanaliz, gestalt, gumanistik va kognitiv yondashuvlarning ilmiy mazmuni qisqacha tahlil etildi. Zamonaviy psixologiyaning ko‘p tarmoqli ilmiy yo‘nalishlar bilan integratsiyalashuvi, neyropsixologik tadqiqotlar va amaliy psixologiyaning rivojlanish omillari ham ko‘rib chiqildi. Ishning mazmuni psixologiya fanining tarixiy taraqqiyotini izchil, ilmiy nuqtai nazardan yoritishga qaratilgan.

Afsona Eshmuminova , Ozodqulov Olimjon

240–244

2025-12-09

PSIXOLOGIYA TARIXI VA INSON HAYOTIDA AHAMIYATI.

Psixologiya tarixi uzoq o’tmishdan totib to hozirgi kunga qadar psixologik haqidagi fikrlarning paydo bo’lishi va uning rivojlanishini o’rganadi. Psixologiya o’zining uzoq o’tmishiga va qisqa tarixiga ega. Ushbu  maqolada psixologiya tarixi  va uning inson hayotidagi ahamiyati haqida o’ziga xos fikrlar keltirillgan.

Nigora O'rolova , Baxtiyor Egamberdiyev

138-140

2022-09-21

PSIXOLOGIYA TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARIDA EMOTSIONAL INTELLEKT NAMOYON BO‘LISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Mazkur maqolada psixologiya ta’lim yo‘nalishi talabalarida emotsional intellekt (EI) namoyon bo‘lishining psixologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Emotsional intellektning shaxsiy o‘sish va kasbiy muvaffaqiyatda o‘ynaydigan roli, uning psixologiya sohasidagi talabalarga qanday foydalar keltirishi, hamda turli yosh va jinsiy farqlar asosida EI ning namoyon bo‘lishi muhokama qilinadi. Maqola davomida emotsional intellektning asosiy komponentlari, masalan, o‘z-o‘zini anglash, o‘zini boshqarish, motivatsiya, empatiya va ijtimoiy ko‘nikmalar, psixologiya ta’limi doirasida qanday rivojlanishi va shakllanishi haqida fikr yuritiladi. Talabalarda emotsional intellektni rivojlantirishning zaruriyati va usullari, shuningdek, ushbu qobiliyatning ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati haqida tavsiyalar beriladi. Maqola psixologiya talabalari uchun emotsional intellektning o‘ziga xos psixologik xususiyatlarini tushunishda qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.

Umida Urazbaeva

9-12

2024-08-14

PSIXOLOGIYA FANINING NAZARIY TAHLILI

Ushbu maqolada psixologiya fanining nazariy tahlili yoritilgan bo‘lib, psixologiya fanining predmeti, asosiy tushunchalari, ilmiy nazariyalari va tadqiqot metodlari haqida ma’lumot beriladi. Maqolada bixeviorizm, gestalt psixologiyasi, psixoanaliz, kognitiv va gumanistik yondashuvlarning mohiyati haqida maʼlumot beriladi. Shuningdek, psixologiya fanining nazariy ahamiyati, uning Inson ruhiyati va shaxs rivojlanishidagi o‘rni ko‘rsatib beriladi. Maqolada psixologiya fanining ilmiy asoslari sodda va tushunarli tarzda izohlab beriladi.

Zarnigor Abduxamidova , Olimjon Ozodqulov

231–232

2025-12-09

PSIXOLOGIYA FANINING TARIXIY TARQQIYOT BOSQICHLARI

Ushbu maqolada psixologiya fanining tarixiy taraqqiyot bosqichlari ilmiy tarzda tahlil qilinadi. Maqolada psixologiyaning falsafiy ildizlari, diniy-dogmatik davr, empirik va eksperimental yondashuvlar, XIX–XX asrlarda mustaqil fan sifatida shakllanishi va zamonaviy yo‘nalishlari yoritilgan.

Ozodbek Abdusalimov

20-21

2025-11-24

IJOBIY PSIXOLOGIYA TAMOYILLARI

Ijobiy psixologiya insonning ichki salohiyatini rivojlantirish, hayot sifatini yaxshilash va shaxsiy baxtga erishish imkoniyatlarini o‘rganishga qaratilgan ilmiy yondashuvdir. Ushbu tadqiqotda ijobiy psixologiya tamoyillarining ahamiyati, ular inson hayotidagi muvaffaqiyat va motivatsiyani oshirishdagi o‘rni tahlil qilindi. Metod sifatida ilmiy adabiyotlarni taqqoslash, kuzatish va psixologik tahlil usullari qo‘llanildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ijobiy psixologiya tamoyillaridan foydalanish shaxsiy rivojlanish, stressni kamaytirish va sog‘lom ijtimoiy munosabatlarni shakllantirishda muhim omil hisoblanadi.

Muslima Ibrohimova, Abduqunduz Xalimjonov

20-22

2025-09-30

“PEDAGOGIKADA PSIXOLOGIYA ASOSIY ME’ZONDIR”

Ushbu maqola pedagogika sohasida psixologiyaning o’rni “Pedagogikada psixologiya asosiy me’zondir” va ahamiyati psixologiya fanining ahamiyati, psixologiya sohasida erishilgan yutuqlar, pedagogning psixologik tajribalari va motivatsiyalar va psixologiya sohasida olimlarning qilgan ishlari va tajribalari haqida batafsil ma’lumot berilgan.

Ravshanoy Kadirova

130-133

2024-12-24

PSIXOLOGIYA FANI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI

Ushbu maqolada Psixologiya fanining tarixi, ushbu sohadagi olimlarning qarashlari, psixologiya fani tarmoqlari, bugungi kundagi psixologiya fanining ahamiyati borasida ma’lumotlar keltirilgan.

Mushtariybegim Yusufaliyeva

28-30

2025-08-21

PSIXODIAGNOSTIKA – PSIXOLOGIYA TARMOQLARINI BIRLASHTIRUVCHI ILMIY YO‘NALISH SIFATIDA

Mazkur maqolada psixodiagnostika va psixologiyaning asosiy tarmoqlari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik ilmiy-nazariy va metodologik jihatdan tahlil qilinadi. Psixodiagnostika shaxsning psixik holati, individual-psixologik xususiyatlari, kognitiv jarayonlari va emotsional holatini baholashga xizmat qiluvchi muhim ilmiy yo‘nalish sifatida yoritiladi. Tadqiqotda psixodiagnostika metodlarining klinik, rivojlanish, ta’lim, kognitiv va ijtimoiy psixologiya bilan integratsiyasi ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, psixodiagnostikaning psixologik baholash, ilmiy tadqiqot va amaliy intervensiyalar samaradorligini oshirishdagi ahamiyati asoslab beriladi.

Shaxlo Tuychiyeva, Mohirabonu Ruzikulova

128-129

2026-01-07

AMERIKA PSIXOLOGIYA MAKTABI NAMOYONDALARINING ZAMONAVIY TADQIQOTLARINING OZIGA XOS JIHATLARI

Psixologiya fanining rivojlanish bosqichi davomida ko’plab olimlarning qarashlari mavjud. Boshqa fanlar kabi psixologiya fanining tarixiy rivojlanishida Sharq va Garb ideologik qaramaqarashiliklari mavjud. Maqolada Amerika psixologiya maktabi vakillarining tadqiqotlari va o’ziga xos falsafiy-psixologik qarashlari haqida tahliliy fikrlar keltirilgan.

Paxlavon Qahramonovich Axrorov , D.M. Nuraliyeva

59-61

2022-03-15

PISIXOLOGIYA FANINING TARIXI

Ushbu maqolada psixologiya fanining shakllanishi va rivojlanish tarixi ilmiy-nazariy nuqtai nazardan tahlil qilindi. Maqolada qadimgi davr falsafiy qarashlaridan boshlab, XVII-XIX asrlarda ilmiy psixologiyaning paydo bo‘lishi, shu jumladan Vundt, Titchener, Pavlov, Freud, Jung va boshqa olimlarning hissasi yoritildi. Psixologiyaning nazariy yo‘nalishlari, metodologik asoslari va inson ruhiyatini o‘rganishdagi yondashuvlar tarixiy jarayon kontekstida tushuntiriladi.

Charos Soliyeva

36-37

2025-11-27

PSIXOLOGIYANING ASOSIY VAZIFALARI VA TADQIQOT YO‘NALISHLARI

Ushbu maqolada psixologiya fanining asosiy vazifalari va zamonaviy tadqiqot yo‘nalishlari ilmiy-nazariy manbalar asosida tahlil qilinadi. Psixologiyaning tavsiflash, tushuntirish, bashorat qilish, korreksion hamda boshqaruv vazifalarining mazmuni ochib berilgan.

Shaxnoza Baxramova

105-108

2025-11-30

PSIXOLOGIYA TARIXI VA INSON HAYOTIDA AHAMIYATI

Psixologiya tarixi uzoq o’tmishdan totib to hozirgi kunga qadar psixologik haqidagi fikrlarning paydo bo’lishi va uning rivojlanishini o’rganadi. Psixologiya o’zining uzoq o’tmishiga va qisqa tarixiga ega. Ushbu maqolada psixologiya tarixi va uning inson hayotidagi ahamiyati haqida o’ziga xos fikrlar keltirillgan.

Shahnoza Eshmuminova , Husnola Maxamadiyeva

23-25

2022-12-13

DEZADAPTATSIYA HOLATLARINING YUZAGA KELISH SABABLARI HAMDA UNING PROFILAKTIKASI

Mazkur maqolada maqolada oilaviy munosabatlar jarayonida o‘smirlarda yuz beradigan dezadaptatsiya holatlarining yuzaga kelish sabablari, oqibatlari bilan birgalikda psixoprafilaktikasi yuzasidan fikr va mulahazalar keltiriladi. Adaptatsiyaga mutlaqo proporsional tarzda ro`y beradigon ushbu jarayon juda muhimdi.

Tuxtaxon Suleymanova, Aziza Adahamova, Dilobod Joʻrayeva

108-110

2024-03-18

PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI VA MAQSADI

Ushbu tezisda psixologiya fanining predmeti va maqsadi ilmiy-nazariy asosda keng yoritilgan. Inson psixikasining tabiati, uning rivojlanish qonuniyatlari, psixik jarayonlarning tuzilishi, shaxsning psixologik xususiyatlari hamda psixologiya fanining metodologik asoslari haqida chuqur tahliliy fikrlar bayon etilgan.

Anvarjon Ataqulov

29-31

2025-11-24

PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI VA MAQSADI

Ushbu maqolada psixologiya fanining predmeti, uning ilmiy mohiyati hamda asosiy maqsadlari nazariy jihatdan tahlil qilingan. Psixologiya inson ongining, xulq-atvorining va ruhiy jarayonlarining ilmiy o‘rganilishi sifatida ko‘rib chiqilib, fan oldida turgan vazifalar turli psixologik yondashuvlar kontekstida yoritiladi. Maqolada psixologiyaning nazariy rivojlanish bosqichlari, uning ilmiy-metodologik asoslari, shuningdek, amaliy hayotdagi qo‘llanish doiralari tahlil qilinadi.

Otabek Abdug‘aniyev , Jaxongirmirzo Abdurasulov

100-102

2025-12-08

ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKADA RENESSANS G'OYALARINING QAYTA NAMOYON BO'LISHI

Mazkur ilmiy maqola Renessans davri g‘oyalarining zamonaviy psixologiya va pedagogikadagi qayta namoyon bo‘lishini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda shaxs rivojlanishiga oid insonparvarlik, insonning potensial imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, ijodkorlikni rag‘batlantirish, mustaqil va tanqidiy tafakkurni shakllantirishga qaratilgan Renessans falsafasining ta’lim falsafasi va psixologiya sohasidagi ta’siri ko‘rib chiqiladi. Ayniqsa, insonparvarlik, markazlashgan ta’lim (gumanistik pedagogika), shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv va "erkin san'atlar" g‘oyalarining zamonaviy ta’lim tizimidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada ushbu g‘oyalarning hozirgi kunda ta'lim mazmunini boyitish, motivatsiyani oshirish va kompetensiyalarni shakllantirishdagi o‘rni ilmiy-pedagogik yondashuvlar doirasida ochib beriladi. Natijalar zamonaviy ta’lim amaliyotini Renessans g‘oyalari bilan integratsiya qilishning samaradorligini ko‘rsatadi.

A.Sh. Shodmonova, Mu’tabar Mirjamolova

115-119

2026-02-20

TAʼLIMDA MUSIQA VA PSIXOLOGIYA UYGʻUNLIGI: SHAXS OPTIMALLASHTIRISH YOʻLLARI

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida musiqa va psixologiya uyg‘unligining shaxs rivojlanishi va psixologik barqarorligiga ta’siri yoritiladi. Musiqa inson emotsional dunyosini boshqarish, stressni kamaytirish, fikrlash faoliyatini faollashtirish hamda motivatsiyani kuchaytirishda muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Psixologiya esa shaxsning individual xususiyatlarini aniqlash va uni to‘g‘ri yo‘naltirishda asosiy ilmiy tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Maqolada yoshlar ta’limi va ma’naviy rivojiga doir Prezident qarorlariga tayanilgan holda shaxsni optimallashtirish yo‘llari tahlil qilinadi.

Nigina Rahmonova, Asal Arziqulova , Sarvinoz Akbarova

119-124

2025-12-08

1 - 25 of 500 items 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy