Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2025-12-20
Статьи
SERVER XIZMATLARINI OPTIMALLASHTIRISHNING ARXITEKTURA YONDASHUVLARI VA TROUBLESHOOTINGNING DIAGNOSTIK MEXANIZMLARI
Ushbu maqola Windows Serverdagi server rollari va xizmatlarini optimallashtirish, tizim resurslaridan samarali foydalanish, shuningdek troubleshooting jarayonlarini o‘rganishga qaratilgan. Maqolada server barqarorligini oshirish, xizmat ko‘rsatish samaradorligini yaxshilash, xavfsizlikni ta’minlash va yuzaga keladigan texnik muammolarni aniqlash va bartaraf etish usullari tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada Windows Serverning turli rollari - Active Directory, DNS, DHCP, File va Print serverlar kabi xizmatlar qanday boshqarilishi va optimallashtirilishi kerakligi haqida amaliy tavsiyalar beriladi. Ushbu tadqiqot IT mutaxassislariga serverlarni samarali boshqarish va tizimni barqarorlashtirish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlarni taqdim etadi.
2025-12-19
MANTIQIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRUVCHI ONLINE O’YIN DASTURI YARATISH
Ushbu loyiha mantiqiy fikrlash, tahlil qilish va muammolarni hal etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan onlayn o‘yin dasturini yaratishga bag‘ishlangan. Dastur foydalanuvchilarga turli darajadagi mantiqiy topshiriqlar, boshqotirmalar va interaktiv o‘yin elementlari orqali bilimlarini mustahkamlash imkonini beradi. O‘yin zamonaviy veb-texnologiyalar asosida ishlab chiqilib, foydalanuvchi uchun qulay interfeys, motivatsion baholash tizimi va individual rivojlanish monitoringini o‘z ichiga oladi. Mazkur dastur ta’lim jarayonida qo‘shimcha vosita sifatida, shuningdek, mustaqil o‘rganish uchun samarali platforma bo‘lib xizmat qiladi.
2025-12-19
MOMENT MEXANIZMINING MATEMATIK ASOSLARI VA ADAM TURIDAGI ADAPTIV OPTIMIZATORLARDA QOʻLLANISH SAMARADORLIGINI TAHLIL QILISH
Ushbu tezisda mashinaviy oʻrganish va sunʼiy intellekt modellarini oʻqitishda qoʻllaniladigan optimallashtirish algoritmlarining muhim jihatlaridan biri boʻlgan moment mexanizmining matematik asoslari va uning Adam turidagi adaptiv optimizatorlarda qoʻllanish samaradorligi tahlil qilinadi. Natijalar shuni koʻrsatadiki, moment mexanizmi va adaptiv optimallashtirish yondashuvlari zamonaviy chuqur oʻrganish modellarini samarali oʻqitishda muhim ahamiyat kasb etadi.
2025-12-19
OʻRGATISH ALGORITMLARI: GRADIENT TUSHISHI, ADAM VA BOSHQALAR
Maqolada mashinaviy oʻrganish tizimlarida model parametrlarini samarali oʻrgatish muammosi muammo–yechim yondashuvi asosida yoritiladi. Gradient tushishi, momentumga asoslangan yondashuvlar hamda Adam kabi adaptiv optimallashtirish algoritmlarining nazariy asoslari va ularning oʻrganish jarayonidagi roli izchil tahlil qilinadi. Turli algoritmlarning yaqinlashuv tezligi, barqarorligi va umumlashtirish qobiliyatiga taʼsiri ilmiy nuqtayi nazardan asoslanadi. Keltirilgan tahlillar optimallashtirish algoritmini ongli tanlash mashinaviy oʻrganish modellarining amaliy samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanini koʻrsatadi.
2025-12-19
BO‘LAJAK INFORMATIKA O‘QITUVCHILARINING AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI O‘QUV FANLARIGA TATBIQ QILISH MALAKALARINI TAKOMILLASHTIRISH
Mazkur maqolada bo‘lajak informatika o‘qituvchilarining axborot texnologiyalarini umumta’lim va ixtisoslashgan o‘quv fanlariga tatbiq etish malakalarini takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda raqamli ta’lim muhitida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya vositalari va fanlararo integratsiyaga asoslangan o‘qitish yondashuvlarining samaradorligi o‘rganildi. Eksperimental tadqiqot natijalari informatika o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda axborot texnologiyalaridan tizimli foydalanish o‘quv jarayonining samaradorligini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari pedagog kadrlar tayyorlash jarayonida amaliy ahamiyatga ega.
2025-12-20
OʻTKIR PANKREATIK KELIB CHIQISHI VA DAVOLASHNING BIOKIMYOVIY ASOSLARI
Ushbu maqolada oʻtkir pankreatikning kelib chiqishi, patobiokimyoviy mexanizmlari hamda davolash tamoyillarning biokimyoviy asoslari yoritilgan. Kasallikning rivojlanishida oshqozon osti bezida fermentlarning erta faollashuvi, oksidlovchi stress va mikrosirkulyatsiya buzilishlari asosiy roʻl oʻynashi ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Amilaza va lipaza kabi fermentlarning diagnostik ahamiyati koʻrsatilib, sekretar dam berish, suyuqlik terapiyasi, antiferment preparatlar va antioksidantlar qoʻllashning biokimyoviy asoslari bayon etilgan. Maqola oʻtkir pankreatitni erta aniqlash va samarali davolashga doir ilmiy-amaliy yondashuvlarni umumlashtiradi.
2025-12-20
STEAM YONDASHUVI ORQALI FIZIKANI O‘QITISH METODIKASI
Ushbu maqola STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) yondashuvi orqali fizikani o‘qitish metodikasini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada STEAM tamoyillari asosida fanlarni integratsiyalash, texnologik vositalardan foydalanish va ijodiy faoliyat orqali talabalarning fizikaga bo‘lgan qiziqishini oshirish usullari tahlil qilinadi. Shu bilan birga, amaliy mashg‘ulotlar va loyihaviy ishlar yordamida konseptual bilimlarni mustahkamlash, tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi ko‘rib chiqiladi. Maqola zamonaviy ta’lim tizimida STEAM yondashuvining ahamiyati, afzalliklari va joriy etish imkoniyatlarini yoritadi.
2025-12-20
MOLIYAVIY FIRIBGARLIKNI ANIQLASHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Moliyaviy firibgarlik zamonaviy raqamli iqtisodiyotda banklar, moliya institutlari va foydalanuvchilar uchun jiddiy muammolardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada moliyaviy firibgarlikni aniqlashda zamonaviy axborot texnologiyalari, xususan ma’lumotlarni qayta ishlash, mashina o‘rganishi, sun’iy intellekt hamda data analytics texnologiyalarining o‘rni yoritilgan. Tranzaksion ma’lumotlarni real vaqt rejimida tahlil qilish orqali shubhali operatsiyalarni aniqlash, risklarni baholash va firibgarlik holatlarining oldini olish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Zamonaviy algoritmlar yordamida katta hajmdagi moliyaviy ma’lumotlarni samarali qayta ishlash va qaror qabul qilish jarayonlarini optimallashtirish masalalari tahlil qilingan.
2025-12-20
SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA YUZDAGI TERI KASALLIKLARINI ANIQLASH
Ushbu maqolada sun’iy intellekt va kompyuter ko‘rish texnologiyalariga asoslangan yuzdagi teri kasalliklarini aniqlovchi dasturiy ta’minot ishlab chiqilishi va uning amaliy qo‘llanilishi yoritiladi. Dastur konvolyutsion neyron tarmoqlari (CNN) yordamida yuz tasvirlarini tahlil qilib, acne, eczema, psoriasis, rosacea va melanoma kabi kasalliklarni aniqlashga mo‘ljallangan. Yaratilgan dastur masofaviy tibbiyot uchun dastlabki skrining vositasi sifatida xizmat qilishi mumkin.
2025-12-20
ANBAR OTIN ASARLARI LEKSIKASI
Ushbu maqolada o‘zbek mumtoz adabiyotining namoyondasi bo‘lmish Anbar Otinning asarlarini leksik jihaydan tahlil qilinadi. Tadqiqotda shoiraning asarlarida qo‘llangan so‘z boyligi, ularning ma’no qatlamlari, uslubiy xususiyatlari hamda o‘z davrining ijtimoiy, madaniy hayotini aks ettiruvchi leksik birliklar o'rganiladi.
2025-12-20
THE INTERRELATION BETWEEN LANGUAGE AND CULTURE: CHALLENGES IN THE TRANSLATION PROCESS
The intrinsic link between language and culture presents profound challenges within the translation process. This article explores the interrelation, positing that language is not merely a vehicle for communication but a deeply embedded reflection of cultural values, perceptions, and societal structures. Drawing on theoretical perspectives, including a critical engagement with the Sapir-Whorf hypothesis, this paper delineates how cultural imprints manifest in linguistic specificities, leading to significant lexical, semantic, and pragmatic gaps in cross-cultural translation. Particular attention is given to the phenomenon of untranslatable words, which serve as poignant examples of culture-specific concepts that defy direct equivalence. The article then examines various translation strategies designed to bridge these divides and underscores the indispensable role of the translator as a cultural mediator, whose expertise extends beyond linguistic proficiency to encompass deep cultural competence. It concludes by reaffirming the inseparable nature of language and culture in translation and suggests future research directions to enhance cross-cultural understanding.
2025-12-20
TARJIMA TARIXI VA UNING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI AHAMIYATI
Mazkur ilmiy maqolada tarjimaning kelib chiqishi, tarixiy rivojlanish bosqichlari hamda insoniyat taraqqiyotidagi o‘rni yoritilgan. Qadimgi davrlardan boshlab zamonaviy globallashuv davrigacha bo‘lgan tarjima jarayonlari tahlil qilinadi. Sharq va G‘arb tarjima maktablarining o‘ziga xos jihatlari, tarjimaning ilm-fan, madaniyat va jamiyat rivojiga qo‘shgan hissasi talaba darajasida batafsil bayon etiladi.
2025-12-20
VAQTLI MATBUOTDA TARJIMA QILINGAN ASARLAR: TARIXIY VA TARJIMASHUNOSLIK YONDASHUVI
Maqolada gazeta, jurnal va onlayn nashrlarda chop etilgan tarjima materiallarining tarixiy rivojlanishi va tarjimashunoslikdagi ahamiyati yoritiladi. Tarjima faoliyati tarix davomida ommaviy axborot vositalari orqali xalqaro voqealarni yetkazish, madaniy va siyosiy tajribalarni tarqatish vositasi sifatida xizmat qilgan. Tadqiqot doirasida 19-asrdan hozirgi kungacha periodik nashrlarda amalga oshirilgan tarjimalar, ularning janr va uslub xususiyatlari, tezkorlik talabi, tahririy talablar, huquqiy va axloqiy me’yorlar bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi.
2025-12-20
TIBBIY TASVIRLARNI (RENTGEN, MRT) DATA MINING YORDAMIDA TAHLIL QILISH
Zamonaviy tibbiyotda diagnostika jarayonlarini avtomatlashtirishva aniqlash sifatini oshirish dolzarb muammo hisoblanadi. Ushbu tezisda tibbiy tasvirlarni, xususan, rentgen va magnit-rezonans tomografiya (MRT) natijalarini Data Mining texnologiyalari yordamida tahlil qilish usullari ko'rib chiqiladi. Ma'lumotlar qazib olish texnologiyalari yordamida kasalliklarni erta bosqichda aniqlash, diagnostika aniqliqini oshirish va shifokorlarning qaror qabul qilish jarayonini qo'llab-quvvatlash imkoniyatlari tahlil etilgan.
2025-12-20
YAPONIYA POLITSIYA TIZIMIDA KADRLAR BILAN ISHLASH XIZMATLARI FAOLIYATINI BOSHQARISH
Hozirgi globallashuv va jamiyat hayotining jadal rivojlanishi sharoitida jamoat xavfsizligini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu vazifani samarali amalga oshirish, avvalo, ichki ishlar organlarida faoliyat yuritayotgan kadrlarning kasbiy salohiyati, ma’naviy-axloqiy fazilatlari hamda zamonaviy tahdidlarga moslashish qobiliyati bilan bevosita bog‘liq. Shu nuqtayi nazardan, politsiya tizimida kadrlar bilan ishlash xizmatlari faoliyatini boshqarish masalasi nafaqat tashkiliy-huquqiy, balki ilmiy-amaliy jihatdan ham dolzarb ahamiyat kasb etadi.
2025-12-20
JUSTIFICATION OF THE PARAMETERS OF THE DEVICE FOR CROSSING COTTON AND GRASS IN THE PLOWING PROCESS
This article presents scientific conclusions on the selection of the main parameters of the device, allowing simultaneous grinding of cotton stalks and plant residues during plowing. It was established that the use of this device allows for high-quality soil preparation, increasing the effectiveness of subsequent agrotechnical measures, and increasing the productivity of agricultural machinery.
2025-12-20
BOSHLANG‘ICH TA’LIM SINF O‘QUVCHILARIDA XOTIRA TURLARINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI
Mazkur tezisda boshlang‘ich ta’lim sinf o‘quvchilarida xotira turlarining shakllanish xususiyatlari hamda ularni rivojlantirishning samarali pedagogik yo‘llari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Boshlang‘ich maktab yoshida xotiraning rivojlanishi bolaning bilish faoliyati, o‘quv motivatsiyasi va bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni bilan uzviy bog‘liqligi asoslab berilgan. Tadqiqotda mexanik, mantiqiy, ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotirani rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodlar, mashqlar va ta’lim texnologiyalarining didaktik imkoniyatlari yoritilgan.
2025-12-20
KORREKSION PEDAGOGIKA ASOSLARI
Ushbu tezisda korreksion pedagogikaning mazmun-mohiyati, predmeti, maqsadi va vazifalari yoritilgan. Korreksion pedagogikaning rivojlanish tarixi, maxsus ta’limga muhtoj bolalar bilan ishlashda qo‘llaniladigan pedagogik yondashuvlar va metodlar tahlil qilinadi. Shuningdek, inklyuziv ta’lim sharoitida korreksion-pedagogik yordamni tashkil etish masalalari hamda pedagog faoliyatining ahamiyati ochib beriladi. Tezis zamonaviy ta’lim tizimida korreksion pedagogikaning o‘rni va ahamiyatini asoslab beradi.
2025-12-20
ИСКУССТВЕННЫЙ ИНТЕЛЛЕКТ КАК ИНСТРУМЕНТ ОБУЧЕНИЯ ВРАЧЕЙ-ГИНЕКОЛОГОВ: СОВРЕМЕННЫЕ ВОЗМОЖНОСТИ И ПЕРСПЕКТИВЫ
Современная система медицинского образования сталкивается с необходимостью адаптации к стремительно развивающимся технологиям и возрастающим требованиям к качеству подготовки специалистов. В гинекологии, как в клинической дисциплине, значительная часть диагностических и лечебных решений основывается на интерпретации визуальных данных, клинического опыта и навыков практической работы, формирование которых традиционно требует длительного обучения и наставничества. В этой связи актуальным является поиск инновационных образовательных инструментов, способных повысить эффективность обучения и обеспечить стандартизацию подготовки врачей [1].
2025-12-22
FUNKSIYA LIMITINI SONLI USULLAR ORQALI HISOBLASH VA DASTURIY REALIZATSIYA
Ushbu maqolada funksiya limitini aniqlash masalasi sonli usullar yordamida tahlil qilinadi va ularning dasturiy realizatsiyasi ko‘rib chiqiladi. Klassik – ta’rifiga asoslangan nazariy yondashuv matematik jihatdan qat’iy bo‘lsa-da, kompyuter hisoblashlarida bevosita qo‘llash qiyin hisoblanadi. Shu sababli, tadqiqotda funksiya argumentini limit nuqtasiga ketma-ket yaqinlashtirishga asoslangan sonli algoritmlar taklif etiladi. Bir tomonlama va ikki tomonlama limitlarni baholash, o‘rtachalashtirish usullari orqali tebranishlarni kamaytirish hamda algoritmni to‘xtatish mezonlari ishlab chiqiladi. Sonli tajribalar natijalari taklif etilgan yondashuvning aniqligi va barqarorligini tasdiqlaydi. Algoritmlarning dasturiy realizatsiyasi hisoblash matematikasi va muhandislik masalalarida qo‘llash imkoniyatini namoyon etadi.
2025-12-22
PARODONT KASALLIKLARIDA ZAMONAVIY RENTGEN APPARATLARIDAN FOYDALANISH VA RENTGEN TASVIRINI O‘QISHNI BILISH HAMDA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH
Ushbu maqolada parodont kasalliklarini aniqlashda zamonaviy rentgenologik diagnostika usullarining ahamiyati, ularning amaliy stomatologiyada qo‘llanishi va natijalarni to‘g‘ri talqin qilishning klinik ahamiyati yoritilgan. Parodont to‘qimalarining strukturaviy o‘zgarishlarini baholashda 2D (intraoral va panoramik rentgenografiya) hamda 3D (konus nurli kompyuter tomografiyasi) texnologiyalarining afzalliklari tahlil qilinadi. Maqola stomatolog va parodontolog mutaxassislar uchun zamonaviy radiologik yondashuvlarni o‘rganish va amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.
2025-12-22
ШЎРЛАНГА Н МАЙДОНЛАРДА ЕТИШТИРИЛГАН ҚОВОҚ НАВЛАРИНИНГ ИҚТИСОДИЙ САМАРАДОРЛИК КЎРСАТКИЧЛАРИ
Хоразм вилояти шўрланган тупроқ-иқлим шароитида қовоқнинг истиқболли Изящная, Тёщин пирог, Конфетка, Витаминная ва Японская навларини экиб махсус нав синаш тажрибасини олиб бордик. Товарбоп ҳосили C.maxima туридаги Изящная навида 57,8 т/га, Тёщин пирог навида 56,3 т/га.ни ташкил этиб, стандарт Испанская 73 нави кўрсаткичидан тегишли равишда 20,4-17,3% га, C.moschata туридаги Японская навида 54,9 т/га, Витаминная навида 62,7 т/га ни ташкил этиб, стандарт Ширинтой нави (51,6 т/га) кўрсаткичидан 6,3-21,5 % гача юқори бўлди. Қовоқ навларини етиштиришда рентабеллик кўрсаткичлари бўйича: энг паст кўрсаткич стандарт Испанская 73 (131,8%) навида, энг юқори кўрсаткич эртапишар Японская (263,5%) нави ва Витаминная нав (207,4%) ларида қайд этилди.
2025-12-22
BO’LAJAK OLIGOFRENOPEDAGOGLARNI ADAPTIV DIDAKTIK TAYYORGARLIGINI SENSOR-GAMIFIKASION YONDASHUVLAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISHNING AHAMIYATI
Maqolada maxsus ta’lim tizimini yangilash sharoitida bo‘lajak oligofrenopedagoglarning adaptiv didaktik tayyorgarligini takomillashtirishning dolzarbligi ochib berilgan. Sensor-gamifikasion yondashuvlarning kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish vositasi sifatidagi pedagogik imkoniyatlari asoslangan. Ushbu yondashuvlarning bo‘lajak mutaxassislarning motivatsiyasini oshirish, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va tuzatish-pedagogik faoliyatga tayyorgarligini kuchaytirish borasidagi ta’siri ochib beriladi.
2025-12-22
ODONTOGEN GAYMORITLARDA DAVOLASHDA ZAMONAVIY FESS USULINI TAKOMILLASHTIRISH
Odontogen kelib chiqishga ega bo‘lgan gaymoritlar hozirgi kunda otorinolaringologiya va stomatologiya amaliyotida muhim klinik muammolardan biri hisoblanadi. Turli epidemiologik tadqiqotlarga ko‘ra, yuqori jag‘ sinusining surunkali va o‘tkir yallig‘lanish kasalliklarining 10–40 % holatlari aynan odontogen omillar bilan bog‘liq. Bunday holatlarning ko‘payishi stomatologik xizmatlar hajmining oshishi, invaziv muolajalar sonining ko‘payishi va tish-jag‘ tizimi patologiyalarining keng tarqalganligi bilan izohlanadi.
2025-12-22
БОЛАЛАРДА ЎТКИР ЭКССУДАТИВ ЎРТА ОТИТНИНГ КЛИНИК КЕЧИШИ, АСОРАТЛАРИ ВА ЗАМОНАВИЙ УСУЛЛАРДА ДАВОЛАШ
Болаларда ўткир экссудатив ўрта отит (ЎЭЎО) оториноларингология амалиётида энг кўп учрайдиган касалликлардан бири бўлиб, у ўрта қулоқ бўшлиғида сероз ёки сероз-шиллиқ экссудат тўпланиши билан характерланади. Касаллик айниқса 2–7 ёшли болалар орасида кенг тарқалган бўлиб, Евстахий найининг анатомик-функционал етишмовчилиги, аденоид вегетациялар ва юқори нафас йўлларининг тез-тез инфекцияланиши билан боғлиқ.
2025-12-22
SPORT TASHKILOTLARINI TIJORATLASHTIRISH JARAYONIDA CHIPTALAR SAVDOSI VA MERCHANDISING FAOLIYATINING NORMATIV-HUQUQIY ASOSLARI
Mazkur tezis sport tashkilotlarini tijoratlashtirishda chiptalar savdosi va merchandising faoliyatining milliy hamda xalqaro normativ-huquqiy tartibga solinishini tahlil qiladi. Unda chiptalar savdosining huquqiy mohiyati, raqamli tizimlari, chiptalarning noqonuniy qayta sotilishi, shuningdek merchandising faoliyatining intellektual mulk huquqi, litsenziyalash va kontrafakt mahsulotlarga qarshi himoya bilan bog‘liq jihatlari yoritiladi. Tahlil O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va FIFA reglamentlari asosida olib borilib, sport tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan normativ-huquqiy takliflar ilgari suriladi.
2025-12-22
JAMIYAT TARAQQIYOTIDA MADANIYATNING O‘RNI
Ushbu maqola Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida madaniyat va san’atning o‘rni va ahamiyatini tahlil qiladi. Mazkur tadqiqotda milliy madaniyat va san’atni rivojlantirish, xalqchillik tamoyillarini kuchaytirish va ularni xalqimizning ruhiy olami, qalbi va ehtiyojlarini ifoda etadigan muhim ijtimoiy institutga aylantirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, madaniyatning jamiyat taraqqiyotidagi roli, uning axloqiy-ijtimoiy, ta’limiy, estetik va iqtisodiy funksiyalari, globallashuv sharoitida milliy qadriyatlarni asrash va rivojlantirish zarurati tahlil qilinadi. Maqolada madaniyat va san’at sohasida davlat, xususiy sektor va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi samarali hamkorlik, innovatsion loyihalar va madaniy xizmatlarni rivojlantirish muhimligi ta’kidlangan. Shu bilan birga, madaniyat va ta’lim tizimining o‘zaro chambarchas bog‘liqligi, jamiyat barqarorligi va demokratik qadriyatlarni mustahkamlashdagi ahamiyati ham yoritilgan.
2025-12-22
O‘NLIK, YUZLIK, MINGLIK VA KO’P XONALI SONLAR KONSENTRIDA ARIFMETIK AMALLARNI O’RGATISH METODIKASI
Ushbu maqola hozird maktabda o’qituvchilarni faoliyat olib borishi uchun matematika fan bo‘yicha boshlang’ich ta’limni uzviyigi va izchilligini ta’minlashning ilmiy metodik asoslari afzalliklarini yoritib beradi.
2025-12-22
YUQORI SAMARALI BETON YO'L PLITALARINI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA INNOVATSIYALAR
Ushbu maqolada yuqori samarali beton yo'l plitalarini ishlab chiqarish texnologiyasining zamonaviy yondashuvlari va innovatsion yechimlari tahlil qilingan. Natijalar shuni ko'rsatdiki, polipropilen tolalar va superplastifikatorlar qo'llash orqali beton yo'l plitalarining egilish mustahkamligi 25-35 foizga oshirilishi mumkin. Shuningdek, vibratsion presslash texnologiyasi an'anaviy usullarga nisbatan 40 foizgacha yuqori zichlik ko'rsatkichlarini ta'minlashi aniqlangan.
2025-12-22
USING COMMUNICATIVE ACTIVITIES IN TEACHING ENGLISH TO YOUNG LEARNERS
This article explores the use of communicative activities as an effective tool in teaching English to young learners in primary education. It focuses on the Communicative Approach as a learner-centered methodology that emphasizes meaningful interaction, real-life communication, and active learner participation. The article examines the theoretical foundations of Communicative Language Teaching (CLT), its key principles, and practical classroom activities suitable for young learners. Special attention is given to the role of interaction, motivation, and learner engagement in developing speaking, listening, reading, and writing skills. In addition, the article discusses the benefits and challenges of implementing communicative activities in primary English classrooms and provides pedagogical recommendations for teachers.
2025-12-22
NEYROPSIXOLOGIYA ASOSIDA O‘QITISH METODLARI
Ushbu maqolada neyropsixologiya asosida o‘qitish metodlarining mazmuni va ta’lim jarayonidagi o‘rni tahlil qilinadi. Diqqat, xotira va ijrochi funksiyalarning o‘quv samaradorligiga ta’siri neyropsixologik yondashuv orqali asoslab berilgan. Multisensorli o‘qitish va emotsional muhitning neyroplastiklikka ta’siri yoritilgan. Maqola pedagoglar uchun samarali o‘qitish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalarni taklif qiladi.
2025-12-22
АНАЛИЗ МИРОВЫХ ТЕНДЕНЦИЙ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ НА ОСНОВЕ ФИНАНСОВЫХ И МАТЕМАТИЧЕСКИХ МЕТОДОВ
В статье рассматриваются ключевые мировые тенденции развития цифровой экономики с использованием финансовых и математических методов анализа. Особое внимание уделяется количественной оценке цифровизации, моделированию экономического роста, анализу больших данных, а также применению экономико-математических моделей для оценки эффективности цифровых платформ, финтеха и искусственного интеллекта. В статье приводятся практические примеры, задачи и их решения, иллюстрирующие применение статистических, финансовых и оптимизационных методов. А также результаты исследования стратегий цифровой трансформации на уровне компаний и государств.
2025-12-22
O’ZBEKISTONNING BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI BILAN HAMKORLIGI
Ushbu tezisda O’zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorligi masalalari yoritiladi. Bunda BMT ning organlari, BMT ning ixtisoslashgan tashkilotlari, bola huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi konvensiyalar, statistik ma’lumotlar, ilmiy yondashuv asosida tahlil qilinadi.
2025-12-22
SPORT MAKTABLARI VA KLUBLARIDA MOLIYAVIY BOSHQARUVNI TAKOMILLASHTIRISHNING ZAMONAVIY YO‘LLARI
Sport maktablari va klublarida moliyaviy boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish hozirgi davr sport industrijasining asosiy talablaridan biri sanaladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida sport tashkilotlari nafaqat o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarini samarali tashkil etishi, balki o‘z faoliyatini moliyaviy jihatdan mustahkamlashi ham zarur. Chunki raqobat kuchaygan, xizmatlar bozori kengaygan va sportning iqtisodiy ahamiyati oshgan davrda an’anaviy boshqaruv modellari zamonaviy talablarni qondira olmayapti. Shu sababli sport maktablari va klublari moliyaviy boshqaruvni takomillashtirish uchun innovatsion yondashuvlar, raqamli texnologiyalar, iqtisodiy tahlil usullari va strategik rejalashtirish tamoyillarini qo‘llashi zarur.
2025-12-22
XULQ-ATVOR IQTISODIYOTI VA METAKOGNITIV QOBILIYATLARNING TA’LIM JARAYONIGA TA’SIRI
Ushbu maqolada xulq-atvor iqtisodiyoti konsepsiyalari hamda metakognitiv qobiliyatlarning ta’lim jarayonidagi o‘rni raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt sharoitida ilmiy-nazariy va amaliy nuqtai nazardan yoritiladi. Tadqiqotda shaxsning qaror qabul qilish jarayoniga xos bo‘lgan ratsional va noratsional omillar, o‘quvchilarning ta’limiy faoliyatdagi xulq-atvor xususiyatlari hamda ularni boshqarishda metakognitiv mexanizmlarning ahamiyati tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonida rejalashtirish, o‘z-o‘zini monitoring qilish va baholashga asoslangan metakognitiv yondashuvlar xulq-atvor iqtisodiyoti nazariyalari bilan integratsiyalashgan holda ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari raqamli ta’lim muhitida ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash va ongli qaror qabul qilish kompetensiyalarini shakllantirishda metakognitiv yondashuvlarning muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega ekanligini asoslab beradi.
2025-12-22
OLIY TA’LIMNI MOLIYALASHTIRISHDA DAVLATNING ROLI
mazkur ilmiy maqolada oliy ta’lim tizimini moliyalashtirishda davlatning o‘rni, vazifalari va ahamiyati keng yoritilgan. Oliy ta’limni rivojlantirish mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim omil bo‘lib, uning barqaror moliyaviy ta’minoti davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Maqolada oliy ta’limni moliyalashtirishning nazariy asoslari, davlat byudjeti mablag‘larining taqsimlanishi, grant va subsidiyalar mexanizmi, shuningdek, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan islohotlar tahlil qilinadi. 2017–2024-yillar davomida oliy ta’lim sohasiga ajratilgan mablag‘lar hajmining oshishi, yangi oliy ta’lim muassasalari tashkil etilishi va qamrov darajasining kengayishi aniq faktlar va yillar kesimida ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari oliy ta’limni moliyalashtirishda davlat rolini kuchaytirish, samaradorlikni oshirish hamda xalqaro tajribani joriy etish bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar chiqarishga xizmat qiladi.
2025-12-22
INGLIZ TILIDA PREDLOGLI FE’LLARNING QOʻLLANILISHI
Ushbu maqolada ingliz tilida predlogli fe’llarning o‘rni va ularning til kompetensiyasini shakllantirishdagi ahamiyati yoritiladi. predlogli fe’llar ingliz tilining kundalik nutqida, yozma va og‘zaki muloqotda keng qo‘llaniladigan til birliklari hisoblanadi. Maqolada predlogli fe’llarning nutqni tabiiy va ravon qilishdagi roli, tinglab tushunish va gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ta’siri sodda tilda tushuntiriladi. Shuningdek, predlogli fe’llarni o‘rganish orqali o‘rganuvchilar ingliz tilida so‘zlashuvchi muhitga yaqinroq nutq qurishi mumkinligi ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, predlogli fe’llarni ongli va tizimli o‘rganish ingliz tilini samarali egallashga yordam beradi hamda til kompetensiyasini yuqori darajaga ko‘taradi.
2025-12-22
MAKTABGACHA YOSHDAGI AUTIZM SPEKTR BUZILISHI BO‘LGAN BOLALARDA OG‘ZAKI NUTQNI RIVOJLANTIRISHDA SENSOR SOHANI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi autizm spektr buzilishi (ASB) bo‘lgan bolalarda og‘zaki nutqni rivojlantirish jarayonida sensor sohani rivojlantirishning ahamiyati ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Autizm spektr buzilishiga ega bolalarda sensor qayta ishlashdagi o‘ziga xosliklar nutq rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Maqolada sensor integratsiya, ko‘rish, eshitish, taktil, proprioseptiv va vestibulyar tizimlarning nutq shakllanishidagi o‘rni ochib beriladi. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, sensor rivojlantirishga qaratilgan metodlar og‘zaki nutqni faollashtirishda samarali vosita sifatida e’tirof etiladi.
2025-12-22
INNOVATSION G’OYALARNI SHAKLLANTIRISH BO’YICHA ILG’OR YONDASHUVLAR
Mazkur maqolada innovatsion taffakurni rivojlantirish va g’oyalarni shakllantirish bo’yicha ilg’or yondashuvlar tahlil qilinadi. . Har bir yondashuvning o’ziga xos xususiyatlari va foydalari ochib beriladi. Maqolada ilg’or innovatsion metodlarni amaliyotda qo’llash va ularning yangi g’oyalarni yaratishda qanday samarali rol o’ynashini ko’rish mumkin. Yangi texnologiyalar, hamkorlik va tarmoq asosida yaratilgan yondashuvlar orqali innovatsiyalarni tezkor va samarali amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilinadi.Innovatsion g’oyalarni shakllantirishda turli fanlar va sohalarda olingan bilimlarni birlashtirish va ularni amaliyotda qo’llash ko’rib chiqiladi. Innovatsion loyihalarni moliyalishtirishning mamlakat iqtisodiyotiga qanday tasir ko’rsatishi kengroq tahlil qilinadi.
2025-12-22
AKSIAL SPONDILOARTRITNING PROGRESSIV KECHISHIDA ZARDOBDAGI ANNEXIN A1 DARAJASINING KLINIK AHAMIYATI
Aksial spondiloartrit (AksSpA) umurtqa pog‘onasi va sakroiliak bo‘g‘imlarning surunkali yallig‘lanishi bilan kechib, asosan mehnatga layoqatli yosh aholi orasida uchraydi va erta nogironlikka olib kelishi bilan ahamiyatlidir. Kasallikning dastlabki, norrentgenologik bosqichlarida strukturaviy o‘zgarishlarning aniq ko‘rinmasligi erta tashxis qo‘yishni qiyinlashtiradi. Shu bois kasallikni erta aniqlash va kechishini prognozlash imkonini beruvchi biomarkerlarni izlash dolzarb muammo hisoblanadi. Annexin A1 (ANXA1) yallig‘lanishga qarshi va immunoregulyator xususiyatlarga ega bo‘lib, uning AksSpAdagi klinik ahamiyati yetarlicha o‘rganilmagan.
2025-12-22
