В целях обеспечения реализации задач, предусмотренных Указом Президента Республики Узбекистан от 2 марта 2020 года «О Государственной программе Года науки, просвещения и цифровой экономики» «Инновационная академия РНЦ «Научные исследования Центр поддержки (Свидетельство № 1415 Агентства по развитию информации и массовых коммуникаций при Администрации Президента Республики Узбекистан и ISSN 2181-2020, сайт www.innacademy.uz) «В современном мире прикладных наук: проблемы и решения научная, дистанционная, онлайн-конференция будет объявлена.

Опубликован: 2023-03-17

TABIIY INDIGO BO‘YOG‘INING FIZIK-KIMYOVIY XUSUSIYATLARI

Bir xillik insonni zeriktiradi, charchatadi, toliqtiradi, rang-baranglik esa insonni zavqlantiradi, yang-yangi g’oyalar, fikrlar paydo qiladi, insonni o’ziga bo’lgan ishinchini oshiradi hamda yashashga undaydi. Shuning uchun hayotimizda ranglarning ahamiyati benihoya katta hisoblanadi. Xususan, oziq-ovqat, tibbiyot, ta’lim, yengil sanoat, og’ir sanoat, ishlab chiqarish, xalq xo’jaligi sohalarida hamda turmushimizda turli xil ranglardan keng foydalaniladi. Shu sababdan ranglarni fizik-kimyoviy xususiyatlarini o’rganish, ularni yangi olinish, foydalanish usullarini ishlab chiqish va yana qo’shimcha imkoniyatlarini kashf etish ilmiy tadqiqotlar oldida turgan dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Qoraboyev Xalimjon Valiyevich

5-7

2023-03-16

ВИСКОЗИМЕТРИЯ ВА ГИДРОДИНАМИК УСУЛ ЁРДАМИДА ПОЛИМЕР НАМУНАЛАРИ ХОССАЛАРИНИ ТАДҚИҚ ЭТИШ

Мақолада кўп қатламли анодни йиғиш учун электрод сифатида юқори самарали электр ўтказувчан материал, олтин (Аu), электроднинг нанотолали композит қопламасини шакллантириш учун графин-термопласт ва графин-целлюлоза, нанотолали композитни қоплаш учун эса  цианобактериядан фойдаланиб, қатламли анодни йиғиш оптимал юқори самарали таркибни аниқлаш мақсадида кўп сонли синов тажрибаларини ўтказиш усуллари баён этилган. Экспериментал қийматлари оқувчанлик назарияси асосида хисобланган назарий қийматлардан фарқ қилиши мумкин бўлиб, бу фарқнинг сабаблари тушунтирилган.

Карабаева М.А., Н.Ходжаева, Мансурова Ш. М., Юсупова С.Ю.

8-13

2023-03-18

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MANTIQIY TAFAKKURLARINI SHAKLLANTIRISHDA PSIXOLOGIK YONDASHUV

Ushbu maqolada tafakkur va tafakkur shakllari haqida qisqacha ma’limot berilgan hamda bir necha psixologlarning fikrlari bayon etilgan. Shuningdek, matematika darslarida boshlangʻich sinf oʻquvchilarining mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini oʻstirishda mantiqiy masalalarni qoʻllash orqali bolalarning mantiqiy tafakkurini shakllantirishga doir 1-sinf matematika darsidan 1 soatlik dars ishlanma ham keltirilgan.

Akramova Zuxra Botir qizi

14-18

2023-03-20

ODR (NIZOLARNI ONLAYN HAL ETISH) MEXANIZMLARINI YURISPRUDENSIYADA QO‘LLASHNING NAZARIY-AMALIY MASALALARI

Amaldagi qonunchilik bazasi sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha keng miqyosda ishlab chiqilmagan boʻlsa-da, yurisdiksiyalar kelajakda AI (sun’iy intellekt) arbitraj tizimlari boʻyicha oʻz qoidalari bilan tajriba oʻtkazishi kutilmoqda. Ko‘rinib turibdiki, ham funksional, ham tamoyil jihatidan sun’iy intellektga asoslangan tizimlar ish tahlilini o‘tkazishi va muayyan ish bo‘yicha qaror qabul qilishi mumkin. Bundan tashqari, yuqorida muhokama qilingan sabablarga ko‘ra, umumiy huquq huquqiy tizimlari fuqarolik huquqi tizimlariga qaraganda mashinani o‘rganish dasturlari uchun yetarli ma’lumotlarni ishlab chiqarish uchun ko‘proq mos kelishi aniq ko‘rinadi. Aslida, muhokama qilingan sud jarayonlarini tahlil qilish uchun mavjud sun’iy intellektga asoslangan ilovalarning barchasi umumiy huquq yurisdiksiyalarida va ular uchun ishlab chiqilgan.

Bahramova Mohinur Bahramovna

19-22

2023-03-25

PAST BOSIMDA METANOLNI SINTEZI UCHUN KATALIZATORLAR

Past bosimlarda (≈ 5 MPa) metanol sintezini sanoatda amalga oshirishning zaruriy sharti katalizatorning mavjudligi bo'lib, u nisbatan past haroratlarda yuqori faollikka ega bo'lishi kerak. Qadimdan ma'lumki, tarkibida mis tutgan katalizatorlar rux-xromli katalizatorlarga qaraganda ancha faolroq. Bunday tarkibida mis tutgan katalizatorlar 1930-yillarda metanolni sanoat sintezida qo'llash maqsadida o'rganilgan. Ba'zi nashrlarda ular "Blasyak katalizatorlari" deb ataladi.

Yuldasheva Nigora Tursunboyevna , Qodirova Malohat, A’zamjonova Mastura

23-25

2023-03-31

KARTOSHKADA UCHRAYDIGAN KASALLIK VA KASALLIKLARGA QARSHI KURASHISH CHOR TADBIRLARI

Kasallik Qoʻzgʻatuvchi – mikoplazma. Kasallik hashorat oziqlanganida qoʻypechak orqali, shuningdek tugunaklar orqali yuqadi. Jahonning borcha kartoshkachilik zonalarida virusli, viroidli va mikoplazmali kasalliklar tarqalgan, ammo shimoliy mintaqalarda ular bilan zararlanishi, janubiy mintaqalarga nisbatan kamroq.

O.G.Axmedov, O.B.Yunusov

26-29

2023-04-09

KIMYO DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING IJODIY FIKRLASHLARINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI

Ushbu maqola o’quvchilarga kimyo fanini tushuntirishda, fikrlash va dunyo
qarashini oshirishda mavjud muommolar, o’quv eksperimentlarini tabiat hodisalari, sanoat
jaroyonlari bilan integratsiyasini ta’minlash masalalariga bag’ishlangan.

Yaxshiyev Sherali Baxtiyorovich

30-31

2023-04-14

MATLAB DASTURIDA MAMDANI ALGORITMI BILAN ISHLASH

Ushbu maqolada Matlab dasturida Mamdani algoritmi yordamida talabalar
bilimini va o’zlashtirishini avtomatik baholaydigan tizim yaratish ketma – ketligi ko’rsatib
o’tilgan, umumiy natija olingan va to’liq asoslab ko’rsatilgan.

Alimova Rayhon Abdug’afforovna

32-37

2023-04-16

TURIZM VA SPORT TURIZMI TUSHUNCHALARINING MAZMUN-MOHIYATI VA SHAKLLARI

Mazkur maqolada bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini tayyorlashda
yangicha yondashuvga asoslangan ta’lim standartlari joriy etish faolligini oshirishda, tanlagan
kasbiga nisbatan mas’uliyat hissini uyg‘otishga, jamiyadagi turli islohotlarni
rivojlantirishto’g’risidagi fikr-mulohazalar bayon qilingan.

Gʻofurov Azizbek Umarjonovich

38-40

2023-04-16

ETIOLOGY AND EPIDEMIOLOGY OF SEXUAL DISEASES

Psychogenic sexual disorders, their etiopathogenesis, methods of treatment of patients with
this disease have been of interest to scientists for a long time. One of the reasons for such high
interest is that disorders are becoming more common. One of the most frequently observed
types of sexual disorders is erectile dysfunction, the frequency of which increases with age. In
young men, 5-8% are 75-80% at the age of 80. In particular, in the USA this pathology is
observed in more than 10 million men, in Germany - in 3-5 million, in Russia-in about 6
million men. Therefore, the identification and treatment of patients with psychogenic sexual
disorders, the improvement of medical and psychological assistance to them, along with basic
treatment, is one of the urgent problems of modern medicine.

Hamraev Bunyod, Maxamatjanova Nodira

45-46

2023-04-29

BUXORO VA XIVA TARIXNAVISLIK MAKTABLARIDA DINIY MASALALAR YUZASIDAN CHIQARILGAN FARMONLARNING O‘RGANILISHI HAMDA ULARNING MATNIY TADQIQI

Ushbu maqolada Mumtoz adabiyotda munshaot san’ati, xat turlari, buxoro va
Xiva tarixnavislik maktablarida diniy masala mavzusida chiqarilgan farmonlarning matniy
tadqiqi haqida so‘z yuritildi. Farmonlarning asliy varyantlari orqali ularning matniy tadqiqi
amalga oshirildi

Jo‘rayev Muzaffar Ubaydullayevich

47-52

2023-05-05

MATEMATIKA FANINI O’RGANISHDA FANNI O’QITISHNING METODIKASI

Ushbu maqolada matematika fanini o‘qitishning metodikasi, mazmuni va vazifalari haqida ma’lumotlar keltirilgan.Matematika fanini rivojlanish bosqichlari va bugungi kunda matematika fanini o‘qitish uslubiyati tahlili yoritilgan.

Olimova Mohidil Islomjonovna

53-57

2023-05-11

MUHANDISLIK TA’LIM YO‘NALISHLARIDA TANQIDIY FIKRLASHDAN FOYDALANISH

Ushbu maqolaning maqsadi – tanqidiy fikrlash modelini qo‘llashda o‘qitishning
o‘ziga xos yondashuvini taklif qilish, shuningdek, kasbiy bilimlarni tizimlashtirish va ta’lim
samaradorligini oshirish imkoniyatlarini ko‘rsatishdan iborat.

To‘ychiev Adxamjon To‘xtaboevich

58-62

2023-05-16