Mollarning yoshi, jinsi, mahsuldorligi, oziqlantirsh va saqlash sharoitlariga qarab qonning tarkibiy qismi o‘zgaradi. Qonning tarkibiy ko‘rsatkichlari mollarning sog‘lomligi, mahsuldorligi va konstitutsiyasini aniqlashda foydalaniladi. Yana shuni alohida aytish kerakki, naslchilik-seleksiya ishlarida muhim hisoblangan mollarning qon guruhlari va oqsil moddasining polimorf tizimi ko‘rsatkichlari orqali mollarning qarindoshligini to‘g‘ri aniqlashda va boshka immunogenetik usullarda keng qo‘llaniladi. Mollar intererini o‘rganishdagi asosiy usullardan biri fiziologik ko‘rsatkichlardir. Tomir urishi, nafas olish tezligi va tana harorati mollar salomatligi va moddalar almashuvini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Tana harorati mollarning yoshi ulg‘ayishi bilan o‘zgarmaydi.
2023-12-15