Maqolada O‘zbekiston estrada qo‘shiqlarida milliy va zamonaviy uslubiy o‘xshashlik jarayonlari ko‘rib chiqilib, xalq kuy-ohanglari, maqom lad-intonatsiyasi, usul va ritmika, shuningdek, dutor, doira, rubob kabi cholg‘ular tembrining Estrada ijrochiligiga integratsiyalanish jarayonini tahlil qiladi. Hamda, elektron musiqa, hip-hop/trep bitlari, pop-rok garmoniyasi va global prodyuserlik standartlarining mahalliy estetik me’yorlar bilan uyg‘unlashuv mexanizmlarini musiqiy-tahlil yondashuv asosida ochib beradi