"Yangi O'zbekiston pedagoglari axborotnomasi" - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для международных ученых, и она направлена ​​на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках и пройти тщательную рецензию.

Nashr qilingan: 2025-11-07

AGRO TURIZMNI MAHALLIY QISHLOQLARDA RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqolada agro turizmni mahalliy qishloqlarda rivojlantirishning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatlari tahlil qilinadi. O‘zbekiston, Italiya va Nepal tajribalari qiyosiy tahlil asosida o‘rganilib, agro turizmni rivojlantirishda davlat siyosati, infratuzilma, mahalliy aholining ishtiroki hamda barqaror rivojlanish tamoyillari muhim omil ekanligi ko‘rsatiladi. Maqola adabiyot tahlili va xalqaro tajriba asosida yozilgan bo‘lib, O‘zbekiston sharoitida agro turizmni kengaytirish uchun tavsiyalar berilgan.

Gulhayo Rashidova

4-8

2025-11-06

OLIY HARBIY TA’LIM MUASSASALARIDA ELEKTROTEXNIKA VA ELEKTRONIKA ASOSLARI FANINI O‘QITISHDA FANLARARO INTEGRATSIYA

Ushbu maqolada oliy harbiy ta’lim muassasalarida elektrotexnika va elektronika asoslari fanini o‘qitishda fanlararo integratsiya tahlil qilingan. Fanlararo aloqalar muammosi zamonaviy didaktikada asosiy o‘rinlardan birini egallashi haqida so‘z boradi. Ta’lim jarayonida fanlararo bog‘liqlik o‘quv va mutaxassislik fanlarini samarali o‘qitishga xizmat qiladi. Bilimlarni integratsiyalash jarayonida asosiy fundamental obyektlar, ilmiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarning yechimi amalga oshiriladi. Mehnat faoliyatining murakkabligi nafaqat ilmiy bilimlarning uyg‘unlashuvini, balki inson faoliyati, harakatlari va munosabatlarining shakllanishi hamda usullarini birlashtirish uchun mustahkam zamin yaratilishi maqolada bayon etilgan

Shoxida Pazilova

9-13

2025-11-07

ТЕМА ОДИНОЧЕСТВА В РАССКАЗЕ «ПАЛАТА №6» А.П. ЧЕХОВА

В статье выявляются способы художественной репрезентации одиночества как экзистенциального и социального феномена через характеры доктора Рагина и Ивана Громова, структуру повествования, языковые средства и композицию. Показано, как Чехов использует приём контрастных персонажей, символику пространства и молчания для демонстрации трагедии человеческой коммуникации.

Хоназим Эшонова

14-16

2025-11-10

ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАРНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШДА ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИ ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ХИЗМАТЛАРИНИНГ СИЁСИЙ ПАРТИЯЛАР БИЛАН ҲАМКОРЛИГИНИНГ ҲУҚУҚИЙ АСОСЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ

Мақолада Ҳуқуқбузарликларнинг олдини олишда ички ишлар органлари ҳуқуқбузарликлар профилактикаси хизматларининг сиёсий партиялар билан ҳамкорлигининг ҳуқуқий асосларини такомиллаштириш хусусида фикр юритилиб, мазкур фаолиятни янада самарали ташкил этишга оид таклифлар ҳамда тавсиялар билдирилган.   

Аброржон Аманов

17-23

2025-11-10

ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ЕКАТЕРИНЫ II В РОМАНЕ В. ПИКУЛЯ «ФАВОРИТ»

В статье анализируется художественная интерпретация образа Екатерины II в романе Валентина Пикуля «Фаворит». Рассматриваются принципы построения императорского портрета на основе документальных источников, речевых характеристик и психологической мотивации. Особое внимание уделяется способам передачи двойственной природы героини — как государственного деятеля и частной личности. Приводятся конкретные примеры из текста романа, иллюстрирующие авторскую позицию и метод реконструкции исторической личности.

Е.В. Шевченко

24-26

2025-11-10

O‘QUVCHILARDA MILLIY MUSIQA CHOLG‘ULARI VOSITASIDA INTELEKTUAL QOBILYATLARNI TARBIYALASHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI

Ushbu maqolada milliy cholg‘ulari va musiqasi vositasida o‘quvchilarning  intelektual qobilyatlarini tarbiyalashning pedagogic shart-sharoitlari ilmiy asosda tahlil qilingan. Intelektual rivojlanishga ta’sir ko‘rsatuvchi musiqiy-kognitiv omillar aniqlangan. Tadqiqot natijasida motivatsion, didaktik, metodik, va muhitga oid shart-sharoitlarni birlashtiruvchi pedagogiл model taklif etilgan.

Mashrab Mamatov

27-29

2025-11-17

ZAMONAVIY LIDERNING TOP BOSHQARUV KOʻNIKMALARI

Maqolada liderlik va rahbarlik qoidalari, ularning nazariy asoslari va turli boshqaruv uslublari tahlil qilingan. Liderlik nazariyalari uchta asosiy yoʻnalishda koʻrib chiqilgan: “Liderlik sifatlari nazariyasi”, vaziyatga bogʻliq liderlik nazariyasi va sintetik liderlik nazariyasi. Xar bir nazariyaning asosiy gʻoyalari, afzalliklari va kamchiliklari koʻrib chiqilgan, shuningdek, lideri muayyan vaziyatda rivojlanishi va amalga oshishi jihatidan ularning ahamiyati tahlil qilingan. Maqolada rahbarlik uslublari ham muhokama qilingan: avtoritar, demokrat va liberal uslublar, ularning ijtimoiy-ruhiy va ish samaradorligiga taʼsiri koʻrib chiqilgan. Shuningdek, rahbarlikning samarali sifatlari, jumladan, intellekt, mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, madaniyat va rejalashtirish qobiliyati hamda odamlar bilan samarali muloqot koʻnikmalari ahamiyati taʼkidlangan.

Yulduz Sadikova

30-34

2025-11-17

ONA TILI TA’LIMIDA O‘QUVCHILARNI LOYIHA ISHI ASOSIDA BAHOLASH METODIKASI

Ushbu maqolada ona tili ta’limida o‘quvchilarni loyiha ishi asosida baholashning mazmuni, maqsadi va amaliy ahamiyati yoritiladi. Loyiha ishlari asosida baholash o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, ijodkorlik salohiyati hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi. Bundan tashqari, ushbu jarayonni samarali tashkil etish va baholash mezonlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-metodik takliflar ilgari suriladi

Yusuf Bobodo‘stov

35-40

2025-11-17

BO‘LAJAK JISMONIY TARBIYA VA SPORT MUTAXASSISLARIDA AMALIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY PEDAGOGIK VA ILMIY–METODIK MUAMMOLAR

Ushbu maqolada bo‘lajak jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarida amaliy kompetensiyalarni shakllantirish hamda rivojlantirish jarayonining zamonaviy pedagogik va ilmiy–metodik muammolari tahlil qilingan. Tadqiqotda jismoniy tarbiya sohasida kasbiy tayyorgarlikning mazmuni, shakli va metodlarini takomillashtirish zaruriyati asoslab berilgan.

Оtаbek Rаxmаtоv

41-46

2025-11-18

SHAXSGA YO‘NALTIRILGAN TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA SPORT TO‘GARAKLARIDA TALABALARNING JISMONIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH KOMPONENTLARI.

Ushbu maqolada shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalaridan foydalanish orqali sport to‘garaklarida talabalarning jismoniy madaniyatini rivojlantirishning mazmuni va uning tarkibiy komponentlari yoritilgan. Tadqiqotda talabalarning shaxsiy ehtiyojlari, qiziqishlari va individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda sport mashg‘ulotlarini tashkil etishning pedagogik asoslari tahlil qilingan. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv sport to‘garaklarining motivatsion, nazariy-amaliy va ijtimoiy-kommunikativ komponentlarni shakllantirishga ta’siri asoslab berilgan. Mazkur texnologiyalar talabalarda sog‘lom turmush tarziga intilish, jismoniy rivojlanish, sport kompetensiyalarini egallash hamda ijtimoiy faollikni oshirishda muhim omil ekanligi ilmiy dalillar bilan asoslangan.

Samijon Xamroyev

47-54

2025-11-18

НОРМЫ ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО ПОВЕДЕНИЯ УЧИТЕЛЯ КАК КОМПОНЕНТ КОММУНИКАТИВНОЙ КУЛЬТУРЫ

В статье раскрывается сущность профессиональных норм поведения учителя как ключевого компонента его коммуникативной культуры. Анализируются этический, коммуникативный, профессионально-этический и эстетический аспекты нормативного регулирования педагогического взаимодействия. Подчеркивается специфика профессионального поведения учителя английского языка, чья деятельность требует сочетания национальных педагогических традиций и международных стандартов преподавания иностранного языка. Обосновывается значимость коммуникативно-культурной лексики в процессе формирования у будущих педагогов нормативно-регулирующего компонента коммуникативной культуры.

Чарос Рахмонова

55-58

2025-11-18

TALABALARNING MUSTAQIL ISHLASH FAOLIYATINI RIVOJLANTIRUVCHI DASTURIY TA‘MINOT YARATISH VA JORIY ETISH METODIKASI

Talabalarning  mustaqil ishlash faoliyatini rivojlantiruvchi dasturiy ta‘minot mazmuni media komponentlarini, dasturiy ta‘minot yaratish  talablari(ergonomek,dizayn,grafik) ga moslashtirish, innovatsion texnologiyalarga integratsiyalash asosida https://itmf-talaba.uz  dasturiy ta‘minotni yaratish asosida takomillashtirilgan;

Gavxarbonu To‘Rayeva

59-63

2025-11-19

АКТУАЛЬНЫЙ МЕТОДЫ ПРЕПОДАВАНИЯ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА СТУДЕНТАМ ТЕХНИЧЕСКИХ УНИВЕРСИТЕТОВ УЗБЕКИСТАНА

В статье рассматриваются современные методологические подходы к обучению английскому языку студентов технических специальностей в контексте реформ высшего образования Узбекистана. Анализируются ключевые направления модернизации языкового образования: внедрение английского языка для специальных целей (ESP), коммуникативных методик, проектного обучения, интеграции содержания и языка (CLIL), использования цифровых технологий. Особое внимание уделяется специфике применения этих подходов в узбекских технических вузах с учетом национального контекста, ресурсных возможностей и культурных особенностей. Представлен анализ текущего состояния преподавания английского языка в технических университетах Узбекистана, выявлены основные проблемы и предложены практические рекомендации по внедрению инновационных методов обучения. Статья основана на анализе международного опыта, государственных образовательных стандартов Узбекистана и практики ведущих технических вузов страны.

Айзада Калмуратова

64-69

2025-11-21

TRENERNING KASBIY FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHDA PSIXOLOGIK YONDASHUV

Ushbu maqolada trenerlarning kasbiy faoliyatini takomillashtirishda psixologik yondashuvning o‘rni, ahamiyati va amaliy imkoniyatlari tahlil qilingan. Zamonaviy sport psixologiyasi trening jarayonida nafaqat texnik ko‘nikmalar, balki sportchi-trener munosabatlari, motivatsiya mexanizmlari, stressni boshqarish va psixologik xavfsizlik muhitining zarurligini ta’kidlaydi.

Sandjar Tursunbayev

70-72

2025-11-24

QARAQALPAQ TILI BAYRAMÍNÍŃ MILLIY MÁMLEKETSHILIKTEGI ORNI

Bul maqala 1-dekabr sánesiniń Qaraqalpaqstan milliy mámleketshiligi tariyxındaǵı ornı, Qaraqalpaq tili statusın belgilew procesi hám onıń búgingi kúndegi talqılaw máselelerin tańlaydı. Izertlewde tildiń tariyxıy tamırları, nızamlı hám siyasiy tiykarları, sonday-aq, ámeliyatqa engiziliwi hám zamanagóy rawajlanıw perspektivaları sáwlelendirilgen. Sonday-aq, maqalada Qaraqalpaq tiliniń milliy birlikti bekkemlew, mádeniy miyrastı saqlaw hám ilimiy rawajlanıwdaǵı roli kórsetiledi.

Muxabbat Mambetbaeva

73-75

2025-11-24

ZO‘RAVONLIKDAN JABRLANGAN VOYAGA YETMAGANLARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VA ZO‘RAVONLIKNI OLDINI OLISH

Mazkur maqolada yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish va ularga nisbatan sodir etiladigan zo‘ravonlik holatlarini oldini olish masalalari huquqiy, ijtimoiy hamda institutsional jihatdan tahlil qilingan. Unda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, xalqaro standartlar, xususan, BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasida belgilangan normalar bilan uyg‘unlikda profilaktika choralarining samaradorligi yoritilgan. Tadqiqotda ta’lim muassasalari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va mahalla institutlarining o‘zaro hamkorligi yetmaganlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berishda muhim omil ekani asoslab beriladi. Shuningdek, psixologik xizmat, ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimi va erta aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Maqola yakunida yetmaganlarning huquqlarini himoya qilishda kompleks yondashuv, profilaktik tadbirlarni modernizatsiya qilish va jamiyatning huquqiy madaniyatini oshirishning dolzarbligi ta’kidlangan

Ilhom Nazarov

76-80

2025-11-26

MAKTABGACHA MAXSUS TA’LIM MUASSASALARIDA PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK TASHXIS QO‘YISH MUAMMOSI VA UNING NAZARIY O‘RGANILISH TARIXI

Ushbu maqolada maktabgacha maxsus ta’lim muassasalarida bolalarga psixologik-pedagogik tashxis qo‘yishning dolzarb muammolari, uning rivojlanish tarixi hamda nazariy asoslari yoritiladi. Shuningdek, zamonaviy yondashuvlar va metodikalar asosida bu sohada yuzaga kelayotgan muammolarga ilmiy yondashuv bildiriladi.

Ilhomjon Soliyev , Nasibaxon Xolmurodova

81-83

2025-11-27

ESHITISHDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARNIG TABIATGA BO‘LGAN MUNOSABATINI TARBIYALASHNING SAMARALI YO‘LLARI.

Inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlash – barqaror taraqqiyotning muhim omillaridan biridir. Ushbu maqolada eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning ekologik ongini shakllantirish, ularda tabiatga nisbatan ongli va mas’uliyatli munosabatni tarbiyalash masalalari ilmiy asosda tahlil etilgan. Maqola eshitishida cheklov bo‘lgan bolalarning jamiyatda ekologik madaniyatli shaxs sifatida shakllanishiga yo‘naltirilgan konseptual fikrlarni ilgari suradi.

Ilhomjon Soliyev , Dildoraxon Turg‘unaliyeva

84-86

2025-11-27

MATEMATIKA DARSLARIDA OG’IZAKI HISOBLASHNI O’STIRISH MASHG’ULOTLARINI TASHKIL QILISH VA OG’IZAKI VA YOZMA HISOBLASH USULLARINING AHAMIYATI

Ushbu maqolada matematika darslarida oʻquvchilarning ogʻizaki hisoblash malakasini shakllantirish va rivojlantirish jarayonining nazariy hamda amaliy jihatlari yoritiladi. Bugungi ta’lim jarayonida ogʻizaki va yozma hisoblash usullarini uygʻun qoʻllash nafaqat oʻquvchilarning matematik tafakkurini boyitadi, balki ularning mantiqiy fikrlashi, diqqatni jamlash, tezkor qaror qabul qilish kabi ko‘nikmalarini mustahkamlaydi. Maqolada ogʻizaki hisoblash mashgʻulotlarini samarali tashkil qilish shakllari, mashqlar tizimini tuzish tamoyillari hamda dars jarayonida qoʻllash mumkin bo‘lgan interfaol yondashuvlar tahlil etilgan. Shuningdek, ogʻizaki va yozma hisoblash usullarining oʻzaro farqlari, ularning o‘quvchi rivojiga ta’siri va zamonaviy ta’limda tutgan oʻrni misollar asosida ochib beriladi. Tadqiqot davomida boshlangʻich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlari, matematik bilimlarni bosqichma-bosqich egallashi hamda mashgʻulotlarni tashkil etishda metodik yondashuvlarning ahamiyati alohida e’tiborga olingan. Maqola natijalari ogʻizaki hisoblashni rivojlantirish dars samaradorligini oshirishi, o‘quvchilar faolligini kuchaytirishi va matematikaga qiziqishni yanada orttirishini ko‘rsatadi.

Zarnigor Ne’matjonova

87-88

2025-11-27

EKOLOGIYA VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH DAVLAT QO‘MITASI ORGANLARINING HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI SOHASIDAGI VAKOLATLARI (YEVROPA DAVLATLARI TAJRIBASI MISOLIDA)

Ushbu maqolada Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi vakolatlari huquqiy-nazariy jihatdan o‘rganilgan. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik nazorat va monitoring, ekologik xatarlarni oldini olish hamda aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish borasidagi davlat siyosatining amaliy mexanizmlari tahlil qilingan. Maqolada Yevropa davlatlari — Germaniya, Fransiya, Finlyandiya, Niderlandiya va Shvetsiya kabi mamlakatlarning ekologik huquqbuzarliklar profilaktikasidagi institutsional yondashuvlari, davlat nazorat organlari vakolatlari, jamoatchilik ishtirokini kuchaytirish amaliyoti hamda ekologik javobgarlik mexanizmlari qiyosiy o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekistondagi tizimni takomillashtirish uchun Yevropa amaliyotida sinovdan o‘tgan monitoring, rag‘batlantiruvchi mexanizmlar va “yalipi ekologik xavfsizlik modeli”ni implementatsiya qilish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.

Zakir Umarov

89-93

2025-11-30

ОРГАНИЗАЦИЯ ДВИЖЕНИЯ ПЕШЕХОДОВ В ГРАДОСТРОИТЕЛЬНЫХ НОРМАХ УЗБЕКИСТАНА: СРАВНИТЕЛЬНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ

В статье проведён комплексный сравнительно-теоретический анализ градостроительных норм Узбекистана, регулирующих организацию движения пешеходов, с акцентом на документы ШНҚ 2.05.02-23 «Автомобильные дороги. Требования к проектированию» и ШНК 4.02.27-05 «Сборник 27. Автомобильные дороги». Исследование выявило, что действующие нормы остаются преимущественно автомобилеориентированными и не обеспечивают достаточного уровня безопасности, комфорта и доступности для пешеходов. Проведённое сопоставление с международными стандартами — EN 17302:2020 (ЕС), AASHTO (США), MLIT (Япония), Korean Urban Design Code (Южная Корея) — показало существенное отставание узбекской нормативной системы. В статье раскрыты теоретические основы пешеходного урбанизма на базе трудов Дж. Джейкобс (1961), К. Докиа́диса (1968), Я. Гейла (2010) и Д. Спека (2012). Предложены направления совершенствования национальных норм, включая разработку специализированного ШНҚ по пешеходной инфраструктуре, внедрение принципов «полных улиц» (Complete Streets) и создание системы цифрового мониторинга пешеходных потоков. Автор приходит к выводу, что переход к человекоцентрическому градостроительству является ключевым условием устойчивого развития городов Узбекистана в XXI веке.

Баҳодир Полатов

94-107

2025-11-30

DAVLAT BOSHQARUVINING KONSEPTUAL ASOSLARI VA UNING DAVLAT SIYOSATIDA TUTGAN ROLI

Mazkur maqolada davlat boshqaruvining nazariy va konseptual asoslari hamda uning davlat siyosatidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Muallif tomonidan davlat boshqaruvidagi paradigmal asoslar borasida so‘nggi ilmiy tatqiqot ishlari keltirib o‘tiladi. Davlat boshqaruvi sohasining dinamik jarayon sifatidagi taraqqiyoti ushbu maqolada bir qator ilmiy ma’lumotlar bilan belgilanadi. Bu borada tatqiqotchilarning ilmiy ishlari izchilligi va dolzarbligini ta’minlash mazkur ilmiy ishning obyektini tashkil etadi. Mazkur maqolada davlat boshqaruvi texnologiyalari va usullarining davriy hamda kontekstual jarayonlari va hodisalar haqida ma’lumotlar tahlili amalga oshiriladi.

Sardorbek Mardanov

108-120

2025-11-30

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHISI UCHUN STRESSNI BOSHQARISH VA PSIXOLOGIK BARQARORLIK

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun stressni boshqarish va psixologik barqarorlikni rivojlantirish muhimligi tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida o‘qituvchilarning ruhiy sog‘lom muhit yaratishdagi ahamiyati, stress manbalari, uning pedagogik faoliyatga ta’siri hamda psixologik barqarorlikni oshirish usullari o‘rganildi. Maqolada psixologik yordam vositalari, motivatsion strategiyalar va sinf muhitida ijobiy psixologik atmosfera yaratishning amaliy jihatlari ko‘rsatildi.

Surayyo Kobilova

121-124

2025-11-30

HUDUDLARDA KRIMINOGEN VAZIYATNI BARQARORLASHTIRISH BORASIDA GERMANIYA TAJRIBASI

Ushbu maqolada Germaniya Federativ Respublikasining jamoat xavfsizligini ta’minlash va hududlarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha amalga oshirib kelayotgan tizimli chora-tadbirlari tahlil qilinadi. Germaniya politsiyasi faoliyatidagi Preventive Policing, Bürgernahe Polizei (aholiga yaqin politsiya), jamoatchilik bilan hamkorlik, raqamli monitoring tizimlari va jinoyatchilikni prognozlash usullari kabi ilg‘or mexanizmlar o‘rganiladi. Shu bilan birga, mahalliy hududlarda kriminogen omillarni baholash, xavf xaritalarini yaratish, yoshlar va migrantlar bilan ishlash, profilaktik dasturlarni amalga oshirish tajribalari ochib beriladi. Maqolada Germaniya tajribasining samarali jihatlarini mahalliy sharoitga mos ravishda qo‘llash uchun amaliy takliflar ilgari suriladi

Muhammadrasul Ummatov

128-132

2025-11-30

KASBIY FANLAR BILAN INTEGRATSIYALANGAN INGLIZ TILI DARSLARI: CLIL TEXNOLOGIYASINING TEXNIKUM SHAROITIDAGI IMKONIYATLARI

Ushbu maqolada texnik kasb-hunar kollejlarda ingliz tili o‘qitishni mutaxassislik fanlari bilan integratsiya qilishning samaradorligi va pedagogik ahamiyati CLIL (Content and Language Integrated Learning) yondashuvi orqali tahlil qilinadi. Tadqiqotda CLIL texnologiyasini qo‘llashning didaktik asoslari, metodik strategiyalari va amaliy natijalari ko‘rib chiqilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, CLIL asosidagi darslar talabalarning terminologiyani o‘zlashtirishini kuchaytiradi, kasbiy kontekstda muloqot kompetensiyasini rivojlantiradi, o‘quv motivatsiyasini oshiradi hamda asosiy texnik fanlarni chuqurroq tushunishga yordam beradi.

Dilafruz Sattarova

133-136

2025-11-30

MUHANDISLIK VA TEXNIKA YO‘NALISHI BO‘YICHA INGLIZ TILIDA TERMINOLOGIK KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISH METODLARI.

Zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarining globallashuvi, texnik hujjatlar, standartlar va xorijiy texnologiyalarning keng joriy etilishi texnik mutaxassislarning ingliz tilidagi termin va kasbiy leksikani chuqur bilishini talab etadi. Maqolada muhandislik terminologiyasini o‘rgatishda CLIL, leksik yondashuv, problemaga yo‘naltirilgan ta’lim, loyiha asosida o‘qitish, multimodal resurslardan foydalanish hamda semantik xaritalar texnologiyalarining o‘quvchilar kompetensiyasiga ta’siri nazariy va amaliy misollar asosida tahlil qilingan. Shuningdek, texnikum sharoitida terminologik lug‘at boyligini oshirish uchun moslashtirilgan topshiriq turlari, modulli o‘qitish elementlari va real ishlab chiqarish muhitiga yaqinlashtirilgan o‘quv materiallari taklif etilgan. Tadqiqot natijalari mazkur metodlarning talabalarda kasbiy ingliz tilini samarali o‘zlashtirish, texnik matnlarni tahlil qilish va kasbiy muloqot olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam berishini ko‘rsatadi.

Dilfuzaxon Rejapova

137-140

2025-11-30

SUN’IY INTELLEKTNING TA’LIMDAGI O‘RNI.

Texnika va texnologiya asrida ta’lim sohasida sun’iy intellekt jadal rivojlanmoqda. Sun’iy intellekt bizning kundalik vazifalarimizni osonlashtirishga yordam beradi. To‘g‘ri so‘rovlar bilan siz bajarmoqchi bo‘lgan har qanday harakat bir necha soniya ichida bajarilishi mumkin. Bu sun’iy intellektning ko‘plab afzalliklaridan biri. Sun’iy intellektni o‘rganish va u haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish davr talabidir. Bu maqolada sun’iy intellekt va uning imkoniyatlarini ta’lim tizimidagi afzalliklari haqida qisqacha ma’lumotlar berildi.

Berdiyor Xudoyberdiyev

141-143

2025-11-30

AXBOROT XAVFSIZLIGI MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA TA’LIMNING O‘RNI.

Ushbu maqolada axborot xavfsizligi tushunchasi, uning jamiyat va ta’lim sohasidagi o‘rni, shuningdek, o‘quvchilar va talabalarda axborot xavfsizligi madaniyatini shakllantirishning zamonaviy usullari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar talab qilayotgan kompetensiyalar, internet muhitidagi xavf-xatarlar va ularni oldini olish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, ta’lim jarayonida axborot xavfsizligini o‘qitishning samarali metodlari, treninglar, interaktiv o‘quv dasturlari va raqamli savodxonlikni oshirish bo‘yicha takliflar berilgan.

Mehrangiz Nasriddinova, Umriya Fayzullayeva

144-147

2025-11-30

TA’LIMDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatiga ta’siri, interaktiv metodlar, elektron ta’lim platformalari va raqamli resurslardan foydalanish afzalliklari tahlil qilinadi. Ushbu maqolada ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning nazariy asoslari, uning o‘quv jarayoniga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri hamda samaradorlikni oshirish omillari yoritilgan. Tadqiqot natijalari AKTni ta’limga tatbiq etish o‘qitish sifatini oshirish, mustaqil ta’limni rivojlantirish va o‘quv motivatsiyasini kuchaytirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.

O’rol Ostonoqulov

125-127

2025-11-30