Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

O‘ZBEKISTONNING IQTISODIY RIVOJLANISHIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TA’SIRI

Bu maqola O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi va raqamli texnologiyalar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganishga qaratilgan. Raqamli texnologiyalar global iqtisodiyotda katta o‘zgarishlarni olib kelmoqda. Ushbu maqolada O‘zbekistonning iqtisodiyotidagi rivojlanish jarayonida raqamli texnologiyalar va ularning o‘rnini o‘rganish, ularning o‘zgaruvchanlikni qabul qilish va O‘zbekiston iqtisodiyotida ularning joriy holati muhokama qilinadi. Maqola raqamli texnologiyalar va sarmoyalar orasidagi munosabatlarni tahlil qiladi, shuningdek raqamli texnologiyalar va korxona sohasidagi innovatsiyalar, bozor rivojlanishi, elektron tijorat va markaziy banklar sohasidagi raqamli texnologiyalar va ularning ta’siri ham tahlil qilinadi. Ushbu maqola O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanish strategiyalarini shakllantirishda muhimdir va raqamli texnologiyalar sohasidagi so‘nggi ilmiy izlanishlarni va ularning O‘zbekiston iqtisodiyotiga o‘rni haqida yangiliklar ko‘rsatadi.

Lazizbek Ablazov , Ozodbek Baxriyev

441-443

2024-12-28

O‘ZBEKISTONNING IQTISODIY RIVOJLANISHIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TA’SIRI

Bu maqola O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi va raqamli texnologiyalar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganishga qaratilgan. Raqamli texnologiyalar global iqtisodiyotda katta o‘zgarishlarni olib kelmoqda. Ushbu maqolada O‘zbekistonning iqtisodiyotidagi rivojlanish jarayonida raqamli texnologiyalar va ularning o‘rnini o‘rganish, ularning o‘zgaruvchanlikni qabul qilish va O‘zbekiston iqtisodiyotida ularning joriy holati muhokama qilinadi. Maqola raqamli texnologiyalar va sarmoyalar orasidagi munosabatlarni tahlil qiladi, shuningdek raqamli texnologiyalar va korxona sohasidagi innovatsiyalar, bozor rivojlanishi, elektron tijorat va markaziy banklar sohasidagi raqamli texnologiyalar va ularning ta’siri ham tahlil qilinadi. Ushbu maqola O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanish strategiyalarini shakllantirishda muhimdir va raqamli texnologiyalar sohasidagi so‘nggi ilmiy izlanishlarni va ularning O‘zbekiston iqtisodiyotiga o‘rni haqida yangiliklar ko‘rsatadi.

Boymirzayeva Maftuna Islom qizi, Yusupova Marjona Avaz qizi, Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

27-31

2024-03-31

INKLYUZIV TA'LIMNI O'QITISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI

Ushbu maqola inklyuziv ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalar qo'llanishining didaktik imkoniyatlarini tahlil qiladi. Maqolada raqamli texnologiyalar yordamida alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan o'quvchilarni umumta'lim muhitiga samarali integratsiyalash yo'llari ko'rib chiqiladi. Tadqiqot raqamli vositalarning inklyuziv ta'lim muhitida shaxsga yo'naltirilgan ta'limni qo'llab-quvvatlash, o'quv materiallarini moslashtirishni soddalashtirish va o'qituvchi-o'quvchi o'rtasidagi kommunikatsiyani yaxshilash imkoniyatlarini ochib beradi. Maqolada raqamli texnologiyalar bilan bog'liq adaptiv o'qitish tizimlari, assistiv texnologiyalar va virtual hamda kengaytirilgan reallik vositalarining inklyuziv ta'lim jarayonidagi samaradorligi tahlil qilinadi. Bundan tashqari, maqolada O'zbekistonda inklyuziv ta'lim sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etishdagi joriy vaziyat va kelajak istiqbollari ham ko'rib chiqiladi. Tadqiqot natijalarida ko'rsatilishicha, raqamli texnologiyalar inklyuziv ta'lim sifatini oshirishda katta potensialga ega bo'lib, o'qitish jarayonini alohida ta'lim ehtiyojlariga moslashtirish va barcha o'quvchilar uchun teng imkoniyatlar yaratishga hissa qo'shadi.

Аtаbаyevа Nаrgisа Nаbijоnоvnа

142-147

2025-05-20

CHIZMACHILIKDA ANʼANAVIY VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR INTEGRATSIYASI

Ushbu maqolada chizmachilik sanʼatida anʼanaviy va raqamli texnologiyalarning integratsiyasi masalalari yoritilgan. Anʼanaviy chizmachilik usullari, yaʼni qalam, qog‘oz, va bo‘yoq yordamida yaratilgan tasvirlar bilan zamonaviy raqamli texnologiyalar, masalan, grafik dizayn dasturlari va 3D modellash vositalarining uyg‘unlashuvi muhokama qilinadi. Maqolada, chizmachilik sanʼatini yangi texnologiyalar yordamida rivojlantirishning imkoniyatlari, raqamli vositalarning estetik va texnik jihatlari, shuningdek, anʼanaviy va raqamli texnologiyalarni birlashtirish orqali yangi sanʼat asarlarini yaratishning metodologiyasi tahlil qilinadi. Bunda, raqamli va anʼanaviy chizmachilik usullarining afzalliklari va kamchiliklari, o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishdagi roli hamda ularning amaliyotda qo‘llanilishidagi o‘zgarishlar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari chizmachilik sanʼatida yangicha yondashuvlarni va metodlarni yaratishda foydalidir.

Karima Madaminova

95-98

2025-04-30

AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA STARTAPLARNI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI INFRATUZILMANING ROLI

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va raqamli infratuzilmaning startaplarni rivojlantirishdagi ahamiyatini chuqur o‘rganishga qaratilgan. Maqolada, AKT va raqamli infratuzilmaning startaplar uchun qanday imkoniyatlar yaratishi, ularning innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqish, global bozorlarga chiqish, resurslarni optimallashtirish va operatsion samaradorlikni oshirish kabi sohalarda qanday yordam berishi yoritilgan. Tadqiqotda, shuningdek, raqamli infratuzilmaning asosiy elementlari — bulutli texnologiyalar, yuqori tezlikdagi tarmoq imkoniyatlari va xavfsizlik tizimlarining startaplarning muvaffaqiyatiga ta’siri batafsil muhokama qilinadi. Bulardan tashqari, maqolada raqamli texnologiyalar va infratuzilmaning iqtisodiy va ijtimoiy ta’sirlari ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotning maqsadi raqamli infratuzilma va AKTning startaplarni rivojlantirishdagi strategik ahamiyatini aniqlash, amaliy yondashuvlarni ishlab chiqish va bu sohadagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishdan iborat. Shuningdek, maqola innovatsion startaplar uchun raqamli infratuzilmaning ulkan imkoniyatlarini va ularni samarali boshqarishning muhim jihatlarini ta’kidlaydi.

Adhamjon Abidov , Gulchehra Qahhorova

452-454

2024-12-28

СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ: ИНТЕГРАЦИЯ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ И ИННОВАЦИОННЫХ МЕТОДОВ: ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ПОДХОДЫ И ПРАКТИЧЕСКИЙ ОПЫТ

В статье анализируются взгляды на интеграцию цифровых технологий и инновационных методов в современный образовательный процесс. На сегодняшний день изменения в системе образования и стремительное развитие информационных технологий требуют нового подхода к педагогической деятельности. С этой точки зрения в статье раскрываются сущность интерактивных форм обучения, эффективные пути использования цифровых инструментов, а также передовой педагогический опыт. На основе педагогических подходов рассматриваются возможности повышения интереса учащихся к знаниям, формирования самостоятельного мышления и обновления учебного процесса с точки зрения его качества. В процессе анализа приведены рекомендации по внедрению факторов, влияющих на эффективность образования, в практическую деятельность.

L.R. Mirjalolova, N.T. Kamolova, N.V. Xaydarova, Sh.B. Abdug‘aniyeva

127-134

2025-04-22

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA DASTURIY TA’MINOT BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKALARI

Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar asosida dasturiy ta’minot bo‘limini o‘qitishning samarali metodikalari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar ta’lim tizimiga integratsiya qilinishi o‘quvchilarga bilim olish jarayonini yanada interaktiv va samarali qilish imkonini beradi. Dasturiy ta’minot bo‘limida raqamli texnologiyalarni qo‘llash nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Maqolada interfaol ta’lim metodlari, jumladan, guruhli muhokama, case-study, rol o‘ynash, hackathon va interaktiv testlar kabi metodlarning samaradorligi ko‘rsatilgan.Ushbu metodlar o‘quvchilarga real hayotdagi muammolarni hal qilishda yordam beradi va ularni tizimlarni yaratish va rivojlantirishda tajriba orttirishga rag‘batlantiradi. Maqola, raqamli texnologiyalar asosida dasturiy ta’minot bo‘limini o‘qitishda interaktiv usullarni qo‘llashning ta’lim samaradorligini oshirishdagi muhim rolini ta’kidlaydi. O‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va ta'lim jarayonini modernizatsiyalashda raqamli texnologiyalarning o‘rni yuksakdir.

Saitova Ra’no Mansur qizi, Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna, Negmatova Sevinch Ergash qizi

54-59

2025-07-28

RAQAMLI IQTISODIYOT VA UNING GLOBAL IQTISODIY TIZIMDAGI O‘RNI

Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning mohiyati, uning tarkibiy qismlari va global iqtisodiy tizimdagi ahamiyati keng yoritiladi. Xususan, raqamli infratuzilma, elektron tijorat, raqamli texnologiyalar va innovatsiyalarning xalqaro savdo, moliyaviy tizimlar va mehnat bozoriga ta’siri tahlil qilinadi. Maqolada shuningdek, raqamli iqtisodiyot rivojlanishining ijobiy va salbiy tomonlari, ularni tartibga solish bo‘yicha takliflar hamda mamlakatlarning raqobatbardoshligini oshirish usullari haqida so‘z yuritiladi.

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li, Turayeva Mahorat Sherzod qizi

72-76

2024-12-16

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘QUVCHILARNING AXBOROT KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH ORALI ZAMONAVIY KASBLARGA YO‘NALTIRSHDAGI ILMIY AHAMIYATI

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar asosida o‘quvchilarning axborot kompetentligini rivojlantirish orali zamonaviy kasblarga yo‘naltirshdagi ilmiy ahamiyati sifatida “Kasblarga yo‘naltirishdagi axborotlar bilan kompetensiyasi”, “Kelajak kasblarni tanlashda axborot kompetentligini rivojlantirish”, “Kasbiy sohalarga integrasiyalash maqsadlaridagi axborot kompetentligini rivojlantirishning pedagogik muommolari” kabi tushunchalarni ilmiy tahlil qilish bilan mavzud adabiyotlarni o‘rganildi va muammolarni aniqlashni maqsad qilindi.

Erkinxon Nizomxonov, Sanjarxon Nizomxonov

34-37

2025-01-04

ZAMONAVIY RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR GADJETLAR, BUYUMLAR INTERNETI, SIMSIZ INTERNET, 3D BOSMA TEXNOLOGIYALAR

Ushbu maqola Zamonaviy raqamli texnologiyalar, gadjetlar, buyumlar interneti, simsiz internet, 3D bosma texnologiyalar toʻgʻrisida. Zamonaviy raqamli texnologiyalar, hayotimizning deyarli barcha sohalariga ta'sir ko'rsatgan va davom etayotgan yangiliklar va innovatsiyalarni o'z ichiga oladi. Bu texnologiyalar asosan raqamli ma'lumotlarni saqlash, ishlov berish, uzatish va tahlil qilish bilan bog'liq.

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li, Ne`matova Kamola Nu`monovna

66-71

2024-12-16

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA ULARNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

Raqamli texnologiyalar jamiyatning turli sohalarida inqilobiy o‘zgarishlarni yuzaga keltirib, iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sanoatda samaradorlikni oshirmoqda. Sun’iy intellekt, mashinaviy o‘rganish, kvant hisoblash va Internet narsalar (IoT) kabi ilg‘or texnologiyalar biznes jarayonlarini avtomatlashtirish, tibbiy diagnostikani yaxshilash va axborot almashinuvini tezlashtirishga xizmat qilmoqda. Bulutli texnologiyalar va blokcheyn esa ma’lumotlarni xavfsiz saqlash va boshqarishda muhim rol o‘ynamoqda. Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarning rivojlanish tendensiyalari, ularning zamonaviy jamiyatga ta’siri va kelajakdagi istiqbollari tahlil qilinadi.

FARRUX QODIROV , IRODA BUXOROVA

59-64

2025-03-24

“RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION YONDASHUVLAR YORDAMIDA IQTISODIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VA GLOBAL MEHNAT BOZORIDA RAQOBATBARDOSHLIKNI OSHIRISH”

Ushbu maqolada zamonaviy raqamli texnologiyalar sharoitida innovatsion tafakkur va global kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan zamonaviy ta’limiy va texnologik yondashuvlar tahlil qilinadi. Raqamlashtirish jarayonlari ta’lim, iqtisodiyot va ijtimoiy hayotning barcha sohalariga kirib borayotgani, raqamli savodxonlik, kreativ fikrlash, muammolarni yechish, media va axborot madaniyatini rivojlantirishning dolzarbligi asoslab beriladi. Shuningdek, sun’iy intellekt, big data, bulutli texnologiyalar, AR/VR, IoT kabi raqamli vositalarning shaxs kompetensiyalarini kengaytirishdagi roli yoritiladi. Maqolada innovatsion ta’lim metodlari — loyiha asosida o‘qitish, STEAM yondashuvi, onlayn-ta’lim platformalari va real vaqtli interaktiv muhitlarning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari raqamli texnologiyalar integratsiyasi orqali yoshlarning global mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishi, ijodkorlik, moslashuvchanlik va kommunikativ ko‘nikmalarining rivojlanishiga erishish mumkinligini ko‘rsatadi. 

Umarova Mukaddas Abbasovna, Nuraliyev Muhammadqodir

20-22

2025-12-17

RAQAMLI IQTISODIYOT VA UNING GLOBAL IQTISODIY TIZIMDAGI O’RNI

Raqamli iqtisodiyot — zamonaviy iqtisodiy faoliyatning raqamli texnologiyalar orqali amalga oshiriladigan shakli bo'lib, internet, sun'iy intellekt, katta ma'lumotlar va bulutli hisoblash kabi komponentlarni o'z ichiga oladi. U global iqtisodiy tizimda muhim rol o'ynaydi, chunki raqamli texnologiyalar iqtisodiy o'sishni tezlashtiradi, yangi ish o'rinlari yaratadi va mamlakatlar o'rtasidagi integratsiyani kuchaytiradi. Raqamli iqtisodiyot innovatsiyalarni rag'batlantiradi, raqobatbardoshlikni oshiradi va ijtimoiy hayotda ijobiy o'zgarishlarga olib keladi.

Nurmaxmatova Umida

96-100

2024-12-16

RAQAMLI IQTISODIYOTNI JORIY ETISHDA MEHNAT BOZORINI SHAKLLANTIRISH TARTIBI

Raqamli iqtisodiyot – bu jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi ma’umotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi, texnologiyalar, asbob-uskunalar, tovar va xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan, raqamli texnologiyalarga  asoslangan elektron biznes va elektron tijorat bilan chambarchas bog‘liq iqtisodiy faoliyat, hamda shu faoliyat natijasida ishlab chiqariladigan va sotiladigan raqamli tovarlar, xizmatlar yig‘indisidir.  Ba’zida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi. Ushbu maqolada ham aynan raqamli iqtisodiyotni joriy etishda mehnat bozorini shakllantirish tartibi haqida yoritilgan.

Ibragimov Ramazon Dilmurod oʻgʻli

152-155

2024-04-05

ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH VA RAQAMLI TA’LIM MUHITINING AHAMIYATI

Zamonaviy axborot texnologiyalarining rivojlanishi va ularning ta’lim tizimidagi qo‘llanilishi ta’lim jarayonini sezilarli darajada o‘zgartirmoqda. Ushbu maqolada zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli ta’lim muhitining ahamiyati, shuningdek, ta’lim sohasida ularning integratsiyasi muhokama qilinadi. Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) qo‘llanishi o‘qitish va o‘rganish jarayonlarini samarali va interaktiv qiladi, shuningdek, o‘qituvchilar va talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Raqamli ta’lim muhitining rivojlanishi masofaviy ta’limni qo‘llashni, onlayn platformalarda bilim olishni va o‘qitishning yangi usullarini ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi. Ushbu maqolada, raqamli resurslar, interaktiv texnologiyalar va ta’limda zamonaviy pedagogika metodlari muhokama qilinadi. Maqolada shuningdek, zamonaviy ta’lim tizimida axborot texnologiyalarining kiritilishi bilan bog‘liq imkoniyatlar va muammolar ko‘rsatiladi. Raqamli ta’limning kelajagi, o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalarini oshirish, shuningdek, ta’limda texnologiyalarning ahamiyati haqida xulosa chiqariladi

Abdumannobov Azizbek Anvarjon oʻgʻli, A.A.Shernayev

54-57

2025-06-30

RAQAMLI KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK XUSUSIYATLAR

В данной статье рассматриваются социально-педагогические особенности развития цифровой компетентности, необходимой будущим учителям физического воспитания и другим педагогам, подробно излагаются социальные и образовательные факторы, влияющие на способность личности эффективно и ответственно взаимодействовать с цифровыми технологиями. данные о пересечении факторов lim. проведен анализ программ формирования компетенций, изучены термины цифровая грамотность и цифровая компетентность и их место в профессиональной деятельности будущих учителей профессионального образования.

Gulsora Bo‘riyeva

1124-1127

2025-01-09

ZAMONAVIY RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR: GADJETLAR, BUYUMLAR INTERNETI, SIMSIZ INTERNET, 3D BOSMA TEXNOLOGIYALAR

Zamonaviy raqamli texnologiyalar hayotimizning barcha jabhalariga kirib kelib, inson faoliyatini yengillashtirish va samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynamoqda. Gadjetlar kundalik hayot va ish jarayonlarini avtomatlashtirishda keng qo‘llaniladi. Buyumlar interneti (IoT) esa turli qurilmalarni global tarmoq orqali bog‘lab, ularni aqlli boshqarish imkonini yaratadi. Simsiz internet texnologiyalari (Wi-Fi, 5G) tezkor va uzluksiz aloqa o‘rnatishni ta’minlaydi. 3D bosma texnologiyalari esa ishlab chiqarish, tibbiyot va arxitektura sohalarida innovatsion yechimlar yaratishda qo‘llanilmoqda. Ushbu texnologiyalar jamiyatning raqamli rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi.

Farrux Qodirov, Munisa Elboyeva

53-57

2025-03-24

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA EKOLOGIK BARQARORLIK

Ushbu maqola raqamli texnologiyalar va ekologik barqarorlik o’rtasidagi aloqalarni tahlil qiladi. Raqamli texnologiyalar, masalan, aqlli energiya tzimlari, loT(Internet of Things) va sun’iy intellekt kabi ilg’or yechimlar atrof-muhitni saqlash va ekologik barqarorlikni ta’minlashda qanday muhim rol o’ynashini ko’rsatib beradi.Maqolada resurslarni samarali boshqarish,qayta tiklovchi energiya manbalarini qo’llash,yashil transport tizimlari va atrof-muhitni monitoring qilish kabi yo’nalishlarda raqamli texnologiyalar yordamida ekologik barqarorlikka erishish imkoniyatalari ko’rib chiqiladi.Shu bilan birga ,sanoat va transport sohalarida texnologiyalarni qo’llashning ekologik izni kamaytirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi.Raqamli texnologiyalarni ekologik barqarorlik bilan uyg’unlashtirish kelajakda barqaror rivojlanishni ta’minlashda muhim omil bo’ladi.

Rahmatullayeva Maxfuza Iskandar Qizi

28-32

2024-12-16

TA’LIM TIZIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH ISTIQBOLLARI

Ushbu maqolada ta'lim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari va istiqbollari tahlil qilinadi. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar ta’limni innovatsion yondashuvlar bilan boyitmoqda, bu esa o‘quv jarayonini samarador va qiziqarli qiladi. Maqolada raqamli texnologiyalar yordamida ta’lim sifati qanday oshishi, ta’lim muassasalari, o‘qituvchilar va o‘quvchilarga qanday imkoniyatlar yaratilishi, kelgusida raqamli texnologiyalar qanday istiqbollarni taklif qilishi muhokama qilinadi.

Normo'minov Anvarjon Asqar o'g'li, G'iyosjon Jumayev Abdivahobovich, Mamarajabov Husan Ergash o'g'li

772-775

2024-11-29

TA`LIM SIFATINI OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING OʻRNI

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarning ta'lim sifatini oshirishdagi oʻrni koʻrsatib oʻtilgan.  U barcha uchun inklyuziv va teng sifatli ta'limni ta'minlashga qaratilgan.  Ushbu texnologiyalar ta'limga kuchli ta'sir ko'rsatdi. Yaqinda COVID-19 pandemiyasi raqamli texnologiyalarni qo'llashni yanada institutsionalizatsiya qildi.  Ushbu raqamli texnologiyalar butun ta'lim tizimida paradigmani o'zgartirdi.  Bu nafaqat  bilim provayderi, balki axborotning ham muallifi, maslahatchisi va baholovchisi.  Texnologik yaxshilanishlar ta'limda talabalar hayotini osonlashtirdi.  Hozirgi kunda talabalar qalam va qog'ozdan foydalanish o'rniga turli xil narsalarni ishlatishadi, taqdimotlar va loyihalarni yaratish uchun dasturiy ta'minot va vositalardan foydalanishadi. Og'ir kitobdan farqli o'laroq, elektron kitobni ishlatish va olib yurish osonroq. Ushbu maqola ta'limda raqamli texnologiyalarga bo'lgan ehtiyoj haqida qisqacha va asosiy mavzularni muhokama qiladi.

Rahimov Xumoyun Yusufboy oʻgʻli

56-58

2025-01-17

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA INTELLEKTUAL MULK HUQUQLARINI HIMOYA QILISH MASALALARI

Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi intellektual mulk (IP) huquqlarini himoya qilish manzarasini sezilarli darajada o‘zgartirdi. Ushbu maqola raqamli davrda IP huquqlari bilan bog‘liq qiyinchiliklar va muammolarni ko‘rib chiqadi, bunda Internet tomonidan kiritilgan murakkabliklar, dasturiy ta’minot qaroqchiligi va raqamli kontentni ko‘paytirish va tarqatish qulayligiga e’tibor qaratiladi. U intellektual mulkni himoya qilish uchun amaldagi qonunchilik asoslarini o‘rganadi va raqamli huquqbuzarlikning rivojlanib borayotgan tabiatini hal qilish uchun innovatsion echimlar zarurligini ta’kidlaydi. Tadqiqot raqamli jamiyatda innovatsiyalar va ma’lumotlarga kirishni rag‘batlantirish bilan IP himoyasini muvozanatlash muhimligini ta’kidlaydi.

Ma’mura Turg‘unboeva

45-48

2024-09-23

AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI – RAQAMLI IQTISODIYOT VA STARTAP LOYIHALARNI RIVOJLANISHINING ASOSIY OMILI SIFATIDA

Hozirgi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) dunyo iqtisodiyotining asosiy poydevoriga aylanib, ko‘plab sohalarda innovatsion yondashuvlarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Raqamli iqtisodiyot va startap loyihalari ham AKT’larning tezkor rivojlanishi va joriy etilishi bilan bevosita bog‘liq. AKT texnologiyalarining jadal o‘sishi, internet xizmatlarining keng tarqalishi, ma’lumotlar bazalarining samarali boshqarilishi va raqamli infrastrukturaviy imkoniyatlar startaplar va raqamli iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishining asosi bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan mamlakatlarda, ayniqsa, AKT’lar o‘zgaruvchan iqtisodiy sharoitda yangi imkoniyatlar yaratish va innovatsiyalarni rivojlantirishda muhim rol o‘ynamoqda

Nilufar Davlatyarova

364-365

2024-12-28

BANK TIZIMIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA: ZAMONAVIY MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR TURLARI VA ULARNING QO’LLANILISH SOHALARI

Mazkur tezisda bank tizimida zamonaviy moliyaviy texnologiyalarning turlari va ularning qo’llanilish sohalari to’g’risida ma’lumot beriladi.  Bugungi kunda texnologiyalar bank sohasining barcha jabhalariga kirib bormoqda va moliyaviy xizmatlarning tezkorligi, samaradorligi, shaffofligi va xavfsizligini oshirishga xizmat qilmoqda. Maqolada FinTech (moliyaviy texnologiyalar), blokcheyn, sun’iy intellekt, raqamli to‘lov tizimlari va kriptovalyutalar kabi asosiy texnologiyalar tahlil qilinadi va ularning bank xizmatlari, mijozlar bilan ishlash, xavfsizlikni ta’minlash, va moliyaviy monitoring kabi sohalardagi o‘rni va imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bu texnologiyalarning banklar uchun foydalari va ularga kirib kelayotgan yangi raqobatning ta’siri haqida ham soz boradi.

Janaydarova Kamola Abayevna

85-92

2025-10-31

‘ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR SHAROITIDA O’SMIR SHAXSNING PSIXOLOGIK SHAKLLANISH XUSUSIYATI’

Mazkur maqolada zamonaviy  texnologiyalar - internet , ijtimoiy tarmoqlar , kompyuter o’yinlari va raqamli vositalarning o’smir shaxsning psixologik shakllanish jarayoniga ta’siri tahlil qilinadi . Raqamli muhitda o’sayotgan o’smirlarning tafakkuri , hissiyoti , o’zini anglash darajasi va ijtimoiy munosabatlari  yangi shakllarga ega bo’layotgani ilmiy asosda yoritilgan .  Tadqiqotda zamonaviy texnologiyalar o’smir shaxsning kognitiv  ( bilish ),  emotsional va ijtimoiy ruvojlanishga ijobiy hamda salbiy  jihatdan ta’sir  ko’rsatayotgani ko’rsatib beriladi. Shuningdek, oila va ta’lim muhitining raqamli texnologiyalar bilan uyg’unlashuvi o’smir shaxsning sog’lom  psixologik rivojlanishini ta’minlovchi muhim omil sifatida ko’rsatiladi.

Sharafullayeva Shaxlo Qaxramonovna, Mamatraimova Ilmira Bahrom qizi

44-46

2025-10-31

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA EKOLOGIK BARQARORLIK

Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar va ekologik barqarorlik o’rtasidagi o’zaro aloqalar, ularning zamonaviy jamiyatdagi ahamiyati hamda muammolari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning rivoji (IoT, sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar tahlili va boshqalar) iqtisodiy samaradorlik bilan birga ekologik masalalarni hal qilishda yangi imkoniyatalar yaratmoqda. Shuningdek, maqolada texnologiyalarning ekologik barqarorlikka ijobiy xususan, energiya samaradorligini oshirish, chiqindilarni boshqarish, qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish va resurslardan oqilona foydalanish kabi jihatlari yoritilgan. Shu bilan birga, texnologiyalar sabab yuzaga kelayotgan muammolar, masalan, energiya sarfining oshishi, elektron chiqindilar ko’payishi, hamda ushbu muammolarning yechimlari ham muhokama qilinadi.Maqolaning maqsadi raqamli texnologiyalarning ekologik barqarorlikka qanday ta’sir ko’rsatayotgani va bu jarayonning ijobiy va salbiy tomonlarini o’rganish.

Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li, Umarova Gulmira

157-162

2024-12-16

1 - 25 из 112 результатов 1 2 3 4 5 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy