Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2026-01-17
Статьи
TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI — YANGI SAHIFA, KENG IMKONIYATLAR
Ushbu maqolada Toshkent davlat tibbiyot universiteti — TMA‑ning tashkil topishi, rivojlanishi, ta’lim va ilmiy faoliyati hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlari tahlil qilinadi. 2005‑yilda birinchi va ikkinchi Toshkent davlat tibbiyot institutlari bazasida tashkil etilgan universitet, bugungi kunda zamonaviy tibbiy ta’lim, klinik amaliyot va xalqaro hamkorlikni birlashtirib, O‘zbekiston tibbiyot sohasidagi yetakchi oliygohlardan biriga aylangan. Maqolada universitetning fakultet‑yoʻnalishlari, ilmiy‑tadqiqot bazasi, klinik baza va amaliyot imkoniyatlari, shuningdek xalqaro aloqalar, talabalarga boshqaruv va bandlik istiqbollari ham ko‘rib chiqiladi. TMAning tibbiyot ta’limidagi roli, salomatlikni saqlash va rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
2026-01-16
AXBOROT DAVRIDA BOLALAR RIVOJIGA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TA’SIRI
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bolalar hayotiga chuqur ta’sir ko‘rsatadi. Ular bolalarning psixologik salomatligi, ijtimoiy moslashuvi, ta’lim olishi va axborot iste’molida ijobiy hamda salbiy oqibatlarga olib keladi. Bu maqolada raqamli qurilmalar bolalar tafakkuri, ijodkorligi va raqamli savodxonligini oshirishi hamda ortiqcha foydalanishdan keladigan uyqu buzilishi, xavotir, depressiya kabi muammolar haqida ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, bolalar uchun ekran vaqtini nazorat qilish, xavfsiz kontentni ta’minlash va raqamli madaniyatni oshirish bo‘yicha tavsiyalar keltiriladi. Maqolada O‘zbekiston va xorijiy manbalar, shu jumladan UNICEF va jahon miqyosidagi tadqiqotlar natijalari keltirilgan.
2026-01-16
SHEVA VA DIALEKTLARNING ADABIY TILGA TA’SIRI
Mazkur maqolada o‘zbek tilining hududiy shakllari bo‘lgan sheva va dialektlarning adabiy tilning shakllanishi, rivojlanishi va boyishidagi o‘rni kompleks lingvistik tahlil asosida yoritiladi. Tadqiqot jarayonida sheva va dialektlarning fonetik, leksik va grammatik xususiyatlari adabiy til me’yorlari bilan qiyosiy jihatdan o‘rganiladi hamda ularning umumxalq tiliga ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari tahlil qilinadi. Xususan, ayrim hududiy so‘z va shakllarning adabiy til tarkibiga singib borishi, tilning ifoda imkoniyatlarini kengaytirishi va semantik jihatdan boyitishi ilmiy asosda ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, maqolada sheva va dialektlarning badiiy adabiyot, folklor, og‘zaki nutq hamda ommaviy axborot vositalari orqali adabiy tilga ta’sir etish jarayoni ochib beriladi. Til taraqqiyotida sheva va dialektlarning manba sifatidagi ahamiyati, ularning adabiy til me’yorlariga moslashuvi va me’yorlashuv jarayonidagi o‘rni masalalari yoritiladi. Tadqiqot natijalari o‘zbek tilining rivojlanish qonuniyatlarini chuqurroq anglashga, shuningdek, adabiy til va hududiy nutq shakllari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ilmiy asosda izohlashga xizmat qiladi.
2026-01-19
TALIMDA RAQAMLI TEXNALOGIYALARNI JORIY ETISH
Ushbu maqolada XXI asrda raqamli texnologiyalarning ta’lim sohasidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalarni ta’limga tatbiq etish orqali o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, tahlil qilish va axborotni izlash ko‘nikmalarini shakllantirish muhimligi ta’kidlangan. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi asosida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, xususan, elektron platformalar, sun’iy intellekt, masofaviy ta’lim tizimlari va raqamli resurslar haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, raqamli savodxonlik, innovatsion texnologiyalar, pedagogik integratsiya va mavjud muammolar yuzasidan ham fikr yuritilgan. Yechim sifatida kuchli xavfsizlik tizimlari va davlat nazorati muhim omil sifatida ko‘rsatilgan.
2026-01-19
ADAPTIVE TEACHING METHODS FOR MIXED-ABILITY ENGLISH CLASSES
This article examines adaptive teaching methods designed to support learners in mixed-ability English classrooms. It explores strategies that allow teachers to tailor instruction to diverse proficiency levels, including differentiated tasks, guided practice, peer support, visual aids, and formative feedback. The article highlights the teacher’s role in adjusting instruction to individual and group needs while promoting learner autonomy and engagement. Additionally, it evaluates the impact of adaptive methods on communicative competence, motivation, and confidence. By synthesizing theoretical perspectives and practical classroom applications, the article demonstrates how adaptive teaching creates inclusive, effective learning environments, enabling both struggling and advanced students to achieve language learning goals.
2026-01-19
REFLECTION OF POLITENESS STRATEGIES IN THE TRANSLATION PROCESS: A COMPARATIVE ANALYSIS OF UZBEK AND ENGLISH TEXTS
The study explores the reflection of politeness strategies in the translation process, focusing on English source texts and on their Uzbek translations. Using Brown and Levinson`s (1987) framework of positive and negative politeness, the research examines how translators preserve, adapt or omit these strategies in several contexts. The findings indicate that positive politeness strategies are more frequently maintained, whereas negative politeness often undergoes modification to suit Uzbek cultural and linguistic norms. The study highlights the importance of cultural and pragmatic sensitivity in translation.
2026-01-19
IMPROVING WRITING THROUGH DISCUSSION AND PEER FEEDBACK
This article explores strategies for improving learners’ writing skills through discussion and peer feedback¹. It emphasizes the role of collaborative dialogue, peer evaluation, and reflective discussions in enhancing writing fluency, coherence, and stylistic accuracy². Practical classroom methods are discussed, illustrating how structured discussions and peer review activities foster critical thinking, metacognitive awareness, and communication skills³.
2026-01-19
COMMUNICATIVE APPROACHES TO TEACHING STYLISTIC VARIATION IN ENGLISH SPEECH
This article examines the application of communicative approaches in teaching stylistic variation in English speech. The study emphasizes how interactive methods, such as dialogues, role-plays, scenario-based tasks, and text transformation activities, enhance learners’ ability to switch between formal, informal, academic, and literary registers¹. Practical classroom strategies are discussed, showing improved pragmatic competence, stylistic awareness, and effective communication skills among learners².
2026-01-19
OLIY TA'LIM MUASSASALARINI RIVOJLANTIRISH SHAROITIDA TA'LIM JARAYONLARINI BOSHQARISHNI INTELLEKTUAL TIZIMINI YARATISH
Maqolada oliy ta’lim muassasasi talabalarining intellektual salohiyatini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari hamda talabalarining intellektual salohiyatini rivojlantirishning o‘ziga xos sifatlari haqida ma’lumotlar berilgan.
2026-01-19
ADAPTIV O’QITISH TIZIMLARI UCHUN MOSLASHUVCHAN ALGORITMNI ISHLAB CHIQISH
Maqolada mashinali o‘qitish texnologiyalari, foydalanuvchi modelini aniqlash, shaxsiy o‘quv trajektoriyalarini shakllantirish va tavsiyaviy tizimlar integratsiyasi asosida moslashuvchan tizimlar arxitekturasi taklif etiladi. Tadqiqot natijalari algoritmlarning samaradorligi, hisoblash tejamkorligi va o‘quvchilarning akademik ko‘rsatkichlariga ta’siri nuqtayi nazaridan baholanadi.
2026-01-19
KIBERXAVFSIZLIK TURLARI VA UNING ASOSLARI
ushbu maqolada internet rivojlangan sari kiberxavfsizlik ham tobora rivojlanishda ya’ni kiberxavfsizlikning xilma-xil turlarini va uning ijobiy va salbiy tomonlari ko’rib chiqiladi. Shuningdek kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari haqida qisqacha ma’lumotlar yoritiladi. Bundan tashqari, foydalanuvchining asl ya’ni o’z hujjat,fayl shaxsiy ma’lumotlarni saqlashda insoniyatga qanchadir miqdorda ularni saqlab,himoya qilish uchun qanday proggrammalar va saytlar xavfsizlik uchun qo’yiladigan parollar,foydali dasturlar,ikki bosqichli himoya qilish, ma’lumotlarni zaxira nusxalangan shaklda saqlash haqida tushunchalar tahlil qilingan.Bundan tashqari, maqolada kiberxavfsizlik nafaqat xujjatlarni saqlab qolish ,balki viruslardan va zararli dasturlardan himoya qilish turlari ,qanday qilib shaxsiy ma’lumotlarni saqlab qolish kerakligi ,kiberxavfsizlik haqida aniq tushunchalar shu bilan birga,bunga yechimlar yoritib o’tilgan.
2026-01-19
THE ROLE OF TECHNOLOGY AND SCIENCE IN OUR LIFESTYLE
This article highlights that as time progresses, technology continues to develop rapidly, and each process has both advantages and various negative aspects. The article discusses the contribution of science to technological development, as well as useful programs and applications created for young professionals. In addition, brief information is provided about the basic concepts of technology and science.
2026-01-19
MASOFAVIY TA'LIM VA UNING SAMARADORLIGI
internet va texnologiyalar rivojlangani sari ulardagi oʻzgarishlar ta'lim tizimiga ham ta' sir qilmasdan qolmayabdi. Ushbu maqolada masofaviy ta'limning insonlar bilim olishiga ta'siri va qanchalik foyda keltiryotganligi haqida koʻrib chiqiladi. Masofaviy ta'lim haqida asosiy tushuncha va bilimlar yoritiladi. Bu shakldagi bilim berish tizimining ijobiy va salbiy tomonlari, bilim oʻzlashtirishga qay darajada ta'siri va koʻmaklashuvi haqida oʻrganilib chiqiladi. Shuningdek, bu tizim imkoniyati cheklangan va uzoq hududlarda istiqomat qiluvchi ta'lim olish va berishni xohlovchi shaxslar uchun ham keltiradigan foyda tomonlari, ularga kerak boʻladigan texnik anjomlar, oʻquv qurollari, toʻgridan toʻgri aloqani taminlovchi vositalar, oʻqituvchi va oʻquvchining faollik darajasi,bu tartibdagi ta'limda oʻqituvchining roli va foydalanishi kerak boʻlgan innovatsion yondashuvlari, masofaviy ta'limdagi motivatsiyaning oʻrni, bu kabi ta'lim jarayonida his qilinishi kerak boʻlgan mas'uliyat va intizom haqida ham oʻrganilib chiqiladi. Bu ta'lim tizimini qay darajada jamiyat taraqqiyotiga foyda keltirishi yoritilib oʻtiladi.
2026-01-19
РОЛЬ НАРУШЕНИЙ ВНУТРИЖЕЛУДОЧКОВОЙ И АТРИО-ВЕНТРИКУЛЯРНОЙ ПРОВОДИМОСТИ В СТРАТИФИКАЦИИ РИСКА У КАРДИОЛОГИЧЕСКИХ ПАЦИЕНТОВ
Несмотря на широкое внедрение современных шкал риска и визуализирующих методов диагностики, электрокардиография остаётся базовым и доступным инструментом оценки сердечно-сосудистых пациентов. В последние годы особый интерес вызывает прогностическая роль параметров проводимости сердца — длительности комплекса QRS, интервала PR и наличия блокад ножек пучка Гиса, которые отражают степень электромеханической диссинхронии и ремоделирования миокарда. Нарастают данные о том, что даже умеренные и «неполные» формы нарушений проводимости ассоциированы с ухудшением клинических исходов, однако их вклад в практическую стратификацию риска до конца не определён, особенно в популяциях с высокой распространённостью ишемической болезни сердца и артериальной гипертензии.
2026-01-19
KOXLEAR IMPLANT QO’YILGAN BOLALAR BILAN DASTLABKI OLIB BORILADIGAN ISHLAR
Bu maqolada eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqini rivojlantirishda eshitish qoldig‘idan foydalanishga ustuvorligi va koxlear implant nima, u qanday vazifani bajaradi va koxlear implant qo’yilgan bolalar bilan olib boriladigan ishlar haqida so’z olib boradi.
2026-01-19
XORIJIY TA’LIMIY MEDIA KONTENTINING TA’LIMIY-TARBIYAVIY KONTENT-TAHLILI
Xorijiy ta’limiy media kontentini o‘rganish zarurati bir necha omillar bilan asoslanadi. Birinchidan, zamonaviy auditoriya, ayniqsa bolalar va yoshlar, ta’limiy ehtiyojlarini qondirishda turli tillardagi, turli madaniy kontekstdagi kontentlarga murojaat qilmoqda; natijada o‘quvchi-talabaning bilish tajribasi faqat milliy kontent bilan cheklanmay, global kontent oqimi bilan to‘ldirilmoqda. Ikkinchidan, xorijiy media makonida ta’limiy kontent yaratish va tarqatish ko‘pincha institutsional va texnologik jihatdan ancha tizimli bo‘lib, u yerda kontent dizayni, formatlar strategiyasi, pedagogik metodlarning media bilan integratsiyasi, vizuallashtirish va interaktivlik kabi yo‘nalishlar ko‘proq konseptual asosda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Uchinchidan, xorijiy tajribani tahlil qilish “tayyor modelni ko‘chirish” uchun emas, balki mahalliy ta’limiy jurnalistikani boyitish, metodik yechimlarni moslashtirish hamda milliy madaniy-axloqiy mezonlar bilan uyg‘un takomillashtirish imkoniyatlarini aniqlash uchun zarur.
2026-01-19
TEXNIKA OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA KASBIY FAOLIYATGA YO‘NALTIRILGAN HARAKAT TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI
Mazkur tezis texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida harakat tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyalariga bag‘ishlangan. Unda kasbiy yo‘naltirilgan harakat tayyorgarligi tushunchasi, uning jismoniy tayyorgarlik tizimidagi o‘rni hamda ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy pedagogik va raqamli texnologiyalar tahlil qilingan. Shuningdek, interaktiv mashg‘ulotlar, simulyatsion treninglar va raqamli monitoring tizimlari orqali talabalar jismoniy tayyorgarligini kasbiy faoliyat talablari asosida rivojlantirish imkoniyatlari yoritilgan.
2026-01-19
FLIPPED CLASSROOM ORQALI KOMMUNIKATIV GRAMMATIKANI O‘RGATISH: LMS VA VIDEO-KONTENT ASOSIDAGI METODIKA
Mazkur tezisda “flipped classroom” (teskari sinf) yondashuvi asosida kommunikativ grammatikani o‘rgatishning LMS va video-kontentga tayangan metodik modeli yoritiladi. An’anaviy darslarda grammatika ko‘pincha auditoriyada izohlanib, kommunikativ qo‘llash uchun vaqt cheklanib qoladi. Flipped classroom esa nazariy tushuntirishni darsdan tashqari raqamli muhitga ko‘chirib, auditoriya vaqtini muloqotga yo‘naltirilgan vazifalar, nutqiy amaliyot va fokusli tahlil (focus on form) uchun bo‘shatadi. Tadqiqotda qisqa video-ma’ruzalar, interaktiv mikrotestlar va LMSda ketma-ket “o‘rganish yo‘li” (learning path) orqali pre-class tayyorgarlik, dars jarayonida kommunikativ topshiriqlar, post-class refleksiya hamda qayta ishlash sikli integratsiya qilindi. Pilot sinov natijalari flipped model grammatik aniqlik, nutqiy ravonlik va o‘quvchilar motivatsiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini, shuningdek, mustaqil o‘qish va o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalarini kuchaytirishini ko‘rsatdi.
2026-01-19
VIKI TEXNOLOGIYASINING FILOLOGIYA TA’LIMIDA DIDAKTIK IMKONIYATLARI
Ushbu tezisda filologiya ta’limi jarayonida viki texnologiyasidan foydalanishning didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Viki muhiti yozma nutqni jarayon sifatida shakllantirish, hamkorlikda yozish, o‘zaro tahrirlash va refleksiya mexanizmlarini birlashtirgan raqamli ta’lim maydoni sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda viki texnologiyasining filolog talabalarda akademik yozuv madaniyati, matn ustida ishlash mas’uliyati va kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishga ta’siri yoritiladi. Konseptual-tahliliy yondashuv va o‘quv jarayonini loyihalash tajribasiga tayangan holda, viki asosidagi ta’lim yozma nutqning mantiqiyligi, izchilligi va til me’yorlariga mosligini oshirishda samarali ekanligi asoslab beriladi. Natijalar viki texnologiyasining didaktik qiymati texnik imkoniyatlarda emas, balki o‘qituvchi tomonidan to‘g‘ri tashkil etilgan hamkorlik, baholash va akademik halollik tamoyillarida namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi.
2026-01-19
КОНФЛИКТ ТВОРЧЕСКОЙ ЛИЧНОСТИ И ОБЩЕСТВА В РОМАНЕ-ЭПОПЕЕ «ЖАН-КРИСТОФ»
В статье исследуется конфликт между творческой личностью и обществом в романе-эпопее Ромена Роллана «Жан-Кристоф». Анализируются причины неприятия героя социальной средой, механизмы его противостояния культурному упадку и мещанскому мировоззрению. Особое внимание уделяется эволюции этого конфликта — от юношеского бунта до зрелого понимания необходимости синтеза индивидуального и общечеловеческого. Показано, что Роллан рассматривает этот конфликт не как частную драму, а как универсальную проблему художника в эпоху кризиса цивилизации.
2026-01-19
ABDULLA SHER LIRIKASINING G‘OYAVIY-BADIIY XUSUSIYATLARI
Mazkur maqolada adib Abdulla Sher ijodida an’ana tushunchasi va uning turlari – g‘oyaviy, tipik va formal an’analar poetik tahlil asosida ko‘rib chiqiladi. Muallif, shoir she’riyatidagi vatanparvarlik, insonparvarlik, muhabbat kabi g‘oyaviy qadriyatlarning ustuvor o‘rin egallaganini ta’kidlab, ayniqsa “Maktub” she’ri misolida g‘oyaviy an’analar ifodasi tahlil etiladi. Shuningdek, shoir lirik obrazlar yaratishda tipik an’analarga, badiiy vosita va poetik ifodalar orqali esa formal an’analarga tayangan holda o‘ziga xos poetik maktab shakllantirgani ko‘rsatiladi.
2026-01-19
DUNYO ERTAKCHILIGIDA MIFOLOGIK MAKTABLARNING SHAKLLANISH TARIXI
Mazkur maqolada mifologik tafakkurning shakllanishi va uning folklor janrlari, xususan, ertakchilik bilan genetik hamda funksional aloqalari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Dunyo folklorshunosligida yuzaga kelgan mifologik maktablarning shakllanish omillari, metodologik asoslari hamda keyingi ilmiy yo‘nalishlarga ko‘rsatgan ta’siri qiyosiy-tahliliy metod asosida yoritiladi. Shuningdek, mifologik maktab qarashlarining o‘zbek folklorshunosligidagi talqini ochib beriladi.
2026-01-19
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA MINTAQAVIY BANDLIKNI TA’MINLASHDA HUNARMANDCHILIKNING ROLI
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida mintaqalarda bandlikni ta’minlashda hunarmandchilik sohasining o‘rni va ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda hunarmandchilik faoliyatini raqamlashtirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahalliy iqtisodiyotning innovatsion salohiyatini oshirish hamda aholi daromadlarini barqarorlashtirish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalarni joriy etish natijasida hunarmandlarning marketing, savdo va boshqaruv jarayonlari samaradorligi ortib borayotgani ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida hunarmandchilik sohasini rivojlantirish yo‘nalishlari, davlat qo‘llab-quvvatlovi va raqamli infratuzilmaning kengayishi tahlil qilinadi.
2026-01-19
MOTIVATING ENGLISH LEARNERS THROUGH GAMES, REWARDS, AND TEAM CHALLENGES
This article explores strategies for motivating English learners through games, rewards, and team challenges¹. It highlights how interactive activities, collaborative tasks, and reward systems increase engagement, improve communicative competence, and foster both intrinsic and extrinsic motivation². Practical classroom examples and teaching techniques are discussed, demonstrating how structured games and team-based challenges enhance learners’ language skills, confidence, and collaborative abilities³.
2026-01-19
O‘QUVCHILARNING IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHDA EKOLOGIK MADANIYATNING O‘RNI
Ushbu maqolada o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish jarayonida ekologik madaniyatning ahamiyati va uning ta’lim tizimida qo‘llanilish yo‘llari tahlil qilinadi. Zamonaviy sharoitda ekologik muammolar global miqyosda ahamiyat kasb etmoqda va yosh avlodni ekologik ong bilan tarbiyalash muhim vazifa sifatida qaralmoqda. Maqolada ekologik madaniyat tushunchasi, uning pedagogik ahamiyati va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligi bilan bog‘liq, amaliy tavsiyalar keltirilgan.
2026-01-19
BOLALARDA DIQQAT YETISHMASLIGI VA GIPPERAKTIVLIKNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada diqqat yetishmasligi va gipperaktivlik nima, ularning qanday belgilari kuzatiladi, kelib chiqish sabablari va o’ziga xos xususiyatlari, ushbu xususiyatga ega bolalar bilan ishlashda qo’llaniladigan pedagogik yondashuvlar, uning bolalar rivojlanishidagi psixologik-pedagogik xususiyatlari hamda bolalarning ta’lim jarayoniga ta’siri haqida talqin qilinadi.
2026-01-19
DEVIANT XULQLI YOSHLAR SUBMADANIYATI XUSUSIYATLARINI O‘RGANISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI
Mazkur ilmiy maqolada deviant xulqli yoshlar submadaniyatining shakllanish omillari, psixologik mexanizmlari va ularni o‘rganishning ilmiy-nazariy asoslari yoritiladi. Yoshlar submadaniyatida deviant xulqning namoyon bo‘lishiga ta’sir etuvchi individual, ijtimoiy-psixologik hamda madaniy omillar kompleks tahlil qilinadi.
2026-01-19
XOSIYAT RUSTAMOVA SHE’RLARIDA MAQOLLAR TRANSFORMATSIYASI
ushbu maqolada Xosiyat Rustamova she’rlarida qo‘llangan xalq maqollari transformatsiyasi lingvostilistik jihatdan tahlilga tortilgan.
2026-01-19
SURUNKALI KASALLIGI BOR BEMORLARDA NOSTEROID YALLIG‘LANISHGA QARSHI DORILARNI UZOQ MUDDAT QO‘LLASHNING OSHQOZON-ICHAK ASORATLARIGA TA’SIRI
Nonsteroid yallig‘lanishga qarshi dorilar (NYSKD) surunkali kasalliklar, xususan revmatoid artrit, osteoartrit, surunkali bel og‘rig‘i va boshqa yallig‘lanish kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda keng qo‘llaniladi. Uzoq muddatli davolash samaradorligini oshirishi bilan birga oshqozon-ichak traktiga jiddiy asoratlar keltirib chiqarishi mumkin. Mazkur maqolada NYSKD’ning farmakologik xususiyatlari, uzoq muddat qo‘llash natijasida oshqozon va ichak mukozasida yuzaga keladigan erosiyalar, yaralar, dispeptik simptomlar va gastrointestinal qon ketish xavfi batafsil tahlil qilinadi. Shu bilan birga, bemorlarni xavf guruhiga ajratish, profilaktik choralar (masalan, proton nasos inhibitorlari va misoprostol qo‘llash) va monitoring strategiyalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, NYSKD’ni uzoq muddat qo‘llashda individual risk faktorlari – bemorning yoshi, surunkali kasallik turi, dori dozasi va qo‘shma terapevtik preparatlar bilan davolanish – oshqozon-ichak asoratlari ehtimolini sezilarli darajada oshiradi. Maqolada, shuningdek, klinik amaliyotda NYSKD’ni xavfsiz va samarali qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar taqdim etiladi.
2026-01-19
5-SINF O‘QUVCHILARIGA MATEMATIKA O‘QITISH METODIKASI
Ushbu tezis 5-sinf o‘quvchilariga matematika fanini samarali o‘qitish metodlarini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, yosh xususiyatlari va amaliy qo‘llanilish jihatlari hisobga olingan. Hayotiy misollardan foydalanish va interaktiv metodlarni qo‘llash orqali o‘quvchilarda matematik tushunchalarni shakllantirish, mantiqiy fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish mumkin. Ushbu yondashuv o‘quvchilarda matematika faniga qiziqishni oshiradi va kelgusidagi ta’lim bosqichlariga tayyorlaydi.
2026-01-19
SOCIOLINGUISTIC PROFILE OF THE LEARNING CONTEXT
The target group of students live and study in Andijan city, Uzbekistan. They learn the English language as a Foreign Language. In the last few decades, the popularity of the English language has increased sharply that indicates a high interest in learning English as a foreign language. All private and public schools follow the national curriculum that aligns with the Common European Framework of Reference for Languages (CEFR) that is designed to teach English as a Foreign Language. The government systematically modifies and reforms instructional recourses and assessment system to standardize language proficiency levels across educational institutions both private and public sectors. The government emphasizes the importance of involving more native speakers in educational system while the role of interlocutors should not be underestimated (Kachru, 1990). The reason is that there might be need for educators who use English as additional language to maintain productive learning journey. Many students of the target group are from affluent families and they have to attend specialized schools and educational centers where they conduct English classes that follow the standard language norms with little exposure to any other language varieties. The main requirement for all school students is to achieve international certificates, such as SAT and IELTS in order to be admitted to local and international higher education institutions.
2026-01-19
ИСЛОМДА ҚОЗИЛИК МАНСАБИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ТАРИХИНИНГ ЎЗИГА ХОСЛИГИ
“Қозилик” сўзи араб тилидаги “қазо” сўзидан олинган бўлиб, унинг маъноси ҳукм чиқармоқ деган мазмунда фойдаланилиб келинган. Демак, “қози” сўзи ҳукм чиқарувчи деган маънони билдиради. Қози сўзига кўплаб олимлар турли таърифларни берганлар. Масалан, “Қози” арабча сўз бўлиб, “ижро этувчи”, “ҳукм чиқарувчи” маъноларини англатади. Ҳозирги давр тадқиқотларда “қозилик” деганда маҳкама, яъни “суд” муассасаси тушунилади.
2026-01-19
MAHALLA TAMOYILLARI ASOSIDA ZAMONAVIY SHAHAR REJALASHTIRISHDA ARXITEKTURA VA TEXNOLOGIYA INTEGRATSIYASI
Zamonaviy shahar rejalashtirishda shaharlarning ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik barqarorligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Mahalla tamoyillari — ya’ni mahalliy jamoaning yaqin aloqasi, hamjihatligi, o‘zaro yordam va milliy madaniyatni saqlash — shaharsozlikda asosiy printsiplardan biri sifatida qaraladi. Ushbu tezisda mahalla tamoyillari asosida zamonaviy shahar rejalashtirish konsepsiyasi ko‘rib chiqiladi. Arxitektura va texnologiyaning integratsiyasi orqali (BIM, parametrik dizayn, aqlli binolar, IoT, sun’iy intellekt, ekologik barqaror texnologiyalar) mahalla muhitining ijtimoiy va madaniy qadriyatlarini saqlagan holda shaharlar zamonaviy va qulay bo‘lishi mumkinligi tahlil qilinadi. Tezisning maqsadi — mahalla tamoyillarini saqlagan holda zamonaviy shahar rejalashtirishda arxitektura va texnologiyaning integratsiyasini o‘rganish, ijtimoiy muhitni mustahkamlovchi urbanistik yechimlarni aniqlash va global kontekstdagi amaliy ahamiyatini ko‘rsatishdan iborat.
2026-01-20
RAQAMLI IQTISODIYOTNING MILLIY IQTISODIYOT RIVOJIGA TA’SIRI
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotning mazmun-mohiyati, uning milliy iqtisodiyot rivojiga ko‘rsatadigan ta’siri hamda zamonaviy iqtisodiy tizimdagi o‘rni tahlil qilingan. Raqamli texnologiyalarning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, bozor munosabatlarini takomillashtirish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashdagi ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va dolzarb muammolari ko‘rib chiqilgan.
2026-01-20
QARAQALPAQSTAN TELEKANALIDA SPORT KO‘RSATUVLARINING JANRIY XUSUSIYATLARI
Mazkur maqolada Qaraqalpaqstan telekanalida efirga uzatilayotgan sport ko‘rsatuvlarining janriy xususiyatlari jurnalistik tahlil asosida yoritiladi. Tadqiqotda sport ko‘rsatuvi murakkab telejanr sifatida ko‘rib chiqilib, unda axborot, reportaj, tahlil va suhbat janrlarining o‘zaro uyg‘unlashuvi ochib beriladi. Shuningdek, sport ko‘rsatuvlarining strukturaviy tuzilishi, til-uslubiy xususiyatlari hamda ularning auditoriyaga ta’siri tahlil qilinadi. Maqolada Arena sport ko‘rsatuvi misolida hududiy televideniyeda sport jurnalistikasining rivojlanish tendensiyalari, ijtimoiy-tarbiyaviy ahamiyati va janrlararo sintezi ilmiy asosda izohlanadi. Tadqiqot natijalari sport jurnalistikasini nazariy va amaliy jihatdan takomillashtirish uchun muhim xulosalar chiqarishga imkon beradi.
2026-01-20
SUN'IY OVQAT TAYYORLASHDA ZAMONAVIY YOʻNALISHLARNING O‘RNI
Zamonaviy dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi, aholining tez sur’atlarda ko‘payishi, ekologik muammolar hamda tabiiy resurslarning cheklanganligi sun’iy ovqat tayyorlash texnologiyalariga bo‘lgan ehtiyojni keskin oshirmoqda. Ushbu maqolada sun’iy ovqat tayyorlash tushunchasi, uning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari, hozirgi kunda keng qo‘llanilayotgan zamonaviy yo‘nalishlar, xususan, laboratoriya sharoitida yetishtirilgan go‘sht, o‘simlik asosidagi oqsillar, hujayra madaniyati asosidagi mahsulotlar, 3D-ovqat bosib chiqarish texnologiyalari hamda biotexnologik usullar tahlil qilinadi.
2026-01-20
EKOLOGIK STRESS OMILLARINING BOLALAR IMMUN TIZIMI VA NAFAS YO‘LLARI KASALLIKLARIGA TA’SIRI
Mazkur ilmiy tezisda ekologik stress omillarining bolalar immun tizimi faoliyatiga va nafas yo‘llari kasalliklari rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi. Atmosfera havosining ifloslanishi, sanoat chiqindilari, transport gazlari, ichimlik suvi sifati va yashash muhitidagi toksik moddalar bolalar organizmining himoya mexanizmlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va pediatrik epidemiologik tadqiqotlar ma’lumotlariga tayanib, ekologik stress va bronxial astma, o‘tkir respirator infeksiyalar o‘rtasidagi bog‘liqlik asoslab beriladi.
2026-01-20
DOIMIY BOLA TASHLASHDA YO‘LDOSHNING MORFO-IMMUNOLOGIK O‘ZGARISHLARI
Doimiy bola tashlash homiladorlikning 12-haftasidan keyin sodir bo‘ladigan jiddiy akusherlik asorati bo‘lib, ona va homila salomatligi uchun yuqori xavf tug‘diradi. Zamonaviy tadqiqotlar DBT etiologiyasida faqat gormonal yoki mexanik omillar emas, balki yo‘ldosh to‘qimasida yuzaga keladigan strukturaviy va immunologik buzilishlar ham muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatmoqda. Yo‘ldoshning normal morfologik va funksional holati homilaning kislorod va oziq moddalar bilan ta’minlanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
2026-01-20
PARODONTIT BILAN OG‘RIGAN BEMORLARDA KLINIK RENTGENOLOGIK HOLATNI O‘RGANISH
Parodontit tishlarni ushlab turuvchi to‘qimalarning surunkali yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, zamonaviy stomatologiyaning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Parodontitning klinik kechishi milklarning qonashi, shishishi, parodontal cho‘ntaklarning hosil bo‘lishi, tishlarning harakatchanligi va og‘riq kabi belgilar bilan namoyon bo‘ladi. Biroq kasallikning dastlabki bosqichlarida klinik belgilar kam ifodalangan bo‘lishi mumkin. Shu sababli parodontitni erta aniqlashda va kasallik darajasini baholashda rentgenologik tekshiruv muhim diagnostik ahamiyatga ega. Klinik va rentgenologik ma’lumotlarni birgalikda tahlil qilish parodontitning og‘irlik darajasini aniqlash, davolash rejasini to‘g‘ri tanlash va kasallik kechishini prognoz qilish imkonini beradi. Shu munosabat bilan, parodontit bilan og‘rigan bemorlarda klinik va rentgenologik holatni o‘rganish, ularning o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilish hamda diagnostik mezonlarni takomillashtirish muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
2026-01-20
TIL O‘QITISHDA SUN’IY INTELEKT VA RAQAMLI VOSITALARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Mazkur maqolada til o‘qitish jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalari hamda raqamli ta’lim vositalaridan foydalanishning ilmiy-metodik asoslari yoritiladi. Tadqiqotda zamonaviy ta’lim sharoitida raqamli platformalar, sun’iy intellektga asoslangan dasturlar va interaktiv resurslarning til ko‘nikmalarini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Muallif til o‘qitish amaliyotida ushbu texnologiyalardan foydalanish jarayonida yuzaga kelayotgan ijobiy jihatlar bilan bir qatorda, metodik va tashkiliy muammolarga ham e’tibor qaratadi. Maqolada sun’iy intellekt vositalarining individual ta’limni tashkil etish, o‘quvchilar faolligini oshirish hamda til kompetensiyalarini rivojlantirishdagi ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari til o‘qituvchilari va metodistlar uchun amaliy tavsiyalar berish bilan ahamiyatlidir.
2026-01-20
